Научная статья на тему 'MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINING ELEKTRON RESURSLARINI YARATISHDA TALMEH SAN’ATINING O‘RNI'

MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINING ELEKTRON RESURSLARINI YARATISHDA TALMEH SAN’ATINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
932
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
talmeh / kalom ilmi / afsona / o‘xshatish / lirika / hikoya / nazm / tiriklik suvi / talmeh / theology / myth / simile / lyric / story / poem / water of life

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sayyora Shavkatbek Qizi Matkarimova

Talmeh mashhur qahramonlar haqidagi afsonalarga ishora qilib, asar qahramonlarining sarguzasht va kechinmalarini qisqa, ammo chuqur va ta’sirchan ifodalash san’atidir. Talmehning lug’aviy ma’nosi nazar solmoq bo’lib, mashhur olim Atoulloh Husayniy «Badoyi’u-s-sanoyi’» nomli asarida bu san’at haqida shunday deb yozadi: «Talmeh kalomda mashhur qissa yo mashhur she’r yoki mashhur maqolga ishora etmakdan iboratdir» .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE ART OF TALMEH IN THE CREATION OF ELECTRONIC RESOURCES OF CLASSICAL LITERATURE

Talmeh is the art of expressing the adventures and experiences of the protagonists in a short but profound and moving way, referring to the legends about famous heroes. The lexical meaning of Talmeh is to look, and the famous scholar Atoullah Husseini, in his book Badoyi'u-s-sanoyi, writes about this art: is to point to an article» .

Текст научной работы на тему «MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINING ELEKTRON RESURSLARINI YARATISHDA TALMEH SAN’ATINING O‘RNI»

MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINING ELEKTRON RESURSLARINI YARATISHDA TALMEH SAN'ATINING O'RNI

Sayyora Shavkatbek qizi Matkarimova

Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti

ANNOTATSIYA

Talmeh mashhur qahramonlar haqidagi afsonalarga ishora qilib, asar qahramonlarining sarguzasht va kechinmalarini qisqa, ammo chuqur va ta'sirchan ifodalash san'atidir. Talmehning lug'aviy ma'nosi nazar solmoq bo'lib, mashhur olim Atoulloh Husayniy «Badoyi'u-s-sanoyi'» nomli asarida bu san'at haqida shunday deb yozadi: «Talmeh kalomda mashhur qissa yo mashhur she'r yoki mashhur maqolga ishora etmakdan iboratdir»1.

Kalit so'zlar: talmeh, kalom ilmi, afsona, o'xshatish, lirika, hikoya, nazm, tiriklik suvi

THE ROLE OF THE ART OF TALMEH IN THE CREATION OF ELECTRONIC RESOURCES OF CLASSICAL LITERATURE

Sayyora Shavkatbek kizi Matkarimova

University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi

ABSTRACT

Talmeh is the art of expressing the adventures and experiences of the protagonists in a short but profound and moving way, referring to the legends about famous heroes. The lexical meaning of Talmeh is to look, and the famous scholar Atoullah Husseini, in his book Badoyi'u-s-sanoyi, writes about this art: is to point to an article» .

Keywords: talmeh, theology, myth, simile, lyric, story, poem, water of life

KIRISH

Lutfiy lirikasida Farhod, SHirin, Layli, Majnun, Yusuf, Zulayxo, Gul, Navro'z, Vomiq, Uzro, Rustam, Afridun, Jamshib, Iskandar, Hotam, Xizr, Masih (Iso), Ayyub, Nuh, Horut, Morut va boshqa timsollarni uchratish mumkin. Lutfiy lirik qahramon kechinmalari va ma'shuqa husnini tasvirlashda ulardan mahorat bilan foydalanadi. Quyidagi baytda Xizr talmeh bo'lib kelgan:

1. AToy^ox XycanHUH. BagoHHby-c-caHOHHb. - TomKeHT: Fa$yp Fy^OM HOMngarn aga6neT Ba caHbaT HampneTH, 1981, 133-6eT.

2. AToy^ox XycaHHHH. Bag0HHiy-c-caH0HHi. - TomKeHT: Fa$yp Fy^OM HOMngarn aga6neT Ba caHbaT HampneTH, 1981, 133-6eT.

Mangu yashar kimki ko'rar sizni bir,

-5

Vah, ne Xizr chashmai hayvonisiz.

