Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIKINI SHAKLLANTIRISH MEZONLARI'

O’QUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIKINI SHAKLLANTIRISH MEZONLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
11211
700
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
kreativlik / kreativ kompitentlik / ijod / iroda / diqqat / tafakkur.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Ibroxim To’xtaxo’jaevich Uluxanov, Go’zal Abdurasulovna Xusayinova, Solijon Qodirovich Ubaydullaev

Ushbu maqola ta’lim jarayonida o’quvchilarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish yo’llari va bosqichlarini yoritib berish yo’llari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIKINI SHAKLLANTIRISH MEZONLARI»

O'QUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIKINI SHAKLLANTIRISH

MEZONLARI

Ibroxim To'xtaxo'jaevich Go'zal Abdurasulovna Solijon Qodirovich

Uluxanov Xusayinova Ubaydullaev

NamDU Texnologik ta'lim NamDU Texnologik ta'lim AnDU katta o'qituvchisi dotsenti o'qituvchisi

ANNOTATTSIYA

Ushbu maqola ta'lim jarayonida o'quvchilarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish yo'llari va bosqichlarini yoritib berish yo'llari yoritilgan.

Kalit so'zlar: kreativlik, kreativ kompitentlik, ijod, iroda, diqqat, tafakkur.

Ma'lumki ijod - insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan yangilik yaratishi, kashf etishi bilan bog'liq murakkab psixologik jarayon bo'lib, inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, ijodda bilim, tajriba, iste'dod namoyon bo'ladi. Buyuk mutafakkirlardan biri Abu Nasr Farobiyning ta'riflashicha "ijod - bilish jarayonida shunday ulug' fazilatki, inson uni egallashi uchun boshqa hamma fazilatlarini ishga solishi kerak" Darhaqiqat, ijod qilish jarayonida inson izlanadi, kuzatadi, tadqiqotlar olib boradi, natijalarni tahlil qilib mantiqiy xulosalar chiqaradi. Xulosaning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligi tajribada sinab boriladi.

Kreativ kompetentlik shaxsda mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo'lishining eng asosiy va faol shakli hisoblanadi. Barcha tariflar bir-biridan keskin farq qiliga qaramay, uning ba'zi umumiy jihatlarini ko'rsatish mumkin. Birinchidan, kreativ kompetentlik natijasi sifatida olinadigan mahsulotning sifat jihatidan yangilikka ega bo'lishi; ikkinchidan, ushbu jihatlar kreativ kompetentlikning dastlabki asoslarida mavjud bo'lmaganligi; uchinchidan esa, har qanday kreativ kompetentlik faoliyati intellektual izlanishni taqozo etishi bilan belgilanadi.

O'quvchilarda kreativ kompetentlik faoliyatini quyidagicha belgilariga ko'ra tasniflash mumkin:

- ijod turi (texnik, texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy, pedagogik, didaktik, o'quvchilarda, aralash);

- ijod darajasi (mono ijod, multti ijod, mega ijod);

- ijod qamrovi (bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy, mintaqalararo, xalqaro);

- ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o'rta muddatli, uzoq muddatli);

- ijodning shakli (innovatsion, ta'limiy, investitsion, aralash);

- umumiy jihatlariga ko'ra (yangi g'oyalarni hayotga tadbiq etish; printsipial jihatdan yangi yechimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy qo'llash);

- yaratilgan ijod mahsulini ma'nosi va murakkabligiga ko'ra (ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro; kashfiyot).

Tahlillar o'quvchining ijodkorligi uning masalalar yechishi, insho yozishi, tajriba ishlari, o'quv topshiriqlarini bajarishi bilan bog'liq muammoli vaziyatlarda mustaqil fikrlashi bilan namoyon bo'lishini ko'rsatdi.

Fikrimizga ko'ra, o'quvchining ijodi - o'zlashtirilgan bilimlarni amaliyotdagi dalil va hodisalarga bog'lay olishi, olingan natijalarni to'g'ri baholab, tahlil qilishi, avvalgi egallanganlari bilan umumlashtira olishidir.

