Научная статья на тему 'NAVOIY SHE’RIYATINING UVAYSIY IJODIGA TA’SIRI'

NAVOIY SHE’RIYATINING UVAYSIY IJODIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

361
145
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
may / soqiy / jshiq / nafs pokligi / solik / ishq va sir ahli.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Barno Isoqova

Mazkur maqolada Alisher Navoiy hamda Jahonotin Uvaysy ijodidagi mushtarak xususiyatlar, xususan, obraz, ramz, timsollar o'xshashligi alohida e‟tiborga olindi. Shuningdek, mutafakkir shoir va Uvaysiy baytlarini muqoyasa qilish asnosida, shoira badiiyatiga Navoiyning ta‟siri haqida xulosalar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAVOIY SHE’RIYATINING UVAYSIY IJODIGA TA’SIRI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 j Conference Proceedings 1 j 2023

Mazkur maqolada Alisher Navoiy hamda Jahonotin Uvaysy ijodidagi mushtarak xususiyatlaг, xususan, otoaz, гamz, timsolto o'xshashligi alohida e'tiboгga olindi. Shuningdek, mutafakkiï shoiг va Uvaysiy baytlarini muqoyasa qilish asnosida, shoira badiiyatiga Navoiyning ta'siri haqida xulosalaг berildi. Kalit so'zlar: may, soqiy, jshiq, nafs pokligi, solik, ishq va sir ahli.

She'гda o'quvchiga shavq bag'ishlaydigan, uning fikг-qaгasЫarini yangilashga ta'siï ko'гsata oladigan jozibali, mukammal mazmunni kashf etish qiyin hunaгdiг. Biraq o'zbek adabiyoti taгixida ham shakl, ham mazmunga putuг yetkazmasdan, ikkalasining uyg'unligida bitilgan go'zal asarlaг yetarlicha. Professor A.Hayitmetov "Hayrat ul-abror"da uslub rang-barangligi" degan maqolasida Navoiyning mana shu asari haqida fikr yurita turib, shunday deydi: «Masalan, Navoiy Allohning buyukligini, uning avvalda ham bor bo'lganini, keyin paydo bo'lmaganini, abadiyligini, uning oxiгi ham yo'qligini «Boshlang'ich», «O'rtalik» va «Oxíd> degan tushuncha^ ungagina tegishli ekanini hamma narsalarning Yaratuvchisi ham, bosh manbasi ham shu Allohning o'zi ekanini izohlaydi" [7, 28].

Ne bo 'lib avvalda bidoyat sanga, Ne bo 'lib oxirda nihoyat sanga, Avval o 'zung, oxiru mobayn o'zung; BarchagaXoliq boriga ayn o'zung.

Ilohiyat fanini, avvalo Qw'on va Hadislami yuksak darajada tushungan kishigina bu xil masala^ yuzasidan shunday tiniq fifa yuгitishi, yuqoгi she'гiy iqtidoгga ega bo'lgan odamgina bu fikrlaгni shunday go'zal va ravon satгlaгga joylashtirishi mumkin. Aynan shu fikriami Uvaysiyga va uning she'riariga nisbatan ham qo'llashimiz mumkin. Asosan, Navoiy va Uvaysiy she'riyatidagi may timsoli alohida e'tibo^a molik j^tta'dandm

La 'ling zakoti may tutub tirguzmasang, ey mug 'bacha,

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-96-100

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

NAVOIY SHE'RIYATINING UVAYSIY IJODIGA TA'SIRI

Barno Isoqova

Mustaqil tadqiqotchi (Qiïg'iziston)

ANNOTATSIYA

Dayr ichra men bir hastani ranji xumor o 'lturgusi.

