Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKKIRLARI MUSIQA MEROSINING TARBIYAVIY IMKONIYATLARI TO’G’RISIDA'

SHARQ MUTAFAKKIRLARI MUSIQA MEROSINING TARBIYAVIY IMKONIYATLARI TO’G’RISIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4634
197
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mutaffakir-olim / musiqashunoslik / san’at / ilmiy meros / ta’lim va tarbiya / ta’lim. / Thinker-scientist / musicology / art / scientific heritage / education and upbringing / education.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Matyakubov, Ergash Gayibayevich

Mazkur maqolada sharq mutafakkir, olimlarining musiqa sohasidagi ilmiy izlanishlari, olib brogan ilmiy tadqiqotlari, musiqa san’atiga qo’shgan hissalari, fikr-mulohazalari bayon etilgan. Shuningdek, buyuk mutafakkirlarning musiqaning tarbiyaviy ahamiyati to’g’risidagi fikrlari, tahlillari, ilmiy meroslari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EASTERN THINKERS ON THE EDUCATIONAL POSSIBILITIES OF MUSIC HERITAGE

This article describes the research of the oriental thinker, scholars in the field of music, their research, contributions to the art of music, opinions. There are also opinions, analyzes, scientific heritage of great thinkers on the educational value of music.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARI MUSIQA MEROSINING TARBIYAVIY IMKONIYATLARI TO’G’RISIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

SHARQ MUTAFAKKIRLARI MUSIQA MEROSINING TARBIYAVIY IMKONIYATLARI TO'G'RISIDA

Matyakubov Ergash Gayibayevich

Urganch Davlat Universiteti San'atshunoslik fakulteti Ijrochilik va madaniyat kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada sharq mutafakkir, olimlarining musiqa sohasidagi ilmiy izlanishlari, olib brogan ilmiy tadqiqotlari, musiqa san 'atiga qo 'shgan hissalari, fikr-mulohazalari bayon etilgan. Shuningdek, buyuk mutafakkirlarning musiqaning tarbiyaviy ahamiyati to 'g 'risidagi fikrlari, tahlillari, ilmiy meroslari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Mutaffakir-olim, musiqashunoslik, san'at, ilmiy meros, ta'lim va tarbiya, ta'lim.

ABSTRACT

This article describes the research of the oriental thinker, scholars in the field of music, their research, contributions to the art of music, opinions. There are also opinions, analyzes, scientific heritage of great thinkers on the educational value of music.

Keywords: Thinker-scientist, musicology, art, scientific heritage, education and upbringing, education.

АННОТАЦИЯ

В статье описаны исследования мыслителей Востока, ученых в области музыки, их исследования, вклад в музыкальное искусство, мнения. Есть также мнения, анализы, научное наследие великих мыслителей об образовательной ценности музыки.

Ключевые слова: мыслитель-ученый, музыковедение, искусство, научное наследие, образование и воспитание, образование.

KIRISH

O'rta asr mutaffakirlari va olimlari ham musiqa san'ati bilan ham keng mashg'ul bo'lishgan, jumladan Abu Nasr Farobiy, Abu Abdullo Rudakiy, Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abduraxmon Jomiy, A.Navoiy va boshqalar ijodiga nazar tashlasak ular o'z ijodi davrida kishi qalbiga, xis - tuyg'ulariga kuchli ta'sir qiladigan musiqa san'ati bilan keng mashg'ul bo'lishgan, hamda musiqa san'atining Amaliy va nazariy qismlari to'g'risida buyuk asarlar ijod qilishganki, bu asarlar hozirgi vaqtda ham, jahon musiqa ta'lim - tarbiyasida va madaniyatida olamshumul ahamiyat kasb etib kelmoqda. Jumladan O'rta Osiyoda yashagan buyuk olim al

