Научная статья на тему 'QO‘QON ADABIY MUHITIDA NAVOIYGA IZDOSHLIK'

QO‘QON ADABIY MUHITIDA NAVOIYGA IZDOSHLIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

991
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
an‟ana / ta‟sir / mahorat / g„azal / tatabbu / talqin / vazn / qofiya / radif. / традиция / влияние / своеобразие / талант / газель / татаббу / сравнение / размер / рифма / редиф.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Baxtiyor Bobojonovich Fayzulloyev

В статье рассматривается развитие татаббунавизма в Кокандской литературной среде.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Maqolada Qo„qon adabiy muhitidagi tatabbunavislik taraqqiyoti xususida fikr yuritilgan.

Текст научной работы на тему «QO‘QON ADABIY MUHITIDA NAVOIYGA IZDOSHLIK»

QO'QON ADABIY MUHITIDA NAVOIYGA IZDOSHLIK

Baxtiyor Bobojonovich Fayzulloyev

filologiya fanlari nomzodi, dotsent, akademik Bobojon G'afurov nomidagi Xo'jand

davlat universiteti (Tojikiston) [email protected]

Maqolada Qo'qon adabiy muhitidagi tatabbunavislik taraqqiyoti xususida Акт yuritilgan.

Kalit so'zlar: ап'апа, ta'sir, mahorat, g'azal, tatabbu, talqin, vazn, qofiya,

radif.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается развитие татаббунавизма в Кокандской литературной среде.

Ключевые слова: традиция, влияние, своеобразие, талант, газель, татаббу, сравнение, размер, рифма, редиф.

The article discusses the development of tatabbunavism in the Kokand literary environment.

Keywords: tradition, follower, influence originality skill, ghazal, tatabbu, vazn, rhyme, radif, interpretation, emulate, comparative analysis.

An'anaviylik badiiy adabiyotning muhim belgilaridan biridir. Chunki adabiyot taraqqiyotining o'zak nuqtalaridan birini an'analar tashkil etadi. Bu hol mumtoz adabiyotda, ayniqsa, ravshan ko'zga tashlanadi. Buni birgina tatabbunavislik an'analarida ham ko'rish mumkin. Tatabbunavislik butun Sharq mumtoz adabiyotida, jumladan, o'zbek mumtoz adabiyotida, ayniqsa, Qo'qon adabiy muhitida ham chuqur tomir otgan bo'lib, mustahkam va boy an'analarga ega ekanligi ko'zga tashlanadi.

XIX asr Qo'qon adabiy muhiti eng katta va jo'shqin adabiy jarayon sifatida shakllandi hamda faoliyat ko'rsatdi. Undagi rang-barang ijodiy faoliyat jarayonining markazida tatabbunavislik turgani va u o'zbek mumtoz she'riyatiga katta mahsul bergani hamda adabiyotimiz

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-44-49

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

taraqqiyotidagi muhim ulush qo'shgani g'oyat ahamiyatlidir. Bu

8-fevral

davr adabiy jarayonida salaflar she'riyatiga tatabbunavislik uch yo'nalishda rivojlandi. Uning brinchisi, o'zbek mumtoz shoirlari, xususan, Navoiy, Bobur va Huvaydo she'rlariga tatabbu bog'lash. Ikkinchisi, fors-tojik shoirlari, xususan, Hofiz, Jomiy va Bedil she'rlariga tatabbunavislik. Uchinchisi, ozarbayjon shoiri Fuzuliy she'riyatiga tatabbu bog'lash shaklida rivoju ravnaq topdi. Bu uch yo'nalishdagi tatabbunavislik Qo'qon adabiy muhitida ham, shuningdek, Xiva va Buxoro adabiy muhitlarida ham izchil davom ettrildi. Biroq alohida qayd etish lozimki, bu davrda ham barcha adabiy muhitlarda Alisher Navoiy ijodiga, xususan, uning g'azallariga tatabbu bog'lash g'oyatda faol bo'ldi. Buni barcha shoirlar va hatto shoiralar ijodida ham yaqqol kuzatish mumkin. Shulardan biri, bu davrda faol ijod etgan, hatto shoira Mohlaroyim Nodiraga ustozlik qilgan Jahon otin Uvaysiydir.