Ijodiy faoliyatni o'qituvchi va o'quvchilarning bu jarayonga psixologik jihatdan yetarlicha tayyor emasliklari murakkablashtiradi. Muntazam ravishda muayyan usul, shakl, vositalarga tayanib qolish - yangi vaziyatlarga moslasha olmaslik, kutilmagan vaziyatlarda ish yurita olmaslikka olib keladi. Bu psixologik holat sifatida turli shakllarda namoyon bo'lishi mumkin, jumladan: o'zgalar fikr va mulohazalarini umuman qabul qilmaslik; umumiy qabul qilingan nuqtai nazardan qat'iy himoyalanish; yangi mazmun va vositalarga nisbatan eski usullarni qo'llash; yangi usullarda eski usullarning saqlanib qolishi; umuman yangi masalani yechishda an'anaviy usullarni qo'llash kabilar.

O'quvchilar kreativ kompetentlik faoliyatini tashkil qilishda ikki o'zaro bog'liq vazifani e'tiborga olish lozim. Ularning birinchisi - o'quvchilar kreativ kompetentlik faoliyatida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bilim egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan; ikkinchisi - o'zlashtirilgan bilimlarni ta'limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo'llay olishga o'rgatish bilan belgilanadi.

Quyidagi ko'rsatkichlar o'quvchilarda kreativlik kompetentlikni shakllantirish mezonlari sifatida taklif qilindi: mustaqil qaror qabul qilish; o'z imkoniyatlariga ishonch; faol izlanuvchanlik; fikrlash tezligi; fikrlash moslashuvchanligi; g'oyaning o'ziga xosligi; g'oyaning mukammalligi; g'oyaning ijobiy yo'naltirilganligi; axborotlarni qayta ishlash va maqsadli qo'llay olish; tasavvur kengligi; bir-biridan uzoq fikrlarni o'zaro bog'lay olish; g'oya salmog'ini baholay olish; yechimning nafis, bejirim va oddiyligi; ko'plab g'oyalarni yuzaga keltira olish; g'oyaning asosliligi. Ushbu sifat ko'rsatkichlarini baholashda test sinovi, muammoli topshiriq va tajriba usullardlan foydalaniladi.

Pedagogik texnologiyalarning muhim jihatlaridan biri butun guruhni bo'lajak o'quvchilarda faoliyatiga barqaror yo'naltirilganlikni shakllantirishga qaratiladi. Bu mashg'ulotlar asosan treninglar shaklida amalga oshirilib, ushbu asosda amaliy mashg'ulotlarni tashkil qilish o'quvchilarda o'quvchilarda faoliyatga oid muammoli vaziyatlarni hal qila olish ko'nikmalarining shakllanib borishini tajriba-sinov ishlari tasdiqlab berdi.

Maqsadimiz o'quvchilardagi kreativlik kompetentlikni o'rganish va uni baholash usullari, shuningdek kreativlik kompetentlikni shakllantirish mezonlarini aniqlash va qo'llash asosida ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar samaradorligini asoslashdan iborat etib belgilandi. Natijada quyidagi vazifalar ijobiy hal etildi:

- uzluksiz ta'lim tizimi mazmunining tahlili asosida o'quv-tarbiya jarayonida o'quvchilar kreativ kompetentlikini shakllantirish bo'yicha nazariy ma'lumotlar o'rganildi va umumlashtirildi;

- kreativ kompetentlikni o'rganish usullari, shuningdek kreativlikni shakllantirish mezonlari belgilab olindi;

- so'rovnomalar vositasida o'quvchilarda kreativ kompetentlik borasidagi asosiy tushunchalarni o'zlashtirganlik darajasi aniqlandi;

- tadqiqot ishida o'quvchilarda kreativ kompetentlik sifatlarini rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan tavsiyalar sinovdan o'tkazildi;

- umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarini kreativ kompetentlikini shakllantirish uchun zarur didaktik shart-sharoitlar hamda ijodkor shaxs o'quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirish tizimining didaktik modeli samaradorligi baholandi.

O'quvchilar kreativ kompetentliki shakllanganlik darajasini shakllantirishda ta'lim mazmuni asosida ishlab chiqilgan ijodiy, o'quv hamda muammoli-vaziyatli topshiriqlarga monand mezonlar va usullari tanlandi. O'quvchilarda kreativ kompetentlikni shakllantirish jarayonining o'zlashtirish ko'rsatkichlarini baholash va monitoringini amalga oshirish tartibi belgilandi hamda sinab ko'rildi.

