Научная статья на тему 'SHUKURIY IJODIDA NAVOIY AN’ANALARI'

SHUKURIY IJODIDA NAVOIY AN’ANALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

143
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
meros / ruboiy / hamd / na‟t / chahoryor / masnaviy / forsiy / Hashmat / Sadri Ziyo / ta‟rix / masnaviy. / рубаи / ҳамд / наът / чаҳорёр / маснави / персидский / Ҳашмат / Садри Зия / рукопись / маснави.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sobira Jo‘Rayeva

Abdushukur Shukuriy XVIII asr oxiri XIX asr boshlari o„zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, zullisonayn shoir bo„lib, u haqda Vozeh, Hashmat, Sadri Ziyo, Sadriddin Ayniyning tazkiralarida ma‟lumotlar bor. Maqolada shoirning ijodiy faoliyati hamda Navoiy merosidan ta‟sirlanib yaratgan baytlari xususida so„z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Абдушукур Шукури представитель узбекской классической литературы конца XVIII начала XIX веков. О нем говорится в антологиях Хашмата, Садри Зии и Садриддина Айни. В статье речь пойдет о творческом наследии и анализе его произведений.

Текст научной работы на тему «SHUKURIY IJODIDA NAVOIY AN’ANALARI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-400-404

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

SHUKURIY IJODIDA NAVOIY AN'ANALARI

Sobira Jo'rayeva

O'zMU jurnalistika fakulteti o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (O'zbekiston)

sobiraiuraeva1@gmail.com

ANNOTATSIYA

Abdushukur Shukuriy XVIII asr oxiri XIX asr boshlari o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, zullisonayn shoir bo'lib, u haqda Vozeh, Hashmat, Sadri Ziyo, Sadriddin Ayniyning tazkiralarida ma'lumotlar bor. Maqolada shoirning ijodiy faoliyati hamda Navoiy merosidan ta'sirlanib yaratgan baytlari xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: meros, ruboiy, hamd, na't, chahoryor, masnaviy, forsiy, Hashmat, Sadri Ziyo, ta'rix, masnaviy.

АННОТАЦИЯ

Абдушукур Шукури - представитель узбекской классической литературы конца XVIII - начала XIX веков. О нем говорится в антологиях Хашмата, Садри Зии и Садриддина Айни. В статье речь пойдет о творческом наследии и анализе его произведений.

Ключевые слова: рубаи, хдмд, наът, чах,орёр,маснави,персидский, Хдшмат, Садри Зия, рукопись, маснави.

ABSTRACT

Abdushukur Shukuriy is a major representative of Uzbek classical literature of the late 18th and early 19th centuries, poet about whom there is information in the tazgirs of Vozeh, Hashmat, Sadrid Zia, Sadriddin Ayni. The article discusses the creative activity of the poet, the analysis of his works.

Keywords: heritage, ruboi, praise, chahoryor, masnavi, scientist, Persian.

Shukuriy Sharq mumtoz so'z san'ati maktabida tarbiya topgan, Hofiz Sheroziy, Alisher Navoiy, Fuzuliy kabi zabardast shoirlar ijod tajribalaridan saboq olgan iste'dodli qalam sohibidir. Uning mahorati salaflariga ergashib, o'z fikrlarini har turli badiiy san'atlar vositasida tasvirlashida yaqqol namoyon bo'ladi. Aslida har qanday

8-fevral

400

shoirning mahorati darajasi uning yangi va ta'sirli tarzda fikrlarini obrazli ifodalashi bilan baholanadi. Shoir she'rlarini badiiyat nuqtai nazaridan tekshirganda uning o'ziga xos iste'dod sohibi ekanligiga hech shubha qolmaydi. Ammo uning ustozi, betakror ilhomchisi Alisher Navoiy edi. Navoiydan u faqat g'oya, mazmun, ifoda usullarini qo'llashda emas, balki rang va rang turlari orqali inson ichki dunyosidagi ma'naviy holat, ruhiy o'zgarishlarini tasvirlashda izdoshlik qilgan. Bu jihatdan uning Navoiy an'analarini munosib ravishda davom ettirgani tahsinga loyiqdir.

