Научная статья на тему 'SOLUR DINIM UYIGA KOFIRE…'

SOLUR DINIM UYIGA KOFIRE… Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
42
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
g`azal / lirik qahramon / ma’shuq / la’l / Iloh / ishq / kofir / soqiy / may

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Akramova Dilnoza Rustam Qizi

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Badoyi’ ul-vasat” devonidan o`rin olgan g`azal sharhlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOLUR DINIM UYIGA KOFIRE…»

JffiTALQINVA

\-#TAD0IQOTLAR Nod 2022

moi

ilmiy-uslubiy jumaU

SOT TTR ni\ I\I I \ ir: A kmilíl

SOLUR DINIM UYIGA KOFIRE...

#

>

Akramova Dilnoza Rustam qizi

Samarqand viloyati, Bulungur tumani SamDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7249316

' t

1> -T1P*

Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiyning "Badoyi' ul-vasat" devonidan o'rin olgan g'azal sharhlangan.

Kalit so'zlar: g'azal, lirik qahramon, ma'shuq, la'l, Iloh, ishq, kofir, soqiy, may.

A.Navoiyning "Xazoyin ul-ma'oniy" kulliyotining "Badoyi' ul-vasat" devonidan o'rin olgan ushbu g'azal shaklan musalsal va mazmunan oshiqona g'azallar sirasiga kiradi. "Musalsal g'azal-baytlari o'zaro zanjirli bog'lanish hosil qiladigan, ammo syujetga ega bo'lmagan g'azallar nazarda tutiladi". [1, B.14]

Matla' oshiq arzi holi bilan boshlanadi:

Solur dinim uyiga kofire har lahza vayronliq, i > Jl |

Musulmonlar, bu shahr ichra magar yo 'qtur musulmonliq.

»

m?

Bir kofir meni o 'z dinimdan qaytarish uchun har lahza ko 'nglimga g 'ulg 'ula soladi. O'sha kofirni deb, balki, butun musulmon shahrida musilmonlik yo'qolgan, degan shubhaga borib qoldim. * j >

G'azal matlasidan lirik qahramon o'zining ahvolini arz qilishdan boshlaydi. Lirik qahramon o'zining din yo'lida sobit qololmayotganligini va bunga bir kofir ya'ni dinni inkor etuvchi sabab bo'layotganligini bayon qiladi. Mana shu kofir bor ekan, butun musulmon shahrida uning ko'ziga boshqacha ko'rinayotganligidan arz-dod qiladi. Aslida lirik qahramon dindan qaytmoqchi emas, ammo o'sha kofir har lahza unga tinchlik bermaydi. SHu bois ham qahramon o'z musulmonligini saqlab qololmayapti. Bu dindan qaytaruvchi kofir aslida go'zal ma'shuq. O'sha go'zalni har

m

lahza ko'rish lirik qahramonning dindorligiga putur etkazmoqda.

Mazkur baytda kofir va musulmon so'zlari orqali tazod, mululmonliq so'zining takroridan takrir san'atlari yuzaga kelgan.

J-jt

Jamoli jilva qilg 'ach, naylab idrok aylayin husnin, CHu hayronliq uza ortar manga har lahza hayronliq.

Uyuzini ochganda men bu go 'zallikni idrok etolmayman. Sababi uning jamolini ko 'rib menda hayronlik ustiga hayronlikyuz beradi.

Ikkinchi baytda tasvir yanada aniqlashadi. Endi lirik qahramonning o'zi ham mana shu go'zalni deb dindan qaytishga tayyor. U shunday go'zalki, uning yuzi ko'ringach bu go'zallikni so'zlash u yoqda tursin, hattoki, idrok etishning ham iloji

, ____ j; T- -1 __________ __________u ____T ti ____:

>

bo'lmaydi. Lirik qahramon aynan mana shu go'zalga oshiq. Ul go'zal pariyuz esa

31><}>

U>,* ^ «KQs

JffiTALQINVA *<il]

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

ilmiy-uslubiy jumaU

I ]JML J s

Ma'shuqdir. Ma'shuqni ko'rgan oshiqning tili so'zdan, aqli idrokdan yiroqlashadi.

