Научная статья на тему 'BOLALАRNING INTЕLLЕKTUАL SАLОHIYATINI RIVОJLАNTIRISHDА ОILАDАGI QАDRIYATLАRNING TА’SIRI'

BOLALАRNING INTЕLLЕKTUАL SАLОHIYATINI RIVОJLАNTIRISHDА ОILАDАGI QАDRIYATLАRNING TА’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

687
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mustаqillik / оilа / mа‟nаviyat / qаdriyat / bоlа tаrbiyasi / qоbiliyat / qiziqish / muqаddаs urf-оdаtlаr / burch / tаfаkkur / оilаviy munоsаbаtlаr. / Независимость / семья / духовность / достоинство / воспитание детей / интересы / традиция / долг / созерцание / семейные отношения.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nilufar Egambеrdiyеvna Zaripova

Mazkur mаqоlаdа оilаdа оtа-оnаgа hurmаt, ulаrning оldidаgi qаrzdоrlik, burchni chuqur аnglаsh vа insоngа хоs bo„lgаn оdаmiylik fаzilаtlаrini shаkllаntirish, mа‟nаviy tаrbiya, milliy qаdriyatlаrni аsrаb-аvаylаsh to„g„risidа fikr mulоhаzаlаr yuritilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИНТЕЛЕКТУАЛЬНАЯ МОЩНОСТЬ ДЕТЕЙ ЭФФЕКТ СЕМЬЕ ОЦЕНИВАЕТСЯ В РАЗРАБОТКЕ

В данной статье приводятся мысли об уважении к родителям в семье, о том, что мы в долгу перед ними, формирование человечности и чести, духовного воспитания, сохранение национальных ценностей и многое другое.

Текст научной работы на тему «BOLALАRNING INTЕLLЕKTUАL SАLОHIYATINI RIVОJLАNTIRISHDА ОILАDАGI QАDRIYATLАRNING TА’SIRI»

BOLALАRNING INTЕLLЕKTUАL SАLОHIYATINI

RIVОJLАNTIRISHDА ОILАDАGI QАDRIYATLАRNING TА'SIRI

Nilufar Egambеrdiyеyna Zaripova

O'zMU huzuridagi Oliy ta'lim tizimi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o'qituvchisi

Аnnоtаtsiya: Mazkur maqolada oilada ota-onaga hurmat, ularning oldidagi qarzdorlik, burchni chuqur anglash va insonga xos bo'lgan odamiylik fazilatlarini shakllantirish, ma'naviy tarbiya, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash to'g'risida fikr mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: mustaqillik, oila, ma'naviyat, qadriyat, bola tarbiyasi, qobiliyat, qiziqish, muqaddas urf-odatlar, burch, tafakkur, oilaviy munosabatlar.

ИНТЕЛЕКТУАЛЬНАЯ МОЩНОСТЬ ДЕТЕЙ ЭФФЕКТ СЕМЬЕ ОЦЕНИВАЕТСЯ В РАЗРАБОТКЕ

Аннотация. В дaннoй статье привoдятся мысли o6 увaжении к рoдителям в семье, o tom, что мы в дoлгу перед ними, фoрмирoвaние челoвечнoсти и чести, духoвнoгo вoспитaния, сoхрaнение нaциoнaльных ценнoстей и мшгое другoе.

Ключевые слова: Незaвисимoсть, семья, духoвнoсть, дoстoинствo, вoспитaние детей, интересы, трaдиция, дoлг, сoзерцaние, семейные oтнoшения.

THE INTELLECTUAL POWER OF CHILDREN THE EFFECT OF FAMILY VALUES ON DEVELOPMENT

Abstract: This article provides thoughts on respect for parents in the family, which we are in debt to them, the formation of humanity and honor, spiritual education, the preservation of national values and much more.

Keywords: Independence, family, spirituality, dignity, raising children, interests, tradition, duty, contemplation, family relations.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning qabul qilinishi mamlakatimiz yoshlari tarbiyasida muhim o'rin tutdi. "Kadrlar tayyorlar milliy dasturi" va bunda

qo'yilayotgan talablar mustaqil, erkin fikrlovchi shaxsni shakllantirish, uning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etish hamda iqtidorli va iste'dodli yoshlarni izlab topishni ta'minlashga qaratilgan. Bu hujjatlar asosida yoshlarni bozor iqtisodi sharoitida oila, mahalla, o'quv maskanlari yordamida har tomonlama yuksak ma'naviyatli tadbirkor ishbilarmon shaxslar qilib tarbiyalash ko'zda tutiladi.

