Научная статья на тему 'YOSHLARDA MILLIY TARBIYA SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK QONUNIYATLARI'

YOSHLARDA MILLIY TARBIYA SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK QONUNIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
15992
623
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy tarbiya / fazilat / xususiyat / psixologik qonuniyat axloq / illat / tahdid / ma’naviyat / ma’rifat. / national upbringing / character / character / psychological laws / morals / vices / threats / spirituality / enlightenment.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Jabborov, X.X., Samatova, S. G‘

Mazkur maqolada milliy tarbiyaning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari, ota-onalarning tarbiya metodlarini bilish va uni qo‘llashi, ota-onalarning farzand tarbiyasiga bo‘lgan munosabati, yoshlarda milliy tarbiya mezonlari va fazilatlarini shakllantirishda psixologik omillar kabi masalalar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar bilan tanishishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL LAWS OF NATIONAL EDUCATION IN YOUNG PEOPLE

In this article you can get acquainted with the research on the social psychological laws of national education, knowledge and application of parenting methods, parental attitudes to child rearing, psychological factors in the formation of national upbringing criteria and qualities in youth.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA MILLIY TARBIYA SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK QONUNIYATLARI»

YOSHLARDA MILLIY TARBIYA SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK

QONUNIYATLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-l-209-219

X.X. Jabborov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi dotsenti v.b, psixologiya fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)

S.G'. Samatova

Nizomiy nomidagi,Toshkent davlat pedagogika universiteti 1-kurs magstranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada milliy tarbiyaning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari, ota-onalarning tarbiya metodlarini bilish va uni qo'llashi, ota-onalarning farzand tarbiyasiga bo 'lgan munosabati, yoshlarda milliy tarbiya mezonlari va fazilatlarini shakllantirishda psixologik omillar kabi masalalar bo 'yicha olib borilgan tadqiqotlar bilan tanishishi mumkin.

Tayanch tushunchalar: milliy tarbiya, fazilat, xususiyat, psixologik qonuniyat axloq, illat, tahdid, ma 'naviyat, ma 'rifat.

АННОТАЦИЯ

В данной статье вы можете ознакомиться с исследованиями социально-психологических закономерностей национального воспитания, знания и применения методов воспитания, отношения родителей к воспитанию детей, психологических факторов формирования национальных критериев воспитания и качеств у молодежи.

Основные понятия: национальное воспитание, характер, характер, психологические законы, мораль, пороки, угрозы, духовность, просвещение.

ABSTRACT

In this article you can get acquainted with the research on the social psychological laws of national education, knowledge and application of parenting methods, parental attitudes to child rearing, psychological factors in the formation of national upbringing criteria and qualities in youth.

Basic concepts: national upbringing, character, character, psychological laws, morals, vices, threats, spirituality, enlightenment.

KIRISH

Bugungi kunda millatimiz "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oya

asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Mazkur g'oya ta'lim-tarbiya

209

tizimiga ham o'zining aniq, qat'iy talablarini qo'ymoqda. Ushbu talablar doirasida davlatimizda ta'lim sohasida pedagoglarning moddiy-ma'naviy sharoiti tubdan yaxshilanib, ta'lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinmoqda.

Tarbiya va ta'limni bir-biridan alohida ajratib bo'lmaydi, bu ikki jarayon o'zaro uyg'un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma'naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog'lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo'lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.

Bugungi kunda O'zbekistonda yoshlar tarbiyasini milliy va zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar va asosli psixologik qonuniyatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda.

Milliy tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda uning psixologik qonuniyatlarini o'rganish, mazkur masalada oila, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, o'rta maxsus kasb-hunar, oliy ta'lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik hamkorlik va uzviylikni yangi darajaga ko'tarishni taqozo etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, Vatanga sadoqat, burch va mas'uliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning xarakterida, psixologik qonuniyat sifatida namoyon bo'lmayapti, mazkur fazilatlarga nisbatan amaliy odatlar sifatida shakllanmayapti. Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so'zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon bo'lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit -qizlarning hayotda o'z o'rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Ayrim o'quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o'zini o'zi o'qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi ta'lim sifatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Masala yuzasidan adabiyotlar tahlili milliy va ma'naviy tarbiya sohasida o'qituvchilarning faoliyatini metodik ta'minlovchi o'quv materiallari, shu jumladan, milliy va ma'naviy tarbiya sohasiga oid metodik qo'llanmalar, o'quvchilar uchun zarur darsliklar yetarli emaslini ko'rsatmoqda.