Uvaysiy ijodida Navoiy, Fuzuliy va Mashrab an'analari izchil davom ettirildi. Ayniqsa shoira Uvaysiy ijodida Navoiy she'rlariga tatabbu va taxmislar salmoqli o'ringa ega. Shoiraning "Gila", "Kokuling", "Tushdi o't", "Isi" singari tatabbulari Navoiy g'azallariga bog'langan bo'lib, ularda Uvaysiy Navoiyning mazmun hamda shaklga doir an'analarini ijodiylik bilan rivojlantirgan.Chunonchi, shoiraning "Isi" radifli tatabbusida Navoiyning shu radifda yozilgan g'azalidagi mavzu, vazn, qofiya va obrazga doir an'analar rivojlantirilgani yaqqol ko'zga tashlanadi. Navoiy g'azali ramali musammani mahzuf vaznida bo'lib, muhabbat mavzuidadir. Uvaysiy tatabbusi ham Navoiy g'azali vaznida va o'sha mavzuda bitilgan. Tatabbuda Navoiy g'azalidagi qofiyaga ohangdoshlik ham mavjud. Uvaysiy o'z tatabbusida hatto Navoiy she'ridagi rayhon va Kan'on singari qofiya so'zlarni takroran qo'llaydi. Biroq shoira ularga yangi ma'no yuklaydi. Voqean, Navoiy lirik qahramoni hijronda jonsiz holatga kelgan paytda, ma'shuqaning yuz va labi ustidagi xat-mayin tuklardan esgan nasim unga yangidan jon bag'ishlar ekan, endi u gul va rayhon isini rad etsa, Uvaysiy lirik qahramonini esa sahar payti rayhon isi uyg'otadi. Zero, unda yor isi jilva qilardi. Yoki Navoiy lirik qahramoni yor hajrida yig'layverib ko'zdan ajralgach, gulning o'zi va isidan bahra olib, ko'zi ochiladi. Shoir tasviricha, bu narsa farzandi Yusuf hajrida yig'layverib, ko'zidan ajralgan Ya'qub payg'ambarning Kan'onga yuborilgan ko'ylakni ko'ziga surtgach va undan o'g'li isini tuygach ko'zlari ochilganga o'xshaydi.

Shu tarzda Navoiy faol badiiy san'atlaridan tashbih va talmehdan foydalanib qo'llagan adabiy timsollarining yangi qirralarini ochsa, Uvaysiy ham Navoiy fikrlarini takrorlamagan holda an'anaviy timsollarga yangi ma'nolar yuklab, mavzuning chuqur ochilishida ulardan mohirlik

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-44-49

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

bilan foydalanadi.

8-fevral

Qayd etish lozimki, garchi Navoiy she'rida ham, Uvaysiy tatabbusida ham muhabbat mavzusi tasvirga tortilgan bo„lsa-da, ularda farq bor. Navoiy she'ridagi muhabbat tasvirida so'fiyona mazmun kuchli. Uvaysiy tatabbusida esa dunyoviy muhabbat tasviriga ko'proq urg'u berilganligi ma'lum bo'ladi.

Shoira lirik qahramon ishqi, hijron azoblari, vasl lazzati va undan keyingi mashaqqatlarni tazod san'ati orqali hayotiy tasvirlashga harakat qiladi. Shoir talqinicha, vasl bor joyda, hijron bor. Axir tabassumdan keyin ko„z yoshi keladiku! Biroq har qanday holatda ham ishq yuksakdir. Ishq oshiqni ma'shuq, ma'shuqni oshiq qilishi mumkin. She'r lirik qahramoni ayol. Lekin ishq uni Majnun qilgan. Ishq tufayli u ham Zulayho holiga tushgan. O'ngida ko'rolmagan sevgilisi va hatto uning isiga tushida yetishni orzu qiladi. Ishq azoblaridan bemor holga kelgan lirik qahramon ishqning o'zidan davo istaydi. Bu davo esa visoldandir. Lirik qahramon uchun visol Luqmoni hakimdir. Xayriyatki, uning isi yetishyapti:

Shoira har ikkala baytda ham talmeh san'atini qo'llab, lirik qahramonning ishqiy kechinmalarini yorqin aks ettirishga erisha olgan. Shoira talqinicha, ishq qudratli kuchga ega. Buni shoira "Kerakmazmi sango?" radifli ikkita tatabbusida ham mahorat bilan chizgan. Ular Fuzuliyning shu radifdagi g'azaliga bog'langan bo'lib, mazmunan biri ikkinchisini to'ldiradi. Uvaysiyning "Kokuling", "Tushti o't" singari Navoiy g'azallariga bog'lagan tatabbularida ham ishqning ana shunday so'fiyona badiiy talqinlarini ko'rish mumkin.

Shuningdek, bu davr she'riyatida Muqimiy ham Navoiy she'riga javobiya tarzida "Bor" radifli tatabbu yozgan. Ammo u Navoiyning boshqa she'riga, aniqrog'i, "Badoye' ul-vasat" devonidagi 145- raqamli g'azalga tatabbudir [5.151]. Unda Navoiy she'ridagi vazn - ramali musammani maqsur, radif, mavzu va qofiya hamohangligi saqlangan. Muqimiy hatto Navoiy qo'llagan uchta qofiya - ori, nori va zunnori so'zlarini aynan takrorlagan. Navoiy she'ri o'z gulruxsoriga ega bo'lgan oshiq endi har qanday sarvu gul hamda bog' sayridan voz kechsa arzishini ta'kidlash bilan boshlanadi. Keyingi baytlarda bu fikrning turli qirralari ochilgan, so'nggi ikki baytda so'fiyona qarash olg'a suriladi. Ya'ni faqr yo'lini tanlagan solik uchun bu dunyoga bog'liqlik og'irlik qiladi. Shu sababli barcha bog'lanishlardan uzilib, "Ul sori", ya'ni poklik manzilining shohi

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-44-49

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Yusufi soniy firoqidin ne tong topsam xabar, Uyqu ichra chun Zulayhoga yetib Kan 'on isi. Za'f edi jismim muhabbat ranjidin bir necha kun, Shukrilillah, keldi tandin ushbu dam Luqmon isi [4.84].

Haq sari bormoq lozim. Faqr yo'liga kirish uchun vobastalikdan

8-fevral

uzilgach esa, tuproq kabi xoksorlikni ham egallash lozim bo'ladi. Ulug' shoir shu tarzda tasavvufning muhim nazariy masalasidan birini badiiy talqin qiladiki, shu bilan g'azal boshidagi ma'shuqning Haq, oshiqning esa solik ekanligi ma'lum bo'ladi. Muqimiy tatabbusi esa bunday emas. U dunyoviy mazmundagi she'r. Tatabbuda boshdan - oxir hayot mahbubasi, uning g'oyatda go'zalligi, shu sababli oshiq-larining ko'pligi va turli-tumanligi, kim agar shunday go'zalga erishsa, har qanday pariga ko'ngil qo'yishdan or etsa arzishi g'oyat ishonarli tarzda tasvirlangan. Lirik qahramon ham hayotiy shaxs. Uningcha, "Sham beparvona, gul bebulbulu bequmri sarv bo'lmas".

Shunday ekan, hayotdagi har bir inson ham xayoliy mahbubga emas, hayot go'zaliga ko'ngil qo'yib, u bilan bo'lgani ma'qul. Lirik qahramon ishq, oshiqlik va ma'shuqlikni ana shunday hayotiy tushunadi. Bunday tasvir ko'rinishi umuman Muqimiy ijodiga va, shuningdek, bu davr ijodkor-larining aksariyatiga xos edi.