Mamlakatimizda yoshlar uchun ko'plab ma'naviyat maskanlari, sport inshoatlari barpo etilmoqda bularning hammasi yuksak ma'naviyatli yoshlar tarbiyasida muhim o'rin tutadi. Biz yoshlarning ba'zi mamlakatlardagi tengdoshlarimizdan tubdan farqlovchi bir jihatimiz bor. Biz bolajon xalqimizning oiladek qo'rg'oni bag'rida mahalla e'tiborida, davlatimiz g'amxo'rligidamiz. Umuman olganda, odamlarni bir-biridan u yoki bu xususiyati bilan farqlashda amal qilinadigan mezonlarning turi benihoya ko'p. Lekin bitta xususiyat, qobiliyat borki u barcha xalqlarda insonlarni bir-biridan farqlashda, o'zaro solishtirishda va baholashda asosiy mezon bo'lib kelgan. Bu ham bo'lsa insoniylikdir.

Yoshlarning irodasi, eng avvalo shaxsning ijtimoiy faolligida, mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta'lim jarayonida namoyon bo'ladi.

Har qaysi millatning o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o'rni va ta'siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg'ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag'rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma'naviy mezon va qarashlar - yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.

Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo'ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo'lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma'naviy olamini tashkil etadi.

Ko'p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, inson o'z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrida olar ekan. Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo'lsak, aynan shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta'sirida ma'naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo'la boshlaydi.

Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan chuqur ma'noli so'zlarini eslayman.

Bu yorug' dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne'mat bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha ezgu intilishlar bilan yashaydi.

Oilada ma'naviy tarbiyaga, ma'naviy barkamol shaxsni shakllantirilishiga e'tibor tobora kuchaymoqda. Ma'naviy barkamol inson deganda qanday inson tushuniladi? Birinchi galda dunyoqarashi, e'tiqodi, maslaklari shakllangan o'z fikriga ega bo'lgan odobli shaxs nazarda tutiladi.

G.M.Breslav bola shaxsining shakllanishida oiladagi emotsional munosabatlarni maxsus o'rgangan bo'lib, unga ko'ra, oiladagi ota-ona va farzand orasidagi va qolaversa, barcha a'zolar orasidagi munosabatlarning normada kechishi ular orasidagi munosabatlarda tushunish, mehr, muhabbat tuyg'ularining mavjudligiga bog'liq ekan. Shuning uchun, u shaxsning bolalik davridan shakllanishi bu yolg'iz bolagagina emas, balki uning ota-onasiga aloqador ekanligini uqtiradi.1

Bolaning qobiliyati rivojlanishi uchun, avvalo ota-onalar hamda oila a'zolari, qolaversa, ijtimoiy muhitning ta'siri katta. Bolalarga zarur sharoitni yaratib berish kerak, uning qiziqishlarini inobatga olib, kerakli jihozlar bilan ta'minlash zarur. Ba'zi bir ota-onalarning e'tiborsizligi tufayli, o'zining tashvishlaridan ortmaganligi sababli bolaning qiziqishlariga ahamiyat bermaydi, unga kerak bo'lgan jihozlar, masalan, rasm chizishga qiziqishi bo'lsa, akvarel bo'yog'i, mo'yqalam, turli xil qog'ozlar bilan ta'minlamasligi yoki musiqaga qiziqsa, musiqa asboblarini olib bermasligi tufayli ham boladagi qiziqish so'nib boradi, undagi qobiliyat rivojlanmay qolib ketishi mumkin. Qobiliyat - faoliyat jarayonida namoyon bo'luvchi imkoniyatdir.

Ayniqsa, musiqaga yoki tasviriy san'atga bo'lgan qiziqish bolalarda juda erta namoyon bo'ladi. Masalan: M.I.Glinka 3-4 yoshidayoq shunday o'yinni juda yoqtirgan; u ovoz chiqaradigan turli buyumlarni (mis tog'ora, kastryulka) yog'och bilan chalgan. Bunda kattalarni hayron qoldiradigan darajada ohangdosh tovushlar paydo bo'lganki, ularni eshitish maroqli bo'lgan. Keyinchalik bu bola buyuk rus kompozitori bo'lib yetishgan. Ma'naviyati yuksak, dunyoqarashi keng, hushyor ota-onalar bolasining qobiliyatini sezgan zahotiyoq, ularni kerakli joylarga, ya'ni musiqaga qiziqishi bo'lsa, musiqa maktablariga, rasm chizishga qiziqishi sezilsa, tasviriy san'at to'garaklariga olib borib, ularni qobiliyatining rivojlanishiga yo'l ochib beradilar.

