Научная статья на тему 'TAJOHULI ORIF SAN’ATI'

TAJOHULI ORIF SAN’ATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1896
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mumtoz / tojahuli orif / san`at / ibora / mahbuba / qiyofa / ta`rif. / classical / tojahuli orif / art / phrase / sweetheart / appearance / description.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tojixon Sabitova, Akbar Кaromatov

Tajohuli orif san`ati ma`naviy san`atlardan bo`lib uni shoirlar o`z ijodlarida keng qo`llaganlar. Bu san`at ham boshqa san`atlar kabi o`zbek mumtoz adabiyoti tarixida o`ziga xos o`rin tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The art of tajuhuli orif is one of the spiritual arts, and poets have widely used it in their works. This art, like other arts, holds a special place in the history of Uzbek classical literature

Текст научной работы на тему «TAJOHULI ORIF SAN’ATI»

TAJOHULI ORIF SAN'ATI

Tojixon Sabitova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti

Akbar Karomatov

Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Tajohuli orif sanati manaviy sanatlardan boTib uni shoirlar oz ijodlarida keng qoTlaganlar. Bu sanat ham boshqa sanatlar kabi o'zbek mumtoz adabiyoti tarixida o'ziga xos o'rin tutadi.

Kalit so'zlar: mumtoz, tojahuli orif, sanat, ibora, mahbuba , qiyofa, tarif.

The art of tajuhuli orif is one of the spiritual arts, and poets have widely used it in their works. This art, like other arts, holds a special place in the history of Uzbek classical literature.

Keywords: classical, tojahuli orif, art, phrase, sweetheart, appearance, description.

"Bilib turib bilmaslikka olish" ma'nosini ifodalovchi ushbu she'riy san'at shoirning baytda aks ettirilayotgan biron obrazli iborani aniq aytmasdan o'zini bilib bilmaslikka olgandek ko'rsatishini nazarda tutadi. Tajohuli orif qo'llangan baytlarda ko'pincha mahbuba qiyofasi qiyosiy holda tasvirlanadi, bir yoki bir necha narsaga o'xshatiladi, lekin uzil-kesil fikr bildirilmaydi. Shoirning o'zini bilib bilmaslikka solishi shartli bo'lib, asl maqsad ta'rif yoki tavsifdan, yor qiyofasini mubolag'ali tarzda gavdalantirishdan iborat bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Masalan, Lutfiyning

Malakyo hur, bilmom yoparisan? Bu raftor ilayo kabki dariysan? baytida shoir ma'shuqani malak, xur, pari, kabki dariylarga

ABSTRACT

KIRISH

o'xshatadi-yu, aniq qaysi biri ekanini ta'kidlamay, o'zini

February, 2022

bilmaslikka soladi. Aslida esa u mahbubani shularning barchasiga qiyoslab, uning benihoya go'zalligiga diqqatimizni qaratyapti. Atoiyning

baytida Mahbuba menglari mushki Xo'tanga, jon nuqtasiga, englari esa Eram atirguli, jannat bog'iga qiyos qilinadi-yu, lekin qaysi biriga o'xshashi aniq aytilmaydi. Chunki maqsad har ikkisiga tashbih qilishdir. Shoir mahbuba menglarining qoralik, xushbo'ylikda Xo'tan mushkiga, go'zallikda jon nuqtasiga,

englarining esa ham Eram atirguli, ham jannat bog'iga o'xshashini ta'kidlayapti, xalos. Atoiy g'azalidan olingan

baytida ham yor yuzi quyosh va to'lin oyga, so'zi esa shahdu shakarga o'xshatilgan. Shoirning o'zini bilmaslikka solishi, mahbuba chehrasi va so'zi aniq qaysi narsaga o'xshashini aytmasligi shartli badiiy usul bo'lib, bayt ta'sirchanligini oshirishga xizmat qilali.

