Научная статья на тему 'SAKKOKI IJODIY MAVZUSI VA BADIIY SAN'ATI'

SAKKOKI IJODIY MAVZUSI VA BADIIY SAN'ATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

536
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mavlono Sakkokiy / Hajr / Adan / Movarounnahr / Farhod / Shirin / Masih

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gayrat B. Isroilov

Hozirgi kunda Mavlono Sakkokiy merosining asosiy qismini g„azallar tashkil etishi barchaga ma‟lum. Shoir she‟rlarining bosh mavzusi ishq, bosh timsoli – Inson. Ularda insonparvarlik, millatchilik, umid, qarashlar, go„zallikning ta‟rifi, hayotga muhabbat, ijtimoiy fikr va qaysidir ma‟noda siyosiy qarashlar mavjud. Demak, uning she‟rlarida asosiy mavzu ishq bo„lib, ba‟zi o„rinlarda ilohiy ishq, tasavvufiy g„oyalar tasvirlangan. Shoir o„z she‟rlarida inson sevgisini, orzu-umidlarini, dardlarini, bir so„z bilan aytganda, inson dardini, orzu-umidlarini, tabiatni tasvirlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В настоящее время хорошо известно, что основную часть наследия Мауляны Саккоки составляют газели. Основная тема стихов поэта – любовь, главный герой – Человек. В ник ест гуманизм, национализм, надежда, видения, определение красоты, любовь к жизни, социальная мысль, в некотором смысле, политические взгляды. Итак, основная тема его стилей любовь, а местами изображает боевую любовь ва мистические идеи. В своих стихах поэт описывает человеческую любовь, мечты, боли, слово, человеческие боли, мечты, природу.

Текст научной работы на тему «SAKKOKI IJODIY MAVZUSI VA BADIIY SAN'ATI»

SAKKOKIIJODIY MAVZUSI VA BADIIY SAN'ATI

G'ayrat B. Isroilov

Jizzax davlat pedagogika instituti, "O'zbek adabiyoti o'qitish metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi, (ORCID 0000-0002-9234-6759) [email protected]

Hozirgi kunda Mavlono Sakkokiy merosining asosiy qismini g'azallar tashkil etishi barchaga ma'lum. Shoir she'rlarining bosh mavzusi ishq, bosh timsoli - Inson. Ularda insonparvarlik, millatchilik, umid, qarashlar, go'zallikning ta'rifi, hayotga muhabbat, ijtimoiy fikr va qaysidir ma'noda siyosiy qarashlar mavjud. Demak, uning she'rlarida asosiy mavzu ishq bo'lib, ba'zi o'rinlarda ilohiy ishq, tasavvufiy g'oyalar tasvirlangan. Shoir o'z she'rlarida inson sevgisini, orzu-umidlarini, dardlarini, bir so'z bilan aytganda, inson dardini, orzu-umidlarini, tabiatni tasvirlaydi.

Kalit so'zlar: Mavlono Sakkokiy, Hajr, Adan, Movarounnahr, Farhod, Shirin, Masih.

В настоящее время хорошо известно, что основную часть наследия Мауляны Саккоки составляют газели. Основная тема стихов поэта - любовь, главный герой - Человек. В ник ест гуманизм, национализм, надежда, видения, определение красоты, любовь к жизни, социальная мысль, в некотором смысле, политические взгляды. Итак, основная тема его стилей - любовь, а местами изображает боевую любовь ва мистические идеи. В своих стихах поэт описывает человеческую любовь, мечты, боли, слово, человеческие боли, мечты, природу.

Ключевые слова: Мавлана Саккоки, Хаджр, Адан, Моваруннахр, Фарход, Ширин, Христос.

Hozirda, barchamizga yaxshi ma'lumki, Mavlono Sakkokiy meшsmmg asosiy qismini g'azaПar tashkil etadi. Shoir g'azallaridagi asosiy mavzu - ishq, asosiy timsol - Inson. П^^ insonparvarlik, xalqparvarlik, visol umidi, М)шп azoblari, gо'zallik ta'rifi, hayotga muhabbat, ijtimoiy fikrlar

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ma'lum ma'noda siyosiy qarashlar qalamga olingan.

