Научная статья на тему 'ADOLAT TASVIRI VA ALISHER NAVOIY DAHOSINI ANGLASH MUAMMOLARI'

ADOLAT TASVIRI VA ALISHER NAVOIY DAHOSINI ANGLASH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

788
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alisher Navoiy / adolat / g„oya / badiiy mahorat. / Alisher Navoi / justice / idea / artistic skill.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Boqijon To‘xliyev

Maqolada Alisher Navoiyning adolat g„oyasining badiiy ifodasiga oid tajribalari tahlilga tortilgan. Unda bu boradagi an‟ana va shoirning kashfiyotlari haqida so„z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article examines Alisher Navoi's experiments on the artistic description of a good idea. It talks about the poet's discoveries in this regard.

Текст научной работы на тему «ADOLAT TASVIRI VA ALISHER NAVOIY DAHOSINI ANGLASH MUAMMOLARI»

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

ADOLAT TASVIRI VA ALISHER NAVOIY DAHOSINI ANGLASH

MUAMMOLARI

Boqijon To'xliyev

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, filologiya fanlari doktori

[email protected]

ANNOTASIYA

Maqolada Alisher Navoiyning adolat g'oyasining badiiy ifodasiga oid tajribalari tahlilga tortilgan. Unda bu boradagi an'ana va shoirning kashfiyotlari haqida so„z yuritilgan.

Tayanch tushunchalar: Alisher Navoiy, adolat, g'oya, badiiy mahorat.

ABSTRACT

The article examines Alisher Navoi's experiments on the artistic description of a good idea. It talks about the poet's discoveries in this regard.

Keywords: Alisher Navoi, justice, idea, artistic skill.

Alisher Navoiy fenomenini anglash ham, boshqalarga buni yetkazish: tushuntirish va izohlash ham yengil yumushlar sirasiga kirmaydi. Buning uchun hamma: tushuntiruvchi ham, tushunishga intiluvchi ham Alisher Navoiyga daxldor bo'lgan narsalarning juda ko'pini tasavvur etishi, bilishi, kamida, mutafakkir adibning asarlarini o'qib chiqishi shart. Tushuntiruvchilar zimmasida esa Amir Alisher Navoiy o'qigan kitoblarni o'qib chiqish vazifasi ham jiddiy tarzda ko'ndalang bo'lib turibi. Mutafakkir o'qib chiqqan, foydalangan, o'z asarlarida ularning ma'rifiy nurlaridan bahramand bo'lgan, lekin nomlarini biror joyda qayd etmagan ustozlar va ularning o'tkir qalamlariga mansub asarlar bu ro'yxatga kirmaydi.

Biz hali Alisher Navoiyning o'zi nomlarini tilga olgan ayrim asarlar etagini ham to'laligich tuta olganimiz yo'q.

Bu mulohazalar navoiyshunoslikning bugungi darajasiga e'tiroz yoxud inkor emas. Bular navoyshunoslikning zimasida hali ulkan vazifadarning salmog'i nihoyatda kattaligini e'tirof va ta'kidlab o'tish, xolos.

Alisher Navoiyning qalami sehrli, o'tkir, o'z tili bilan aytganda "nuktapardoz". Agar o'sha davr adabiy janrlarining eng mittisi fardu eng hashamatlisi doston bo'ladigan bo'lsa, ularning

8-fevral

255

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

barchasida yaratilgan asarlar buyuk mutafakkir nomini bugun ham munosib tarzda sharaflab turibdi. Mavlono qaysi mavzuda qalam tebratgan bo'lsa, bularning barchasi haddi a'losiga yetgan. Shuning uchun ham ular haqida muallifning "so'zum martabasi avjdin quyi inmagay va bu tartibim kavkabasi a'lo darajadin o'zga yerni beganmagay", - degan e'tiroflariga haq berish joiz" [1.527]

Adib asarlaridagi odam va olamga daxldor bo'lgan ko'plab ijtimoiy hamda adabiy-estetik muammolarning badiiy tadqiqini ko'rish qiyin emas. Navoiy ijodxonasida adabiy qahramonlarning ulkan galareyasi yaratilgan. Ularning yoshi, kasbi, mashg'uloti, ijtimoiy mavqeiga qaralsa, jamiyatdagi deyarli har bir qatlam, har bir guruhning qamrab olingani oydinlashadi.