Baytda Xizr alayhissalomning abadiy hayot bag'ishlovchi tiriklik suvi - obi hayot (obi hayvon, obi zindagoniy ham deyiladi) haqidagi afsonalar bilan bog'liq jihati qalamga olingan. Hikoya qilishlaricha, Iskandar yer yuzidagi barcha mamlakatlarni egallagach, mangu tiriklik umidida olimlarni huzuriga chorlab, ulardan so'raydiki, o'limga chora bormi? Bir olim unga Qof tog'ining orqasida bir chashma bor, suvi asaldan shirinroq, ichgan kishi qiyomatga qadar o'lim nimaligini bilmagay. Biroq chashma zulmat bag'rida, uni topish g'oyat mushkul, deb javob beradi. Iskandar tiriklik suvini izlab Xizr bilan birga safarga chiqadi. Biroq zulmat bag'rida adashib qolib, tiriklik suvini topa olmaydi. Tiriklik suvi Xizrga nasib qilib, abadiy hayotga erishadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shoir baytda ma'shuqaning jonbaxsh fazilatini ulug'lab uni tiriklik chashmasiga tenglashtiradi. Tajohuli orif san'atini ishga solib deydiki, ey sevikli yor, sizni kimki ko'rsa ming yil yashaydi, siz kishilarga abadiy hayot bag'ishlovchi Xizrning obi hayotimisiz?

Quyidagi baytda ham shoir ma'shuqa sochlarini madh etar ekan, Xizr haqidagi afsonalarga murojaat etadi:

Zulmati zulfungda isbot topqali obi hayot,

Xizr iqboli kerak yo davlati Iskandariy.

Mazmuni: Ey ma'shuqam, zulfing zulmatidan obi hayotni topish uchun yo Xizrning iqboli, yoki Iskandarning davlati kerak. SHoir ma'shuqaning sochlarini zulmatga o'xshatadi, ular zulmatdek qop-qora. Ma'shuqaning sochlarida ham, xuddi obi hayot zulmatda bo'lganidek, obi hayot yashirin. Ammo bu obi hayotga yetishmoq hammaga ham nasib etavermaydi, buning uchun yo Xizrdek iqboli baland, yoki Iskandardek davlatmand bo'lish kerak.

Shoirning quyidagi baytda aytishicha, Xizr va obi hayot afsonasi eskirib qoldi:

Masihu Xizr edi dam birla jonbaxsh,

Alar ul damdau bu damda sensan.

Shoir quyidagi baytda go'yoki buning sababini izohlagandek bo'ladi:

Xizrning ayni yoshunmish, ko'ktin enmas ham Masih,

Netsun ul mo''jiz bu dam yoqut serobindadur.

Yuqorida aytilganidek, obi hayot zulmat bag'riga yashiringan, Isoyi Masih esa to'rtinchi osmonda yashaydi, chunki u kofirlardan qochib to'rtinchi osmonga chiqib ketgan. SHoir bu voqealarga ishora qilib, ularni o'zgacha izohlab, ya'ni husni ta'lil

3. ^yT^MM. CeHcaH ceBapMM. - TowKeHT: Fa^yp Fy^oM HOMMflam AgaÖMeT Ba caHtaT HawpMeTM, 1987 (KeMMHm napna^ap ^aM wy HawpgaH o^MHraH)..

san'atini ishga solib aytadiki, Xizr suvining zulmatga yashirinishi, Masihning esa ko'kdan yerga tushmasligi bejiz emas. Ular yashirinmay nima ham qilsin, chunki obi hayot va Masihning mo'jizasi bu dam ma'shuqaning qip-qizil lablaridadir. Baytda shoir ma'shuqaning lablarini abadiy umr, jon ato etishda obi hayot va Masihdan ham ortiq deb tasvirlaydi.

Quyidagi baytda tasvirlanishicha esa, ma'shuqa ko'zlarining mastligi va lablarining jomini Xizr bir ko'rganda edi, o'zining obi hayotini unutib, ma'shuqa lablarining jomidan uzatgan obi hayotni ichgan bo'lar edi: Chashmi mastu jomi la'lin ko'rgay erdi Xizr agar, Ichkay erdi boda ulkim obi hayvon tortadur.

Shuning uchun ham oshiq Xizr obi hayoti emas, ma'shuqaning jonbaxsh lablaridan so'rishni ozu qiladi:

Labingdin so'rgali keldim tabuqda, Xizirtek chashmai hayvona keldim.

Mazmuni: Xizr obi hayot oldiga kelganidek, Huzuringga labing obi hayotidan so'rgani keldim.

