Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KREATIV SALOHIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KREATIV SALOHIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3334
286
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang’ich sinf o’qituvchisi / kreativlik / ijodiy qobiliyat / kreativ salohiyat / ijodiy yo’nalganlik. / primary school teacher / creativity / creative ability / creative potential / creative orientation

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ne’Matov, Bo’Ritosh Saydullayevich

Ushbu maqolada muallif tomonidan kreativ qobiliyatni shakllantirish muammosi, uning nazariy asoslari va mazmuni yoritilgan. Shuningdek, maqolada boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativlik salohiyatini rivojlantirish metodlari va mazkur jarayon bilan bog’liq kasbiy pedagogik xususiyatlar haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL CHARACTERISTICS OF DEVELOPING CREATIVE COMPETENCE IN PRIMARY SCHOOL TEACHERS

The article deals with the problem of the formation of the author's creative abilities, its theoretical foundations and content. The article also discusses methods for developing the creative potential of primary school teachers and related professional and pedagogical features.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KREATIV SALOHIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA KREATIV SALOHIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

d 10.24412/2181 -1784-2021 -9-899-907

Ne'matov Bo'ritosh Saydullayevich

O'zbekiston Respublikasi, Termiz davlat universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada muallif tomonidan kreativ qobiliyatni shakllantirish muammosi, uning nazariy asoslari va mazmuni yoritilgan. Shuningdek, maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativlik salohiyatini rivojlantirish metodlari va mazkur jarayon bilan bog'liq kasbiypedagogikxususiyatlar haqidafikryuritilgan.

Kalit so'z va tushunchalar: boshlang'ich sinf o'qituvchisi, kreativlik, ijodiy qobiliyat, kreativ salohiyat, ijodiy yo'nalganlik.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается проблема формирования у автора творческих способностей, ее теоретические основы и содержание. В статье также рассматриваются методы развития творческого потенциала учителей начальных классов и связанные с этим профессионально-педагогические особенности.

Ключевые слова и понятия: учитель начальных классов, творчество, творческие способности, творческий потенциал, творческая направленность.

ABSTRACT

The article deals with the problem of the formation of the author's creative abilities, its theoretical foundations and content. The article also discusses methods for developing the creative potential of primary school teachers and related professional and pedagogical features.

Key words and concepts: primary school teacher, creativity, creative ability, creative potential, creative orientation.

KIRISH

Dunyo ta'lim taraqqiyotining jadal suratlarda rivojlanishi avvalambor ta'lim jarayoniga innovatsion va kreativ yondashish lozimligini taqozo etmoqda. Chunki jahonda har qaysi jamiyatning rivojlanishi va yo'nalishini begilab beruvchi innovatsion-kreativ ijodkorlik ta'siri ostida yuz berib, inson faoliyatining har bir sohasida ijodkorlikka bo'lgan ehtiyojning ortishi bilan tavsiflanadi. Xorijiy

899

Scientific Journal Impact Factor

rivojlangan mamlakatlarda, jumladan AQSH, Kanada, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Koreya kabi davlatlarda o'qitish jarayonlari innovatsion-kreativ yondashuv asosida amalga oshirilmoqda.

Mazkur holatni bevosita kuzatib, chuqur tahlil qilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2019-yil 23-avgustda xalq ta'limi, oliy ta'lim xodimlari bilan bo'lgan muloqotda uzluksiz ta'lim tizimida olib borilishi kerak bo'lgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritib, "... bugungi kunda ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilarning obro'sini ko'tarish, shu bilan bir qatorda bugun o'qituvchilarning o'zlari ham ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha ijodiy yondashishi lozim"[1], - degan bir qator fikrlarni bildirib o'tdi.

Shuningdek, yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ham, ta'lim-tarbiyaning uzviy bog'liqligini yanada kuchaytirish maqsadida "Sharqona qarashlarimizda ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi. Bu esa bugungi kun o'qituvchisidan katta mas'uliyatni talab qiladi"[2], - deb ta'kidladilar.

