Научная статья на тему 'O‘xshatish konstruksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari'

O‘xshatish konstruksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2354
680
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘xshatishlar / obyekt / evristik vazifa / individual obraz / konstruksiyalar / bog‘lovchi vositalar / etalon / shakl / leksik vositalar / sintaktik vositalar. / analogies / object / heuristic task / individual image / constructions / connecting means / standard / form / lexical means / syntactic means

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umarova Nargizaxon Rustamovna, Mumtozbegim Karimjonova Anvarjon Qizi

Ushbu maqolada o‘xshatish qurilmalarining semantik xususiyatlari va formasi haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Alisher Navoiyning g'azallari olingan bo‘lib, o‘xshatishli qurilmalarning struktural xususiyatlari xususida mulohazalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF SIMILAR STRUCTURES

This article discusses the semantic features and form of simulation devices. The object of research is the poems of Alisher Navoi, which comment on the structural features of similar devices.

Текст научной работы на тему «O‘xshatish konstruksiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

O‘XSHATISH KONSTRUKSIYALARINING O‘ZIGA XOS

XU SUSIY ATLARI

Umarova Nargizaxon Rustamovna Mumtozbegim Karimjonova Anvarjon qizi [email protected] Farg‘ona davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘xshatish qurilmalarining semantik

xususiyatlari va formasi haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Alisher Navoiyning g'azallari olingan bo ‘lib, o ‘xshatishli qurilmalarning struktural xususiyatlari xususida mulohazalar berilgan.

Kalit so‘zlar: O‘xshatishlar, obyekt, evristik vazifa, individual obraz,

konstruksiyalar, bog‘lovchi vositalar, etalon, shakl, leksik vositalar, sintaktik vositalar.

CHARACTERISTICS OF SIMILAR STRUCTURES

Umarova Nargizaxon Rustamovna Mumtozbegim Karimjonova Anvarjon qizi [email protected] Fergana State University

Abstract: This article discusses the semantic features and form of simulation devices. The object of research is the poems of Alisher Navoi, which comment on the structural features of similar devices.

Keywords: analogies, object, heuristic task, individual image, constructions, connecting means, standard, form, lexical means, syntactic means.

O‘xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. Chunki bu o‘rinda ma’lum predmet bir predmetga o‘xshatilsa, xuddi shu predmet biror predmetga o‘xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o‘rinda ikkinchi narsaga o‘xshatilishi mumkin. Prof. R.Qo‘ng‘urov o‘xshatish haqida o‘zining “O‘zbek tilining tasviriy vositalari” kitobida shunday degan: Ammo yuzni oyga, qizni gulga qiyos qiluvchi doimiy o‘xshatishlar borki, ular ham emotsionallik, ham baholash qimmatini yo‘qotgandir. Bu tipdagi o‘xshatishlarni lingvistik hodisa sifatida qarash kerak1.

1 Кунгуров Р. Узбек тилининг тасвирий воситалари. Тошкент:Фан , 1977, 42-бет. ГМ

347

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

O‘xshatish tasvir obyektini boshqa narsa-hodisaga o‘xshatish orqali yorqin va bo‘rttirib tasvirlashga asoslangan badiiy tasvir vositasi bo‘lib, bunda o‘xshatilayotgan narsa-hodisalar uchun umumiy belgi-xususiyatlarga tayaniladi2.

Tilshunoslikda o‘xshatish munosabati sodda va qo‘shma gap doirasida tadqiq etib kelinadi. O‘xshatish sodda gaplarni falsafiy va nazariy nuqtai nazardan tadqiq etib chiqqan Nizomiddin Mahmudov: «... o‘xshatish sodda gaplarda hamisha murakkab semantik struktura, kamida ikkita semantik propozitsiya ifodalangan bo‘ladi»3, - deb qayd etadi. O‘xshatishning sintaktik qurilishi haqida gap ketganda, eng avvalo uning to‘rt komponentli qurilma ekanligini unutmaslik kerak. M.Cheremisina tasnificha ular quyidagilardan tashkil topgan: 1) o‘xshatish subyekti; 2) o‘xshatish etaloni; 3) o‘xshatish asosi; 4) o‘xshatish shakli4.

M.Cheremisina tasnifiga qo‘shilgan holda N.Mahmudov o‘xshatishning to‘rt komponentini quyidagi formula asosida {A[(B)P]C} aks ettiradi. Uning A belgisi subyekt uchun, B belgisi etalon uchun, S belgisi o‘xshatish asosi uchun keltirilgan. p belgisi o‘xshatish shaklini ifoda etadi. Bu modelga ko‘ra subyekt ega vazifasiga, etalon hol vazifasiga va o‘xshatish asosi kesim vazifasiga xoslangan bo‘ladi. O‘xshatish shakli hamma vaqt o‘xshatish etalonining morfologik shakli sifatida qayd etiladi. O‘xshatish komponentlarini ko‘rsatishda D.Xudoyberganova mazkur tasnifga qo‘shilgan holda N.Mahmudovning maqolasiga5 havola beradi6.

