Научная статья на тему '“TAASHSHUQNOMA”DA ISHQ, OSHIQ, MA’SHUQA TALQINI'

“TAASHSHUQNOMA”DA ISHQ, OSHIQ, MA’SHUQA TALQINI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1733
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
noma / Idanfrish / Doro / irqish / ochun / tajnis / talmeh / tashbeh / ishq / oshiq / mashuqa / uslub / letter / Idanfrish / doro / irqish / ochun / tajnis / talmeh / tashbeh / love / lover / beloved / style

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dildora Shokir Qizi Yorbulova, Nodira Djoxongirovna Xolikova

Ushbu maqolada noma janri va bu janrning yorqin namunasi sanalgan “Taashshuqnoma” haqida fikr yuritiladi. Ishq, oshiq, ma’shuqa talqini tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERPRETATION OF LOVE, LOVER, MISTRESS IN "TAASHSHUQNOMA"

This article discusses the genre of nome and Taashshuknoma, which is a prime example of this genre. The interpretation of love, lover, mistress is analyzed.

Текст научной работы на тему «“TAASHSHUQNOMA”DA ISHQ, OSHIQ, MA’SHUQA TALQINI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022|

" TAASHSHUQNOMA" DA ISHQ, OSHIQ, MA'SHUQA TALQINI

Dildora Shokir qizi Yorbulova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi

2-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Nodira Djoxongirovna Xolikova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada noma janri va bu janrning yorqin namunasi sanalgan "Taashshuqnoma" haqida fikr yuritiladi. Ishq, oshiq, ma'shuqa talqini tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: noma, Idanfrish, Doro, irqish, ochun, tajnis, talmeh, tashbeh, ishq, oshiq, mashuqa, uslub,

INTERPRETATION OF LOVE, LOVER, MISTRESS IN "TAASHSHUQNOMA"

ABSTRACT

This article discusses the genre of nome and Taashshuknoma, which is a prime example of this genre. The interpretation of love, lover, mistress is analyzed.

Keywords: letter, Idanfrish, doro, irqish , ochun, tajnis, talmeh, tashbeh, love, lover, beloved, style

KIRISH

"Qadimgi ajdodlarimiz hali yozuv madaniyati paydo bo'lmasdan ancha ilgari xilma-xil janrlarda og'zaki ravishda ijod etganlar. Yangi-yangi so'z san'ati shakllarini yaratganlar. Ana shunday badiiy shakllardan biri she'riy maktub - noma janridir. Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit-turk" asari qimmatli yodgorlik sifatida bu mavzuda ajoyib malumotlar beradi" [1. 8].

Ko'rinib turibdiki, noma janri uzoq o'tmish tarixga ega. Noma so'zi fors tilidan "xat" va "maktub" ma'nolarini ifodalaydi. Bu maktublar esa dastlab she'riy shaklda bo'lgan (ohangdorlik va jarangdorlik kasb qilish maqsadida). She'riy nomalar yo'llash juda qadim davrda paydo bo'lganligining isboti sifatida "Devonu lug'otit-turk"dagi quyidagi parchani keltirish mumkin:

"Turkon xotun qoshig'a Mendin etkun she'r Xizmatga xodimgiz Rost deb payom ber" [2. 1].

194

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Nomaning ilk ko'rinishlari O'rta Osiyo tarixida yozuv paydo bo'lmasdan ilgari buyum vositasida ham ifodalangan. Bunga misol qilib, skiflar hukmdori "Idanfrishning nomasi buyumlar: kamon o'qi, baqa, sichqon va qushdan iborat" [3.94]. Ushbu misollarni o'ziga xos maktub ekanligini eslashning o'zi kifoya. Bu singari maktublarning tarixi juda qadimiydir. Yuqorida nomaning she'riy maktub, buyumlar vazifasida kelganligi bilan tanishdik, endi esa katta badiiy asar tarkibida kelishini ko'ramiz. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida noma xuddi shu o'rinda kelgan. Asar bosh qahramoni Kuntug'di O'zg'urmishga va boshqa asar qahramonlariga yo'llagan maktublari shu o'rinda kelgan.