746

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Forobiyning musiqaga bag'ishlangan «Musiqa haqida katta kitob» asari cholg'u madaniyatimiz tarixining o'qilmagan saxifalarni birmuncha oydinlashtirish imkonini beradi. Al Farobiy bu asari 1935 yilda R.D. Erlanjeni tomonidan fransuz tilida nashr etilgan. Kishi ruhiga, qalbiga, xis-tuyg'ulariga kuchli ta'sir qiladigan musiqa san'ati bilan shug'ullangan hamda uning nazariy va amaliy-tarbiyaviy ahamiyati to'g'risida asar yozish o'sha davrda buyuk jasorat edi. «Musiqa haqida katta kitob» da musiqaning tarbiyaviy ahamiyatini yoritishdan tashqari, O'rta asr Sharq musiqa san'atining rivojlanishida muxum rol o'ynagan rubob, nay, tanbur, ud, nog'ora va boshqa cholg'u asboblarining tuzulishi, ijro proisiplari haqida keng ma'lumot beriladi. Al Farobiy inson tovushiga taqlid qila oladigan cholg'u asboblarini muxum va zarur deb hisoblaydi. «Kishi ovoziga yaqin tovush chiqaradigan asboblar rubob, g'ijjak va duxovoy asboblaridir: ular ovozga juda yaxshi taqlid qiladilar. Rubob va surnay ovoziga juda yaxshi taqlid qila oladi», - deb yozadi olim. Al Farobiy cholg'u asboblariningasosan ikki vazifasini ko'rsatib o'tgan: qo'shiqqa jo'r bo'lish va yakka holda ijro etish. Xalq musiqasidagi bu an'analar hozirgacha saqlangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'rta Osiyo musiqasining rivojlanish manbalari va xarakterli belgilari yaxshi izohlanadi. «Cholg'u musiqasi ashula jo'r bo'ladi yoki ovozga taqlid qiladi, uni boyitadi hamda ashulaning boshlang'ich musiqasini va uning oralaridagi cholg'u qismini hosil qiladi. Bu esa ashulachiga deb beradi. Ayni vaqtda ular ashulaning ovozi yetmaydigan joylarni bo'rtirb, vokal musiqani boyitadi», - deyiladi asarda. Farobiyning inson tarbiyasida musiqaning ahamiyati borasidagi fikrlari ham maqtovga loyiq. Buyuk Sharq mutaffakirlari yozishicha, inson jamiyatida yashab kamol topadi. Uning baxt-saodati, xulq-atvori, ma'naviy qiyofasi shu jamiyat quchog'ida shakllanadi. Shuning uchun oiladagi ijobiy muhit ijtimoiy hayot oqimidagi bir yo'nalish deb qarashi lozim. Bu yo'nalish jamiyatda Yangi kishi tarbiyalashning fundamental asosidir. Musiqiy madaniyatdan bahramand bo'lish inson tarbiyasining ajralmas qismidir. Chunki musiqaviy tarbiya odamni qalban pok va go'zal, sog'lom fikrli, badiiy didli hamda fikrlash qobiliyati o'tkir qilib o'stiradi, shu bilan nafosat va go'zallik olamiga chorlaydi. Ulkan tarbiyaviy imkoniyatga ega bo'lgan o'zbek xalq musiqa merosining zarchashmalari tarixan olis zamonlardan bog'lanib, ijtimoiy hayot bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Ilk musiqa namunalari esa inson ongining rivojlanishi natijasida tabiat go'zalliklardan ilhomlangan qadimgi odam tomonidan mehnat vujudga kelgan.

Musiqa darsi o'z tabiatiga ko'ra san'at darsidir. Uni rang-barang, sermazmun va

qiziqarli tashkil qilish har bir o'qituvchidan katta pedagogik va professional mahorat

747

Scientific Journal Impact Factor

talab etadi. "BoMarni san'atga o'rgatish nihoyatda murakkab,-deb takidlaydi taniqli kompozitor D.B.Kabalevskiy, - hamma murakkablik shundaki, ularni emosional tarzda qiziqtirmay turib chinakam san'atga o'rgatish mutlaqo mumkin emas".