Keltirilgan baytlardan ko'rinib turibdiki, Lutfiy Xizr haqidagi afsonalardan ma'shuqa lablarining jonbaxshligini tasvirlash uchun foydalangan. Bu jihatdan olganda shoir g'azallarida tez-tez uchrab turadigan Masih timsolining talqini ham Xizr obraziga o'xshash. Masih haqidagi afsonalar ham ma'shuqa lablarining jonbaxshligini bo'rttirib tasvirlashga xizmat qilgan. Masalan:

Lutfiyni tirguzadur har nafas ul la'li labing, Ushbu dam ichra Masiho seni-o'q ko'rdum, bas.

Mazmuni: La'li labingning har bir nafasi Lutfiyga jon bag'ishlaydi, SHuning uchun seni ushbu damda Masiho deb bildim. Yoki:

Agar dalil tilarsan Masihning damina, Tabassum ichra aning la'li jonfizosina boq.

Agar Masihoning o'z nafasi bilan o'liklarni tiriltirishiga ishonmasang, tabassum qilayotgan chog'ida uning jon bag'ishlovchi lablariga boq.

Lutfiy g'azaliyotida talmeh san'atining sevimli timsollaridan biri Yusuf. Shoir Yusuf timsolini o'nlab baytlarida tilga oladi, Yusuf alayhissalom afsonasining turli jihatlariga qayta-qayta murojaat qiladi:

O'n juzv turur erdi bori husnu malohat, Qismat kuni Haq to'qqiz ulush sizga beribtur. Bir jizvki Yusufga tegib erdi, chu bordi, Oning uchun ul ham sanga meros qolibtur.

Yusuf alayhissalom haqidagi rivoyatlarda aytilishicha, u shu qadar bemisl husn egasi bo'lganki, Parvardigor bunday husnni bir Moma Havvogayu, bir Yusuf alayhissalomga bergan. Yana bir rivoyatda aytilishicha esa, Xalloqi olam azal chog'i jamiki go'zallikni o'n ulush qilib, to'qqiz ulushini Yusuf alayhissalomga, bir ulushini esa qolgan odamlarga bergan. Yusuf alayhissalomning naqadar go'zalligini shundan ham bilsa bo'ladiki, Misr xalqi yetti yillik qahat balosiga giriftor bo'lgan chog'da avval mol-mulklarini, so'ng bola-chaqalarini, oxirida esa o'zlarini sotib oshliq oladi. Qahatchilik tugashiga uch oy qolganida esa omborlarga yig'ilgan barcha yeguliklar tugaydi. Nima qilishini bilmay hayron bo'lgan Yusuf alayhissalomga vahiy keladiki, u yuzidan niqobini olib, bir oyda bir marta xalqqa jamolini namoyish qilsin. Yusuf alayhissalom xalqni yig'ib, yuzlarini ochgan chog'da uning beqiyos husnini ko'rib, hamma hushidan ketadi. Yusufning jamolidan mastu mustag'raq bo'lgan odamlar yeyish-ichishni unutib, pishiqchilikka yetib oladi.

Keltirilgan baytda shoir Yusuf alayhissalom haqidagi rivoyatlarni teskari talqin qiladi: go'yo husnning o'ndan to'qqiz ulushini Parvardigor Yusufga emas, ma'shuqaga bergan, faqat bir qism husngina Yusuf alayhissalomga tekkan, xolos. Endi Yusuf alayhissalom dunyodan o'tib ketgani uchun o'sha bir qism husn ham ma'shuqaga meros qolgan. Xullas, Lutfiy baytida kuylangan yor olamdagi jamiki go'zalliklar sohibi, Mutlaq Husn egasi.

Quyidagi baytda ham shoir ma'shuqa husnini ulug'lashda Yusuf alayhissalom haqidagi afsonani kuchli poetik vositaga aylantiradi: Aqlindin ozar Misr elidek, kim seni ko'rsa, Bu davrda sen Yusufi Kan'on yetilibsen.

Mazmuni: Kimki seni ko'rsa aqlini yo'qotadi, Sen bu davrda Yusufi Kan'on bo'libsan.

Quyidagi baytda ham Yusuf alayhissalomni ko'rganda barcha kishilarning aqlini yo'qotishiga ishora bor:

Yusufni ko'rib Misr eli barcha to'yar edi, To'ymas kishi sendin nechakim qilsa nazora.

Yusuf alayhissalomni ko'rgan barcha Misr ahli uning jamoli bilan to'yib, yeyish-ichishni unutgan edi. Shoir shu hodisani ma'shuqa husniga ko'chiradi: ajabki, ma'shuqa husniga qanchalik boqmasin, kishi uni ko'rib to'ymaydi.

