Научная статья на тему 'AT A GLANCE AT ERKIN VAHIDOV'S COMEDY: EXAMPLES OF WORK FROM THE 70'S TO THE YEARS OF INDEPENDENCE'

AT A GLANCE AT ERKIN VAHIDOV'S COMEDY: EXAMPLES OF WORK FROM THE 70'S TO THE YEARS OF INDEPENDENCE Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
59
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
"Yosh shoirlarga" / "She’r haqida she’r" / "Temirtan daholar" / "Zamin sayyorasi" / "Donishqishloq latifalari" / "Matmusa" / "Majlis qiling".

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Davirova Xurshida Abdaxakim Qizi

This article is devoted to the analysis of the comic poems of the Hero of Uzbekistan, People's Poet of Uzbekistan Erkin Vahidov, created from the 70s to the years of independence. It is no exaggeration to call the artist's work from 1970 to 1991 the period of true maturity. Because it was during this period that Erkin Vahidov opened new horizons in his work. In the poems created during this period, we can see a particularly passionate warmth and a stronger rebellion. The article also provides an analysis of the well-known collection of ";Donishqishloq latifalari" from the works created during this period.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AT A GLANCE AT ERKIN VAHIDOV'S COMEDY: EXAMPLES OF WORK FROM THE 70'S TO THE YEARS OF INDEPENDENCE»

AT A GLANCE AT ERKIN VAHIDOV'S COMEDY: EXAMPLES OF WORK FROM THE 70'S TO THE YEARS OF INDEPENDENCE Davirova Xurshida Abdaxakim qizi

xurshidadavirova@gmail. com +998978971477 https://doi org/10.5281/zenodo. 8049731

Abstract. This article is devoted to the analysis of the comic poems of the Hero of Uzbekistan, People's Poet of Uzbekistan Erkin Vahidov, created from the 70s to the years of independence. It is no exaggeration to call the artist's work from 1970 to 1991 the period of true maturity. Because it was during this period that Erkin Vahidov opened new horizons in his work. In the poems created during this period, we can see a particularly passionate warmth and a stronger rebellion. The article also provides an analysis of the well-known collection of "Donishqishloq latifalari" from the works created during this period.

Keywords: "Yosh shoirlarga", "She'r haqida she'r", "Temirtan daholar", "Zamin sayyorasi", "Donishqishloq latifalari", "Matmusa", "Majlis qiling".

Erkin Vohidovning 1970-yildan to 1991-yilgacha yaratilgan hajviy she'rlariga 1977-yilda yaratilgan "Yosh shoirlarga", "Temirtan daholar", "Zamin sayyorasi", "Qalamhaqi va oylik", "Aruz va barmoq", "Bolalar", "Tandir haqida ertak" she'rlarini kiritishimiz mumkin.

Eng avvalo, "Yosh shoirlarga" she'rini ko'rib chiqsak. Ushbu she'r uchun muallif Hamid G'ulom qalamiga mansub «Oh, sening yoshliging menda bo'lsaydi...» satrlarini epigraf sifatida tanlagan. Umuman olganda, bu davrda yaratilgan she'rlarini yozgan vaqtda ijodkorda hayotiy tajriba ancha yuqoriligi sezilib turadi. Qiyoslash uchun ijodining dastlabki davrida yaratilgan "She'r haqida she'r"ni olaylik. Avval ta'kidlaganimizdek, ushbu she'rda endigina ijod ola miga kirib kelgan yosh shoirning hissiy kechinmalari, she'rining qog'ozga tushishidan to gazetada chop etilib, tanqidchining nazaridan o'tguniga qadar bo'lgan jarayon qalamga olingan. "Yosh shoirlarga" she'rida esa adabiyotda o'z o'rnini topgan, endilikda katta shoirlardan biriga aylangan ijodkorning shogirdlariga aytar so'zlari keltirilgan.

She'r:

Katta shoirlarga siz qilmang havas,

Sizga havas qilsin katta shoirlar.