Bu o'rinda musiqiy mashg'ulotlar jarayonida o'quvchilarning ijodiy faolligini taminlash alohida ahamiyatga molik. Musiqani tushunish, uning orombahsh ta'siridan bahramand bo'lish bilim, malaka va ko'nikmalar qatori emosional his-tuyg'ularning ishtirokiga ham bog'liq. Asarni ijro va idrok etishda his-tuyg'ular qanchalik faol va chuqur bo'lsa, ularni tushunish va o'zlashtirish, to'yinish va zavq olish ham shunchalik ongli va chuqur bo'ladi. Bu holatlar esa o'z o'rnida ijodiy faollik natijasida sodir bo'ladigan jarayondir. Zero zerikarli va sokinlik holati sinfda jonli hissiyot holatini tashkil eta olmaydi. O'quvchilarni darsga qiziqtirish birinchi navbatda tinglash va ijro etish uchun tanlanadigan asarlar repertuari bilan bog'liq. Boshlang'ich sinflar uchun tanlanadigan asarlar repertuarining asosiy mezoni o'quvchilarning yoshlarga, qiziqishlari, bilim va ko'nikmalar darajasiga mos bo'lish, tematikaning rang-barangligi, g'oyaviy-badiiy sifati hamda pedagogik qimmati bilan belgilanadi. Boshqacha so'z bilan aytganda, maktabda o'quvchilarning yoshlari va idrok etish qobiliyatlari mos keladigan o'tmish va hozirgi zamonning eng yuksak g'oya va obrazlarini aks ettiradigan, o'zining forma va mazmuni bilan go'zal va hayotbahsh, nafis va xushohang asarlar yangrashi lozim. Zero faqat mana shunday asarlargina o'quvchilarda darsga nisbatan qiziqish va havas uyg'ota oladi, axloqiy-estetik hissiyotlarini, zarur bo'lgan qobiliyatlarini o'stirib boradi. Bu o'rinda zamonaviy qo'shiqlar qatori xalq qo'shiqlaridan keng va oqilona foydalanish darsni yanada qiziqarli va sermazmun bo'lishini taminlaydi, yosh ijrochilarda xalqimiz ijodiga, uning musiqa va qo'shiq san'atiga bo'lgan mehr va muhabbat tuyg'ularini shakllantirib boradi. Har bir darsda ijodiy faollik yuzaga keladi.

«Avisenna» nomi bilan butun Dunyoga mashhur bo'lgan Abu Ali ibn Sino shifokor bo'lib qolmasdan, taniqli musiqashunos ham edi. Hatto g'ijjakning yaratilishi bilan bog'liq rivoyat ham Ibn Sinoga bag'ishlangan: go'yoki bu cholg'u asbobini ixtiro qilgan va unda kuy chalgan odam ulug' xakim emas. «Kito bash -Shifo» asarida yozilishicha, musiqa kishi ruhini davolovchi, inson qalbiga kuchli ta'sir etuvchi estetik vositalaridan biridir. Musiqa va kuyning paydo bo'lishini olim shunday izohlaydi: «Tabiatning o'zi odamlarga nutq ato qilgan. U shartli xarakterga ega bo'lib, xushomad qilganda, o'z tobeligini bildirganda yoki yalinganda tovush, mayinlashib, natijada sud ta'sirli chiqadi va o'z maqsadiga erishadi. Keyin taqlid qilish, ayniqsa odamlarga katta orom big'ishlaydi». Ibn Sinoning ta'lim va tarbiya haqidagi dunyoqarashi va ilg'or g'oyalari faqatgina tabiy fanlarga oid asarlariga emas,

Scientific Journal Impact Factor

balki adabiy badiiy janrlardagi risolalarni ham o'z aksini topdi. Uning bu asarlarida musiqa san'atining insonparvarlik, rosgo'ylik, mehr - muhabbat, xursat hamda do'stlikka ta'siri masalalari o'rtaga tashlandi.