Noma ko'proq mumtoz adabiyotlarda yaratilgan, real yoki xayoliy to'qima shaxsga asosan she'riy maktub tarzida yozilgan badiiy asar turi. Nomalar xususan xalq og'zaki ijodida uchraydi. "Ravshanxon", "Alpomish" kabi dostonlar bunga yorqin misol. Barchinoyning Alpomishga yo'llagan maktubi, Zulxumorning mayna orqali maktub yo'llash jarayonlari, yoki Navoiyning Boburga yo'llagan maktubi ("Boburnoma"da), Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning yozishmalari (Ko'xna dunyo). Noma janriga Alisher Navoiy lug'atida quyidagicha izoh berilgan: "Noma - xat, risola, maktub; Noma iqbol -mehribonchilik xati; Noma sabt etmak - xat yozmoq;

Nomai aimol - amallar (tiriklikda qilingan yaxshi, yomon, gunoh, savob ishlar) yozuvi (diniy)" [4. 466]. Nomaning bu tarzda izohlanishi, noma janrining sistematik rivojlanishi yuqori ekanligini ko'rsatadi.

Nomalarning badiiy asarlar tarkibida kelishi ularni syujet tarmog'idagi uzviy bir qismga aylantiradi. Muallif qahramon tilidan shaxsiy fikr-mulohazalari va tuyg'ularini badiiy bayon etadi. Shu bilan birga asar yaratilayotgan davr manzaralarini chizishga ham muvaffaq bo'ladi [5. 28]. Nomaning yetakchi g'oyalari sof sevgi, vafo-sadoqat, insoniylikdir. Qalamga olingan sevgi faqat ma'shuqaga emas, balki ilohiy ravishda Ollohga yo'naltirilgandir. Nomaning bu tarzda ma'no-mazmun kasb etishi uning ta'sir kuchidan va tasvir rang-barangligidan dalolatdir.

ASOSIY QISM

O'zbek adabiyotida nomaning vujudga kelishi fors adabiyoti bilan chambarchas bog'liqdir. "Fors adabiyotida XI asr noma janrining ilk namunasi hisoblangan Gurgoniyning "Vis va Roman"idir. Bu asarning muhim jihati shundaki, unda ishqiy mavzudagi nomalar, xususan Vis nomidan bitilgan 10 ta noma asar syujeti ichida alohida "Dahnoma" sarlavhasi ostida berilgan. Undagi har bir noma ayol nomidan uni tashlab ketgan oshiqqa qarata yozilgan bo'lib, ma'shuqa sevgisining otashin izhorlari, ayriliq iztiroblari, umidvorlik tuyg'ulari bilan to'lib toshgan.

Tu to rafti, biraft azman xama kom Ha didorat xameyobam, na orom

Ma'nosi quyidagicha izohlanadi:

Sen ketdingu sen bilan hamma niyatlar ham ketganday bo'ldi, Na diydoringga yetaman, na orom topaman" [1. 33].

Noma janri borasidagi fikrlarimiz XII-XIV asrlarda fors-tojik tilida yaratilgan ulkan badiiy adabiyot durdonalariga borib taqaladi. Endilikda nomalar alohida janr sifatida shakllanishi boshlanadi. Noma janrida ayniqsa sevgi-muhabbat mavzusida ko'plab badiiy asarlar ketma-ketlikda maydonga keldi. Bular ichida Avxadiy, Xoja Imomiddin Faqih Kirmoniy, Ibn Imodlarning "Dahnoma" asarlari ma'lum. Bu asarlar ichida bizgacha yetib kelgan dastlabki asar Avxadiy (1274-1338) tomonidan yaratilgan "Dahnoma" asaridir. "Dahnoma" asari oshiq va ma'shuqaning o'zaro sevgi-muhabbati mavzusidagi yozishmalari - nomalaridan tuzilgan o'ziga xos g'oyaviy, badiiy adabiy mundarijaga ega bo'lgan asar. Unda muqaddimadan tashqari 10 ta noma bor [6. 38]. Avxadiydan keyin Kirmoniy milodiy 1322-yilda "Dahnoma"ni yozdi. Bu noma 10 ta ishqiy nomadan iborat. Farqi shundaki, shoir sevgi haqidagi fikrlarini 8 ta oshiq va ma'shuqa haqidagi rivoyat bilan izohhlaydi. XIV asr oxirida esa Kirmoniy o'g'li Imod "Dahnoma" yaratdi. Uning asari bir oshiqning ma'shuqaga ko'ngil qo'yishi va unga maktub yozishidan iborat. Darhaqiqat, Avxadiy nomani haqiqiy janr sifatida ko'taradi.