Olingan natijalar tahlili o'quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirish jarayonida pedagogik texnologiyalarga asoslangan trening mashg'ulotlari o'quvchilarda kreativ kompetentlikni shakllantirishda yuqori samaraga erishilganligini ko'rsatdi. Nazariy hamda amaliy mashg'ulotlar, muammoli vaziyatli topshiriqlarni bajarishda o'quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko'nikmalarni mustahkamlab borishda kreativ kompetentlik asosida o'quvchilar o'quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirish usulikasidan foydalanish o'quvchilarda tayyorgarlik ko'rsatkichlarining yuqori darajaga bo'lishini ta'minladi.

Kreativ kompetentlik o'quvchilarning egallayotgan bilimlarini mustahkamligi va mukammalligini ta'minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa bo'lajak mutaxassislarning fan asoslarini o'zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda o'quvchilarda kreativ kompetentlikka asoslangan yondoshuvlarni joriy etishida muhim ahamiyat kasb etadi.

O'quvchi shaxsiga xos bo'lgan kreativ kompetentlik bilim, ko'nikma va malakalari tushunchalarini tadqiqot nuqtai nazaridan aniqlashtirib oldik. Jumladan: kreativ kompetentlik bilimlari - yangi yechim ishlab chiqish uchun talab etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi tizimlangan

in'ikosini; kreativ kompetentlik ko'nikmalari - shaxsning maqsadga yo'naltirilgan ijodiy faoliyatda, aqliy jarayon bosqichlarini tez va to'laqonli amalga oshirish darajasini ifodalashi aniqlandi. Kreativ kompetentlik malakalari esa shaxsning ijodiy faoliyatni qisman avtomatlashgan tarzda, aqliy jarayon bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasini anglatadi.

O'quvchilar kreativ kompetentlik faoliyatini rivojlantirish omillari har bir mavzu, har bir darsda o'quv faoliyatining asosi bo'lishi lozim. Kreativ kompetentlik faoliyati o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining barcha qirralarini qamrab olar ekan, uni samarali tashkil qilish butun ta'lim jarayonining sifatini ta'minlashga xizmat qiladi deb hisoblaymiz.

Kreativ kompetentlik faoliyatini rivojlantirishda ilmiy-texnik ma'lumotlar bilan tanishish muhim o'rin tutadi. O'quvchilarga axborotnomalar, ilmiy atamalar bo'yicha ma'lumotlar, ixtirochilik va patentshunoslik materiallari haqida ma'lumotlar berib borish muhim manba vazifasini o'taydi. Axborot texnologiyalari va patentshunoslik sohasidagi mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilish, shu sohalarga oid davriy nashrlar bilan muntazam tanishib borish o'zining ijobiy natijalarini beradi.

Malakaga ega o'quvchilarda ijodkor mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda innovatsion g'oyalar va texnologiyalarning muhim manbaini shakllantirishni talab etadi. Bu ishda kreativ kompetentlik tushunchasi o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini ilmiy-texnik bilimlar hamda ta'lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi asosida kreativ kompetentlik mahsulini intellektual mulk sifatida yaratishga qaratilgan faoliyat jarayoni sifatida qabul qilindi.

Fikrimizcha, umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarida kreativ kompetentlik asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash, ishlab chiqarish va soha texnologiyalarini yangilanib borish mexanizmlarini o'zlashtirish, o'zining kelgusi faoliyati dinamikasini tasavvur qilish, tadbiqiy bilimlarni o'zlashtirish ahamiyatini anglash, o'zining keyingi faoliyati yo'nalishini aniqlashtirish, faol amaliy ish olib borish tajribasini egallash hamda ilmiy axborotlar bilan ishlash malakasini shakllantirish imkoniyatlarini yaratadi. Pedagog o'quvchilar bilan o'zaro muloqoti jarayonida albatta ularning qadriyatlari tizimini, o'zini o'quvchilarda-ijodiy rivojlantirishga intiluvchanligi hamda onglilik darajasini e'tiborga olishi lozim. Inson yuksak qadriyatlar hamda g'oyalarga asoslanmas ekan, shaxsiy sifatlari hamda o'quvchilarda ijodkorlik mahoratini rivojlantirish jarayonlari ahamiyatini anglab yetmaydi, oqibatda pedagog va o'quvchining o'zaro hamkorlikdagi ijodkorligi to'laqonli amalga oshmasligi mumkin.

