Научная статья на тему 'LUTFIY G’AZALLARIDA TALMIHNING QO’LLANISHI'

LUTFIY G’AZALLARIDA TALMIHNING QO’LLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2572
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MAVLONO LUTFIY / HORUT / XIZR / BOBIL / CHASHMAI HAYVON

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bahronova D.A.

This article reveals the art of talmih used in Lutfi's poems and the poet's artistic skill in its application. Mavlana's ghazals explain the historical works, prophets, angels, guardian names and related historical events that formed the basis for the creation of the art of talmud. The original content of the talmud used through the ideological analysis of the bytes is described.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF TALMIH IN LUTFIY'S GAZELLES

Ushbu maqolada Lutfiy g’azallarida qo’llanilgan talmih san’ati va uni qo’llashda shoirning badiiy mahorati ochib berilgan. Mavlono g’azallarida talmih san’atini yuzaga keltirish uchun asos bo’luvchi tarixiy asarlar, payg’ambarlar, farishtalar, valiy nomlari va ular bilan bog’liq tarixiy voqealarga izoh berilgan. Baytlarni g’oyaviy tahlil qilish orqali qo’llanilgan talmihning asl mazmuni bayon qilingan.

Текст научной работы на тему «LUTFIY G’AZALLARIDA TALMIHNING QO’LLANISHI»

Bahronova D.A.

BuxDUfilologiya fakulteti talabasi

LUTFIY G'AZALLARIDA TALMIHNING QO'LLANISHI

Annotation: This article reveals the art of talmih used in Lutfi's poems and the poet's artistic skill in its application. Mavlana's ghazals explain the historical works, prophets, angels, guardian names and related historical events that formed the basis for the creation of the art of talmud. The original content of the talmud used through the ideological analysis of the bytes is described.

Kalit so'zlar: Mavlono Lutfiy, Masih, Nuh, Horut, Yusuf, Xizr, talmih, tashbih, shavq, hol, kull, Bobil, chashmai hayvon.

Bahronova D.A. student faculty of philology Bukhara State University

THE USE OF TALMIH IN LUTFIY'S GAZELLES

Annotatsiya: Ushbu maqolada Lutfiy g'azallarida qo'llanilgan talmih san'ati va uni qo'llashda shoirning badiiy mahorati ochib berilgan. Mavlono g'azallarida talmih san'atini yuzaga keltirish uchun asos bo'luvchi tarixiy asarlar, payg'ambarlar, farishtalar, valiy nomlari va ular bilan bog'liq tarixiy voqealarga izoh berilgan. Baytlarni g'oyaviy tahlil qilish orqali qo'llanilgan talmihning asl mazmuni bayon qilingan.

Keywords: Mavlana Lutfi, Masih, Nuh, Harut, Yusuf, Hizr, talmih, tashbih, shavq, hol, kull, Babylon, spring animal.

Talmih (arabcha so'z bo'lib, "nazar solmoq" degan ma'noni bildiradi) badiiy san'ati she'r misralarida mashhur tarixiy shaxslarning, joy nomlarining, afsonaviy qahramonlarning nomlarini keltirish orqali fikrni go'zal tasvirlash yoki ular bilan bog'liq asarlarga, voqealarga ishora qilishdir. Mumtoz adabiyotimizga doir bir qator asarlarda ham talmih badiiy san'ati haqida ko'plab fikrlar aytib o'tilgan. Masalan, Atoulloh Husayniyning "Badoyi us - sanoyi' " asarida shunday ta'rif keltiriladi: " Talmih lug'atta bir nimaga nazar solmoqtur va bu san'atta she'r va andin o'zga nimalarga ishorat etilgani uchun ani talmih deb atapturlar" 4, deyilsa, "Al - mo'jam fi maoir - ul ash'or - ul - Ajam" asarida: "Shoir ozgina so'z bilan ko'p ma'noni ifodalasa, ana shunga talmih deyiladi. Bu san'at balog'at egalari nazarida itnob5dan ko'ra maqbulroqdir"