Shu munosabat bilan bugungi globalashuvning shiddatli va axboriy sharoitida

milliy tarbiyaning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini tadqiq qilish orqali oiladada

210

Scientific Journal Impact Factor

farzand tarbiyasi uchun tayanch fazilatlarni shakllantirish, mazkur fazilatlarga ularni odatlantirish, tarbiyada tushuntirish/ko'rsatish/o'rgatish/namuna bo'lish kabi ta'sirchan pedagogik-psixologik usullami isloh qilish va shu orqali milliy, ma'naviy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Milliy tarbiya haqida gap ketganda beixtiyor taniqli ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" [1] degan chuqur ma'noli so'zlari inson e'tiborini tortadi. Ko'plab olimlar o'z tadqiqotlarida ma'naviy tanazzulning asosiy omillari bo'yicha qator izlanishlar olib borishdi, har xil qiziqarli tahliliy ma'lutolar ilmiy asoslandi, lekin bularning ichida odamni tashvishga soladigan bir qaraganda e'tiborsizdek tuyiladigan, lekin oqibati tanazzulga, johillikka olib boradigan bir omil, ya'ni oilada farzand tarbiyasiga e'tiborsizlik, uning psixologik qonuniyatlarini bilmaslik illati millatning ma'naviy tannazulining asosi desak hecham mubolag'a bo'lmaydi.

Xo'sh nega bugun ota-onalar farzand tarbiyasiga e'tiborsiz? Farzand tarbiyasi bilan shug'ullanishiga qanday omillar to'sqinlik qilyapti? Ota-onalar farzand tarbiyalash metodlarini biladimi? Ota-onalar farzand tarbiyasida qanday psixologik qonuniyatlardan foydalanayapti? Mazkur savollar bizni masala yuzasidan hamma uchun bir tildagi optimal javoblar topishdek mas'uliyatli vazifani qo'ymoqda. Bugun butun dunyoda inson kapitali uchun kurash, eng katta sarmoya farzandni yaxshi bilimli bo'lishiga, tarbiyasiga tikilayotgan bir vaqtda bizda farzand tarbiyasiga e'tiborsizlik, uning pedagogik va psixologik qonuniyatlari bilan hisoblashmaslik kabi illat va tahdidlar ko'proq ko'zga tashlanib bormoqda.

Oilada farzand tarbiyasiga e'tiborsizlik illati bir qator qarorlarda jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-sonli [2], 2019 yil 3-maydagi PQ- 4307-sonli[3], 2021 yil 26 martdagi PQ- 5040-sonli Qarorlari[4] va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31-dekabrdagi 1059-sonli[5] qarorida ichki tahdid sifatida qayd qilinib, mazkur tahdidlarni yuzaga keltiruvchi pedagogik, psixologik omillar bo'yicha tadqiqotlar olib borish, mazkur tahdidlarga nisbatan psixologik-g'oyaviy kurash olib borish vazifasi qo'yildi.

Yuqoridagi masalani nechog'lik xavotirli va dolzarbligi to'g'risidagi mulohazalarni asoslashda biz tomonimizdan bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish, baholash, ustuvor yo'nalishlarni aniqlab, ularning aholi turli qatlamlariga ta'sirini o'rganish va zarur maqsadli va manzilli psixologik tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan milliy

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

tarbiyaning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlari mavzusi bo'yicha joylarda tekshiriluvchilar bilan suhbat, ekspert-intervyu, so'rovlar (ijtimoiy-psixologik), kuzatish, kontent tahlil, modellashtirish, matematik statistika (spss dasturi), gipotetik-deduksiya, vizualizatsiya, longityud monitoring va ma'naviy marketing kabi metodlar orqali o'rganishlar olib borildi va quyidagicha empirik natijalar qayd qilindi(1-jadval).