Muqimiy tatabbusidagi ma'shuqa siymosi g'oyatda jonli tasvirlan-gan. U -go'zal, shu bilan birga, nihoyatda sho'x va hozirjavob hamdir. O'z oshig'i bilan emin - erkin gaplashadi. Uning oshiqona iltimoslariga hazil bilan ko'p ma'noli javob beradi. Uning o'zining tutishi, noz va so'zlari g'oyatda yoqimli va hayotiydir. U oshiqqa azob beruvchi, hijronda uni qiynovchi, ag'yorga iltifot qilib, haqiqiy oshig'ini g'amga duchor etuvchi an'anaviy ma'shuqa timsoliga o'xshamaydi. Aksincha, oshig'iga muhabbat bilan javob qaytaruvchi, sevilganidan shod, biroq yoqimli nozu karashmalar qilib, ham o'zi rohatlanuvchi, ham oshig'ini zavqlantiruvchi hayotiy go'zaldir. Shoir oshiq va ma'shuq uchrashuvi va munosabatining bir lahzasini shunday chizadi:

Baytda ma'shuqa bog'bon qiz sifatida chizilgandek taassurot qoldiradi. U o'z oshig'i bilan bog'da uchrashgan. Shoir "Bog'i vasl" iborasida ham uchrashuv joyini, ham yorning go'zal siymosini chizgan. Baytning ikkinchi misrasidagi "olma yo'qtur" iborasida ihom, "nori bor" iborasida esa lutf san'ati qo'llangan. Olma yo'qtur iborasi avvalo, olma yo'q, ya'ni olma mevasi yo'q ma'nosida kelgan bo'lsa, soniyan, ol ma deyish yo'q, ya'ni yor visoliga yengilgina erishish yo'q, unga erishish yo'lida ham ko'p ranju mashaqqatlar mavjud ma'nosida berilgan. Nori bor iborasi esa avvalo nari bor, ya'ni olma so'ragan oshiqqa yorning yo'q, bor ket degan munosabati ma'nosida bo'lsa, ikkinchidan, olma yo'q, ammo anor bor degan javobi tarzida ham berilgan. Oshiq va ma'shuqaning visol bog'idagi

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-44-49

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Bog'i vaslidin uzarga olma qilsang iltimos Nozlar birla degaykim: -Olmayo'qtur, nori bor [6.185].

uchrashuvi, o'zaro samimiy va hazilga yo'g'rilgan munosabatlari

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-44-49

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

g'oyatda hayotiy chizilgan. Biroq Muqimiy tatab-bularining hammasi ham muvaffaqiyatli chiqqan deb bo'lmaydi. Masalan, shoirning "Ko'rmay" radifli tatabbusi haqida shunday deyish mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, Muqimiy ijodida ham shakllanish davrining nisbatan xomroq namunalari bo'lishi tabiiy. Ammo shoirning Navoiy g'azallariga bog'langan "Bo edi", "Kim desun", Amiriy g'azaliga bog'langan "Qil" radifli va boshqa ko'plab tatabbulari ham borki ular mahorat bilan yaratilgan ijod namunalari deyish mumkin.

Bulardan ma'lum bo'ladiki, XIX asr birinchi yarmi she'riyati o'zbek, tojik va ozarbayjon mumtoz adabiyotlarining boy va yuksak badiiy an'analari asosida rivojlanganini ko'rsatadi. Muhimi shundaki, bu adabiy an'analar rivojida tatabbunavislik alohida o'rin tutadi. Chunki bu davrda tatabbunavislik boshqa davrlarga nisbatan g'oyat keng qirrali bo'ldi. Agar o'zbek she'riyatida Alisher Navoiy birinchi bo'lib tatabbunavislikni maxsus adabiy yo'nalish darajasiga ko'tarib, tatabbulardan devon tuzgan bo'lsa, undan keyin ham bu an'ana davom etdi. Voqean, XIX asr va XX asr boshlaridagi Qo'qon adabiy muhitida tatabbunavislik adabiy yo'nalishi g'oyat keng rivojlandi. Shuning natijasida, 1821- yilda Qo'qonda Fazliy Namangoniy tomonidan tuzilgan "Majmuai shoiron" tazkirasi boshdan-oxir tatabbulardan iborat bo'ldi.

