Научная статья на тему 'TA`LIM SIFATINI OSHIRISHDA OILANING O'RNI'

TA`LIM SIFATINI OSHIRISHDA OILANING O'RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

1153
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bola / ota-ona / farzand tarbiyasi / oila / tarbiya nazariyasi / ota-ona etiketi / otalar kuni. / ребенок / родитель / воспитание детей / семья / теория воспитания / родительский этикет / День отца.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Alisher Yaxshibоyevich Mamatqulov

ushbu maqolada farzand tarbiyasida oilaning, ota-onani o`rni hamda ota-ona bo`lish etiketi bo`yicha xorij va milliy pedagogika qarashlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ СЕМЬИ В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ

В статье рассматриваются взгляды зарубежной и отечественной педагогики на роль семьи, родителей и родительского этикета в воспитании детей.

Текст научной работы на тему «TA`LIM SIFATINI OSHIRISHDA OILANING O'RNI»

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA OILANING O'RNI

Alisher Yaxsh^yevich Mamatqulov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, yuriskonsult

Annotatsiya: ushbu maqolada farzand tarbiyasida oilaning, ota-onani o'rni hamda ota-ona bo'lish etiketi bo'yicha xorij va milliy pedagogika qarashlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: bola, ota-ona, farzand tarbiyasi, oila, tarbiya nazariyasi, ota-ona etiketi, otalar kuni.

РОЛЬ СЕМЬИ В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация: В статье рассматриваются взгляды зарубежной и отечественной педагогики на роль семьи, родителей и родительского этикета в воспитании детей.

Ключевые слова: ребенок, родитель, воспитание детей, семья, теория воспитания, родительский этикет, День отца.

THE ROLE OF THE FAMILY IN IMPROVING THE QUALITY OF

EDUCATION

Abstract: The article examines the views of foreign and domestic pedagogy on the role of the family, parents and parental etiquette in raising children.

Keywords: child, parent, parenting, family, parenting theory, parental etiquette, Father's Day.

XXI - asr axborot texnologiyalar asri deb barchamiz bugungi kunda bor e'tiborimizni telefonlarimiz uchun ajratmoqdamiz. Endi dunyoga kelgan chaqaloq ham telefonning ovozini eshitganda yoki uni yoniga qo'yganimizda tinchlanadi. Nima deb o'ylaysiz buning sababi nimada?

Sharq mamlakatlarida farzand tarbiyasi bilan asosan oilada ona shug'ullanadi. Bu haqda Sharq adabiyotining yetuk namoyondalari va allomalari ham alohida fikr bildirishgan. Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning ahloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy-ro'zg'or tutish masalalari xususida ham so'z yuritadi. O'z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo'lgan ota - ona tarbiyachi bo'lishi mumkin. Ahloqiy tarbiyada eng muhim vositalar

bolaning nafsoniyatiga, g'ururiga tegmagan holda, yakkama-yakka suxbatga bo'lish va bolaga nasihat qilishdir.

Berdaq oilaning bola tarbiyasida, muhim o'rin tutishni alohida ta'kidlaydi, oila muhitida ota-onalar bilan bolalar o'rtasida o'zaro hurmat bo'lgandagina bola tarbiyasida yaxshi natijalarga erishishi mumkinligini aytadi. Berdaqning takidlashicha, inson tug'ilgan kundanoq tarbiyaga muhtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta, ota-onalardir. Berdaqning fikricha barcha odamlar insonparvar va adolatli bo'lsa jamiyat gullab yashnaydi. Buning uchun esa, xalqqa ta'lim berish, unda ijobiy xulq-atvorni tarbiyalash lozim.

Mirzo Ulug'bekning oila muhitini yaxshilash, sog'lom tarbiya berish haqida quyidagi fikrlarni bildirgan. Bolaning bilim olishiga bo'lgan qiziqish, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit, yani oila muhim o'rinni egallaydi. Oilada ota-onalar o'qimishli bo'lishini, tarbiya berishda ota-onaning o'zi ornak va hayotiy misol bo'lishiga farzandi guvoh bo'lishi eng ko'p samara berishini ta'kidlaydi.

Jaloliddin Davoniy ota - onani oilada va farzand tarbiyasida tayanch nuqtaga qiyoslaydi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq - odob qoidalarini, muayyan bir kasbni egallashiga ko'maklashishi, ilm - fan va kasb - hunar egallashining moddiy asosi bo'lmish oziq - ovqat, kiyim - kechak, kerakli buyum va jihozlarni yetkazib berish uchun ota-ona tengdan faollik ko'rsatishi kerakligini takidlaydi.

Oquvchi ilm olishida ota-ona oilada birinchi namuna, yo'lboshchi bo'lishi kerak. Bolaning dunyosi oiladan boshlanadi. Va o'qish odati birinchi navbatda oilada paydo bo'ladi. Ota-onalar va ularning farzandlari qo'lidagi yaxshi kitob bu oilada o'qish muhiti va ma'naviy birlik hukm surishi uchun yaxshi belgidir. Buning uchun ota ham ona ham kitob bilan do'st bo'lishi maqsadga muvofiq.