Noma janrining o'zbek adabiyotidagi kashfiyotchisi - Xorazmiydir. Uning qalamiga mansub "Muhabbatnoma" asari sevgi-muhabbat mavzusida, o'zbek tilida yaratilgan noma janrining birinchi namunasidir. Asarda an'anaviy muqaddimadan tashqari noma, g'azal, qasida, fard, qit'a, munojot, masnaviy kabilar bor. Lekin asar mag'zi oshiqning ma'shuqaga yozgan maktubini tashkil qiladi. Shoir har nomada mashuqaning beqiyos mubolag'ali tafsifini beradi.

O'zbek adabiyoti tarixida noma janrida o'z nomini abadiylashtirgan qalamkashlardan biri Sayid Ahmad ibn Mironshohdir. Bu shoirning tarjimayi holi va hayot faoliyati haqida keng ma'lumotga ega emasmiz. Sayid Ahmad turkiy va forsiyda she'rlar yozib turgan, devon tartib qilgan, shuningdek bizga ko'proq u haqida ma'lumot beruvchi yagona manba - "Taashshuqnoma"dir. Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois" asarida (VII majlisida) ham shoir haqida ma'lumot olamiz. Shoir temuriylardan bo'lgan. Davlatdagi taxt uchun kurashlar, ichki nizolar, davlatdagi mushkul vaziyatni o'z asarlarida ifodalaydi. Uning ijodiy merosidan bizgacha "Taashshuqnoma" yetib kelgan. Bir narsani aytib o'tish lozim, ma'lum sabablarga ko'ra, Alisher Navoiy bu asarni "Latofatnoma" deb ataydi ("Majolis un-nafois" da).

1-noma: Ayo ko'rku ichra olam podshohi Johon tufti sening husnung sipoxi" [6. 3].

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

"Taashshuqnoma"ning muqaddimasida uning yozilish sababi izohlanadi. Muqaddimada Shoxruh Mirzoga madhiya yozilgan. Bu baytda talmeh san'atidan o'rinli ravishda foydalanilgan. Talmeh san'ati asarda mashhur tarixiy shaxslar, sultonlar, joy nomlari, tarixiy voqealarni qo'llash san'atidir. Bu san'atni qo'llash, asar xoh nazm, xoh nasrda bo'lsin uning badiiy dalillashini oshiradi. Quyidagi baytda ham talmeh san'atiga misollar uchraydi.

"Shahanshohi johon Doroyi a'zam, Fardun siyratu Jamshid maqadam. Sulaymon talatu Kayxusrav irshod, Sikandar shavkatu Nushiravon dod"[6 ].

Doro, Faridun, Jamshid, 2-baytda esa Sulaymon, Kayxusrav, Iskandar, Nushiravon kabi talmehlar ishlatiladi. Mifologik va tarixiy shaxslarga murojat qilib talmeh yaratish tantanali uslubni yuzaga keltiradi. Joizki, bu uslubni Alisher Navoiy o'z asarlarida keltirgan va salmoqli tarzda rivojlantirgan.

Asar 319 baytdan iborat bo'lib, Xudo va payg'ambarga bag'ishlangan hamdu-sano na't, munojot, kitob sababi Shoxruh Sulton madhi, 10 noma, kitob xatmin aytur, iltimosin aytur qismlaridan tashkil topgan.

Asar boshqa nomalardan 3 qismdan (noma, g'azal, so'znung oxuru) iborat ekanligi, asar tilining sodda va ravonligi va maftunkor badiiy kuchi bilan ajralib turadi. Asar boshdan oyoq o'zbek tilida bitilgan. Mana uning asosiy kuchi va farqi. Shoir asarda aytadiki, inson yashar ekan, sevgi ham inson bilan yashaydi. Sevgi- muhabbat bu - borliq bilan chambarchas bog'liqdir.