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-96-100 o'rganish masalalari

Mug'bachaga (sharob quyuvchi bolaga) «may tut», deya xasta dil (lirik qahramon)ning iltijosi Navoiyning ushbu baytida nechog'li jonli tasvirlangan bo'lsa, Uvaysiy g'azalidagi ushbu ko'rinish shunday aks etadi:

Uvaysiy tashnalig'din yetti jon beziga, ey soqiy, Dag'i mayxonani och, dayr piridan olib ruxsat [3, 79].

Har ikkala shoirning qahramonlari hayotga hushyor ko'z bilan qarash uchun ilohiy ma'rifatdan bahra olish zarurligini anglab yetgan so'fiylardir. Shuning uchun ularga «may quy» deyish nechog'lik tabiiy bo'lsa, komil bir murshid (mug'bacha, soqiy, pir) qo'lidan «may» - ishq sharobini ichib mastlikka berilish shartdir. U hushyorlikda bilmaganini shu mastlikda anglagan, «Soqiy» himmati va marhamati ila ishq va ma'rifatdan yangi g'oyalar, haqiqatlarni topgan. «May» - ma'rifat nuri, haqiqiy ishq «sharobi». Bu "may"dan aql-hushini yo'qotgan odam dunyoga eng hushyor va teran nigoh bilan qarovchi haqshunosdir [4, 10].

Haq oshiqlarida malolat tuyg'usi yo'qolishi, musht berganga ta'zim b ajo etish hollari o'sha mastlik oqibatidan yuzaga kelganki, ular qahrga mehr bilan javob bera oladi. Oshiq tomonidan yetkazilgan har qanday jabru sitamlarni xush kayfiyatda qabul qilguvchi bo'ladilar. Shuning uchun mayni tark etmaydilar: Dema mayni tark etki, sakda yuzi, Bu ko'zgu aro jilvagardir manga [3,20].

Qachonki, kishida nafs poklanib, bu dunyoning chirkin havaslaridan tonganida qalb shaffof ko'zguga aylanadi. Qalbdan atrofga ilohiy nur porlaydi. Ko'r ko'zning ochilishi kishi dilida jilva qiladi. Xuddi shu ko'zgu aro jilvagarlik Allohning nurli jamolini ko'z-ko'z qiladi. Go'zallik idroki va ishtiyoqi tubdan o'zgaradi. Shu tarzda solik hamma narsa va hamma joyda "Robbi"ni ko'rib, unga talpinadi. Chunki ishq uning ko'nglida yolqin sochadi.

...Bizningcha, Navoiy ramz tilini anglaydigan mahramdan so'zlaganda ishq va sir ahlini tasavvur etgan. Shu toifaning vafo maslagiga tayangan. Keyingi baytdagi ma'no buni to'la tasdiqlaydi:

Durdi zaxm o'lmish ichu toshim, qadah quy og'zima, Soqiyo, ko 'ksima loyidin dog 'i yoq marhame.

«Durd» - sharobning quyqasi, to'liq soflashmagan boda. «Soqiy» - piri komil, shayx. Baytdagi botiniy mazmun shunday: Muhabbat azobi «ichu toshim»ni abgor ayladi. Ey piri komil, fayzingni darig' tutma, ishq yo'liga yo'llagil meni. Bag'rimdagi zahmlarning tabibi ham faqat sening o'zing va so'zingdir" [6, 71].

Uvaysiy piri murshidlikning juda ko'p jihatlarini Navoiydan

8-fevral

97

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

o'rgangan, unga ergashib bir qator go'zal oshiqona, orifona g'azallar yaratgan: Bo 'lub bexush, soqiy, sog'oringdin sirni fot etma, Uvaysiy na uchunkim, ushbu may ichmoqdadur rojib. Yoki,

Qadam mayxonaga qo 'y, zohido, kavsarga yetguncha, Ki mundog' tashnalikning daf'igapiri mug'on bois.