April, 2022

Demak, g'azallarining asosiy mavzui muhabbat bo'lib, ba'zi o'rinlarda ilohiy ishqni, tasavvufiy g'oyalarni ham tasvirlaydi. Shoir o'z she'rlarida kishilik muhabbatini, orzu-tilaklarini, dardu- alamlarini, bir so'z bilan aytganda insonning dard alamlari, orzu tilaklarini, tabiat tasvirini beradi.

Shoir yor va unga sadoqat, hayot lazzatlaridan bahramand bo'lish, oshiqdagi hijron va ayriliq azoblari, visol nashidasini ta'sirchan tarzda, sodda va ohangdor holatda ifodalaydi:

Gar hajring o'ti jonu jigarga yoqa keldi, Jonimg'a ne xush sharbati vasling yoqa keldi.

Hajr o'ti necha majruh etib buzdi jigarni, Vasling bu shifo marhami ne xush yoqa keldi... Zulfungni qachon solding ushul ol yong'oq uzra, Jonimg'a mening iylasa ul o't yoqa keldi, Devona deding meniyu zulfung sanga zanjir, Oshiqlara ma'shuqi munungtek yoqa keldi. Devona bu Sakkokiyu zulfung anga zanjir, Hindu chu akas fil boshig'a qoqa keldi (274-6eT).

Lirik qahramon ma'shuqa zolimligidan, vafosizligidan shikoyat qiladi: Yolg'onu chindin chitib har lahza qoshingni menga, Keng jahonni bu zaif ko'nglum bikin tor aylama. Ey yuzi gul g'uncha bo'ldum javrdin, har dam mening Ko'zlarim qon yoshidin olamni gulzor aylama. Ko'p musulmondin qo'yub, tarso bo'lurni qavlasang,

Sen bu kundin so'ngra hech zulfungni zunnor aylama

(240-bet).

Sakkokiy g'azallarida uch obraz: oshiq, yor va raqib obrazlari ko'zga tashlanadi. Oshiq shoirning o'zi. U yorning visoliga oshiqadi. Oshiqlik iztirob va mashaqqat ekanligini tan oladi:

Shuningdek, uni she'riyatida an'anaviy obrazlar ham ko'plab uchraydi. Xususan, shoir talmeh san'atidan unumli foydalangan. Farhod -oshiq inson. U Shirin yo'lida tog' qazishga majbur bo'ldi.

Qilding avval bargi gul yanglig' ko'ngulni lutf etib, Bo'lmag'il emdi dilozor, oxir ozor aylama.

Bosqon iz tufroqitek Sakkokiyni xor aylading, Suv beroyin yuz edib andin dag'i xor aylama(240-bet).

April, 2022

Sakkokiy lirik qahramoni esa yori uchun jondan kechishga, "jonkan" bo'lishga rozi:

Oshiq ma'shuqasi yonida bo'lsa, har qancha mashaqqat bo'lsa, chidashga qodir. Yori bilan birga bo'lsa u har qanday g'amdan qutiladi:

Agar qoshimda o'shal guluzor bo'lsa edi, G'ame yo'q erdi, g'amim gar hazor bo'lsa edi (260-bet). Lirik qahramon ma'shuqasidan jafo qilmaslikni, va'daga vafo qilishini istaydi:

Bilursenkim kechar dunyoyi foni Qulungg'a qilmag'il javru jafoni. Base ko'p va'dalar qildingu bording Kel emdi va'daga qilg'il vafoni...(277-bet). Sakkokiy oshiq va ma'shuqaga xos ichki va tashqi sifatlarni yoritishda turli an'anaviy obrazlar, xalq maqollari, hikmatli so'zlar, iboralardan keng foydalangan:

Yuzi qaro bo'lsun ko'zum- andin ko'rarmen bu balo, Yo'q bo'lsun ul ko'nglum mening, hech kirmadi farmonima (235-bet).

