Научная статья на тему 'KO’KSIDA GUL O’STIRMOQ ZAVQI'

KO’KSIDA GUL O’STIRMOQ ZAVQI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
356
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lirik qahramon / ishtiqoq / tajziya / laff va nashr / tazod / tarse’ / takrir / tavze / tashbeh / istiora / tanosub / tajnis / oshiq / yor obrazi. / lyrical hero / ishtikak / tajzia / laff va zadh / tazad / tarse' / takrir / tawze / tashbeh / allegory / analogy / tajnis / ashik / yor image.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Eraliyeva, Sarvinoz Oybek Qizi, Mengliyev, B.R.

Maqolada Z.M.Boburning “Tishing dur, labing marjon” deb boshlanuvchi g’azali bo’yicha badiiy tahlil amalga oshirildi. Tahlil she’r badiiyati va undagi she’riy san’atlar ustida kechdi. Bobur lirikasining o’ziga xos jozibasi ochib berilishiga qaratilgan ushbu maqolada shoir mahorati va g’azal matnining ta’sir kuchi qay tarzda ifodalanganiga oydinlik kiritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLEASURE OF GROWING A FLOWER IN THE CHEST

In the article, an artistic analysis of Z.M. Babur's ghazal beginning with "Tishing dur, lipz marjon" was carried out. The analysis was based on the art of poetry and its poetic arts. In this article, aimed at revealing the unique charm of Babur's lyrics, it was clarified how the poet's skills and the influence of the ghazal text were expressed.

Текст научной работы на тему «KO’KSIDA GUL O’STIRMOQ ZAVQI»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

KO'KSIDA GUL O'STIRMOQ ZAVQI

Eraliyeva Sarvinoz Oybek qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti o'zbek tili va adabiyot yo'nalishi 2-bosqich magistranti +998 99 999 21 90 Sareraliyeva2@gmail .com Ilmiy rahbar: Mengliyev B.R.

ANNOTATSIYA

Maqolada Z.M.Boburning "Tishing dur, labing marjon" deb boshlanuvchi g'azali bo'yicha badiiy tahlil amalga oshirildi. Tahlil she'r badiiyati va undagi she 'riy san 'atlar ustida kechdi. Bobur lirikasining o 'ziga xos jozibasi ochib berilishiga qaratilgan ushbu maqolada shoir mahorati va g'azal matnining ta'sir kuchi qay tarzda ifodalanganiga oydinlik kiritildi.

Kalit so'zlar: lirik qahramon, ishtiqoq, tajziya, laff va nashr, tazod, tarse', takrir, tavze, tashbeh, istiora, tanosub, tajnis, oshiq, yor obrazi.

ABSTRACT

In the article, an artistic analysis of Z.M. Babur's ghazal beginning with "Tishing dur, lipz marjon" was carried out. The analysis was based on the art of poetry and its poetic arts. In this article, aimed at revealing the unique charm of Babur's lyrics, it was clarified how the poet's skills and the influence of the ghazal text were expressed.

Key words: lyrical hero, ishtikak, tajzia, laff va zadh, tazad, tarse', takrir, tawze, tashbeh, allegory, analogy, tajnis, ashik, yor image.

KIRISH

Bundan o'n yillar avval ustozimiz rahmatli Bahrom Jalilov shunday degandilar: " Z.M.Boburni biz shoh va shoir deymiz, lekin shoh Bobur boshqa, shoir Bobur boshqa. Ya'ni bu ikkisi bir odam emas, bir vujuddagi ikki insondir." Hanuz o'ylayman, shoh bo'la turib qalbida eng nozik chechaklarni qilichlar zarbi-yu yillar urfonidan omon saqlab yashay olish biror shoirning qo'lidan kelarmidi?! Bu ishni faqat toza ruh sohibi, ammo yuragining bir parchasini olislardagi aziz go'shasida qoldirib yarim ko'ngil bo'lib qolgan Bobur hazratlarigina uddalay oldi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Bobur hazratlarining lirik qahramoni tasavvurimda goh ollohga, goh ona yurtga, goh go'zal yorga oshiq bo'lib gavdalanaveradi. Ko'pincha bu oshiq ham yaratganga, ham vatanga, ham real mahbubaga birday muhabbat bog'laganday taassurot

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

uyg'otadi. Lirik qahramon ham shoirning yoshi ulg'aygan sari komillikka erishib boraveradi.