4 AToyorox, XycaHHHH. BagoHUby-c-caHOHnb . - T. : Fa$yp Fy^OM HOMngarn Aga6neT Ba camaT HampneTH , 1981 , 400 6.

5 Itnob - bu yerdagi ma'nosi gapni cho'zish

Экономнка h соцнумм №12(91)-1 2021

www.iupr.ru

121

deyiladi. Shuningdek, "Mezon ul - balog'a", "Balog'ati usmoniya" va "Ilmi bade' dar zaboni forsiy" asarlarida berilgan ta'riflar asosida ham shu fikrlar yotadi.6 Chunonchi, Atoulloh Husayniy "Badoyi us - sanoyi' " asarida talmih haqida gapirayotib shunday deydi: "Talmih kalomda mashhur qissa yo mashhur nodir she'r yoki mashhur maqolg'a ishorat etmaktin iborattur " [AToyraox XycaËHHH. Bag0HHty-c-caH0HHb. - T.: Fa^yp FyroM HOMHgara AgaônëT Ba caHtaT HampnëTH, 1981, 400 6.], Yoqubjon Is'hoqovning "So'z san'ati so'zligi" asarida esa bunday xulosa chiqariladi: "Demak, talmih shoirga bir ishora bilan chuqur ma'noni ifodalash imkonini beruvchi san'atdir. U istiora, tashbih kabi san'atlardan farqli o'laroq, ijodkorga tarixiy yo afsonaviy voqealarga, masallar, mashhur asarlar va qahramonlar obraziga ishora qilish va shu yo'l bilan o'z ijodini mo'jaz holda kuchaytirish uchun imkoniyat tug'diradi"7 Bundan anglashiladiki, bayt misralarida hatto mashhur qissa, rivoyat, afsonalarga ishora qilish ham talmih san'atini vujudga keltiradi. Shuni unutmaslik kerakki, adib Layli va Majnun haqida doston yoza turib, asar nomini tilga olsa, u talmih san'ati bo'lmaydi. Aksincha, boshqa birov haqida yoki mavzu haqida gapira turib, Layli va Majnunning nomini tilga olsa, bu talmih san'ati bo'la oladi.

Biz Lutfiy ijodi bilan tanisha turib, uning baytlarida talmihning yuksak va nodir namunalarini uchratishimiz mumkin. Chunki Lut fiyning so'z imkoniyati va badiiy mahorati nihoyatda cheksiz. Mavlono g'azallarini obrazli qilish va ta'sirchanligini oshirish uchun talmihlardan foydalanadi. Talmihni vujudga keltirish uchun shoir ko'pgina vositalarga murojat qiladi. Masalan, shoir baytda ba'zan tarixiy shaxslarni, ba'zan tarixiy asarlarni, ba'zan payg'ambarlar va farishtalarni, ba'zan valiy nomlari va ular bilan bog'liq tarixiy voqealarni qo'llaydi yoxud ularga ishora qiladi. Shunga ko'ra ularni quyidagi guruhlarga bo'lishimiz mumkin:

1. Talmih san'atini yuzaga keltirish uchun asos bo'luvchi tarixiy yoxud afsonaviy shaxslar ;

2. Talmih san'atini yuzaga keltirish uchun asos bo'luvchi tarixiy yoxud afsonaviy asarlar ;

3. Talmih san'atini yuzaga keltirish uchun asos bo'luvchi payg'ambarlar (Qur'oni nubuvvat) ;

4. Talmih san'atini yuzaga keltirish uchun asos bo'luvchi farishtalar (malakut) ;

5. Talmih san'atini yuzaga keltirish uchun asos bo'luvchi valiylar (valoyat).

Quyidagi ayrim baytlar orqali fikrimizni dalillab boramiz:

I. Talmih san'atini yuzaga keltirish uchun asos bo'luvchi tarixiy yoxud afsonaviy shaxslar:

6 Ishoqov Y. So'z san'ati so'zligi. - T. : "Zarqalam" , 2006 , 128 b.

7 Ishoqov Y. So'z san'ati so'zligi. - T. : "Zarqalam" , 2006 , 128 b.

'^KOHOMHKa h соцнумм №12(91)-1 2021

www.iupr.ru

122

G'azalnavislikda favqulodda mahoratga ega bo'lgan Mavlono Lutfiy lirik asarlarini jamlab yaratgan "Sensan sevarim" devonida asar qahramonlariga ham juda ko'p murojaat etib, ular orqali baytda talmih badiiy san'atini shakllantiradi. Chunonchi, shoir Iskandar (1 o'rinda), Ramzo (1 o'rinda), Jamshid (1 o'rinda), Afridun (1 o'rinda), Ulug'bek (1 o'rinda) va Xo'jandiy (1 o'rinda) bilan bog'liq talmihlarni o'z g'azallarida qo'llaydi.

Shoir talmih badiiy san'ati orqali an'anaviy yoxud afsonaviy obrazlar tarixini kitobxon yodiga soladi, lirik qahramon holati va xarakterini bir lahza kishi ko'z o'ngida gavdalantiradi, ya'ni shoir baytda talmihlarni qo'llash orqali lirik qahramon tasvirini ochib beradi, holatini ravshanlashtiradi. Eshigingdir baxt-u davlat, xoki poying asfar8im, Topmadi Jamshed-u Afridun bu qadr-u john9.[1 - bayt] (Lutfiy. Sensen sevarim. - T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1987, 102 -b. Bundan keyingi misollar ham shu kitobdan olinadi va tegishli betlar qavs ichida ko'ratiladi).