SHaxs individual rivojlanishining muhim omillaridan biri uning yoshiga bog'liq bo'lgan xususiyatlaridir. CHunki, taraqqiyotning har bir yosh bosqichi o'zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga va o'zgarishlariga ega bo'lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, qobiliyati va bilish jarayonlariga bevosita ta'sirini o'tkazadi. SHaxsning yosh davrlari ichida o'smirlik davri eng murakkab va shu bilan birga muhim

taraqqiyot bosqichidir. O'quvchi o'g'il va qizlar hayoti hamda faoliyatining yangi sharoiti, ularning faol o'quv ijtimoiy, mehnat faoliyatlari bo'lg'usi mutaxasis shaxsining shakllanishida o'z ta'sirini o'tkazadi. SHaxs kreativ kompetentlikini tashkil qilishda faqatgina bitta, eng asosiy xususiyatga e'tibor berish bilan cheklanib qolish belgilangan maqsadlarga erishish imkonini bermaydi. SHu sababli o'smir shaxsining barcha sohalardagi faoliyat ko'rsatkichlarini umumiy majmua sifatida qarab, talab etilayotgan xususiyatlar salmog'ini oshirishga asosiy e'tiborni qaratish lozim.

Amalga oshirilgan psixologik tadqiqotlar tahlili asosida kreativlik muammosining asosan to'rt yo'nalishda o'rganilganligi aniqlandi, ya'ni: kreativlik jarayon sifatida; kreativlik natija sifatida; kreativlik qobiliyat sifatida; kreativlik shaxsning xususiyati sifatida. Bilim olishdagi tizimlilik va izchillik nazariya va amaliyotning birligi, Davlat ta'lim standartlari ta'lim-tarbiya jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish bilan ta'minlanadi.

Taxlilga ko'ra o'quvchilarni kreativ kompetentlik faoliyatiga tayyorlash strategiyasini quyidagi yo'nalishlarda amalga oshadi deb hisoblash mumkin: -o'quvchilar e'tiborini masalani hal qilishda qo'llanilgan usulning umumiyligi, keng qamrovligiga qaratish;

- o'quvchilarni kreativ kompetentlik usullariga o'rgatishni dars maqsadi sifatida emas, balki darsda qo'yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo'l, imkoniyat sifatida qaralishi;

- o'quvchilar o'zlari mustaqil xulosa chiqarib topadigan yangi g'oyalar kreativ kompetentlik darslarinining asosiy mahsuli sifatida qaralishi;

- axborotlarni yig'ish, tahlil va talqin qilishni kreativ kompetentlikni yo'lga qo'yishning muhim jihati sifatida qaralishi;

- shaxs kreativ kompetentlik sifatlarini tarbiyalashni ta'lim muassasalarida o'tkaziladigan mashg'ulotlarining muhim, qamrovi jihatidan dars va darsdan tashqari mashg'ulotlardan ham tashqariga chiqadigan masala sifatida qaralishi.

O'quvchilar kreativ kompetentlik sifatlarini shakllantirishda ta'lim mazmunini loyihalash va standartlashtirish, o'quvchilar kreativ kompetentlikini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, o'quvchilar kreativ kompetentlikini tashkil etish va rivojlantirishning kreativ pedagogik texnologiyalari, o'quvchilar kreativ kompetentlik faoliyatini tashkil etish va intensivlashtirishning intellektual o'qitish tizimlarini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq ekan.

Ta'lim mazmuni uzviyligini ta'minlashda takrorlanmaslikni ta'minlash asosida fanlar uchun ajratilgan o'quv soatlari, o'quvchi va o'qituvchilarning vaqtdan samarali foydalanishga alohida ahamiyat qaratilishi, o'quvchi yoshlarni mustaqil fikrlash va mustaqil bilim olish qobiliyatini rivojlantiruvchi bo'limlar, masala va testlar o'z aksini topishi lozim.

Qo'llanma va tavsiyalarni yaratish bilan bir qatorda ta'lim jarayonida shaxs ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan innovatsion yondoshuvlarni joriy etish o'quvchilar kreativ kompetentliki uzviyligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega ekan.

SHaxsga yo'naltirilgan ta'lim avvalo ta'limning paradigmasini o'zgartiradi. SHu paytga qadar mavjud ta'lim tizimida o'qitish ustuvor sanalgan bo'lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik - o'qishga o'rgatishga yo'naltirilgan.