Chunki she'r baxtiga ustozlar emas,

Muyassar bo'ladi ko'proq shogirdlar,

satrlari bilan boshlanib, yakunida ham ham shu satrlar bilan tugaydi. Buning boisi, bizningcha, she'rda aytilmoqchi bo'lgan asosiy fikr aynan shu bandda keltirilganligida. Badiiy uslubda takror faqatgina ma'lum holat-hodisani ajratib, ta'kidlab ko'rsatish uchungina xizmat qilmaydi. Badiiy asarlarda takrorning zimmasiga ham hamma uslubiy vositalarda bo'lgani kabi til birliklariga yanada emotsionallik, joziba, alohida ohang berish vazifasi yuklanadi. Bundan tashqari agar imkon topilsa, mana shu vazifalarni bajarish bilan birgalikda muallifning yoki asar qahramonining voqelikka bo'lgan subyektiv munosabatini ham ifodalay olishi kerak. Yuqorida keltirilgan band orqali bu maqsadlarga erishilgan, desak xato bo'lmaydi.

Ijodkorning "Temirtan daholar" she'rini o'qish orqali biz ham muallif bilan birga zamonaviy fan yutuqlarini o'z ichiga olgan, shoir ta'biri bilan aytganda, "sehru mo'jizalar mamlakati", "temirtan daholar saltanati" bo'lgan kibernetika institutiga yo'l olamiz. Shoir u yerda ko'rgani hamma g'aroyibotni cheksiz hayrat biln kuzatadi. Har bir ajoyib ixtironi shu

darajada aniq tasvirlaydiki, o'qish davomida tasavvuringizda beixtiyor jonlanadi. Bunday qat'iy reja-tartib asosida ishlovchi xodimlarni, bu yerdagi jamiki uskunalarni kuzata turib, shoir ularni oddiy odamlarga qiyoslab ko'radi: Bunda ta'ma qilmas hech kim do'stidan, Bu yurtda bo'lmaydi fitna, g'iybatlar. Hech qachon «K-14» «D-5» ustidan «B-3»ga yozmaydi yumaloq xatlar.

Ularning odamlardan afzal jihatlarini shu tariqa birma-bir sanab o'tgan muallif yakunda biroz bundan biroz chekinish qiladi. Ya'ni temir daholarning insonlardan kamchilik tomonlarini ham biroz keltirib o'tadi:

Temirlarga yotdir o'kinch va ko'z yosh, Dunyo mojarosi ularga abas.

Bizning nizolarga bermaslar bardosh, Chunki ular — temir, odamlar emas.

Navbatdagi "Zamin sayyorasi" she'ri orqali esa muallif tashxis san'atidan mahorat bilan foyadalangan holda Yer sayyorasining tilidan uning turmushi haqida hikoya qiladi. O'quvchi she'rni o'qib amin bo'ladiki, Zaminga ham oson emas ekan. U ham tiriklik tashvishida yil bo'yi boshlig'i oftobning atrofida parvona. To'rt milliard bolasi tufayli koinotdagi hamma bilan murosa qilib, hammaning ko'nglini topishga majbur. Uning ham yurak o'ynog'i bor. Umri esa mangulikday cheksiz. Demak, yana qancha shu tashvishlar bilan umri o'tishi noma'lum. Shu sabali ham, she'r so'nggida Zamin odamzotga ta'nali ohangda shunday deydi: Sen esang besh kunlik Qisqa umringda

Chekkan zahmatingga qilasan fig'on. Mening turmushimni o'ylab ko'rgin-da, Shukur qil,

Boqiymas umring, ey inson.

Shoir bu she'ri orqali qisqagina hayotimizni bekor o'tkazmasdan, shamolga sovurmasdan, foydali va mazmunli o'tkazishimiz lozimligiga ishora qiladi.

