Научная статья на тему 'OILADA DINIY ONG SHAKLLANISHIDA OTA-ONANING ROLI'

OILADA DINIY ONG SHAKLLANISHIDA OTA-ONANING ROLI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
467
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Diniy ong / globallashuv / tarbiya / diniy amallar / egoizm / ijtimoiy faollik / buzg’unchi g’oyalar / muloqot / diniy norma. / Religious consciousness / globalization / education / religious practices / selfishness / social activism / destructive ideas / communication / religious norms.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Hurzoda Rashid Qizi Baxromova, Dilfuza Gafurovna Isakdjanova

Maqolada oilada diniy ong shakllanishida ota-onaning roli hamda diniy manbaalrning o’rni haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PARENTS IN THE FORMATION OF RELIGIOUS CONSCIOUSNESS IN THE FAMILY

The article provides information on the role of parents in the formation of religious consciousness in the family and the role of religious sources.

Текст научной работы на тему «OILADA DINIY ONG SHAKLLANISHIDA OTA-ONANING ROLI»

OILADA DINIY ONG SHAKLLANISHIDA OTA-ONANING ROLI

Hurzoda Rashid qizi Baxromova Dilfuza Gafurovna Isakdjanova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi 266-umumta'lim maktabining psixologi magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada oilada diniy ong shakllanishida ota-onaning roli hamda diniy manbaalrning o'rni haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar. Diniy ong, globallashuv, tarbiya, diniy amallar, egoizm, ijtimoiy faollik, buzg'unchi g'oyalar, muloqot, diniy norma.

THE ROLE OF PARENTS IN THE FORMATION OF RELIGIOUS CONSCIOUSNESS IN THE FAMILY

ABSTRACT

The article provides information on the role of parents in the formation of religious consciousness in the family and the role of religious sources.

Keywords. Religious consciousness, globalization, education, religious practices, selfishness, social activism, destructive ideas, communication, religious norms.

Hozirgi globallashuv jarayonida o'sib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanga, oila a'zolariga, qon-qarindoshlariga mehr-muhabbat tuyg'ularni singdirish muhim ahmiyatga ega. Chunki axborotlashuv davridagi turli xil ma'lumotlarning tinimsiz ravishda kirib kelishi, bola ongiga salbiy ta'sir o'tkazmoqda. Bolada egoizm va materializm kabi salbiy illatlarni shakllantirmoqda. Bu axborotlar ichida dinni niqob qilib aqidaga zid g'oyalarni singdirayotganlar ham talaygina topiladi. Xo'sh, o'z-o'zidan savol tug'iladi bolani bunday yod g'oyalardan nima yoki kimlar saqlab qola oladi. Albatta oila va undagi to'g'ri yo'naltirilgan muhit bolani bunday chalkash noaniq narsalardan saqlaydi. Tarbiya uslubining to'g'ri tanlanganligi, bola bilan munatzam muloqot qilish bolaning ongi rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Ong, dunyoning subyektiv timsoli, uning faoliyatini mazmuni, ya'ni predmetning andozasi, inson "boshi"da borliqni aks ettiruvchi psixofenomen hisoblanadi. Garchi ong fenomeni falsafiy, psixologik mazmundagi tadqiqotlarda o'rganib kelayotgan bo'lsa-da, uning xususiy jihatlari O'zbekistonda olib borilgan psixologik tadqiqotlarda alohida ilmiy mavzu tariqasida o'rganilmagan. [1]

"Tarbiya" so'zi arabcha "robba" fe'lidan olingan bo'lib, o'stirdi ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma'nolarini bildiradi. "Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning

ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va ahloqiy quwatiarini uyg'unlik hamda muvozanat ila o'stirishdir" [2]

Qur'oni Karimda ota-onalarga qarata bunday hitob qilinadi: "Ey imon keltirganlar! O'zlaringizni va oila a'zolaringizni yoqilg'isi odamlar va toshlar bo'lmish do'zaxdan saqlangiz..." (Tahrim surasi, 6-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning har biringiz bamisoli cho'pondirsizlarki, o'zingizga qarashli raiyalar uchun katta ma'suliyat bo'yinlaringizga yuklangandir", deganlar. [3]

Ota-ona farzand uchun har doim o'rnak bo'ladi, psixologlarning fikricha, farzandalrimiz biz aytgan gapimizdan ko'ra qilayotgan ishlarimizga e'tiborli bo'lar ekanlar. Ota-onada qanchalk diniy ong rivojlangan bo'lsa, diniy amalarni ado etsa bu bevosita farzandda ham o'z aksini topar ekan. Bundan tashqari oilada yoshi katta insonlarning bo'lishi ham bolaning ongida qadriyatlarga muhabbat dinni tushunishga intilish, mehnatsevarlik tuyg'ulari, irodaviy sifatlarning kuchli rivojlanishiga sezilarli ta'sir o'tkazar ekan.

Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas'uliyati va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba'zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga yetadi. Ammo tarbiya ma'suliyati bardavom bo'ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne'matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya ma'suliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi. Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas'uliyati va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba'zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga yetadi. Ammo tarbiya ma'suliyati bardavom bo'ladi. Farzand tarbiyasida ota-onaning o'rni qanchalar katta ekanini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflaridan bilib olamiz.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat(sof tabiat) ila tug'ladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi. Bu xuddi hayvonning bus-butun hayvon tug'ilishiga o'xshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?" dedilar. So'ngra Abu Hurayra "Agar xohlasangiz:"(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir. Allohning yaratganini o'zgartirib bo'lmas. Ushbu to'g'ri dindir", degan oyatni o'qing "der edi". To'rtovlari rivoyat qilishgan. [4]

Globallashuvi sharoitida o'sib kelayotgan yosh avlodning turli buzg'unchi g'oyalar ta'siriga tushib qolayotgani, bu holat ularning ijtimoiy faollashuviga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani jiddiy muammolardan bo'lib kelmoqda. Globallshuv jarayonidan tashqari, bolaning salomatligidagi o'zgarishlar, nosog'lom oilaviy muhit, bolaning ijtimoiylashuviga tayyor emasligi ham bolalarning ruhiyatiga ta'sir ko'rsatmoqda.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, bolaning yuziga urish miyadagi 300-400 hujayrani o'ldiradi. Boshni silash esa miyada yangi hujayralar paydo qiladi. Elektron

o'yinlar ijtimoiy aqlni, lug'aviy ziyraklikni barbod qiladi. Bolaning fikrlari ustidan kulish, u taqdim qilgan ishlarni taqdirlamaslik natijasida undagi motivatsiya pasayib ketadi. Bolaning yoshligidan u bilan suhbat qurish eshigining yopiqligi uning qobilyatlarini rivojlanmaslikka olib keladi. [3]

Ham diniy, ham dunyoviy fikrlashi yuqori bo'lgan shaxslarni tarbiyalashda ota-onaning, xususan, onaning roli muhim ekanligini tajribalar isbotladi.Jumladan, homiladorlik paytida avvalo sog'lom ovqatlanish (musulmonlar uchun sunnatga rioya etgan holda ovqatlanish), tarkibida miyaning rivojlanishi uchun Mg, B va D guruh vitaminlariga to'yingan mahsulotlarni qabul qilish tavsiya etiladi. Onaning o'zi ko'p kitob o'qishi (ba'zida ovoz chiqarib), Qur'on eshitish va o'qish (muslimalar uchun), turli mantiqiy masalalarni yechishi, tana va miya uchun tinchlantiruvchi ohanglarni (homila volidasi tinglagan musiqadan ta'sirlanishi ilmiy isbotlangan) tinglashi, ko'proq tabiat qo'ynida bo'lishi, foydali ilm bilan shug'ullanishi, ruhiyatini uyg'unlikda ushlashi ham bolani zehniga ijobiy ta'sir qiladigan omillardandir. Bola aqlli bo'lishi uchun 25% va 35% dan to'laligicha foydalana olgan bo'lsangiz, ishning eng qiyin joyi keldi. Bu 45% ni tashkil etgan intellektual muhitni yaratishdir. Bola tug'ilgach, uning intellektini oshirish, ko'p jihatdan ota-onaga, ular farzandi uchun yaratgan shart-sharoiti, mehr-muhabbati, farzandlariga ajratadigan vaqtiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Olimlar bolaning xissiy va shaxs sifatida rivojlanishida ota-ona xatti-xarakatlari ta'sirining nihoyatda yuqori ekanini ta'kidlashmoqda. [5]

Oilaning muhim ahamiyatga ega bo'lgan yana bir vazifasi tarbiyalashdir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik,tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo'yish bilan cheklanmasdan, balki uning so'nggi g'ishti qo'yilguncha javobgardir. Ota-ona san'atkor, bola san'at asari, tarbiya jarayoni esa san'at jarayonining asosidir.[6]

REFERENCES

1. Din psixologiyasida diniy ongning genezesi va trnsformatsiyasi muammosi,ilmiy to'plam.-Toshkent:.2020.-B.228-229. R.S.Samarovning "Diniy ong-psixologik tadqiqotlar konteksida: Integrativ yondashuv" maqolasi.

2. "Baxtiyor oila". Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hilol-nashr. -Toshkent:.2016. -B.339.

3. https://t.me/ioinchat/AAAAAEEoAzWM6mTQINgoXw

4. "Salafi solhlarning yoshlarga vasiyati". Abdushukur Murodov. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. -Toshkent :. 2020. -B.3.

5. @Psixoterapevtuz

6. "Oila psixologiyasi" G'. B. Shoumarov. "sharq"matbaa aksiyadorlik kompaniyasi.-Toshkent:. 2010. -B.3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.