Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY “MAHBUB UL-QULUB”DAGI KOMILLIK KONSEPSIYASI IFODASIDA NASR VA NAZM SINTEZINING O„RNI'

ALISHER NAVOIY “MAHBUB UL-QULUB”DAGI KOMILLIK KONSEPSIYASI IFODASIDA NASR VA NAZM SINTEZINING O„RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1985
358
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alisher Navoiy / “Mahbub ul-qulub” / tasavvuf / maqomat / nasr va nazm / komillik. / Алишер Навои / «Махбуб ул-Кулуб» / суфизм / макомат / проза и поэзия / совершенство

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tozagul Rasulovna Dusanova

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari komil inson axloqi, uning tarbiyasiga oid muhim manba ekanligi va Navoiy irfoniytasavvufiy qarashlarining ifodasida nasr va nazmning o„rni haqida mulohazalar bildirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье произведение Алишера Навои «Махбуб ул-Кулуб» является важным источником совершенной человеческой нравственности, его воспитания, а также выражается роль прозы и поэзии в выражении ирфанисуфийских взглядов Навои.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY “MAHBUB UL-QULUB”DAGI KOMILLIK KONSEPSIYASI IFODASIDA NASR VA NAZM SINTEZINING O„RNI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

^0^10.24412/2181-1385-202^

ALISHER NAVOIY "MAHBUB UL-QULUB"DAGI KOMILLIK KONSEPSIYASIIFODASIDA NASR VA NAZM SINTEZINING O'RNI

Tozagul Rasulovna Dusanova

NavDPI mustaqil tadqiqotchisi tozagul .dusanova@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asari komil inson axloqi, uning tarbiyasiga oid muhim manba ekanligi va Navoiy irfoniy- tasavvufiy qarashlarining ifodasida nasr va nazmning o'rni haqida mulohazalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, "Mahbub ul-qulub", tasavvuf, maqomat, nasr va nazm, komillik.

АННОТАЦИЯ

В данной статье произведение Алишера Навои «Махбуб ул-Кулуб» является важным источником совершенной человеческой нравственности, его воспитания, а также выражается роль прозы и поэзии в выражении ирфани-суфийских взглядов Навои.

Ключевые слова: Алишер Навои, «Махбуб ул-Кулуб», суфизм, макомат, проза и поэзия, совершенство.

ABSTRACT

In this article, the work of Alisher Navoi "Mahbub ul-qulub" is an important source of perfect human morality, his upbringing, and also expresses the role of prose and poetry in expressing the irfani-sufi views of Navoi.

Keywords: Alisher Navoi, "Mahbub ul-qulub", sufism, macomat, prose and poetry, perfection.

O„z davri diniy va dunyoviy ilmlarini chuqur egallab, hayotda saodatmandlik, axiylikni kasb qilgan Hazrati Navoiy "Mahbub ul-qulub"dagi nasriy va nazmiy matnlar orqali chin musulmonlik farzi va komil inson ma'naviyatini shakllantirish g'oyasini ilgari surdi hamda ma'naviy ehtiyoji sabab ushbu asarni yaratdi. "Qobusnoma"da axloq va odob, "Guliston"da adolat va adab mavzusi ko'tarilgan bo'lsa, "Mahbub ul-qulub"ning bosh mavzusi va obyekti inson, insoniylik va shaxs kamolotidir.