Alisher Navoiy nozik ta'b, yuksak zakovat egasi sifatida musiqani sevib, tinglar, dildan zavqlanardi. Shoir tantanali san'atkorlarga hamisha g'amxo'rlik qildi, yoshlarning kamoloti uchun tinmay qayg'urdi. Insonning kamolotga yetishuvida asosiy rol o'ynovchi vositalardan biri musiqa san'atidan bahramand bo'lish deb bildi. Musiqani sevmagan shoir qalbi xuvillagan chorbog', xazon bo'lgan bahordir. «Musiqani idrok etmagan shoir nim shoirdir», - deydi Navoiy. Bu kalima shoir estetik qarashlarning moxiyatini yaqqol ko'rsatadi. Musiqa ilmi va san'ati haqida shoirning «Majolis un - Nafois» asarida atroflicha yoritilgan. Asarning 118 saxifasida Paxlavon Muxammad G'ushtig'ir haqida baxs ketganda, uni zamonasining shirinkamol va xushsuxbatlaridan biri ekanligi ta'kidlandi. Shundan keyin Navoiy «Musiqiy va advor ilmida davrning benazirdir» Deya qo'shib qo'yadi. To'rtinchi majlisda mashhur sozanda va hofiz. Hofiz Muxammad Sultonshox hamda dilrabo kuylari ila dillarni maftun qilgan mashshoq Ustod Qulmuxammad nomlar hurmat bilan qadamga olinadi. «Ustod Qulmuxammad - shibirgonliklar, deb yozadi Navoiy, - kichik yoshida g'ijjak cholar edi. Qobiliyat asari ul fanda andin ko'p zoxir erdi. Tarbiyatiga mashg'ul bo'lurdi... Ammo ud va g'ijjak va qubuzni asrida oncha kishi chol olmas». «Majolis un-nafois, Nafoiy asarlari, 12 tom, 139 bet. Navoiy tarbiyalangan oilaviy maxit adabiyot va san'at ixlosmandlaridan iborit edi. Bo'lajak shoirning qarindosh - urug'lari hamda ustozlari orasida mashhur xonanda va sozandalar, musiqa ilmining «benazar» bo'lgan. Shoirning o'zi e'tirof etishicha, «G'aribiy taxallusibilan g'azal bitgan Muxammad Ali ko'proqsozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xub erdi. Musiqiy ilmidan ham xabardor erdi. Ma'lumki, G'aribiy Alisherning tog'asi bo'lgan va yosh shoir ko'p vao'tni u bilan birga o'tkazar, «ul xazratning iltifoti inoyati aning bila o'zlaridin ko'proq erdi». 12 tom, 66 - bet.

Hozirgi yoshlar madaniyatga, hayotga yengil qarashga o'rganib, tijoratga berilib ketmoqdalar. Chet el ansambllariga taqlid qilish, tushunib-tushunmay xorijiy qo'shiqlarni aytish, milliy madaniyatimizga yengil yoki befarq qarashlar odat tusiga kirib qolishi bu sog'ada ishlovchilarga katta vazifa yuklaydi. Musiqiy boyliklarimiz xazinasi (kuy, qo'shiqlar, musiqa sozlari, ijro yo'llari, usullar, milliy bezaklar), durdona merosimiz ko'p yillar qarovsiz qolgani, hozirda alohida etibor berishni talab etmoqda. Bu sohada ko'plab ilmiy ishlar qilinishi, merosimiz yetuk xonandalar ijrosida qaytadan tiklanib targ'ibot qilinishi lozim.

Scientific Journal Impact Factor

Biror bir kuyni yoki qo'shiqni tinglaganda, uning nozik sadolanishida tarix aks sado berib turgandek tuyuladi. M.Qoriyoqubov, Yu.Rajabiy, M.Uzoqov, M.Karimov, M.Axmedov, O.Xotamov, yosh avlodlarga mansub M.Yo'lchiyeva, H.Rajabiy, R.Qurbonov - qo'shiqlari, T.Alimatov, M.Yunusov, A.Abdullayev, G'.Qo'chqorov, A.Ismoilov, O'.Rasulov, T.Rajabov - kuylari kishini lol qoldiradi. Eslaylik, "Munojot", "Soyai", "Chorgoh", "Ajam taronalari", "Cho'li iroq", "Surnay navosi", "Qo'shchinor", "Girya", "Tanovar", "Galdir", "Kuygay" va boshqalar tinglovchini befarq qoldirmaydi.

