Научная статья на тему 'ERKIN VOHIDOVNING ADABIY TANQIDIY QARASHLARIGA DOIR'

ERKIN VOHIDOVNING ADABIY TANQIDIY QARASHLARIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2149
234
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Erkin Vohidov / adabiyot / adabiyotshunoslik / she’r / shoirlik / iste’dod / ilhom / ijod / san’at / Erkin Vahidov / Literature / Literary Criticism / Poetry / Poetry / Talent / Inspiration / Creativity / Art

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirsanova, Moxira

Ijodkorlarning adabiytanqidiy qarashlarini o`rganish natijasida barcha adabiy asarlarni, she`rlarni to`g`ri tahlil qilishni o`rganamiz, adabiyotni chuqurroq anglaymiz, har bir atamalarning ma`nosini yaxshiroq tushunamiz. Qaysi adabiyotda adabiytanqidchilik rivojlansa o`sha adabiyotda yuksalish bo`ladi. Chunki tanqid xatolarni to`g`rilash uchun muhim vosita, shu sabab barcha adabiyotshunoslarimiz fikrlarini, qarashlarini o`rganishimiz va xulosa chiqarishimiz lozim. Shu o`rinda O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga to`xtalsak, ijodkor o`zining sermahsul she`riyati bilan barchamizga ma`lum , bu she`riyat XIX asrning oxiri , XX asrning boshlaridagi o`zbek she`riyatining yuksak darajadagi namunalaridan biridir. Ijodkor asarlari tarkibidan doston va drammatik asarlar ham o’rin olgan, va bu janrda yaratilgan ajoyib asarlar qatorida turadi. Bulardan tashqari adabiyotshunoslikka oid “ To`la asarlar to`plami”ning 5-jildi “ Qalb sadoqati” deb nomlanadi va unda maqolalar, adabiy o`ylar, suhbatlar to`plangan. Bu jild orqali ijodkorning adabiytanqidiy qarashlaridan yetarlicha bahramand bo`lishimiz mumkin. Ushbu maqolada Erkin Vohidovning o`zbek adabiyoti, umuman adabiyotshunoslik masalalari, she’riyat, shoirlik, san`at haqidagi adabiytanqidiy qarashlari, ijod nima? She`r nima? Ilhom nima? Kabi savollarga bergan mulohazalari to`g’risida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON ERKIN VOKHIDOV'S LITERARY-CRITICAL VIEWS

As a result of studying the literary-critical views of the creators, we learn to correctly analyze all literary works, poems, understand literature deeper, and better understand the meaning of each term. In the literature in which literary criticism develops, there is an increase in literature. Since criticism is an important tool for correcting mistakes, we need to study the views and opinions of all our literary critics and draw conclusions. If we talk about the work of the national poet of Uzbekistan Erkin Vakhidov, then we all know him with his prolific poetry, which is one of the highest examples of Uzbek poetry of the late ninth early twentieth centuries. His works include epic and dramatic works and are among the greatest works of this genre. In addition, the 5th volume of the Complete Collection of Literary Works is called Loyalty to the Heart and contains articles, literary thoughts, interviews. In this volume, we can enjoy the literary-critical views of the author. What are Erkin Vakhidov's literary-critical views on Uzbek literature, literary criticism in general, poetry, poetry, art and creativity in this article? What is a poem? What is inspiration? The following article discusses the the comments on issues.