Mumtoz adabiyotda ham o‘xshatish (tashbih) komponentlari to‘rt qismdan tarkib topishi va tashbih to‘rt juzvli bo‘lsa, “tashbihi mufassal” deyilishi aytib o‘tilgan7. Yuqoridagi komponentlarni mumtoz adabiyotda qo‘llanuvchi istilohlar bilan muqoyasa qilishimiz mumkin :

1) mushabbih(o‘xshatilgan narsa) - o‘xshatish subyekti/ko’ngil;

2) mushabbihunbih (o‘xshayotgan narsa) - o‘xshatish etaloni/ari uyasi;

3) odati tashbih(o‘xshatish vositalari) - o‘xshatish shakli/kebi;

4) vajhi tashbih (o‘xshatish sababi) - o‘xshatish asosi/oshiq ko’ngilning hijrondan ilma teshikligi.

Shoir g‘azallaridan birida yor ishqi, hijron azobidan ilma-teshik bo‘lgan ko‘ngilni bir o‘rinda asal ari uyasining teshiklariga qiyos qiladi. Ko‘ngil teshiklaridagi asal yor labining xayoli tufaylidir deya qiyosni asoslaydi:

Zanburning evi kebi ko ‘nglum teshuk-teshuk,

La’lingxayoli har teshuk ichinda bol ekin (G‘S: № 469, 367-b.)

2 Куронов Д,, Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик лугати. Т., 2010. 375-б.

3 Махмудов Н. Ухшатиш содда гапларда семантик-синтактик асимметрия // Ж. Узбек тили ва адабиёти. -1986. -№ 6. -Б. 30

4 Черемисина М. Сравнительные конструкции русского языка. Новосибирск, 1976. -С.17-18.

5 Махмудов Н. Ойбек шеъриятидаги ухшатишларнинг лингвопоэтикаси // Ж. Узбек тили ва адабиёти. 1983, №4. Б.48.

6 Худойберганова Д.С. Семантическийи стилистический анализ конструкцию подобления в узбекском языке: АКД. Тошкент, 1999.

7 Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Т., 2002. 372-б.

г<«г

348

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Baytdan “Yorning lablari xayoli tufayli ilma-teshik ko‘nglim ari uyasidek bolga to‘ldi” mazmunidagi propozitsiya anglashilib turadi. Uning zamirida esa 'Yorning lablari bol kabi shirin'ligi haqidagi presuppozitsiya si yashiringan. Ana shu presuppozitsiya o‘xshatish qurilmasining mantiqiy asosini tashkil etadi.

Quyidagi baytda ham o‘xshatish subyekti uchun juda chiroyli etalonlar tanlangan:

Yuzung o‘tig‘a tutun zulfi muanbarmu ekin?

Otashin la’ling ul o‘t ichra axgarmu ekin? (G‘S: № 458, 359-b.)

Shoir bu o‘rinda o‘xshatish qurilmasini ritorik so‘roq gap shaklida ifoda etadi. Bu xuddi ehtiyotkorona o‘xshatishga o‘xshaydi. Bayt mazmunidan “Qiyosda adashmadimmi?” degan presuppozitsiya anglashiladi. Yorning zulflari uchun tutun, otashin la’l(metafora) uchun axgar etalonlari tanlanar ekan, yor yuzi o‘t-otash bo‘lsa, albatta lablari cho‘g‘ga qiyoslanadi. SHu o‘rinda Navoiyga oxos topilma sifatida zulflarning tutunga qiyos etilishidir. Baytda qo‘llangan etalonlar - o‘t, tutun, cho‘g‘ leksemalari o‘zaro bir semantik uyani tashkil etadi. O‘xshatish qurilmasida -mu so‘roq yuklamasi o‘xshatish vositasi vazifasini bajarmoqda.

Panini grammatikasidan boshlab (eramizdan oldingi IV asr) qadimgi hind poetik-grammatik traktatlarida o‘xshatishlar poetik figura sifatida o‘rganilgan va o‘xshatishning muntazam to‘rt unsurdan tarkib topishi ta’kidlangan, ya’ni: 1) o‘xshatiladigan narsa yoki sub’ekt, 2) unga o‘xshash bo‘luvchi narsa yoki ob’ekt, 3) o‘xshatish belgisi yoki o‘xshatish asosi va 4) o‘xshatishning formal ko‘rsatkichi. O‘zbek tilida ham, boshqa barcha tillarda bo‘lgani kabi, o‘xshatishlar to‘rt unsurdan tarkib topadi va biz ularni o‘xshatish sub’ekti, o‘xshatish etaloni, o‘xshatish asosi va o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi deb nomlashni ma’qul ko‘ramiz.