Бреслав Г.М. Эмоциональные особенности формирования личности в детстве: Норма и отклонения. - М.: Педагогика, 1990.- 144 с.

Avvallambor bolaga sharoit yaratish, ularning ma'lum bir yutuqlarini ko'rgach, uni rag'batlantirish lozim. Rag'batlantirilgan bolaning o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi va yanada o'z ustida ishlab mahoratini oshirishga harakat qiladi. Yanada ota-onasidan ustozlaridan iliq so'z, rag'bat eshitishga intiladi. Chunki qobiliyatning 90 foizi tinimsiz mehnat orqali yuzaga keladi. Mashhur polyak pianinochisi Ignatsiy Paderevskiy o'zining ajoyib sozandachilik yutuqlarining siri nimada ekanligi haqidagi savolga javob bera turib, "Bir foiz talant, to'qqiz foiz omad va 90 foiz mehnat"deb aytadi.

Bolaning o'zidagi bor layoqati rivojlantirilsa, undan kelajakda buyuk, jamiyatga foydasi tegadigan insonlar etishib chiqadi.

Xususan, har yili bo'lib o'tadigan yosh iste'dod sohiblari qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun ta'sis etilgan "Nihol" mukofoti, "Zulfiya" davlat mukofoti, "Kelajak ovozi", "To'maris", "E'tirof", "Oltin qalam" kabi mukofotlar bilan taqdirlanishi, yoshlarning yanada intelektual salohiyatini oshirib, yuksak marralar sari yetaklaydi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Tarixni keksa donishmandga qiyoslashadi. Unga tayanib ish ko'rish hech mahal ziyon keltirmagan. Moziydagi eng yirik saltanatlar ham aslida aql-idrok va o'tkir tafakkurning mevalari edi. Mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan bugungi siyosat ham bevosita ma'naviyati yuksak, intellektual yetuk shaxsni, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgandir.

Ota-onalar bolalarni ma'naviy barkamol qilib tarbiyalashlari uchun oilaviy hayotning barcha murakkabliklarini yengib o'tishga tayyor bo'lishlari lozim. Oilaviy hayotga tayyorgarlik o'zida hayotning tibbiy-biologik, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy, ijtimoiy-psixologik, an'anaviy, huquqiy, iqtisodiy jihatlarini muj assamlashtiruvchi j arayondir.

Respublikamizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, jamiyatning ruhiy ma'naviy takomili ko'p jihatdan oilada ota-onaning farzand tarbiyasiga qanchalik mas'uliyat bilan yondashganiga bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasida "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da hamda O'zbekiston Respublikasi davlat, jamiyat va oila oldiga o'z burchi va mas'uliyatini anglab yetadigan har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirish masalasi qo'yilgan. Shu bilan birga, yosh avlodning salohiyatli hamda yuksak ma'naviyatli bo'lib yetishishidagi dastlabki poydevor, avvalo, oilada qo'yilishi ham e'tirof etilgan. Chunki oiladagi sharqona tarbiya, milliy urf-odatlar hamisha farzandlar kamolida ibrat namuna bo'lib xizmat qiladi.

Oilada o'zaro hurmat, bir-birini tushunish, ota-onalarning odob-axloq bobida farzandlariga namuna bo'lishlari, ularning fikrlari bilan hisoblashish,

mustaqil qaror qabul qilishlari, mahalla tadbirlarida faol ishtirok etish, sarnarali mehnat bilan shug'ullanish kabilar albatta bolaning ko'z o'ngida sodir bo'ladi.

Demak, jamiyat mustahkam, ma'naviy va axloqiy jihatdan sog'lom oila bo'lishidan manfaatdordir. Shunday ekan, ota-onalarning farzand tarbiyasi yuzasidan mas'uliyatini va salohiyatini kuchaytirish, ota-onaning pedagogik layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini ta'minlash davr talabidir.

Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o'zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg'or yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlariga, balki har qaysi oila, hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug'dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim.

Yosh avlodni yuksak g'oyalar ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoit mavjud. Hamma gap ulardan oqilona foydalanishda. Bu borada ham ota-onalar farzandlariga har tomonlama o'rnak bo'lishi talab etiladi. Zero, "Qush uyasida ko'rganini qiladi", degan maqol bejiz aytilmagan.

Ko'pgina ota-onalar o'z bolalariga yoshligidan unday qil, bunday qilma, bunday qilish qo'lingdan keladi, bu ishing ma'qul, bu ishing noma'qul deb bolaning huquqiy ongini shakllantira boradi. Bu, albatta, bolaning huquqiy ongini ilmiy asosda shakllantirish uchun yetarli bo'lmasada, uning poydevorini shakllantirishda katta rol o'ynaydi.

