Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY “XAMSA”SIDAGI SUQROT OBRAZI GENEZISI'

ALISHER NAVOIY “XAMSA”SIDAGI SUQROT OBRAZI GENEZISI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1106
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Suqrot / Ksenofont / Platon / Aristotel / “Iqbolnoma” / “Farhod va Shirin” / zohid / piri komil / payg‟ambar / nabiy / mantis. / Сократ / Ксенофонт / Платон / Аристотел / «Икболнама» / «Фархад и Ширин» / аскет / пири камиль / пророк / мантис

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nafisa Azatbekovna Raxmanova

Ushbu maqolada jahon adabiyotida Suqrot hayotiga bag„ishlangan tarixiy va badiiy asarlar, Nizomiyning “Iqbolnoma” va Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonlaridagi Suqrot obrazlariga tavsif berilgan. Voqealar rivojida Suqrot obrazining tutgan o„rni ochib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье описываются историко-художественные произведения, посвященные жизни Сократа в мировой литературе, образы Сократа в эпосах Низами «Икбалнама» и Алишера Навои «Фархад и Ширин». Раскрывается роль образа Сократа в развитии событий.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY “XAMSA”SIDAGI SUQROT OBRAZI GENEZISI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-204-208

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

ALISHER NAVOIY "XAMSA"SIDAGI SUQROT OBRAZI GENEZISI

Nafisa Azatbekovna Raxmanova

ChDPU o'qituvchisi, [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jahon adabiyotida Suqrot hayotiga bag'ishlangan tarixiy va badiiy asarlar, Nizomiyning "Iqbolnoma" va Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonlaridagi Suqrot obrazlariga tavsif berilgan. Voqealar rivojida Suqrot obrazining tutgan o'rni ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Suqrot, Ksenofont, Platon, Aristotel, "Iqbolnoma", "Farhod va Shirin", zohid, piri komil, payg'ambar, nabiy, mantis.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описываются историко-художественные произведения, посвященные жизни Сократа в мировой литературе, образы Сократа в эпосах Низами «Икбалнама» и Алишера Навои «Фархад и Ширин». Раскрывается роль образа Сократа в развитии событий.

Ключевые слова: Сократ, Ксенофонт, Платон, Аристотел, «Икболнама», «Фархад и Ширин», аскет, пири камиль, пророк, мантис.

ABSTRACT

This article describes the historical and artistic works dedicated to the life of Socrates in world literature, the images of Socrates in the epics of Nizami "Ikbalnam" and Alisher Navoi "Farhad and Shirin". The role of the image of Socrates in the development of events is revealed.

Keywords: Socrates, Xenophon, Plato, Aristotle, "Ikbolnama", "Farhad and Shirin", ascetic, piri kamil, prophet, mantis.

Hakimlar va yunon faylasuflari Sharqda yaratilgan "Xamsa" larning, xususan, Iskandarga bag'ishlangan dostonlarning an'anaviy obrazlari sirasiga kiradi. Yunon faylasuflarinining qarashlari islomiy dunyoqarashga muvofiq kelgani, Suqrot, Platon va Arastuning komil axloq haqidagi o'gitlari tasavvuf g'oyalari bilan bir xil bo'lgani, bu hikmatlar islomga xizmat qiladi, deb hisoblaganliklari uchun ularni musulmon qilib tasvirlash tendensiyasi X asrlardan boshlangan. Qadimgi hind, fors, musulmonlar tafakkuri mahsuli bo'lgan hikmatlar ham ularga nisbat berila boshlangan. "Natijada,- deb ta'kidlaydi

8-fevral

204

iskandarnomalardagi yunon faylasuflari genezisini o'rgangan navoiyshunos olim Ilyos Ismoilov,- ular xamsanavislikka musulmon qiyofaga ega obrazlar sifatida kirib keldi, ya'ni Navoiy va Nizomiyga qadar yunon donishmandlari haqidagi tasavvurlar islomiy tus olib ulgurgan. Shu bois Nizomiy va Navoiyning bu obrazlarga doir talqinlari asosini sharq manbalari, xususan, forsiy andarzlar va arab hikmat adabiyotidan qidirish mantiqli" [2, 113] Suqrot, Aflotun va Arastu bu obrazlar orasida eng faollari hisoblanadi.