Tajohul orif san'ati yashirin o'xshatishning bir turi ekanini anglab olish qiyin emas, bilib bilmaslikka olish o'xshatishni yashirishdan boshqa narsa emas. Lutfiy g'azalidagi

baytidan shoirning maqsadi ma'shuqa ko'zini chamandagi nargisga, yuzini gulga, sumanga o'xshatishdir. O'zini bilib bilmaslikka solish bilan shoir o'xshatmasdan go'yoki so'rayotgandek bo'lib ko'rinmoqchi, xalos. Alisher Navoiyning

Buki ko'nglum yarasidan oqadur qonmu ekin? Yo qizorib erigan suv kebipaykonmu ekin? Ul xati labki berur ko'zga safo, jong'a hayot, Sabzai jannat aro chashmai hayvonmu ekin? Husn xoni arokim, yoydi qazo yuzu labing, Kursi xurshid bila la'li namakdonmu ekin? G'uncha og'zig'amu gulshandayog'ibdur jola, Yo jamoling guli ichra labi xandonmu ekin?

baytlarining har birida biron o'xshatish keltirilgan bo'lib shoirning o'zini bilib bilmaslikka solishi misralar jozibadorligini kuchaytiradi. Zero, to'g'ridan-to'g'ri o'xshatishga nisbatan bu xil yashirin qiyoslash

Menglaring mushki Xo'tan yo nuqtai jondur, begim? Englaring Vardi Eram yo bog'i rizvondur begim?

Ey begim, ushbu yuz degul, shams bila qamarmudur? Ey begim, ushbu so'z degul, shahd bila shakarmudur?

Nargis ko'zungning o'xshashi qaysi chamanda bor? Yuzung tarovati qachon, ey gul, sumanda bor?

o'quvchiga zavq bag'ishlaydi.

February, 2022

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, tajohuli orif san'ati asosan savol ko'rinishida ifodalanadi, asarning lirik qahramoni o'quvchiga savol bilan murojaat qilayotgandek, o'zi aniqlay olmagan narsani bilib olishga yordam berishni so'rayot-gandek bo'lib ko'rinadi. Lekin bu savol oddiy emas, unga javob topish ham oson emas. Bu savol hamisha ham o'xshatish maqsadini ko'zlayvermaydi. Masalan, Atoiyning

baytiga diqqat qilsak, unda o'xshatish ko'zga tashlanmaydi, ammo o'zini bilmaslikka solish ko'rinib turadi. "Ey dildor, mening aybim nimada? Qaysi gunohim uchun meni buningdek zor qilding?"- deb sevgili yorga murojaat qiladi oshiq. Binobarin, bilib turib bilmaslikka solish holati mavjud. Shunga ko'ra baytni mazkur san'atga nisbat berish mumkin. Atoiyning

bayti ham shu jihatdan ahamiyatlidir. Shoirning savoldan maqsadi oshiq holati, uning ichki iztiroblarini o'zini bilmaslikka solish shaklida ta'sirchan ifodalashdan iboratdir. Atoiy

baytidagi savol vositasida mahbuba go'zalligini ta'sirchan tasvirlashni niyat qilgani aniq sezilib turibdi. Gadoiyning

baytida ham bilib turib bilmaslikka solish holati ko'zga tashlanib turadi. Shunga ko'ra, yuqoridagi ikkala bayt ham tajohul orif san'atiga asoslanib yaratilgan, deb ayta olamiz.

Furqat qalamiga mansub

Asiri chashming ohuyi biyobon o'ldi, bir menmu? Ko'rub oyina ham husnungni hayron o'ldi, bir menmu? ...Ishqing o'tida, jono, jonlar kabob emasmu? Qilmas esang tarahhum, holim xarob emasmu? ...El ichra ishq dog'in ifsho qilib bo'lurmu?

Xizmatingda bilmon, ey dildor, taqsirim nedur? Kim meni qilding munungdek zor, taqsirim nedur?

Kim ko'rdi ko'zung hasratida men kibi bemor? Jon g'amzada, bag'ri to'la qon, ko'ngli giriftor?

Bovujudi orazing bargi sumandin kim desun? Loladin kim So'zlasun, ham nastarandin kim desun?

Yuzungni rashki gulu arg'uvon demay ne deyin? Qading niholini sarvi ravon demay ne deyin?

Monandi lola o'zni rasvo qilib bo'lurmu?

