Научная статья на тему 'BOBUR G‘AZALLARIDA GUL TIMSOLINING BADIIY TALQINLARI'

BOBUR G‘AZALLARIDA GUL TIMSOLINING BADIIY TALQINLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3251
201
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gul / bulbul / oshiq / ma’shuq / badiiy san’at / tashbeh / Flower / nightingale / lover / lover / art / metaphor

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kamolova, Umida

Maqolada Zahriddin Muhammad Bobur lirikasida gul va bulbul timsollarining qo‘llanishi va ular orqali hosil qilingan tasviriy vositalar xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC INTERPRETATIONS OF FLOWERS IN BOBUR'S GAZELLES

The article discusses the use of the symbols of flowers and nightingales in the lyrics of Zahriddin Muhammad Babur and the visual aids created by them.

Текст научной работы на тему «BOBUR G‘AZALLARIDA GUL TIMSOLINING BADIIY TALQINLARI»

BOBUR G'AZALLARIDA GUL TIMSOLINING BADIIY TALQINLARI

Umida Kamolova,

mustaqil tadqiqotchi, Buxoro shahar 8 umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada Zahriddin Muhammad Bobur lirikasida gul va bulbul timsollarining qo'llanishi va ular orqali hosil qilingan tasviriy vositalar xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Gul, bulbul, oshiq, ma'shuq, badiiy san'at, tashbeh

ABSTRACT

The article discusses the use of the symbols of flowers and nightingales in the lyrics of Zahriddin Muhammad Babur and the visual aids created by them.

Keywords: Flower, nightingale, lover, lover, art, metaphor

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается использование символов цветов и соловьев в лирике Захриддина Мухаммада Бабура и созданных ими наглядных пособий.

Ключевые слова: Цветок, соловей, любовник, любовник, искусство, метафора

KIRISH

Sharq mumtoz she'riyatida har qanday timsol va ramzlar ijodkorning maqsadini badiiy ifodalash uchun xizmat qilgan. Jumladan, mumtoz she'riyatda oshiqni bulbulga, ma'shuqani gulga, qomatini sarvga, shuningdek, ko'zini ohuga, raqibni esa tikanga qiyoslash orqali tashbeh, tashxis, tanosib singari she'riy san'atlar hosil qilingan. Ayni mazkur jihatni hassos shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida ham uchratish mumkin. Bu haqida adabiyotshunos olim "Ibrohim Haqqulov mana bunday fikrlarni bayon etgan: "Boburda o'ziga xos bir gulparastlik zavqi bor. Shoir ba'zan gul timsolini shunday tashxislantiradiki, xayolingizda gulday nozik, gulday sehrli bir sanam jonlanib ketishini sezmay qolasiz. Bobur she'rda gulning muattar bo'yi, rangin bo'yoqlari va betakror jozibasini mujassamlantirgan shoir. Chunki qalamni u qachon fikr, qachon ruh va tuyg'u yoki hol va ehtiros "qo'liga" tutqazishni juda yaxshi farqlaydi" [Bekmirzayeva, 2014: 32].

G 'ofil o 'lma, ey soqiy, gul chog'in g'animat tut, Vaqti aysh emas boqiy, ol chog'ir, ketur, bot tut [Bobur, 2019:6] -

satrlarida shoir soqiyga murojaat qilib, unga aysh vaqtining boqiy emasligini uqtiradi, takror-takror chog'ir tutmoqqa undaydi, shuning barobarida g'aflatda qolmay, gul chog'ini g'animat bilmoqlikni ham ta'kidlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mazkur misrada "gul chog'i" birikmasi orqali yoshlik, inson umrining eng g'animat onlariga ishora qilingan. Bunda yoshlikni, umrning gul chog'ini g'animat bilib, behudaga sarflamay, qalbni ezgulikka to'ldirish, xush -xursandlik o'tkinchi ekani, umr mazmunini mehnat, ilm bilan bezamoqqa undovchi jihatlar gavdalantirilgan. Demak, baytda gul so'zi shoirning falsafiy mushohadasining badiiy ifodasi uchun xizmat qilan

Yana bir g'azalida

Sen gul kibi to g 'amzadasen husnunga mag 'rur, Bulbul kibi g'amzadamen husanunga hayron [Bobur, 2019:37],

misralari keltirilgan. Bunda g'amzadasen, g'amzadamen singari bir-biriga ohangdosh so'zlarni ko'rish mumkin. Ammo bu ikki so'z baytda ikki ma'noni ifodalaydi. Mohiyatan "g'amzadasen" - noz-ishva qilyapsan, "g'amzadamen" -g'amnokman ma'nosida. Ya'niki, sen gul kabi husningga mag'rur, noz-ishva bilan mashg'ulsan, men esa bulbul singari chiroying g'amnokiman, husningni ko'rmoq qayg'usidaman.