Bolaning o'qish hayoti uchun oilaviy o'qish alohida ahamiyatga ega. Voyaga yetgan odamning o'qishini tinglash, u bilan kitob rasmlarini tomosha qilish bolada faol o'ylash, qahramonlar haqida qayg'urish, voqealarni davomini kutish, o'z tajribasi va boshqalarning tajribasi o'rtasidagi aloqalarni farqlash va ularni bir - biriga bog'lashni o'rganadi. Birgalikda o'qish ota-ona va bolani bir-biriga yaqinlashtiradi, ma'naviy muloqotning noyob va quvonchli daqiqalarini rag'batlantiradi va to'ldiradi, bolada mehrga tola munosabat va mamnunlikni hamda mehribon qalbni tarbiyalaydi.

Oilaviy o'qish an'analari oilaviy ta'lim tizimining juda muhim qismidir. Oila davrasida jam bo'lib kitob mutolaa qilishni eskilik deb o'ylamang, chunki planshet, televizor, kompyuter va boshqa ma'lumot manbalari birlikda o'qilgan kitob zavqidek zavq va taassurot qoldirmaydi.

Oilaviy o'qish - bu ma'lumot olish usuli emas, bu eng muhim va eng samarali aloqa usuli, kuchli ta'sir va hissiyotga, motivatsiyaga boy bo'lgan tarbiya usuli. Ota-onalar oilaviy o'qish orqali bolalarda o'qishga bo'lgan,bilim olishga bo'lgan qiziqishni uyg'otishga yordam beradi.

O'qituvchi ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashining muvaffaqiyatli tomoni shundaki bola, faqat maktabda 45 minut dars mobaynida olgan bilimidan 10 minutlik bilimngina uyda qayta takrorlaydi va yodida saqlab qoladi.

Bola xotirasidagi asosiy voqealar uyda sodir bo'lganlaridir. Balki shuning uchun ham uyda ota-ona bilan dars qilgan yoki ota-onasi bilan hamjixatlikda o'qigan kitobning ahamiyati ular uchun kuchli va ta'sirliroq. Bugungi kunda bizning maqsadimiz pedagogik amaliyotida bolani mashg'ulotlar orqali va oilada ishlash orqali bolalar va ota-onalarning birgalikdagi faoliyati orqali o'qitish va tarbiyalashdir.

Amalga oshiriladigan turli xil tadbirlarning xususiyatlaridan biri bolalar ota-onalari bilan birgalikdagi bajarganlaridir. Masalan, Yevropa mamlakatlaridagi maktabgacha ta'lim muassasalari va boshlang'ich ta'lim tizimida alohida "Otalar kuni" tashlik etilgan va bu kunda sinfdagi barcha o'quvchining otasi ishtirok etishi shart. Bu esa quyidagi:

- ota-onalar farzandini chuqurroq anglashlari uchun;

- badiiy asarlarni o'qish orqali oilani birlashtirish;

- har bir bola va uning oilasi bilan individual ish olib borish imkonni beradi

Maktabgacha va boshlang'ich sinfda o'qiydigan yoshdagi bolalarni o'qitish va

tarbiyalashning samarali vositasi, ularning shaxsiyatini rivojlantirish uchun intellektual manba sifatida, bolalarning o'qish qiymatini hayotdagi muvaffaqiyatlari garovi sifatida tushunishda ota-onalarning yordam berishidir.

Oilada bolalarning o'qishini targ'ib qilish va rivojlantirish bo'yicha ota-onalar bilan hamorlikda ishlashni kuchaytirish, har bir ota-onani bolalarning o'qishi va rivojlanishi muammolarini hal qilishga jalb qilish o'qituvchining mahoratiga bog'liq. Kitoblarga, asarlarga qiziqishni shakllantirishga ko'maklashish, turli xil asarlarni tinglash va tushunish qobiliyatini shakllanashi ota-onadan bolaga ko'chadi. Oilaning, ota-onaning ko'zgusi bu farzanddir.

Bugungi kunning tarbiyachisi, yetaklovchisi bo'lgan pedagoglarimiz o'quvchi orqali qanday ota-ona bo'lish etiketini, oilada ota-ona va farzand burchlari nimadan iborat ekanligini anglata olishi kerak. O'quvchilarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash, maqsad qo'ya olish va reja bilan ishlash ko'nikmasini rivojlantirish ota-onalarga bog'liq ekanligini yana bir karra tushuntirishi lozim. Ustozlar ota-onalar bilan oilaviy tajribalarni umumlashtirish va takomillashtirish kabi maqsadlarni o'z oldimizga

qo'ygan holda harakat qilsak, bugungi kunda katta muammoga aylangan yoshlar tarbiyasining buzilishiga ham qarshi kurashgan bo'lamiz!

REFERENCES

1. H.B.Haydarova, Yosh avlod tarbiyasida oila manaviyatining o'rni. https: //buxdu.uz/index.php/ru/90-maqolalar/

2. https://moiti.uz/ru/function/activity/

3. A.Fitratning «Oila yoki oila boshqarish tartiblari» asarida oilaviy hayotning ayrim masalari xususida. Toshkent, 1996-yil. 88 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.