Sakkokiy ijodiga nazar tashlar ekanmiz, uni g'azallarining asosiy mazmunini samimiy sevgi, real borliqqa muhabbat bilan qarash va uni ulug'lash tashkil etishini ko'rishimiz mumkin. Darhaqiqat, uni g'azallarida sevgiga sadoqat va vafodorlik ulug'lanadi, hayot lazzatlaridan zavq va bahra olish targ'ib qilinadi. Sevishganlar, oshiq-ma'shuqlarning ishq yo'lidagi hijron dardi-yu firoq, ayriliq alam-iztiroblarini, visol zavq-shavqlari va nashidalarini, shoir zo'r hayajon bilan, nihoyatda original, sodda va o'ta ta'sirchan misralarda ifodalab beradi:

Shoirning tasvirida yor-go'zal, latofatli va dilrabo. Uning husn-jamoli oy va quyoshdan, chamanzor gullaridan ham ziyoda. yorning qomatiga na sarv va na sanobar, uning og'ziga na pista va na g'uncha, labiga na la'l va na yoqut, ko'ziga na ohu va na nargis, zulfiga na sunbul va na rayhon tenglasha oladi. U g'azallarida inson muhabbati, orzu-tilaklarini, dard-alamlarini,

Agar Shirin uchun Farhod ishqi ko'hkan bo'lsa, Netong Sakkoki ham, jono, yo'lungda jonkan bo'ldi (257-bet).

Ko'zung karashma bila, hoy yozuqli Sakkokiy, Seni o'ltirurman teb, etti turkona (234-bet).

Yoki:

Gul g'uncha bo'lur ko'rsa yuzini chaman ichra, Titrar ko'rub oy engini sham' anjuman ichra. Kim ko'rdi aning erni, mening yoshima mangzar, Bir la'l Badaxshondau bir dur Adan ichra... (238-6eT)

tabiat go'zalliklarini tasvirlagan:

April, 2022

Bo'yu yuzu la'l ernu xatu haddina tush yo'q, Sarvu gulu mul nastaranu yosuman ichra. Jodu ko'zini Kashmir eli xalqi ko'rubon, Tuttuq dedilar seni musallam bu fan ichra (238-bet)...

Shuningdek, g'azallarida ma'no va shakl birligini saqlab, so'z o'yinlari va qochirimlardan unumli foydalangan:

Sakkokiy o'z g'azallarida majoziy (insoniy) sevgini, vafo va sadoqati, shodlik va quvnoqlikni ulug'laydi. Shoir g'azallarini tahlil qilar ekanmiz, uni nihoyatda g'azalnavislikda san'atkorlik mahoratini yaxshi egallaganligini ko'rishimiz mumkin. Bunga, uni boy xalq og'zaki ijodini, xususan, salaflari asarlarini puxta o'rgangani va ulardan ijodiy oziqlanganligi asos bo'lgan, deb o'ylaymiz.

Shoirning o'ylashicha, yor faqat tashqi go'zalligi bilangina emas, balki ma'naviy olami bilan ham oshiqni maftun qiladi. Biroq yor rahm-shafqat, lutf-karam, vafo va sadoqatda izchil emas. U oshiqqa jabr-sitam ko'rgazadi, va'dasiga vafo qilmaydi:

Ko'p musulmondin qo'yub, tarso bo'lurni qavlasang, Sen bu kundin so'ngra hech zulfingni zunnor aylama. Qilding avval bargi gul yanglig' ko'ngulni lutf etib, Bo'lmagil emdi dilozor, oxir ozor aylama. Bosqon iz tufroqitek Sakkokiyni xor aylading, Suv beroyin yuz edib andin dag'i xor aylama(240-bet)...

Sevgisining zavq- shavqi va yorning lutf-inoyatini orzu qilgan oshiq turli-tuman moneliklarga, azob-uqubatlarga giriftor bo'ladi. Shu bilan birga, yor oshiqqa hayot va umid, shodlik va quvnoqlik bag'ishlaydi. Shu o'rinda, aytib o'tish kerakki, shoir Masiho (Iso) haqidagi diniy afsonalardan foydalanib, oshiq va yor munosabati bayonida tazod san'atini qo'llab, juda go'zal manzara yaratadi. Ya'nikim, u bemorga shifo, o'likka jon ato qiladi. Bunday

Xo'blar chu yasab yuz yasalar zulfi cherikin, Bilguluk erur yuzung, ey shohim, tuman ichra.

