Научная статья на тему 'MASNU’ SO’ZLAR JILVASI VA JOZIBASI'

MASNU’ SO’ZLAR JILVASI VA JOZIBASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
51
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
So’z / ibora / kalom / kalima / poetik so’z / san’at / san’atkor / masnu’ / pardoz / ma’no / shakl / mahorat / badiiy tasvir vositalari / badiiy san’atlar / ko’chma ma’no / tashbeh / metafora (istiora) / tardu aks / lug’aviy ma’no. / Word / phrase / word / word / poetic word / art / artist / masnu' / make-up / meaning / form / skill / artistic means / fine arts / portable ma' no / allusion / metaphor (istiora) / tardu aks / dictionary meaning.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Баратова, Севара Мусохоновна

Havola qilinayotgan maqolada mumtoz lirika va epik poeziyada poetik so’zning o’rni va ularning timsol yaratishdagi mavqeyi yuzasidan yozuvchi mahorati ochib berilgan. Ayrim namunalar orqali poetik so’zning emotsional-ekspressivlik darajasiga e’tibor qaratilgan. Xususan, Boburning ayrim baytlari, masnu’ she’rlaridan bittasi tahlil qilinishi o’laroq, tahlil davomida aytilgan fikrlardan masnu’ she’rlarda so’zlarning shakliy jilvasi hamda mazmuniy jozibasi yuqori darajada bo’lishi dalillangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CHARM OF MASNU' WORDS

In the referenced article, the role of the poetic word in classical lyric and epic poetry and their role in creating a symbol is revealed. Emphasis is placed on the level of emotional expressiveness of the poetic word through some samples. In particular, some of Babur's stanzas and one of his masnu' poems are analyzed, from the opinions expressed during the analysis, it is proved that the words in masnu' poems have a high level of formal charm and meaningful appeal.

Текст научной работы на тему «MASNU’ SO’ZLAR JILVASI VA JOZIBASI»

MASNU' SO'ZLAR JILVASI VA JOZIBASI d https://doi.org/zenodo.10627803

БАРАТОВА Севара Мусохоновна,

УзРФА Узбек тили, адабиёти ва фольклори институти кичик илмий ходими,

Тел: 93-5384422

E-mail-baratovasevara07@gmail.com

ANNOTATSIYA

Havola qilinayotgan maqolada mumtoz lirika va epik poeziyada poetik so 'zning o 'rni va ularning timsol yaratishdagi mavqeyi yuzasidan yozuvchi mahorati ochib berilgan. Ayrim namunalar orqali poetik so'zning emotsional-ekspressivlik darajasiga e'tibor qaratilgan. Xususan, Boburning ayrim baytlari, masnu ' she'rlaridan bittasi tahlil qilinishi o'laroq, tahlil davomida aytilgan fikrlardan masnu' she'rlarda so'zlarning shakliy jilvasi hamda mazmuniy jozibasi yuqori darajada bo 'lishi dalillangan.

Kalit so'zlar: So'z, ibora, kalom, kalima, poetik so'z, san'at, san'atkor, masnu', pardoz, ma'no, shakl, mahorat, badiiy tasvir vositalari, badiiy san'atlar, ko 'chma ma 'no, tashbeh, metafora (istiora), tardu aks, lug 'aviy ma 'no.

В данной статье рассматривается роль поэтического слова в классической лирике и эпической поэзии, а также раскрывается мастерство писателя с точки зрения его влияния на создание образа. На примерах анализируется эмоционально-экспрессивный уровень поэтического слова. В частности, на основе анализа некоторых двустиший и одного из стихотворений-маснуъ Бабура доказано, что слова в стихотворениях, упомянутых в нашем исследовании, обладают высоким уровнем формальной красоты и смысловой привлекательности.

Ключевые слова: слово, выражение, «калям», «калима», поэтическое слово, искусство, художник, «маснуъ», украшение, значение, форма, мастерство, средства художественного образа, художественные искусства, переносный смысл, уподобление, метафора, «тарди акс», буквальный смысл.