Birgina ijtimoiy adolat muammosining badiiy talqinining o'ziyoq bu mulohazalarni tasdiqlaydi. Ushbu muammo jamiyatdagi turli toifadagi shaxslarga bog'liq holda talqin etiladi.

Alisher Navoiyning talqinida adolat, ko'p jihatdan, hukmdorga bog'liq. U qanday fazilat ega bo'lishi lozim? Uning yaxshi yoki yomonligi qanday o'lchanadi?

Talqinlarda ularning o'ziga xos "o'lchov birliklari" ham yaratilgan. Bunga ko'ra, hukmdorda adolat, donishmandlik, bunyodkorlik, xalqparvarlik yetakchi fazilatlar bo'lishi kerak. Jumladan, "Saddi Iskandariy"dagi Kayumars uchun asosiy shior "oyini dod", ya'ni "adolat udumi" edi.

Navoiy ushbu muammoni hal etishda podsholarning silsilaridan, aniqrog'i, shu silsilaga mansub shohlarning amalga oshirgan ishlarini boshqalar xotirasiga keltirish usulidan foydalanadi

n

.. .Yana bir j ahondor Hushang edi

Ki, zebandai toju avrang edi.

Anga yo'q xiradmandlig' ichra had,

Bitib nusxaye "Jovidoni xirad". [2/75-76]

Demak, Ho'shang bir tomondan jahondorlik bilan, ikkinchi tomondan esa ta'limiy hamda tarbiyaviy ahamiyati katta bo'lgan asarlarni ko'paytirib, ularni ommalashtirish bilan shug'ullangan.

Shu o'rinda mumtoz matnlarni o'qish, ularni tushunish hamda boshqalarga tushuntirish bilan bog'liq bo'lgan bir hodisani qayd etishga to'g'ri keladi Ma'lumki, matn tushunchasi bevosita uni bunyod etuvchisi hamda uni qabul qiluvchisi uchun har doim bir xil bo'lavermaydi. Bu matn bilan qaysi vaqt oralig'ida tanishish jarayoniga bevosita bog'liqdir. Demoqchimizki, Navoiy bu asarni yozgan paytda o'sha davr

8-fevral

256

qurshovida edi. Aniqrog'i, Alisher Navoiyni qurshab turgan ijtimoiy-ma'naviy muhit adib asarlarining asosiy qismini qo'shimcha izoh va sharhlarsiz ham tushunishga imkon bergan. (Albatta bu hamma asarni barcha kitobxon har doim bir xilda qabul qiladi, degani emas. Gap ma'lum badiiy-estetik tayyorgarlik darajasini ta'min etadigan ijtimoiy-ma'naviy muhit haqida bormoqda).

Alisher Navoiyning ushbu dostoni yaratilgan paytda bu yerda nomlari tilga olingan qahramonlar, xususan, qadimgi tarixga daxldor bo'lgan hukmdorlar haqidagi mif, afsona, rivoyat va ertaklar taomilda bo'lgan. Aholining savodli qismi esa tarix kitoblaridan ham ko'plab ma'lumotlarni olish imkoniga ega edi.

Bu o'rinda biz birgina Firdavsiyning "Shohnoma"sini esga olishimiz mumkin. Bu asar shu darajada keng tarqalganki, uning fors-tojik tilida yaratilgani turkiy xalqlar uchun hech bir monelik qilmagan. Ayniqsa, ikkitillilik muhiti bunday imkoniyatni yanada kengaytirgan.