Quyidagi baytda Yusuf alayhissalom bilan bog'liq boshqa tushuncha talmeh bo'lib xizmat qilgan:

Yusuf kibi shirin durur asru harakoting, Sen Misr nabotu shakarig'a ne bo'lursan?.

MUHOKAMA

Ma'lumki, Yusuf alayhissalomning tug'ilgan yurti Kan'on. U Kan'on shohi Ya'qub alayhissalomning o'g'li. Ya'qub alayhissalomning o'n bir o'g'li bo'lib, o'g'illari orasida Yusuf alayhissalomni behad yaxshi ko'rar edi. Otalarining Yusuf alayhissalomga bo'lgan mehriga g'ayirligi kelgan og'alari uni Misrga qul qilib sotib yuboradilar. Misr Yusuf alayhissalomning ikkinchi vataniga aylanadi. Misr - esa novvatning koni. Misr o'tmishda o'zining novvatlari bilan mashhur bo'lgan. Misr Yusuf alayhissalomning ikkinchi vatani bo'lgani uchun shoir novvatning shirinligini Yusuf alayhissalomga ko'chirgan: Yusuf alayhissalom nafaqat tengsiz husn egasi, u Misrlik bo'lganligi uchun xatti-harakatlari ham behad shirin. Ushbu tushunchalardan kelib chiqqan shoir yorga murojaat qilib shunday deydi: Ey harakatlari Yusuf kibi shirin yor, Sen Misrning o'sha novvatu shakariga qanday aloqadorliging bor?

Quyidagi baytning mazmunida ham Misrning novvati bilan bog'liq tasvir mavjud:

G'olibokim, Yusufi Misriy tushunda ko'rmadi,

Ul halovatlarki, la'li shakkarafshonindadur.

Yusuf alayhissalom haqidagi rivoyatning qiziqarli jihatlaridan biri shundaki, unda bir qator mo''jizali tushlar mavjud. Jumladan, ularning birida o'n bir yulduz Yusuf alayhissalomning yengiga kirib ketadi va oy bilan quyosh unga ta'zim qiladi. Bu Yusuf alayhissalomning kelajakda erishadigan ulug' martabalarga ishora edi. Keyinchalik Yusuf alayhissalom Misr mamlakatining podshosiga aylanadi. Shoir Yusuf alayhissalom Misrda topgan shonu shavkatlarni Misr novvatiga o'xshatadi. Ammo Yusuf alayhissalomga Misrda nasib bo'lgan rohat-farog'atlar ma'shuqa shakar labining saodati oldida hech gap emas, bunday lazzatni Yusuf alayhissalom hatto tushida ham ko'rgan emas.

Lutfiy g'azaliyotida talmeh bo'lib keluvchi timsollardan biri Farhod va Shirin. SHoirning Farhod bilan bog'liq talmehlariga xos bir xususiyat alohida ko'zga tashlanadi: Lutfiy she'rlarida SHirin Lutfiyga zamondosh bo'lgan boshqa shoirlar she'rlaridagi singari Xisrav bilan emas, Farhod bilan birga tilga olinadi. Shirin bilan juftlik hosil qiluvchi obraz Xisrav emas, Farhod. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: Lutfiy nazdida ham, Navoiy singari, SHirin uchun munosib oshiq - Farhod! Masalan:

Tog'dek oshiqni kuydirding bu SHirinliq bila,

Mundin ortiqroq meni bir yo'li sen Farhod qil.

Mazmuni: Sen o'z shirinliging bilan tog'dek oshiqni ko'ydirding, Endi meni ham bir yo'la Farhod qilib qo'ya qol.

Yoki:

Shakar labidin kim tilasa sharbati SHirin,

Hasrat bila Farhod kibi o'lgusi nokom.

Kimki yorning shakar labidan SHirinning sharbatini tilasa, Farhod singari maqsadiga yetolmay, dunyodan hasrat bilan o'tib ketadi.

Lutfiy lirikasida talmeh bo'lib keluvchi yana bir qahramon - Majnun. Majnunning ishq yo'lida qanday holatlarni boshidan kechirgani hammaga ma'lum. Majnun haqidagi afsonalar uning Layli ishtiyoqida qanday g'aroyib ahvolga tushganligini ta'sirchan va yorqin namoyish qiluvchi lavhalarga juda boy. Shoir quyidagi baytda shunday voqealardan biriga ishora qiladi:

Sarv aningdek qomatin hayronidur, boshida

Qildi qushlar oshiyon, andoqki Majnun ustina.