Mumtoz she'riyatda so'z o'zining shakliy jilvakorligi va ma'naviy jozibadorligi bilan she'rga yuklangan g'oyani ta'sirchan va musiqiylikka yo'g'rilgan

144

АННОТАЦИЯ

www.birunijournal .uz

>

holatda chiqishida alohida rol o'ynaydi. Bu vazifani, shubhasiz, tanlangan so'z-timsollar, ularning badiiy san'atlar qobig'idagi shakllari bajaradi. Mumtoz lirik yoki epik she'rning birortasi yo'qki, ularda so'z o'zining ma'noviy, estetik-emotsional vazifasini yuqori darajada ado etmagan bo'lsin. Shuning uchun Hazrati Alisher Navoiy so'zni o'likka qaytadan jon bag'ishlaydigan yaratiqqa o'xshatgan. [Navoiy. 1, 445] Bir she'rda yoki bir bayt yoki misrada ba'zan bittagina, ba'zida bir necha badiiy tasvir vositalari kelib, ular muallifning badiiy niyatini emotsional-ekspressivlik fonida ro'yobga chiqarishga xizmat qiladi. Shuning uchun uni poetik so'z deb ta'riflash rasm bo'lgan. Chunonchi, Alisher Navoiyning qaysi bir she'rini olib ko'rmaylik, ularda ko'chim, ramziylik, so'zlar mag'ziga singdirilgan ko'pma'nolilikni kuzatamiz, shaklda esa so'zlar o'quvchi nazarida tutgan holatni emas, balki uning ixtiyoriga bo'ysunmagan vaziyatda boshqa vazifalarni o'tashga yo'naltiriladi - tasviriy-ta'siriy vositalar hayratlanarli darajada kishini o'ziga rom etadi. Yoki So'fi Olloyorning "Sabot ul-ojizin" manzumasi baytlari boshdan-oxirigacha badiiy tasvir vositalari bilan ziynatlangan. Ularda tajnis, metafora, tazod va hakozo so'zlar shu darajada uyushtirilib, bir nishonga yo'naltirilganki, bularning ko'magi o'laroq bir baytning o'zidan o'quvchi o'ziga tegishli fikrni to'kis oladi va yuqori darajada ta'sirlanadi. Bir baytga nazar tashlaylik. So'fi Olloyor yozadi:

Baytda "belning quvvati", "bel", "ko'ngil bog'i", "sug'ormoq", "sel" so'z va so'z birikmalari ko'chma ma'noda qo'llangan. So'fi Olloyor shu bayt orqali kishiga (muridlariga nasihat maqsadida yozilgan ushbu kitob, nafaqat musannifning qavmlari, balki barcha musulmon bandalarni mo'ljallab, "Maslak ul -muttaqin"dan o'zbekchaga tarjima qilib olingan. Shuning uchun mazkur tarjima haqida gap borganda, musannif madrasa toliblari, eski maktab o'quvchilari va umuman, keng xalq ommasini mo'ljallab shu ishga qo'l urgan, deyiladi. O'tmishda sabotulojizinxonlikning bardavom bo'lganligi shundan. Qolaversa, bugunda kitobxonlikka alohida e'tibor berilayotganligi bu kabi kitoblarni kishilarning hayot hamrohi, ma'naviy ustozi bo'lishini zaruriyat qilib qo'yadi. O'tmishda mazkurga ko'p sharhlar bitilgan. Rashid Zohidning "Ravoyihur rayhon" atalmish sharh kitobi bugungi kun talabi jihatdan ahamiyatli. Ushbu sharhlar oldingi shorihlar qarashlarini to'ldirish, o'rni bilan kerakli joylarda baytlar ustida kengroq mushohada qilinganligi va batafsil so'z yuritilganligi bilan e'tiborga molik. - S.B.) nasihat qilar ekan, "Toki hayot ekansan, belingda quvvat bor, quvvat borida qo'lingga belkurak olib, ko'ngil bog'ini sug'or. Senga berilgan umr bamisoli hayot yomg'iridir Har kuning sel bo'lib

Belingning quvvati borida olib bel,

Ko'ngil bog'in sug'or, kelmay turib sel.[So'fi Olloyor, 3, 113.]

145

www.birunijournal .uz

yog'ilyapti. Sel o'tgach, bog'ingni sug'orish imkoni qolmaydi, ko'ngil bog'ing qaqshab quriydi". [Rashid Zohid, 4, 242.]