Navoiyning "Navodir ush-shabob" devonida shunday matlali g'azal bor: Kirsa ul gul xirmani ag 'yor ila gulzor aro, Men hamono tolpinurmen xirman etkan xor aro,

Bu g'azal 9 baytdan iborat bo'lib, aruz she'riy tizimining ramali musammani

mahzuf (foilotun, foilotun, foilotun, foilun--V —) vaznida yozilgan. Shukuriy

devonida ham xuddi shu vaznda bitilgan "Yordin ayrilg'oli zohir erurlar ko'zda yosh, O'q bo'lur zohir kavokib xayli chun botsa quyosh" matlali g'azali mavjud. Bu g'azaldagi g'oya va badiiyatda ham an'ana va novatorlik yaqqol ko'rinadi. Alisher Navoiy g'azalida "Yashil o'sma bilan zeb berilgan qoshlaring gulzor sahnida jilvagar bo'lgan ikki tovusga o'xshaydi", degan go'zal tashbeh asosiga qurilgan betakror bayt mavjud:

Lojuvardiy vo 'sma birlan zeb bergan qoshlaring, Jilvagar bo 'lg 'on ikki tovus erur gulzor aro.

Shukuriyning quyidagi baytida ayni tashbeh rivojlantirilib, uning yangi qirrasi ochilganligini ko'ramiz:

Ya'ni: Yashil o'sma tortilgan qoshlar orasidagi xolni shoir go'yoki gulzor ichra ikki tovus bir don ustida talashayotganga o'xshatadi.

Bu o'rinda Shukuriy ham xol obraziga murojaat qiladi. Ma'lumki, xol mumtoz adabiyotda o'ziga xos ramzga ega an'anaviy obrazlardan biri. Unda ma'shuqaning go'zalligi anglashiladi. Ma'shuqa peshonasida joylashgan xol xuddi ilohiy mo'jizaga o'xshab, yorning husniga yanada husn bag'ishlamoqda. Bu o'xshatishlar o'ziga xos ohorliligi bilan yanada diqqatga sazovordir. Navoiy topgan tashbehi o'ziga xos jozibaga ega bo'lsa, kutilmagan manzarani o'quvchi ko'z oldida jonlantirishi jihatidan Shukuriy tashbehi ham salafinikidan aslo qolishmaydi. Ta'bir joiz bo'lsa, ayni o'rinda Shukuriy Navoiy "panjasiga panja

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-400-404

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Lojuvardiy vo 'sma chekkan qosh aro xol ul masal, Ikki tovus gul aro bir donag 'a aylar talosh. (D.58-b)

ura olgan, deyishga haqlimiz. E'tiborlisi shundaki, Shukuriy o'z

8-fevral

irfoniy-insoniy qarashlari hamda dardli kechinmalarini muayyan bir timsol asosida ifodalar ekan, faqat shu obraz va u hosil qilgan poetik manzaralar bilan cheklanmaydi, balki unga ma'nodosh timsollar tasviri bilan ham adabiy voqelik doirasini kengaytiradi. Shukuriyning "Quyosh" radifli g'azali holati g'oyat balanddir. Quyosh olamga yog'du sochib, borliqni yashashga undaydi. Ma'shuqa esa ana shu hayot manbaidan ham yuksak. Ya'ni, husni bilan quyoshni ham xijolatga qoldiradi:

Birinchi baytda keltirilgan sariq, ko'k, oltin ranglar ma'no takomilidan dalolat beradi. Ma'shuqaning tengi yo'q go'zalligini ta'riflar ekan, shoir quyoshning tafti ham senga dosh berolmay (yonayotgan husningga) ko'kdan yiqilib, rasvo bo'lishi ham mumkin, deydi. Birinchi misradagi ko'k rang ma'shuqa o'tirgan kursining rangiga ishora bo'lsa, ikkinchi misrada shoir tajnis san'atining go'zal namunasini yaratadi. Ya'ni turkiy «ko'k» lafzi birinchi misrada biror narsa-buyumning belgisi bo'lsa, ikkinchi misrada osmon ma'nosida qo'llangan. Yoki ikkinchi baytni tahlil etsak, shoirning badiiy mahorati yanada oydinlashadi. Birinchi misradagi «o'tdek» so'zi olov ranggiga ishora. Shoir aytmoqchiki: «Ey go'zal siymo, Sen shunday kuchga egasan Quyosh sendan nur olganda, o'tdek ravshan bo'lib ketadi, goho istig'no, ya'ni tortinganda qozon kabi qop-qora bo'lib qoladi".