Текст научной работы на тему «ERKIN VOHIDOVNING ADABIY TANQIDIY QARASHLARIGA DOIR»

Scientific Journal Impact Factor

ERKIN VOHIDOVNING ADABIY- TANQIDIY QARASHLARIGA DOIR

Mirsanova Moxira

Samarqand davlat universiteti magistranti (O'zbekiston)

Ijodkorlarning adabiy- tanqidiy qarashlarini o^rganish natijasida barcha adabiy asarlarni, she^rlarni to^g^ri tahlil qilishni o^rganamiz, adabiyotni chuqurroq anglaymiz, har bir atamalarning ma^nosini yaxshiroq tushunamiz. Qaysi adabiyotda adabiy- tanqidchilik rivojlansa o^sha adabiyotda yuksalish boladi. Chunki tanqid xatolarni to^g^rilash uchun muhim vosita, shu sabab barcha adabiyotshunoslarimiz fikrlarini, qarashlarini o^rganishimiz va xulosa chiqarishimiz lozim. Shu o^rinda O^zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga to^xtalsak, ijodkor o^ziningsermahsul she^riyati bilan barchamizga malum , bu she^riyat XIX asrning oxiri , XX asrning boshlaridagi o "zbek she "riyatining yuksak darajadagi namunalaridan biridir. Ijodkor asarlari tarkibidan doston va drammatik asarlar ham o'rin olgan, va bu janrda yaratilgan ajoyib asarlar qatorida turadi. Bulardan tashqari adabiyotshunoslikka oid " Tola asarlar to^plami"ning 5-jildi " Qalb sadoqati" deb nomlanadi va unda maqolalar, adabiy o^ylar, suhbatlar to^plangan. Bu jild orqali ijodkorning adabiy-tanqidiy qarashlaridanyetarlicha bahramandbolishimiz mumkin.

Ushbu maqolada Erkin Vohidovning o^zbek adabiyoti, umuman adabiyotshu-noslik masalalari, she'riyat, shoirlik, san^at haqidagi adabiy- tanqidiy qarashlari, ijod nima? She^r nima? Ilhom nima? Kabi savollarga bergan mulohazalari to g 'risida so z boradi.

Kalit so zlar: Erkin Vohidov, adabiyot, adabiyotshunoslik, she'r, shoirlik, iste'dod, ilhom,ijod, san 'at,

As a result of studying the literary-critical views of the creators, we learn to correctly analyze all literary works, poems, understand literature deeper, and better understand the meaning of each term. In the literature in which literary criticism develops, there is an increase in literature. Since criticism is an important tool for correcting mistakes, we need to study the views and opinions of all our literary critics and draw conclusions. If we talk about the work of the national poet of Uzbekistan Erkin Vakhidov, then we all know him with his prolific poetry, which is one of the highest examples of Uzbek poetry of the late ninth - early twentieth centuries. His works include epic and dramatic works and are among the greatest works of this

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

genre. In addition, the 5th volume of the Complete Collection of Literary Works is called Loyalty to the Heart and contains articles, literary thoughts, interviews. In this volume, we can enjoy the literary-critical views of the author. What are Erkin Vakhidov's literary-critical views on Uzbek literature, literary criticism in general, poetry, poetry, art and creativity in this article? What is a poem? What is inspiration? The following article discusses the the comments on issues.

Keywords: Erkin Vahidov, Literature, Literary Criticism, Poetry, Poetry, Talent, Inspiration, Creativity, Art

AННОТАЦИЯ

В результате изучения литературно-критических взглядов создателей мы учимся правильно анализировать все литературные произведения, стихи, глубже разбираться в литературе, лучше понимать значение каждого термина. В литературе, в которой развивается литературная критика, увеличивается литература. Поскольку критика - важный инструмент для исправления ошибок, нам необходимо изучить взгляды и мнения всех наших литературных критиков и сделать выводы. Если говорить о творчестве народного поэта Узбекистана Эркина Вахидова, то все мы знаем его с его плодовитой поэзией, которая является одним из высших образцов узбекской поэзии конца девятого - начала двадцатого веков. Его произведения включают в себя эпические и драматические произведения и входят в число величайших произведений этого жанра. Кроме того, 5-й том «Полного собрания литературных произведений» называется «Верность сердца» и содержит статьи, литературные мысли, интервью. В этом томе мы можем насладиться литературно-критическими взглядами автора.Каковы в этой статье литературно-критические взгляды Эркина Вахидова на узбекскую литературу, литературную критику в целом, поэзию, поэзию, искусство и творчество? Что такое стихотворение? Что такое вдохновение? Поговорим о его комментариях по таким вопросам.

