Научная статья на тему 'NAVOIY GʻAZALLARIGA XORAZMLIK SHOIRLARNING MUXAMMASLARI XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR'

NAVOIY GʻAZALLARIGA XORAZMLIK SHOIRLARNING MUXAMMASLARI XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

511
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Navoiy / g'azal / muxammas / taxmis / mavzu / g'oya / mahorat / to'plam. / Навои / газель / мухаммас / тахмис / тема / идея / мастерство / сборник.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilshod Qadambayevich Gʻayipov

Ushbu maqolada o„zbek adabiyotidagi muxammasnavislik an‟anasi xususida fikr yuritiladi. Shuningdek Alisher Navoiy g„azallariga xorazmlik shoirlar tomonidan bog„langan muxammaslar, ulardan ba‟zilarining mavzu doirasi, g„oyaviy yo„nalishi, taxmisnavis ijodkorlardan ayrimlarining badiiy mahorati haqida so„z boradi. Navoiy g„azallariga muxammaslar jamlangan “Avvalgilarga o„xshamas” to„plami haqida ham ma‟lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматривается специфика традиции по созданию стихотворений в жанре мухаммас в узбекской литературе. Также приводится анализ мухаммасов, посвященных хорезмскими поэтами газелям Алишера Навои, идейно-тематическая направленность некоторых произведений жанра мухаммас; исследуются особенности художественного мастерства некоторых поэтов, творивших в жанре тахмис. Приводится информация о сборнике «Avvalgilarga o„xshamas», в котором собраны мухаммасы, посвященные газелям Навои

Текст научной работы на тему «NAVOIY GʻAZALLARIGA XORAZMLIK SHOIRLARNING MUXAMMASLARI XUSUSIDA BA’ZI MULOHAZALAR»

NAVOIY G'AZALLARIGA XORAZMLIK SHOIRLARNING MUXAMMASLARI XUSUSIDA BA'ZI MULOHAZALAR

Dilshod Qadambayevich G'ayipov

Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, dotsent dilshod [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek adabiyotidagi muxammasnavislik an'anasi xususida fikr yuritiladi. Shuningdek Alisher Navoiy g'azallariga xorazmlik shoirlar tomonidan bog'langan muxammaslar, ulardan ba'zilarining mavzu doirasi, g'oyaviy yo'nalishi, taxmisnavis ijodkorlardan ayrimlarining badiiy mahorati haqida so'z boradi. Navoiy g'azallariga muxammaslar jamlangan "Avvalgilarga o'xshamas" to'plami haqida ham ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: Navoiy, g'azal, muxammas, taxmis, mavzu, g'oya, mahorat, to'plam.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается специфика традиции по созданию стихотворений в жанре мухаммас в узбекской литературе. Также приводится анализ мухаммасов, посвященных хорезмскими поэтами газелям Алишера Навои, идейно-тематическая направленность некоторых произведений жанра мухаммас; исследуются особенности художественного мастерства некоторых поэтов, творивших в жанре тахмис. Приводится информация о сборнике «Avvalgilarga o'xshamas», в котором собраны мухаммасы, посвященные газелям Навои.

Ключевые слова: Навои, газель, мухаммас, тахмис, тема, идея, мастерство, сборник.

ABSTRACT

This article discusses the tradition of mukhammasnavis in Uzbek literature. In addition, it will be discussed about the ghazals of Alisher Navoi, the themes and ideological direction of some of them, and the artistic skills of some of the poets of Khorezm. Information is also given about the collection "Avvalgilarga o'xshamas", which includes ghazals of Navoi.

Keywords: Navoi, ghazal, mukhammas, takhmis, topic, idea, skill, collection.

