Научная статья на тему 'AMIRIYNING ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIGA BOG‘LAGAN TAXMISLARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR'

AMIRIYNING ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIGA BOG‘LAGAN TAXMISLARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

584
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
литературная среда / литературное влияние / значимость / допущение / традиция / новаторство / художественный язык / стиль / поэтика. / adabiy muhit / adabiy ta‟sir / muxammas / taxmis / an‟ana / novatorlik / badiiy til / uslub / poetika.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zebo Qobilova

Maqolada Amiriyning Alisher Navoiy g„azallariga bog„lagan taxmislariga xos xususiyatlar haqida so„z boradi. Kuzatish va tahlillardan kelingan xulosalar bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье говорится об особенностях предположений Амири, приписываемых газелям Алишера Навои. Представлены выводы из наблюдений и анализов

Текст научной работы на тему «AMIRIYNING ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIGA BOG‘LAGAN TAXMISLARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR»

AMIRIYNING ALISHER NAVOIY G'AZALLARIGA BOG'LAGAN TAXMISLARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

Zebo Qobilova

Qo'qon DPI professori, f.f.d.

ANNOTATSIYA

Maqolada Amiriyning Alisher Navoiy g'azallariga bog'lagan taxmislariga xos xususiyatlar haqida so„z boradi. Kuzatish va tahlillardan kelingan xulosalar bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: adabiy muhit, adabiy ta'sir, muxammas, taxmis, an'ana, novatorlik, badiiy til, uslub, poetika.

АННОТАЦИЯ

В статье говорится об особенностях предположений Амири, приписываемых газелям Алишера Навои. Представлены выводы из наблюдений и анализов.

Ключевые слова: литературная среда, литературное влияние, значимость, допущение, традиция, новаторство, художественный язык, стиль, поэтика.

ABSTRACT

The article talks about the characteristics of Amiri's assumptions attributed to Alisher Navoi's ghazals. Conclusions from observations and analyzes are presented.

Keywords: literary environment, literary influence, significance, assumption, tradition, innovation, artistic language, style, poetics.

O'zbek mumtoz adabiyoti rivojiga mislsiz hissa qo'shgan shoh va shoir, ilm va adabiyot homiysi, o'z mamlakatidagi tinchlik va barqarorlikning kafili, ajoyib shaxs - Umarxon Amiriyning ijodini har tomonlama o'rganish adabiyotshunosligimizning dolzarb vazifalaridan. Negaki, XIX asrda mumtoz adabiyotimizda ikkinchi yuksalish davri, Vadud Mahmud ta'biri bilan aytganda, "ikkinchi oltin davr"ni boshlab bergan va yetakchilik qilgan Amiriyning ijodiy laboratoriyasini o'rganish, ta'sirlanish va ta'sir ko'rsatish, an'ana va novatorlik, til va uslubdagi yangiliklar kabi masalalarni tadqiq etish uning davri adabiy muhiti haqida aniq tasavvur paydo bo'lishiga zamin hozirlaydi. Fazliy

8-fevral

39

Namangoniyning "Majmuai shoiron" tazkirasidagi ma'lumotlarga ko'ra, Qo'qon adabiy muhitida eng ko'p nazira bog'lanadigan, ilhomlanish va tatabbu'ga sabab bo'lgan asosiy manba - bu Amiriy g'azallari hisoblanadi. Zamon shohining g'azallari payravligida shohona g'azallar yaratish davr adabiy muhiti shoirlari uchun sevimli mashg'ulotga aylangan. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, Amiriy g'azallari sof adabiy mezonlar asosida tekshirilganda ham, moziydagi she'riyatning eng sara namunalaridan bo'lib qolaveradi. Agar Amiriy she'rlari badiiy jihatdan yuksak, ma'naviy olami rangorang, fasohat bobida o'rnak olsa arziydigan she'rlar bo'lmaganida, Fazliy, Sho'xiy, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy kabi katta iste'dod sohiblari unga izdoshlik qilmasdilar.