Solikning Alloh yo'lidagi, uning vasli orzusidagi riyozatlarning eng avji -ilohiy ma'rifatga cho'mgan «behush» holidir. Uvaysiy ham ushbu maydan benasib qolmay, deb ichmoqdadir, bu sirni fosh etma, soqiy, deyishi ana shu pog'onaga ko'tarilgan holdir. «Majnun - Boyazid Bistomiy yo'lidagi oshiq. Bu buyuk tasavvuf shayxi sukra-mastlik, behudlik yo'lining tarafdori bo'lgan. Uning uqtirishicha, ilohiy sharob hisoblanmish Alloh muhabbatidan mastu mustag'raq bo'lgan, o'zini unutgan kishigina ilohiy ma'rifatni his qila oladi. Mast bo'lmagan odam - oshiq emas. Mumtoz adabiyotda may va mastlikning bu qadar avj pardada kuylanishining sababi shunda" [8, 142].

Jumladan, «Uvaysiyning ijodiy izlanishlari va natijalarida Alisher Navoiy dahosining ishtiroki bag'oyat faol bo'lgan. Navoiy Uvaysiyning ustozi. U ulug' shoir lirik merosini qunt va muhabbat bilan o'rgangan, o'zicha uning badiiy mahorat yo'llarini tadqiq etgan. Uvaysiy oshiqona g'azalning ko'rkam namunalari yaratgan ijodkor. Uning g'azallarida muhabbatga chaqiriq, muhabbatga sig'inish, uni ulug'lash, ulug'ligini she'riy obrazlarda talqin etish tamoyili yetakchilik qiladi" [5,12]. Azal kunda asar etganda sirri may qulogimga, Bugun, vah, dil bulog'i jo'sh urmoqlikda toshibdur.

"May"-Olloh muhabbati timsoli bo'lsa, "Sirri may"- Ilohiy ishq sirlaridir. Lirik qahramonning "dil bulog'ida ilohiy ishq sirlari" shu qadar jo'sh urib, toshmoqda. Uvaysiy: Uvaysiy, olma botin zikru fikri yor yodidan, Suluki ishq aro be yodi Haq yo 'ldin adoshibdir.

Uvaysiyning asosiy tasvirlaydigani Yor, ya'ni Allohdir. Lirik qahramon Yorning yodini tark etsa, ishq yo'lidan adashib ketadi. «Be» - arab alifbosidagi ikkinchi harf bo'lganligi sababli uni yod olganlar Haq yo'lidan adashadilar. Haqni esa faqat "alif" - "bir" bilan belgilaydilar. Bu Allohning yagonaligiga ishoradir. Ikki deganlar esa so'zsiz adashganlardir.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-96-100

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-96-100 o'rganish masalalari

Navoiyning shoh g'azallaridan biri bo'lmish "aylagach" radifli g'azali bilan Uvaysiyning shu radifli g'azali ham ma'no mazmuni va shakl jihatdan hamohangdir: Husni ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach, Sham 'i ravshanroq bo 'lur torin parishon aylagach. ....Ey Navoiy ishq agar ko 'nglingni majruh etmadi, Bas, nedurkim qon kelur og'izngdin afg'on aylagach [1,105]. Shoir lirikasining asosiy qismini ISHQ mavzusi tashkil etadi. Oshiq qalbi kechinmalari shoir lirikasida turli ifodalar orqali o'ziga xos tasvirlarga ega bo'lgan. Uvaysiy ham ISHQ mavzusini ijodining asosiy qismida yoritishga erishgan: Bu yuzu qad birla gar sayri guliston aylagach, Sarvni pomol etib, gulni parishon aylagach. Maqta'si:

No 'la, Vaysiy, jonini parvona yanglig ' o 'rtagay, O 'zni bu bazm ichra sham 'i shabiston aylagach [2,33]. Har ikki g'azal ham ramali musammani mahzuf, ya'ni foilotun-foilotun-foilotun-foilun (yoki foilon) vaznida yozilgan. Taqte'si: - V - - | - V - - | - V - - | - V -

