Научная статья на тему 'OLIY O‘QUV YURTI TALABALARIDA KREATIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA FAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA SAMARALI YO’LLARI'

OLIY O‘QUV YURTI TALABALARIDA KREATIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA FAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA SAMARALI YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1422
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
talaba / kreativ kompetentlik / ijodiy fikrlash / kreativ kompetentlikni rivojlantirish / kreativlik belgilari / malakalar / metod / vositalar. / student / creative competence / creative thinking / development of creative competence / signs of creativity / skills / methods / tools.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nilufar Muhammadovna O‘rinova, Dilfuza Alisher Qizi Yo‘ldosheva

Mazkur maqolada oliy o„quv yurti talabalarida kreativ kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan o‟quv jarayoni mazmuni, kreativlik belgilari, kreativlikni rivojlanish davri va bosqichlari yoritib berilgan. Shuningdek pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar guruhi hamda samarali metod va vositalarning ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the content of the educational process, the signs of creativity, the stages and stages of development of creativity, aimed at the development of creative competence in university students. The importance of a set of skills and effective methods and tools that allow teachers to organize creative activities is also highlighted.

Текст научной работы на тему «OLIY O‘QUV YURTI TALABALARIDA KREATIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA FAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA SAMARALI YO’LLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-97-105

OLIY O'QUV YURTI TALABALARIDA KREATIV KOMPETENTLIKNI

RIVOJLANTIRISHDA FAOL TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA SAMARALI YO'LLARI

Nilufar Muhammadovna O'rinova

Farg'ona davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

Dilfuza Alisher qizi Yo'ldosheva

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada oliy o'quv yurti talabalarida kreativ kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan o'quv jarayoni mazmuni, kreativlik belgilari, kreativlikni rivojlanish davri va bosqichlari yoritib berilgan. Shuningdek pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar guruhi hamda samarali metod va vositalarning ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: talaba, kreativ kompetentlik, ijodiy fikrlash, kreativ kompetentlikni rivojlantirish, kreativlik belgilari, malakalar, metod, vositalar.

ABSTRACT

This article describes the content of the educational process, the signs of creativity, the stages and stages of development of creativity, aimed at the development of creative competence in university students. The importance of a set of skills and effective methods and tools that allow teachers to organize creative activities is also highlighted.

Keywords: student, creative competence, creative thinking, development of creative competence, signs of creativity, skills, methods, tools.

KIRISH

Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining bosh maqsadi bugungi ta'lim sohasini isloh qilish, milliy ta'lim tizimini jahon ta'lim standartlariga tenglashtirish, zamonaviy, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat. Respublikamiz ta'lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, ta'lim jarayonini talaba shaxsiga yo'naltirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Mana shu siyosat natijasida shaxsga yo'naltirilgan ta'limning huquqiy, me'yoriy asoslari ishlab chiqildi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-97-105

Oliy ta'lim muassasalari va ulardagi o'quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat-monitoringini oshirish, bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish pedagog mutaxassislarning kreativ kompetentligini rivojlantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'qituvchining kreativligi esa u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So'nggi yillarda ushbu holat "pedagogik kreativlik" tushunchasi bilan ifodalanmoqda [2, 72-75].

Pedagogik kreativlik - pedagogning an'anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta'lim va tarbiya jarayonining samaradorliligini ta'minlashga xizmat qiluvchi yangi g'oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo'lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyat. "Kreativ pedagogika" quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:

1) o'qituvchilar tomonidan o'quv fanlarini past o'zlashtirayotgan va ularni o'rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e'tiborlarini fan asoslarini o' zlashtirishga jalb etish;

2) o'qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag'batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.

O'qituvchi ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur. Darslarda o'qituvchi "kreativlik yo'l xaritasi"ga ko'ra quyidagi 4 ta yo'nalish bo'yicha harakatlanadi va bu harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalaydi:

- ijodiy fikrlash ko'nikmalarini namoyon etish;

- bo'lajak pedagoglarni o'quv fanlarini qiziqish bilan o'zlashtirishga rag'batlantiruvchi strategiyalardan foydalana olish;

- innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning yechimini topishga kreativ yondashish;

Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Odatda kreativlik

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-97-105

shaxs faoliyatida tez-tez ko'zga tashlansada, biroq, bu holat shaxsning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo'lga kiritishlarini kafolatlamaydi.

Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko'nikma, malakalarni o'zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bo'lajak pedagoglarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:

1) ular tomonidan ko'p savollar berilishini rag'batlantirish va bu odatni qo' llab-quvvatlash;

2) ularning mustaqilligini rag'batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;

3) ular tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;

4) ularning qiziqishlariga e'tibor qaratish.

Tadqiqotchi N.Fayzullayeva[3, 102] pedagogik tafakkurga ega bo'lish uchun bo'lajak pedagoglar pedagogikaga oid bilimlarni puxta o'rganish asosida quyidagi ko'nikma, malakalarni o'zlashtira olishlari zarur deb hisoblaydi:

- pedagogikaning asosiy g'oyalari,

- konsepsiyalar, qonuniyatlar va pedagogik hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish;

- pedagogikaning eng muhim nazariy g'oyalari, asosiy kategoriyalari va tushunchalarini bilish;

- asosiy pedagogik faktlarni bilish;

- ta'lim va tarbiyaning umumiy uslubi haqidagi amaliy bilimlarni egallash.

Psixologiyada E.P.Torrens[4, 215] tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi

testlar ishlab chiqilgan bo'lib, uning fikricha, shaxs kreativligi o'zida quyidagi belgilarni namoyon qiladi:

1) savollar, kamchiliklar va bir-biriga zid ma'lumotlarga e'tiborsiz bo'lmaslik;

2) muammolarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida ularning yechimini topishga intilish.

Bo'lajak pedagoglarda kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirishdan oldin guruhda qulay muhitni yaratish lozim. Kreativ muhitda ta'lim olayotgan bo'lajak pedagoglarda asta-sekin kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi, shuningdek, kreativ tafakkurga ega o'qituvchini kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyillik paydo bo'ladi. Kreativlik xarakteridagi o'quv-bilish muhiti bo'lajak pedagoglarda ta'lim jarayonida katta ahamiyatga ega bo'lgan tanqidiy va kreativ fikrlash ko'nikmasining rivojlanishiga olib keladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-97-105

Bo'lajak pedagoglarning kreativ tafakkurga ega bo'lishlari ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bog'liq. To'laqonli kreativlik xarakteriga ega ta'lim muhitini yaratish puxta o'ylangan rejaga tayanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'qituvchilar agarda o'zlarining kreativ o'qitish metod va strategiyalarini qo'llash (ya'ni keng ko'lamda o'ylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish)da katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni bo'lajak pedagoglar ongiga singdirishlari va o'z vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim. Qolaversa, kreativ xarakterga ega muhitdagina bo'lajak pedagoglar o'rganayotgan mavzuning mazmuni, o'quv axborotlar o'rtasidagi o'zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo'ladi va bu haqida fikrlashni boshlashadi.

Kreativ jihatdan rivojlanishda har bir shaxs hayotida ma'lum bir davr va bosqich muhim ahamiyat kasb etadi. Demak:

kreativlikni rivojlanish davri - ma'lum kreativlik sifatlarining rivojlanishi yakuniga yetgan qandaydir vaqt birligi;

kreativlikni rivojlanish bosqichi - muayyan kreativlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi.

Shunga ko'ra ma'lum davr va bosqichlarda pedagoglarda kreativlik sifatlari hamda ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi.

Kreativ tafakkurga ega bo'lajak pedagoglar boshqa bo'lajak pedagoglarning xayoliga kelmagan g'oyalarni bildiradi; o'zlarini ifoda etishning o'ziga xos uslubini tanlaydi; mavzuga aloqasi yo'q yoki g'ayri oddiy savollar beradi; yechimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi; g'oyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal ko'radi; muammoning yechimini topishda noan'anaviy yondashuvni tanlaydi.

Pedagoglar kreativlik sifatlari bilan bir qatorda ijodiy faoliyatni tashkil etishga layoqatlilikni ifodalovchi quyidagi malakalarga ham ega bo'lishlari zarur:

Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar guruhlari:

1) bilishga oid (gnostik) malakalar;

2) loyihalash malakalari;

3) ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;

4) tadqiqotchilik malakalari;

5) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;

6) tashkilotchilik malakalari;

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-97-105

7) izchillikni ta'minlovchi (protsesssual) malakalar;

8) texnik-texnologik malakalar.

Talabaning kreativligini rivojlantirish o'quv jarayonini ijodiy faoliyat modeli sifatida yaratish zarurligini nazarda tutadi. Oliy ta'lim nazariyasi va amaliyotida talabaning kreativligini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari kasbiy ta'limni mazmunli, muammoli vaziyat kontekstida tadqiqot faoliyati sifatida tashkil etish, yechimlarni tanlash, usullarni aks ettirish, o'zini ijodkor shaxs sifatida bilish, shaxsiy kasbiy tayyorgarlik dasturlarini yaratish, o'quv jarayonini tashkil etishning moslashuvchan modellariga o'tish zarurligini belgilaydi.

