Научная статья на тему 'INSON KAMOLOTIDA TARBIYANING AHAMIYATI'

INSON KAMOLOTIDA TARBIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1655
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
tarbiya / oila / mahalla / jamiyat / bola tarbiyasi. / Culture / Family / mallada / society / education.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Kamola Shavkatovna Ikramova

Ushbu maqolada tarbiya, unga taьsir etuvchi omillar, oilaning tarbiyadagi ahamiyati, bolani tarbiyalashda nimalarga eьtibor berish kerakligi haqidagi fikrlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF UPBRINGING IN HUMAN MATURITY

This article in this article is illuminated on what to achieve the importance of the family, raising a child.

Текст научной работы на тему «INSON KAMOLOTIDA TARBIYANING AHAMIYATI»

INSON KAMOLOTIDA TARBIYANING AHAMIYATI

Kamola Shavkatovna Ikramova

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 1-sonli Toshkent akademik litseyi

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tarbiya, unga tatsir etuvchi omillar, oilaning tarbiyadagi ahamiyati, bolani tarbiyalashda nimalarga ettibor berish kerakligi haqidagi fikrlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: tarbiya, oila, mahalla, jamiyat, bola tarbiyasi.

THE IMPORTANCE OF UPBRINGING IN HUMAN MATURITY

ABSTRACT

This article in this article is illuminated on what to achieve the importance of the family, raising a child.

Keywords: Culture, Family, mallada, society, education.

"Agar mendan "sizni nima qiynayapti? "- deb so'rasangiz farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi deb javob beraman"- deydi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. Bu fikrlari mustaqil yurtimizni, ertamizning egalariga ta'lim - tarbiya berishdek ulkan ma'suliyat, davlat rahbari, mutassadi tashkilotlar, har bir oila, jamiyat a'zolari oldidagi ulkan ish sifatida qarashimizni taqozo etmoqda.

Insoniyatning ko'payishi tabiat qonuni bo'lgani kabi bola dunyoga kelgan kundan boshlab ota-onaning bola tarbiyasi uchun javobgarligi ham jamiyatimizning qonunidir. Azaldan bola tarbiyasi bilan yoshligidan, asosan, ona shug'ullangan, otaning asosiy vazifasi oilani boqish bo'lib, uyda bo'lgan vaqtda bolani nazorat qilib borishdan iborat edi. Bugungi oilaviy tarbiya, "Milliy va zamonaviy o'zbek bolasining siymosi qanday bo'lishi kerak?" degan savolga javob talab qilmoqda. Bugungi bola o'tgan asr bolasidan keskin farq qiladi, o'zbek o'g'il-qizlari zamonaviy komil inson siymosiga ega bo'lmog'i lozim. Tabiiyki, bu jarayonda oilaviy tarbiyaning o'rni beqiyos. Bola, asosan, oilada tarbiyalanadi. Oila o'z muhiti orqali bolaning dunyoqarashiga va xulqiga doimo o'z ta'sirini o'tkazib turadi. Ibn Sino ta'biricha, " ota-ona bola tarbiyasini unga ism qo'yishdek oliyjanob vazifadan boshlaydi ".

Hozirgi kunda oilaviy munosabatlarda ota-onalarning farzandlar bilan

to'liq va etarlicha munosabatga kirisha olmasligini kuzatamiz. Oilaning boshi bo'lgan erlarning ba'zilari ko'chadagi ulfatchilikdan, ish yuzasidagi safarlardan ortib, o'z farzandlarini moddiy tomondan ta'minlashlari mumkin, lekin ularni ma'naviy jihatdan tarbiyalashga, ruhiy madad bo'lishga ularning qiziqish va intilishlarini, ularni qiynayotgan muammolar nimalardan iborat ekanligini bilishga, o'rganishga vaqt ajrata olmaydilar, vaqt topsalar ular bilan gaplashishga hafsala qilmaydilar. Ba'zida, onalarda ham shunday holat kuzatiladi ba'zi onalar tungi smenalarda tuni bilan ishlab iloji bo'lsa kunduzi uxlashadi, kechki ovqatni birga eydi bo'lmasa yo'q yana ishga ketadi yoki ishxonadagi, qarindoshlar orasidagi yig'in o'tirishga ketishi uyda qolgan taqdirda ham uy yumushlari bilan band bo'lishlarishga yoki telegram, feyzbukda o'tirish bilan vaqt o'tkazadilar. Oiladagi shaxslararo mehr-muhabbatga asoslangan o'zaro muloqat deyarli amalga oshmaydi natijada bola o'zini tushunadigan unga dalda bo'ladigan "do'stlarni" ko'chadagi izlashga majbur bo'ladi.

Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo'tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g'azablanishdan, qo'rqish va hafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Beruniy bola tarbiyasida irsiyat muhit va tarbiya ta'sirini birdek muhim ekanligini ta'kidlab o'tgan edi. Beruniy axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda yondoshadi. Axloqiylik yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash natijasida namoyon bo'ladi va shakllanadi.

Bolaning jismonan sog'lom, ahloqan pok, mehnatsevar, madaniyatli intellektual salohiyatli bo'lib o'sishdan jamiyatimiz ham manfaatdordir. O'quv tarbiyaviy muassasalarning tarbiya borasidagi ishlari qanchalik yaxshi yo'lga qo'yilishidan qat'iy nazar, tarbiya masalalarini oila hal qiladi. Bog'cha va maktablar ta'lim bersa va tarbiyalasa, ota-onalar faqat tarbiyalabgina qolmay, ular bilan birga yashaydilar ham. Ota-onalarning farzand uchun fidoyi bo'lishligi o'zbek millatiga xos bo'lgan ajoyib fazilatdir.

XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Xojib o'zining "Qutadg'u bilig" asarida bola tarbiyasi haqida to'xtalib, shunday yozadi: "Farzand qanchalik bilimli, aqlli-xushli bo'lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug' bo'ladi". U bola tarbiyasida otaning ma'suliyatiga alohida e'tibor beradi. "Kimning o'g'il-qizi erka bo'lsa, deb yozadi u, unga shu kishining o'zi mungli bo'lib yig'laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo'ysa bolada gunoh yo'q barcha jafo otaning o'zida; o'g'il-qizning xulq-atvori yaramas bo'lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo'ladi. Ota bolalarini

nazorat qilib, turli xunarlarni o'rgatsa, ular ulg'aygach, o'g'il-qizim bor deb sevinadi; o'g'il-qizga hunar va bilim o'rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe'l-atvorlari go'zal bo'lsin" Demak, otalar farzandini faqat moddiy tomondangina ta'minlab "Men o'z vazifamni kerak bo'lsa ortig'i bilan bajarib qo'ydim" deb o'ylamasdan farzandining ruhiyatidagi o'zgarishlarni ham ilg'ay olishlari zarur .

"Agar oila bo shlig'i tajribasiz bo'ls a, u o'z a 'zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha olmaydi, yomon tarbiya nafaqat ushbu oila, balki qo'shnil arga, mahalla-ko'yga ham yomon ta 'sir qilishi mumkin. Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeyidan qat'i nazar, ularniig birlamchi vazifasidir" - deb hisoblaydi Ibn Sino. "Ota-ona davlat boshlig'imi yoki oddiy fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas'uldir. Davlat boshliqlari, rahbarlar bola tarbiyasi xususida barchaga ibrat bo'lmoqlari lozim"-deb ko'rsatar ekan ota-onaning ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar ularning birinchi galdagi vazifalari bola tarbiyasi ekanligini ta'kidlab ko'rsatadi. Ibn Sinoning bola tarbiyasi, tarbiya psixologiyasi va rahbarlarga qo'yg an ushbu talablari o'sh a davrda qanchalik taraqqiyparvar va zarur bo'ls a, bizning bugungi kunimizda ham u o'z kuchini yo'q otgani yo'q. Uning fikricha, tarbiyachi, ya'ni ota-ona "nafaqat so'z bilan, balki amalda ham bola ruhiga ta'sir ko'rsatmog'i lozim" ekanligini ta'kidlaydi. Demak, ota-ona bola tarbiyasida nafaqat so'zdan balki amaliy faoliyatda ham o'zi o'rnak bo'lish orqali tarbiyalasa maqsadga muvofiq bo'lishini mutafakkirimiz ta'kidlab o'tganlar. Hozirgi kunda yurtimizda kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi qo'lga kiritilayotgan yutuqlarimiz, yurtboshimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng ko'lamli sharoitlar, bularning barchasi bizning ertamiz bo'lgan yoshlarni tarbiyasiga e'tiborli bo'lishimizni talab etadi.

Hozirgi kunda dunyo xalqlarini sarosimaga solib turgan COVID19 pandemiyasi yoshlar ruxiyatiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatayotgan bir pallada, farzandlaringizda uni enga olish immunitetini siz o'z oilangizda shakillantirishga harakat qiling. Buning uchun siz farzandingizni kitobga oshno qilishga harakat qilib ko'ring, o'ylaymanki albatta samarali natijaga ega bo'lasiz.

Hurmatli ota-onalar sizlarga shuni aytmoqchimanki o'smir yoshidagi farzandlaringiz bilan uni shaxsini taxqirlovchi so'zlardan iloji boricha foydalanmasdan, uning ruhiyatiga yaqin bo'lgan o'rtoqlarcha munosabat usulidan foydalaning. Agar kerak bo'lsa sizning farzandingiz yoshidalik vaqtingizda qilgan orzularingiz ularni qanchasi ushaldi, qanchasi sarob bo'lib qoldi, qilgan xato kamchiliklaringizni asta qog'ozga o'rab so'zlab berish orqali farzandingiz ruhiyatiga kirib borishingiz mumkin bo'ladi.

Bunda siz o'zingizni juda ko'klarga ko'tarib maqtab yubormang. Farzandingiz bilan iloji boricha bir kunda bir -bir yarim soat turli mavzularda suhbatlashib turish uni sizga bo'lgan mehr - muhabbatini oshishiga o'zini qiynayotgan muammolari bilan o'rtoqlashishiga yo'l ochadi. Siz sabrli bo'ling u sizdan nimanidir yashirayotganligini sezsangiz u nima ekanini talab qilib aytib berishiga majbur qilmang. Bu o'rinda sizning yoshligingizda kechgan qiziq voqealarni aytib berish, o'qigan kitoblaringizdagi qiziq voqealar haqida qisman so'zlab berish orqali uning sirlarini bilib olishingiz mumkin bo'ladi.

Siz farzandingizga uni yaxshi ko'rishingzni, kelajakda siz uni qanday inson bo'lishini orzu qilishingiz haqida vaqti -vaqti bilan eslatib turishingiz, unda ota-ona oldidagi mas'luliyatni sezish hissini tarbiyalanishiga turtki bo'ladi. Xulosa qiladigan bo'lsak tarbiyada- shaxsiy namuna muhim o'rin tutadi, xalqimiz bekorga "Qush uyasida ko'rganini qiladi" deb bekorga aytmagan.

REFERENCES

1.Mirziyoev SH.M. 22.09.2019 videoselektrdagi nutqi.

2. Abu Rayxon Beruniy. Mineralogiya. -T.,2009.

3. YUsuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. -T.,2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.