Demak, bugungi kun o'qituvchilari ta'lim-tarbiya ishlarida faol qatnashar ekanlar, ular o'z faoliyatlarini zamon bilan hamohang tarzda tashkil etishlari talab etiladi. Shuningdek, umumta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan boshlang'ich sinf o'qituvchilari umumiy va maxsus kompetentsiyalarga ega bo'lishi hamda o'z faoliyatida ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon eta olishi lozim.

Asosiy qism. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o'z mohiyatiga ko'ra jarayon tarzda namoyon bo'ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g'oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo'lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o'zgarishining o'zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogenizi - tug'ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog'liq.

Ma'lumki, kasbiy tajriba bilim, ko'nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan kasbiy kompetentsiyalar va ijodiy faoliyat ko'nikmalarining o'zlashtirilishi nafaqat amaliy ko'nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo'lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarning yetarli darajada o'zlashtirilishi talab etiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativ salohiyatni rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab "kreativlik", "kreativ yondashuv" tushunchalarining ma'nosini tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko'ra, "kreativlik - o'z qiymatiga ega original g'oyalar majmui"[6, 74 b.] sanaladi. Gardner esa o'z tadqiqotlarida mazkur tushunchani quyidagicha izohlaydi: "kreativlik - shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo'lib, u o'zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma'lum amaliy qiymatga ega bo'lishi lozim"[7, 110 b.].

Emebaylning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik "muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo'lish" demakdir [5].

Kreativlik (lot., ing. "create" - yaratish, "creative" yaratuvchi, ijodkor) -shaxsning yangi g'oyalarni ishlab chiqishga tayyorligini tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma'nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi.

Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o'tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, "kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o'zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o'zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlikni ifodalaydi"[3, 86 b.].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'qituvchilarning kreativlik sifatlariga ega bo'lishi ularning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo'naltiradi. Shuningdek, o'quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an'anaviy yondashishdan farqli yangi g'oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg'or, o'quvchilarning o'quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish, ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o'rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo'lishga e'tibor qaratadi.

Scientific Journal Impact Factor

Ayni o'rinda shuni alohida qayd etib o'tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo'sh, shaxs o'zida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin? Bu o'rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: "Agarda o'zingizni kreativ emasman deb hisoblasangiz, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan mashg'ulotlarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor bo'lganingiz yoki bo'lmaganingizda emas, balki ijodkorlik faoliyatni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g'oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir" [3, 4 b.].

Patti Drapeau nuqtai nazariga ko'ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash o'qituvchilardan o'quv topshirig'i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko'plab g'oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to'g'ri g'oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda muammo yuzasidan bir va ko'p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo'lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda shaxs yechimning bir necha variantini izlaydi (ko'p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to'g'ri yechimda to'xtaladi.

Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi, "o'quvchilar e'tiborini ta'lim jarayoniga faol jalb etishni ta'minlaydi"

Shu bilan bir qatorda kreativlik masalasini ilmiy tushunishda turli fikrlarning mavjudligi, yaxlit xulosaga kelinmaganligi tadqiqot mavzusi dolzarbligining yana bir ko'rinishi hisoblanadi. Vaholanki, bu muammo bugungi kunga qadar ko'plab G'arb mamlakatlarida turlicha tahlil etilgan va o'rganilgan. Masalan, N.N. Nechayev, Y.A. Ponomarev, D.V. Ushakov singari olimlar kreativlik masalasini umumiy tarzda shaxsning individual psixologik xususiyati sifatida o'rgangan bo'lsalar, Agababyan A. R., Arutyunyan N. D., Aleynikov A.G., Andreyev V.I., Vishnyakova, N.F., Drapeau Pattilar kreativlikning manaviy, psixologik jihatlarini tahlil etgan [3,4,5,6,7].