Yuzung bila lof urg'ali kun lobda uyolg'oy, Sham'ye erur, ul g'oyati yer-ko'k lagan ichra.

Yolg'onu chindin chitib har lahza qoshingni menga, Keng jahonni bu zaif ko'nglum bikin tor aylama. Ey yuzi gul, g'uncha bo'ldum javrdin har dam mening Ko'zlarim qon yoshidin olamni gulzor aylama (240-bet)...

tasvirlar shoir g'azallarida ilohiy ishq bilan majoziy ishqni bir

April, 2022

o'zanga birlashishiga sabab bo'ladi. Nazrimizda, aslida ham bu ikki ishq bir-birini taqazo qiladi:

Sakkokiy o'zbek mumtoz adabiyoti, aniqrog'i, g'azaliyoti ravnaqiga sevgi muhabbatning g'oyaviy jilolari bilangina emas, balki san'atkorlik mahorati bil an ham o'z hissasini qo'shdi. Usta so'z san'atkorlaridan ta'lim olgan shoir shoirning turli xildagi ichki kechinmalarini, uning orzu-umidi va norozilik kayfiyatlarini, shodligi va qayg'usini, muhabbati va nafratini, yorning husn-latofati va noz-karashmasini, lutf-karami va istig'nosini, raqibning munofiqligi va surbetligini tasvirlashda yangi obrazlar, original tasviriy vositalar yaratishga intiladi, tazod, tanosub, jonlantirish, laf va nashr kabi usullardan foydalanadi, o'xshatish, mubolag'a, majoz va boshqa turdagi tasviriy vositalarga murojaat qiladi.

Yuzungni qilur toza ko'zum yoshi-yu ohim, Gul toza bo'Iur topsa, vale ob-u havoni (261-bet).

"Sakkokiy yomg'ir va mayin shabada gulni tozalab, uning tusini, "chehra"sini ochgani kabi, oshiqning ko'z yoshi va ohi yor yuzini yanada tozaroq, go'zalroq qiladi, deydi. Bu baytda tazod (ko'z yoshi va oh yuzning toza bo'lishiga xizmat qiladi. Bular bir-biriga ziddir va tanosib (yomg'ir va shabodaning gul tusini ochishi, oshiqning ko'z yoshi va ohidan yor yuzining tozaroqgo'zalroq bo'lishi muvoziy qo'yilgan) usuli ishlatilgan. Ayni zamonda bu baytda yuz gulga, ko'z yoshi yomg'irga, oh-shabodaga o'xshatiladi.

U bir necha she'riy usullardan foydalanib ajoyib lavhalar yaratadi:

Sakkokiy boshqa baytda ham bir emas, bir necha usul va tasviriy vositalar qo'llab, maroqli lavha va tashbehlar yaratadi. Misollar:

Movarounnahr ichra qoldim, chunki ikki yonima, Ko'zlarimning biri Sayhun, biri Jayhun ayladi (275-bet). Sabo gultek yuzingdin olmasa sunbul niqobini, Saharda tun kecha bulbul nedin muncha fig'on qildi (266-

Ey Masihodam begim, bir dam bila bergil shifo, Sheva birla ko'zlaring jonimni bemor ayladi. Zohidikim ko'rdi zulfung kufrin iymondin kechib, Bo'ynida tasbihini beliga zunnor ayladi (278-bet).

Movarounnahr ichra qoldim, chunki ikki yonima, Ko'zlarimning biri sayhun, biri jayhun ayladi. Sabo guldek yuzindin olmasa sunbul niqobini, Saharda tun kecha bulbul nedin muncha fig'on ayladi.

bet).

April, 2022

Yeltti og'zingdin o'g'urlab pista torliqni anga Tuz suvin quydilar oncha, ondin iqror ayladi (278-bet).

Sakkokiytek og'zingni Ko'rub koni latofat, Chok ayladi gulg'uncha giribon chamanida (239-bet).

Sakkokiy she'rlarining ko'pchiligi boshqa g'azalxon shoirlarda bo'lganidek, у yeti baytlidir. Shular qatorida besh, to'qqiz baytlilari ham kam emas"1.