Ключевы слова: Эркин Вахидов, Литература, Литературная критика, Поэзия, Поэзия, Талант, Вдохновение, Творчество, Искусство.

KIRISH

Erkin Vohidov ijodi o'ziga xosligi va ko'p qirraliligi bilan alohida ahamiyatga ega. Uning ijodiyotini qamrab olgan milliylik, odamiylik, muhabbat tarannumi , falsafiylik, tarix zarvaraqlari bilimdoni ekanligi, va bu bilimlarni oz o'rnida satrlar qatiga bita olish mahorati barchamizni hayratga soladi. Ijodkorning faqatgina she'riyati emas, balki dostonlar, drammatik asarlari ham alohida qimmatga ega.

955

Scientific Journal Impact Factor

Bundan tashqari adabiyotshunoslik borasida ham salmoqli ishlar olib borgan. Xususan, "Shoiru she'ru shuur" va boshqa asarlarida she'r, shoirlik mushohadasi, adabiyot, san'at, adabiyotshunoslik va boshqa ko'plab masalalarga alohida to'xtalgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yozuvchi yoki shoirlarning adabiy- nazariy, tanqidiy qarashlari badiiy asarlarni tahlil qilib, tushunishda muhim ahamiyatga ega. Bunday qarashlar ijodkorning badiiy- estetik olamini ochib beradi, shuningdek, adabiyotshunosligimiz adabiy -nazariy fikrlarga boyib boradi, adabiyot havaskorlari ularni o'rganib bilimlarini oshirishadi.

Bu borada o'zbek adabiyotining yorqin namoyondalari Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Oybek, G'afur G'ulom, Abdulla Oripov, O'tkir Hoshimov, Ozod Sharafiddinovlarning adabiyot, adabiyotshunoslik, adabiy tanqidchilik borasidagi xizmatlari beqiyos. Shuningdek, O'zbekiston xalq shoiri, adabiyotshunos olim Erkin Vohidovni ham alohida ta'kidlasak arziydi.

Ijodkorning "Sanatning , adabiyotning sharti - barkamollik va mukammallikdir " [143- bet] -degan qarashlariga to'xtalsak san'atimiz , adabiyotimiz uchun albatta mukammallik juda muhim, adabiyot mukammal asarlar bilan boyib borsa, shundagina unda yuksalish bo'ladi. Ijodkor dunyoqarashining kengligi, fikrining tiniqligiga tahsinlar aytmasdan iloj yo'q.

Erkin Vohidovning she'r va shoirlik haqidagi qarashlariga nazar solsak: "She'r, shoirlik xotirjamlikning mevasi emas"[18-bet]!.

She'r inson ko'nglini yuksaklarga ko'taradi, chinakam go'zal she'rni o'qigan yoki tinglagan qalbda ko'tarinki kayfiyat albatta tug'iladi va satrlar ohangi va mazmuni beixtiyor hayolni band etadi. Rassom biror manzarani mo'y qalam va ranglar orqali tasvirlasa, shoir ahli so'zlar yordamida uni chizadi. Agar shoir so'zning sehr kuchidan ustalik bilan foydalansa, manzara tasviri jilolanib ko'ngilga shu'la soladi. She'rda jo'shqinlik, ko'tarinkilik baland bo'lmog'i lozim, chunki she'riyat ixlosmandlari xotirjamlikni yoqtirmaydi, ular o'ynoqilikni, hayotga muhabbatni ufirib turishini istashadi, va shunday she'rlarni qidirib topishadi.

Ijodkorning '' Shoir Qalbi" she'riga e'tibor qaratamiz:

Shoir qalbi go'yo anor,

She'ri uning sharbati.