Sharh judayam to'g'ri. Bunga boshqa tomondan qaralsa, yana qo'shimchalar qo'shish imkoni tug'iladi. Noseh aytadiki, "belingning quvvati borida olib bel" , ya'ni senga berilgan umrning tongidayoq ilm-u hunar o'rgan, komillik yo'lini tut, o'zingning jisming-u joningni tarbiyala, ma'rifatni o'rganishni o'zingga muttasil fan qil. "Bel" metaforasi manzarning sa'y-harakatlarining ja'mini o'zida mujassamlashtirgan. Ikkinchi misradagi (Ko'ngil bog'in sug'or, kelmay turib sel) "ko'ngil bog'i" metaforasi esa kishining qalbi, ong-u-shuurini ifodalamoqda, "sug'ormoq" ana shu qalb va ong-u shuurni ma'rifat bilan to'ldirmoq ma'nosini ifodalaydi. "sel" metaforasi esa umr poyonini ko'rsatuvchi "ajal"ni anglatadi. Zero ajal yaqinlashib, umr adog'i ko'rinib qolganida kech bo'ladi. Shuning uchun hayot ekansan, ilm o'rgan, komillik yo'liga tush, husni xulq bo'l, vaqtingni behuda ishlarga sarf etma, demoqchi bo'ladi noseh. "Belingni" va "bel" tajnislari "bel va sel" muqayyad qofiyalari baytni takrorlanmas musiqiylik bilan ta'minlagan.

Ayniqsa, masnu' she'rlarda so'z-timsollarning ma'noviy va shakliy jilvasi ko'zga yaqqol tashlanib turadi. Adabiyotimiz tarixida Zahiriddin Muhammad Bobur masnu' she'rning go'zal namunasini yaratgani ma'lum. Masnu'(mazkur so'zning lug'aviy ma'nosi qilingan, yaratilgan, san'atli, bezakli, hunar bilan yuzaga keltirilgan; istilohda san'atkorlik bilan tuzilgan she'r. - S.B.)larga shaklbozlik, deb qaralmasligi kerak. Zero unda bir yoki bir necha so'zning turli kombinatsiyalar va san'at maqomidagi ma'nosi orqali she'rning umumiy g'oyasi yuzaga chiqadi. Qisqalik, nishonga yo'naltirilganlik, ko'chma ma'no masnu'larining yuzaga kelishida xos unsurlar hisoblanadi. Masnu'ga tanlangan so'zlarning shaklida ham, ma'nisida ham emotsionallik, ekspressivlik, konnotativlik alohida bo'rtib turadi.

Bir bayt doirasida bir necha badiiy san'atlarni qo'llab, turli masalalardan mushohada yuritish va bu bilan deyilmoqchi bo'lgan fikrni she'rxonga tez va oson tarzda yetkaza bilish an'anaviy she'riyatning muhim xususiyatlaridan sanaladi. Shundanmi, bir qator shoirlar she'rlarida turli xil usullar, vositalar istifoda etilib, shaklga zeb berish bilan, satrlarning o'ynoqiligini ta'minlash, unda ilgari surilgan g'oyani silsilaviy tarzda jimjimador chiqishiga erishish hollari ko'p kuzatilgan. Bunday she'rlar masnu' she'rlar nomi bilan yoyilgan. Chunonchi, Zahiriddin Muhammad Bobur lirik merosida ana shunday she'rlar anchagina uchraydi. Aslida, masnu' she'rlar bitish - masnu' g'azal, qasida, ruboiy qit'alar yaratish yangi hodisa emas. Bunday she'rlar arab, fors-tojik va turkiy she'riyatda bir muncha uzoq tarixga ega. "Masnu'" arabcha so'z, asosi "sun'" - san'at demak. Ko'pligi "masnuot". Lug'atlarda "yaratilgan, bezatilgan, bezakli qilib ishlangan" ma'nolarida ishlatilishi

146

www.birunijournal .uz

aytilgan. Adabiy istiloh sifatida "san'at ichra san'atlarga yo'g'rilgan satrlar" degan ma'noda tushunish to'g'ri bo'ladi.