Yana Xo'shangga qaytaylik. U kim bo'lgan? Alisher Navoiy uni nima uchun tilga oladi? Bu savolga javob berishda bizga buyuk Firdavsiy yordam beradi. "Shohnoma"dagi ayrim baytlarni o'qiymiz: Biyozid Hushang chun sher chang, Jahon kard bar dyevi nastuh tang... [4.51] Hushang qildi sherday o'shal onda jang, Yaramas yov uchun jahon bo'ldi tang. (tarjima bizniki - B.T.)

V-z on pas jahon yaksar obod kard, Hama ro'i geti pur az dod kard... [4.52] Keyin bo'ldi olam ozoda, obod, Adolat tufayli elu yurti shod.

Naxustin yakye gavhar omad ba chang, Ba donish zi ohan judo kard sang. [4.52] Birinchi guharni u topdi, qarang, Bilig sabab judo temir ila sang. Chu bishnoxt, ohangari pesha kard, Kujo z-o' tabar, arra, tesha kard. [4.52]

Temir ishi bo'ldi u zamon pesha, Yaraldi bolta-yu arra-yu tesha. Az in pesh k-in korho bud basech

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-255-264

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Nabud xo'rdaniho juz az meva hech. [4.52]

8-fevral

Hama kori mardum nabudi ba barg, Ki po'shidanishon ham bud barg. [4.53]

Bu ishlardan oldin ne erdi tilak, Ozuqa bormidi mevadan bo'lak?! Ko'p ishga yarardi shoxi, butog'i, Boru yo'q kiyim ham daraxt yaprog'i.

Xullas, matndagi birgina Hushang nomi o'sha davrdagi ko'plab kitob muxlislari uchun mana shunday tasavvurlarni uyg'ota olardi.

Ayni mana shu nuqtalar Alisher Navoiyning o'z adabiy ideallarini nisbatan yorqinroq ifodalash imkonini bergan. Birgina Hushang tavsifi shunday xulosa chiqarishga to'la imkon beradi. Qolaversa, bu yerda podshoning bilim va ma'rifiatga bo'lgan qiziqish va e'tibori ham bejiz ta'kidlanmagan. "Jovidoni xirad" qadimiy andarzlarning an'analari silsilasida yaratilgan turkum kitoblarning biri. Ayni paytda buni Navoiy o'qigan qadimiy manbalardan biri sifatida ham qarash kerak. Kitobg ing muallifi "faylasuf, shoir, mashhur tarixchi Miskavayh Roziy (932-1030) axloq nazariyasini yaratgan mutafakkirlar silsilasidan bo'lib, ikkita sermazmun kitob: "Tahorat ul-a'roq" va "Tahzib ul-axloq" larini yozadi. Bularni takomillashtirish ustida ishlab amaliy axloqqa oid qimmatli "Jovidon xirad" kitobini tuzadi. "Jovidon xirad" Sharq va G'arb mutafakkir faylasuflarining hikmatlaridan iborat" [3.199].

"Saddi Iskandariy"da tilga olingan Tahmuras bunyodkorlik bilan jiddiy shug'ullangan bo'lsa, Jamshid yangi o'lkalarni qo'shib olish hamda o'sha joydagi taxt va unga bog'liq mansablarni munosib kishilarga berish, ko'plab yangi va yaxshi ishlarni joriy etish bilan band bo'lgan: Base shahr olamda qildi bino, Nishopuru Marvu Sipohon9 yano.

Yana surdi Jamshid10 olamg'a raxsh Ki, ham taxtgir erdi, ham tojbaxsh.

Xaloyiqqa ko'p yetkurub intifo', g'arib amr ko'p ayladi ixtiro'...

Tasvirda o'zaro zid qo'yish usuli ham hukmdorlar faolitini ko'rish, kuzatish hamda baholash imkonini beradi: Faridun12 edi so'ngra ofoqgir,

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-255-264

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Anga bori ofoq farmonpazir.