Ta'kidlash lozimki, yoshligida yaxshi tarbiya ko'rgan inson hayotda adashsa ham o'zini yo'qotib qo'ymaydi, sinovlardan bemalol, to'liq ishonch bilan o'tib ketadi. O'z huquq va erkinliklarini tushunib yetgan inson ham qanday vaziyatda qanday harakat qilishni biladi.

Oilaviy tarbiyaning murakkabligi yana shundaki, har bir oila o'ziga xos bir olam, jamiyatning o'ziga xos kichik uyushmasi bo'lib, tarbiya ishida o'z xususiyatlarini namoyon qiladi. Ota-onalar qanchalik ma'naviy boy, e'tiqodli va yuqori ma'lumotga ega bo'lsalar, shu darajada takomillashgan uslub orqali o'z farzandlarini barkamol shaxslar qilib tarbiyalaydilar. Aynan shu maskanda dunyoga kelgan farzand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarni oladi, balki, ulardagi hatti-harakat, axloq-odob qoidalarini ham egallab boradi.

Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeidan qat'iy nazar, ularning birlamchi vazifasidir, deb hisoblaydi Ibn Sino. Ota-ona davlat boshlig'imi, yoki oddiy fuqaromi, baribir, bola tarbiyasi borasida mas'uldir. Davlat boshliqlari, rahbarlar bola tarbiyasi xususida barchaga ibrat bo'lmoqlari lozim.

Uning fikricha, tartiyachi, ya'ni ota-ona, yollangan shaxs «nafaqat so'z bilan balki

л

amalda ham bola mhiga ta'siг ko'reatmog'i lozim»

Ta'limning samaгadoгligini oshiгish, shaxsning ta'lim ma^azida bo'lishni va biz yoshlarning mustaqil bilim olishimizni ta'minlash uchun nafaqat oilada, balki, ta'lim muassasalariga ham yaxshi tayyo^ariik ko^gan va o'z sohasidagi bilimlaгini mustahkam egallashdan tashqaгi zamonaviy pedagogik texnologiyalami va inteгfaol usullami biladigan, ularáan o'quv taгbiyaviy mashg'ulotlami tashkil etishda foydalanish qoidalaгini biladigan o'qituvchilaг ke^. Buning uchun baгcha fan o'qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalaг va interfaol usullaг bilan quгollantiгish va olgan bilimlarini o'quv-taгbiyaviy mashg'ulotlaгda qo'llash malakalarini uzluksiz oshiгib boгish lozim.

Ta'limni shaxsga yo'naltiгilgan texnologiyasi an'anaviy ta'lim texnologiyalaridan quyidagilaгga ko'гa faгq qiladi: Mashg'ulotning asosiy maqsadi-tafakkrn- jaгayonini tashkil etishdiï, bilim, ko'nikma, malakalaг-o'quvchi faoliyatini mahsuli sifatida vujudga keladi. Tafakkrn- jarayonining quvvati bilimlaг quvvatdan yuqori tuгib, u shaxsning o'z-o'zini rivojlantirish unsuгi taгzida namoyon bo'ladi, ijodiy izlanishning natijasi kabi mazkrn- jarayonning o'zi ham o'ta muhim bo'lib, aynan u o'quvchi va o'qituvchining ijodkoriik quvonchiga, yangilik yaratishga ilhomlantiradi, mustaqil izlanish va ijodiy faoliyatni tashkil etishga undaydi.

REFERENCES

1. Breslav G.M. Emotsionalniye osobennosti foimirovaniya lichnosti v detstve: Noгma i otkloneniya. - M.: Pedagogika, 1990-144s.

2. Qurbonova G.A. Oilaviy munosabatlar va shaxs xususiyatlarini o^ganish. O'quv metodik qo'llanma Toshkent, - 2010 yil, -77 bet.

3. Qrn-bonova G.A. Bola shaxsini rivojlanishida ota-ona munosabatining ta'siгi. Bola shaxsini rivojlantirishning dolzaгb muamшolaгi // Il-Xalqara ilmiy-amaliy anjumanining tezis va maqolalaT to'plami. Toshkent,- 2008 yil, 3-5 aprelb, 287288 bet.

4. Ibn Sino, Tadbiri manzil, 44 bet.

5. Qrn-bonova G.A. Oilaning faKandlaMagi san'atga nisbatan qobiliyatlaming гivojiga ta'siri. Yuksak ma'naviyatli oila yosh olimla! nigohida. // Ilmiy maqolalaг to'plami. - Toshkent. - 2010. 101-104 b.

2 Ибн Сито, Тадбири мaнзил, 44 6eT.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.