Bobur she'riyatida masnu' bo'la oladigan baytlar ham, alohida olingan masnu' she'rlar ham bor. Bir baytda lirik qahramonning yor va diyordan ayrilganlik azob-uqubatlarini tazod, tashbeh, istiora va boshqa san'atlar vositasida berishga erisha olgan:

Agar e'tibor berilsa, baytda badiiy san'at vazifasini o'tamagan biror so'zning o'zi yo'q. Baytda tanosib yetakchi badiiy san'at bo'lib oldinga chiqyapti. Chunki, "xazon yaprog'i", "sarg'armoq", "chehrayi zard" bir holatni, "gul yuzing", "lolaruh" yana bir ma'no guruhini tashkil etuvchi so'zlardir. Shuningdek, bu so'zlar guruhi anglatgan umumiy ma'no keyingi so'zlar guruhi anglatgan umumiy ma'no bilan zidlikni ham hosil qilyaptiki, buni hech ikkilanmay tazodga yo'yish mumkin. "Xazon yaprog'i" - ramz, unda ayriliqning eng yuqori doiradagi tasviri namoyon bo'lgan. Bu birikmada oshiqning ma'shuqadan bir umrga ayrilgani yoki bir umrlik hijronning qismatga aylanishiga ishora mavjud. Ayni damda, lirik qahramon va Bobur qismatdosh. Zero muallifning o'zi ham yoru diyoridan mosuvo; binobarin lirik qahramon ham yorining hijronida xazon yaprog'i sifat sarg'aygan; har ikkalasi ma'shuqa va sun'i naqqosh - Yaratgandan rahmu shafqat tilab turmoqqa haqli (bu o'rinda muallif va lirik qahramon taqdirdosh bo'lib, kechinmada uyg'unla shib ketadi. - S.B.) Birikmadan keyin kelayotgan yordamchi so'z (yanglig') misradagi asosiy tashbehni yuzaga keltiradi. Ma'shuqaning "gul yuzi" - istiora. Mazkur orqali ikki ob'ekt - ma'shuqa va ona yurtning bemisl timsoli chizilyapti: "gul" - qizillik, qizillik esa tomirlarda jo'sh urib oqayotgan sog'lom va navqiron qon - hayot belgisi. Bu holatda ma'shuqa va yurt timsollari uyg'unlashib, bir butunlikni tashkil qiladi. Bundan keyin kelayotgan "hajr" va undan so'ng kelayotgan "sarg'ardim" so'zi shoirning yor va diyordan ayrilig'ini ifodalabgina qolmay, shu ayriliqdan bag'ri qon bo'lgan shoirning shu ondagi holatini tasvirlashga bo'ysundirilgan. "Sarg'arish" -bemorlik. Bu ham - istiora. Bobur ayni shu so'z tagzaminiga o'zining ham yor, ham diyor ishqida tan bemor-u umid notavon bo'lgan qismati tarixini singdirib yuborgan. Baytning keyingi misrasidagi "lolaruh" istiorasi va "chehrayi zardim" birikmalarida ham oldingi misralardagi mazmunning mantiqiy davomini ko'ramiz. Bularning hammasi birlashib, baytda hech bir kutilmagan mubolag'ani yuzaga keltiradi. Shoir ana shunday usullar bilan har bir baytini bezab borishini boshqa g'azallarida ham uchratish mumkin. Chunonchi:

Labing bag'rimni qon qildi, ko'zumdin qon ravon qildi,

Xazon yaprog'i yanglig' gul yuzing hajrida sarg'ardim, Ko'rib rahm ayla , ey lolaruh, bu chehrayi zardim. [Bobur, 43-44]

147

www.birunijournal .uz

Nega holim yomon qildi, men andin bir so'rorim bor. [Bobur, 2, 59] Baytda mumtoz she'riyatda eng ko'p istifoda etilgan "lab" timsoli manzarga aylangan; ma'shuqaning labi, demakki, huddi gulning endi ochilishga kelgan g'unchasi misol va yoki oshiqqa jon bag'ishlaguvchi kalima uchun juftlangan lablari singari oshiqning bag'rini tilka-pora qilib tashlaydi, ko'zidan qon ravon qiladi. Bu timsol o'zidan keyin bir necha timsol va holatlarni ergashtirib keladi. Bu - yana tanosibning sinalgan ko'rinishi. Lab qizil, inchinun oshiqning ma'shuqa labi shavqida ko'zidan qip-qizil qon to'kishi ham ishonarli. Modomiki, oshiq shunday mushkulot girdobiga tushibdimi, holining yomon bo'lishi ham tabiiy; "so'rorim" so'zi - iyhom. Iyhom - shubhaga solish demakdir. Bu o'rinda mazkur so'zni ikki xil ma'noda anglash mumkin. Birinchi galda, oshiq ma'shuqadan nima uchun bu holga tushganini bilmoqqa o'tinmoqda. Ikkinchi tomondan, oshiq o'z yoridan shafqat tilab, lablaridan o'pmoqlikni iltijo qiladi. Bu birmuncha ochiq, botil tuyulsa ham, ayni o'rinda oshiqning ma'shuqaga benihoya yaqinligini ifodalashga xizmat qiladi. Shuningdek, baytdagi qofiyalar bayt mazmuniga pardoz bo'lgan holda unga alohida ohang -musiqiylik bag'ishlab, deyilmoqda bo'lgan fikrning hazin va ravon bo'lishiga, bir nafas bilan bayon qilinishiga olib kelgan.