Unda faqat hayronlik mavjud bo'ladi. Bu hayronlik ham tobora kuchayib, ortib boraveradi.

Baytda jamol, husn so'zlari tanosub san'atini ifodalab kelgan. Hayronliq

so'zining ikki marta qo'llanilishi natijasida takrir san'ati yuzaga chiqqan. Labi la'ling erur og'ishta qonimdin ajab ermas, Ani tutsamkim, ul mayxoradur bu dam manga konliq.

Qizil labing qonimning aralashmasidan iborat bo 'lsa, ajab emas. CHunki o 'sha qizil labli mayxo 'rni qonxo 'r deb (qonou pospoblariga) tutib bersam ham bo 'ladi.

Yorning qizil labi oshiqning qizil qonidan bo'lganligi, Ma'shuq labining qizilligida oshiq qonining hissasi borligi aytib o'tilmoqda. Oshiq jismida qon aylanib, harakatlanib turar ekan, u tirik. Ammo bu qon harakatdan to'xtasa, jism yo'qlikka mahkum bo'ladi. Yorning la'li labi esa oshiqning hayot manbai, tirikligining nishonasidir. Tasavvufiy termin sifatida lab-ilohiy kalom timsoli. Demak, oshiq

\ r r\ rn 1 n rr lomtii n Arrinli N /To 'nniinnmrr nrv' tI n n n 1 fnrnT m I 1K r\t*Ti il o rvn n nom/in r nn

yorning labini, u orqali Ma'shuqning so'zlarini faraz qilib orzulagan damda shu

>

*

go'zalning o'zi oshiqning chin istagi, orzusi ekanligini anglab etmoqda. G'azaldagi lirik qahramon oddiy oshiq emas, u ilohiy ishq bilan qalbi to'la haqiqiy oshiq. Uning Ma'shuqi-Iloh. U to'g'ridan-to'g'ri ilohga oshiq.

Misradagi labi la'ling ya'ni la'ldek labing birikmasi tashbex san'atiga misol bo'ladi.

Ko 'ngul to ayladi zulfung savodi a 'zamin maskan, Qorarib ro 'zgori, ko 'rdi yuz turlukparishonliq.

Ko 'ngil qora sochingni Vatan tutgandan beri, baxti qorayib, yuz turlik parokandaliklarga duchor bo 'ldi.

Oshiq tanlagan yo'l shunchalik mushkulki, bu yo'lda qiyinchiliklar bisyor. G'azal matlasida aytilganidek, Ma'shuq uni, hatto, dindan qaytishga majbur etdi. Butun hayotini ostin-ustun qildi. Har lahza oromini o'g'irlab, oshiq halovatini

tamoman yo'qqa chiqardi. Oshiqning ko'ngli yorning qora sochini, uning o'zini Vatan tutgandan beri, uning hayoti faqat parokandalikdan iborat. Tasavvufda yorning sochi ilohiy ishq yo'idagi qiyinchiliklarni ifodalaydi. Oshiqning ishqi shu qiyinchiliklar bois sekin-asta kamol topib bormoqda. Oshiq oldin dinga mehr qo'ygan

r\ 1 L) n l-*\ n /4ir> ntv»n1 nA^mr» l-\ n 1 n fn f 1 L n rl -« ■ ■ 111 n rr V\ m ■ ■ n l-\ l-\ n +1 /ir

*

edi. Barcha din amallarini so'zsiz bajarardi. Endi uning bor muhabbati, e'tiqodi, orzu-

istagi- bularning bari ilohiy ishqni istaydi. Ma'lumki, bir ko'ngilga ikki muhabbat

sig'maydi. Oshiqning xasta ko'ngli ham Iloh ishqi bilan to'lib bo'lgan. Unda o'zga

<r 1 > ^^^ ^^ i

hech narsaga ehtiyoj, xohish yo'q.