225

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub"ni barcha asarlari saodatining kaliti sifatida yaratar ekan, unda nasr va nazm sintezidan foydalanadi. Asarning uch qismidagi fasllar, boblar, tanbehlardagi nasriy va she'riy matnlar orqali o'zining hayot haqidagi, o'zi yashagan jamiyatdagi mavjud tabaqalarning fe'l-atvori, jamiyatda tutgan o'rni va vazifalari, o'z burchiga halol, to'g'ri munosabatda bo'lishi kerakligi, komillikka intilish, kamolot bosqichlari, qalban poklanish, tanni emas, ruhni boyitish, iymon, odamiylik to'g'risidagi mulohazalarini kelajak avlod uchun yozib qoldiradi. Asarning asosiy g'oyasi komillik sirlari, Qur'oni karimning umuminsoniy-umumbashariy ahamiyatga ega bo'lgan ilmiga, Rasululloh hadislariga amal qilish sunnati ma'rifatiga undashdan iboratdir. Hazrati Navoiy uchun tom ma'nodagi komil inson Muhammad alayhissalomdir. "Xamsa"ning barcha dostonlari, "Lison ut-tayr" dostoni, diniy va tasavvufiy, tarixiy va ma'rifiy asarlarining muqaddima boblari hamddan so'ng Rasululloh (s.a.v.) madhi bilan boshlanadi. "Mahbub ul-qulub" muqaddimasida an'anaviy basmala va hamddan so'ng, na't qismida islom payg'ambari koinot sarvari va barcha payg'ambarlardan afzal, insoniyatning eng yaxshisi deyiladi va buning vositasida islom dinining asl mohiyatini tashkil qiluvchi g'oya - barcha dinlar o'z mohiyatiga ko'ra bitta, barcha odamlar bir ota-onaning farzandi, payg'ambarlar bir-birlariga birodardirlar, degan fikr salavotlar zamiriga singdiriladi va iqtibos, talmih hamda tashbih san'atlari orqali rasuli akram vasf qilinadi. "Va durudi noma'dud ul mahbubi oqibat mahmudg'akim, Haq taolo anga qurb va manzilat berdikim, olam va odam vujudidan maqsud aning vujudi erdi. Xujasta tiynati ruhi pokdin tohir va farxunda xilqati anosir tarkibidan pok erkani zohir. Ansorining yeli Masih anfosi va tufrog'i Yaqub ko'zining to'tiyosi va suyi Xizr chashmasining zuloli va o'ti Kalim daraxtining nori ishti'oli. Bu anosirni ruhi pok desa yeri bor va ruhig'a ruhi fidok demak sazovor" [2. 450].

Kalomi sha'ni (Qur'on)da u haqda shunday deyilgan: "Va mo yantiqu anil havo" (U sizlarga keltirayotgan Qur'onni o'z havoyi xohishi bilan so'zlamaydi) va nutqi bayonida "In -huva illo vahyun yuho"- U (Qur'on) faqat Olloh tomonidan Payg'ambarga tushirilayotgan vahiydir [1.404].

Payg'ambarimiz madhidan so'ng quyidagi 8 misralik masnaviy keltiriladi: Ikki gisusi iki laylat ul-qadr, Bu yanglig' iki layl ichra yuzi badr, Layl-u badr o „lub sham 'i shabiston, Uzoridin xo „y anda kavkabiston. Bu kavkablardin aylab Tengri mavjud, Nubuvvat spehrida quyosh erkoni ma 'lum,

226

Musohiblari sha 'nida ashobi kan-nujum [2.451].

Na't masnaviyda ikki olam sarvari Muhammad (s.a.v.) olam va odamning murodi sifatida ta'riflanadilar. Unda Payg'ambarimiz (s.a.v.) zoti unsuri pokligi to'rt unsur (havo, tuproq, suv, olov) talqinida ta'riflanib yeli Masih anfosiga, tuprog'i bani Isroildan bo „lib Baytul hazanga, suvi tiriklik chashmasi Xizr suviga, o'ti esa Isro va Me'roj tafsilotlarining dalili bo'lgan daraxt nuridan sho'lalangan Kalomda keltirilgan daraxtga tashbih etiladi. Na't ikki olam rahmati Payg'ambarimiz (s.a.v) va me'roj kechasi bilan bog'liq barcha ta'rif-u tafsilotlari ma'naviy san'atlar bilan ifodalanadi. Muhammad (s.a.v.)ning ikki kokili ikki qadr kechasiga, yuzi to'lin oyga o'xshatiladi. Payg'ambarimiz quyoshga, sahobalari yulduzlarga qiyoslanadi hamda "Sahobalarim yulduzlar kabidirlar" deb boshlanadigan hadisga ishora qilinadi.