Bo'lmas ekan she'r ahlining

1 "Erk saodati". Erkin Vohidov tola asarlar toplami. VI jild. Toshkent 2018

Scientific Journal Impact Factor

Oz qalbiga shafqati. Tinmay ezar, ezar uni Ammo shoir biladi-Piyolasi tolgan kun Paymonasi toladi.

Naqadar te'ran mano va tashbihlarga boy satirlar , shoirlikning ham o'ziga yarasha mashaqqati, zahmatlari borki, ijodkor buni ifodalamoq uchun ajoyib topilmalar topgan, avvalo, shoirning qalbini qizil rangli anor donalariga o'xshatadi, nega anorga? Va nega qizil rangli narsaga o'xshatyapti? Bilamizki adabiyotda avvaldan qizil rang- qon rangi bolgani uchun dardlar, azoblar belgisi hisoblanadi. Shoir qalbi shunday dardlarga tolaki, ular anor donalari kabi ko'p. Osha anor donalariga shunday ishlov beradiki ular sharbatga, yani she'rga aylanadi. Oz qalbiga shafqat bilmaydigan , uni tinmay ezadigan, o'rtaydigan she'r ahlining , yani shoirning ham bir kun bu dardlardan paymonasi toladi. Bu dardlar qanday dardlarki, shoirga tinchlik bermay satrlarga aylanmoq uchun uni qiynaydi? Bu savolga javob topmoq uchun she'r yozilgan vaqtga murojat qilishimiz kerak. She'r 1968- yilda yozilgan. Erkni istagan va haqiqatni baralla aytish mumkin bolmagan davrda, chin gapni badiiy so'zlarga o'rab bolsada aytishdan qaytmagan shoir edilar.

Shoir - " Yuraklarni larzaga soladigan she'riy so'zing bolmasa to'g'richa ayt, qo'y. Undan ham yaxshisi sukut qil" - degan edi, "Yurti obodning ko'ngli oboddir" maqolasida.[18-bet]2

Chindan ham shoirning ko'ngli hamisha ana shuni uqtiradi va shunga intiladi. Ijodkor shu zamin, shu insonlar hayotiga chambarchas umrini, sarf etgan daqiqalarini aziz hisoblaydi. She'r - shoir qalbining tiniq ko'zgusi, shoirni iztirobga solgan kechinmalar, his-tuyg'ular, muammolar ham o'sha she'rda mujassamdir. She'riyat, adabiyot iste'dodli yoki majnunsifat kimsalarning qismatidir degan bobolarimizdan qolgan bir hikmat ham borki, u behudaga aytilmagan. Iste'dod ijod uchun juda muhim bo lib, usiz chinakam mukammal asarlar yaratilishi mushkul. Shu o rinda iste'dod so'zining tub ma'nosiga to'xtalsak, iste'dod bu - talant, ya'ni nihoyatda zor qobilyat, biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur va tafakkur, xotira, kuzatuvchanlikning benihoya o'sganligida, kishining bilimlarni o'zlashtirishida, oz bilimi va malakalarini turmushga tatbiq qila bilishida namoyon boladi. Ijodkorning ijod mahsuli chinakam go'zal iste'dod bilan yozilgan boisa, buni payqash qiyin emas. Erkin Vohidovning iste'dod haqidagi qarashlari ham

2 "Erk saodati". Erkin Vohidov tola asarlar toplami. VI jild. Toshkent 2018

Scientific Journal Impact Factor

nihoyatda qimmatli. Shoir yozadi: "Iste'dodning o'zi qolipga sig'maydigan, turli-tuman tabiatli va aql bilan anglash qiyin bo'lgan sirdir. Barcha iste'dodlar kabi shoirlik iste'dodi ham tug'ma bo'ladi va bolalikdan o'zini namoyon etadi. Bu kunduzdek ravshan haqiqatning o'zidek ayon. Tug'ma iste'dod egasi bo'lmagan, she'riyatga havas tufayli adabiyotga kirib qolganlar umr bo'yi havaskorlar bo'lib qoladilar"[15-bet]3