Baytda talmihga olingan shaxslar Jamshid va Afridundir. Jamshid -qadimgi afsonalarga ko'ra, Eronda eng ko'p hukmronlik qilgan peshdodiylar sulolasining to'rtinchi va eng buyuk hukmdori (Shoh Tahmurasdan so'ng 700 yil podshohlik qilgan). Shoh Jamshid Istaxr shahrini bunyod etib, mamlakatda behad farovonlik vujudga keltirgan. Sharobni ixtiro qilib, Navro'zni yangi yil bayrami sifatida nishonlashni joriy etgan. U hatto Zardushtdan ilgari Eronda mavjud bo'lgan bir diniy mazhabga asos solgan, oyna (Oyini jam) ixtiro qilgan hamda davlat tuzumini tashkil etib, aholini tabaqalarga bo'lgan. Bu mazhab va oyna quyosh-u tabiatga bog'liq va aysh-u ishrat bilan uyg'unlashgan bir suratda ta'riflanadi (Shoh Jamshidni ba'zilar Hazrat Sulaymon(butun zamin, yer-u osmon, shamol va hatto devlar ham uning hukmiga bo'y sundirilgan)ning aynan o'zlari, deb ta'kidlashadi). Go'yoki Jamshid o'z shon-u shavkati va saltanatidan mag'rurlanib ketib, xudolik da'vosini qilgan emish. Oqibatda Arabiston yarim orolidan, ehtimol Yamandagi od qavmidan Zahhok ismli bir hukmdor bostirib kelib, Eronni Jamshiddan tortib olgan ekan. So'ng, Zahhok ikki yelkasidagi ikki ilonga mahalliy aholining navqiron o'g'illari miyyasini yedira boshlabdi. Shunda o'g'illaridan ajragan bir Kova ismli temirchi bosh ko'tarib, Zahhokni o'ldiribdi va taxtni Shoh Jamshid naslidan bo'lmish Faridunga olib beribdi. Faridun adolat bilan davlatni idora qilib, keksaygach uch o'g'liga mamlakatn i bo'lib berish bilan Hazrat Nuhning maqomiga erishibdi. Afridun - Faridun -Jamshidning nabirasi. U yaxshi axloqiy olim va odil podshoh bo'lgan... "Faridunning podshohligi besh yuz yil erdi" [Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 14 - tom, 189-b.]. Faridun tarixda o'zining xazina va boyligi bilan mashhurdir.

Baytning ma'nosi quyidagichadir: " Yorning eshigi oshiq uchun baxt va davlatdir, uning oyoq osti esa bebaho xazinadir. Jamshid va Afridun shuncha

8 Asfar - sariq , sap-sariq. Baytda boylik , xazina ma'nosida

9 John - baland mansab , yuqori darajali amal , ulug'lik darajasi

harakat qildi, ammo sen kabi ulug' martabaga, yuksak darajaga erisholmadi ". Ma'shuqaning oyoq osti - xoki poyi oshiq uchun tojdir. Oshiq o'z yorining eshigidan topgan baxt - u davlatni Jamshid va Afridun erishgan martabadan yuqori qo'yadi. Vaholanki, Jamshid va Afridun adabiyotimizda kuch - qudrat, boylik va buyuklik timsoli hisoblanadi. Lekin oshiq nazdida ulardagi bor qudrat va buyuklik ma'shuqaning xoki poyichalik qadr - qiymatga ega emas. Ishqiy mavzuda yozilgan ushbu baytda ma'shuqa, go'zal yor mana shunday yuksak martabaga ko'tariladi. O'z yoriga katta baho berish har bir oshiq uchun xos xususiyat hisoblanadi (ayniqsa, Lutfiy ijodida bunday holatlar yaqqol namoyon bo'ladi). Bunday mubolag'ali, bo'rttirishlarga boy tasvirlar mumtoz adabiyotimizda an'ana hisoblanadi.

II. Talmih san'atini yuzaga keltirish uchun asos bo'luvchi tarixiy yoxud afsonaviy asarlar:

Mavlono Lutfiy devonida talmih sifatida qo'llangan shaxslar bilan birga talmih uchun asos bo'luvchi asarlar yoxud asar qahramonlari ham uchraydi. Chunonchi, devonda Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Vomiq va Uzro obrazlar keltirib o'tilgan. Ushbu devonda 10 marotaba Farhod bilan bog'liq, 6 marotaba Shirin bilan bog'liq, 6 marotaba Majnun bilan bog'liq va 3 marta Layli bilan bog'liq talmihlar mavjud. Shuningdek, Vomiq (2 o'rinda) va Uzro (1 o'rinda) obrazlari bilan bog'liq talmihlarni ham uchratishimiz mumkin.