8-fevral

Yana dahr dorosi Zahhok11 edi,

Ki, el qoni to'kmakta bebok edi... [2.76]

Ko'rinib turganiday, Faridun ezgu fazilatlar egasi sifatida tasivrlansa, Zahhok yomonliklar timsoli sifatida ko'rsatiladi. Qiziqki, bunday juftliklarning nisbatan qadimiy talqinlarida ham ayni mana shunday yondashuv ustuvor mavqe tutgan edi:

So'kushlug nelug buldi Zahhak o'tun,

Nelug o'gdi buldi Faridun qutun.

Biri ezgu erdi, ani o'gdilar,

Mazmuni:

Yaramas Zahhok nima uchun so'kishga munosib bo'ldi,

Baxtli Faridun qanday qilib olqishlar oldi.

Biri ezgu edi - uni maqtadilar,

Biri yomon edi - uni so'kishdi. [5.96-97]

Alisher Navoiyning ideal shoh yoki shoh ideali haqidagi tasavvurlari nihoyatda boy va aniq. Ularning go'zal namunalari, jumladan, "Saddi Iskardariyda"dagi Iskandar obrazida ham o'z ifodasini topgan.

Dostonning XIX bobi "Iskandarning saltanat tojidin sarkashlik qilib, xilofat taxtidin ayoq tortqoni va Rum ahli boshlarin oyog'iga qo'yub, aning maqdamidin taxt poyasin baland qilib, toj qadrin arjumand qilg'onlari va aning adli aynining quyoshi bila zulm shomining xuffoshin ko'r etib, jahonni yorutqoni va zulm ahlining zulmatdek olam yuzidin qiroq tutqoni" tarzida nomlangan.

Faylaqus o'g'li - Iskandarg'a toju taxtni taqdim etadi. Iskandar "donoyi ofoq edi, bilik ichra ofoq aro toq edi". Shunga ko'ra, bu taklifdan malolat chekadi. Ammo ota taklifini rad etish ham farzandlarning munosib raftorlariga kirmaydi. Shuning uchun u "ulusni yig'ib, "bir anjuman tuzadi", ularga qarata dilidagi mulohazalarni bildiradi. Shoir Iskandar mulohazalariga quyidagi mazmunni ham singdirib yuboradi:

1. Ularning makon va manziliga aniqlik kiritiladi:

«Ki, ey qavmkim, mulkungiz keldi Rum

Ki, ollimda holo qilibsiz hujum. [2.105]

2. Inson zotining o'zaro tengligi, ularning barchasi xudo nazdida bir xildagi - bandaligi ta'kidlanadi:

Agar sarfaroz ar sarafgandasiz,

Bori Tengriga men kibi bandasiz.

3. O'zining ulardan ustunligini emas, aksincha pastroq

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-255-264

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

turishni haqqoniy va ta'sirchan misol vositasida tushuntiradi:

8-fevral

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Eman siz kibi, sizdin o'ksuk base, Atosiz, dil ozurdaye, bekase.

4. Nihoyat taxtni rad etish uchun asos bo'lgan dalillarning asosiysiga ko'cha boshlaydi. Bunda taxtning an'anaviy meros asosiga qurilgan qadriyat ekani qayd etilsa-da, bunga munosiblik darajasi ham muhim talablardan biri ekani alohida uqtiriladi. O'z ota-bobolarining ayni mana shu talablar bilan uyg'unligi, o'zining esa shu jihatga ko'ra, farq qilishi (bu borada o'zining tajribasizligi hamda saltanat ishining murakkabligi)ni yig'ilganlar e'tiboriga havola qiladi: Atomni agar lutf aylab Iloh, Bu kishvar uza ayladi podshoh.

Hamono bu ishga sazovor edi, Bu yuk chekkali quvvati bor edi.