"O'zbek adabiyotida Muhammad alayhissalom xususida Alisher Navoiy kabi "ko'b" va "xo'b" yozgan shoir bo'lmasa kerak. Navoiy uchun Muhammad (s.a.v.) maqomi - inson zotining qo'li yetmas yuksaklik, lekin kamolotning Haqdan jazba orqali inson sa'y-harakati bilan erishsa bo'ladigan martabalari ham mavjud. Bu -valiylar va oriflar maqomi. Shunday rutbaga erishgan kishilarni shoir komil insonlar sifatida o'z asarlarida alohida hurmat va ehtirom bilan tasvirlaydi va Xudodan o'zini ham o'sha buyuk zotlarga nasib bo'lgan poyaga ko'tarishni so'raydi. Navoiyning hayotida naqshbandiya tariqatining uch buyuk siymosi - Bahouddin Naqshband, Xoja Ahrori Vali va Abdurahmon Jomiylar katta o'rin tutgan. Shoir ularni bir umr hassos muhabbat bilan sevdi, bu najib insonlarga yuksak e'tiqodini deyarli har bir asarida u yoki bu darajada ta'kidlab o'tdi, alohida bob va fasllarda ta'rif - tavsif etdi. Navoiy idealidagi komil insonlar birinchi navbatda xuddi shu uch buyuk avliyo edi"

"Mahbub ul-qulub" asari komil inson axloqi, uning tarbiyasiga oid muhim manba hisoblanadi va insoniyatga kamolot yo'lini ko'rsatib turadi. Asarning ikkinchi qismida bashariyat, jamiyat kamoloti uchun inson qanday fazilatlarga ega bo'lishi kerakligi va insonni ma'naviy barkamol etadigan yaxshi fe'llar hamda uni tuban qiladigan yomon fe'llar kasofati haqida ma'lumotlar berilgan. Komillikka erishish masalalari tasavvufiy qarashlar tamoyilida ko'zdan kechiriladi va bu bilan birinchi va ikkinchi bo'limlarning ma'naviy jihatdan bir-biri bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Sharqning boshqa mutafakkirlari singari Navoiy ham tasavvufdan oziqlangan, uning irfoniy g'oyalaridan ruhlangan. "Tasavvuf adabiyotini o'rganmasdan turib, o'rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo'lish mumkin emas. Bu adabiyotdan xabardor bo'lmasdan

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-225-231

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

[6.7].

Sharqning o'zini anglash qiyin" [8.102].

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

^0:10.24412/2181-1385-2^

O'zbek adabiyotining ming yillik tarixini tasavvuf ta'siridan ayri holda tasavvur qilishning imkoni yo'q, chunki tasavvuf milliy-ma'naviy hayot uchun asosiy e'tiqod falsafasi, o'ziga xos mafkura edi. Tasavvufning asl maqsadi axloqqa yo'naltirilgan. Komil inson g'oyasi bu ta'limotning bosh g'oyasi hisoblanadi. Hayotning o'zida shunday g'oya va unga intilishning tayyor nazariyasi va kuchli amaliyoti bo'la turib, adabiyotning bu ta'limotga befarq bo'lishining ham iloji yo'q edi, negaki, inson va uning kamolotga erishishi so'z san'atida ham asl maqsad kabi targ'ib etib kelingan. "Alisher Navoiyning g'oya, tuyg'u va timsollar olamini chuqur tadqiq etish uchun ham, dunyoqarashi va san'atkorlik dahosini mukammal shakllarda yoritish uchun ham tasavvufga asoslanish, faqat tasavvufga tegishli imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish lozim" [7.7].