Mavlono g'azallarida majoziy ishq bilan birga ilohiy ishq ham qalamga olinadi va yuqoridagi obrazlarni baytida keltirib, g'azalning ta'sirchanligi va obrazliligini oshiradi. Bu esa shoirning serqirra ijodkorligini isbotlaydi. Lutfiy g'azallarida ilohiy ishqni ulug'laydi va o'zini ilohiy ishqdan mast bo'lgan oshiq hisoblaydi. Quyidagi baytda ham buni yaqqol kuzatishimiz mumkin: Farhod ila Majnun, dag'i Vomiqda yo'q erdi Ul g'ussau hasratki, bu afgor10da bo'lg'ay (238 - bet).[2- bayt] Shoirning lirik asarlari markazida oshiq va uning sevgilisi - mahbuba obrazlari turadi. Luyfiy ushbu shoh bayti orqali "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" hamda "Vomiq va Uzro" afsonalariga ishora qilmoqda. Ulardagi chin oshiq hisoblangan Farhod, Majnun va Vomiq obrazlari orqali lirik qahramon o'z ishq - u muhabbatining darajasini o'ta yuqori baholaydi, ya'ni lirik qahramon o'z mahbubini ulardan - da ortiq sevadi, yor hajrida ulardan-da ortiq o'rtanadi. Hattoki, Farhod va Majnunda bo'lmagan g'ussa va hasratlar qalbi majruh (lirik qahramon)da bor. Bu baytning nasriy bayoni edi. Baytning g'oyaviy, botiniy ma'nosi esa quyidagichadir: Bilamizki, yuqoridagi Farhod va Majnun obrazlari ilohiy ishq ila tug'ilgan, jon bilan jism "payvast" bo'lmasdan burun ishq sharobidan totib ko'rgan ilohiy ishq otashining samandarlari edi. Ular maqom darajalarini bir - bir egallab, hol 11 martabasiga erishgan devonalar.12 Vaholanki,

10 Afgor - yaralangan , majruh

11 Hol - maqom darajalarini bir - bir egallab , muvaffaqiyatga erishgan solik. U tasavvur - tahayyulda ilohiy jamolni mushohada qila boshlaydi , qalbini zavq-u shavq qamrab oladi. U shunday bir holatga ko'tariladikim , butun a'zolari go'yo Alloh deydigan , har nafasi buyuk Tangrining borligidan xabar

hol martabasiga erishish yo'lida, ya'ni Allohga yetishish yo'lida u hajrdan o'rtanib, juda ko'p faryod chekadi. Oshiqning bunday holatini Farididdin Attor "Javharuz zot" asarida bir necha misollar bilan tasvirlagan. Chunonchi, u odamni ko'zaga, ilohiyotni esa daryoga qiyoslaydi. Ko'zani suvga botirganda, to ichi suvga to'lguncha quldirab ovoz chiqaradi, ammo ichiga suv to'lgandan keyin u ovoz chiqarmay qo'yadi, daryoga qo'shilib ketadi. Shoir bundan quyidagi xulosani chiqargan: biz aslimiz bo'lgan ilohga yetkuncha oh - nola qilamiz, ilohga yetgandan keyin esa u bilan birlashib ketamiz, nolamiz ham tugaydi. Daryo ichida qalbing ham daryoga aylanadi, qalb ko'zi ham ochiladi [Komilov N. Tasavvuf. Ikkinchi kitob. Tavhid asrori. - T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1999, 61-b. ]. Lutfiy ushbu bayti orqali o'zidagi ilohiy ishq olovining jism-u jonini o'rtashi ularnikidan kam emas, balki ularda bo'lmagan dard bu majruh(lirik qahramon)da bor. Ya'nikim, lirik qahramon ham hol martabasiga erishish, ya'ni Allohga yetishish yo'lida ulardan ham ortiq afg'on chekadi. Har soniya Alloh zikri ila yashaydi va kull13 tomonga intiladi (g'azalning to'liq matnida yuqoridagi baytning ma'no - mazmuni kengayib borganligini ko'rish mumkin. Bunda holning shavq14 bosqichiga erishgan oshiqning ruhiy holati va iztiroblari obrazli ifodalangan).

Demakki, shoir baytda Farhod, Majnun va Vomiq obrazlarini qo'llab, talmih san'atini vujudga keltiradi. Lutfiy o'z ijodida bu obrazlarni qo'llab, asar yozmagani uchun ham bu talmih san'atiga misol bo'la oladi va bu haqda yuqorida to'xtalib o'tgan edik.