Shoir g'azallarida so'z o'yinlaridan ham ustalik bilan foydalanadi. Tasvirlanayotgan ma'shuqaning g'amzasini ta'riflar ekan:

Qachonkim g'amzasi ko'zlab o'qin kirpiki kezosa, Qora qoshlaridan paydo bo'lur ushshoqning yosi ()

"Sakkokiy laf va nashrning turli shakllarini mohirlik bilan ishlatib, misralarning mazmunini boyitadi, ularning badiiy qimmatini oshiradi. Bunga quyidagi baytlarni misol qilib ko'rsatish mumkin:

Bo'yu yuzu la'l ernu xatu haddina tush yo'q, Sarvu gulu mul nastarinu yosuman ichra. Og'zing, ko'zingga pistau bodom o'zini tutsa teng, Og'zini sindur pistaning, yor o'rtadin bodomni. Qulluqa bitik beruru yuz shodlik aylar, Zulfu xatingga sunbulu rayhon chamanida.

Sakkokiy so'z o'yiniga ham usta shoirlardandir. Uning devonida g'azal va qasida janridan boshqa janrlardagi she'rlar yo'q. Shoirning tuyuq bilan shug'ullangan yoki shug'ullanmaganini bilmaymiz. Biroq shunisi ma'lumki, Sakkokiy g'azallarida tuyuq janriga xos tajnisli qofiya usulini muvaffaqiyat bilan ishlata olgan. Uning "Yoqa keldi" g'azalida "yoqa keldi" iborasi bir necha mazmunda kelgan:

Gar hajring o'ti jonu jigarga yoqa keldi, Jonimg'a ne xush sharbati vasling yoqa keldi.

Hajr o'ti necha majruh etib buzdi jigarni, Vasling bu shifo marhami ne xush yoqa keldi.

Devona bikin tishlab emas yugra-yururda, Jon pora qilur holda elimga yoqa keldi...

Xuddi shuningdek, "Ol elga oyina, yuz ko'r bu rasmu oyinda" misrasi bilan boshlanuvchi g'azalda ham original so'z o'yinlari bor. Sakkokiy "Masaldur: eshitgan bu ganju vayrona", "Pirlikka etgil davlatu ne'mat bila" kabi xalq maqoli, ta'biri va

1 R.Vohidov, H. Eshonqulovning "O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi" (Eng qadimgi davrlardan XVI asr oxirgacha).-T. : O'zbekiston Yozuvchilar uyshmasi Adabiyot jamg'armasi, 2006-yil, 182-183 betlar

• О

April, 20221

©

О

©

208

olqishlari bilan o'z g'azallarining mazmunini ham, tilini ham boyitadi. Sakkokiy ayniqsa xalq qo'shiqlariga katta e'tibor beradi. Bir g'azalida:

Turkona ir irlag'uncha oning, Kuydurdi meni yalay-bulosi,-

degan shoir ko'p g'azallarini xuddi Atoiy kabi "turkiy" xalq qo'shiqlari vaznida-ramali musammani maqsurda bitdi"2.

Sakkokiy lirikasi haqida xulosa qiladigan bo'lsak, uni g'azallari dunyoviy, diniy va tasavvufiy mazmunda bo'lib, bu masalalar uning g'azallarida, qasidalarida turli timsollar va so'z-san'atlarining o'ziga xos tarzda ko'rinadi.

REFERENCES

1. Ahmedov T. Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostoni. - T .: Fan, 1970 yil.

2. Krachkovskiy. I.Yu. Medjnune i Leyle qissasining ilk tarixi arab adabiyoti // Alisher Navoiy. Sb.statey. SSSR, - M- L .: 1946 yil.

3. Alisher Navoiy. To'liq asarlar to'plami. 10 jild. 8-jild -T .:G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011 yil.

4. Xisrav Nosir. Safarnoma.-T .: O'zbekiston, 2010.

5. Hayotning xarakteri. Sakkokiy. G'azallar, she'rlar - T .: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1988 yil.

Н.Маллаев. Узбек адабиёти тарихи. V томлик, I том.-Т.: У^итувчи, 1965-йил, 318-319 бетлар

• О

April, 20221

©

ф'

©

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.