Amiriy - zullisonayn shoir. O'z davrining munavvarfikrlari kabi u Malikulkalom Lutfiy, Mir Alisher Navoiy, Mavlono Fuzuliy bilan bir qatorda Xo'ja hofiz Sheroziy, Soib Tabriziy, Mirzo Bedil kabi fors adabiyotining yetuk namoyandalari asarlaridan ilhomlandi, ularning ijodiy tajribalarini muvaffaqiyatli o'zlashtirdi, payravligida yangi asarlar yaratishga erishdi. Amiriyning boshqa salaflarining ta'sirini o'z o'rnida e'tirof etgan holda, aytish kerakki, she'riyat bobida uning asosiy ustozi va ma'naviy piri - bu Alisher Navoiy hazratlari hisoblanadi. Nafaqat Amiriyning o'zi, balki "Qo'qon xoni Umarxon tegrasida yig'ilgan shoirlarning hammalari Navoiyning sodiq shogirdlari bo'lib qoldilar" [1, 175 ]. Shoira Dilshod ham "Tarixi muhojiron" ("Muhojirlar tarixi") asarida Qo'qon adabiy muhiti namoyanlari xususida fikr yuritar ekan, "Ijod yo'lida aksar tab' egalari buyuk amir va adabiyot shohi Navoiy g'azallarini o'rgandilar" [2, 85 ], - deb ma'lumot bergan edi.

"Sharq adabiyotida Bobosulton Navoiy, Mullo Shamsiddin Muhammad Navoiy, Mir Muhammad Sharif Navoiy, Baqoiy - Navoiy, kabi Navoiylar o'tgan, biroq har qaysisi o'zicha Navoiy bo'lgan, va birortasi ham Alisher Navoiy bo'la olmagan" [3, 79 ]. She'riyat sultoni Alisher Navoiy yaratgan "shavqangiz va muhabbatomiz" g'azallar, ulardagi takrorlanmas va jarangdor qofiyalar, go'zal ifodalar Amiriyning diqqatini o'ziga tortgan edi. Amiriyning o'zi g'azallarida bu haqda bir necha marta faxr va ehtirom ila bu holatni qayd qilib o'tadi. Jumladan, o'z asarlarini Navoiy g'azallariga nisbatan shunchaki bir qoralama ekanligini: "Bu g'azalni zeri mashqidur Navoiy daftari" [4, 336 ] misrasi orqali kamtarlik bilan ifoda etadi.

"Zermashq" o'laroq vujudga keladigan muxammaslarga nazar soladigan bo'lsak, bunda ham Navoiy g'azallariga bog'langan taxmislar Amiriy devonida yetakchi o'rin tutganiga

8-fevral

40

guvoh bo'lamiz. Turkiy muxammaslaridan 24 tasi aynan Navoiy g'azallariga bog'langanining o'zi Amiriyning "cherik chekmay Xitodan to Xuroson"ni qalami bilan fath etgan Navoiy she'riyatiga muhabbatini ko'rsatadi.

Amiriyning Navoiy g'azallariga bog'lagan taxmislarining umumiy jihatlari quyidagilardan iborat:

1. Amiriy taxmis bog'laganning yarmidan ko'pi - 13 tasi muraddaf (radifli) g'azallar hisoblanadi. Radifli g'azalga taxmis bog'lash alohida mahorat talab qiladi. Mantiqiy urg'uni takror bo'lib keladigan bir so'z yo bir iboraga yo'naltirish, radif bo'lib kelgan so'zning turli ma'no-mazmun tovlanishlarini besh misrada ochib berish, eng muhimi - tugal ma'noni ifoda etgan bir baytni yangi mazmun-mohiyat bilan boyitib borish hammaning qo'lidan kelaveradigan ish emas. Amiriy bu yumush naqadar mashaqqatli ekanligini bilgan holda jur'at bilan ustozining g'azalini beshlashtirishga kirishadi va buni muvaffaqiyat bilan uddalaydi.