Talabalarning kreativ kompetentligini rivojlantirish uchun ta'lim jarayonida quyidagi eng samarali metodlardan foydalanish tavsiya etiladi:

• loyiha usuli;

• miya bo'roni usuli;

• fikrlash usuli;

• tushunchalarni taxlil qilish usuli;

• muammolarni kompleks hal qilish usuli;

• konferensiya usuli va boshqalar[5].

Ushbu usullardan foydalanish talabalikning birinchi yilidan boshlanishi mumkin. Kichik kurs talabalari uchun ijodiy izlanishlar, biznes o'yinlar, muammoli vaziyatlarga guruh yechimlari, loyiha uslubi kabi metodlar samarali hisoblanadi. Mashg'ulotlarda ijodiy muhokamalar, "miya bo'roni", tashkiliy va faol o'yinlar, konferensiya usulidan foydalanish o'rganilayotgan muammoga chuqur kirib borish, o'rganilayotgan hodisaning afzalliklari va kamchiliklarini har tomondan ko'rib chiqish, natijaga erishish imkonini beradi.

Yuqoridagi usullar guruhda tenglik, qulaylik muhiti hukmronlik qilganda tanqid qilishdan qochilganda muvaffaqiyatli bo'ladi.

O'quv jarayonida talabalarning kreativligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ayrim metod va mashqlarni ko'rib chiqamiz.

Bahs-munozara metodi. O'quv guruhini ikki guruhga bo'lgan holda, biror mavzu bo'yicha o'zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o'tkaziladi.

Rolli o'yinlar. Ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) o'yinlar - muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o'rinda, matnli material o'rniga talabalar tomonidan rollar o'ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. Bosqichlari: vaziyatni tushuntirish, mos rollarni bo'lib berish, maqsad va vazifalarni tushuntirish; o'yin davomida talabalarning xatti-harakatlarini kuzatib borish; talabalarning xatti-

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-97-105

harakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma'lum malaka va ko'nikmalarni egallashlariga imkoniyat yaratish; o'yin natijalarining tahlili; o'yin natijalarini real hayotiy hodisalar bilan taqqoslash.

Pinbord metodi. Bu metod aqliy hujum metodining bir ko'rinishi bo'lib, unda qo'yilgan muammoni hal qilish bo'yicha g'oyalar alohida qog'ozchalarda yozilib, doskaga mixlanib boriladi. Ikkinchi bosqichda esa, ular turli mezonlar bo'yicha sinflarga bo'linadi, saralanadi va muayyan tartibda doskada joylashtiriladi.

Ovozga qo'yish metodi. Dars davomida bahsli vaziyatni keltirib chiqarish; yuzaga kelgan bahs munozarani boshqarish maqsadida, bahs yuritayotgan tomonlarning fikrlarini guruh bo'yicha ovozga qo'yish; har bir fikr bo'yicha qa rshi, rozi va betaraflarni aniqlash; tomonlarning dalillarini va fikrlarini tinglash; so'ng yana ovozga qo'yish; xulosalash.

Tadqiqot usuli. O'zlashtirish darajasining eng yuqori cho'qqisi; talabalarning olgan bilimlari asosida hali o'rganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishi; keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to'g'ri yoki noto'g'riligini tekshirish.

«Charxpalak» usuli. Mazkur metod guruhlarda ishlash usulining takomillashtirilgan ko'rinishi bo'lib, uning yordamida talabalar o'rganiladigan material bo'yicha ma'lum bilimga mustaqil ega bo'lish, jamoa bilan ishlash malakasini ega bo'lish, boshqalarni o'qitish, axborot bilan almashish hamda jamoa bo'lib qaror qabul qilish ko'nikmalariga ega bo'ladi[6, 8-12].

Yangilik kashf etish orqali o'rganish metodi. Bu yondashuv talabalarning egallagan nazariy bilimlarini tadbiq etish bilan bir qatorda ularning o'z-o'zlarini rag'batlantirish orqali bilim va ko'nikmalar to'plashlariga sharoit yaratadi.

Talabalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bo'yicha quyidagi mashqlardan foydalanishimiz mumkin:

1-mashq. "Qanday qilib boshqacha aytaman?"

Imkon qadar so'zlarning sinonimlarini toping:

• Muhim: ahamiyatli, zarur, kerak ...