Iste'dodsiz kishi adabiyot olamida erkin nafas olishga qiynaladi, shuningdek, ular tomonidan yozilgan ijod mahsulining ham umri qisqa bo'ladi va bunday asarlar zavolga yuz tutadi. Yana shunday ijod ahli ham borki, ularga tug'ma iste'dod olloh tomonidan berilgan, ammo bu iste'dod yuzaga chiqishi uchun uni tarbiyalash zarur, shundagina u yuksaklarga parvoz qiladi. Ijodkor nafas oladigan havo adabiy muhitdir. Bu havo toza va musaffo bo'lmog'i kerak.

"Adabiyot bahs bilan tirik. Ammo biz ko'p hollarda halol ochiq-oydin tanqidiy gaplarga tayyor emasligimizni ko'rsatib qo'yamiz. Bizni tanqid qilgan yoki biz bilan bahs qilgan odamni dushman deb bilamiz. Qasdimizni olish payiga tushamiz. Biz oz muhitimizda do'stona tanqid ruhini yaratib, millionlab oquvchilarimiz qalbida shu ruhni, mardlik, tantilik, hayiqmaslik ruhini tarbiyalashimiz kerak" [125-bet]4

Bobolarimizdan qolgan "Tanqid - kelajak mevasi" degan maqol zamiridagi ma'no mazmun benihoya kattadir. Qachonki biz ozimizga nisbatan berilgan tanqidiy fikrni to'g'ri qabul qilsakgina, shunda ozimizni tarbiyalab baland pog'onalarga kotarilamiz. Erkin Vohidov bir maqolasining nomini - " Dunyoga tinchlik, adabiyotga esa jang kerak " - deb nomlagan edilar. Bu qanchalar mulohazakorlik natijasida paydo bo'lgan fikr. Chindan ham adabiyot bo'stoni qizg'in bahslar natijasida gullab-yashnaydi, mukammallashib boradi. Yuksak saviyali ijodkorlar soni ko'payib boradi. Asarlarining qadr-qimmati ortadi . Bunday qizg'in bahslarning ko'payishi, avjiga chiqishi uchun adabiyot jonkuyarlari, ixlosmandlari va chin iste'dodlar ko'paymog'i darkor.

Ijod jarayoni juda mas'uliyatli jarayon hisoblanadi. Ijodkor qanday bo'lishi kerak? Nimalarga e'tibor berishi kerak? Va qanday xislatlar sohibi bo'lishi lozim degan savollarga yechim sifatida keltirilgan bu fikrlar naqadar o'rinli. Ijodkor sehrli so'zning sehrini ishlata olsa, so'z mo'jizakorligini namoyon eta olsa, so'zning bashoratchiligidan xabardor bo'lsa, buni amaliyotda, ijodida qo'llay olsa u haqiqiy iste'dodga ega ijodkor hisoblanadi. Ijod jarayoni shaxsni ilgariga tomon yetaklaydi,

3 E.Vohidov "Shoiru she'ru shuur". Adabiy o'ylar. Toshkent 1987.

4 E.Vohidov "Shoiru she'ru shuuf'. Adabiy o'ylar. Toshkent 1987.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

g'ayratlantiradi, ko'ngilni "kir'lardan tozalab, unga orom beradi, insonni komillik tomon yetaklaydi.

