Научная статья на тему 'BO’LAJAK PEDAGOGLARNING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI'

BO’LAJAK PEDAGOGLARNING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

6519
367
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intеraktiv mеtоd / kreativlik / ijodiy fikr / innovatsiya / pedagog / metod / interactive method / creativity / creative thinking / innovation / pedagogue / method.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nurbek Norboy O’g’li Achilov

XXI asrga kelib O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasida ham ushbu termin ishlatila boshladi. Ayniqsa pedagogika fanining alohida va yosh tarmog'i sifatida shakllanib boshlagan Innovatsion pedagogikada Ushbu terminga bod-bod duch kelmoqdamiz. Shu nuqtai nazardan shu kreativlik tushunchasiga to‟xtalib o‟tdik

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

By the XXI century, the term began to be used in the field of education of the Republic of Uzbekistan. Especially in Innovative pedagogy, which has begun to take shape as a separate and young branch of pedagogical science, we are faced with this term. in this context, we have touched on this concept of creativity

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK PEDAGOGLARNING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI»

BO'LAJAK PEDAGOGLARNING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH

USULLARI

Nurbek Norboy o'g'li Achilov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi

[email protected]

XXI asrga kelib O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasida ham ushbu termin ishlatila boshladi. Ayniqsa pedagogika fanining alohida va yosh tarmog'i sifatida shakllanib boshlagan Innovatsion pedagogikada Ushbu terminga bod-bod duch kelmoqdamiz. Shu nuqtai nazardan shu kreativlik tushunchasiga to'xtalib o'tdik Kalit so'zlar: interaktiv metod, kreativlik, ijodiy fikr, innovatsiya, pedagog, metod.

By the XXI century, the term began to be used in the field of education of the Republic of Uzbekistan. Especially in Innovative pedagogy, which has begun to take shape as a separate and young branch of pedagogical science, we are faced with this term. in this context, we have touched on this concept of creativity

Keywords: interactive method, creativity, creative thinking, innovation, pedagogue, method.

O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasini isloh qilishdagi sa'y harakatlarining biri - bu pedagog kadrlarning zamon talablariga xamnafas tarzda faoliyat yuritishlari, har tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalashga doir chukur bilim, ko'nikma, malaka va madaniyatga ega bo'lishlarini talab etmoqda. Bu esa o'z-o'zidan ta'lim va tarbiya ishlarining qonuniyatlarini o'rganuvchi pedagogika faniga "kreativlik" degan tushunchani olib kirdi. Ayniqsa ilmiy bilimning bugungi kundagi rivojlanishi, kreativlikning shaxsni, jamiatni va davlatni rivojlantirishga ta'siri ushbu masalasini ilmiy pedagogik nuqtai nazardan chuqur o'rganishni talab etmoqda.

Ayniqsa umumta'lim maktablarida o'qituvchi kadrlarning kreativligini rivojlantirishga bo'lgan ijtimoiy buyurtma vujudga kelmoqdaki, bu borada ilmiy pedagogik izlanishlar olib borish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda kreativlik masalasini ilmiy tushunishda turli fikrlarning mavjudligi, yaxlit

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

xulosaga kelinmaganligini ilmiy ishlarda ham ko'rishimiz mumkin.

June, 2022

Pedagogning kreativlik potensiali. Talabalarni kreativ fikrlashga o'rgatish, ularda kreativ tafakkurni shakllantira olish uchun avvalo o'qituvchining o'zi kreativ, ijodkor shaxs bo'lishi zarur. Bordi-yu, uning o'zi kreativlik sifatlariga ega bo'lmasa, u holda qanday qilib, talabalarni kreativ fikrlashga rag'batlantira oladi. Chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha: o'qituvchining o'zi kreativ, ijodkor bo'lsagina, talabalar ham shunday bo'la oladi. O'qituvchining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur. Mashg'ulotlarda o'qituvchi "kreativlik yo'l xaritasi"ga ko'ra quyidagi to'rtta yo'nalish bo'yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drepreau) sanaladi:

1) ijodiy fikrlash ko'nikmalarini namoyon etish;

2) talabalarni o'quv fanlarini qiziqish bilan o'zlashtirishga rag'batlantiruvchi strategiya (metod va vositalar)dan foydalana olish;

3) innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammo)larning yechimini topishga kreativ yondashish;

4) kutiladigan natija

5. Kreativlik potensialining tarkibiy asoslari va ustuvor tamoyillari .

Pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o'z-o'zini namotyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo'ladi. Kreativ potensial bilish jarayoniga yo'naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog'liq. Pedagogning kreativ potensiali an'anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo'ladi:

- tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;

- yangi g'oyalarni yaratish qobiliyati;

- bir qolipda fikrlamaslik;

- o'ziga xoslik;

- tashabbuskorlik;

- noaniqlikka toqat qilish;

- zakovatli bo'lish

Pedagog kreativlik potensialiga ega bo'lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga e'tiborini qaratishi zarur:

- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;

- yangi-yangi g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish;

- ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o'rganish;

June, 2022

651

- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish

Har bir pedagogning o'zini o'zi rivojlantirishi va o'zini o'zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog'liq. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o'zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta'minlanadi. Pedagog o'z- o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qib-o'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo'lgani kabi bo'lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o'zini o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o'z oldiga muammoli masalalarni qo'yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo'lgan dalillar bilan to'qnash keladi. Buning natijasida o'z ustida ishlash, mustaqil o'qib o'rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagog o'zida quyidagi kreativlik malakalarini namoyon eta oladi:

bajariladigan vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish; masalaning qo'yilishini tahlil qila olish; masalani hal qilish rejasini tuzish;

masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez, induksiya, deduksiya, taqqoslash va b.)larni qo'llash;

masalani hal qilish usullarini tanlay olish;

qabul qilingan qarorning to'g'riligini asoslash va qayta tekshirish; masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish; masalani hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala yechimi yakunlarini umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish

Ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirish ham pedagogning kreativlik potensialini rivojlantiradi. Natijada pedagog: ijodiy fikrlashga odatlanadi;

-ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish ko'nikmalarini puxta o'zlashtiradi;

June, 2022

652

pedagogika yoki mutaxassislik fani yutuqlari, ilg'or tajribalardan foydalanish imkoniyatlarini mustaqil tahlil qiladi;

pedagogik jamoa tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot va ijodiy loyihalarni bajarishda faol ishlarni olib borishlari kerak bo'ladi.

REFERENCES

1. Achilov Nurbek Norboy o'g'li (2020). The use and importance of the three-dimensional features of the auto cad program in drawing projects in public schools. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (3) Part II, 189-192.

2. Achilov Nurbek Norboy o'g'li (2020). Pedagogical and psychological fundamentals of formation of space imagination and creative ability in students.

European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 38-40.

3. Mokhir, K., Nurbek, A., Qudrat, B., Elbek, K., & Boburmirzo, K. (2020). SOME METHODS OF FINDING ANGLE IN THE SCIENCES OF DRAWING AND DRAWINGMEMETRY. JOURNAL OF PHYSICS AND MATHEMATICS, 4(1), 47-52.

4. Kukiev, B., O'g'li, A. N. N. & Shaydulloyevich, B. Q. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7 (12), 49-54.

5. Achilov, N. N. (2020). Maktablarda chizmachilik darslarini o'qitish metodlari va ularni tashkil qilish prinsiplari. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 280-286.

6. Achilov, N. N. (2020). O'yinli texnologiyalardan foydalanib chizmachilik darslarida o'quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va dars samaradorligini oshirish metodikasi. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 49-60.

7. Achilov, N. N., Baxriyev, I. S., & Mahmudov, M. J. (2020). MUHANDISLIK GRAFIKASIDA MULTIMEDIYANING TUTGAN O'RNI. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 639-646.

8. Achilov N.N. Develop students' spatial imagination by making simple cuts in drawing. MyrarnHM x,sm Y3nyKCH3 SnnHMneHgnpHy HnHMHHMeTOgHKanbi; ^ypHann №2 2020 ISSN 2181-7138

9. Norboy o'g'li, A. N., & Shaydulloyevich, B. Q. Ko'kiyev Boburmirzo Baxodir o'g'li & Jumayev Isroil Omandovlat o'g'li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(10), 151-153.

June, 2022

б5З

10. Achilov, N. N. (2020). METHODS OF INCREASING THE EFFECTIVENESS OF THE LESSON USING VISUAL AIDS IN THE TEACHING OF DRAWING SCIENCE. Экономика и социум, (11), 35-39.

11. Achilov N.N. (2021). THE USE OF SIMPLE CLIPPINGS TO FORM A SPATIAL IMAGE. Экономика и социум, 10(89), 1308-1313.

12. Moxir, X., Nurbek, A., Qudrat, B., Elbek, X. J., & Boburmirzo, K. K. (2020). Chizmachilik va chizmageometriya fanlarida burchak topishning bazi usullari. Физика математика фанлари журнали, 4(1), 47-52.

June, 2022

654

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.