Z.M.Boburning boshdan oyoq she'riy san'atdan iborat "Tishing dur, labing marjon..." deb boshlanuvchi g'azali ham yor obrazi orqali namoyon bo'lgan Yaratganga cheksiz muhabbatga yo'g'rilgan beqiyos san'at asaridir. She'r ibtidosidan so'ngiga qadar takrir, tasdir, tardi aks, maqlubi mustaviy kabi she'riy san'atlar asosiga qurilgan. She'rda shoir so'z o'yinini yuzaga keltirgan va shu bilan birga har bir banddagi ikki bayt o'rtasida ham fikr urg'usi va ta'kidiga, ham ma'no-mazmun yangilanishining kashf etilishiga erisha olgan.

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon, Yuzung xur, soching anbar, so'zing mul, menging meynon. Meynon menging, so'zing mul, anbar soching, yuzung xur, Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Baytlardagi ohanrabo kishi qalbiga singib, ruhiga yengillik bag'ishlaydi. Tasvir go'zalligiga tahsin o'qiging keladi. Bunga, albatta, shoirning yuksak badiiy mahorat egasi ekanligi sabab bo'lgan. Misralardagi joziba, undagi she'riy san'atlar she'rxonni tamomila maftun etadi.

1-baytda laff va nashr she'riy san'ati vositasida oshiq avval mahbubaning tishi, labi, xadi, xati, yuzi-yu sochi, so'zi-yu mengini tilga olib, so'ng ularga hukm o'qiydi. Ya'ni lirik qahramonning tasavvurida yor tishi tish emas dur, labi lab emas marjon va h.k. Baytdagi tanosub esa bir-biriga bog'liq ravishda yor husnini ifodalab kelayotgan poetik obrazlar munosabatida hosil bo'lgan. Tish, lab, xad, xat, yuz, soch, so'z, meng obrazlari chambarchas holatda mahbuba surati-yu siyratini ko'z oldimizda gavdalantiradi. Agar bu obrazlardan birortasi tushirilib qoldirilganda, yor tasvirida bo'shliq yuzaga kelgan bo'lar edi.

Tajziya she'riy san'atini qo'llash orqali shoir yuqoridagi har ikkala baytning har bir misrasida ichki qofiyalanishning hosil bo'lishiga erishgan: Tishing dur-yuzung xur, xading gul-so'zung mul, xating rayhon-menging meynon; meynon menging-rayhon xating, so'zung mul-xading gul, yuzung xur-tishing dur. Bu she'riy san'atni musajja ham deb atash mumkin. Yana bu yerda shoir izdivoj san'ati orqali misralardagi qofiyadosh so'zlarni yonma-yon, juftlashtirib keltirgan. Yoki band baytlarida uch va undan ko'p qofiyalanish sonini e'tiborga olsak, zulqavofi san'ati yuzaga kelganiga ham guvoh bo'lamiz:

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon, Yuzung xur, soching anbar, so'zing mul, menging meynon. Meynon menging, so'zing mul, anbar soching, yuzung xur, Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Tar'se san'ati esa baytdagi 1- va 2- misradagi so'zlar bir-biriga ohangdosh bo'lib kelishida ko'rinadi: dur-xur, gul-mul, rayhon-meynon. Bu holat 2- baytda teskari takrorlangan: meynon-rayhon, mul-gul, xur-dur. Aynan shu teskari takror baytlar o'rtasida tardi aksni yuzaga keltirgan. Takrir san'ati bilan bog'liq holat 1 -baytni boshlab bergan "tishing dur" birikmasini 2-bayt so'ngida takrorlanishida kuzatiladi va bu tasdirni hosil qilgan.

Tansiq us-sifot ya'ni paydar-pay sifatlash san'ati ham bu bandga zeb berib turibdi: 1-misrada mahbubaning tishi, labi, xadi-yu xatiga ketma-ket sifatlar berilsa, 2-misrada yor yuzi-yu sochi, so'zi-yu mengining go'zalligi maqtaladi. Mahbubaning husn-u fazilatlariga mubtalo bo'lgan oshiq keyingi baytda ham suyuklisining o'ziga xos sifatlarini teskari qofiyalab qayta urg'u bilan ta'kidlab o'tadi.

Tashobihul-atrof she'riy san'ati orqali she'r bandida kuzatiladigan taraflarning o'xshashligi yuzaga kelishini inobatga olsak, g'azalning 1-bandida ham ushbu san'atni uchratamiz. Buni tasbe san'ati ham deyish mumkin. Tasbe' she'riy san'atida baytning yo misraning oxiridagi so'z keyingi bayt yoki misra boshida qo'llanilishini bilamiz, bu bandda ham aynan shu holat ko'zga tashlanadi: banddagi 1-baytni tamomlagan "meynon" so'zi keyingi baytni boshlab bergan. Bu she'riy san'at barcha bandlarning 2- va 3-misralari o'rtasida takror qo'llangan.