"Xaloyiqlarnikim Xoliq yaratdi, Seni Uzro, meni Bomiq yaratdi" [6].

Shoir e'tiroficha ishqni ham, oshiq va mashuqani ham Olloh ilohiylashtirib yaratgan. Demak u muqaddas, demak bu tuyg'uni inkor etib bo'lmaydi. Ijodkorning bu ta'rifi tahsinga sazovordir. Shoir asar boshida uning qachon, qancha vaqtda yozilganliginini qayd etadi:

"Taashshuqnoma"ni himmmat bo'lur yor, Tugatdim yetti kunda bemadadkor. Sekiz yuz o'ttuzu to'qquzda erdi, Ki, so'z poyona etmak dast berdir" [6].

Asarda oshiqning kechinmalari so'zsiz tarzda yetkaziladi. Bu tasvir bilan hayotga muhabbat kuylanadi. Ilohiy ishq madh etiladi. 6-noma: "Ayo, husnu malohat ichra foxir,

Ne bo'ldukum unuttung bizni oxur Sochingdur laylatulqadr, yuzung oy, Bo'yung tubou husnung jannnataroy" [6]

197

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Oshiq mashuqaga murojaat qilayotgan paytda unga o'zgacha tashbehlar ishlatadi. Baytning mazmuni quyidagicha: Ey, husni malohat ichida eng a'losi, o'z husnidan faxr etuvchisi, senga ne bo'ldi, bizni oxirida unutting, deya oshiq mashuqaga savol bilan yuzlanyapti. Oshiqning fikricha, yor shunchalik go'zalki, dunyodagi barcha go'zallikdan yorining go'zalligi a'lodir. Ikkinchi baytda oshiq mubolag'ali tashbeh qo'llab, yuqoridagi baytni chiroyli dalillab keltiryapti. Yorning sochini-laylatulqadrga (ramazon oyining 21-kuni, ayni eng go'zal tuni), yuzuni oyga, bo'yini tabouga, ya'ni jannat daraxtiga, husnini esa jannatoroyga qiyoslayapti. Bu go'zal tashbehlar yorning ma'shuqa nazarida tengsizligiga ishoradir.

Bu fikr-mulohazalardan shuni aytish joizki, shoir o'zbek adabiyotiga noma janrini chin ma'noda janr sifatida, o'zbek tilida olib kirdi. O'z nomasida oshiq va ma'shuqa talqinida hayotni vasf qildi. Sayyid Ahmadni sozanda deb atasak, u o'z nomasini mubolag'ali tarzda qattiq chertgan bo'lsa bordir, ammo kam miqdorda emas. O'z asari bilan badiiy adabiyotimizning san'atlar ko'lamini boyitdi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Jamolova M. O'zbek adabiyotida noma janri. - T.: Fan, 1992.

2. Qayumov A. Qadimiyat obidalari. - T.: Fan, 1972.

3. Rahmonov N. O'zbek adabiyoti tarixi. - T.: Sano-standart, 2017. B.94.

4. Shamsiyev P. Navoiy asarlari lug'ati. - T.: G'afur G'ulom, 1972.

5. Azimova O'. Noma janrining o'zbek adabiyotida tutgan o'rni - Farg'ona, 2017.

6. А.Н.Самойлович. Таашшукнома. - М.1927.

7. Бертельс Е. История литературы и культуры Ирана. - Москва.1588. С.38.

8. Холикова, Н. (2020). Узбек мумтоз адабиётида хотин-кизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3).

9. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin. Alisher Navoi and the XXI centure.

10. Djokhongirovna, K. N. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 4045-4054.

11. Холикова, Н. (2020). 9-синф адабиёт дарсида ширин образини генезисига кура урганиш. Science and Education, ^(Special Issue 2).

12. Kholikova, N. (2020). POETIC FEATURES OF UZBEK POETRY OF THE NATIONAL AWAKENING PERIOD. Theoretical & Applied Science, (4), 615-623.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.