Ijodkorning 1970-yildan to 1991-yilgacha bo'lgan ijodini chinakamiga yetuklik davri, deb atasak, mubolag'a bo'lmaydi. Chunki ayni shu davrda Erkin Vohidov ijodida yangi ufqlar ochiladi, ko'pchilik aytishga botinolmaydigan, ochiq yozishga cho'chiydigan mavzularda ham qo'rqmasdan baralla ijod qilganini ko'ramiz. Ayni shu davrda yaratilgan she'rlarida ayniqsa jo'shqin haroratni, yanada kuchli isyonni ko'ramiz. Erkin Vohidov akademik Naim Karimov bilan suhbatlaridan birida shunday degan edi: "Xalqning qaddini u yaratgan moddiy ne'matgina ko'tarmaydi. Xalq — ulug' farzandlari bilan ulug'. Tasavvurimda, har yangi avlod voyaga yetganda, xalq unga umid ko'zi bilan qaraydi: qadrimni bir pog'ona yuqoriga ko'taradigan farzand shular orasida bormikin?.. deb. Daho deganda, faqat daho shoir nazarda tutilgan emas, — deydi shoir, — u olim bo'lishi mumkin, rahbar bo'lishi mumkin... Daho deganda, men zamon tafakkuridan ilgarilab ketgan aqlni, davrni va ommani olg'a harakat qildiruvchi aqlni tushunaman".

Erkin Vohidov butun hayoti, sermahsul ijodi orqali xalqimizning qadrini bir pog'ona yuqoriga ko'targan ana shunday daho farzandi ekanligini ko'rsatdi. Uning aynan shu yillarda yaratgan she'rlarida hatto oddiy ko'ringan voqealar, kundalik tashvishlar ortidagi uni ezgan dardlar, alamlar yashirin. Buni faqatgina ziyrak o'quvchi anglay oladi. "She'rda she'r bor, hajvda hajv. Darhaqiqat, tagida teran mag'zi bo'lmagan hajv kishiga nari borsa, bir lahzalik kayfiyat beradi. Garchi kayfiyat berishning o'zi ham katta gap, lekin bu hali to'la ma'nodagi ijod emas. Komil hajv kuldirish barobarida bizni tarbiyalaydi, ko'zimizni ochadi. Asarda asar bo'lganidek, o'quvchida ham o'quvchi bor, tomoshabinda ham tomoshabin bor. Hamma ham kulgining tagida nima borligini dafatan ilg'ab ololmaydi, — deydi shoir intervyularidan birida. — Ba'zilarga Chaplinning harakatlari bachkana masxarabozlik bo'lib tuyulishi mumkin. Masxarabozlik... Bu so'z bizning kunlarga kelib, salbiy ma'no kasb etdi. U yengil-yelpi qiliqlar qilish, deb tushuniladi. Aslida, masxarabozlar o'z vaqtida jamiyat illatlarini masxara qilganlar, podsholar, vazirlar ustidan kulganlar. Ular o'z davrining qahramonlari, fidoyilari bo'lganlar".

"Donishqishloq latifalari" qahramoni Matmusaning xatti-harakatlari ham o'quvchi uchun kulgili tuyulsa-da, lekin unda muallifning dil tubidagi iztiroblari, dardlari yashirin. Asar shu qadar yengil va beozor hajv bilan yozilganki, undagi voqealarning barchasi real kishilar hayotidan olingan, deyilsa, o'quvchi ishonmasligi mumkin. Shunchaki bu voqealar hozirgi kun o'quvchisi uchun kulgi uyg'otadi. Muallif hozirgi kunimizga e'tibor qaratib, "Bu holatlar biz uchun oddiy, normal hisoblansa-da, ertangi kun ko'zi bilan qarasak, biz hozir Donishqishloqda yashayapmiz, demoq mumkin", degan edi.

Erkin Vohidov adabiyotimizda Matmusa talqinida o'ziga xos va takrorlanmas obraz yarata oldi. Bu bilan ijodkor o'zining nafaqat teran falsafiy va sof lirik she'rlar muallifi, balki usta hajvchi shoir sifatida ham o'tkir qalam egasi ekanligini ko'rsatdi.

Adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov maqolalaridan birida "Matmusa timsolida Erkin Vohidov millatga oyna tutib, o'zligini anglashga chaqirgan", deya yozadi.

"Matmusaning tandiri" she'rini olaylik. Oddiy tuproqdan yasalgan tandir o'zbek xalqi uchun misoli mo'jiza, chunki unda rizqimiz bo'lgan non yopiladi. O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf o'z she'rida

"Parijning eng go'zal restoranlarin Bitta tandiringga alishmasman men",

deya bejiz aytmagan. Shu oddiy ko'ringan tandir o'zbek xalqining ming yillardan buyon asrab-avaylab kelayotgan qadriyatidir. Erkin Vohidov latifalarida tandir, dutor, lagan, qalpoq singari detallar ko'p o'rinda uchraydi. "Matmusaning tandiri"da Matmusa bozordan tandir sotib oladi va eshakka avval o'zi minib, so'ng tandirni kiyib oladi. O'zining bu kashfiyotidan "og'zi qulog'ida" bo'lgan qahramonimiz butun ixtiyorini eshakka berib, o'zi esa yo'lni ko'rolmay osmonga termulgancha ketaveradi: Ketib borar tavakkal, Ko'kka qarab "Tangrim!"-der. -Meni qilma sharmanda, Eshagimga aql ber".

Bu she'rda muallif aslida sho'rolarning puch mafkuralariga ishonib, ularga ergashib, sarson bo'lgan va oxir-oqibat yo'lini butunlay yo'qotib qo'ygan xalq haqidagi achchiq haqiqatlarni ko'rsatmoqchi bo'ladi. O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon shunday degan edi:

"Ko'pchiligimiz Afandining soddaligidan kulib qo'yaqolamiz. Aslida, buning zamirida ulkan fojia yotganini, bunda o'zligini, o'zini taniyolmasdan yashayotgan kimsaning achinarli holati bayon etilganini kamdan-kam odam anglab yetadi". Chindan ham, Matmusa aslida o'zining soddaligini anglamay, bundan hatto "g'ururlanib", o'zgalar uchun "ermak"ka aylangan, ammo bundan zarracha o'ng'aysizlanmaydigan, haqiqatda esa o'z fojiasini ko'rolmayotgan, tobora o'zligini yo'qotib borayotgan kishilar timsoli. Shuni nazarda tutib, Erkin Vohidov bizlarni "Matmusadek o'zimiz Tandir kiygan bo'lmaylik", deya hushyorlika chaqiradi.

O'zbek xalqiga xos bolgan qadriyatlardan yana biri - bu dutor. Bilamizki, qadimdan ko'pchilik xonadonlarda saqlangan ushbu cholg'u asbobi ruh tashna bo'lgan chog'larda ko'ngilga sirdosh do'stday malham bo'lgan. Erkin Vohidovning "Matmusaning dutori"da Matmusa ham dutor chalishga qiziqib qoladi. Ammo chalishni bilmaganligi uchun xotini oldida xijolatga qolishni istamaydi. Shu o'rinda ko'plab o'zbek erkaklariga xos bo'lgan fe'l-atvorni, ya'ni er kishining xotin kishidan tili qisilmaslikka harakat qilishi, undan o'zini ustun tutishi, har qanday vaziyatda ham o'zini haq bilishga intilishini ko'ramiz. Matmusaning xotini erining dutor chalishini ko'rib, hayron qoladi: Bir mahal bobomda ham Shunday cholg'u bor edi. Esimda adashmasam, O'sha ham dutor edi.

Lekin u chalmay turib, Qulog'ini burardi. Barmog'i ham manov ip Ustida yugurardi.

Sen bo'lsang bitta yerni Tutgancha qolaverding. Bir xil ting'ir-ting'iringni Qo'ymasdan chalaverding.

Hozirjavob Matmusa qanday javob berishni yaxshi biladi:

Ey, xotin, sen eringga

Nodon gapni deb qo'yding.