Boburning masnu' she'rlarini tekshirgan ustoz R.Vohidov bular she'rda san'atlar majmuasini keltirishgina bo'lmay, muayyan g'oyani yuzaga chiqarishda vosita bo'lganini ta'kidlagan. [Vohidov, 5,41-44] Olimning yozishicha, "uning (Boburning - S.B.) bunday she'rlari shunchaki san'atpardozlik namunasi bo'lmay, muayyan g'oyani yuzaga chiqarish, ma'shuqaning siyratiga mos suvratini chizish, she'r ixlosmandi qalbida go'zallikka nisbatan shavqu zavq uyg'otish, misralarning ta'sir quvvati va uzoq esda saqlanishini ta'minlash kabi ulug'vor maqsadlar yo'lida xizmat qiladi." [Vohidov, 5,42]

Boburning bir masnu'sida yetakchi she'riy san'at sifatida takrir yoxud bargardonish (qaytarmoq, muayyan nizom asosida takrorlamoq, iltizomga yaqin) tasvir vositasi asosiy o'ringa chiqadi. Sharq she'riyatida takror so'zlarni aniq maqsadlar yo'lida qo'llash san'at darajasiga ko'tarilgani ilgaridan ma'lum. Ammo bu o'rinda takrorni su'iste'mol qilish she'rning badiiy mohiyatiga salbiy ta'sir qilishini ham aslo unutib bo'lmaydi. Takror qachonki shoir maqsadiga to'kis xizmat qilsagina, o'zining vazifasini o'tagan bo'ladi. Adib Ahmad bir hikmatida "Ko'ni bo'l, ko'ni qil, atin ko'ni, Ko'ni teyu bilsun xalayiq sani" der ekan, "ko'ni" so'zini to'rt marta takrorlaydi. Takror na shaklga, na mazmunga salbiy ta'sir etgan. Bilaks, she'rda birgina so'zni aniq bir maqsad va nizom asosida takror ishlatib, to'g'rilik (rostlik, halollik, vijdonlilik) naqadar ulug' fazilat ekanligini ta'kidlashga muvaffaq bo'lgan.

148

www.birunijournal .uz

Shunday ekan, takrirlar she'rdagi g'oyaning aniq va ta'sirchan chiqishiga xizmat qilsagina, san'at darajasiga ko'tarila oladi.

Bobur masnu'larida takrir aynan keltirilmaydi, balki tardi aks pardozida havola etiladi va ularda yuzaga kelgan ta'kidni ikki hissa yuqori darajada ifodalashga bo'ysundiriladi:

