Научная статья на тему 'SHE’RIY LATIFA'

SHE’RIY LATIFA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
371
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Latifa / she’riy latifa / she’riy novella / she’riyat va folklor / E.Vohidovning ”Donishqishloq latifalari” turkumi. / anecdots / lyrical anecdots / lyrical novella / poetry and folklore / category of "Anecdots of Donishqishloq" by Erkin Vohidov.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Axmatova, Muxlisa

Shoir Erkin Vohidovning “Donishqishloq latifalari” turkumi asosida folklorning tarkibiy qismlaridan biri she’riy latifa o’rganildi. She’riyat va folklor uyg’unligi tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POETIC ANECDOTE

Based on the category of “Anecdots of Donish qishloq” by the poet Erkin Vohidov, one of the components of folklore, lyrical anecdot was studied. Compatibility of poetry and folklor was analyzed.

Текст научной работы на тему «SHE’RIY LATIFA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SHE'RIY LATIFA

Axmatova Muxlisa

Samarqand davlat universiteti magistranti

Tel: +998946581474

ANNOTATSIYA

Shoir Erkin Vohidovning "Donishqishloq latifalari" turkumi asosida folklorning tarkibiy qismlaridan biri she'riy latifa o'rganildi. She'riyat va folklor uyg'unligi tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: Latifa, she'riy latifa, she'riy novella, she'riyat va folklor, E.Vohidovning "Donishqishloq latifalari" turkumi.

POETIC ANECDOTE

Akhmatova Mukhlisa

Master student of Samarkand State Unversity Tel: +998946581474

ABSTRACT

Based on the category of "Anecdots of Donish qishloq " by the poet Erkin Vohidov, one of the components of folklore, lyrical anecdot was studied. Compatibility ofpoetry and folklor was analyzed.

Keyword: anecdots, lyrical anecdots, lyrical novella, poetry and folklore, category of "Anecdots of Donishqishloq" by Erkin Vohidov.

Поэтический анекдот, один из компонентов фольклора, изучался на основе цикла «Анекдоты села» поэта Эркина Вахидова. Анализируется гармония поэзии и фольклора.

Ключевые слова: Латифа, поэтический анекдот, поэтическая новелла, поэзия и фольклор, цикл Э.Вахидова «Донишкишлок латифалари».

Latifa o'zbek xalqining tabiatiga juda mos tushadigan, uning maromini belgilab

beradigan xalq og'zaki janrlaridan biri. O'zbekning biror to'yi, marakasi, marosimi

672

ПОЭТИЧЕСКИЙ АНЕКДОТ

Ахматова Мухлиса

Магистр Самаркандского Государственного Университета

Tel:+998946581474 АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

o'yin-kulgusiz o'tmaydi. Ana shu xushchaqchaqlikning, a'lo kayfiyatning boshida latifago'ylik turadi. So'zga chechan, so'zamol, gapdon odamlar har bir voqea-hodisadan, xatti-harakatdan, gap-gashtakdan latifalar yasab tashlayveradilar. Menimcha, folklorizmlar xuddi ana shu janrda o'zining asl tabiatini ko'rsata oladi. Afsuski bu aytganlarimiz og'zaki tarzda nasriy, sochma ko'rinishda bo'ladi. Yozma shaklda, she'riy ifodadagi folklorizm ko'rinishlari ommaviy tus olib ketmagan. She'riyatda Anvar Obidjon, Orif To'xtash,Tursunboy Adashboyev kabi shoirlarning bolalar uchun hazil tarzda yozilgan she'rlarida nozik qochirim, xotimadagi portlash latifa janri xususiyatlariga to'g'ri keladi. Lekin ular folklorizmlar emas. Haqiqiy ma'nodagi folklorizmlar esa Erkin Vohidovning "Donishqishloq latifalari" nomli turkum latifalarida to'liq namayon bo'ladi.

Latifa (ar. nozik, yoqimli, zarif) xalqning o'tkir mushohadasi asosida qurilgan yoqimli va nozik kulguli eng kichik nodir "hikoya"sidir. Unda eng qisqa shakldagi qiziq voqeaning bir epizodi nasriy yo'lda kulgili qilib aytiladi, epizod qiziqarli umumlashmaga, muhim fikrga, yorqin ifodaga boy bo'ladi. Bu xususiyati topqirlik va mahorat bilan yaratilgan bo'lsa, kishi xotirasida uzoq saqlanadi. Ayni paytda, ular og'izdan og'izga tez o'tib, yanada sayqallashadi.