Endi g'azalning 2-bandini badiiy tahlil qilib ko'raylik:

Tafohur ko'zum, ko'nglum qilurlar magar bordur,

Ko'zingga ko'ngul vola, yuzunga ko'zum hayron.

Hayron ko'zum yuzunga, vola ko'ngul ko'zungga,

Bordur magar, qilurlar ko'nglum, ko'zum tafohur.

Ishtiqoq sheriy san'ati "ko'zum-ko'zingga", "ko'nglum-ko'ngul" kabi o'zakdosh so'zlarning qo'llanilishida ko'rinadi. "Yuz", "ko'z", "ko'ngul" so'zlari esa bir-birini taqozo etgan holda o'zaro munosabatga kirishgan va tanosub san'atini hosil qilgan.

Ko'zning yor yuziga hayron bo'lishi va ko'ngilning ma'shuqa ko'ziga bog'lanib qolishi tashxis san'atini yuzaga keltirgan. "Ko'zim, ko'nglim bor ekan husningga bog'lanib yashayveraman", degan mazmun bandning 1- baytida ifodalangan bo'lsa, "bordur" shalkdosh so'zini ikki o'rinda turli ma'noda berilishi shoir mahorati o'laroq tajnis san'atining hosil bo'lishiga olib kelgan. Ikkinchi baytdagi mazmun esa quyidagicha: sening yuz-ko'zinnga bog'lanib, ado bo'lgan ko'zim va ko'nglim endi menga sen tomon borishimni so'ramoqda. Banddagi "k" undoshining bir maromda takrorlanishi musiqiy ritmni hosil qilgan hamda tavze she'riy san'atini vujudga keltirgan:

Tafohur ko'zum, ko'nglum qilurlar magar bordur,

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

Ko'zingga ko'ngul vola, yuzunga ko'zum hayron. Hayron ko'zum yuzunga, vola ko'ngul ko'zungga, Bordur magar, qilurlar ko'nglum, ko'zum tafohur.

G'azalning 3-bayti tahlilini esa quyidagicha amalga oshirdik: Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling, Pariydek seni ko'rdum emassen magar inson. Inson magar emassen, ko'rdum seni pariydek, Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Banddagi tashbeh "pariydek" so'zi vositasida berilgan. Birinchi baytda lirik qahramon "qancha o'ylasam ham sening qiyosingni topmadim, sen inson emas pari kabisan", deya xitob qilsa, baytning 2-baytida esa oshiq "agar sen inson bo'lmasang, chindanam pari ekansan", degan qat'iy qarorga keladi. Band baytlaridagi mazmun yangilanishiga hatto tinish belgilari ham sabab bo'lgan, bandda "pari" so'zi bir o'rinda "pariga o'xshagan qiz" ma'nosida, 2-o'rinda o'z ma'nosida "malak", "farishta" ma'nosida qo'llangan. Bilamizki, ibhom she'riy san'ati misralardagi urg'u yoki vergulning o'rni o'zgarishi natijasida yangi ma'no hosil bo'lishini ifodalaydi. Demak bu yerda ham ibhom bor. Bu holat o'z navbatida yana tajnisni hosil qilgan.

Banddagi taajjub she'riy san'ati esa yaqqol ko'rinib turibdi: oshiq ko'ngil qo'yganining hech bir qiyosini topolmay, inson yoki pari ekanligini qancha o'ylasa-da bilolmay hayratda qolgan.

E'tiborimizni eng ohangdor 4-bandga qaratamiz: Balodur manga hajring, davodur manga vasling, Itobing manga ofat, hadising manga darmon. Darmon manga hadising, ofat manga itobing, Vasling manga davodur, hajring manga balodur.

"Hajring va vasling"; "balodur va davodur"; "ofat va darmon"; "itobing va hadising" kabi zid ma'noli so'zlar juftligi qarshilantirish ya'ni tazod she'riy san'atini hosill qilgan. Qaytarish san'ati vositasida esa "menga" so'zi har bir misrada ikki marotabadan, bandda esa jami sakkiz bor takrorlangan.

Izdivoj she'riy san'ati orqali shoir ikki yoki undan ortiq qofiyadosh so'zning yonma-yon keltirgan: balodur-davodur, hajring-vasling... Oxirgi 5-baytga ham yetib keldik: Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor, Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon. Ey jon sanga aningdek bir qul yana topilmas, Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Istiora san'ati orqali shoir yorga "ey jon'' deya murojaat etgan. Ya'ni bu yerda "jon" o'z ma'nosida emas, qizni nazarda tutish uchun qo'llangan.