Agar XVII-XVIII asrlarda tazmin tatabbu, mazmunda pand-nasihat kuchli bo'lgan mav'iza tatabbular yozish keng tus olgan bo'lsa, XIX birinchi yarmi tatabbunavisligida so'z o'yinlari, she'riy san'atlar va, umuman, shakl unsurlari ustunlik qiluvchi masnu' tatabbular yozish avj oldi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida esa, ma'noga e'tibor berish kuchayishi tufayli mazmun va shakl birligi aks etuvchi matbu' tatabbular yaratish ommalashdi.

Shunday qilib, XVII-XIX asrlar va XX asr boshlari tatabbunavisligi jarayonida o'zbek she'riyati ham mazmunan, ham shaklan boyishida Alisher Navoiyning ijodi muhim adabiy manba bo'lib xizmat qildi. Natijada tatabbunavislik tufayli boshqa xalqlar adabiyotidagi badiiy-g'oyaviy yetuk asarlar bilan bellashadigan va hatto ko'p jihatdan ulardan ustunlik qiluvchi mumtoz asarlar paydo bo'ldi. She'riyatimiz, ayniqsa, g'azalchilik borasidagi tatabbunavislik yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu borada yaratilgan mumtoz lirik asarlar o'z davrida va keyingi davrlarda ham badiiy ijodning yuksak namunalari sifatida e'tirof etilib, barcha zamonlarda ijodkorlar uchun adabiy ilhom manbai bo'lib qoldi.

REFERENCES

1. Шодиев Э. Навоий татаббуъларига оид мулохдзалар// Узбек тили ва адабиёти, 1997, 2 сон.

баъзи

8-fevral

48

О^Ье^^п Р^риЪПкаш fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti БОТ: 10.24412/2181-1385-2023-1-44-49

Уо1ише 4 | СопГегепсе Proceedings 1 | 2023

АШНвг Мауо1у айаЫ1у уа Пт1у тего$Ш

2. Навоий А. Лисонут тайр. (Насрий баёни билан) - Тошкент: Гафур Гулом номидаги Нашриёт -матбаа бирлашмаси, 1991.

3. Файзуллоев Б. Узбек шеъриятида татаббу тарихи ва махорат масалалари (XVII- XIX асрлар ва XX аср бошлари газалчилиги асосида). Монография -Тошкент: "Тамаддун", 2021.

4. Увайсий. Кунгил гулзори. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1983.

5. Навоий А. Хазойин ул - маоний. Учинчи девон. Бадоеъ ул - васат. -Тошкент: " ТАМАОВЦЫ ", 2011.

6. Мукимий. Танланган асарлар. 2 томлик. 1 - том. - Тошкент: Уздавнашр, 1960.

7. Абдукодиров А. Навоийнинг татаббуънавислик махорати // Узбек адабиётшунослиги масалалари, 6 - китоб. - Хужанд: Рахим Жалилномидаги Давлат нашриёти, 1997.

8. Жумахужа Н. Миллий мустакиллик мафкураси ва адабий мерос // Узбек тили ва адабиёти, 1998, 1-сон.

9. Саломов Г., Комилов Н. Дустлик куприклари. - Тошкент: Фан,1979.

10. Шарк мумтоз поэтикаси. Биринчи китоб. - Тошкент: УСЭ, 2008.

11. Низомии Ганчдвй. Хамса. Махзану-л- асрор, Хусраву Ширин. Х,айатхои мушовара ва тахририяи 50-ч,илдаи осори классикон ва муосирон аз силсилаи " Ахтарони адаб", 19. - Душанбе: "Адиб", 2012.

12. Шайх Фаридуддин Аттор. Мантикут тайр (Куш тили). Форсийдан Узбекистон халк шоири Жамол КАМОЛ таржимаси. - Тошкент: Фан, 2006.

13. Фаридуддин Аттор. Мантик ут - тайр. Насрий баён. Форсийдан Нажмиддин Комилов ва Махкам Махмудов таржимаси.-Тошкент: Гафур Гулом номидаги нашриёт - матбаа ижодий уйи, 2006.

14. Навоий А. МАТ (Мукаммал асарлар туплами) 20 томлик, 12 том. "Лисонут тайр" -Тошкент: Фан, 1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.