"Iskandarnoma"da Iskandarning xilvatda yetti hakim bilan olamning asosi haqidagi suhbati va hind donishmandlari bilan savol-javobi; Arastu, Aflotun va Suqrotning uning uchun maxsus yo'riqnomalar bitishi voqealari Iskandarning donishmand sifatida kamolotga erishuvi, shu orqali uning payg'ambarlikka yetishuvini asoslash, shuningdek, olimlarning mamlakat taqdiriga ta'sirini ko'rsatish uchun kiritilgan. Albatta, haqiqiy olim va faylasuflar davrasi ilm nuri ila charog'on bo'ladi. Ularning davrasini adib shunday ta'riflaydi: Yetti pargor edi shoh tegrasida, Ul esa nuqtadek, eng o 'rtasida. Ajab davra edi, shu kuchli, porloq, Kibrdan xoliyu bodadin yiroq... [3,139]

Bir kuni Iskandar uyqudan uyg'onib, Suqrotni huzuriga keltirishlarini buyuradi. Xilvatda zohidona hayot kechiradigan Suqrot ikki marta shohning taklifini rad etadi. Bora olmasligining sabablarini birma-bir sanaydi: 1) yaxshi-yomonni ajrata oladigan aqlim saroyga bormasligim kerakligini aytmoqda; 2) shohning ko'nglida va so'zlarida menday zohidga mehr yo'q; 3) inson ostonasida turgan Jabroil bilan o'ynashmaydi; 4) shohning mahramlari kambag'al insonga do'stona nazar solmaydi, ular dengizdagi dur-u javohirni yutishga tayyor nahanglarga o'xshaydi; 5) shoh xizmatidagi insonning tili shirin bo'lishi kerak, mening kabi tili achchiq inson shoh g'azabiga duchor bo'lishi shubhasiz; 6) saroyga boray desam, yo'ldagi tosh ham menga to'siq bo'ladi, otim oqsoqlanadi; 7) menga yomonlik qilganlar aslida o'zlariga ziyon yetkazadilar, chunki:

Menga xaloyiqdin ne sudu samar, Haq boylaganman belimga kamar.

Elchi uning javobini Iskandarga yetkazadi. Iskandar Suqrot yashaydigan xilvatgohga yo'l oladi, uning faqirona hayoti shohga qattiq ta'sir qiladi. "Men bilan saroyga yur, jahon tashvishidan ozod bo'lgaysan", - deydi. Suqrotning bu taklifga bergan rad javobi, beixtiyor, "Qutadg'u

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-204-208

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

bilig" dostonidagi O'zg'urmish bilan O'gdulmish suhbatini yodga

8-fevral

soladi: "Sening bug'doy noningdan mening arpa nonim shirin; bir dona somonni ko'tarsa, charchaydigan odam tog'dek yukni ko'tarishni qanday zimmasiga olsin? Sen ko'p yeguvchisan, men kam yeyman. Jahon oldingda shay misoli surfa, Har qancha yesang-da, to'ymaysan sira. Issiqda ham, sovuqda ham korimga yaraydigan bir jandam bor. Sening ustingda to'nlaring qavat-qavat..."

Suqrot har jihatdan komil pir va ustod sifatida shohga maslahatlar beradi. Iskandarga o'zi yasatgan ko'zguga hech qachon zang qo'ndirmasligini uqtiradi. So'ngra turli xil diniy va dunyoviy masalalarda savol-javoblar bo'lib o'tadi. "Achchiqlanma, magar gapirdim achchiq, Aytarimni shirin aytmadim ortiq. Kuyik qalbim meni tark etmish edi, Sayr etgali samoga ketmish edi. Osmondin zaminga qaytdi bu ko'ngil, U yoqdin senga deb keltirgani shul...", - deydi Suqrot suhbat so'ngida. Shoh saroyga qaytadi va Suqrotning nasihatlarini oltin harflar bilan qog'ozga yozdirib qo'yadi. [5,112-125]

Nizomiy uchun ham, Navoiy uchun ham Suqrot donishmandlik, zohidlik, kamolot timsoli edi, shuning uchun har ikkala "Xamsa" da Suqrot obrazi Iskandar va Farhodning ustozi, piri qilib tasvirlangan. Nizomiy Iskandarga rahnamo qilib zohid Suqrotni tanlar ekan, tarixiy Suqrotning zohidona hayoti va bashoratchilik qobiliyatiga asoslangani shubhasiz. Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida esa Suqrot Iskandarning dengiz safariga boshchilik qiladi. Hakimlar dengiz ilmi juda murakkab bo'lgani uchun hikmat ahlining ustozi bo'lgan Suqrotni yo'lboshchi qilishni va uning fikrlariga quloq tutishni maslahat beradilar. Ikkinchi safarning so'ngida Iskandar qalbi poklanib, dengiz tubidagi mo'jijalarni pardasiz ko'ra olish darajasiga, payg'ambarlik maqomiga erishadi.