Pedagog olimlar tomonidan ta'lim jarayonida shaxsga yo'naltirilgan yondoshuvning asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan bo'lib, u quyidagilardan iborat: shaxsga yo'naltirilgan ta'lim; hamkorlik pedagogikasi; adaptiv muloqot pedagogik moslanuvchan texnologiyasi; o'yin texnologiyasi; motivatsion o'qitish texnologiyasi; muammoli o'qitish texnologiyasi; differentsial o'qitish; individual o'qitish texnologiyasi.

Kreativ kompetentlikni shakllantirishda pedagogik asoslarni taraqqiy ettirishning zamonaviy bosqichida umumta'lim maktabi o'quvchilari kompetentlikini ta'minlashning usulologik talablari hamda didaktik shart-sharoitlarini belgilashda yangi yondoshuvga asoslangan o'qitish texnologiyalarini ishlab chiqish zarurati yuzaga kelganligini ko'rsatmoqda. Bunda, o'quvchilar kreativ kompetentlikini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari quyidagilarga asoslanadi: nazariy bilimlarning amaliy ko'nikma va malakalarga o'tib borishi ustuvorligi; ta'limiy, tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi muhitning birligi; ta'lim olish hamda ijodiy faoliyatga bo'lgan ijobiy motivatsiyani rag'batlantirish; muammolilik; individual hamda differentsial yondoshuvlarning uyg'unligi; ta'lim shaxs faolligini ta'minlashga yo'naltirilganligi; ta'lim mazmuni hamda o'quv-didaktik materiallarning o'quvchi shaxsini rivojlantirishga qaratilganligi.

I.Ya.Lerner ijodiy masala ijodiy bo'lmagan masaladan shu bilan farq qiladiki, fikrlovchi sub'ekt (shaxs) o'zining mustaqil ish faoliyatida ya'ni, masalani yechish jarayonida o'zi uchun yangi bo'lgan natijalar topishga erishadi, deb ta'kidlaydi.

Ijodiy masala - algoritmli masala emas, standart masalaga o'xshash va oddiy masala ham emas, balki topilishi lozim bo'lgan yechimni ishlab chiqishga qaratilgan nostandart masaladir. Masalaning g'oyaviy tomoni faqatgina uning yechimini topishda emas, balki sub'ektning masalaga ijodiy yondoshish talablarini qondiruvchi munosabatiga bog'liqdir. Masalaning g'oyasini anglash - bu ushbu masalani yechiladigan masalalar guruhiga qo'shishdir.

O'quv-tarbiya jarayoni motivatsiyasi o'quvchilarni faollika, hamjihatlikka, mashg'ulotning barcha bosqichlarida yuqori darajadagi qiziquvchanlik bilan ishtirok etishga da'vat qilishni maqsad qilib qo'yadi. Motivatsiyani uyg'ota olish ijodkor o'qituvchilar mahoratining muhim tarkibiy qismi sanaladi.

Motivatsion pedagogik texnologiyalar o'quvchilarning ta'lim jarayoniga tez kirishib ketishini ta'minlaydi va aksincha beriladigan topshiriqlarning me'yoridan ortiq

murakkabligi, olinadigan natijalarning mavhumligi motivatsiyaning turg'un bo'lmasligiga olib keladi.

M.V.Klarinning fikriga qo'shilgan holda qat'iy va moslashuvchan pedagogik texnologiyalarni o'zaro farqlashni ma'qullaymiz. Qat'iy pedagogik texnologiyalarda jarayonga nisbatan ham, ta'lim natijalariga nisbatan ham tashhislilik hamda qayta hosil qilinuvchanlik xos bo'lib, u ta'lim maqsadlariga erishishdagi qat'iy talablarni o'zida aks ettiradi. Bundan farqli ravishda moslashuvchan pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonini amalga oshirishga nisbatan qayta hosil qilinuvchanlik talabini qo'yadi, biroq, o'qitish natijalarini tashhisli belgilashni shart qilib qo'ymaydi.

Taklif etilayotgan kreativ pedagogik texnologiyaning o'ziga xos jihatlari quyidagilar bilan izohlanadi:

1. Nafaqat butun pedagogik tizim, balki uning har bir tarkibiy qismlari: maqsadi, mazmuni, tashkiliy shakllari, usullari hamda ta'lim vositalari, pedagogik kadrlar hamda ichki ta'lim muhitining shaxs kreativligini rivojlantirishga yo'naltirilganligi.