"Mahbub ul-qulub" asarida Alisher Navoiyning dinga, tasavvufga munosabati va komil inson axloqi qanday bo'lishi kerakligi haqidagi qarashlari o'zining badiiy ifodasini topgan. Darvoqe, "Mahbub ul-qulub"ning ikkinchi qismi "Hamida afol va zamima xisol zikrida" deb nomlanib, o'n bobda Navoiy ijodining o'zak masalalaridan hisoblanmish tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, sabr, tavoze va odob, zikr, tavajjuh, rizo, ishq kabi tushunchalarning irfoniy-axloqiy talqini keltirilgan. Har bir bobda ruhiy tarbiyaning muhim bosqichlari hisoblanmish ushbu o'nta insoniy fazilatning asl mohiyati shayxlar va afsonaviy qahramonlar nomi bilan bog'liq ibratli hikoyat va rivoyatlar bilan dalillanadi. Tasavvuf ilmida tariqatning maqomot bosqichlari, usullari Ibn Sarrojda 9 ta, Najmiddin Kubroda esa 10 ta tarkibda keltiriladi.

"Mahbub ul-qulub"da ham 10 ta maqomot ta'riflangan bo'lib, uning o'ziga xosligi tarkibda tavoze va adabning kiritilganligi hamda so'nggi bosqich ishq ekanligidir. Navoiy 1467-69-yillar mobaynida Samarqandda yashab, naqshbandiya tariqati rahnomalaridan biri Xoja Ahrori Valiy sulukatiga kirgan. Demak, bu ahli tariq - Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning maqomot bosqichlariga alohida o'ziga xos yondashuvidir. Navoiy ushbu maqomatlar talabini sodda, ixcham tarzda tushuntirib beradi. Bu talablar bajarilgach, ular qanday qilib barkamol shaxsga aylanishi mumkinligini ushbu qismdagi nasriy, nazmiy matnlar va hikoyatlar orqali sharhlab beradi. Bular: tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, sabr, tavoze va odob, zikr, rizo, tavajjuh va ishqdir. Qur'on oyatlarida ham zikr etilgan bu fazilatlar inson ko'nglini turli tug'yon va isyonlardan saqlaydi, unga sakinat - huzur-halovat baxsh etadi, axloqini go'zal qilib, irodasini mustahkamlaydi.

"Mahbub ul-qulub" ikkinchi qismining sakkizinchi bobi Tavajjuh zikrida deb nomlanadi. Tavajjuh zohiran, qalban butun borlig'ing bilan Haqqa yuz tutmoqlikdir. Navoiy asarlari lug'atida

8-fevral

228

ushbu so'zning ma'nosi "Bir tomonga yo'l olish, yuzlanish, borish" deb ko'rsatiladi. Asarda tavajjuhga shunday ta'rif beriladi: "Agar tavajjuhda yuziga o'qlar kelsa, ko'z yummoqni unutqay, agar bir ko'zini ul o'qlar zoye' qilsa, yana birini ilgari tutqay". Demak, tavajjuh o'zni Olloh yo'lida fido qilish demakdir. Bu bobda jazba talqini o'z ifodasini topganini ko'rishimiz mumkin. Tavajjuh Yaratganga yuzlanmoqdir.

Navoiyning fikriga ko'ra, agar ikki dunyo saodatini bayon etib, muhaqqiqu payg'ambarlar martabasini ko'rsatsalar ham Ollohga intilayotgan solik u tomonga qiyo boqmaydi va hatto o'ziga in'om qilinayotgan bunday iltifotni rad yoki qabul qilishni ko'nglidan o'tkazmaydi. Butun ruhu shuurini Allohga qaratgan solik O'z oldidan chiqqan g'azabnok sherdan chumolidan xavfsiraganchalik qo'rquv his qilmaydi. Uning nazarida quyosh zarradan qadrsiz, toshqin daryo tomchidan miqdorsiz. Bob xotimasida xulosa o'rnida keltirilgan masnaviyda muallif hayvonot olamiga xos bir qonuniyatga tayanib, tavajjuh mohiyatini yanada kengroq ochadi: Tavajjuh birla hindu sa 'y etar chog „, Tushurur ko 'kyog 'ochdin toza yafrog „. Kashaf aylab tavajjuh bayzasig „a, Yorar ko „z birla bosmay kosasig'a [2.494].