Nima bo'ldi? Yo qarib

Es-hushingni yeb qo'yding?

Bobong qo'li dutorda Yugursa, yugurgandir. Sho'rlik kerak pardani Topolmay qidirgandir.

Endi men chalganimda Og'zingni yum, jim, depti.

Bobong parda qidirgan. Men uni topdim, depti.

Professor Nurboy Jabborovning fikricha, Erkin Vohidov bu o'rinda xalqimizning so'zlari zalvorli shoiri zamonlari, buyuk allomalariga munosib avlod bo'lolmayotgan zamondoshlariga qarata Matmusa timsolida "oyna tutib", har bir o'zbek xonadonida ajdodlar an'anasi davom etmog'i lozimligini uqtirmoqchi bo'ladi.

"Donishqishloq latifalari"dan o'rin olgan "Matmusaning charxpalagi"ni xalqimizdagi "O'ylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish" maqoli ko'z oldimizga keladi. To'rt fil kuchiday kuchi bor, ammo "aqli biroz kam" Matmusa el orasida shuhrat qozonish maqsadida ming yillardan beri bir xil aylanib turgan charxpalakni teskari aylantirib qo'yadi. Natijada, dalalarga suv bormaydi. Olomon esa charxpalakning teskari turganiga e'tibor bermasdan bir -biridan hayratlanarli yechimlarni o'rtaga qo'yadi: Der idroki eng yuksak Qashib turib kallani:

- Daryoni sal ko'tarsak, Sal tushirsak dalani...

- Yo'q, ish bitmas "sal" bilan! Qishlog'imiz erlari Charxpalakni gal bilan Aylantirsin teskari.

- Yo'q, kuchimiz ojizroq, Qiynalmasin el joni. Teskariga oqizmoq To'g'ri bo'lar daryoni.

Shoir bu voqea tasviri orqali qilayotgan ishlarining oqibatini yaxshi anglamasdan, yolg'on hoyu havaslarga uchib, shon-shuhrat, mol-davlat, mansab ketidan quvib, yurtdoshlariga o'zi bilmagan holda zarar yetkazuvchi kishilarni tasvirlaydi. Sobiq tuzumning o'ziga xos makkorona rejalaridan biri bu mustamlaka davlatni o'z qo'li bilan o'ziga pichoq urdirish, o'z ichidan chiqqan farzandlari orqali, ularning qo'li bilan o'zini zaiflashtirish bo'lgan. Yolg'on va'dalar, balandparvoz shiorlarga ishongan shunday kishilar obrazini biz qator asarlarda, jumladan, O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanida kuzatishimiz mumkin.Oxir -oqibat Rustamjonning otasi singari kishilar o'zlarining xato yo'ldagini kech bo'lsa-da anglagan, Komissar kabilar esa xatolarini hamda tuzumning puch g'oyalardan iboratligini tushunishni istamaydi. Chunki u o'zi bir umr qullarcha itoat qilib kelgan tuzumning soxtaligini tan olishni istamaydi. She'rda ham o'zining puch hoyu-havasi yo'lida qishloqdoshlariga ziyon yetkazishini ham o'ylamaydi.

To'g'ri, xalqimizning boshidan o'tgan fojiali kechmishi haqida hajviy yo'lda, kulgi uyg'otuvchi bir yo'sinda yozish oson emas. Bu o'tgan asrning qatag'on davri jabrdiydalari xotirasiga nisbatan hurmatsizlik sifatida qaralishi mumkin. Bu o'rinda akademik Naim Karimovning quyidagi so'zlarini keltirish o'rinli: "Lekin Erkin Vohidov "Istibdod" she'rida shu qaltis mavzuga shunday engil va nafis hazil-mutoyibaning yam-yashil maysa bilan qoplangan dovonida turib nazar tashlagan va sovet davlati qatag'on siyosatining bema'niligini, har qanday

ma'no va mantiqqa zid bo'lganligini shunday nozik did va nazokat bilan ochib tashlaganki, bu she'rdan qahqaha bo'lib jaranglagan kulgudan jabrdiydalarning ko'z yoshlari "chak-chak" tomib turgandek bo'ladi". She'rda NKVD xodimining monologi keltiriladi: Egil, o'zni pana qil, Borligingni bildirma. Yo'talganga o'n besh yil, Aksirganga yigirma.