Aytish kerakki, ushbu satrlarda ijodkor tashbeh san'ati imkoniyatlaridan unumli foydalanib, o'z holatini bulbulga, yorni esa gulga o'xshatadi. Bundan tashqari, "gul kibi g'amzadasen" hamda "bulbul kibi g'amzadamen" birikmalarini mazmunan qarshilantirilgan. "She'r misralarida bir-biriga zid mohiyatga ega narsa-hodisa, belgi, tushunchalarni o'zaro qarama-qarshi qo'yish orqali vujudga keltiriladigan san'at tazoddir" [Sulaymonov Sh, To'xsanov Q, 2009:111]. Muxtasar aytganda, baytda tazod san'atining go'zal namunasi hosil qilingan.

Boburo, hargiz quloq she'ringg 'a ul gul solmadi, Gulga neparvoe, yuz faryodqilsa andalib [Bobur, 2019:5].

Baytda o'xshatish vositalari qo'llanmagan bo'lsa-da, mazkur satrlarda yor -ma'shuqa gulga, oshiq -bulbul (andalib)ga qiyoslanganini anglash qiyin emas. Shuni inobatga olgan holda aytish mumkinki, tashbehi sareh she'riy san'ati yuzaga kelgan.

Bulbulning yuz faryod qilishi bilan gulning hech parvosi yo'q. Ma'shuqaning oshiq shoir she'riga quloq tutmagani andalib nolasiga beparvo gul holati bilan dalillanadi. Bu she'riyatda husni ta'lil san'ati deyiladi.

"Sendek menga bir yori jafokor topilmas..." deb boshlanuvchi g'azalining bir

satrida ijodkor ma'shuqaga nisbatan to'g'ridan to'g'ri "Ey gul" deya murojaat qiladi:

341

Scientific Journal Impact Factor

R

Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida,

Ko'zni yumub-ochquncha bu gulzor topilmas [Bobur, 2019:22].

Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy mahorati shundaki, g'azallarida tasvir va jumlalar o'quvchi qalbiga yaqin, qo'llaniladigan badiiy tasvir vositalari ham o'zaro muvofiq. Yuqorida keltirilgan birgina baytda nido (Ey gul), ishtiqoq (gul va gulzor), tanosib (gul-chaman-gulzor) san'atlarining qatorlashirib keltirilishi, bir tomondan, shoirning badiiy mahoratidan darak bersa, ikkinchi tomondan she'rxon qalbida estetik zavq uyg'otish uchun xizmat qilgan.

Gar siym bargi gulni qilsa libos o 'ziga,

Bo'lg'aymu, ey gulandom, ko'nglak bila taningdek? [Bobur, 2019:28].

Mazkur misrada gul o'z ma'nosida qo'llanilgan. Shoir fikriga ko'ra, mabodo oltin gulning bargini o'ziga libos qilsa, yor (gulandom)ning tanasidagi ko'ylak kabi bo'larmikan?

Kiyimning gul bargidan bo'lishi, ustiga ustak oltinning uning ichida tovlanishi mubolag'ali holat. Aynan mana shunday mubolag'ali tasvir ko'ylagi tanasini bezagan yor go'zalligini ifodalash uchun muhim ahamiyat kasb etgan.

Bobur, ul gul javr etar, ag'yordin ne yaxshilig'?

Gulning ozori bu bo 'lsa, vah, ne bo 'lg 'ay xorning [Bobur, 2019:52].

Ushbu satrlarda gulning ikki ma'nosi uchraydi. Dastlabki misrada shoir o'ziga murojaat qilib, Bobur, gul javr etar bo'lsa, ag'yordan nima yaxshilik kutish mumkin? qabilidagi ta'kidi orqali gul deb yorni nazarda tutgan. Keyingi satrda esa gulni o'simlik ma'nosida keltirib, agar gulning ozori shunchalik bo'lsa, xor, ya'ni tikanning ozori qanday bo'larkin? deya yor va ag'yor jafosini gul hamda tikan ozori vositasida izohlaydi.