Ko'p ansambl rahbarlari, musiqa o'qituvchilari o'z talabalariga kuy, qo'shiq o'rgatishda ijro yo'liga, ijro mahoratini oshirish usullariga e'tiborlarini qaratadilar, bu muhim, ammo o'rganilayotgan asar mohiyatini tushunib, tahlil qilib, mazmuni, tarixi haqida bilim berishga yetarlicha e'tibor bermaydilar. Suhbat, savol-javoblar yo'li bilan, o'rganilayotgan musiqa asbobi tarixi bilan tanishtirib olib borish, taniqli ijrochilar ijodi, erishilgan bugungi yutuqlar haqida ma'lumot berish o'z samarasini beradi. Qo'shiqni o'rgatish ishlari uslubiy jihatdan bir necha vazifalarga bo'linishi mumkin:

Tarixiy ilova;

Matn ustida ishlash;

3. Ohangni o'rganish:

a) to'liq tinglash;

b) qismlarni takrorlash;

v) ijodiy yondoshish asosida sayqallab ijro etish.

Musiqa ijrosini o'rganishda yengil asarlardan boshlash, masalan: "Do'loncha", "Olma atirjon", "Qarinavo" va shunga o'xshash kuylardan, qo'shiqlardan: "Bahor keldi", "Bozorga boraymi, qizim", "Charx", "Yor-yor"lar, "Oq oydin kechalar", "Sev keladi loylanib" va boshqalar. Bunda albatta qo'shiq mazmuniga o'quvchi-talabalar e'tiborini qaratish kerak. Bu borada misol qilib "Suv keladi loylanib qo'shig'i"ni namuna sifatida keltiramiz. Bu o'zbek xalq qo'shig'i:

Eshigingda nelar bor?

O'rdak bilan g'ozlar bor.

O'rdak o'lsin, g'oz qolsin!

Dushman o'lib, do'st qolsin!-

deya xitob qilib, savol-javob tariqasida ijobot bo'ladigan tilaklarni uqtiradi. Asar mazmuni sodda yozilgan bo'lsa ham, keng ma'noni bildiradi. O'rdak bu misrada dushman ma'nosini, chaqimchi, ezma, yomonlikni avro ko'ruvchi sifatida aks ettiriladi, g'oz esa do'st, kishilarga yaxshilik istovchi, ertaklardagi ijobiy obrazni

Scientific Journal Impact Factor

tasvirlaydi, shuning uchun dushman o'lib, do'st qolishining tarafdori. Shu kabi so'zlar bilan tushuntirib, savol-javoblar tariqasida o'tkazilgan suhbatlar kyingi darsning borishi uchun ijodiy muhitni tayyorlaydi. O'quvchilarning bilim doirasi kengayadi, so'z boyligi oshadi, ijro qilinayotgan asarni to'laligicha yod olishga erishiladi.

O'zbek milliy qo'shiqlarini maromiga yetkazib kuylash, tinglovchining yuragiga ta'sir qildirish - bir san'at, u san'atdan bahra ola bilish ham katta iste'dod bo'lib qoldi. Shuning uchun keksa san'at ustalarimizni tinglay olish, ularni ardoqlash, e'zozlash, oqibatli bo'lishni yoshlarimizga o'rgatish, biz o'qituvchilarga katta vazifa yuklaydi. O'qituvchi-ustozning mahorati o'z shogirdini har bir ishni bajarishga majbur etishida emas, balki, uni bu ishni o'z xohish-irodasi bilan, tushunib, quvonch bilan bajarishga rag'batlashtirishdadir.

Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish kerakki ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishda quyidagi talablarni hisobga olish zarur:

1. Sharq allomalarining musiqa va musiqiy tarbiyasiga bag'ishlangan asarlardan keng foydalanish;

2. Ijodkor keksa avlodlarimizdan foydalanib qolish, ularning ishini davom ettiruvchilarni tayyorlash kerak;

Maktab o'quvchilari bilan pedagogik amaliyot jarayonida musiqa darslarini tashkil qilishda quyidagi faoliyatlarga ahamiyat berish: maktablardagi musiqa darslari va sinfdan tashqari ishlarni uzviy bog'lab olib borish, unda musiqa mktabalrida o'qiydigan o'quvchilarning faol ishtirok etishlarini tashkil qilish; hozirgi kunda radio va televideniyening musiqaviy eshittiruv, ko'rsatuvlari sifat darajasi oshganligini hisobga olib undan unumli foydalanish; o'quvchi-yoshlarning ijod ishiga jalb qilish uchun ularning yosh xususiyatlarini inobatga olib, tanlovlar o'tkazib borish, sahna mahoratini o'rgatish; tarix, san'at muzeylariga sayohatlar uyushtirish; milliy musiqa merosimizdan foydalanish milliy madaniyatga havasni shakllantirish va h.k.

Shu o'rinda musiqashunos olim Fitratning musiqa madaniyati va uning ma'naviyatga ta'siri haqida aytgan so'zlarini eslash joizdir: "... o'z musiqamiz, ham Ovro'po musiqani yaxshi bilib olg'an... talabalarimiz yetishkuncha, Ovro'po musiqa olimlarining yoradmlari bilan kuylarimizni notaga oldirishda Ovro'po musiqasining ohang usullarig'a ergashtirmayliq. Ovro'po ohang usullaridan ko'z yumub, kuylarimizning o'z ohangida qolishiga tirishaylik. Ovro'po ohang usullariga ergashtirib oling'an kuylarning etnografik nuqtasidan ahamiyatini yo'qotqanimiz kabi ularning o'zbekligini ham yo'qotqan bo'lurmiz".

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

Bu so'zlardan hozirgi yoshlarimiz ibrat olsalar, o'z ijodlariga tanqidiy ko'z bilan qarasalar, ustoz-o'qituchilar orqasidan ergashsalar madaniyatimiz yangi pog'onaga ko'tarilar, jahon bo'ylab qo'shiqlarimiz, kuylarimiz taralar, ma'naviyatimiz yanada boyib borardi. Navoiyning kishilarni o'z san'ati bilan maftun qiluvchi zavq - shavq bag'ishlovchi hofiz va qo'shiqchilariga, umuman musiqa san'atiga munosabati «Maxbub ul qulub» dagi «Mutrib va muganiylar zikrida»aytilgan yigirma ikkincha faslda yorqin tasvirlangan. «Ko'ngil quvvati xushnavozdin, ruh kuni xushnavozdin. Xushxon mugaynidin dard axlining o'ti tezdur, agar maloxadi bo'lsa chol axliga rustaxezdir. Xaar muganniyki, dormondanorok nag'ma chekar, aning zaxmasi zaxmlik yurakka korg'aroq tegar. Otashin yuzluk muganniyki xalqdin muloyim surud chiqargay, xoll axlining qo'ygan big'ridan dud chiqargay. Muloyim mutribki tab va faxm yor bo'lg'ay, odamiy ko'ngli toshdin bo'lsa anga zor bo'lgay. Xususan, ham aytgay va ham chalg'ay, kungil mulkiga ne qo'zg'olonlarni solg'ay...» 13 tom, 23 bet. Bu so'zlar musiqa san'tining estetik va sotsial-tarbiyaviy qimmati beqiyos ekanligini anglatadi. Navoiy shu o'rinda ham musiqani, ham o'zini xor qilgan ta'magir muganiylarni afsus - nadomat bilan tanqid qiladi. Xalq ijodiyotiga muhabbat qo'ygan Navoiy musiqaviy merosning moxiyatini anglay oldi, o'z asarlarida bu san'at turining qudratli tarbiyaviy - estetik rolini to'g'ri bxoladi. U xalq she'riyati va kuylarini o'rganishiga, ta'lim olishga chaqiradi. Ongli mehnat jarayonida inson tafakkuri takkominlashdi va taraqqiy etdi. Bu esa inson qalbiga moyil bo'lgan qo'shiqlar, kuylar, doston, ertak va raqslarning paydo bo'lishiga asos soldi.