Kar bo'l, ko'r bo'l, tishla til, Boshga balo keltirma. Gapirganga o'n besh yil, Eshitganga yigirma.

Qalamingni dushman bil, Qog'oz uzra jildirma. Roman yozsang - o'n besh yil, Doston yozsang - yigirma...

"Hozirgi avlod hajvning zaharli qahqahasi yangrab turgan bu she'rni o'qib, o'zini kulgidan to'xtata olmasligi mumkin. Ammo shu kulgi to'foni haqiqatning metin qoyalariga urilgach, uning ko'zlaridan shoda-shoda yoshlar to'kila boshlasa ajab emas. Bunday she'rlar shoirning ilhom bulog'idan otilib emas, zardob bilan to'lgan qalbidan qon sachratib chiqadi", -deya ta'kidlaydi akademik Naim Karimov.

Bu o'rinda fikrimiz tasdig'i sifatida "Yubiley" she'ri haqida so'z yuritmoqchimiz. 1979-yilda yozilgan ushbu she'rda ulug' yoshga yetib, elga osh bergan kasbdoshini qutlamoq uchun minbarga chiqqan lirik qahramon so'z topolmay qiynaladi. Men endi ne deyin, O'rtoq yubilyar? Turibman hay'atning Qoshiga yetib.

Boisi, yubiley egasining qilayotgan ishlarini o'z ko'zi bilan ko'rib yurgani uchun ham unga xushomadlik, tilyog'lamalik qilishni istamaydi. Va dilidagi bor gaplarni ochiq-oshkor aytishga ahd qiladi:

Hamisha yor bo'ldi Sizga farog'at, O'zni o'yladingiz Dunyoda faqat, Hech kimga yetmadi Sizdan manfaat, Bir shogird o'stirmay, Eshitmay rahmat Keldingiz yubiley Oshiga yetib. Martaba, shon-shuhrat, Mol-davlat uchun

Jon fido etmoqni Bildingiz qonun. Hirsi ila nafs bo'ldi Sizga rahnamun, Muborak bu yoshga Yetdingiz bu kun Qancha pok insonlar Boshiga yetib.

Bu o'rinda rais timsolida shu kabi qanchadan-qancha o'z nafsini o'ylab, insonlarga faqat jabr yetkazgan mansabdor kishilar tasvirlangan. Ular elning og'irini yengil qilish uchun, xalqiga foyda keltirish o'rniga ularga umid bilan topshirilgan mas'ul lavozimlarga xiyonat qiladilar. "Davrim keldi" deb, istagancha mol-dunyo yig'ib, bu yo'lda qancha pok, ulug' insonlarning boshiga yetsa-da, oxir-oqibatda so'nggi yo'lga xalqi uni baribir "Yaxshi edi", deb kuzatishidan lirik qahramon afsuslanadi:

Sizdan ko'p "karomat" Ko'radi ulus, Lekin "Yaxshi edi", Deydi el, afsus, Borsangiz qabrning Toshiga yetib.

Qahramonimizning so'z so'nggidagi yubiley egasiga tilaklari ham o'ziga xos:

Sizdek yashamasin

Olamda hech zot,

Mendek nutq aytmasin

Hech kimsa, hayhot,

Kasbdoshi yubiley

Yoshiga yetib.

O'z davrining og'riqli nuqtalarini, xalqning dardini yaxshi anglay olgan ijodkor, aytish mumkinki, she'rlari bilan, ijodi bilan xalqining dardiga malham bo'lishga intilgan.