Latifaning eng muhim xususiyatlaridan yana biri undagi konfliktning ikki (ijobiy va salbiy) qutbligidir, uning yorqin, bo'rtib ko'rinishidir, "boshqacha bo'l ishi mumkin", degan tushunchaga o'rin qoldirmasligidir".1 Adabiyotshunos H.Umurov latifaga o'zga mos ta'rif beradi. Uning nazariy jihatlarini to'g'ri anglaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqotchi A.Toshpo'latov she'riy latifalarni she'riy novellalar deb ataydi. Nazarimizda, she'riy hikoyalardagi novellaga xos kutilmagan yechim, o'tkir konflikt, fikr so'ngidagi portlash kabi xususiyatlar novella va latifaning asosiy janr ko'rsatgichlari ekanligidan shunday xulosaga kelinadi. Erkin Vohidovning "Donishqishloq latifalari" turkum she'riy novellalari xalq og'zaki ijodi namunalari bo'lmish latifalar asosida yaratilgan. She'riy asarlarga xos qofiya, ritm - shu asosdagi ohangdorlik oddiy tuyulgan latifalarga jon bag'ishlaydi. Zamonaviy mazmun bilan boyitiladi. Ta'sir doirasi kuchaytiriladi. Ularda muayyan bir kishi tabiatida uchraydigan qusurlardan tortib, jamiyatga xos illatlargacha kuyunchaklik bilan qalamga olinadi. O'zi mansub jamiyat, o'zi farzand bo'lgan millat, o'zi zamondoshi bo'lgan kishilarga xos kamchilik va qusurlarni, goh hazil, goh hajv yo'sinida

1 Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2004. 221-b.

673

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

tasvirlagani uchun shoir ularga o'zini ham daxldor deb biladi"2, deb yozadi. Adabiyotshunos Laylo Sharipova esa "She'riyat va folklor" monografiyasida "XX asrning 70 yillarida E.Vohidov she'riy latifalar yaratdi. Shoir xalqona hajvni yozma she'riyatga ko'chirib, bu borada o'ziga xos yo'l tutdi. Bu she'riy latifalardagi satira va yumor o'zbekka xos askiya, xalqona qochirimlardan o'sib chiqqan. Ularda xalq latifalaridan farqli o'laroq, bosh qahramon Matmusa. Shoir "Matmusaning qishlog'i", "Matmusaning charxpalagi", "Matmusaning uylanishi", "Qiziquvchan Matmusa", "Matmusa rassom" kabi she'riy latifalarini "Donishqishloq latifalari" umumiy nomi ostida birlashtirdi. Latifalar o'n yettita bo'lib, shoir ularni 1976-1991- yillar davomida yaratgan".3

Ko'rinadiki, har ikkala tadqiqotchi ham she'riy latifalar deyilganda, aynan Erkin Vohidovga yuzlanadi. Uning bir qator turkum latifalaridan misollar keltirib, tahlil qiladilar. Biz ham an'anaga sodiq qolgan holda Erkin Vohidovning tahlilga tortmagan latifalarini tahlilga tortamiz.

Erkin Vohidov latifalari maxsus turkum bo'lgani uchun u latifalar bosh qahramoniga ism beradi - Matmusa. Bunday holat adabiyot uchun begona emas. Folklordagi latifalar ham Nasriddin nomi bilan sharaflangan. Har qanday ijtimoiy kulgili biror voqea-hodisaga Nasriddin bosh qahramon vazifasini o'tab beradi. Shu bois latifaning bu ko'rinishlarini xalqimizda latifa o'rnida "afandi" so'zi ham ishlatiladi. "Donishqishloq latifalari" bir qaraganda, xuddi sarguzasht asarlardagi kabi kichik-kichik hikoyalardan tashkil topgan yaxlit bir asarga o'xshaydi. Balki shuning uchundir, she'riy latifalar Matmusaning qishlog'i, odamlari tasviridan boshlanadi. Bu bilan shoir kitobxonlarni hajv va mutoyibaga qiziqishlarini oshiradi. Shunga tayyorlaydi. Ularning joy nomlarini aytish orqali, unchalik begona emasligi, o'zimizdan ekanligi. Aldarko'sa va kalko'sa bilan bir qishloqda yashashligini aytadi. Aldarko'sa qazoq xalqlarida Nasriddinga o'xshash obraz sanaladi. Chunonchi shoir bu bilan latifalarni o'zim to'qimadim. O'z xalqimiz repertuaridan yig'ib sizga taqdim etyapman degan fikrni tasdiqlaydi.

Folklorda latifalar qahramonlari donishmand yoki go'l, sodda yoki puxta bo'ladi. Erkin Vohidov latifalarida barcha e'tibor soddalikka, go'llikka qaratiladi.

Shoirning "Matmusaning lagani" she'riy latifasi ko'proq oqibatni o'ylaydigan, biror ishni boshlamasdan oldin uni foyda-ziyonini o'ylab bosh qotiradigan, shuning uchun hech bir ishni boshlay olmaydigan ehtiyotkor odamning xatti-harakatlaridan so'zlaydi. Xayrli yumush boshlashda qo'rqmasdan Ollohga tavakkal qilish ham

2 Toshpo'latov A. Novella janri. Samarqand. SamDU nashri. 2014. 77-b.

3 fflapnnoBa H. ffleipnaT Ba $o^bK^op.... 123-b.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

yomon emasligini uqtirmoqchi bo'ladi shoir.