1-jadval

Respondentlardan ota-onalarning farzandiga yaxshi tarbiya berishi uchun nima halaqit berayapti deb o'ylaysiz? deb berilgan so'rovnoma natijalari

Mezonlar Hududlar kesimida

Navoiy vil. Jizzax vil. Sirdaryo vil. Samarqand vil. Buxoro vil. Toshkent shahri

Ota-onalar tarbiya metodlarini bilmaydi va tarbiyadagi mas'uliyatini anglamaydi 60% 57,4%), 57% 53% 44% 50%

Bizning tadqiqotimiz davomida milliy tarbiyada tayanch ma'naviy fazilatlarni shakllanganlik darajalari va aholining ichki va tashqi tahdidlardan habardorlik darajalarini aniqlashtirishga qaratilgan o'rganishlarimiz quyidagicha empirik ko'rsatkichlarni qayd qildi (2-jadval).

2-jadval

"Aholining ichki va tashqi tahdidlardan xabardorlik darajasi"

№ Tahdidlar nomi past o'rtacha yaxshi

12 Oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e'tiborsizlik 55 % 22, 2% 22,8 %

11 El-yurt taqdiriga loqaydlik 49 % 31 % 20 %

10 Milliy qadriyatlarga e'tiborsizlik 47 % 22 % 31 %

9 OITS 43,3% 27,1% 28,8%

8 Erta turmush qurish 42,2 % 35,5% 22,3%

7 Terrorizm, Diniy ekstremizm 41,5% 26,6% 31,8%

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

6 Oilaviy ajralishlar 41,2% 35,5% 23,3%

5 Narkobiznes 40,6% 33,4% 26%

4 O'z joniga qasd qilish 40,4% 23,4% 36,2%

3 "Ommaviy madaniyat" 39 % 29,3% 31,7%

2 Odam savdosi 38,8% 28,8% 32,4%

1 Mahalliychilik, urug' -aymoqchilik 36,6 % 31,2 % 32, %

O'rganishlarda ma'lum bo'ldiki, tekshiriluvchilarning aksariyati barcha tahdidlardan yetarlicha ogoh va xabardor emas. Tahdidlarni tanimaslik, uning oqibatlaridan ogoh emaslik unga chalinishni tezlashtiradi. Bu kabi holatlar esa muayyan tarbiyaviy bo'shliqni paydo qilmoqda. Demak milliy tarbiyamizda o'ziga xos ma'naviy qusurlar namayon bo'lmoqda, ya'ni aholimizda kerakli tayanch ma'naviy fazilatlar shakllanmagan. O'z-o'zidan mazkur ko'rsatkichlar mazkur masalaga daxldor profilaktika ishlarimizni ta'sirchan metodlarga ega emasligini ko ' rsatadi ( 1 -rasm).

(1-rasm)

Respondentlar orasida oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e'tiborsizlik tahdididan habardorlik darajasi bo'yicha o'rganishlarning epmirik

natijalari

Oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e'tiborsizlik tahdidi aholi orasida boshqa tahdidlarga nisbatan xabardorligi pastligi bo'yicha 55% ya'ni salbiy ko'rsatkichga ega. Bu aholining oilada yoshlar tarbiyasi, milliy tarbiya bilan bog'liq ishlarda sustkashliklar ko'p ekanligini, yoki tarbiya masalasiga past munosabatda ekanligini ko'rsatadi. Bu illatning salbiy oqibatlaridan ko'pchilik behabar.

Milliy tarbiyaning shakllanishida milliy qadriyatlarning o'rni ham alohida o'ziga xos asosli psixologik omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham biz

mazkur masala bo'yicha ham o'rganishlarni amalga oshirdik (2-rasm).