Radiflari ham qofiyalari ham bir xil, g'oyaviy-badiiy jihatdan mushtarak. Navoiyda anbarafshon, parishon, qurbon, vayron, uryon, hayron, pinhon, afg'on kabi mukammal so'zlar qofiya bo'lib kelsa, Uvaysiyda guliston, parishon, afshon, to'la qon, mehmon, anbarafshon,xiromon, shabiston kabi mustaqil so'zlar g'azal mazmun i va shakli mukammalligi uchun xizmat qilgan. Navoiy:

Lolazor ermaski, ohimdin jahong 'a tushti o 't, Yo 'q shafaqkim, bir qiroqdin osmong 'a tushti o't. ...Ey Navoiy, bilki ohe chekmisham beixtiyor, Desalarkim, beshayiMozandarong'a tushti o't [1,89]

Shoir lirik qahramon - Oshiq ohidan butun jahon lolazordek qizorib ketganini tasvirlar ekan, tajohuli orif san'atidan, ya'ni bilib bilmaslikka olib, o'zini o'zi "go'yoki inkor" qilib, Yo'q, Yerdagi lolazorning qizilligi kam chamamda Quyosh botayotganda qip qizil shafaqqa o't tushdi, deya latif o'xshatish bilan tasvirlaydi.

Uvaysiy g'azalida ham aynan shunday radif borki, Navoiy qahramonidan kam o't tushmagan ajib tashbehlar mavjud:

Uvaysiy: Intizoring ohidin bu xonumona tushti o 't, Xonumon nedur, bu kechajismujona tushti o't. ...Qay kuni ishqing havosi topdi ko 'nglimda qaror,

8-fevral

99

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-96-100

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Ul sababdurkimki Marg 'ilona tushti o't [2, 30].

Shoira ham aynan tajohuli orif san'atidan mohirona foydalanib, Oshiq intizorligidan xonumonga o't tushganini, va yana o'zi bu tavsif bilan qoniqmay xonumon nima emish jismu jonga o't tushganini go'zal ifoda etadi.

Navoiy Mozandarong'a Uvaysiy esa Marg'ilonga o't tushganini bayon qilar ekan, har ikkala g'azal ham lirik qahramonning ishq o'tida kuyganligini yangicha talqin, go'zal tashbeh, o'rinli mubolag'a bilan tasvirlaganlar.

Navoiy va Uvaysiyning yuqorida keltirilgan g'azallari she'riyat uchun eng an'anaviy bo'lgan ramali musammani mahzuf, ya'ni foilotun- foilotun-foilotun-foilun vaznida yozilgan.

Taqte'si: - V - - | - V - - | - V - - | - V - .

Jahonotin Uvaysiy Alisher Navoiyning "Hayf" radifli, "Ey quyosh, vasfin demaqdin...", "Ey orazi - nasrin, sochi - sumbul...", "Zuhdi toat shahdini..." deb boshlanuvchi g'azallariga go'zal muxammaslar bog'lagan. Uvaysiy may obrazini yaratishda salaflari an'analarini davom ettirgan holda, o'zbek ayoli sifatidagi oshiqning sarxushlik, mastlik holatini go'zal tarzda ifodalagan.

REFERENCES

1. Anumep HaBOHH. MyKaMMa. acap.ap Tyn.aMH. 20 tom.hk. 1-^H.g.

2. YBaHcuH. ^eBOH.-T., 1963.

3. A. HaBOHH. Fa3arnapH. fflapxgap. P. «KaManaK». T., 1991.

4. X,aKKynoB H. AôagHtfr $ap3aHg.apH. -T.. 1990.

5. X,aKKy.noB H. YBaHCHH metpH^TH. T, 1982.

6. X,aKKy.OB H. ffletpH^T Ba TacaBBy^, T. 1997.

7. X,aÔHTMeTOB A. HaBOHHHHHr H^og o.aMH. -T.. 2001.

8. ohhtob 3. "HaBOHHHHHr H^og o.aMH", "OaH" 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.