“Aksariyat hollarda o‘xshatish turli grammatik vositalar: -dek/-day

qo‘shimchasi yoki “go‘yo”, “kabi”, “xuddi”, “misli”, “misoli”, “yanglig‘”, “bamisoli” kabi ko‘makchilar vositasida amalga oshadi. Shu bilan birga o‘xshatish grammatik vositalarsiz amalga oshgan hollar ham tez-tez kuzatiladi.Ular quyidagilar:

1. Morfologik vositalar: -day (dek), -namo, -larcha, -simon, - dan (Tun oqshom bo‘ldi-yu kelmas mening sham ’i shabistonim, Bu anduh o‘tidin har dam kuyar parvonadek jonim/G‘S)

2. Leksik vositalar: (Ne qavmog‘ki, uyg‘onmadi garchi tunlar, Tong otquncha itlar kebi nola qildim/G‘S)

3. Sintaktik vositalar: izohlovchi-izohlanmish munosabatli qurilma (O‘zi gavhar, to‘ni daryoyi ofat, Bo‘lub mavji balo ul to‘n uza chin/ G‘S; Ohu fig‘on chekma deb, og‘zimg‘a jono, muhr qo‘y, Chunki la’ling xotamu yoquti nobingdur nigin/G‘S)

349

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Navoiy g‘azallarida o‘xshatish uch xil grammatik vosita yordamida shakllanadi va ularning o‘xshatish qurilmalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari teng emas. Ana shu imkoniyatlariga ko‘ra o‘xshatish vositalarini darajalash maqsadga muvofiq. Bu o’rinda, shubhasiz, morfologik vositalar yondosh vositalarga qaraganda. Markazdan uzoqlasha borgan o‘xshatish vositalarining konstruksiyalarni shakllantirishdagi nufuzi ham pasayib boradi.

Alisher Navoiy g‘azallarida o‘xshatishning alohida turi qo‘llanganki, mumtoz adabiyotimizda ilmiy manbalarda o ‘xshatishning kengaytirilgan formasi8 yoki laff va nashr9 nomi bilan yuritiladi. Garchi u tashbeh tarkibida o‘rganilmasa-da, uning zamirida o‘xshatish yotadi, faqat ifoda usuliga ko‘ra o‘xshatishdan farqlanadi. O‘xshatishning bu usuli ko‘proq izohlovchi-izohlanmish shaklini eslatadi. O‘xshatish qurilmalarida uning komponentlari semantikasida gorizontal yo‘nalish, laff va nashrda esa vertikal yo‘nalish ifoda topadi. Ba’zan ular o‘rtasida deyarli tafovut sezilmaydi. Bu she’riy san’at she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini keltirib, keyin ular haqidagi hukmni bayon qilishga asoslanadi. Bundan asosiy maqsad esa nomlari keltirilgan narsa yoki tushunchalarni bo‘rttirib, kuchaytirib tasvirlashdir. Ushbu san’atni o‘xshatishning kengaytirilgan yashirin formasi deyish mumkin. Navoiy she’riyatida o‘xshatishning bu turi keng qo‘llangan. Alisher Navoiy g’azallarida kengaytirilgan o‘xshatish subyektlari baytning birinchi misrasida, o‘xshatish etalonlari esa ikkinchi misrada keltiriladi. Quyidagi misolda shoir yorning xattu xolini va oshiq ko‘nglini dastlabki misrada sanab keltiradi, so‘ng keyingi misrada ularning har biri haqidagi hukmni bayon qiladi:

Xattu xoli nuqtasiyuz choklikko‘nglmdadur,

Bir qafasda turfadur, vah-vah, ko‘ring to‘tiyu zog’ (G’S)

Bu o‘rinda shoir xatni to‘tiga, xolni zog’ga, ko ‘ngilni qafasga qiyoslaydi.

Navoiy she’riyatida xat bilan bog’liq o‘xshatishlar juda ko‘p. Ularning hammasi ham betakror tashbehiy ifodalardir.

Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, Alisher Navoiy ijodida o‘xshatishning kengaytirilgan, uyushgan formasi ham keng qo‘llangan. Mumtoz adabiyotda bu forma laff va nashr san’atiga teng keladi. Shoir g‘azallarda bu san’atning o’ziga xos namunalarini, xilma-xil ko‘rinishlarini yaratgan. Natijada, g’azallarning emotsional-ekspressiv xususiyatlari ta’minlangan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Черемисина М. Сравнительные конструкции русского языка. Новосибирск, 1976. —С .17-18.

2. Узбек тили стилистикаси. -Т.: “Укитувчи, 1983. 241-б.

8 Узбек тили стилистикаси. Т.: “Укитувчи, 1983. 241-б.

9 Х,ожиадмедов А. Шеърий санъатлар ва мумтоз кофия.Т.: “Шарк”, 1998, 42-б..

350

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

3. Х,ожиах,медов А. Шеърий санъатлар ва мумтоз кофия. -Т.: “Шарк”, 1998,

42-б.

4. Куетуров Р. Узбек тилининг тасвирий воситалари. Тошкент: Фан , 1977, 42-бет.

5. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. -Т., 2002. 372-б.

6. Махмудов Н. Ухшатиш содда гапларда семантик-синтактик асимметрия // Ж. Узбек тили ва адабиёти.-1986. -№ 6.

351

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.