Ko'rinadiki, shoir ranglardan shunday mohirona foydalangan. Ma'lumki, rangning qabul qilinishi insonning fe'l-atvori, estetik didiga bog'liqligi masalasida olimlar, rassomlar azaldan bahslashib kelishgan.

She'riyatda rangning obraz yaratishdagi o'rni beqiyosdir. Chunki ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar va murakkabliklarga boy bo'lgan voqelikning tub mohiyatini chuqurroq anglab, estetik jihatdan osonroq tushunishda rang vositasidan foydalanish keng imkoniyatlar yaratib beradi. Navoiy ijodida ranglarning an'anaviy ifodalarini qo'llash bilan bir qatorda, ularning tabiiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda badiiy munosabatni muvaffaqiyatli yuzaga chiqargan. Masalan, Navoiy she'rlaridagi oq rang an'anaviy ma'no munosabatlariga ko'ra ijobiylikni, poklikni o'zida aks ettiradi. E'tiborlisi, Navoiy g'azallarida rang qo'llanish an'analariga novatorona yondashadi. Birgina sariq rang vositasida lirik

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-400-404

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Sen botib oltung 'a ko 'k masnadda o'iturg 'on chog 'i, Sarg 'arib ko 'kdin yiqilmishdur bo 'lub rasvo quyosh. Shoir yana davom ettirib deydi:

Goh o'tdek ravshan o 'lg 'ay, goh qozon yanglig ' qaro, Goh sendin nur olur, goh aylar istig'no quyosh [5,48].

qahramon ruhiyatining tasvirlanishini "sorig'" radifli g'azali

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-400-404 o'rganish masalalari

misolida kuzatishimiz mumkin. Y.Is'hoqov shunday deydi: "Navoiy she'rlari orasida har bir rangga doir bir necha g'azal mavjud. Lekin ularning har biri o'z xususiyatiga ega, ya'ni shoir bir rangning turli tuslariga (ottenkalariga) alohida-alohida g'azal bag'ishlaydi va buning uchun u ana shu ottenkalarni to'g'ri ifodalaydigan sinonimlardan foydalanadi. Mavjud sinonimlarning har birini qo'llashda ma'lum o'rni va sistema bor va ana shu g'azallarning har birida lirik qahramonning biror holati, kechinmalarning muayyan tomoni ochiladi". Darhaqiqat, quyidagi mashhur g'azalda ham dilbarning qizil, sariq, yashil rangdagi xil'ati tasviri asosida ajoyib manzara chizilgan:

Xil'atin to aylamish jonon qizil, sorig', yashil, Shu 'layi ohim chiqar har yon qizil, sorig', yashil. Ey Navoiy, oltunu shingarfu zangor istama, Bo 'ldi nazming rangidin devon qizil, sorig', yashil. O'zbek she'riyatidagi janrlar faoliyati ham ana shu omillar ta'siriga bog'liq. She'riyat bevosita obrazli ifodalash san'ati bo'lganligi bois undagi obrazlar davr muammolarini boshqa turlarga qaraganda yorqinroq aks ettirishi muhimdir. Obraz yaratishda esa rangning ahamiyati beqiyos. "G'azalda ranglardan inson ruhiy dunyosining xilma-xil holatlarini ochishda ramziy ma'noda foydalanish Navoiy g'azaliyoti uchun xarakterli bo'lgan usullardan biri hisoblanadi. Xorazmda Ogahiy, Buxoroda esa Shukuriy shu usul bilan alohida g'azallar bitgan"