213

(2-rasm)

Respondentlar orasida milliy qadriyatlarga e'tiborsizlik_tahdididan habardorlik darajasi bo'yicha o'rganishlarning empirik natijalari

47%

Уртача

Ямни

Masala yuzasidan o'rganishlar, ya'ni aksariyat respondentlarning fikricha yosh ota-onalar o'z farzandlariga milliy qadriyatlarni o'rgatmayapti, shu sababli yoshlarimiz milliy qadriyatlarni hurmat qilmayapti, aksincha, "ommaviy madaniyat''ga zamonaviy madaniyat deb taqlid qilish kabi salbiy jihatlar ko'payib bormoqda deb ta'kidlandi. Oilada milliy tarbiya fuksiyasining ishlamasligi oilaviy nizolar va oilaviy ajrimlarni ko'paytirayotganligi ko'pchiligimizga sir emas va biz shu sababli ham mazkur farazga aniqlik kiritish uchun ushbu masalani ham o'rgandik (3-rasm)

(3-rasm)

Respondentlar orasida oilaviy ajrimlar tahdididan habardorlik darajasi bo'yicha o'rganishlarning epmirik natijalari

41% 36% 23%

\jk

Паст ------- /

Уртача Яхши

Biz tadqiqotimiz davomida yoshlar orasidagi jinoyatchilik omillarini ham yetarlicha tarbiya topmaganlik omili bilan bog'liq deb o'yladik va mazkur

farazimizni ham tekshirib ko'rish uchun respondentlar orasida o'rganishlar olib bordik va quyidagicha qiziq va xavotirli empirik natijalarni qo'lga kiritdik (4-rasm)

4-rasm

Respondentlar orasida "Sizningcha yoshlar orasidagi jinoyatchilikni yuzaga keltirayotgan asosiy omillar nimalardan iborat" deb so'ralgan

so'rovning empirik natijalari

Kïil Eg

<l>apiaHji TapûiiHcma IIktiico;iiiîî eiiiiiiMOH'iii.uiK l ah.iiiM tapnmi.iai il 3i>TiiöopciiJ.iiiK .lOKafu.iiiK

Tadqiqotimiz davomida oilada farzand tarbiyasi uchun ajratilayotgan vaqt, ya'ni ota - ona bir kunda o'z farzandi bilan tarbiya bo'yicha qancha vaqt muloqotda bo'ladi, shuni ham o'rgandik va quyidagicha empirik natijalar qayd qilindi (5-rasm)

5-rasm

Respondentlar orasida "Siz o'z farzanddingiz bilan tarbiya borasida muloqot uyushtirasizmi" deb so'ralgan so'rovning empirik natijalari

Aslida mazkur qayd qilingan holat yoshlar orasidagi jinoyatchilikka sabab bo'layotgan omillardan biri hisoblanadi, ya'ni ikki avlod orasidagi o'zaro muloqotning uyushtirilmasligi, oqibatda ota-ona va farzand bir-birida kechayotgan kechinmalar, o'zgarishlardan bexabar qoladi.

Biz tadqiqotimiz davomida ota-onalar o'z farzandini pedagogik nazorati qilayaptimi yoki yo'qmi, shu kabi holatlarni ham o'rgandik va quyidagicha holatlarni aniqladik (6-rasm).

6-rasm

Ota-onalar tomonidan farzandlarning pedagogik nazorat qilinishi bo'yicha

o'tkazilgan so'rovlar natijalari

■ Назорат суст

■ Даре тайёрлаш жараёнини назорат килади (%)

■ Кимлар б план дуст булишини назорат килади (%)

Буш вактини кандап утказшпини назорат килади (%) ■ Кнтоб укишини назорагг килади «

Коракалпог истой Pre жпши пил. Ариасой Тошкснт шахар Хора 14 вил. Хива ш. Бморо вил. Бххоро ш.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Нукус тум. туч.

Demak biz oilada farzand tarbiyasiga e'tiborsizlik ichki tahdidini mazmun mohiyati, uning inson, xalq, millat uchun ayanchli oqibatlari to'g'risida aholi orasida keng ko'lamdagi maqsadli va manzilli profilaktika tadbirlarni olib borishimiz maqsadga muvofiq. Zero, buyuk vatandoshimiz Imom G'azzoliy aytganidek "Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi.