Inson etiqod bilan tirik, etiqod bilan aziz va mukarramdir. Etiqodli inson jamiyatning ma'naviy pokligi, barkamolligi uchun kurasha oladi. Etiqodi mustahkam xalq o'zining dunyo madaniyati, pok insoniy munosabatlar tizimiga ega bo'ladi. Hyech qanday farovon turmush tarzi malum etiqodli ahloq meyorlari shakllangan jamiyatga qaror topadi, rivojlanadi. Talabalarni xalq qo'shiq va kuylari orqali ma'naviy-ahloqiy shakllantirish, bunda ularning yosh xususiyatlari, individualligini hisobga olish, musiqani idrok qilish, uni tahlil qilish va sintez qila olishga o'rgatish pedagogik-psixologik shart-sharoitlarning mavjudligiga bevosita bog'liqdir.

Xalq qo'shiqlari orqali o'quvchilarni ma'naviy-ahloqiy shakllantirish musiqaning boshqa janrlariga nisbatan qulaydir. Chunki xalq qo'shiqlari mazkur xalqning an'analari, rasm-rusumlarini o'zida ifodalaydi. Xalq qo'shiqlari vositasida o'quvchilarni shakllantirish sohasida keng ko'lamli tadqiqotlar olib borilgan. Sharqning olamiga mashhur mutaffakiri Abu Nasr Farobiy musiqa nazariyasiga doir kitobiga so'ngi nuqtani qo'ygach, og'ir tin olib: «Yo alhazar! Ey, musiqa olami! Sen

Scientific Journal Impact Factor

bo'lmaganingda olam ahvoli ne kechar ekan!» degan ibratimiz kalimani aytganda nimalarni o'ylagan bo'lsa. Alqissa buyuk tarbiyaviy ahamiyatiga ega bo'lgan musiqa madaniyati xalq hayoti bilan uzviy bog'liq holda rivojlanib ijtimoiy hayotning tasviri bo'lib keldi. O'zbek xalq qo'shiqlaridan uni ijod etgan xalqning bosib o'tgan yo'li, ya'ni tarixi, hayoti, inson haqidagi falsafiy tushunchalari, estetik qarashlari o'z aksini topgan. O'zbek xalq musiqa san'ati yoshlarni haqiqiy inson bo'lib yetishuvida, ularning ma'naviy kamolotga erishuvda o'zgacha badiiy - estetik zavq bag'ishlaydi.

REFERENCES

1. Sharipova G. Musiqa o'qitish metodikasi. Ma'ruzalar. T., TDPU, 2006.

2. Akbarov I. Musiqa lug'ati. T.Oqituvchi 1997 y.

3. Hasanboev J.Yu. Pedagogika nazariyasi. Ma'ruza matni. T. 2002 y.

4. Mansurva G. Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. O'quv metodik qullanma- Toshkent. 2008;

5. Ismailov, T. X. O. G. L. (2021). Musiqa madaniyati darslarida rus kompozitorlari ijodi orqali o'quvchilarning estetik didini rivojlantirish. Science and Education, 2(4),

6. SHaripova G. Musiqa va uni o'qitish metodikasi (metodik qo'llanma). Toshkent -2006.

7. Ismailov Tohir. "CHARACTERISTICS OF KHOREZM DOSTON ART" "Экономика и социум" №3(82) 2021 www.iupr.ru

8. Akbarov I. Musiqa lug'ati. Toshkent - 1997.

9. Ismailov Tohir. "THE IMPORTANCE OF RUSSIAN CLASSICAL COMPOSERS IN CLASSES OF MUSIC CULTURE" "Экономика и социум" №1(80) 2021 www.iupr.ru.

10. Ismailov Tohir. "Musical currents and the formation of Russian classical music". "Вестник магистратуры" 2021. №5 (116) ISSN 2223-4047;

336-340.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.