III. Talmih san'atini yuzaga keltirish uchun asos bo'luvchi payg'ambar va nabiylar:

Mavlono Lutfiyning "Sensan sevarim" devonini o'rganish jarayonida payg'ambarlar bilan bog'liq talmihlar ham yaqqol ko'zga tashlanadi. Unda Odam alayhissalom, Nuh alayhissalom, Sulaymon alayhissalom, Ibrohim Xalilulloh, Ya'qub va Yusuf alayhissalom hamda Iso Masih kabi payg'ambarlar talmih qilib keltirilgan. Chunonchi, 5 o'rinda Odam alayhissalom bilan bog'liq talmih, 1 o'rinda Nuh alayhissalom bilan bog'liq talmih, 2 o'rinda Sulaymon (Solmon) alayhissalom bilan bog'liq talmih, 1 o'rinda Ibrohim Xalilulloh bilan bog'liq talmih, 2 o'rinda Ya'qub alayhissalom bilan bog'liq talmih, 14 o'rinda Yusuf alayhissalom va 20 o'rinda Iso alayhissalom bilan bog'liq va ularga ishora qilingan talmihlarga guvoh bo'lishimiz mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, Lutfiy devonida talmih sifatida eng ko'p qo'llagan payg'ambarlar Yusuf alayhissalom va Iso alayhissalomdir. Mavlono o'z g'azallarida Yusufi

beradigan bo'ladi. Boshqacha aytganda , maqom qat'iy amaliy nazorat bosqichi , ajz-u iztirobning chuqurlashib , kuchayib borishini anglatsa , hol - ruhiy taraqqiyotning natija - hosilasini bildiradi , solikda o'zga holatning , o'zga ruhiy kayfiyatning yuzlanishidan xabar berib turadi11 [Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. Birinchi kitob. - T. : G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1996 , 29-b.]

12 Devona - ilohiy jazba tekkan oshiq

13 Kull - Mutlaq ruh

14 Shavq - muhabbatning zo'rayishi. Tasavvuf adabiyotida holning uchinchi bosqichi hisoblanadi

Ka'non va Iso Masih obrazlarini talmih sifatida qo'llash bilan birga Yusufi Ka'nondagi go'zallik va Iso Masihdagi qayta tiriltirish a'moli (nafaqat Yusuf va Iso alayhissalom, balki har bir payg'ambarga xos barcha xususiyatlar)ni ma'shuqaga ko'chirib, mubolag'a va tadrijlarga boy, obrazli baytlar tizginini yaratadi:

Yusufni ko'rub Misr eli barcha to'yar edi

To'ymas kishi sendin nechakim qilsa nazzora (228 - bet).[3 - bayt] Lutfiy mumtoz adabiyot an'analari, xalq og'zaki ijodining bebaho durdonalaridan bahramand bo'lib, g'azaldagi markaziy obraz - ma'shuqani ohori to'kilmagan baytlarda tavsif etadi. Mavlono tengsiz husn - u malohat sohibi bo'lgan ma'shuqani tasvirlashda ilohiy timsollarga juda ko'p murojaat etadi va buni ko'pgina g'azallarida uchratishimiz mumkin.15 Jumladan, Yusuf obrazi ham yor go'zalligini bo'rttirib tasvirlash uchun qo'llaniladigan an'anaviy obrazlardan biridir. Ushbu bayt orqali ham shoir o'z yorini shu darajada go'zal hisoblaydiki, uni vasfini mutloq tengsiz qilib tasvirlaydi. "Qissasi Rabg'uziy"da keltirilishicha, Misr xalqida 3 oy ochlik hukm suradi. Xalq yig'gan oziq zaxirasi bilan bir oyni o'tkazishadi. Lekin keyingi ikki oy qanday o'tishi hammani xavotirga solardi. Shu payt Alloh taolodan amr qilinib, Yusuf alayhissalom jamolini butun xalqqa namoyon qiladi (u yuziga niqob tortig'liq yurardi. Shu kuni u niqobini ochdi va butun olam nurafshon bo'lib ketdi). Yusuf diydoridan xalq ikki oy davomida tashnalik va ochlikni butkul unutadi. Manbalarda keltiriladikim, dunyo yaralgandan to oxiratgacha faqat bir marta insonlar diydordan to'yadilar, u ham Yusuf Ka'non davrida. Baytda shu voqeotga ishorat qilingan. Misr xalqi Yusuf diydoridan to'ygan edi, lekin kishi senga necha marotaba nazar tashlasa ham diydoringdan to'ymaydi, demoqchi bo'ladi shoir. Lutfiy Yusuf alayhissalom bilan bog'liq ushbu voqeani baytda keltirish orqali yorining har jihatini Yusufdan ustun qo'yadi. Vaholanki, bizda Yusuf alayhissalom go'zallik ramzi. Demakki, shoir nazdida ma'shuqa chiroyi Yusuf husnidan ham ortiq, ya'ni u husn mulkida yaktodir. Baytda ma'shuqaning Lutfiy ijodiga xos, o'zgacha mubolag'ali tasviri keltirilgan. Chunonchi, turkiy adabiyotda o'ziga xos maktab yaratgan Mavlono Lutfiy ma'shuqa ko'rkining zamirida Allohning buyukligini ulug'laydi. Olam uning tajalliysi ekan, borliqdagi barcha go'zalliklar uning irodasi va sifatlari bilan bog'liq holda mavjudligini tasavvur etadi.