V-ar obovu ajdodima qildi Haq, Bu mulk ahlig'a hukmronliq nasaq*.

Nasaq - tartib; qoida, urf-odat.

Alar dog'i zeboi taxt erdilar, Tavonou feruzbaxt erdilar.

Vale men erurmen bag'oyat haqir, Dog'i saltanat amri behad xatir.

Xatir - xatarli, qiyin, og'ir.

Mazkur mantiqiy dalillar silsilasidan keyin Iskandarning o'z shaxsiyati haqidagi mulohazalari yig'ilganlar uchun kutilmagan, ammo haqqoniy e'tirozlar sifatida j aranglaydi:

Bu ishga keraktur tavono kishi, Emas men kibi notavono ishi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Sher va fil ko'taradigan yukni chumoli va pashshaga yuklash mumkinmi? Ya'ni mendan oldingilarning sher va filday bo'lganlari holda ularning muqobilida men chumoli va pashshaga o'xshab qolaman: Erur tortmoq sher chekkonni mo'r, Yukin pilning aylamak pashsha zo'r. Odatda, asosiy fikr, ko'pincha, nutq oxirida joylashadi. Navoiy ham Iskandar nutqini keltirishda shu tamoyilga rioya qiladi. Endi Iskandar bu borada o'zining hech qanday niyati

8-fevral

260

bo'lmaganini, buning ustiga bu borada o'zini qobiliyatsiz hisoblashini, shunga tayanib o'z uzri va taklifini ham aytadi:

Ne bor shahlik aylarga niyat manga, Ne aylay desam qobiliyat manga.

Bu taklifdin chunki ranjurmen, Agar aylasam tark - ma'zurmen.

Chu men ayladim ajzim izhorini, Bu andeshadin ko'nglum ozorini.

Siz emdi o'zunguzga shohye toping, Bu kishvarg'a kishvarpanohye toping. [2.106]

Shundankeyin Iskandar tilidan shoh bo'ladigan kishining qanday fazilatlar egasi bo'lishi lozimligi ham aytiladi: Har ishta zamon ahlining foyiqi Ki, to bo'lg'ay ul shohlig' loyiqi. Foyiq - zabardast; ustun, afzal; munosib. Quyoshdek qaviymehru ravshanzamir, Va gar chiqsa ashhabqa ofoqgir.

Adolat aro fasli navro'zdek, Siyosatda barqi* jahonso'zdek.

*Barq - chaqmoq, yashin. Iriklik* chog'i xasmg'a chorasoz, Qotig'liq mahalli raiyatnavoz . *Iriklik - erkinlik; birovga qaram bo'lmaslik. Qotig'liq - qattiqlik, qiyinchilik. Anga taxtu davlatni maskan qiling, Boshin toj birla muzayyan qiling

Kim, ul yog'durub abri ehsonini, Eramdek qilib mulk bo'stonini.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-255-264

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Adu xaylin oshuftahol aylasun, Sanam zulfidek poymol aylasun...

8-fevral

Musofir yo'li rishtasin uzmasun, Qaroqchi qarosini ko'rguzmasun.

Qilib zabt ila mahkam o'g'ri yo'lin, Ulus molidin qisqa qilsun qo'lin...

Berib zulmgustarga farsudaliq, Raiyatqa yetkursun osudaliq». [2.107-108]

Bunday so'zni kutmagan xalq hayronu lol bo'lib qoladi, Ular ohu faryod chekiib unga murojaat qilishadi:

Qila olmayin bu balo ixtiyor,

Borimiz qilurbiz jalo ixtiyor! [2.109]

Shundan keyingina,noiloj qolgan Iskandar taxtni qabul qiladi.

Bo'lub xotiri haddin ortuq malul,

Ulus iltimosini qildi qabul.