Ijod jarayonining yuzaga chiqishida ilhom o'rnini ham alohida ta'kidlash joiz. Ayniqsa she'r va shoir uchun bu juda muhim. E.V."Talant tarbiyasi suhbatida badiiy iste'dodning eng sehrli xislati, bosh jabhalardan biri bo'lgan ilhomga alohida to'xtalib tarif beradi: "Men ilhom deb atalgan holatning tabiati haqida ko'p o'ylaganman. Bu g'ayrioddiy noyob holat. Shoir ilhom onlarida haqiqiy shoir bo'ladi. Boshqa vaqtda u o'zgalarga o'xshab fikr qiluvchi oddiy odam. Shoir ilhom onlarida bitgan satrlariga keyin o'zi hayron bo'lishi mumkin, Har qancha dunyoviy fikrlasam ham ilhom holatining ilohiy ekanligiga ishongim keladi, Ilhom uzluksiz izlanish, o'qish, o'rganish, mehnat qillish natijasidir. Shu ma'noda u ongli jarayon. Iste'dod to'qson to'qqiz qismi mehnat, degan so'zni men shunday tushunaman. Ilhom tuyg'ularning shoir qalbidan toshishi, Shoir xayolida tug'ulgan she'riy niyatning yetilishi va vujudni larzaga solishdir. Fikr va tuyg'ular esa izlanishidan dunyoga keladi" [..] Ilhomning kelishini ilohiy jarayon deb ishongim keladi degan fikrlarida chindan jon bor, chunki u kutmagan vaqtda, kutilmagan vaziyatlarda keladi, o'sha vaqti tug'ilgan g'oya yoki asar qog'ozga tushirilmog'i darkor.

Yana bir ijodkor aytgan edilar: "Ilhomning vaqti bolmaydi, u selday keladi" bu behudaga aytilmagan chunki selni bilamiz , u qish va asosan bahor faslida birdan to'polon bilan jarliklarni to'ldirib kelib qoladi.Ilhom ham shunday to's-to'polon bilan ijodkor ongiga quyilib keladi va uni qog'ozga tushirmoq uchun ijodkor ahli beixtiyor qo'liga qalam oladi va quyilib kelgan satrlarni qog'ozga qoralaydi.

Ozbek tilining izohli lug'atida "ilhom" so'ziga qanday tarif berilganiga diqqat qilamiz:

Ilhom - ishontirish, ruhlantirish. Ijodiy zavq jo'sh urgan holat, ko'tarinki ijodiy

ruh.

Ilhombaxsh-(bag'ishlovchi, beruvchi) Ko'tarinki ijodiy ruh bag'ishlovchi, Ilhom beruvchi.

Demak, ilhom ma lum vaziyatdan, voqea-hodisadan yoki holat va manzara tasviridan ruhlanish va unga ishontirish ekan. Ijod qilish uchun zavq-shavq paydo bo'lgan, ko'tarinki ijodiy ruh, kuchaygan holatdir.

XULOSA

Erkin Vohidov ijodi, adabiy - tanqidiy qarashlari o'zining qimmatini, ahamiyatini yillar o'tgan sayin orttirib boryapti, ijodkorning adabiyotshunoslikka oid izlanishlariga ancha yillardan buyon murojat etilyapti, bundan buyon ham bu murojatlar davom etaveradi...

Scientific Journal Impact Factor

REFERENCES

1. Вохидов Е. Суз латофати. Узбекистан". Тошкент, 2014

2. Ерк саодати. Еркин Вохидов тула асарлар туплами. VI- жилд. Тошкент, 2018

3. Вохидов Е. Шоиру шеру Шуур. Адабий уйлар. Тошкент, 1987.

4. To quyosh sochgayki nur. Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida. Toshkent, 2018.

5. Umurov H. Hamid Olimjon va Zulfiya. Samarqand, 2019

6. Вохидов Е. Шер дунйоси. 2-жилд, Шарк , Тошкент, 2001.

7. Umurov H. Shoir va she'r dunyosi, SamDU nashri, Samarqand, 2021.

8. МУСЛИХИДДИН МУХИДДИНОВ, ИСРОИЛ СУЛАЙМОНОВ, МАШХУРА ХАСАНОВА, ХАФИЗА АСЛАНОВА, СИТОРА ШОМУРОДОВА. Одовый жанр и идейно-художественные особенности од Еркина Вахидова. Журнал «Современные проблемы бизнеса и власти». 2021\4\20. 1317-1323

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.