Ba'zi baytlarda lirik qahramon o'z harakat va holatini yoxud yorining fazilatlarini payg'ambarlardan ham ustun qilib tasvirlab, mubolag'aga yoyadi. Quyidagi baytda esa buning yaqqol guvohi bo'lamiz: Ming yashab Nuh agar bir yo'li to'fon ko'rdi Kunda bu yosh bila men g'arqai to'fon bo'ldim(150 - bet). [4 - bayt] O'z yoridan firoqda yashab, har kun ko'zidan oqqan yoshlar to'foniga g'arq bo'lgan oshiq iztiroblari ila yo'g'rilgan bu baytda Nuh alayhissalom bilan

15 Vohidov R. , Eshonqulov H. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O'quv qo'llanma. - T. : O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti , 2006. - 528 b.

bog'liq to'fon hikoyatidan juda o'rinli o'xshatma sifatida foydalanilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, oshiq hajr o'tida har kun yonadi, firoqdan butun jism ila joni o'rtanadi, ish o'tida bag'ri pora bu junun shu darajada ko'zyosh to'kadiki, uning yoshidan butun yer yuzini suv bosadi va bu yoshlardan hosil bo'lgan to'fonga oshiq har kun g'arq bo'ladi. Demakki, u har kun shunday qiynalib, fig'on chekadi, ko'zyosh to'kadi. Uning ko'zidan oqqan qonli yoshlari Nuh alayhissalom davridagi б oy davom etgan to'fon darajasiga qiyos keltiriladi. Baytning g'oyaviy mazmuni quyidagicha bo'ladi: Nuh alayhissalom ming yil yashab, umrida bunday to'fonni bir marta ko'rgan, lekin men yoshim ila hosil bo'lgan bunday to'fonga har kun g'arq bo'laman. Ya'nikim oshiq Allohga erishish uchun har kun oh - u nola qiladi, jism - u joni hajr o'tidan faryod chekib, ko'zyosh to'kadi va to'kkan yoshlari Nuh alayhissalom davridagi to'fondan ham ustundir ("To'fon rivoyati"da butun yer yuzini suv bosadi. Butun yer yuzida Nuhning kemasidan bo'lak hech narsa omon qolmaydi. Baytda shunga ishorat qilinyapti). Bu esa tasavvvufda maqom darajalarini bosib o'tayotgan oshiqning holatidir. Maqom darajalarida oshiq xuddi shunday holatga tushadi, ya'nikim to murodiga yetmaguncha, vahdat hosil qilmaguncha oshiq ana shunday firoq o'tida yonadi (Majnun ham Layli ishqida har kun shu darajada o'rtanadi, visolga yetmaguncha bag'r -u dilin chok qiladi, cho'l - u sahrolarda jununsifat yashaydi. Laylining vasliga bir daqiqa yetgan hamonoq undan sarhush bo'lib, o'zligini yo'qatadi. Baytdagi oshiq (lirik qahramon) ham xuddi shu holatda). Baytda Nuh bilan bog'liq talmih keltirilgan va bu talmih oshiq (lirik qahramon)ning holatini, botiniy olamini va ruhiy iztiroblarini ochib berishga xizmat qilgan.