Visolinkim tilarsen, nozini xush tortg'il, Bobur -Ki, olam bog'ida topmoq guli bexor mushkuldur [Bobur, 2019:59] -

misralari tahlilga tortilgan yuqoridagi baytni inkor qilgan holda ijodkor o'ziga taskin beradi. Bunda ham oshiq shoir o'z-o'ziga murojaat etib, agar visol tilar bo'lsang, (yorning) nozini ham xush qabul qil, chunki olam bog'ida tikansiz gulni topish mushkuldur, - deydi.

"Yor go'zalligi, sevguvchi qalbga boy tuyg'ular bag'ishlovchi mahbubaning go'zal xatti-harakati, nozu jilvalari, uning oshiq ko'ngliga yetkazgan shodlik va ozorlari, nimaiki go'zallik va sevgi bilan bog'liq bo'lsa, shularning hammasi Bobur she'rlarida o'zining latif tasvirini topgan. Bu she'rlarning lirik qahramoni fidokor oshiq. U o'z sevgisida hamisha barqaror. Bu sevgida qanday og'ir dardlarga mubtalo

bo'lmasin, u toqat qiladi, chidaydi...Sadoqatli oshiq sevgilisidan xafa bo'lmaydi, unga shodu xurramlik tilaydi[Qayumov A, 2008:30]:

Latofat gulshanida gul kibi sen sabzu xurram qol, Men archi dahr bog'idin xazonyafrog'idek bordim[Bobur, 2019:69] -Tahlilga tortilgan aksariyat baytlarda yor yuzi gulga qiyoslangan, ayrimlarida esa ma'shuqaning o'ziga "ey gul" deya murojaat qilingan. Ushbu misralarda oshiq ma'shuqasining latofat gulshani, ya'ni yoshlik chamanida gul singari sabzu xurramlikda bo'lishini xohlaydi... Shuning barobarida o'z holatini xazon yafrog'iga qiyoslaydi. Ayon bo'ladiki, shoir tazod san'atini qo'llagan. Boshqa bir g'azalda quyidagi bayt keltirilgan:

Gahi guldekyuzini ul shakar so 'zlukni islasam, Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la 'lidin totsam [Bobur, 2019:71] -Avvalgi misrada "guldek yuz" birligi mavjud. Bunda gul -mushabbih, yuz -mushabbihunbih, -dek - vositai tashbeh, chiroylilik, go 'zallik sifati - sababi tashbehni hosil qilmoqda. Demak, tashbeh san'ati qo'llangan. Keyingi satrga e'tibor qaratilsa, "yuzi gul" ifodasi uchraydi. Bunda "guldek yuz" va "yuzi gul" tardi aks san'atini yuzaga keltirgan. Binobarin, "tardi aks - arabcha teskari qilib takrorlash. Bu san'at takrirning o'ziga xos ko'rinishi bo'lib, uning talabiga ko'ra, she'r misrasidagi so'z birikmasi yoki misraning o'zi keyingi misrada teskari qilib takrorlanadi"[Sulaymonov Sh, To'xsanov Q, 2009:114].

XULOSA

Umuman, Bobur g'azallarida gul timsoli orqali yor go'zalli, husnu chiroyi, nozikligi, gulning tikani vositasida uning oshiq ko'ngliga solgan jafosi tasvirlangan. Shuning barobarida o'quvchi qalbiga yaqin ifodalar, beqiyos tasvirlarda tazod, tanosib, ishtiqoq, mubolag'a, tamsil, tardi aks kabi badiiy tasvir vositalari imkoniyatlaridan foydalanilgan.

REFERENCES

1. Bekmirzayeva Xosiyat. Gul va bulbul //Yoshlik. 2014. 2 - son.

2. Bobur. Har kimki vafo qilsa. -Toshkent: Yangi asr avlodi. 2019. 160 b.

3. Sulaymonov Sh., To'xsanov Q. Adabiyotshunoslik atamalarining qisqacha izohli lug'ati. - Buxoro. 2009

4. Qayumov A.Zahiriddin Muhammad Bobur. —Toshkent: Fan. 2008.52b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.