Mashoyixlar gapi bor Ish ko'zini bil, degan. Har yumushda ertaning Hisobini qil, degan. Nima qilsam ekan deb, Bir dam o'yga toldi u. So'ng laganni sindirib, Chigalatib oldi u.4

"Matmusaning uylanishi" she'riy latifasi 40-50 yillar oldin yozilgan bo'lsa-da, ayni bugungi vaqt hangomalaridan so'zlaydi. Telefon, ijtimoiy tarmoqlar avj olib ketgach, yigitlarimiz boshqa shaharlardan, viloyatlardan tanimagan, bilmagan qizlar bilan tanishib-uylanib aldanib qolayotganlari ham yo'q emas. Yaxshi qiz mahalladan, qo'shnilardan ortmaydi. Degan iboralar hali ham kuchini yo'qotgani yo'q. Shunday ekan yigitlar bir ishni boshlamasdan oqibatini o'ylashsalar yomon bo'lmasdi, deb o'ylayman. Albatta ularga shu latifani o'qishni tavsiya etgan bo'lardim.

Safar qildi Matmusa Olisdagi shaharga. Ul shaharda yo'liqdi Bir hur pari-paykarga. Bo'ydoq edi Matmusa, Uzoq turmay uylanib, Qishlog'iga qaytdi u Ul sanamga uylanib. Hay'atlarda kekkayib Yayrab yurar Matmusa. Biz undoq, biz mundoq deb Sayrab yurar Matmusa.

"Matmusa rassom" she'riy latifasida shoir izmlarga qarshiligini bildirgan deb o'yladim. Modernizm atamasi ostida yoziladigan she'rlar xalqona ohanglardan xoli, tushunarsiz. Kitobxonlar orasida norozilikka sabab bo'layotgan noan'anaviy tasvir ifodalari ustidan shoirning noroziligi, oqimlarga salbiy munosabati deb tushunish to'g'riroq bo'ladi.

Ayniqsa, deng ayollar, Qarab-qarab oldi u.

4 Boxuab Э. Y36erHM T. O'zME. 2006. 240-b. barcha she'rlar shu kitobdan olindi.

675

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Boqib ba'zi suratga, Surat bo'lib qoldi u. Biri-biridan qiziq, Bir-biridan zo'r, ammo Abstrakt san'atga Tushunmadi mutlaqo.

"Donishqishloq latifalari" turkum she'rlari tarkibiga kirmagan shoirning yana bir shu yo'nalishdagi she'riy latifasi borki, ijtimoiylik zalvori, badiiy-g'oyaviy qimmati bilan turkum latifalardan alohida ajralib turadi. Bu she'r bir o'rinda "Yangi zamon shum bolasi", bir o'rinda shunchaki, "Shum bola" deb nomlangan. Bu ham folklorga begona emas. U "qirq yolg'ondan bir yolg'on" ertagi sujeti asosiga qo'rilgan. Yangi zamon shum bolasi yangi zamon boyining oldiga keladi.

Fazilatim ko'pdir, yana Aybimni ham aytganian. Lekin endi yangi zamon Men yolg'ondan qaytganman. Chunki endi yolg'onni hech Aybgina deb bo'lmaydi. Aldaganni balo urmas Aldangan ham o'lmaydi.

G'afur G'ulom "shum bola"si ba'zan yolg'on gapirib qo'yishini illat hisoblasa, Erkin Vohidov "shum bola"si rost gapirib qo'yishidan xavotirda. To'g'ri so'zdan, haqiqatning oshkor bo'lib qolishidan qo'rqqan tovlamachi boy uni quvib soladi.

Boy otaning jahli chiqdi, Dedi, ko'nglim zormidi? Yolg'oningga chidab edim, Rost gaping ham bormidi? Yo'qol, seni ishga olsam Xonavayron bo'laman. Yolg'oningdan omon qoldim, Rost gapingdan o'laman.

Erkin Vohidov folklorizmlaridagi satirik, komik fojiaviy usulda yozilgan mazkur she'riy latifa bugun ham uchrab turadigan ba'zi ijtimoiy illatlarni ayovsiz fosh etishi bilan ham e'tiborli. Rost, haqiqatning qudrati bilan ming yillik sirlar ochilishi, yolg'ondan iborat "binolar" qulab tushishi ayni haqiqatdir. Shuning uchun ham bu she'rning darajasi juda yuqori turadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Shuni ta'kidlash lozimki, Erkin Vohidovning "Donishqishloq latifalari" turkumi folklorizm namunalari hisoblanib, kitobxon diqqatini o'zining xalqona ohanglari, qo'shiqlariga eshligi bilan o'ziga torta oladi. Odamlar Matmusaning soddaligidan kulish bilan, o'zida shunday illatlar bo'lsa, yo'qotishga, aqlli va idrokli inson bo'lishga harakat qilishadi. Ruhiyati ko'tarilib qalbi tozaradi. She'riyatning, qolaversa, badiiy kashfiyotlarni ijtimoiy ahamiyati ham shunda.

REFERENCES

1. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2004. 221-b.

2. Toshpo'latov A. Novella janri. Samarqand. SamDU nashri. 2014. 77-b.

3. Шарипова Л. Шеърият ва фольклор.... 123-b.

4. Вохидв Э. Узбегим T. O'zME. 2006. 240-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.