2. Muraddaf g'azallardan tashqari, muxammaslar tarkibida radiflangan alohida bandlar ham juda ko'p uchraydi. Masalan, "Ko'nglum o'rtansun, agar g'ayringga parvo aylasa" misrasi bilan boshlanadigan g'azalga bog'langana muxammasning 10 bandidan 7 bandi ("aylasa", "o'lay", "chiqsun ko'zum", "o'lsun tilim", "bir shu'ladur", "mug'bacha", bo'lma nechakim") radifli shaklda keltiriladiki, bu ham Amiriyning she'r texnikasini naqadar puxta o'zlashtirganidan guvohlik beradi. Bu holatni biz deyarli barcha muxammaslarda uchratamiz. Navoiyga bog'langan muxammaslardan faqat "Yo'q damekim furqati jonimg'a bedod aylamas" hamda "Masihodin labing afsah, quyoshdin orazing ahsan" misrasi bilan boshlanadigan g'azallarda radiflangan bandlar uchramaydi.

3. Qofiya tizimida ham Amiriy Navoiyga izdoshlik qiladi. Misraning qofiyasini ta'minlovchi so'z etimologik jihatdan qaysi tilning leksik qatlamiga mansub bo'lsa, Amiriy aynan o'sha qatlamdagi so'zlarni qofiya sifatida keltirishni ma'qul ko'radi. Masalan, Amiriy turkiy devonidagi "Tushti savdolar boshimg'a, xattu xolingni ko'rub" misrasi bilan boshlanuvchi muxammasining uchinchi bandida Navoiy qo'llangan "quyosh" so'ziga "yosh", "qosh", "bosh" kabi sof turkiy so'zlar qofiya vazifalarini bajargan bo'lsa, beshinchi bandda Navoiy qo'llagan "takallum" so'ziga arabcha qofiya tizimini qo'llashni muvofiq deb bilgan:

Moni ' o „ldi yoshima, vasling tarahhum ayladi,

Shomi hijrondin quyoshdek raf'i anjum ayladi,

Gah itobu noz aylab, gah tabassum ayladi,

Nargising afsun, gulbarging takallum ayladi,

Aqli kul topti firib, ul makri oliyni ko „rub.

8-fevral

41

4. Navoiy g'azallari mavzu jihatdan juda rang barang. Ammo Amiriy faqat oshiqona g'azallarga taxmis bog'lashni ma'qul ko'radi. Uning muxammaslarida hasbi hol, orifona, hamd va na't mavzularidagi she'rlarni ko'rmaymiz. Bu ham Amiriyning ijodga munosabatini bildiruvchi jihatlardan biri hisoblanadi. Negaki, Navoiyning o'z davri malikulkalomi - Mavlono Lutfiy g'azallariga bog'langan taxmislariga nazar soladigan bo'lsak, Navoiy aynan hamd va na't mavzusidagi g'azallarga murojaat qilganini ko'ramiz. Bu bilan Navoiy Lutfiyni shunchaki bir shoir emas, balki taqvoli, valiysifat bir ulug' inson ekanligini eslatmoqchi bo'lgandek tuyuladi. Bu farazimizga "Nasoyim ul-muhabbat"da 770 avliyo sirasida Mavlono Lutfiyni ham zikr etgani qo'shimcha dalil bo'lib xizmat qiladi. Amiriy esa, Navoiy siymosida eng avvalo shoirni ko'rardi. Uning go'zal she'rlaridan zavqlanardi, shoirlik dahosiga ta'zim va ehtirom holatda turib, shu zavqni boshqalarga ham muxammaslari orqali ulashgisi kelardi.

5. Taxmislar 5 banddan 11 bandgacha tuzilgan. Amiriy imkon boricha g'azalni to'liq beshlashtirish yo'lidan borgan. Barcha baytlarga taxmis bog'lash bir tomondan muxammas bog'lovchining shoirlik mahoratini belgilasa, ikkinchi tomondan, taxmis bog'lanayotgan g'azal to'liq holda kelajak avlodga yetkazishning muhim vositasi hisoblanadi.

