Научная статья на тему 'ZAMONAVIY SHE’RLARDA HAJV EFFEKTLARINI HOSIL QILISH'

ZAMONAVIY SHE’RLARDA HAJV EFFEKTLARINI HOSIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hajv / Erkin Vohidov / metafora / Matmusa / folklor.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Boboyev Temur

O‘zbek tilida yaratilgan hajviy she’rlar ham boshqa tillarda yaratilgan yumoristik she’rlar kabi bir necha asrlarga borib taqalsada, barcha zamonlar uchun taalluqli bo’lib qolaveradi. She’rlarda ilgari surilgan didaktik g’oyalar o’zining ta’limiy-tarbiyaviy qiymatini hech qachon yo’qotmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY SHE’RLARDA HAJV EFFEKTLARINI HOSIL QILISH»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

ZAMONAVIY SHE'RLARDA HAJV EFFEKTLARINI HOSIL QILISH

Boboyev Temur

O'zDJTU doktoranti

Annotatsiya: O'zbek tilida yaratilgan hajviy she'rlar ham boshqa tillarda yaratilgan yumoristik she'rlar kabi bir necha asrlarga borib taqalsada, barcha zamonlar uchun taalluqli bo'lib qolaveradi. She'rlarda ilgari surilgan didaktik g'oyalar o'zining ta'limiy-tarbiyaviy qiymatini hech qachon yo'qotmaydi.

Kalit so'zlar: hajv, Erkin Vohidov, metafora, Matmusa, folklor.

Аннотация: Шуточные стихи, написанные на узбекском языке, как и юмористические стихи, написанные на других языках, насчитывают несколько столетий, но остаются актуальными во все времена. Дидактические идеи, изложенные в стихотворениях, никогда не теряют своего воспитательного значения.

Ключевые слова: юмор, Эркин Вахидов, метафора, Матмуса, фольклор

Annotation: Comic poems written in Uzbek, like humorous poems written in other languages, date back several centuries, but remain relevant at all times. Didactic ideas presented in poems never lose their educational value.

Keywords: humor, Erkin Vakhidov, metaphor, Matmusa, folklore.

Zamonaviy hajviy she'rlarda hajv effektlarini hosil qiluvchi vositalardan o'rinli foydalanib, hajviy tasvir yaratilgan vaziyatlarni ko'rish mumkin. Erkin Vohidovning "Donishqishloq latifalari" turkumiga kiruvchi hajviy she'rlarida Matmusa obrazi orqali xuddi shunday kulgi yaratuvchi vositalar ishlatilgan. Masalan,

Biz undoq, biz bundoq deb

Sayrab yurar Matmusa.

Kishining sayrab yurishi albatta noodatiy holat hisoblanadi sababi sayrash faqat qushlargagina xos bo'lib, shoir bu o'rinda qahramonni odamlarga maqtanib yurganligini shu usulda ko'rsatgan deyish mumkin. Insonga xos xususiyatlarni

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

jonivorlarga yoki jonivorlarga xos bo'lgan xususiyatlarni insonlarga ko'chirish orqali ham metaforik usulni hosil qilish mumkin. shu bilan birga, Matmusaning sayrab yurishi ma'nosi "maqtanish", "kekkayish" ma'nolari ifodalangan.

Yoki quyida kishilarning jamiyatdagi bema'ni hatti-harakalariga ishora qiladi:

Bizlar arra tortmoqdamiz, Arramizning tishi yo 'q. Nega arrang tishi yo 'q, deb So 'raydigan kishi yo 'q.

Bu she'rda ham shoir tishi o'tmas arra bilan o'zi o'tirgan shoxni arralayotgan kishilar misolida jamiyatdagi yolg'on ishlarni, illatlarni qoralab, yolg'onchi amaldorlarni hajv qiladi. Bu she'rda shoir vazifadoshlik asosidagi ma'no ko'chish usulini qo'llagan. Inson tishi va arra tishi o'rtasidagi o'xshashlik va vazifadoshlik ma'no ko'chishning bir turi sifatida hajviy she'rlarda ta'sirchanlikni oshirishda yordam beradi. She'rdagi o'zi o'tirgan qurigan shoxni o'tmas arra bilan kesish holati jamiyatdagi ba'zi amaldorlarning xalqni aldash, chalg'itish, ko'zini shamg'alat qilib go'yoki xalqning muhim ishlari bilan o'zlarini banddek qilib ko'rsatish yoki o'zlariga o'xshash biror yolg'onchi amaldorni xalq ko'zicha mana ko'rib qo'yinglar biz ularni jazolayapmiz degan ma'nodagi harakatlarni bajarayotgandek tushunish mumkin.

