Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINFLARDA INNOVATSIYALARNI TATBIQ ETISHNING TASHKILIY-PEDAGOGIK ASOSLARI'

BOSHLANG'ICH SINFLARDA INNOVATSIYALARNI TATBIQ ETISHNING TASHKILIY-PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
805
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so’zlar: interfaol metodlar / innovatsiya / pedagogik texnologiya / didaktik tamoyillar

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Samatova Muborak Kaxxarovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada, boshlang’ich ta’limda innovatsionlarni tatbiq etish yo’llari, boshlang’ich sinflarda foydalanish mumkin bo’lgan innovatsion texnologiyalarning didaktik tamoyillari, dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish va boshlang’ich sinflarda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati haqida ma’lumot beriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINFLARDA INNOVATSIYALARNI TATBIQ ETISHNING TASHKILIY-PEDAGOGIK ASOSLARI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

BOSHLANG'ICH SINFLARDA INNOVATSIYALARNI TATBIQ ETISHNING TASHKILIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

Samatova Muborak Kaxxarovna

Guliston davlat universiteti 2-magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada, boshlang'ich ta 'limda innovatsionlarni tatbiq etish yo'llari, boshlang'ich sinflardafoydalanish mumkin bo'lgan innovatsion texnologiyalarning didaktik tamoyillari, dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish va boshlang'ich sinflarda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati haqida ma'lumot beriladi

Kalit so'zlar: interfaolmetodlar, innovatsiya, pedagogik texnologiya, didaktik tamoyillar https://doi.ore/10.5281/zenodo.7667569

Jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo'layotgan o'zgarishlar kelajakda mamlakatimizning intellektual imkoniyatlarini belgilab beruvchi va uni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblangan ta'lim tizimiga ham boo'liq ekanligini hisobga olish kerak.

Shu bilan birga intellektual salohiyatning o'sishi, sifat darajasida rivojlantirish nafaqat ta'lim samaradorligining oshishiga, shu sohadagi tizim takomillashuviga o'z ta'sirini o'tkazibgina qolmay, balki mazkur ijtimoiy tizimning barcha sohalarini o'sishiga ham sezilarli darajada ta'sir etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ta'limdagi strategik yo'nalishlardan biri ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyati asosiy omil sifatida belgilab berilayapti.

Ta'lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta'lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo'shilishini taqozo etmoqda, o'zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko'rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o'zlashtirishdan iborat. Bu holat bugungi kunda o'ta dolzarbligi bilan muhimdir, chunki, ushbu jarayon (innovatsion jarayon) ta'lim muassasalarini yashash sharti (bevosita va ko'chma ma'noda ham), kelajak avlodlar va pedagoglar jamoasining aloqalarini ijtimoiy himoyalash sharti bo'lib ham xizmat qiladi. Hayot ta'lim muassasalari oldiga yangi, mumkin bo'lmagandek tuyulgan vazifalarni, ya'ni eskichasiga ishlab turib, aniq yangiliklarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishni oldimizga qo'ymoqda.

Barcha yangiliklarga o'ta ehtiyotkorlik bilan yondashadigan, o'tmish boyliklarga, tajribalarga e'tiqod ruhida tarbiyalangan, stabillikni yoqtiradigan keksa avlodni, shuningdek hech qanday o'zgarishlarni xohlamaydigan pedagoglarni ham tushunish mumkin. Bunday holatda "innovatsion jarayonlar orqasidan quvish" bugungi kun hayotimizning ajralmas qismi ekanligini ham tushunish zarur. Xohlaymizmi yoki yo'q bizning ta'lim muassasalari devorining orqasida bozor va bozor munosabatlari jarayoni ketayapti. Bu jarayon to'o'ridan-to'o'ri bizga tegishlidir, chunki ta'lim muassasalari o'rtasidagi raqobat tushunchasi ularni

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

raqobat qobiliyati, ta'lim sifati, ijtimoiy buyurtmalar bularning hammasi turmushimizga kirib kelayapti.

Bugungi kunda maktab va oliy ta'lim tizimidagi an'anaviy va ommaviy ko'rinishdagi ta'lim va tarbiya jarayonlari o'rniga ta'lim muassasalari rivojlanishida o'ziga xos yangilik bo'lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya (in-"lik", novus-"yangi") yangilik kiritish, yangilik degan ma'noni anglatadi. "Innovatsion ta'lim" deganda odatda o'quv jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta'lim tizimida innovatsiya o'zgartirish bilan bevosita boo'liq. Bunday o'zgartirishlar ta'lim tizimining: -maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga; -pedagogik faoliyatdagi o'ziga xoslik va o'quv-bilish jarayonini tashkil etishga; - ta'lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga; - o'quv-metodik ta'minotiga; - tarbiyaviy ishlar tizimiga; - o'quv reja va o'quv dasturlariga; - o'quvchi va o'qituvchi faoliyatiga boo'liq. Yangilik tarixiy aspektda nisbiylik ahamiyat kasb etadi. Yangilik aniq tarixiy xarakterga ega, ya'ni o'z vaqtidan oldin paydo bo'lishi mumkin, o'z vaqtida me'yor bo'lishi yoki eskirishi ham mumkin. Maktab yoki oliy tizimning rivojlanish jarayonida, ehtimol ta'lim tizimi butunicha: -absolyut yangiligi (o'xshashi, prototipning yo'qligi); - nisbatan yangiligi; - o'ziga xos, ixtirochiligi ko'rinishidagilar hisobga olinadi. Yangilik xillari (tiplar) maktab va oliy tizimda turlicha asoslarga ko'ra guruhlanadi: Birinchi klassifikatsiya (guruh) yangiliklarni kiritish, maktab va oliy tizimda sodir bo'ladigan pedagogik jarayonga aloqadorligi bilan asoslanadi.