Tamsil ya'ni dalillash san'ati ham bu bandga zeb berib turibdi: shoir bunda lirik qahramon—oshiq tilidan gapirmaydi, shoh Boburni nazarda tutgan ko'rinadi. Shu o'rinda tamsil bilan birvarakayiga ittifoq, ya'ni o'zaro muvofiqlashish san'ati ham qo'llanganini kuzatamiz. Ittifoq san'atini qo'llash orqali shoir maqta'da o'z nomidan boshqa ijodiy niyatini amalga oshirish uchun foydalangan. Bandning mazmuni quyidagicha: ey jon, (murojaat mahbubaga qaratilmoqda) senga dunyolar podshohi quldir, sen bo'lsa unga nazar solmaysan. Axir senga yana u kabi(podshohday) qul topilmaydi. "Bobur"dek shoh bo'la turib yor hajrida qul bo'lgan oshig'-u beqarorning dunyoda boshqa topilmasligi bu dalildir va timsolni yuzaga keltirgan holat hisoblanadi.

Maqlubi mustaviy ya'ni harflar yo so'zlarning ters qaytarilishi san'ati g'azalning boshdan oyoq noyob badiiy asarga aylanishini ta'minlagan. Ya'ni g'azalniing har bir bayti keyingi baytda teskari holatda aynan takrorlangan. Bu esa she'r musiqiy ritmini oshirib, qo'shiqdek o'qilishiga olib kelgan.

Bobur hazratlarining lirikasini turfa anvoyi gullar o'rab turganday, nazarimda. Biz ushbu maqolamizda ana shu gullarning bir nechtasinigina iforidan bahramand bo'lishga erishdik. Ya'ni shoirning birgina yigirmadan ortiq she'riy san'atlar qo'llangan "Tishing dur, labing marjon..." deb boshlanuvchi g'azalini she'riy san'atlar bo'yicha tahlil qilib quyidagilarni aniqladik:

1. 1-bandda laff va nashr, tanosub, tajziya (musajja), izdivoj, zulqavofi, tarse, takrir,tasdir, tansiq us-sifot, tashobihul-atrof (tasbe'), maqlubi mustaviy;

2. 2-bandda ishtiqoq, tanosub, tashxis,tajnis, tavze, tashobihul-atrof (tasbe'), maqlubi mustaviy;

3. 3-banddatashbeh, tajnis, taajjub, ibhom, tashobihul-atrof (tasbe'), maqlubi mustaviy;

4. 4-bandda tazod, qaytarish, izdivoj, tashobihul-atrof (tasbe'), maqlubi mustaviy;

5. 5-bandda istiora, tamsil, ittifoq, tashobihul-atrof (tasbe'), maqlubi mustaviy kabi she'riy san'atlar mavjud.

Ko'rib turganimizdek, ko'plab she'riy san'atlar g'azalda bir necha bor ishlatigan. Albatta, g'azalda biz ko'zdan qochirgan yana ko'plab badiiy topilmalar bor, bizning tahlil ushbu g'azal uchun yakuniy xulosani bermaydi. Har bir tadqiqotchi yoki shunchaki Bobur hazratlarining she'rlarini sevib o'qiydigan she'rxon g'azaldan yana boshqa badiiy go'zallikni kashf etishi mumkin.

XULOSA

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

REFERENCES

1. Zahiriddin Muhammad Bobur g'azallari. Bobur she'rlari-ilmlar.uz

2. She'riy san'atlar/ saviya.uz

3. Adabiyotshunoslik lug'ati. D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva. Toshkent-2013

4. So'z san'ati so'zligi. Y.Is'hoqov. Toshkent-2006

5. Mustafayev, U. U., Mustafayeva, S. U., & Haydarov, O. E. (2022). TURMUSHDAGI ISLOM: NAMOYON BO 'LISHI VA MOHIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 914-921.

6. Murtazova, S. B. (2021). VATAN HIMOYACHILARI YODI MANGU BARHAYOT!(Ikkinchi jahon urushida noma'lum ketgan bobom Begmatov Omon va Xaramjo 'ylik urush qatnashchilari haqida). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 544-549.

7. Mustafayev, U. U. (2021). YANGI O 'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO 'YICHA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 568-577.

8. Саидов, С. (2022). ЯНГИ МАЪНАВИЙ МАКОННИ ТАШКИЛ ЭТИШДА ИБН МУКДФФА АСАРЛАРИНИНГ РОЛИ. International scientific journal of Biruni, 1(3), 19-22.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.