Ushbu baytda zulfung savodi a'zamin birikmasi istiora san'atini, qorarib so'zi

esa tashxis san'atini ifoda etgan.

Yoshurdim dog'i ishqing, hajr o 'ti jismimni kuydurdi. Ko 'ngulni dog 'i chok et, qolmadi chun anda pinhonliq.

U>,* ^ «KQs

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmlyuslubly jurnali

»

Miiiif-iwuuif juiiian

Ishqing hasratini ichimga berkitdim, ammo ayriliq o'ti jismimni kuydirdi. Endi

ko 'ngilni tilishda yana davom et, chunki endi unda yashiradigan hech narsa qolmadi. Oshiqning bu yo'ldagi qiyinchiliklari davom etmoqda. U qalbidagi ishq

D M J 4 • 4 Ö 4

alangasini qancha yashirishga urinmasin, barcha hasratlarni ichiga yutmasin, bu otash

baribir oshiqning butun jism-u jonini kuydirmoqda. Bu alanga tobora avj olsa olyaptiki, bir lahza ham so'ngani yo'q. U ishqini odamlardan berkitmoqchi edi, ammo tobora ko'proq oshkor bo'lib bormoqda. Bu uning yuz-ko'zidan, butun jism-u

>

! [Ш-

jonidan ayon bo'lib turibdi. SHu bois oshiq Ma'shuqqa murojaat etib, yana yurakni

N У \ s \ У

qiynashda, jismimni kuydirishda davom etaver, chunki endi oshiqligimni hech kimdan sir saqlaydigan joyi qolmadi deb so'zida davom etadi. Jism-u joni ishq alangasida yonayotgan, qalbiga ming hasratlar to'lgan, ishqdan sarmast bo'lgan devona oshiq uchun bu dunyoda hech narsa qiymatsiz, zarracha ahamiyat kasb etmaydi.

Baytdagi dog'i ishqing, hajr o'ti birikmalari orqali istiora san'ati yuzaga kelgan. Labingdur jomi Jamshidu yuzung mir 'oti Iskandar, Musallamdur sanga husnu jamol ahlig'a sultonliq.

Labing Jamshidning jomiga, yuzing Iskandar oynasiga o 'xshaydi. SHu sababdan senga go 'zallik ahliga hukmronlik qilish ma 'quldir.

»

Oshiqning qalbidagi ilohiy ishq borgan sari yuqori cho'qqiga ko'tarilmoqda. U Ma'shuq vasfini shu qadar chiroyli ta'riflaydiki, oshiq ko'ziga Ma'shuq jamolidan o'zga narsa ko'rinmaydi. Ma'shuqning labi Jamshidning jomiga, yuzi esa Iskandar oynasiga o'xshatilmoqda.

Bu o'rinda afsonaviy rivoyatlarga to'xtab o'tilmoqda. Qadimda mashhur Eron podshohi Jamshid butun olamni aks ettiruvchi jomni ixtiro qiladi va bu jom "jomi

n-û-fi-nnmrv" r» m 1 Тп-m/pIti/^V плт1пп T~\11 on лтп+iliK 1 л 1 inrrnn Л /Гп+ппоттгптПпг 1 о Kn л

getinamo", "jomi Jam(shid)" nomlari bilan yuritilib kelingan. Mutasavvuflar labni ilohiy kalom timsoli sifatida bilganlar. Bu ilohiy kalom orqali barcha ilohiy sir-asrorlar voqe bo'ladi. Aynan g'ayb asrorlaridan voqif qalbni ham "jomi Jam"ga o'xshatishgan. Solik bu "jomi jahonnamo" qalbiga nazar solib, uning sirlaridan ogoh bo'ladi hamda qalbini g'urur va o'zligidan xalos etib, Do'st ishqi bilan limmo -lim to'ldiradi. Afsonaga ko'ra Iskandar oynasi ham butun dunyoni, dunyoning jamiki sir-asrorlarini ko'rsatuvchi ko'zgudir. Bu ko'zgu ham ishqqa qiyoslanadi. Iskandar bu