Ushbu jarayonni tushunishga tayanib, quyidagi ko'rinishdagi yangilik xillarini ajratish mumkin: - ta'lim maqsadi va mazmuniga; - pedagogik jarayon metodikasi, vazifalari, usullari, texnologiyalarga; - ta'lim va tarbiyani tashkil etish shakllari va vositalari; - rahbariyat, pedagog va o'quvchilar faoliyatiga. Ta'lim tizimiga ikkinchi klassifikatsiya (guruh) yangilikni kiritish masshtabi (hajmi) belgisiga asoslanadi. Bu yerda quyidagi o'zgarishlarni ajratish mumkin: 8 -bir-birlari bilan boo'liq bo'lmagan lokal va alohida (bir tomonlamalilik); - kompleks, o'zaro bir-biri bilan boo'liq; - butun maktab va oliy tizimni qamrab oluvchi, tizimli. Uchinchi klassifikatsiya (guruh) innovatsion imkoniyatlarga qarab amalga oshiriladi. Bu holatda e'tiborga olinadi: - ta'lim dasturlari, o'quv rejalar, tuzilmalarni takomillashtirish, ixtirochilik, ko'rinishlarni o'zgartirish bilan boo'liq ma'lum va qabul qilinganlarni modifikatsiyalash; -kombinatorlikka (o'zgartirishlar) xos yangilik kiritish; - radikal o'zgartirishlar. Yangilik kiritishning to'rtinchi klassifikatsiyasi (guruh) oldingilariga nisbatan belgilariga asoslanib, guruhlanadi. Bunday yondashuvda yangilik o'rin almashuvchi, bekor qilinuvchi yoki ochib beruvchilarga qarab belgilanadi. Bu holatda maktab va oliy tizimda yangilanish manbai sifatida: - mamlakat, region, shahar, tumanning ehtiyoji sifatidagi ijtimoiy buyurtmasi; -ijtimoiy buyurtmani region va viloyat ahamiyatiga molik qonun va hujjatlarda aks etishi; -inson to'o'risidagi kompleks fanga erishish, ilo'or pedagogik tajriba; - xato va kamchiliklarni sinashda rahbar va pedagoglarning intuitsiyasi va ijodkorligi; - tajrib-sinov ishlari; - chet el tajribalari.

Hozirgi milliy loyihalar saytida "innovatsion ta'lim" iborasi paydo bo'lmoqda va unda aytilishicha innovatsion ta'lim o'qitishni yangi bilimlarni yaratish jarayonida amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu esa bugungi kunda mavjud "Innovatsion ta'lim texnologiyalari"

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

tushunchasi bilan yangi "innovatsion ta'lim" tushunchalarini bir-biridan ajratishni talab etmoqda.

Ta'lim sohasi - mamlakatimizda birinchilardan bo'lib faol innovatsion harakatni boshladi. Ma'lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo'lga qo'yilgan edi. Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko tomonidan o'qitishni jamoaviy o'qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davbidov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta'lim to'o'risidagi qarashlar o'z vaqtida ma'lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta'lim texnologiyalari: dialektik o'qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o'qitishning individual yo'nalishli usuli (A.A.Yarulov), "Ekologiya va dialektika" (L.V.Tarasov), evristik o'qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler, S.Yu.Kurganov), loyihali o'z-o'zini refleksiya (G.P.Shedrovitskaya) va b.q.larni keltirish mumkin.

Yuqoridagi keltirilgan texnologiyalar o'qitishda o'zlashtirishni yuqori ko'tarish, o'quv jarayonida qiziqtirishni, o'quv materialini tushunishni yaxshilashni, funksional savodxonlikni shakllantirishni, loyihali savodxonlikni, nazariy tafakkurni, ekologik va iqtisodiy tafakkurni, kommunikativlikni, ijtimoiy faollikni, fuqarolik ongini, o'z-o'zini anglash va boshqa vazifalarni hal etishga yo'naltirilgan edi.