Bu yerda shoirning yana bir orzusi o'z ifodasini topadi. Shohning har ikki tomonidan ham ikki donishmand o'rin oladi. Shu o'rinda yana Yusuf Xos Hojibni eslashga to'g'ri keladi. U adolat timsoli bo'lgan Kuntug'di elig - podshohning yonida avval donishmand Oyto'ldini, keyinroq Aql-idrok timsoli bo'lmish O'gdulmishni tasvirlagan edi. Shunga o'xshash Navoiy tasvirida Iskandarning yonida Arastu va Balinos turadi:

Rizo zohir etgach, shahi navjuvon,

n

Arastuyi farzona qo'pti ravon.

Olib tojni aylabon arjumand, Aning boshidin ayladi sarbaland.

Ravon tutti aytib sano, bir qo'lin,

o

Balinosi dono yano bir qo'lin.

Arastu va Balinos obrazlari har kimga ham tushunarli bo'lavermasligi mumkin. Shuning uchun ham adib ularni Sharq odami - o'zbek kitobxoni ham osongina tushuna oladigan obrazlar bilan qiyoslaydi, aniqrog'i buni ularga o'xshatadi: Arastu bila o'q, Balinos edi Ki, bu Xizr edi, ul bir Ilyos9 edi.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-255-264

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-255-264 o'rganish masalalari

Xaloyiqqa yuzlandi bir inbisot* Ki, o'lturgali yetti mufrit nishot.

*Inbisot - xursandchilik, shodlik.

Nisor ul qadar sochti yaxshi-yamon Ki, qildi nujum arzni osmon. [2.110]

Bu, agar bizning zamondagi atamalar bilan ifodalanidagan bo'lsa, mamlakat miqyosida plyuralizm, so'z erkinligi, ijtimoiy demokratiya, fikrlar rang-baraangligi sari yo'l degani bo'ladi.

Alisher Navoiy masalaning mohiyatini nihoyatda teran tushunadi, shuning uchun ham uning amaliy jihatlarini ham cho'zib o'tirmaydi, shu kunning o'zidanoq shoh aytgan hodisalar amal qila boshlaydi: Ulus boshladi arzi hol aylamak, Skandar bila qiylu qol aylamak.

Sahardin anga tegrukim istivo, So'rub, xalq dardig'a qildi davo. *Istivo -kun o'rtasi, tush(lik) payti

Kishi qoni to'kkanni bo'ynin urub, Qo'lin kestururning, qo'lin kesturub.

Berib dod mazlumi g'amxorag'a, Qilib rahm marhumi bechorag'a...

Bularning barchasi hali dengizdan bir tomchigina, xolos. Navoiyshunoslik oldida bu adabiy-estetik hodisaning asl ildizlarini topish, bu g'oyaning adib asarlaridagi yaxlit bir holdagi mazmun va mohiyatini uning yuksak badiiyat namunalari sifatida namoyon bo'lish shakllariga tegishlicha baho berish kelajakning vazifasi bo'lib turibdi.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. Muhokmat ul-lug'atayn. // To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. 10-jild. - Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011, 511-537-betlar.

2. Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy. Nashrga tayyorlovchilar [T.Ahmedov], S.Rafiddinov.- // To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. 8-jild. -Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011, 511-537-betlar.

8-fevral

263

Volume 4 j Conference Proceedings 1 j 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

3. Merosi jovidon. (Kitobi 1). Tahiyakunandai matn, muallifí sarsuxanu debocha va tavzehotu shorehi lug'ot Hamraboyev Nasimjon. - Xujand, Nuri ma'rifat, 2018. -312 sah.

4. Firdavsiy. Shohnoma. Iborat az 9 jild. Jildi yakum. - Dushanbe, "Adib", 1987 . -s.480.

5. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. (Saodatga eltuvchi kitob). Transkripsiya va hoziïgi o'zbek tiliga tavsif. Nashrga tayyorlovchi Q.Karimov. -Toshkengt, Fan, 1972, 964-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.