J-jt

1т-/л'г1/т ТГЛП1+ПП1/1П 1 n МЛ n 1 l7~f\ '-ГГГП1Л1 1т"л1м 1п1л/Ч +ll"fr>T ri 1 1ЛЛГЖЛ1Ч +/ЛГ7Г»-ГГгГ>Г> rvriHI /ч 1лг\-»лл ft t

ko'zgu vositasida olamni ko'rgani kabi, ishq tufayli nazari tozargan oshiq ham qaerga

ш

qarasa, yorni, ya'ni haqiqiy yor -Allohni ko'radi. Baytda ushbu rivoyatlarga ishora qilinib, orif inson qalbi ham olamni va ilohiy tajalliyni ko'rsatadigan ko'zgudir, chunki u ishq, ilohiy sirlar, hikmatlarga to'la degan g'oyani ifodalaydi. SHuncha

sifatlarga ega bo'lgan Ma'shuqqa endi butun go'zallar, husndorlar ustidan hukmronlik ma'qul tushadi. Bundan boshqa ish unga munosib emas. Bu o'rinda

go'zallar husndorlar — qalbi ilohiy ishnna limmo-lim orif nalb egalari sifatida talnin

go'zallar, husndorlar — qalbi ilohiy ishqqa limmo-lim orif qalb egalari sifatida talqin

„ал_____

etilmoqda.

>q ] i )> >

L> * jJ ■

JffiTALQINVA *<il]

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

¡ImlyuHuOiy jumali i»--r «-W"

miiif-iwuuif juman

4 'M "1 >

Ushbu misrada jomi Jamshid, miroti Iskandar birikmalari talmeh hamda tashbeh

#

>

san'atlarini, husn, jamol so'zlari esa tanosub san'atini yuzaga chiqargan.

Agar yo 'q odamilik mendayu yorimda, tong ermas, Ki, majnunda kishilikyo parida bo 'lmas insonlik.

Agar menda va yorimda odamilik bo 'Imasa, bu taajjublanarli emas. CHunki

majnunda odamiylikyoki parida insonlik bo 'lmaydi.

Baytlar bir-biri bilan o'zaro bog'lanib borgan sari, oshiqning Ma'shuqqa

yaqinlashishi, uning lutfiga sazovor bo'lishi oydinlashib bormoqda. Oshiq qalbidagi N y \ .J

ishq tug'yonining, alangasining kuchliligidan aqldan ozar darajaga etdi. Ma'shuq

ishqida esidan ayrilgan devonaga aylandi. Lekin bu hodisaning hech ajablanarli joyi

yo'q. Haqiqiy ishq bu o'zni unutish, faqat yor vaslini istash. Bunday ishqda oshiq va

Ma'shuqda odamiylikdan, jism-u jondan nishon qolmasa ham, bu hayratlanarli emas.

SHu sababli aqldan ozgan majnunda insoniylikdan zarracha nishon qolmaydi. Yohud

parilar ham hech vaqt odamga aylanib qolmaydi.

Ushbu misrada menda, yorimda, pari, majnun so'zlari orqali tanosub, yorni

pariga tenglashtirish orqali mubolag'a san'atlari ifoda topgan.

Jahon bazmida mehmonsan, ikki uch sog 'ar ichkach, ko p, Ki, munjar bo 'lmag'ay nogah malolatqa bu mehmonliq.

»

Bu dunyoda mehmonsan, ikki uch qadah may ichsang ham, bu ishing

mehmonliging bois tasodifiy malollikka borib etmaydi.