February, 2022

kabi baytlardagi savollar ham jiddiy bo'lmay, bilib bilmaslikka solish ifodasidir, binobarin, ushbu misralarning barchasi ham tajohul orif san'ati namunasi bo'la oladi.

Furqatning

O'tmay nishot ulpari o'tru kelarmukin?

Jon chekti ko'b bu g'ussada qayg'u, kelarmukin? baytidagi savol esa boshqacha mazmunga, oddiy savol ma'nosiga ega, chunki bu o'rinda shoir bilib turib o'zini bilmaslikka solayotgani yo'q, mahbubasining kelish-kelmasligi chindan ham unga noma'lum. Binobarin, bu baytni tajohul orif san'atiga nisbat berib bo'lmaydi. Xuddi shuningdek, Muqimiyning

baytida ham bilib-bilmaslikka solish holati sezilmaydi, shoir savoli jiddiy bo'lib, misralarning tajohul orif san'atiga aloqasi yo'q.

Demak, savolni ifodalovchi baytlardagi mazmun, savol mohiyatidan kelib chiqib shoir tajohul orif san'atiga murojaat qilganmi, yo'qmi, degan muammoni hal qilish mumkin.

Bu xil san'at ko'pincha g'azalning matlaidan maqtasigacha davom ettiriladi, ya'ni barcha baytlar shu san'at asosida yoziladi. Masalan, Lutfiyning ushbu g'azali shunday asarlardandir:

Ey odamilar joni, parig'a ne bo'lursan? Bu jism ila gulbargi tarig'a ne bo'lursan? Sendin manga nazzora tegar, ul dag'i gah-gah, Sen charxi falakning qamariga ne bo'lursan? Raftor ila biryo'li munungdek dog'i o'xshash Ey sarvi sihi, kabki dariyg'a ne bo'lursan? Yusuf kibi shirin durur asru harakoting, Sen Misr nabotu shakarig'a ne bo'lursan? Sendek saname ko'rmadi Lutfiy Chig'atoyda, Chin so'yla, Xito xo'blarig'a ne bo'lursan?

Tajohul orif san'ati she'riyatimizda keng qo'llangan bo'lib, unga murojaat qilmagan shoir kam topiladi.

Ol xabar ul sarvi noz uyqusidin turganmikin? Nogahon turgan esa, tush-mush so'rang, ko'rganmukin?

XULOSA

February, 2022

REFERENCES

1. А.Навоий Мукаммал асарлар туплами. 12том, Фан, -Т, 1996. -Б.21-61

2. А.Хожиахмедов Шеърий санъатлар ва мумтоз кофия. Шарк, -Т, -Б 41

3. Sabitova, T. (2021). NAVOIY IJODIDA BADIIY SANATLAR. Academic research in educational sciences, 2(4), 1074-1091.

4. Sobitova, T. (2020). "ORZIGUL" DOSTONIDAGI MA'NAVIY VA LAFZIY SAN'ATLAR. ILMIY AXBOROTNOMA, 60.

5. Собитова, Т. (2021). ИНТОК САНЪАТИ. Academic research in educational sciences, 2(10), 516-526.

6. Sabitova, T. (2021). THE TRADITION OF THE SCIENCE OF XAMSA IN EASTERN LITERATURE.

7. Sabitova, T. (2021). FOLKLORE TRADITIONS IN ALISHER NAVOIS EPIC SABAI SAYYOR (SEVEN PLANETS)(IN THE EXAMPLE OF BAHROMGORS IMAGE).

8. Sabitova, T. (2021). ALISHER NAVOIY "XAMSA"SINING YARATILISHIDA BOSHQA XAMSANAVISLARNING ROLI. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 768-777.

9. Sobitova, T. (2020). Alisher Navoiyning "Lison ut-Tayr" dostonida Tazod san'ati. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 495-503.

10. Собитова, Т. (2021). УЗБЕК МУМТОЗ АДАБИЁТИ ТАРИХИДА ^УСНИ ТАЪЛИЛ САНЪАТИ. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 394-403. doi: 10.24412/2181-1385-2021-11-394-403

® о

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

©

О

769

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.