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• Xafa: qayg'uli, ma'yus, g'amgin ...

• Do'st: o'rtoq, dugona, hamkasb ...

• Qo'rqinchli: xavfli, xavotirli, daxshatli ...

• Kulgili: quvnoq, ... va hokazo.

2-mashq. "To'liq diapazon."

Alifbo tartibida tegishli so'zlarning sinonimi ro'yxatini tuzing, masalan:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-97-105

• Kasblar: arxitektor, buxgalter, duradgor...

• Shaharlar: Andijon, Buxoro, Damashq...

• Musiqa asboblari: akkordeon, balalayka, dutor...

• Oziq-ovqat: ananas, bodring, do'lana ...

• Daraxtlar: akatsiya, buramatol, dub daraxti...

• Hayvonlar: yo'lbars, bo'ri, ayiq... va boshqalar.

Talabalarning kreativligini rivojlantirishda faol ta'lim texnologiyalaridan foydalanish, mashg'ulotlarning noan'anaviy shakl, metod va vositalar yordamida qiziqarli va mazmunli tashkil etish kutilgan samaralarni bera oladi.

XULOSA

Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkunki, oliy o'quv yurti talabalarining kreativ kompetentligini rivojlantirishga yo'naltirilgan faoliyati tarkibiy tuzilmasining muhim qismi bo'lgan tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyati maxsus metodikaning ishlab chiqilishi hamda uning g'oyalariga muvofiq ish ko'rishga bog'liq bo'ldi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni PF-5847 08.10.2019. Manba: www.gov.uz

2. Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To'raev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari - Toshkent, 2015. - 72-92-betlar

3. Fayzullayeva N. "Pedagogik bilimlar - oqituvchi kasbiy mahoratining nazariy asosi" / Uzluksiz ta'lim jurnali. - T.: 2006. 6- son. -102-b.

4. Torrance E.P. / Developing creative thinking through school experience // -N.V., 1962. -c. 215,

5. Башина Т.Ф., Ильин Е.П. Психология творчества, креатив-ности, одаренности. - СПб.: Питер, 2009.

6. Махмудов А.Х. Узлуксиз таълим жараёнига компетентлик ёндошувини жорий килишнинг дидактик асослари // Узлуксиз таълим. - 2012. - № 4. 8-12 бетлар.

7. Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF TRAINING STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 7(10), 311-317.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-97-105

8. Maksudov, U. K. (2020). ISSUES OF NATIONAL VALUES AND SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS IN THE DEVELOPMENT OF POSITIVE PSYCHOLOGY. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 394-396).

9. SAIDKULOVICH, S. В., & UGLI, T. J. U. The Social Pedagogical Necessity of Developing Students' Aesthetic Culture in the Process of Globalization. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 8(1), 75-77.

10. Siddikov, B. S. (2020). THE IMPORTANCE OF SPORTS AND RECREATION ACTIVITIES FOR A HARMONIOUSLY DEVELOPED GENERATION. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 107-111).

11. Tuychieva, I., Aripov, S., Madaminova, D., & Mustaev, R. (2021). THE PEDAGOGICAL SYSTEM OF PREPARING BOYS FOR FAMILY RELATIONSHIPS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. (ЙМ

48(8).

12. Urinova, N. M., & Abdullaeva, N. (2021). Opportunities to use project-based teaching technology in the development of students' research competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(3), 2344-2348.

13. Джалалов, Б. Б. (2018). РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА.

In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION (pp. 53-55).

14. Джалалов, Б. Б. (2019). ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 43-44).

15. Закирова, Д. С. (2020). РАЗВИТИЕ КУЛЬТУРЫ МЕЖНАЦИОНАЛЬНОГО СОГЛАСИЯ У СТУДЕНТОВ. European science, (4 (53)).

16. Максудов, У. К. (2015). Социально -педагогические и экономические проблемы повышения качества непрерывного образования на основе внедрения национальных ценностей. Молодой ученый, (12), 776-777.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-97-105

17. Туйчиева, И. И., & Ганиева, Г. В. (2016). ХАРАКТЕРИСТИКА ПРИНЦИПОВ ПЛАНИРОВАНИЯ РАБОТЫ ПО РАЗВИТИЮ РЕЧИ. Ученый XXI века, 48.

18. Уринова, Н. М., & Хусеинова, С. Б. (2021). Теоретико-практическая подготовка будущих учителей гуманитарного профиля к социально ориентированной воспитательной работе. Бюллетень науки и практики, 7(5), 434-440.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.