Jumayeva M.
Buxoro davlat universiteti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi
KREATIV YONDASHUV VA UNING INNOVATSION FAOLIYATDAGI
AHAMIYATI
Annotasiya: Mazkur maqolada o 'qituvchining kreativ yondashuv va uning innovatsion faoliayt haqida so'z borib, ularni amaliyotga tadbiq etish to'g'risida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Tayanch atamalar: muloqot, kreativlik, kreativ faoliyat, pedagogik jarayon, innovatsiya, innovatsion faoliyat, rivojlanish, o'z-o'zini faollashtirish.
Jumayeva M. teacher
department of pedagogy Bukhara State University
CREATIVE APPROACH AND ITS IMPORTANCE IN INNOVATIVE
ACTIVITY
Abstract: This article discusses the creative approach of the teacher and his innovative activities, and provides feedback on their implementation in practice.
Keywords: communication, creativity, creative activity, pedagogical process, innovation, innovative activity, development, self-activation.
Bugungi kunda o'qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator omillarga tayanadi. Unda o'qituvchining muloqatchanligi, qarshi fikrlarga nisbatan xolisona munosabatga tayyorligi inobatga olinadi. Natijasida o'qituvchi o'z faoliyati ilmiy ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi. O'qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug'dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu o'qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobUiyatidir. O'qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o'qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg'ulari rivojlanadi.
Keyingi sharti - bu o'qituvchining madaniyat va muloqotga tayyorligi.
Oqituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir. O' qituvchi va talaba ortasidagi muloqot namunasining ozgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar, an'analarda bolganidek, qistovlar, hukmga boysunish kabi unsurlardan holi bolishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, ozaro boshqarilishi, ozaro yordam shaklida qurilgan bo lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu oqituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
❖ kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
❖ me yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
❖ kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
❖ dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bolish;
❖ (o z imkoniyatlarini ro yobga chiqarish, o z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish).
Demak, oqituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisi sifatida namoyon boladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o qituvchi innovatsiya faoliyatiga bolgan zaruriyat quyidagilar bilan olchanadi:
> ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va oquv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi;
> bunday sharoitda o'qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, ozlashtirish va foydalanishdan iborat boladi;
> mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
> pedagogik yangilikni oMzlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan oqituvchining munosabati xarakteri ozgarishi.
Oqituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qollash imkoniyatlari kiradi.
Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me'yori o'qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi. Natijalilik o'qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Pedagogik yangilik oz mohiyatiga kora ommaviy tajribalar mulki bolib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim oqituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va obektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
V.A.Slastenin o'tkazgan tadqiqotlar o'qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:
> mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;
> kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash;
> yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;
> yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;
> yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho
berish.
O'qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o'qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me'yorlarini belgilashga imkon berdi:
> innovatsion foliyatga bo'lgan zaruriyatni anglash;
>ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;
>shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
>ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni engishga shaylik; g'
>innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;
> innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta 'siri;
> kasbiy reflektsiyaga bo'lgan qobiliyat.
Ta'lim tizimidagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o'qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri o' qituvchi shaxsidir. O'qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo'lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg'ullikni, sevuvchi ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o'ch bo'lishi lozim.
O'qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo'nalishda amalga oshirilishi lozim:
• yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
• yangicha harakat qila olishga o'rgatish.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o' quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o rganish oliy maktab oquv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
XXI asr insonlar orasidagi buyuk munosabatlar rivojlangan, ya'ni o zlarining jismoniy va ma'naviy kuchlarini ifodalovchi insoniylik qarashlari rivojlangan asrdir. Insonparvarlik, tafakkurning o rnatilishi oqituvchi va oquvchi orasidagi yangi turdagi ozaro munosabatlarning paydo bo'lishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni -T.: "O'zbekiston", 2020 yil 23 sentabr.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 son Farmoni
3. O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi nuqti (https://www.gazeta.uz)
4. «Узбекистан миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти Т.: 975-bet.
5. Ortiqov O. R. O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 42-47.
6. Maqsuda Maxsudovna Murodova BO'LAJAK BOSHLANG'ISH SINF O'QITUVCHILARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK // Scientific progress. 2022. №1.
7. Ортиков О. Р. Махалла как социально-культурный очаг народа //Научное пространство: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2020. - С. 20-23.
8. Olimov S. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 2. - №. 2.
9. ОЛИМОВ Ш. Ш., ХОДЖИЕВА М. Ш. Возможности применения педагогических технологий в образовательном процессе //Молодежь и XXI век-2020. - 2020. - С. 228-231.
10. Курбанович, М. К. (2020). Инновационная деятельность какобязательный компонент личной педагогической системы преподавателя. Суз санъати, (3), 219-225.