Shu bilan birga, hajviy she'rlarda mubolag'a tasviriy vositasini qo'llash orqali ham hajviy obrazni yaratish mumkin. Mubolag'a asosan voqea hodisalarni asardagi qahramon orqali uning hatti-harakatlarini, qiyofasini bo'rttirish orqali adresatda kulgi uyg'otadi. Masalan, Erkin Vohidovning "Boshindadur" hajviy she'ridagi olifta yigitcha obrazi mubolag'a orqali kulgili tasvirlangan. Nay misol shim kiygan ul Sandiqdayin tufli bilan, Hurpayib turgan savatdek Soch aning boshindadir.

Bu she'rda ayni balog'at yoshidagi o'spirin yigit tasvirlanganligini shimning nay misol ingichka ekanligidan, sandiqday qo'pol, dag'al tufli kiyib olganligidan va sochi savatdek hurpayib turganligidan bilish mumkin. Bu kabi ma'no bo'rttirish holatlari

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

she'mi voqeadan ko'ra ko'proq obrazning tasvirlanishi kulgiliroq qiladi. She'rdan ko'zlangan maqsad adresatda kulgi uyg'otish bilan birga jamiyatdagi kamchilik sifatida yoshlarning ommaviy madaniyatga bilib-bilmay, zamona urfi deya ko'r-ko'rona ergashishi tanqid qilinib, hajv qilingan. Zamonaviy jamiyatdagi kamchilik hajvga olingan bo'lsada, lekin she'r tarixiy yozuv tamoyili asosida yozilganligini misol, ul, sandiqdayin, aning va boshindadur kabi so'zlardan farqlash mumkin. Sababi, bu she'r Alisher Navoiyning "O'n sakkiz olam oshibu agar boshindadur" g'azaliga nazira (o'xshatma) sifatida yozilgan zamonaviy g'azal deyish mumkin. Navoiyning bu g'azali ishq muhabbat izhoriga bag'ishlangan va unda yor tasviri tasvirlangan bo'lsa, Erkin Vohidov ijtimoiy kamchiliklarni satira qilib tasvirlagan. She'rning dastlabki baytlari yengil yumorda yozilgan bo'lsa, keyingi satrlar satirik ruhda davom etadi.

O 'zgalardan kulgay erdi ko 'cha-ko 'yda bir zamon,

Aqlg'a yuz hayrat, emdi-bul uning qoshindadir.

Bir paytlar birovlarning ustidan kulgan ota, hozirda o'zi shu muammoga duch kelib turganligini shoir misralarda go'yoki, birovning ustidan kulmagin zinhor, sening ham ustingdan kulguchilar bor maqolini qo'llagandek tuyuladi. Erkin Vohidovning hajviy she'r yozishdagi o'ziga xos xususiyatlaridan biri tarixiy-an'anaviy tamoyil asosida she'r yozish hisoblanadi. Zamonaviy she'rlarda tarixiylik elementlarini mavjudligi ta'sirchanlik, emotsional-ekspressivlikni oshiradi va so'z lug'at tarkibini boyligini ko'rsatadi.

Har qanday tilda mavjud bo'lgan barcha so'zlar shu tilning lug'at tarkibini tashkil qiladi. Til asosan ikki usul orqali: ichki va tashqi imkoniyatlar orqali boyib boradi. Ichki boyish vositasi sifatida so'zlarga qo'shimcha qo'shish yoki so'zlarga so'z qo'shish orqali amalga oshiriladi. Ba'zan sheva so'zlaridan foydalanish orqali ham ichki manba boyib boradi. Tashqi manba sifatida boshqa tillardan o'zlashgan so'zlar tushuniladi.