Bu bobda Navoiy bir gulxaniy va yosh Shahzoda bilan bog'liq hikoyatni keltiradi: "Bir gulxaniyi mehnatkash ko'ngliga bir shahzodai xurshedvash ishqi harorati tushti va harorat tobidin qoni qurushti va ruhi muvoraqat qilurg'a yovushti. Xirad matoyi ilgidin bordi va junun shaydoliqqa bosh chiqordi. Atfol quvub tosh urarlar erdi. Ko'chadin ko'chaga surarlar erdi. Aning og'zida shahzoda oti mazkur va ko'ngli aning zikri bila masrur..." Pok ishqning xosiyati shahzodaga ta'sir etdi va devonasini ko'rishga bordi. Unga yuzlangan go'laxi o'zini unutib, gulxanda kuyib halok bo'ldi...

Majoziy ishqda mundoq tavajjuh ayla xayol, Agar o „lsa ishqi haqiqiyda ko „r ne bo „lg „ay hol [2.494]. Navoiy yuqoridagi hikoyatda Haqqa bo'lgan tavajjuh, muhabbatning yuksak martaba ekanligini insonning insonga bo'lgan pok muhabbati orqali tasvirlaydi va bob yakuni vazifasida kelgan fardda majoziy ishq kishini shu ahvolga solgan bo'lsa, haqiqiy ishqda ne ahvol bo'lishini o'ylab ko'r dedi. Navoiy ushbu hikoyatni qalamga olishda ma'naviy piri Farididdin Attorning "Ilohiynoma" asaridagi "Oshiq darvesh hikoyatidan" ta'sirlanganini kuzatishimiz mumkin. "Bir darvesh shahzodaga oshiq bo'ldi. Kecha-kunduz shahzoda yodida oh-u nola chekar edi...bir na'ra tortib, jonini jabborga topshirdi..." [5.70]

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-225-231

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Tasavvufiy tushuncha sifatida sabr tariqat maqomatlaridan biridir. Qur'oni karimda sabr haqida juda ko'p o'rinlarda to'xtalib o'tilgan. Jumladan, Zumar surasining 10-oyatida shunday deyilgan: "Hech shak-shubha yo'qki, sabr-toqat qiluvchilarga ajr mukofotlari hisob-kitobsiz to'la-to'kis qilib berilur!" Bundan tashqari Oli-Imron surasining 200-oyati, Baqara surasining 153-155-oyatlari, Muhammad surasining 31-oyatlarida sabr haqida aytib o'tilgan. Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining 35-bobida, "Farhod va Shirin" dostonining 8, 9, 22, 26, 43, 44, 46-boblarida 10 ta o'rinda qahramonlarning ruhiy holatini tasvirlashda sabr tushunchasini tilga oladi. "Mahbub ul-qulub" asarining beshinchi bobi Sabr zikrida deb nomlanadi. "Sabr o'zni chiqarmoqdur huzuzi nafsonidin va tana'umoti jismonidin va nafsini habs qilmoqdur ibodat mehnatida va qadamni sobit qo'ymoqdur riyozot suubatida. Haq yo'lida qotig'irikka tuzmakdur va yaxshi -yomondin har ne eshitgan va ko'rganga tahammul ko'rguzmakdur. Achchig'dur, ammo sudmand; qattig'dur, ammo dofei gazand" [2.489].

Navoiy sabr shiddatini totib ko'rganlardan biri hazrat Ayub alayhissalom va qiyinchiliklarga bardosh berganlardan Muhammad (s.a.v.)dir deb nasriy matnlardan so'ng bir fard keltiradi:

Ajab ranjeki andin sa 'b yo „q ranj,

Vale chekkan kishining bahrasi ganj [2.490].

Ushbu bobda Navoiy bir bechora-notavonning ko'ngliga bir gulyuzning ishqi tushganligi haqidagi hikoyatni keltiradi. U tuhmat tufayli zindonga tashlanadi. Tuhmatni bo'yniga qo'yish uchun unga berilmagan azob qolmaydi, ammo u maxfiy sirni tilga olmaydi. Oxir oqibat sabri tufayli xayoliga kelmagan saodatga erishadi. Hikoyatdan so'ng quyidagi fard xulosa o'rnida keltiriladi: Kimki har shiddat aro sabr-u tahammul ayladi, Baxt aning nishini no „sh-u xorini gul ayladi [2.491].

