Научная статья на тему 'LIRIK IFODA VA TASVIRDAGI O‘ZIGA XOSLIK'

LIRIK IFODA VA TASVIRDAGI O‘ZIGA XOSLIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

373
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mard / nomard / o„zlik / nafs / dunyo / komil inson / мужественный / лицемер / самобытность / корысть / вселенная / достойный человек.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nasiba Jo‘raqulova

Alisher Navoiy she‟riyatida barkamol inson, yetuk shaxs orzusi bosh masala sanaladi. Mutafakkir shoir komillik martabalarini er, eran nomi bilan ham ifoda etar ekan, eng avvalo, ular tabiatidagi odamiylik fazilatlarini ulug„laydi. Ulug„ shoir nazdida erlikning avvali mardlik, nihoyasi chin insonlikdir. Mazkur maqolada Navoiy lirikasidagi chin erlik sifatlari hamda eranlik yo„li haqidagi baytlar teran tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В творчестве Алишера Навои достойный человек, мечта разносторонней личности выведены на первое место, великий поэт раскрывая личность достойного человека используем нетрадиционные выражения типа эр, эран, вместе с тем стремится выявить необычные свойства человечности и поступков. По мнению поэта сущность мужества заключается первоначально в отваге, а в конечном этапе чисто-сердечности и честности человека

Текст научной работы на тему «LIRIK IFODA VA TASVIRDAGI O‘ZIGA XOSLIK»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-214-219

Volume 4 j Conference Proceedings 1 j 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

LIRIK IFODA VA TASVIRDAGI O'ZIGA XOSLIK

Nasiba Jo'raqulova

O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Alisher Navoiy she'riyatida barkamol inson, yetuk shaxs orzusi bosh masala sanaladi. Mutafakkir shoir komillik martabalarini er, eran nomi bilan ham ifoda etar ekan, eng avvalo, ular tabiatidagi odamiylik fazilatlarini ulug'laydi. Ulug' shoir nazdida erlikning avvali mardlik, nihoyasi chin insonlikdir. Mazkur maqolada Navoiy lirikasidagi chin erlik sifatlari hamda eranlik yo'li haqidagi baytlar teran tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: mard, nomard, o'zlik, nafs, dunyo, komil inson.

АННОТАЦИЯ

В творчестве Алишера Навои достойный человек, мечта разносторонней личности выведены на первое место, великий поэт раскрывая личность достойного человека используем нетрадиционные выражения типа эр, эран, вместе с тем стремится выявить необычные свойства человечности и поступков. По мнению поэта сущность мужества заключается первоначально в отваге, а в конечном этапе чисто-сердечности и честности человека.

Ключевые слова: мужественный, лицемер, самобытность, корысть, вселенная, достойный человек.

ABSTRACT

In the work of Alisher Navoi, the dream of a perfect person, a mature person is placed in the main place. The thoughtful poet expresses the image of a perfect human being with the names of er and eran , and describes his human qualities and actions in detail. In the eyes of the poet, courage is the beginning of manliness, and true humanity is the end. In this article, while analyzing the verses about manhood qualities and the path of nobility in Navoi's lyrics, it was concluded that they are brave, brave and diligent, pure breeds, purified from lust.

Keywords: brave, scoundrel, self, passion, world, perfect person.

Er, eran aslida turkiy so'z bo'lib, er kishi, erlar, mard, jasur, botir kabi bir qator ma'nolarni ifodalaydi. Lug'atlarda, jumladan,

8-fevral

214

mashhur tilshunos olim Mahmud Koshg'ariyning XI asrda yaratilgan "Devonu lug'atit turk" asarida ham er- mard, erlik esa mardlik deb izohlangan [5, 129]. Badiiy adabiyotda er yetuk shaxsiyat, komil inson sifatida ulug'lanadi, er bo'lish chin inson martabasiga ko'tarilish deya talqin qilinadi. Masalan, ulug' avliyo Ahmad Yassaviyning "...er bo'lmasang, o'ig'on yaxshi, tirik bo'lmay, qaro yerda so'lg'on yaxshi"[3,52], deya o'zini mazammat qilib aytgan so'zlari ham bu maqomning badiiy ijoddagi o'rnini muayyan ma'noda ko'rsatib beradi.

Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy she'riyatida er, eran eng ko'p qo'llangan obrazlardan bo'lib, valiy zotlar, ilmu irfon sohiblari hamda orif zotlarni tamsil etadi. Shoirga ko'ra, er, eng avvalo, dunyodan voz kechmog'i, hoyu havaslardan uzilmog'i, parhezkor, taqvo sohibi bo'lmog'i lozim.

Ey Navoiy, er esang dunyo arusin qil taloq,

Navoiy lirikasida dunyo makkor, tul, dahr jiyfasi, charxi zol, baqosiz jahon ra'nosi, dahr ajuzi kabi sifatlari bilan beriladi. Ahamiyatlisi, dunyo timsoli qo'llangan baytlarning aksariyatida er obrazi unga qarama-qarshi qo'yiladi. Irfoniy adabiyotda Alloh taolo yaratgan har bir yaratiqqa muhabbat nazari bilan boqish, ammo uni sira malomat qilmaslik asosiy mavzulardandir. Lekin mumtoz she'riyatda dunyoning mazammat qilinishi juda ko'p uchraydi. Bu olamga muhabbat qo'yish esa chin insonlarning fojeasidir. Ulug' avliyo Ahmad Yassaviy dunyo muhabbatini xatolarning avvali deb aytar ekan, dunyoparastlikni nojinslar tariqi deb ko'rsatadi:

"Qisasi Rabg'uziy"da keltirilishicha, Odam (a.s.)ning jamiki avlodlari dunyoni ko'rib kelish uchun yuborilganlarida, ularning ayrimlari dunyoda qoladilar, ba'zilari jannatda qolishni istaydilar, sanoqlilarigina ujmohni ham tilamay, Hazrat huzurini tilaydilar. "...Dunyoda qolg'anlar kofirlar erdilar, ujmohda qolg'anlar mo'minlarning omlari erdilar. Ujmohni unamadin hazratg'a kelganlari xos qullar erdi. Yorlig' keldi: "Dunyoga ko'ngil bermadingiz, ujmohni unamadingiz, emdi ne tilayursiz?". Aydilar: "Ilohiy, bizga dunyo kerakmaz, uqbo kerakmaz. Bizga sen keraksen" [4,23]. Ana shu oxirgi toifa mumtoz adabiyotda er va eran deya ulug'lanadi. Alisher Navoiy ham erlarni foniy dunyoda Yaratgan yodi va visol umidi bilan yashaydigan oshiq sifatida tavsiflaydi:

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-214-219

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Bir yo'li bo 'lma zabun bu zoli makkor ollida [1,30].

Dunyoparast nojinslardan bo 'yun tovla, Chin oshiqlar bu dunyoda kulmas bo 'lur [3,264].

Baqosizdur jahon ra 'nosi valloh, Jahon ra 'nosi yo'qkim Mosivalloh. Jahon ra 'nosi birla qilma payvand,

8-fevrall ©

Er o'isang, bo 'l aning hajrig 'a xursand [1, 553].

Darhaqiqat, oshiq usun bu dunyo aysh-ishrat, o'yin-kulgu maskani emas, balki sinov, imtihon joyidir. Odam (a.s.) yer yuziga tavba qilmoq, poklanmoq uchun yuborildi va ko'p yillar ko'z yosh to'kib, o'zini malomat qildi. Mazkur haqiqatni sira unutmagan va har bir soniyasini ogohlikda o'tkazadigan badiiy timsol adabiyotda Er deb ataldi.