She'riy til ham ma'lum bir tilning lug'at boyligiga asoslanadi. Badiiylik, obrazlilik va ekspressiv ta'sirchanlik she'riyatda badiiy nutqdan ko'ra ko'proq ko'zga tashlanadi. She'riy tilning o'ziga xosligi she'rning mohiyatidan, ma'nosidan,

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

adresatga yetkazishdagi maqsadidan kelib chiqadi. Shu bilan birga, she'rda tasviriy vositalardan foydalanish ayniqsa, hajviy she'rlarda obrazlilik va ekspressivlikning keng ko'lamda ishlatilishi natijasida fikrni lo'nda ifodali yetkazishni ta'minlaydi. Umuman, she'riyatning o'ziga xos xususiyati sifatida ichki qat'iy o'lchovdorlik (masalan, ritm, qofiya), ohangdorlik va an'anaviylikni aytish mumkin. she'riy nutqni ma'lum bir o'lchovlarga egaligi avvalombor, nutqni ixchamlashtiradi va she'rda okkazional so'zlarni qo'llanilishi natijasida ham she'r leksikasi boyib boradi. Shu o'rinda poetik leksikalarni qo'llash orqali shoir o'z uslubini yaratadi. Sinonim so'zlarni qo'llash orqali shoir so'zlarni o'zi tanlab olishi mumkin. Masalan, tirik-barhayot. Aynan barhayot shakli she'riy nutqqa mos tushadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, she'r tarkibida badiiy tasvir vositalari bo'lmasligi mumkin, lekin she'rdagi so'zlar badiiy nutqdan holi bo'lmaydi. Badiiy nutq badiiy asar tilidan ko'ra kengroq tushunchadir chunki u tilning ekspressiv vazifalarini o'z ichiga oladi. She'riy nutq tilning muayyan ichki qolipiga solingan, ma'no ko'chishiga asoslangan va hissiy so'zlarga to'yingan alohida ko'rinishi hisoblanadi.

Hajviy she'r nutqi ham ma'lum bir o'lchov asosida takrorlanib turuvchi ritmga tayanadi. Shu xususiyat orqali she'riy nutq oddiy muloqot tilidan farq qiladi. Shu bilan birga, she'riy nutqni yaratishda poetik sintaksis hodisalardan inversiya, sintaktik parallelizm kabi hodisalar, fonetik vositalardan vokal, konsonans, alliteratsiya, anafora, epifora va gradatsiya kabi turlari hajviy she'rning ta'sirchanlik darajasini oshirishda ishlatilishini ta'kidlash mumkin.

Har qanday badiiy matn asosida so'z va shu so'zlarning mantiqiy birlashishi natijasida hosil bo'lgan sodda va murakkab tuzilishga ega sintaktik birliklar yotadi. She'rlarda o'ziga xoslikni ta'minlashda badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishning asosiy tamoyillari sifatida keltirilgan badiiy aktuallashgan leksik vositalardan — badiiy takror, ko'chimlarning: metafora, metonimiya, sinekdoxa va jonlashtirish kabi ma'no turlari ahamiyatga ega. Bunday birliklar badiiy asarning emotsional ekspressivligini ta'minlovchi tasviriy vositalar hisoblanadi. Masalan, "sayramoq", "pishiq" kabi so'zlarni aytish mumkin.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Misralarda takrorning qo'llanilishi so'zning yangi ma'no qirralarini ochadi va shu asosda uning semantik maydoni kengayadi va emotsionallik xususiyati ortadi. Bu holat badiiy takrorning nasr va nazmda muhim ekanligini bildiradi. Badiiy matnlarda faol hisoblangan leksik vositalar asosida o'xshatish, qiyoslash, jonlantirish kabi mantiqiy tushunchalar badiiy matnni xususan hajviy she'rlarni tahlil qilishda muhim hisoblanadi.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash mumkinki, zamonaviy she'rlarda ham metafora asosiy kulgi hosil qiluvchi vosita sifatida qaraladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1) Лотман Ю. Анализ поэтического текста, Издательство « Просвещение» Ленинградское отделение Ленинград,1972, c 274

2) Boltaboyev H. Sharq mumtoz poetikasi, Toshkent, O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008, 429 b

3) O'zbek tilining izohli lug'ati, Toshkent O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006

4) Qurbonova M., Yo'ldoshev M. Matn tilshunosligi, Toshkent, Universitet, 2014, 116 b

5) Vohidov E. Qiziquvchan Matmusa, Toshkent, Yoshlar nashriyot uyi, 2018, 96 b

6) Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, Erkin Vohidov ijodining Turkiy xalqlar madaniyatida tutgan o'rni//Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Toshkent, 2022, 372 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.