Oshiq o'z-o'ziga murojaat etib bu dunyoda vaqtincha, bir kelib ketuvchi

mehmon ekanligini ta'kidlaydi. U endi ilohiy ishq to'latilgan qadahni sipqormoqchi.

Oshiqning bir necha bor may ichishi hech kimning xafaligiga sabab bo'lmaydi va ..... _ , . , , . „ . , .....

ularga malolligi etmaydi. Oshiq bu dunyoga mehmon, uning qalbida esa abadiy ishq

mujassam. Bu mayni oshiq yorni sog'inib ichadi. Oshiqning bu ahvoli bilan hech kimning ishi yo'q. CHunki haqiqiy ishq otashi qanday bo'lishini, faqat unda kuyib -

yongan chin oshiqlargina bilishadi. Lirik qahramonning atrofida esa bunday chin oshiqlar yo'q.

Misradagi jahon bazmi birikmasi istiora san'atiga, mehmonliq va mehmonsen so'zlari ishtiqoq san'atiga murojaat etilgan.

Bori dushvorliqlarni o 'zungga aylasang oson,

Bori dushvorliqlar dog 'i bo 'lg 'ay shoyad osonliq.

Hamma qiyinchiliklarni o'zingga oson aylasang, ehtimol, bu mushkullaring oson bo 'lib qolar.

Ishq yo'lida chekkan shuncha qiyinchiliklaringning hammasini yengib o'tsang, maqsadingda sobit qolsang, albatta, bir kun muroding hosil bo'ladi. Bu yo'ldan sobitqadam bo'lib borishing va maqsadga tezroq yaqinlashib o'z mushkullaringni

engib o'tishing kerak. SHunda oxir-oqibat sevikli yorning marhamatiga loyiq

i >-;> >

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

¡ImlyuHuOiy jumali i»--r

»

ППИу-UWUUIT JUIIIOn

ko'гilib, bñ kunmas biг kun muгodingga etasan. Sening bunday baráoshingni, ishqingni ko'rib zoгa, Ilohning o'zi boг qiyinchiliklaringni engillashtiгgay.

Baytda ikki maгta dushvoriiq so'zining qo'llanilishi natijasida takгiг, osonliq va dushvoгliq so'zlaгi oгqali tazod san'ati yuzaga kelgan. Kel, ey soqiy, meni bir jom ila qil masti loya 'qil, Ki, dahr ichra erur g'ofil tizilmak mahzi nodonliq.

Kel, ey may ulashuvchi do 'st, meni bir qadah bilan behush qilgin. SHu sababli bu dunyoda g 'ofil sanalmoqlik nodonlikning ayni o'zidir.

j vt

Bu dunyodan butkul ko'ngil uzgan oshiq yolg'iz Ilohga oshiqligi, ko'nglida undan boshqa hech nareaning yodi bo'lmaganligi bois dindan, din amallaridan ham voz kechdi. Oldin o'z gunohlarini o'tinib Allohni sevgan bo'lsa, endi hech qanday ta'masiz uni sevadi. Muddao uning vasfini tomosho aylash, go'zal yuzidan bahramand bo'lish. Abadiy ishqni istab o'lmoqlik. Lekin bu dunyoda bunday oshiqlaT nodon deb qaraladi. Haqiqiy ishq ko^-ko^ona din amallarini bajarish emas, qalbda Alloh ishqini naqshlash ekanligini hech kim tushunmaydi. Oshiq esa bu dunyodan, undagi odamlaráan butunlay yiraqlashgan. U may tutuvchi soqiyga, ya'ni orifga murojaat etib qadah tutishini so'ramoqda. Soqiy-ustozi komil esa har lahza oshiqqa

may ulashishga tayyoг. Oshiq bu mayni ichib hushsiz bo'lishni, batamom o'zligidan,

butun boгlig'idan qutulishni istaydi. Oxiг-oqibat ishqi g'alaba qozonishiga shubxa qilmaydi.

Misrada ey soqiy birikmasi iltifot, jom, mast so'zlari tanosub san'atlarini yuzaga keltii-gan.