Navoiy she'riyatida er nafs qutqusidan omonlik topgan, botiniy illatlaridan qutulib, pokdomon zotga aylangan nurli siymodir. Inson eng xavfli dushman bo'lgan nafsu havo iskanjasidan butkul xalos bo'la olsagina, erlik saodatiga musharraf bo'ladi. Bu yo'lning avvali ham, oxiri ham riyozat va mujohadadir: Kim kinavar o 'Isa, ista ondin qochmoq, Nevchunki, zarurdir yomondin qochmoq. Er o'g 'lig 'a nafsi kinarondin qochmoq, Nafi 'durkim, sheri jayondin qochmoq [1, 10:82].

Shayx Boyazid Bistomiy o'tkinchi hirsu havasdan uzilish haqida mana nima deydi: "O'n ikki yil nafsimni mujohada bilan riyozat o'chog'iga qo'yib, yondirdim; mazammat mazammat sandoni ustiga qo'yib, malomat bolg'asi bilan urdim; toat va ibodat jilovi bilan jilovladim. Bir qarab (nafsimni) yana g'ururda ko'rdim. Tag'in besh yil jahd ayladim. O'z za'f va gunohkorligimni ko'rdim" [5, 33]. Tasavvuf bilimdoni Mehmed Zahid Kotku ham nafsi ammora (yomonlikka buyuruvchi nafs)dan balandlay olmaganlarni hayvoni notiq deb atab, ularga inson nomini berib bo'lmasligini aytadi. Demak, er dunyodan uzilgan, nafsini isloh qilgan solik ekan, shijoatli, mard, jasur jo'marddir. "...nafsni do'st tutmoqkim, eng ulkan but o'shadir, uni sindirib bo'lmas" [2,49], deb yozadi Shayx Aziziddin Nasafiy. Er shu mashaqqatlarni boshdan kechirib, ilojsiz ishning uddasidan chiqa olgan ekan, uning botirligi ham, avvalo, ana shudir.

Navoiy mard va nomard kishilarning sifatlarini tavsif etish asnosida mardlik tushunchasini anglatish uchun bevosita er lafzidan foydalanadi. Bir qit'asiga "Erni xurus debtur va kuloh go'shasin aning toji, nomardni makiyon debtur yemakta najosat muhtoji" deya sarlavha qo'yar ekan, xo'roz va makiyon timsoli orqali mardlik va nomardlikning tafovutini quyidagicha ifodalaydi:

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-214-219

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Er urub la 'l toj ila gulbong, Zangvash el qaysi harzakim demagay. Vaqtida tortibon xurus nido, Ne najosatki, makiyon yemagay [1, 465].

8-fevrall ©

Har bir ezgu fazilatning ibtidosi mardlik bilan bog'liq. Inson asliyatida jur'at, ahdiga vafo, sadoqat, samimiyat singari xislatlar bo'y ko'rsatmas ekan, uning birovga yaxshilik qilishi, el-yurt himoyasi uchun bel bog'lashi, sidqidildan o'z vazifasini ado etishi aqldan xorij bir ishdir. Taniqli olim I.Haqqulov yuqoridagi qit'a haqida "Er kishi dilidagisini shunday ochiq so'zlaydi. U kimlar va nimalarga qarshi bo'lsa, chaynalmasdan: "Qarshiman!" deya oladi. Shu ma'noda nomardning "shijoati" erning tirnog'iga ham arzimaydi" [10,126], - deb yozadi.