IV. Talmih san'atini yuzaga keltirish uchun asos bo'luvchi farishtalar:

Mavlono Lutfiyning "Sensan sevarim" devonida talmihga olingan farishta Horutdir. Shoir ushbu devonda 11 marotaba Horut bilan bog'liq talmihni qo'llaydi va uni Bobildagi chohda umr o'tkazganligiga ishora qiladi:

Horut ko'zung sehrini ko'rdi, xijil o'ldi

Andin yoshunub ixtiyor etti chahi Bobil 16 (140 - bet).[5 - bayt]

Mavlono Lutfiyda so'z yordamida go'zal manzaralar yaratish, ulardan kutilmagan xulosalar chiqarish mahorati nihoyatda kuchli. Horut badiiy adabiyotimizda ayolga oshiq bo'lganligi sababli Alloh g'azabiga uchragan farishta sifatida gavdalantiriladi. Ushbu bayti orqali shoir Horutning farishtalikdan mahrum bo'lishiga o'z mahbubini sababchi qilib ko'rsatadi. Chunki ma'shuqaning sehrgar ko'zlari uni ham asir etgan, sehrlab qo'ygan. Vaholanki, Horut insondagi bu kabi go'zallikni ko'rib, xijolat chekdi va Bobildagi o'rda, chohga yashirinishni o'ziga ixtiyor etgan. Demakki, bu yor vasfini tadrijiy dalillashdir. Oldingi baytda ma'shuqning husni Yusuf

16 Bobil - Iroqda qadimgi zamonda shuhrat qozongan bir shahr. Chahi Bobil - Bobildagi afsonaviy bir o'rda , choh. Afsonalarga ko'ra , osmondan quvilgan Horut va Morut nomli farishtalarni Alloh shu chohda azoblagan.

Ka'nonnikidan-da ortiq edi, ushbu baytda esa farishtani xijolat qiladigan darajada maftunkor. Bundan ko'rinadiki, Lutfiy haqiqiy so'z ustasi, Navoiy ta'biri bilan aytganda, "o'z zamonasining malik ul - kalomi erdi" [Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. Yigirma jildlik. 13 - jild. Majolis un -nafois. - Toshkent, 1977].

Baytning g'oyaviy va botiniy mazmuni quyidagicha: Ushbu bayt Lutfiyning hamd g'azalidan keltirilgan. Unda Alloh taoloning buyuk sifatlari hamd qilinadi. Barcha parilar va malakut olamini Alloh yaratganligi, Yusufdagi ilohiy go'zallik ham Allohdan ekanligi hamda Horut ham qilgan ishidan xijolat chekib, Alloh qahridan qo'rqib, yerga tushirilganligi, shuningdek, jon (inson)ni ham Alloh yaratganligi g'azalda ifodalangan. Yuqorida keltirgan baytimiz bir qarashda oddiy ma'shuqa, go'zal yor tasviridek tuyiladi, lekin tag zamirida tasavvufiy mohiyat bor. Bu baytda yuqorida aytib o'tganimizdek, Horutning Alloh qahriga uchrab, farishtalikdan mahrum bo'lishi va yerga tushirilish tasviri qalamga olingan.

V. Talmih san'atiniyuzaga keltirish uchun asos bo'luvchi valiylar:

Mavlono Lutfiyning "Sensan sevarim" devonida eng ko'p qo'llanilgan valiy Xizr alayhissalomdir. Shoir bu devonida 19 o'rinda obi hayvon, ya'ni tiriklik suvining nomini keltirib Xizr alayhissalomga ishorat qilgan va 12 o'rinda Xizr alayhissalom nomini keltirib talmih san'atini yuzaga keltiradi. Demakki, devonda Xizr alayhissalom bilan bog'liq umumiy talmihlar soni 31 ta o'rinda qo'llanilgan.

Mavlono Lutfiy ko'pincha yorning jamoli va sifatlarini an'anaviy yoki afsonaviy obrazlarga qarama - qarshi qo'yib, yangi obrazlar yaratadi hamda bu obrazlar tarixiy yoki afsonaviy obrazlar ustidan "g'olib" chiqadi:

Labingdin so'rg'ali keldim tabuq 17da,

Xizrdek chashmai hayvona18 keldim (156 - bet).[6 - bayt]

Ushbu baytda Xizr va chashmai hayvon so'zlari orqali talmih badiiy san'ati yuzaga kelgan. Xizr adabiyotimizda abadiy tiriklik timsoli hisoblanadi. Aytilishicha, u abadiy tiriklik suvin ichib, boqiy tiriklikka erishgan. Nosiruddin Rabg'uziyning "Qisasi Rabg'uziy" asarida Xizr alayhissalom haqida shunday ta'rif keltiriladi: "Xizr ma'nisi yashil bo'lur. Qayu tosh uza Xizr alayhissalom o'ltursa, ul tosh yasharur erdi. Aning uchun Xizr ataldi. Ba'zilar aydilar, Xizr yalavoch erdi. Ba'zilar aydilar, yalavoch ermas, solih, muslih erdi. Tag'i sayramlig'. Bani Isroilda ulg'aydi. Mangu suyin ichib tirik qoldi" [Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasi Rabg'uziy. Ikkinchi kitob. - T.: "Yozuvchi", 1991, 272 b. -68 b.]. Baytda ham ushbu voqeotga ishora mavjud. Chunonchi, lab tasavvuf adabiyotida haqiqiy yoki majoziy yorning kalomi, uning purma'no, hikmatli so'zlari hisoblanadi. Baytning g'oyaviy mazmuni va botiniy ma'nosi quyidagicha bo'ladi: "Xizr alayhissalom tiriklik suvini izlab, unga erishganidek,