Alisher Navoiy she'rlarida oq rangning soflik, to'g'rilik, yaxshilik, yorug'lik, ulug'lik, adolat, eng asosiysi go'zallik ma'nolari keng yoritilgan". Navoiyning "Navodir ush-shabob" devonida o'qiymiz: Ashkdin bo 'ldi qarorg 'an kulbai vayronim oq, Kulbai vayron demakim, diydai giryonim oq, -bayti bilan boshlanadigan g'azal bor. Shukuriy ushbu g'azaldan ilhomlanib, shunday baytlar yaratgan:

Jilva azmin qildi men sori kiyib jononim oq, O 'ldi hijrondin qarorg 'on kulbai ehzonim oq. Yo 'q savodu xattu bo 'ston ila maktabdin manga, Ne ajab bo 'lmoqlig'i daftari devonim oq .

Lirik qahramon ruhiy holati g'azalda oq va qora tazodi asosida ochib beriladi. Oshiqning kulbasi hijron g'amida qoraygan. Kulba - oshiq ko'ngil dunyosining ramzi. Hijron shiddatidan dunyo ham uning ko'ziga qorong'i. Shunda oq xilqatli jononaning tashrifi oshiq ko'nglini yoritib

8-fevral

403

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-400-404

Volume 4 j Conference Proceedings 1 j 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

yuboradi. Bu holatni shoiï qoгaning oqqa o'zgaгishi oгqali ifodalaydi: Tiyra shoming subh yanglig ' ravshan o'lsa, ne ajab, Ey Shukuriy, gar netib chiqsa mohitobonim oq. Ko'rinib turibdiki, ikkala g'azal ham she'riyatning go'zal namunasi. U salaflari an'analaгini davom ettiгib, lirikaning oshiqona, oгifona va rindona namunalarini ham yaratdi. Shukuгiyning boshqa jam-laTdagi she'гlaгida ham asгiy an'analaг ta'siri kuchli ekanligini ko'гamiz.

Shaгq mumtoz so'z san'atining zabaгdast namoyandalaгidan o^ganish, ulaгdan ta'siгlanish, ulaгga eгgashish, g'azallariga tatabbu yozish, taxmis bog'lash - Shukuriy ijodining yetakchi xususiyati hisoblanadi. Xususan, u Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil kabi ustoz shoirlardan saboq oldi. Ularning merosi shoir ilhomiga ilhom, kuchiga kuch qo'shdi, o'z xalaflari uchun mahorat maktabi bo'lib xizmat qildi.

Xullas, Shukuriy o'z ijodiiyotida mumtoz she'riyatimizning ilg^ an'analaгini davom ettiгishga haгakat qildi. Uning inson e^i va tuyg'ulari cheklangan muhit, adolatsiz zamonadan shikoyati yorqin ifodalangan va davrning umumiy illatlariga nisbatan nafгat mhi bilan sug'oгilgan mazmundoг liгikasi mavjud. Bu lirika shubhasiz, XVIII asming oxiгi va XIX asming birinchi yaгmidagi o'zbek she'гiyatining muhim namunalari qatoridan orin egallagan.

REFERENCES

1. Nosirov O. O'zbek adabiyotida g'azal. - Toshkent: Adabiyot va san'at, 1972.

2. Ochilov E. Navoiy g'azalarida komil inson timsollari // O'zbek tili va adabiyoti. -Toshkent, 2001. - №1. - B.3-6.

3. Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. - Toshkent: Adabiyot va san'at, 1979. - 21б b.

4. Tohirov Q. Abdushukur Shukuriy hayoti va ijodi haqida. Adabiyot va Hayot. -Samarqand, 1977. II-kitob. - B. 47.

5. Shukuriy Abdushukur Devon. Nashua tayyoriovchi va so'z boshi muallifi

5.Jo'rayeva. - Toshkent: Navra'z, 2018. - B. 19S.

6. Hayitmetov A. She'riy san'at^ va mumtoz qofiya. - Toshkent, 199S. - 15S b.

7. Haqqul I. G'azal gulshani. - Toshkent: Fan, 1991.- 65 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.