"Farhod va Shirin" dostonida Suqrot aqlga o'xshatilgan, chunki tarixiy Suqrotning e'tiroficha, aql inson ongi mazmunini belgilab beruvchi oliy instansiyadir. Aql- turli bilimlarni vujudga keltiruvchi manba. Bilim tashqaridan tayyor holda qabul qilinmaydi, inson uni o'zining xatti-harakati bilan qo'lga kiritadi. Bahs-munozaralar jarayonida inson suhbatdoshining fikrlarini tahlil qiladi, zarurlarini o'zida saqlab qoladi, ortiqchasini chiqarib tashlaydi. Shunday yo'l bilan haqiqatga erishiladi. Navoiy Suqrotni quyosh kabi porloq siymo, jismi pok, ruhi toza shaxs sifatida ko'rsatadi. U kamolot cho'qqisini egallagan komil inson, o'zi bir joyda o'tirsa ham ruhi butun dunyoni kezib chiqadi. Jamshid jomi, Iskandar ko'zgusi ham uning ko'ngil ko'zgusi oldida xira. U Farhod bilan bo'lgan suhbatda uni xuddi o'z farzandiday ko'radi, chunki bu yigit timsolida u o'z sulukining (yo'lining) davomchisiini ko'rgan edi. Suqrot Farhodga shunday deydi:

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-204-208

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

Muni bilkumjahon foniydur asru, Haqiqat ahli zindoniydur asru. Agar topsang Iskandar mulki zoting, Gar o'lsa Nuh umricha hayoting.[4,179-180]

Bu baytda Navoiy Suqrot tilidan tasavvufning muhim g'oyasini bayon etadi, ya'ni bu dunyo o'tkinchi, foniydir, shu sababli unga ko'ngil bog'lash to'g'ri emas. Haqqa yetishish yo'li ikki qadam masofadek gap, lekin bu ikki qadamni bosib o'tish uchun ming yillik mashaqqat sarflanishi kerak. N. Komilovning yozishicha, Suqrot piri komil timsoli bo'lib, usiz Farhod o'z maqsadiga erishishi mumkin emas edi [3,186]. Nizomiy an'analarining izdoshi bo'lgan Alisher Navoiy Suqrot obrazini takomiliga yetkazdi, uning misolida tariqatda piri komil qanday bo'lishi kerakligini zamondoshlariga namuna qilib ko'rsatdi.

Afsuski, Alisher Navoiy "Xamsa"sida avliyo, piri komil sifatida ulug'langan tarixiy Suqrotning falsafiy-axloqiy qarashlari zamondoshlari tomonidan noto'g'ri talqin qilingan. D.N.Vorobyov "Сократ как пророк. Архаические черты ксенофонто-платоновского образа Сократа" maqolasida maha shu masalaga to'xtalib, qadimgi yunonlarning diniy qarashlari va udumlariga tayangan holda, Platon va Ksenofont tasvirlagan Suqrot obrazining ayrim chizgilariga tanqidiy munosabatini bildiradi. Olimning ta'kidlashicha, Suqrot ilohiy ishq haqida ko'p narsalarni biladigan va tog'ridan to'g'ri yuqori kuchlardan bilim olgan, ular tomonidan ilhomlantirilgan, folbin, tabib, shoir, diniy va siyosiy ekspert vazifalarini o'zida mujassam etgan yunon donishmandlaridan biri bo'lgan. [1,49]