2. Kreativ pedagogik texnologiyaning yaxlit ta'lim jarayonda ham, lokal pedagogik bosqichda ham tizimli tavsifga ega ekanligi.

3. O'quvchilar tomonidan ijodiy o'quv topshiriqlarini bajarishda yechimni ishlab chiqish traektoriyasi va mazmunining mustaqil belgilanishi.

4. O'quvchilarda kreativ kompetentlikka yo'naltirish orqali o'quvchilarda moslashuvchanlik, harakatchanlik innovatsion yechimni ishlab chiqishga intiluvchanlik sifatlarini tarkib toptirishga qaratilganligi.

Kreativ pedagogik texnologiyalarni joriy etishda hamkorlik va hamjihatlik; avtodidaktikaning ustuvorligi; rivojlantiruvchi ta'lim tamoyillarga rioya etiladi. Taklif etilayotgan texnologiyani ikki yo'nalishdagi yondoshuv:

a) amaliy bilishga asoslangan izlanuvchanlik yondoshuvi;

v) nazariy bilishga asoslangan izlanuvchanlik yondoshuvi asosida joriy qilish mumkin.

Kreativ pedagogik texnologiyaning asosida to'rt bosqichdan iborat produktiv didaktik tsikl g'oyasi yotadi.

1-bosqich - o'quvchilarni yangi o'quv materiali bilan muammoli ta'lim asosida tanishtirish, ularda yangi materialni o'zlashtirishga ijodiy motivatsiyani shakllantirish hamda ijodiy o'quv topshiriqlarini bajarish tartibi bilan tanishtirish.

2-bosqich - o'quvchilarning ijodiy o'quv topshiriqlari asosiy xususiyatlarini hamda ular yechimini ishlab chiqish ishlab bilan bog'liq o'quvchilarda kreativ kompetentlik faoliyatini tashkil qilish.

3-bosqich - o'quvchi o'zi uchun mustaqil o'quv topshiriqlarini belgilashi.

4-bosqich - o'quvchining mustaqil ijodiy faoliyatini yo'lga qo'yish. Bunda o'quvchi o'zi loyihalagan kreativ kompetentlik faoliyati mahsulini asoslashni o'rganadi.

O'quvchilar kreativ kompetentlikini rivojlantirish uzviyligini ta'minlashda

texnologiya fanining imkoniyatlari, o'quvchilar kreativ kompetentliki uzviyligini ta'minlash jarayonlarini modellashtirish, uzluksiz ta'lim mazmunini modernizatsiyalashda o'quvchilarning kreativ kompetentlikini rivojlantirish mexanizmlari, kreativ kompetentlik faoliyati asosida o'quvchilarda ahamiyatli sifatlarni shakllantirish lozim.

Mehnat faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratiladi, ularni xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalariga o'rgatiladi. Ta'kidlash joizki, ijtimoiy gumanitar, tabiiy hamda aniq fanlar asosan akademik litseylarda tahsil yo'nalishini tanlashga tayyorlasa, texnologiya esa asosan umumta'lim maktablarida kasb-hunar soha yo'nalishiga tayyorlashga xizmat qiladi.

O'quvchilar kreativ kompetentliki uzviyligini ta'minlash jarayonlarini modellashtirish bu jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishni optimallashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. SHunga ko'ra, ijodkor shaxs o'quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirish tizimining didaktik modeli ishlab chiqildi. Unda o'quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirish tizimining maqsad va vazifalari belgilab berildi. SHuningdek, modelda ijodkor o'quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirish jarayonining motivatsion maqsadli, mazmunli-axborotli, operatsion-faoliyatli hamda nazorat-baholash darajalari asoslangan o'z aksini topgan.

O'z navbatida ushbu vazifalarni amalga oshirishning motivatsion maqsadli, mazmunli-axborotli, operatsion-faoliyatli, nazorat-baholash darajalariga mos ravishdagi didaktik sharoitlari asoslab berildi.

Mavjud sifatlar aynan qaysi bir o'quvchilarda jihatlar bilan bevosita bog'liqligi va ularning o'quvchi shaxsiga ta'sir doirasiga bog'liq ravishda quyidagi guruhlarga ajratildi: individual-tipologik sifatlar; sensor va pertseptiv xususiyatlar; attentsion xususiyatlar; psixomotor xususiyatlar; mnemik xususiyatlar; imajinitiv xususiyatlar; tafakkur xususiyatlari; irodaviy xususiyatlar. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan kreativ pedagogik texnologiyalar o'quvchilar kreativ kompetentlikini rivojlantirish asosida ularning o'quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirishga qaratilgan.