XXI asrga kelib O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasida ham ushbu termin ishlatila boshladi. Ayniqsa, pedagogika fanining alohida va yosh tarmog'i sifatida shakllanib boshlagan "Innovatsion pedagogika"da ushbu terminga bod-bod duch kelmoqdamiz. R.A.Mavlonova o'zining "Boshlang'ich ta'limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya" nomli o'quv qo'llanmasida kreativlikning o'zi nima, uning

Scientific Journal Impact Factor

shakllanishi masalalariga alohida to'xtalib o'tgan. Qo'llanmada kreativlik tushunchasining mazmuni va mohiyati chuqur tahlil etilgan. Ammo kreativlik masalasining ilmiy-nazariy, ilmiy-pedagogik jihatlari hamda kasbiy va shaxsiy kompetentsiyalarni o'zlashtirish jarayonida maxsus ilmiy tadqiqot ob'yekti sifatida tadqiq etilmagan. Bugungi kundagi zamonaviy uzluksiz ta'lim tizimi kreativ yondoshuvni talab etadi.

Kreativ yondashuv bevosita innovatsiyalar bilan bog'liq jarayondir. Negaki o'qituvchining ijodiy faoliyat yuritishi uchun, u albatta o'zining sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan, shu bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan xabardor bo'lishi, innovatsion yangiliklarni o'z faoliyatida o'rinli foydalana olishi lozim. Demak, o'qituvchi har qanday vaziyat, har qanday jarayon va har qanday paytda eng samarali yo'lni izlab topishi va uni amaliyotga joriy qilish orqali mashg'ulot jarayonini samarali tashkil etishi, o'quvchilar ongiga tez, tushunarli, qulay, oson va samarali tarzda yetkazib berishi ham kreativlikning bir ko'rinishi deyish mumkin.

Yuqoridagi pedagog olimlar, ayniqsa olima R.A.Mavlonova tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan tanishar ekanmiz, ularning barchasini umumlashtirgan holda quyidagi fikrlarni e'tirof etish mumkin:

1. Kreativlik shaxsni innovatorlikka (yangilik yaratish) undovchi pedagogik kategoriya hisoblanadi.

2. Kreativ salohiyat o'qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatlarining integratsiyasidir. Chunki, o'qituvchi tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bo'lmas ekan, u hech qachon ijodkorlikni namoyon eta olmaydi.

3. Kreativlik o'qituvchilarda o'z-o'zidan paydo bo'ladigan sifat emas, u o'qituvchining yangiliklarga intilishi, yangiliklarni o'zlashtirish va o'zining pedagogik faoliyatida qo'llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yenga olishi, innovatsion yangiliklarni o'z faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olish va o'z mualliflik g'oyalariga egaligi, optimal yechimlarni topa olishi bilan bog'liqdir.

Mualliflik yondashuvi asosida kreativ salohiyat tushunchasining mazmunini quyidagicha izohlash mumkin: Kreativ salohiyat - bu shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma'naviyatining ajralmas qismi bo'lib, shaxsni o'z-o'zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo'lgan bilimlarning ko'p qirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishida va o'rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o'zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi.

Kreativlik salohiyati bilish jarayoniga yo'naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas aloqador. O'qituvchilar tomonidan kasbiy kompetentsiyalarni o'zlashtirish jarayonida ijodkorlik salohiyati an'anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo'ladi:

- Tafakkurning tezkorligi;

- Yangi g'oyalarni yaratish qobiliyati;

- Tashabbuskorlik;

- Noaniqlikka toqat qilish;

- Zakovatli bo'lish;

- Muammolarni hal etishga nisbatan noodatiy yondashuv.

Maqolaning ilmiy mohiyati. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, o'z-o'zini rivojlantirish va kasbiy muvaffaqiyatga erishish shaxsdagi ijodkorlik qobiliyatining qay darajada rivojlanganligi bilan uzviy aloqadordir.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativ salohiyatni rivojlantirishga doir faoliyatli yondashuv omili mazkur jarayonda quyidagi ish metodlaridan foydalanish samarali ekanligini ko'rsatdi. (1-rasmga qarang)

Shuning bilan birga, o'qituvchilarning kreativ salohiyatini rivojlantirish jarayoni ularda quyidagi muhim kasbiy pedagogik sifatlarning namoyon bo'lishiga shart-sharoit yaratib beradi (2-rasmga qarang).