Mard so'zi forsiy kalom bo'lib, odam, inson ma'nolarini anglatishi ma'lum. "Farhangi tafsiri zaboni tochiki" lug'atida mard kalimasining rostgo'y, so'zida turadigan, sodiq, vafodor, jasur kabi ma'nolari ham izohlangan hamda mard borki, xor bo'lmas, mushkul yo'qki, oson bo'lmas xalq maqoli namuna sifatida keltirilgan [7,760]. Umuman olganda, fors-tojik tilidagi mard, arab tilidagi rijol so'zlari turkiylardagi er kalimasi bilan ayni ma'noda keladi. Shu ma'noda, Shayx Mahmud Asad Jo'shon hazratlarining quyidagi fikrlari e'tiborlidir: "Eran - er kishi degani. Arabchadagi rijolulloh (Alloh mardlari, Alloh ahli) menga eran kalimasining muqobilidek tuyuladi". Aytish joizki, erlikka "Devonu lug'atit turk"da mardlik deya izoh berilishi turkiylarda er va mard tushunchalarining ayni ma'no ifodalashiga dalildir. Shuningdek, fors-tojik lug'atlarida nomard so'zi beg'ayrat, behamiyat, nokas, razil tarzida sharhlanadi. Mumtoz adabiyotda nomard kishilarning keskin qoralanishi ayon. Alisher Navoiy yuqoridagi qit'a sarlavhasida nomardni makiyon deb ataydi, lekin she'r matnida uni hatto tovuqdan ham past bir nobakor deya yozg'iradi.

Navoiy she'riyatida er kishining to'g'riligi, Haq yo'lida sobitligi alohida e'tirof qilingan. Masalan:

Sidq rostgo'ylik, haqiqat, to'g'rilik demakdir. Erning najoti aniq to'g'rilikdan, deydi ulug' shoir. To'g'rilik Haq yo'li va nabiylar tariqidir. Alloh taolo Qur'oni karimda: "Bas, Allohga va uning so'zlariga ishonadigan ummiy Payg'ambarga imon keltiring va unga ergashing - shoyad najot toparsiz [A'rof: 7/158]", deya marhamat qiladi. Navoiy ijodida ham er ana shu go'zal sifatlar sohibidir. "Nasoyim ul-muhabbat"da er mana bunday ta'riflangan: "Abu Hafs debdurki, har kim, har vaqtda afolu ahvolin kitob va

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-214-219

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Sidq ichra qachonki chiqsa oti erning, Fosh o'lsa sadoqatda sifoti erning. Xushroqki, tavil o'lsa hayoti erning, Kim sidqdin - o'q durur najoti erning [1,10:124].

sunnat mezoni bila vazn qilib, rost qilmag'ay, ul kishini er

8-fevral

demasbiz" [1,10:124]. Demak, er - iymon-e'tiqod va taqvosi qat'iy bo'lgan chin inson. Navoiyga ko'ra, erlik chin mo'minlik,musulmonlikdir:

Haq gapni aytish - to'g'rilik, halollikning eng asosiy belgisi. Yolg'on so'z mo'minlar uchun katta gunoh sanalgan. Hatto shirk, kofirlik bilan ham tenglashtirilgan. Bunga dalil qilib muborak kitobdagi "Yolg'onni faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlargina to'qirlar. Ana o'shalar o'zlari yolg'onchilardir [Nahl: 16/105]" oyati keltiriladi. "Mo'min - odamlar unga qonlari va mollarini ishongan odamdir [9,275]" deyiladi hadisi sharifda. Shunday odamning kazzob, noxolis bo'lishi jamiyat muvozanatini izdan chiqaradi, mudhish oqibatlarga olib keladi. Navoiy er rostgo'y bo'lishini aytar ekan, uni, asosan, xalq xizmatida bo'lgan inson deb ta'riflaydi. Shoir er ulug'ligini xalqqa manfaat keltirish bilan baholaydi:

Raz qizi zarfini, zohid, ko 'p ushatma, er esang, O 'z butungniyu mening but kibi tavbamni ushot. Xalqdin haryaramas kelsa, xush ulkim, Haqg'a, Desa bo 'lmas, mening uchun yana bir xalq yarot [1,254].