17 Tabuq - xarob bo'lmoq , buzilmoq , vayron bo'lmoq.

18 Chashmai hayvon - tiriklik suvi chiqadigan afsonaviy buloq , chashma. Uni Qora zulmat mamlakatidan Xizr qidirib topgan

mendek qalbi xarob, ko'ngli majruh ham piri komilning purma'no kalomini so'rmoqqa, unga quloq solmoqqa va u bilan diydor ko'rishmoqqa keldim". Xizr tiriklik suvining bulog'ini, uning makonini topgani kabi, mendek ko'ngli majruh ham ishq istab, oriflarning kalomini eshitmak uchun murshidlar makoniga, piri komillar yig'iladigan joyga keldim. Demakki, lirik qahramon Xizr alayhissalom bilan bog'liq voqeani tamsil keltirish va unga ishora qilish orqali o'z holatini ochib beryapti, ya'ni Xizr tiriklik suvini izlab topishga va undan ichishga qanchalik tashna bo'lsa, oshiq ham piri komilning hikmatli va purma'no so'zlariga, uning uzoriga shunchalik tashnadir. Yoxud baytda ikkinchi bir ma'no ham mavjud, ya'ni lab tasavvuf adabiyotida visol ma'nosida ham qo'llaniladi. Agar baytga istilohning shu ma'nosi nuqtai nazaridan yondashsak, ma'no quyidagicha bo'ladi: " Ey Alloh, Xizr obi hayvonni izlab topganidek va abadiy tiriklikka erishib, maqsadiga erishganidek, men ham siniq va majruh ko'nglim-la sening vaslingga yetishmoq uchun, sen bilan yaqinlashish va vahdat hosil qilish uchun keldim. Ya'nikim, Xizrning maqsadi - obi havonni topmoq edi. Mening maqsadim esa sening visolingga yetmoq va vahdatga erishmoqlikdir ".

Mavlono Lutfiy o'z g'azallari yoxud baytlarida talmih san'atini qo'llar ekan, ularga ma'lum bir "vazifa yuklaydi". Talmih qo'llashda ma'lum bir maqsad bo'ladi va u ma'lum bir g'oyani ochib berishga xizmat qiladi. Talmih bir o'rinda Alloh ishqida yongan oshiq va uning nola - afg'onlari, iztiroblarini, ya'ni oshiqning ruhiy holati va botiniy olamini ochib beradi (sharhlagan ikkinchi, to'rtinchi va oltinchi baytimiz misolida), bir o'rinda Allohni hamd qiladi ( beshinchi va uchinchi baytimiz misolida), bir o'rinda go'zal yorni vasf qiladi (sharhlagan birinchi baytimiz misolida). Talmihdan turli usullardan bunday foydalanish shoirning badiiy mahoratini ko'rsatib beradi.

Biz yuqorida shoirning talmih san'ati uchun asos bo'luvchi ayrim baytlarini keltirib sharhlab o'tdik, xolos. Aslida, Lutfiyning har bir shoh baytida juda ko'p badiiy san'atlar va har bir misrasi zamirida chuqur ma'nolar mujassam. Mavlono Lutfiyning har bir bayti shoh satr - la yozilgan, ohori to'kilmagan tariflar ila yo'g'rilgan, asr osha o'z qadrini yo'qotmaydigan qiymatga ega qimmatli yodgorlikdir. Shu vajdan shoir ijodi abadiy va umrboqiydir. Alohida ijod yo'liga ega bo'lgan Mavlono Lutfiy o'zining boy va sermazmun she'riyati bilan keyingi davr o'zbek adabiyotiga ham mazmun, ham shakl jihatdan samarali ta'sir ko'rsatadi. Shoir ijodi ko'p asrlik adabiyotimizning yorqin sahifalaridan biri sifatida avlodlar uchun ibrat va mahorat makta bi bo'lib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Is'hoqov Y. So'z san'ati so'zligi. - T.: "Zarqalam", 2006, - 128 b.

2. Атоуллох Хусайний. Бадойиъу-с-cанойиь. - Т.: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1981, - 400 б.

3. Лутфий. Сенсан севарим. - T.: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1987, - 352 б.

4. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. Birinchi kitob. - T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1996, 272 b.

5. Komilov N. Tasavvuf. Ikkinchi kitob. Tavhid asrori. - T.: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1999, 205 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.