Tishing dur, labing marjon, qading gul, xating rayhon, Yuzing hur, soching anbar, so'zing mul, menging menon. Menon menging, so'zing mul, anbar soching, yuzing hur, Rayhon xating, qading gul, marjon labing, tishing dur.[Bobur, 2, 74] Masnu'da so'zlar emas, so'z birikmalari hamda sodda yig'iq gaplar guruhi ishtirok etgan. Birinchi bayt misrasi oxiridagi takrir moddasi ikkinchi bayt misrasi avvalida keladi. Masnu' talabi bo'yicha takrir qat'iy nizomga tayanishi lozim ekan, Boburning mazkur bo'lgan masnu'sida bir xil nizom o'xshatilmish va o'xshatish orasida, to'g'risi, mushabbah va mushabbah bihi orasida bo'lyapti. Avval ma'shuqaning o'xshatilayotgan bir a'zosi va keyin unga mos tashbeh havola etilmoqda. So'ngra esa bu tizim teskari qilib hammasida emas, ayrimlaridagina qaytarilyapti. Buni shunday tushunish mumkinki, birinchi va ikkinchi misradagi kalimalar uchinchi va to'rtinchi misralarda tahrirga uchraydi: xating rayhon - rayhon xating, labing marjon - marjon labing, soching anbar - anbar soching, menging menon - menon menging kabi. Masnu'da shoirning yana bir o'ziga xosligi shundaki, misralar tuzilishida ham o'zgacha tus olgan, ya'ni birinchi misra to'rtinchi misrada ters kelib, alohida ta'sirchanlikni hosil qiladi. Yana-da to'g'risi, ikkinchi misrani tugallagan o'xshamish uchinchi misrani boshlab beradi va birinchi misrani boshlab bergan kalima bilan masnu' she'r yakun topadi. Yana bir mulohazaki, "yuzing xur", "tishing dur", "qading gul", so'zung mul birikmalari tardi aksga uchramaydi. Buni ng ham sababi borga o'xshaydi. Agar bu kalimalar teskari takrorlanganida, kutilgan ma'no yuzaga chiqmay qolishi mumkin bo'lgan va shuning uchun Bobur ushbu o'rinda ikkala birikmani o'zgarishsiz qoldirgan. Masnu' to'rtlikdagi so'zlarning lug'aviy hamda badiiy ma'nolari ham manzarni vasfmi to'laqonli idrok qilishga safarbar etilgan: ma'shuqaning tishlari misoli dursifat oppoq va yaltiroq, lablari esa marjondek, qaddi-qomati xuddi ochilgan guldek chiroyli, lablari ustidaga mayin tuklar yangi chiqqan rayhondek tekis va xushbo'y; yuzi jannat xurlarining chehrasi yanglig' chiroyli, sochi mushk rangi kabi qora va anbar hidli, so'zi kishini mast qilguvchi sharobga monand, mengi, ya'ni labi ustidagi xoli e'tiborni tortar darajada rang olgan, uni qora ham deb bo'lmaydi, ko'kka tvin, ko'k esa kishining o'layotgan jasadiga kuch-u quvvat bag'ishlaydi. Albatta, keltirganimiz sharh nisbiy. Boburning ushbu masnu'sidan ma'shuqa vasfining turli jihatlarini topish mumkin. Ma'shuqa

149

www.birunijournal .uz

go'zalligi, uning takrorlanmas go'zalligini bilish uchun esa ilohiy bir ma'rifat kerak, masnu' she'r zamiriga yashiringan uxroviy ma'noni tushunib yetish zarur. Bu, endi, keyingi chiqishimizga mavzu.

So'zni muxtasar qilib aytganda, mumtoz lirika va epik poeziyada so'zga muqaddas yaratiq sifatida qaralgan, uning jilvasi hamda jozibadorligidan unumli foydalanilgan, so'z vositasida dunyoviy hamda uxroviy fikrlarni goh oshkora, gohida muzayyan tarzda havola qilishga harakat qilingan. So'zlar mumtoz she'riy asarlarda ta'sirchan va o'quvchi idrokidan biroz narida turgan timsollarning yaralishiga poydevor bo'lib xizmat qilgan. Shundanmi, mumtoz poeziya tili badiiy tilning tom ma'noda ishlangan, mukammallashtirilgan ko'rinishi sifatida baholanadi. Ularda so'z muallif va o'quvchi nazarda tutgan ma'nodan tashqari vazifalarni bajarishga o'tadi. Albatta, bunda muallif mahoratining o'rni bor. Masnu' she'rlar esa ana shu mahorat tufayli bamisli kelinchakka pardoz bergandek tus oladi, alohida ziynatlanadi. Masnu'da so'zning jilvasi, nazokati, fasohati, jozibasi bemisl ortishining boisi shundan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Anumep HaBOHH. Tyna acapnap TynnaMH. 10 ^HngnuK, 4-^Hng. X,aöpar yn-aöpop. - T.: F.FynoM HOMugaru HMHY, 2011.

2. 3axupuggHH Myx^MMag Eoöyp. Ha3M gypgoHanapu. - T.: fflapK, 1996.

3. Cy^u Onnoep. CaöoT yn-o:«:H3HH. - T.: CaHtar ^ypHanu, 2007.

4. 3oxug Parnug. PaBOÖuxyp pafixoH.// Cy^u Onnoep. "CaöoT yn-o:«:H3HH" rnapxu. - T.: fflapK, 2018.

5. BoxugoB P. eh3 öunraH Ba öunMaraH Eoöyp. - T.:, MatHaBH

150

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.