Agar yaxshilikka o'rgatilsa, shu bilan o'sadi va dunyo oxiratda saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallimu ustozlari ham sherik bo'ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o'z holiga tashlab qo'yilsa, oxir-oqibat halok bo'ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo'lganlarning gardaniga tushadi".

Tarbiya masalalariga e'tiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan ko'ngilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar ham barchamizni ogohlikka da'vat qilmog'i lozim.

Scientific Journal Impact Factor

Ammo bugun qaysidir davrada shu haqda fikr bildirilsa aksariyat ota-onalarda masalaga daxldorlik bilan emas, aksincha o'z loqaydliklarini xastpo'shlash uchun sizga: "Hozir zamon juda qiyin bo'lyapti, tirikchilik uchun yugurmasang bo'lmasa!", "Nima qilay bolalarim yeyman, ichaman deydi, kiyim kechagini aytmaysizmi, bizga oson emas...", "Ha endi o'zi omon bo'lsa, tarbiyasi bir gap bo'lar..." deb javob berishadi.

"Ha endi o'zi omon bo'lsa, tarbiyasi bir gap bo'lar... " aynan mana shunday beparvolik, e'tiborsizlikning ortida butun bir millatning ma'naviy tanazzuli naqd. Shunday ekan bugun mazkur masalani har bir ota-ona bu borada olib borayotgan ishlariga bir nazar tashlab ko'rishlari lozim. Zero, bugun ilm-fan va ta'lim izchil rivojlanib borayotgan bir davrda hech shak-shubhasiz tarbiya ta'limning asosida turishi shartdir. Shunday ekan, ilm-fan ta'lim-tarbiya asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir.

Qolaversa ota-onalarni farzand tarbiyasi mas'uliyati to'g'risida Konstitutsiyamizning 64-moddasida ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar, degan qoida mustahkamlab qo'yilgan.

Bundan tashqari, farzandining tarbiyasi bilan qiziqmagan, yetarlicha g'amxo'rlik ko'rsatmagan ota-onalar O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 47-moddasi bilan ayblanadilar.

E'tibor qilib qaraladigan bo'lsa, "ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar", deyilgan moddaga bu yerda ikki majburiyat borligini ko'rasiz. Biri - boqish, ikkinchisi - tarbiyalash. Bizda bola boqish muammosi, ya'ni bolamga nima yedirib-ichirsam ekan, degan muammo yo'q. Buning tasdig'iga mamlakatimizda har ikkinchi oilada mashina turgani; AQShning Kaliforniya universiteti olimlari o'tkazgan tadqiqotlarda jahonning eng baxtli 158 ta mamlakati orasida O'zbekistonimizning 44-o'ringa chiqqanining o'zi javob.

Demak bugungi kunda ota-onalar ko'proq tarbiyalashning psixologik qonuniyatlari, pedagogik talablari, mezonlari va metodlari haqida ko'proq o'ylashlari lozim.

XXI asrda barkamol farzand tarbyasining negizi sifatida oila (ota-ona), maktab (pedagog), mahalla (qo'ni-qo'shni, nuroniylar, mahala faollari), ijtimoiy muhit (tengqurlari, atrofidagi insonlar) o'z mavqeini saqlab qolaveradi.

Barkamol kelajak bunyondkorlarini tarbiyalashda quyidagi psixologik va pedagogik jihatlarga alohida ahamiyat berish juda muhim hisoblanadi:

❖ tarbiyaning milliy fazilatlariga nisbatan yoshlarimizni odatlantish bo'yicha zamonaviy mashqlar ishlab chiqish;

❖ tarbiyaning psixologik qonuniyatlari bo'yicha metodik qo'llanmalar yaratish va mazkur sohada faoliyat ko'rsatayotgan pedagoglar va ota-onalarga yetkazish;

❖ milliy tarbiyaning tayanch kompetensiyalarini yoshlarimizda shakllantirishning pedagogik talbalarini ishlab chiqish;

❖ Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyada ko'rsatilgan vazifalar bo'yicha barcha davlat va nodavlat tashkilotlari orasidagi amaliy hamkorlikni yo'lga qo'yish;

❖ Ota-onalarga farzand tarbiyasi bo'yicha zamonaviy metodlar bo'yicha xaqchil sodda tildagi darsliklar va qo'llanmalarni tayyorlab berish.