Hozirda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsion yo'liga o'tgach, ta'lim sohasi ularga faqat yetakchilarni tayyorlash funksiyasini bajardi. Lekin aslida esa boshqacha ko'rinish ko'zga tashlanadi. Ilgari jamiyat uchun uncha ko'p bo'lmagan va mustaqil shakllangan innovatorlar yetarli edi. Yuqorida sanab o'tilgan ta'lim texnologiyalari uchun innovatorlar faqat pedagoglar edi va ularning innovatsiyalari o'quvchilarda zaruriy sifatlarni shakllanishiga yo'naltirilgan bo'lib, innovatsion tafakkur va qobiliyatni innovatsion faoliyatiga yo'naltirishga e'tibor qaratilmagan. Bildirilgan fikrlar "innovatsion ta'lim texnologiyalari" va "innovatsion ta'lim" tushunchalarini quyidagi tarzda ajratib, alohida qarab chiqishni talab etadi:

- innovatsion ta'lim texnologiyalari va dasturlari ;

- bu barcha ta'lim texnologiyalari, yaratuvchi va ularni rivojlantiruvchi pedagog innovatsion faoliyatining natijasi hisoblanadi.

Bir qator rivojlangan mamlakatlar ilmiy laboratoriyalarida (IMEN) IMENpedagogikaga "bilimlarni ixtiro qilish" deb nomlangan yangi metod yaratildi. IMEN ning integratsiya asoslari eng ko'p tarqalgan barcha innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan birgalikda ishlab chiqildi. Buning qo'shimcha samarasi - turli pedagogik texnologiyalarni amaliy dialektika tilida yozib chiqish imkonini beradi. Dunyodagi global o'zgarishlar jarayoni, mamlakatimizdagi iqtisodiy va ijtimoiy- madaniy sohalardagi o'zgarishlar, ta'lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassislarga jiddiy e'tibor qaratishni taqozo etadi.

Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o'lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

1. Yangi o'oya tug'ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2. Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi.

3. Yaratilgan yangilikni amalda qo'llay bilish bosqichi.

4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.

5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o'zining yangiligini yo'qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo'ladi.

6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo'llanish doirasini qisqartirish bosqichi. Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:

- pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;

- nihoyat amalga oshish qonuni;

- qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;

- pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni.

Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar:

1. Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o'tadi, ya'ni innovatsion jarayonda unga bo'lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart sharoitlari tizimi, usullari va yo'llariga ongli munosabat bo'lmaydi.

2. Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir.

Pedagogik yangilik dastlab ayrim o'qituvchilarning faoliyatiga olib kiriladi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob'ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi. V.A.Slastenin o'tkazgan tadqiqotlar o'qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:

• mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat

qilish;

• kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklarni aniqlash;

• yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;

• yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;

• yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.

O'qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho

berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. O' qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo'nalishda amalga oshirilishi lozim:

- yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;

- yangicha harakat qila olishga o'rgatish.

O'qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim komponentlaridan biri yuksak professionalizm - akmeologiya, yunoncha eng oliy nuqta, eng gullagan davr, yuksak

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

professionalizm ma'nolarini beradi. Kasbiy intelletual yetuklik va mahoratni bildiradi. Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko'rsatiladi:

• iste'dod nishonalari;

• uquvlilik;

• qobiliyat;

• iste'dod;

• oila tarbiyasi sharoiti;

• o'quv yurti;

• o'z xatti-harakati.

Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta'limning ham mazmun hamda tashkiliy tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita boo'liq. Bu jarayonlarning asosi bo'lib oxirgi uch, o'n yillikda pedagogik ta'lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi bo'ldi. (A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q) Pedagogik ta'lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo'nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo'nalishli ta'lim sohasidagi ishlanmalarni, ta'limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta'limni ko'p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko'rsatish mumkin. Oxirgi o'n yillikda pedagogik innovatikani nazariy asoslari ishlab chiqilyapti. Ayniqsa, K.Anglovskiy M.V. Klarin, V.Ya.Lyaudis, M.N.Pota^nik, S.D.Polyakov, T.I.Shamova, O.T.Xomeriki, N.R.Yusupbekova, V.A.Slastenin va b.q.larning ishlarida pedagogik professionalizmni rivojlantirishning o'ziga xos tomonlarini aniqlash va oliy ta'limda o'qitish jarayonida bo'lg'usi o'qituvchining innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning bahs mavzusi bo'lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdixadirovna, U. D. (2022). The role of digital pedagogy in the development of student oral and written speech in primary school mother tongue lessonst.

2. Abdikhadirovna, U. D. (2022). Possibilities of improving the methodology of preparing primary class students for the international assessment program based on digital technologies (example of pirls). Innovation in the modern education system, 3(25), 159-163

3. Mavlonova R.A., To'raeva O.T., Xoliqberdiev K.M. -«Pedagogika» T., «O'qituvchi » -2008-y.

4. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. "Pedagogika" - T.: Faylasuflar Milliy jamiyati, 2010-y.

5. Yo'ldoshev J.G'., S.Hasanov, M.SHirinov. "Magistrantlarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash. O'quv metodik qo'llanma. Fan va texnologiyalar. T: 2011-y.

6. Juraev R.H.,Tolipov U.Q., SHaripov SH.S., "Uzluksiz ta'lim tizimida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'nalitirishning ilmiy-pedagogik asoslari" T.:, Fan nashiryoti, 2004- yil.

7. www. Ziyonet. Uz

8. www. edu. Uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.