Axloqiy, diniy, tasavvufiy g'oyalar mushtarakligi Alisher Navoiyning tariqat maqomlari talqinida Qur'oniy siymolarga murojaatida ham yorqin ko'rinadi. Masalan, Ilohiy kitobdan "Mahbub ul-qulub"ga ko'chgan Ayyub timsoli asrlar osha kishilarni ruhiy tetiklik, taqdir zarbalariga chidash, matonat va mardlik ruhida tarbiyalab keladi. Shu bilan birga muallifning Ayyubga ishorasi zaminida so'fiylarning Haqdan o'zgaga iltijo qilmaslik, e'tiqodi mustahkam kishilarning munojoti Haq dargohida inobatga o'tishi aqidasi yotadi. Mazkur aqida esa "Anbiyo" surasining 83-84-oyatlari asosida shakllangan.

Navoiy - orif, irfoniy bilimlar sohibi hisoblanadi. "Mahbub ul-qulub" asari Alisher Navoiy irfoniy-tasavvufiy qarashlarining

8-fevral

230

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-225-231

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

ifodasi bo'lib, asarning ikkinchi qismidagi 10 ta bobda Naqshbandiya sulukidagi 10 ta maqomatning asl mohiyati, ilohiy haqiqatlari to'la ochib berilgan. Ilm ahliga ma'lumki, tariqatda maqomat va hol tushunchalari muhim ahamiyatga ega. "Maqomat" - maqom (manzil, bekat) so'zining ko'pligi bo'lib, solikning ruhiy-ma'naviy kamoloti bosqichlarini anglatadi.

Mutasavvuf olim Najmiddin Komilovning "Tasavvuf" kitobida tariqatning maqomotlari Abu Nasr Sarroj qaydi bilan quyidagicha keltirilgan: l.Tavba; 2.Vara'; 3. Zuhd; 4. Faqr; 5. Sabr; 6. Xavf; 7. Rajo; 8. Tavakkul; 9. Rizo.

Shayx Najmiddin Kubro "Usuli Ashara" (O'n usul va sharhi) asarida 1) Tavba, 2) Zuhd, 3) Tavakkul, 4) Qanoat, 5) Uzlat, 6) Zikr, 7) Tavajjuh, 8) Sabr, 9) Muroqaba, 10) Rizo kabi maqomat bosqichlari sanab o'tilgan. [4] Navoiy esa bu maqomatlar tarkibiga tavoze va ishqni kiritadi. Mutafakkirning fikricha haqiqiy oshiqda tavoze (kamtarlik) va ishq ham mukammal bo'lmog'i kerak. Navoiy komil inson axloqi haqida mulohaza yuritib, tasavvuf g'oyalarini aqliy-nazariy mushohadadan ko'ra hissiy-obrazli tafakkur bilan tushuntirishni joiz deb biladi va asosiy muddaoni she'riy satrlar yordamida ifodalaydi. Demak, Navoiy shoir sifatida ma'rifat siriga yetkazuvchi maqomot konsepsiyasini yaratgan desak, mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. Qur'oni Karim (1992). Va-n-najm surasi. Cho'lpon;

2. Navoiy, A. (2011). Mahbub ul-qulub. Toshkent;

3. Komilov, N. (2009). Tasavvuf. Movarounnahr;

4. Kubro, N. (2005). Usuli ashara. O'qituvchi;

5. Komilov, N. (1994). Farididdin Attor "Ilohiynoma". Yozuvchi.

6. Ochilov, E. (2001). Navoiy idealidagi komil insonlar. O'zbek tili va adabiyoti jurnali 5-son. 7-bet;

7. Haqqul, I. (2001). Tasavvuf va Navoiy she'riyati munosabatiga doir. O 'zbek tili va adabiyoti jurnali 1-son. 7-bet.

8. Bertels, E. So'fizm va tasavvuf adabiyoti.

https://ziyouz.com/books/adabiyotshunoslik/Yevgeniy%20Bertels.%20So'fizm%20va %20tasavvuf%20falsafasi.pdf.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.