Majlisbozlik, qog'ozbozlik ham mana shunday og'riqli nuqtalardandir. O'tkazilganidan biror kimga aytarli naf yetmaydigan, uzundan-uzoq zerikarli ma'ruzalardan iborat bo'lgan, avval aytilgan va qayta aytilaverib "siyqasi chiqqan" gaplarni yana takrorlashdan nariga o'tmaydigan, hisobot uchun, foydasiz "qog'ozbozlik" uchungina bo'lar-bo'lmasga hammani to'plab majlisbozlik qilish haqida o'tkir kinoya-kesatiq bilan yozadi: Belni bog'lang, bu jahonni To'ldiring qog'oz bilan. O'zni aldang, bo'lmaganni Bo'ldiring qog'oz bilan. Ish bilan shod etmangiz hech, Kuldiring qog'oz bilan. Kim qog'ozbozlikni suymas, O'ldiring qog'oz bilan. O'lmasa u yoki

Behush bo'lmasa, majlis qiling.

She'rning har bandi oxiri "majlis qiling" radifi bilan tugashi ham sher'rga o'ziga xos ohang bergan:

Siz agar topqir esangiz, Na faqat sohib suxan -Demangiz majlisni majlis, Ot qo'ying turli-tuman. Gohi suhbat, gohi hay'at, Davra deng, yo anjuman, Lahzalik deng, haftalik deng, Ne desangiz jonu tan, Nomi ming bo'lgach, Faromush bo'lmasa, majlis qiling.

Bu o'rinda ijodkor uni qay nom bilan atamasinlar, baribir bir so'z bilan aytganda, qimmatli vaqtning besamar o'tishiga sabab bo'luvchi o'rinsiz majlisbozlikdan boshqa narsa emasligini ta'kidlagan.

She'r avvalidan boshlab davom etayotgan kinoya-kesatiqlar she'r so'nggiga kelib jiddiy tus olganini ko'ramiz. Shoir odamlarga qarata: "Es-hushingizni yig'ing, vaqtingizni bema'ni majlisbozliklar-u qarsakbozliklarga sarflamang", demoqchi aslida: Vaqt o'tar, soat o'tar Kun oy bo'lur, oy yil bo'lur. Kim u o'tgan umriga Qarsak chalur, qoyil bo'lur?! Fursat eng oliy hakamdur, Doimo odil bo'lur, Barcha bir kun ul hakamning Hukmiga doxil bo'lur. To'plangiz es-hushni, Es-hush bo'lmasa, majlis qiling.

Ushbu she'r 1982-yilda, bundan 40 yillar avval yozilgan bo'lsa-da, afsuski, unda ko'tarilgan muammoning hali ham hayotimizda uchrayotgani taassufli holatdir. Deylik, qimmatli vaqtimizni behuda sarflamay, fan va texnologiyalar yo'lida ixtirolar qilib, o'z dunyoqarashimizni ham kengaytirib, davlatimiz tarqqiyotiga ham hissa qo'shib yashashga nima yetsin?! Dunyo davlatlari kundan-kunga ilgarilab borayotgan hozirgi zamonda bu kabi ortiqcha qog'ozbozlik hamda ortiqcha majlisbozliklar taraqqiyot yo'lidagi to'siqlar bo'lishi mumkin, xolos. Shunday emasmi?! Bu kabi satrlar jamiyatimizning shunday og'riqli nuqtalarini Erkin Vohidov o'z vaqtida yaxshi anglay olganligini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Erkin Vohidov ijodining turkiy xalqlar madaniyatida tutgan o'rni, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - O'zMU, Toshkent, 2022.

2. Vohidov E., Tabassum. - T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.

3. Vohidov E., Tanlangan asarlar. - T.: "SHARQ" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2018.

4. Vohidov E., To quyosh sochgayki nur. Erkin Vohidov: hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida - T.: "O'ZBEKISTON", 2016.

5. She'riyat - mehr demakdir. Shoir Erkin Vohidov bilan suhbat (1988), "Xurshid Davron kutubxonasi" sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.