Raz qizi - tok qizi, majoziy ma'noda may, sharob, zarf - may quyiladigan idish. Adabiyotshunos M.Asadovning yozishicha, "ma'rifiy adabiyotda jom ham Alloh ishqi, Haq ma'rifati bilan to'lgan oshiqning qalbini bildiradi. May esa ilohiy ma'rifat timsoli" [11,48]. Tasavvufiy tarbiyada insoni komil axloqi muhim masala hisoblanar ekan, yetuk shaxsiyatlarning Haqqa yetib, xalqqa qaytishlari asosiy muddao hisoblangan. Shu sababdan, mumtoz adabiyot namunalarida zuhd maqomidan ko'tarilmasdan, uzlatni ixtiyor etganlar kamolotga yetmagan kishilar, deb ko'rsatiladi. Er obrazi Navoiygacha bo'lgan badiiy adabiyot namunalarida ham tariqatda manzilga yetgan solik sifatida tasvirlanadi va ularning maqom-martabalari zohidnikidan baland qo'yiladi. Bu o'rinda erning malomatiylar maslagida ekanini ham nazardan soqit qilmaslik lozim. Tasavvufshunos A.Gulpinorli: "Futuvvatda muruvvat, ya'ni erlik doimo barobar e'zozlangan. Ularga ko'ra, malomat ahli ayni zamonda erdir, yigitdir va butun insondir" [8,172],- deya bildirgan mulohazalari fikrimizning yana bir isboti bo'la oladi.

Ko'rinadiki, Navoiy ijodida er, eran obrazi nihoyat darajada muhim o'ringa ega. Chin insonga xos bo'lgan qanday fazilat bo'lmasin, bu ahsani

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-214-219

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Ulki shior ayladi yolg 'on demak, Bo 'lmas ani eru musulmon demak [1,265].

taqvim Navoiy lirikasida er nomi bilan ataladi. Buyuk mutafakkir "Mahbub ul-qulub"da har toifaga mansub insonlar ta'rifi bilan bir

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-214-219

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

qatorda er tavsifini ham aniq xarakterlaydi: "Eranlar hollari suratin yoshurubturlar va malomat suratida na'li bozguna urubturlar va zohirlari binosin buzubturlar va botinlari asosin tuzubturlar. Qazodin ne kelsa, o'zlarin rizog'a yosobturlar va olam ahlining qotig' ranj va irik malomatig'a chidabdurlar. Yemak-ichmakdin kechibdurlar. Haq rizosin istarda g'am yeb va qon ichibdurlar" [1,9:483]. Xullas, axloqiy badbinliklar urchib ketgan hozirgi asrimizda ulug' shoir Alisher Navoiy ijodida qo'llangan er, eran obrazlari mohiyatini yanada chuqurroq o'rganish, teran tahlil va talqin etish yosh avlodning ma'naviy-axloqiy tarbiyasida ham alohida ahamiyatli bo'lishi sira inkor etib bo'lmas haqiqatdir.

REFERENCES

1. Navoiy, A. (2013). Mukammal asarlar to'plami (1-10 jildlar). G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

2. Nasafiy, A. (2021). Komil inson kitobi. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

3. Yassaviy, A. (2004). Devoni hikmat. Movarounnahr.

4. Rabg'uziy, N. (1990). Qisasi Rabg'uziy. Yozuvchi.

5. Attor, F. (1997). Tazkirat-ul avliyo. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi.

6. Koshg'ariy M. (1960). Devonu lug'atit turk. Fan.

7. Nazarzoda, Z. va b. (2008). Farhangi tafsiri zaboni tochiki. Panjo'hishgohi zabon va adabiyoti Ro'daki.

8. Gulpinarli, A. (1931). Melamilik ve Melamiler. Istanbul Devlet matbaasi.

9. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. (2022). Ruhiy tarbiya. Xulqlanish. Hilol-nashr.

10. Haqqul, I. (2021). Kasbi kamol o'zni tanishdir. Yoshlar matbuoti.

11. Asadov, M. (2019). Rindona ma'no va mohiyat tasviri. Tafakkur.

12. Haqqul, I. (2019). Navoiy ijodida Er va Eran obrazi. O'zbek tili va adabiyoti, 01, 3-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.