2-rasm. Kreativ salohiyatni rivojlantirish bilan bog'liq kasbiy pedagogik

xususiyatlar

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativlik salohiyatini rivojlantirish jarayoni quyidagi tarkibiy komponentlarni o'z ichiga oladi (3-rasmga qarang).

3-rasm. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativlik salohiyatini rivojlantirishning

tarkibiy asoslari

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kreativ salohiyatini rivojlantirish kasbiy-pedagogik faoliyatda zarur bo'ladigan quyidagi omillarga e'tibor qaratishni taqozo etadi:

- yangi-yangi g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish;

- ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o'rganish;

- o'qituvchi va hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.

Har bir mutaxassisning o'qituvchi sifatida o'zini o'zi rivojlantirishi va o'zini o'zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog'liq.

O'qituvchining kreativlik salohiyati uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o'z -o'zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ salohiyat negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo'ladi. Kreativ salohiyat bilish jarayoniga yo'naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog'liq.

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA VA AMALIY TAKLIFLAR

Bugungi o'qituvchi o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishda avvalo rejalashtirilgan bir qolipdagi mashg'ulot turlaridan voz kechib, o'quvchilarda mustaqil, tanqidiy, mantiqiy, ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, ya'ni yangi g'oyalarni o'ylab topishga majbur qilish, ta'lim olishga bo'lgan munosabatni o'zgartirish, ularni yutuqlarga erishishiga rag'batlantirishda asosiy omil bo'lishi kerak. O'quv mashg'ulotlariga yetishmayotgan omil - kreativlik sanaladi. Bugungi kunda boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki ularning kasbiy faoliyatini ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishi maqsadga muvofiq.

Boshlang'ich sinf o'qiuvchilarining kreativ salohiyatini rivojlantirish quyidagi to'rt yo'nalish bo'yicha harakat qilishni talab qiladi:

1) O'qituvchilarning ijodiy fikrlash ko'nikmalarini namoyish etishi va erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitni yaratish;

2) O'quvchilar tomonidan o'quv fanlarini qiziqish bilan o'zlashtirishiga rag'batlantiruvchi strategiyani joriy etish;

3) Innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammolarning yechimi)ni topishda ijodiy yondashuvning ustivorligini ta'minlash;

4) Belgilangan ta'limiy-tarbiyaviy vazifalarni to'laqonli bajarish orqali kutiladigan natijaga erishish.

Xullas, har bir o'qituvchining o'zini-o'zi rivojlantirishi va o'zini-o'zi namoyish eta olishi, kasbiy kompetentsiyalarni o'zlashtirib borishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog'liq.

O'qituvchi kreativligining shakllanishi «ehtiyojlar, yo'nalishlar va "Men" kontsepsiya"laridan kelib chiqadi. O'qituvchining kreativlik faoliyati pedagogik faoliyatning barcha turlarida namoyon bo'lishi davr talabidir. O'qituvchining kreativlik faoliyati bu avvalo, pedagogik mahorat bilan bog'liq degan umumiy xulosani shakllantiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta'limi va oliy ta'lim tizimi o'qituvchilari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda so'zlagan nutqi. 2019.08.23.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi matni. http://uza.uz

Scientific Journal Impact Factor

3. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014. - p. 260

4. Агабабян А. Р., Арутюнян Н. Д. К вопросу взаимосвязи креативности с личностными характеристиками // Ананьевские чтения, 2007: Материалы научно-практической конференции. СПб., 2007. С. 598-599.

5. Алейников А.Г. О креативной педагогике / А.Г. Алейников // Вестник высшей школы. - 2009. - №12. - С. 29-34.

6. Андреев В.И. Педагогика творческого саморазвития. Инновационный курс. - Казань: Изд-во КГУ, 1996. - 566 с.

7. Вишнякова, Н.Ф. Креативная акмеология. Психология высшего образования / Н.Ф. Вишнякова. - Мн.: Народная асвета, 2007. - 300 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.