Majnun haqidagi afsonalardan birida aytilishicha, u Layli ishqida sahroda kezib yurgan chog'larida Layliga duch keladi. Ma'lum bo'lishicha, Layli hajga ketayotgan ekan. U Majnunga bir oylardan keyin shu yo'ldan qaytishini ma'lum qiladi. Majnun Layli ortida qarab qoladi. U Laylining qaytishini shu qadar intizorlik bilan kutadiki, hamma narsani: yeyish, ichish va hatto o'tirib-turishni ham unutadi. Oqibatda Majnun sahrodagi qurigan bir daraxtga o'xshab qoladi. Majnunning o'sib ketgan sochlarini daraxtning qurigan shohlari deb o'ylagan qushlar uning boshiga uya qurib, bola ochadi.

NATIJA

Lutfiy baytda Laylisifat ma'shuqaning zebo qomatidan hayratga tushgan sarv daraxtining holatini Majnunga o'xshatadi: Majnunsifat sarvning boshiga ham qushlar oshyon qurgan.

Quyidagi baytda o'zining yor yo'lidagi intizorligini Majnunning Layli yo'lidagi intizorligiga o'xshatadi:

Intizori yo'li ustida qo'yib ketdi ko'zing,

Bizni ul Layli sifatliq misli Majnun ayladi.

Mazmuni: Bizni ul Laylisifat ko'zing Majnunga o'xshatib, intizorlik yo'liga tashlab ketdi.

Baytda oshiq Majnunga, ma'shuqa Layliga o'xshatilishidan tashqari, Layli va ma'shuqa ko'zlari o'rtasida ham juda nozik bog'lanish bor. Layli so'zining ma'nosi tun, tun esa qoralik degani. SHuning uchun ham shoir ko'zni Layliga o'xshatadi: lirik qahramon Laylidek qaro ko'zning intizorida Majnundek yo'l ustida qolib ketgan.

XULOSA

Keltirilgan baytlar Lutfiyning «malik ul-kalom»ligi talmeh san'atida ham yorqin namoyon bo'lganligini ko'rsatib turibdi. Shoir an'anaviy timsollarning sarguzasht va kechinmalariga ishora qilib, ma'shuqaning bemisl husni va oshiqning turfa holatlarini mutaassir tarzda ifodalay olgan.

REFERENCES

1. Atoulloh Husayniy. Badoyi'u-s-sanoyi'. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1981, 52-bet

2. Lutfiy. Sensan sevarim. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1987.

3. Erkinov S. Lutfiy. Hayoti va ijodi. - Toshkent: Fan, 1965.

4. Navoiy asarlari lug'ati. - Toshkent: G'.G'ulom nomidagi San'at va adabiyot nashriyoti, 1972.

5. Shayxzoda M. Asarlar. 6 tomlik. 4-tom. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1972

6. Шайхисламов, Н. (2021). ЗАМОНАВИЙ ТИЛШУНОСЛИК ЙУНАЛИШИ: КОНТАКТ ЛИНГВИСТИКАСИ. Scientific progress, 7(4).

7. Shayxislamov, N. (2021). Tilshunoslik nazariyasi va tushunchasi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (3), 174-176.

8. Шайхисламов, Н. З. У. (2021). КОГНИТИВ ТИЛШУНОСЛИК ТУЕРИСИДА ТУШУНЧА ВА УНИНГ УНИВЕРСАЛ ТАБИАТИ. Scientific progress, 1(5).

9. Shayxislamov, N. (2021). BADIIY NUTQDA "ISHLAMAYDIGAN" SO 'ZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI. Scientific progress, 1(6).

10. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili darslarini o'qitishda interfaol usullardan foydalanish. The 21st Century Skills for Professional Activity, (4), 221-222.

11. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili darslarida filologik mashqlarning tutgan o'rni. Тилни уцитиш ва ургатишда XXI аср куникмалари, (2), 134-137.

12. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARINI O 'QITISHDA ZAMONAVIY METOD-KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 1(3).

13. Shayxislamov, N. (2020). LINGVISTIKÄ, UNING ZAMONAVIY ТО^АМ HAMDA ULARNING O 'ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI. Scientific progress, 1(2).

14. Shayxislamov, N. Z. (2020). Pxisolingvistikada assotsiativ metod asosida nutqning o 'rganilishi. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqodlar va metodlar, 37-42.

15. Шайхисламов, Н. (2020). Тафсири интеграцияи синтакс бо морфология. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 427-429.

16. Маткаримова, С. Ш. К. (2020). АДАБИЁТ ФАНИНИ УКИТИШДА ДАРСЛИКЛАРНИНГ АДАМИЯТИ. Science and Education, 1(Special Issue 3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.