TA'LIM TIZIMIDA INNOVATSION USLUBLARNI ISHLAB CHIQISHNING ZARURIYATI VA RIVOJLANTIRISH USLUBLARI
Dilorom Abdullayevna Saliyeva
Qo'qon davlat pedagogika instituti Amaliy psixologiya kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dilfuza Abdullayevna Shermatova
Qo'qon pedagogika kolleji yetakchi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada ta'lim tizimida o'qitishning innovatsion uslublarni ishlab chiqishning zaruriyati va rivojlantirish uslublari haqida malumot berilgan.
Kalit so'zlar: shaxs, ta'lim, tarbiya, innovatsiya, pedagogik innovatsiya o'qituvchi va o'quvchi munosabatlari, maxsus usullar, modellar, zamonaviy bilim berish.
O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish kelajakda yosh avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish, erkin fikr yuritish qobiliyatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan. Bu esa o'z navbatida talabalarning ilmiy bilim darajasini va faolligini kengaytirishni talab qiladi. Oliy ta'lim muassasalarida fanlarni o'qitish jarayonida talabalarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, mustaqilligi va faolligini rivojlantirishga, mantiqiy tafakkurini o'stirishga qaratilgan interfaol ta'lim olishlariga ko'mak beruvchi innovatsion usullardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Respublikamiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning fikricha, "Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo'lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo'lmaydi. Bu sohadagi o'zgarishlarni xalqimizga keng targ'ib qilmasak, odamlarda ko'nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo'lolmaymiz. Shuning uchun ushbu faoliyatni zamon talablari darajasida rivojlantirish yangi vazirlik, qolaversa, ushbu markazning asosiy vazifasi bo'lishi kerak.", "Biz uchun asosiy vazifa - ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va
June 3
111
diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo'lishi zarur. Ayni shunday yangicha qarash va harakatlar butun faoliyatimizning negizini tashkil etishi shart." deb ko'rsatadilar.
O'qituvchining dars berish jarayonidagi roli ancha murakkab bo'lib, uning o'ziga xos tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud. oldingi davrlarda o'qituvchilarning faqatgina zamonaviy bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan tarbiyaviy, madaniy-ma'naviy, siyosiy va amaliy bilimlar berish ham talab qilinadi.
O'qitish uslubiyatining boshqa turlari esa bir qancha olimlar tomonidan ishlab chiqilgan falsafiy-mantiqiy modellar asosida, masalan, Suqrot uslubida, muloqot usulida yoki koorporativ usulda tashkil qilingan. Undan so'ng o'qitishning ta'lim berish modellari asosida tashkil etish keng miqyosda amalga oshirila boshlandi. Bunda o'quvchi-talabalarning ma'lum bir soha yoki fandan bilim olishlari maxsus usullar, modellar, ta'lim standartlari yoki strategiyalar asosida amalga oshirilar edi. Ba'zi bir modellarda o'qituvchi dominant rolida bo'lib, barcha ta'lim berish vazifalarini o'zi hal qilar, boshqalarida esa talabalarga to'la erkinlik berilib, ular demokratik tamoyillar asosida o'qitilar, yana boshqa birlarida esa talaba va o'qituvchi orasida tenglik hamda ijodiy fikr almashinish jarayoni amalga oshirilib, o'zaro muloqot vositasida interfaol ta'lim jarayoni amalga oshirilar edi. Lekin bu modellarning ishlatilishi va samarasi o'quvchi-talabalarning bilim darajasiga, intilishlariga, ongining rivojlanish ko'rsatkichlariga har doim ham mos kelavermaydi. Masalan, auditoriyadagi talabalarning aksariyati bilim olishni istamaydigan va bunga intilmaydigan bo'lsa, ammo o'qituvchidan ularga qandaydir usullar bilan bo'lsa ham qandaydir bilim berish talab qilinsa, u holda yuqorida ko'rsatib o'tilgan har qanday model, usul yoki strategiya ham o'z-o'zidan ojizlik qilib qoladi.
Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo'lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I.Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg'un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o'zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.
Innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o'rganishning ikki yondashuvi mavjud: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o'zaro ta'siri mikrosathi. Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g'oya
June 3
112
'ondashuvlar: muammo va vechimlar
yoritiladi. Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o'zaro ta'siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o'rnini ikkinchisi egallashdir.
Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o'ichanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g'oya tug'ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo'llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o'zining yangiligini yo'qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo'ladi.
6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo'llanish doirasini qisqartirish bosqichi.
Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar. Birinchi shaklga yangilik kiritishni oddiy ishlab chiqish kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o'zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir. Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko'lamda ishlab chiqish taalluqlidir.
Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o'zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
Pedagogik innovatsiyada "yangi" tushunchasi markaziy o'rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub'ektiv yangilikka qiziqish uyg'otadi.
Xususiy yangilik joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko'zda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma'lum unsurlarning yig'indisi shartli yangilik hisoblanadi. Mahalliy yangilik konkret ob'ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi. Sub'ektiv yangilik ma'lum ob'ekt uchun ob'ektning o'zi yangi bo'lishi bilan belgilanadi.
Ilmiy yo'nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan
iboratdir.
June 3
'ondashuvlar: muammo va vechimlar
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:
□ pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;
□ nihoyat amalga oshish qonuni;
□ qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;
□ pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni.
Ayovsiz bemaromlik qonunida pedagogik jarayon va hodisalar to'g'risidagi
yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo'linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u yangilikning ahamiyati va qimmatini keng yoyadi. Nihoyat amalga oshish qonuni yangilikning hayotiyligi bo'lib, u erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi.
Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipga tushirish va amaliy harakatga o'tish tendensiyasiga ega bo'ladi. Bunday holatda pedagogik qolip (stereotip) qoloqlikka, boshqa yangiliklarning amalga oshish yo'liga to'siq bo'lishga majbur bo'ladi.
Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi. Pedagogik innovatsiya innovatsiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar:
1. Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o'tadi, ya'ni innovatsion jarayonda unga bo'lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart sharoitlari tizimi, usullari va yo'llariga ongli munosabat bo'lmaydi.
2. Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir.
Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin:
□ madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv;
□ shaxsiy faoliyat jihatidan (ta'limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv;
□ ko'p sub'ektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;
□ individual-ijodiy (o'qituvchi va talabalarning o'zaro munosabatlari) yondashuv.
O'qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi
bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi,
June 3
o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ularning munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o'qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
□ kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
□ me'yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
□ kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
□ dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;
□ o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.
Demak, o'qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, Kurs ishichisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.
Ta'lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta'lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo'shilishini taqozo etmoqda, o'zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko'rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o'zlashtirishdan iborat bo'lib quyidagi xulosalarni beramiz.
1. Bugungi kunda maktab va oliy ta'lim tizimidagi an'anaviy va ommaviy ko'rinishdagi ta'lim va tarbiya jarayonlari o'rniga ta'lim muassasalari rivojlanishida o'ziga xos yangilikning kirib kelishi fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida "innovatsion insonni" yaratish, ya'ni ishlashidan qat'iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo'lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilikni shakllantirish zarur.
2. Hozirda ta'lim jarayonining amaliyot bilan bog'langanligi hamda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsion yo'liga o'tgach, ta'lim sohasi ularga faqat yetakchilarni tayyorlash funksiyasini bajardi. Lekin aslida esa boshqacha ko'rinish ko'zga tashlanadi. Ilgari jamiyat uchun uncha ko'p bo'lmagan va mustaqil shakllangan innovatorlar yetarli edi. An'anaviy pedagogik ta'lim mazmuni va tashkil etishi jihatidan aniq o'quv fani bo'yicha mutaxassis o'qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan.
3. O'qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu
o'qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
June 3
115
4. O'qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
5. Umuman olganda ta'limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat sohasida bugungi kunga kelib sezilarli tajribalar to'plandi, o'quv pedagogik jarayoni ishtirokchilari o'rtasida sub'ekt-sub'ekt munosabatlari rivojlanishida o'zgarishlar sodir bo'layotganini kuzatish mumkin. Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, modul tizimida ularning faol ishtiroki ta'minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan talabalar faoliyatini boshqarishda metodik madaniyat darajasi o'sib borishi kuzatiladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni. 2020 yil.
2. Инновационное развитие: Экономика, интеллектуальные ресурсы, управление знаниями." Под редакцией Б.З. Мильнера, ИНФРА - М, 2010.
3. Nishonova Z.T. Oliy maktab psixologiyasi. Toshkent, 2003y.
4. Oliy pedagogik o'quv yurtlarining o'quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishning ilmiy asoslari. Respublika ilmiy-metodik konferentsiyasining materiallari. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2000. 111 b.
5.Mansurjonovich, J. M. (2022). METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE CONTENT OF TRAINING FUTURE ICT TEACHERS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF EDUCATION. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 9.
6. Juraev, M. M. (2021). Pedagogical conditions for the development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system. In НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 110-112).
7. Mansurjonovich, J. M. (2021). Experience Of Cambridge Curricula In Ensuring The Continuity Of Curricula In The Field Of "Computer Science And Information Technology" In The System Of Professional Education. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(11), 26-32.
June 3
116