G.Perkins tomonidan taklif qilingan «intellektual chegara» nazariyasi keng ommalashgan bo'lib, u o'tkazilgan ko'plab korrelyatsion tadqiqotlar natijasida har qanday faoliyat turini egallash uchun zaruriy va yetarli intellektual daraja talab qilinishini ta'kidlaydi. Agar individning intellekt darajasi zarur darajadan past bo'lsa, u bu turdagi faoliyat bilan to'laqonli shug'ullana olmaydi, biroq, intellektning zarur darajadan yuqori bo'lishi qo'shimcha samara bermaydi. Intellekt darajasi «chegara»dan yuqori bo'lgan shaxslar faoliyatining unumdorligidagi farqlar motivatsiya, shaxs xislatlari va boshqa shu kabi omillar bilan izohlanadi, biroq, bu farq intellekt darajasidagi tafovutni ifodalamaydi.

Olimlar kreativlikni shaxsning umumiy qobiliyati sifatida, faoliyat ko'rsatish sohasidan qat'iy nazar, ijodiy mahsuldorlikka katta ta'sir ko'rsatuvchi omil sifatida qaraydilar.

Umumiy qobiliyatlar tuzilmasiga intellekt, kreativlik va o'rganuvchanlikni kiritishda biz kognitiv jarayonlarning uch tarkibli modeliga asoslandik. Bunga ko'ra, har qanday kognitiv jarayon o'zida kognitiv tajribani o'zlashtirish, qo'llash va o'zgartirishni mujassamlashtirishi lozim. Tajriba o'zlashtiruvini amalga oshiruvchi qobiliyatni o'rganuvchanlik bilan, tajribani qo'llash samaradorligini umumiy intellekt bilan, uni o'zgartirishni kreativlik bilan izohlash mumkin.

Pedagogik texnologiya samaradorligini tadqiq etishda pedagogik tizim tarkibiga pedagogik kuzatuv elementlarining kiritilganligi, ya'ni mazkur ta'lim texnologiyasini amalga oshirish muhim o'quvchilarda jihatlarni shakllantirishga qaratilgangligiga e'tibor berildi. CHunki, pedagogik kuzatuvga asoslangan pedagogik texnologiya uni to'g'ri amalga oshirish asosida erishilishi lozim bo'lgan imkoniyatlar chegarasini belgilab beradi. O'quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirishni yanada samaraliroq tashkil etish ta'lim jarayoniga yangi mashqlar va treninglarni joriy etishni taqozo etdi. Bundan tashqari, pedagogik kuzatuv ta'lim texnologiyasida mavjud ayrim nuqsonlarni bartaraf etish imkonini berdi.

Pedagogik texnologiyalarni qo'llash jarayonida pedagogik kuzatuvni amalga oshirishda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratildi: pedagogik kuzatuv texnologiyalarini belgilash; taklif etilayotgan pedagogik texnologiyalarning samaradorligini aniqlash; pedagogik kuzatuvni amalga oshirishni optimallashtirish maqsadida ta'lim muassasalari uchun tavsiyanomalar ishlab chiqish; o'quvchilarda ahamiyatli sifatlarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

REFERENCES

1. Davlatov K., Vorobev A.I., Karimov I. Mehnat va kasb ta'limi nazariyasi hamda usulikasi. - T.: O'qituvchi, 1992. - 320 b.

2. Inoyatov U.I., Muslimov N.A., va boshq. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob. - T.: "Ilm-Ziyo" nashriyoti, 2012 y.12 b.t.

3. Inoyatov U.I., Muslimov N.A., va boshq. Pedagogika (nopedgogik oliy ta'lim muassasalari uchun). - T.: TDPU, 2013 y. 15,25 b.t.

4. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va ped mahorat. T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2003 - 176 b.

5. Ashurova S.Yu. Professionaltnaya kompetentnostb kak ob'ekt otsenki// Molodoy uchentiy. - 2012. - № 4. - S. 414-417.

6. Alimov N.N. Kasb-hunar kolleji o'quvchilarini texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash usulikasi (umumkasbiy fanlarni o'qitish misolida). Ped.fan. nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya.- T.: 2009.-233 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.