Suqrot haqidagi ilmiy va badiiy asarlarda mantis Suqrotga xos "ilohiy ovoz"ga ("ichki ovoz", "iblis ovozi"ga) urg'u beriladi. Ksenofont tasvirlagan Suqrot taqvodor va hurmatli fuqaro: u uyda va davlat qurbongohlarida qurbonlik qilishning belgilangan marosimlarini bajargan, ilohiy alomat va vahiylarga ishongan, ularga amal qilgan. U insonlarga biror narsa qilishni emas, balki biror narsani qilmaslikni oldindan bashorat qilgan va nasihatlariga amal qilmaganlar qiyin ahvolda qolganlar. Platon ham Suqrotning boshqa dunyo kuchlari bilan o'zaro ta'sirini mantika jarayoni bilan bog'lab tasvirlaydi. Platonning Suqroti butun yil davomida yalangoyoq, bitta kiyimda yuradi. Uni bu dunyo boyliklari qiziqtirmaydi, oddiy, zohidona hayot kechiradi. O'z hayotida ilohiy irodaning doimiy mavjudligini his qiladi. Uning uchun har kuni "yaxshilik" va "yomonlik", "mehribonlik" va "komil axloq" mavzusida bahs-munozaraga kirishish Xudoga xizmat qilishni, odamlarga haqiqatni ko'rsatishni anglatadi. Afsuski, zamondoshlari

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-204-208

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

tomonidan Suqrotning mantis sifatida e'tirof etilishi buyuk

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-204-208

Volume 4 j Conference Proceedings 1 j 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

faylasufning fojiali o'limiga sabab bo'ldi. Suqrot xudo bilan hisoblashmaslikda, qandaydir yangi xudoni joriy etmoqchi ekanlikda va o'zining bunday qarashlari bilan minglab yoshlarni o'z ota-onalari gaplariga quloq solmaydigan qilib qo'yganlikda ayblangan va odamlar axloqini "buzgani" uchun o'lim jazosiga hukm qilingan. [1,4757]

Aslida Suqrotni payg'ambar-mantis sifatida talqin qilish to'g'ri edimi? Payg'ambar so'zi forscha bo'lib, "payg'om"- xabar, "bar" yetkazuvchi demakdir. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "Islom tarixi" kitobida shunday yozadilar: "Hozirda arab tilidan boshqa tillarda arabiy "nubuvvat" va "risolat" so'zlari o'rniga bir so'z, ya'ni "payg'ambarlik" degan so'z ishlatiladigan bo'lib qolgan. Aslida Alloh taolo Qur'oni Karim uchun ixtiyor qilgan arab tilidagi bu ikki so'zning o'ziga xos daqiq ma'nolari bor". Bular quyidagilardir:1) rasul o'ziga kelgan payg'ambarlikni o'zgalarga yetkazishga amr qilingan, nabiy esa bunga amr qilinmagan. U payg'ambarlikni boshqalarga yetkazadimi, yetkazmaydimi - baribir; 2) rasul farishtalardan ham, insonlardan ham bo'laveradi. Nabiylik faqat insonlarga xosdir; 3) rasul yangi shariat bilan keladi. Nabiy esa yangi shariat bilan kelmay, oldingi shariatga ko'ra amal qiladi va uni o'zgalarga yetkazadi. 4) Alloh taolo payg'ambarlar yuborish bilan birga, bandalarni o'sha zotga iymon keltirish va ularga ergashishga amr qilgan. Iloji bo'lsa, "rasul"ni "payg 'ambar" deb tarjima qilsak ham, "nabiy"ni tarjima qilmay, o'z o'rnida qoldirganimiz ma'qul bo'ladi, deb ta'kidlaydi Shayx hazratlari. [6, 163-165]

Xulosa shuki, m.o.V asrda yashagan Suqrotdagi "ichki ovoz" avliyolik iqtidori edi. Bu iqtidorning missiyasi, Nizomiy va Navoiy to'g'ri ta'kidlaganidek, bilim orqali komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan edi.

REFERENCES

1. Воробьев Д.Н. (2017). Сократ как пророк. Архаические черты ксенофонто-платоновского образа Сократ, Философская мысль, № 11, стр 47-57

2. Исмоилов И. (2019). Алишер Навоий «Садди Искандарий» достонининг киесий тахлили. Филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган Диссертация/ ^улёзма хукукида,162 б.

3. Komilov N.(2009). Tasavvuf.- T.: Movarounnahr-O'zbekiston, 449 b.

4. Navoiy Alisher.(1991). "Farhod va Shirin". MAT, 20 jildlik ,8-jild. 544 b

5. Nizomiy Ganjaviy.(2017). Iqbolnoma. - T.: Extremum - press, 330 b.

6. Шайх Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф.(2018). Ислом тарихи. 1-жуз - T.:"Hilol-Nashr".512 б.

8-fevral

208

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.