Navoiy, chunki mug ' dayrida tutti mug 'bacha sog 'ar,

Ichib may, kofiri ishq o'lmasang, ko 'rgungpushaymonliq.

Ж2

:

Ey Navoiy, mayxonada may ulashuvchi senga qadah tutdi. Agar uni ichib mast bo 'Imasang, keyin pushaymonlik ko 'rasan.

Oshiqning may ichib behush bo'lishni xohlayotganini bilgan mayxonadagi may ulashuvchi unga qadah tutmoqda. Endi oshiq so'nggi nuqtaga etib keldi. SHu qadah uning taqdirini hal etadi. Bu qadahdagi mayda yorning yuzi tajalli etmoqda. Har lahza oshiqni o'ziga chorlamoqda. Agar bu mayni hozir ichib mast bo'lmasa, keyin butun umr afsus va nadomat chekib yashashi mumkinligini juda yaxshi his qiladi. J-jt Garchi bu ishi atrofdagilarga yoqmasada, u mayni ichadi. Uzoq vaqt oshiqlik mashaqqatlarini engib o'tgan oshiqqa bundan ortiq baxt bo'lishi mumkin emas.Muddaosi ishq edi. Ishq bo'lganda ham har kimga nasib etavermaydigan, betakror, haqiqiy ishq. Oshiq ishq yo'lida kofir bo'ldi. O'z dinidan, iymonidan kechib, har nafasida yolg'iz Alloh ishqi bilan yondi. Agar bu yo'lda kofirlikni tanlamaganda edi, haqiqiy ishqqa hech qachon eta olmasligi va keyin pushaymonlik

ГР-

chekishi mumkin edi.

ri»

^"Wisr8' Ш * ч

m ^

M} я*

TALQIN VA TADQIQOTLAR

ilmiy-uslubry jumali

№4 2022

Щ; >>

#<Ь>

i >3> 1 >j>

Я>

>3»

Ы y-

ЩУ

i >s#

>3

Ы*

Ы>

! >5>

Ы )>

• >4>

Ы >

M

0>У >j>

Щл

Ы > i >i> +H >

л w> -

Baytda mug' dayri, mug'bacha, may, sog'ar, kofiri ishq so'zlari tanosub san'atini yuzaga keltirgan.

G'azal boshidan oxirigacha oshiqona ruhda yozilgan. Oshiqning muhabbati silsilaviy tarzda tobora alangalanib, sayqal topib boraveradi. Ma'joziy ko'rinishda paydo bo'lgan muhabbatning haqiqiy ishqqa aylanishi va oshiq qalbida abadiy yashab qolishi o'ziga xos tashbehlar vositasida ochib berilgan. Bunday ishq Iloh ishqi hisoblanadi. Bunda oshiq go'zal Ma'shuqa sifatida sevikli Allohni nazarda tutadi. Zero, haqiqiy ishq har bir inson qalbiga jo bo'lmog'i darkor. "SHunday qilib chinakam solik-bu oshiq solikdir, ishq-ilohiy ma'rifatni kashf etuvchi qudrat, solik vujudini yondirib, mahbub visoliga yaqinlashtiradigan poklovchi muqaddas olov, qalbda ishq qanchalik kuchli bo'lsa, solik ma'rifat zinalaridan shuncha bardam ko4arila boradi, nafsiy sifatlarni tark etib kamolot cho'qqilarini zabt etaveradi".[2, B.49]

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Karimov O. Mumtoz she'riyat janrlari."Namangan"

2.Komilov N. Tasavvuf. Toshkent, 2009

2015

3>>

* \ >

V --^¡yyf-^i f.—

160

jW^ У

q ж**

ЩУ>

l>3»=

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ш

»

№ > Ыщ

* I |>

. J

Ы i>

i>3i

Î q

Ы >

^й >

£ И >

И**

>

q

>

g > >

q щъ q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.