6. Amiriy taxmis bog'lash jarayonida Navoiy qo'llagan obraz va timsollar hamda leksik qatlamdan foydalanishga harakat qiladi. Agar Fuzuliyga bog'lagan taxmislarida o'g'uzcha sheva elementlari ("cho'x", "qamu", "santak", "o'landan so'r") qo'llanilgan bo'lsa, Navoiy g'azallariga bog'langan taxmislarda sof o'zbekcha so'zlar va iboralar qo'llanilganiga guvoh bo'lamiz.

7. Badiiy san'at qo'llashda ham Amiriy Navoiyga to'laqonli izdoshlik qilgani, Navoiy qo'llagan lafziy va ma'naviy san'atlarni yangi imkoniyatlarini namoyon etgani ham Navoiyning bu shogirdi she'riyat bobida ko'zga namoyon muvaffaqiyatlarga erishganiga yana bir dalildir. Masalan, "Qasrning har kunguri uzra balo toshimudur?" misrasi bilan boshlanadigan g'azalda tajohuli orif san'atining yangi-yangi qirralari namoyon bo'lgan bo'lsa, "Bahor ayyomi keldi, o'ldi olam tozau xurram" misrasi bilan boshlanadigan muxammas to'liq ichki saj' asosida yaratilganiga guvoh bo'lamiz:

Uzori bodadin gulgun, yuz uza kokuli sunbul, Falakni atlasi ul gul samandi uzra bo „Isun jul, Dedim: "Har yon ne chindur bul?" Dedi: " Ul turrai kokul ",

Qo „nib ul sarv uza bulbul, chekib gul shavqidin g Ulg „ul.

8-fevral

42

Albatta, bir maqola hajmida barcha taxmislarning ma'no-mohiyati, badiiy olami, o'ziga xosligini qamrab olish mushkul. Ammo mana shu birlamchi xulosalar ham Amiriyning o'ziga xos dilbar shoir ekanligi, Navoiyni to'liq anglagan, ma'rifat aylagan, his etgan holda unga ergashganini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Fitrat A. Tanlangan asarlar. II jild (Nashrga tayyorlovchi H.Boltaboyev). - T.: Ma'naviyat, 2006. -112 b.

2. Dilshod. Tarixi muhojiron / Dilshod. Anbar otin. O'zbek shoiralari bayozi (Tuzuvchi M.Qodirova). - Toshkent: Fan, 1994. - 85 b.

3. V.Abdullayev. Navoiy va Samarqand shoirlari. Navoiy va adabiy ta'sir masalalari. Toshkent,1968. 79 b.

4. Amiriy. Devon. Ikki jildlik. 1 -jild. O'zbekcha she'rlar. - Toshkent: Tamaddun, 2017. - 336 b.

5. Navoiy Alisher. To'la asarlar to'plami 10 jildlik / Nashrga tayyorlovchilar : H.Sulaymon, I. Haqqul; Mas'ul muharrir S.Rafiddinov.-Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi, 2011 .-J. 1: G'aroyib us-sig'ar .-804 b

6. Navoiy Alisher. To'la asarlar to'plami 10 jildlik / Nashrga tayyorlovchilar : H.Sulaymon, I. Haqqul; Mas'ul muharrir S.Rafiddinov.-Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi, 2011.- J.2 : Navodir ush-shabob.-772 b.

7. Navoiy Alisher. To'la asarlar to'plami 10 jildlik / Nashrga tayyorlovchilar : H.Sulaymon, S.Rafiddinov; Mas'ul muharrir I Haqqul.-Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi,2011.- J.3. Badoe' ul-vasat .-764 b.

8. Navoiy Alisher. To'la asarlar to'plami 10 jildlik / Nashrga tayyorlovchilar : H.Sulaymon, I Haqqul; Mas'ul muharrir S.Rafiddinov.-Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi, 2011.- J.4. Favoyid ul-kibar.-764 b.

9. Haqqul I. Abadiyat farzandlari. - Toshkent: Yosh gvardiya, 1990. - 101 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.