Bugun har bir ota-ona pedagog bo'lishi lozim tarbiya metodlarini puxta o'zlashtirmog'i lozim, chunki farzand ta'lim-tarbiyasiga tikilgan sarmoya eng yaxshi va eng kafolatli sarmoyadir.

Pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov [6] o'zining "Bugungi har bir ota-ona pedagog bo'lishi kerak" deb nomlangan maqolasida bugungi ota-onalarning farzand tarbiyalashdagi ta'sirchan metodlar to'g'risida quyidagi qarashlarini ilgari suradi. Jumladan olimni ta'kidlashicha farzand tarbiyasidagi eng ta'sirchan metod bu-o'rgatish metodi. Chunki uning ichida tushuntirish ham bor, suhbat ham bor, ko'rsatish ham bor, aytish ham bor, namuna ham bor.

Shuni unutmasligimiz kerakki, yurt kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimiz va yoshlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liqdir. Shu sababli mazkur masaladagi asosiy psixologik talablardan biri [7], har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, unib-o'sib kelayotgan yoshlarni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, oilada farzand tarbiyasi - oila baxti, farzandlarning tarbiyali yetuk inson bo'lib yetishidagi ota-onaning sa'yi- harakati hisoblanadi. Oiladagi farzand tarbiyasi uning kelajakda kim bo'lib yetishishida muhim o'rin tutadi. Demak, bola oilada jamiyatning qiyofasini ko'radi, bo'lajak fuqaroning tabiati, dunyoqarashi va axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi hamda shunga ko'ra kamol topib boradi.

Farzandlarimizni ilm-fan va ta'lim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga

muvofiq ekan, o'z o'rnida tarbiya esa milliy fazilatlarga yo'g'rilgan milliy tarbiya

218

Scientific Journal Impact Factor

bilan chambarchas bog'liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz ta'lim-tarbiyasida esa milliy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga etiborli bo'laylik, aynan shu mezon bolalarimizni ma'nan, ruxan sog'lom, o'z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o'z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan barkamol bo'lib o'sib unishining asosidir.

REFERENCES

1. Шавкат Мирзиёев раислигида 2019 йил 23 август куни хал; таълими тизимини ривожлантириш, педагогларнинг малакаси ва жамиятдаги нуфузини оширишга багишланган видеоселектор йигилиши https: //www.xabar.uz/talim/shavkat-mirziyoyev-maktablarda-qanday

2. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 28 июлдаги "Маънавий-маърифий ишлар самарадорлигини ошириш ва сохани янги боскичга кутариш тугрисида"ги ПK-3160-сонли//https://lex.uz/docs/3360950.

3. Узбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 3 майдаги "Маънавий-маърифий ишлар самарадорлигини ошириш буйича кушимча чора-тадбирлар тугрисида"ги ПК-4307-сон Карори https://lex.uz/docs/4320700.

4. Узбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 26 мартдаги "Маънавий-маърифий ишлар тизимини тубдан такомилаштириш чора-тадбирлари тугрисида"ги ПК-5040 карори. https://lex.uz/docs/5344692

5. Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2019 йил 31 декабрдаги "Узлуксиз маънавий тарбия концепциясини тасдиклаш ва уни амалга ошириш чора-тадбирлар тугрисида"ги 1059-сонли карори

6. Куронов М. "Х,ар бир ота-она педагог булиш керак" макола. http: //www.adolatnashr.uz/uploads/ 17.0ila.2016. pdf.

7. Жабборов Х. "Миллий тарбиянинг ижтимоий-психологик омиллари". Психология илмий журнали, 2021 йил 3-сон. Б. 110-118.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.