8-fevral

122

Sharq she'riyatining ulug' ijodkorlaridan biri Alisher Navoiy chinakam ma'noda turkiy she'riyat quyoshi edi. Uning boy adabiy merosi keyingi davr ijodkorlari uchun namuna, ilhom manbayi bo'ldi. Shoir she'rlariga bog'langan tatabbu'lar, payravlar fikrimizning isbotidir. Alisher Navoiy she'riyati Xorazm adabiy muhiti vakillarini ham o'ziga rom etdi. Ular orasida Navoiy gazallariga tatabbu' bitmagan, muxammas bog'lamagan ijodkor yo'q hisobi. Aynan muxammaslar haqida gap ketganda, Alisher Navoiy g'azallariga xorazmlik shoirlardan Muhammadniyoz Nishotiy, Pahlavonquli Ravnaq, Roqim, Munis, Kiromiy, Ogahiy, Rojiy, Komil, Otaniyoz Niyoziy, Ahmad Tabibiy va boshqa ijodkorlar go'zal muxammaslar bog'lashgan. 2021-yilda taniqli shoir, jurnalist, O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Oshiq Erkin tomonidan "Avvalgilarga o'xshamas" nomli muxammaslar to'plami nashrdan chiqarildi. Bu to'plamga Alisher Navoiy g'azallariga o'zbek shoirlari tomonidan bog'langan muxammaslar kiritilgan. Shunisi muhimki, zahmatkash shoir va adabiyot fidoyisi Oshiq Erkin mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz vakillaridan 114 nafarining muxammaslarini ushbu to'plamga jamlagan hamda g'oyat savob va xayrli ishga qo'l urgan. Bir jihatni alohida ta'kidlash joizki, bu ish yana davom ettirilsa, nashrga tayyorlangan to'plamlar yirik tadqiqotlarga manba bo'lib xizmat qilardi. Bu to'plamga xorazmlik shoirlardan Muhammadniyoz Nishotiy, Pahlavonquli Ravnaq, Roqim, Munis, Kiromiy, Ogahiy, Komil, Otaniyoz Niyoziy, Bayoniy, Ahmad Tabibiy, Ilyos So'fi, Avaz O'tar, Komil Devoniy, Chokar, Mahbubiy, Oshiq Erkin, Qurbon Muhammadrizo, Davlatyor, Komil Avaz, Omon Matjon, Otabek Ismoilov, Shoira Shamslarning Navoiy g'azallariga bitilgan g'azallari kiritilgan. Bu muxammaslarning ko'pchiligi o'ziga xos badiiy mahorat mahsuli ekanligi bilan ajralib turadi.

Navoiy g'azallariga bog'langan muxammaslar orasida Munis taxmislari badiiy jihatdan mukammalligi bilan ajralib turadi. Munis Navoiyning bir qancha g'azallariga muxammaslar bog'lagan. Navoiy g'azallariga muxammaslar to'plamiga kiritilgan Munisning taxmisi ham badiiy mahorat mahsulidir. "Bu kecha sahni gulistonda bizing jononadur" deb boshlanuvchi muxammas ishqiy mavzuda bo'lib, ushbu taxmisga rindona ohanglar ham singdirib yuborilgan:

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-122-28

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Bu kecha sahni gulistonda bizing jononadur, Ilkida jom-u surohiy, shevasi mastonadur,

Boda tobidin yuzi har lahza gul-gul yonadur, Shu 'lai ruxsorig 'a ko 'nglim qushi aylonadur,

8-fevrall ©

Tong emas gul sham 'ig'a bulbul agar parvonadur [2;36].

Shoir guliston sahnida turgan yorini tasvirlar ekan, uning go'zalligini, qo'lidagi may to'la jomini, mag'rur-u mastona so'zlarini, boda tobidan gul-gul yonayotgan yuzlarini, o'zgacha zavq va shavq bilan qalamga oladi. Yuqoridagi ma'noni o'zida jamlagan Munis misralari Navoiyning yuzi shu'lasi atrofida ko'ngil qushi aylanishi, gul sham'iga esa bulbul parvonaligini zo'r mahorat bilan tasvirlagan misralariga juda mos tushgan. 7 bandli muxammas Navoiy va Munis fikriy olamida o'xshashlik borligini isbotlagan hamda oshiqona va rindona mavzuda har ikkala shoir qarashlari bir-biriga mushtarakligi ham oydinlashgan.

Navoiy g'azallariga bog'langan muxammaslar orasida Ogahiy taxmislarining ham munosib o'rni bor. Ma'lumki, Ogahiy muxammaslari sonini F.G'anixo'jaev 84 ta, A.Abdug'afurov 90 ta deb ko'rsatadi. Ogahiy mustaqil muxammaslar yozish bilan birga (10), ulug' Navoiy g'azallariga ham muxammaslar bog'ladi (31), uning she'riyatdagi san'atidan, dahosidan bahramand bo'ldi. Ogahiy taxmislari mumtoz adabiyotimizda o'zining munosib o'rniga ega. Bu o'rinda g'azal va muxammas munosabatiga doir bir jihat diqqatni tortadi. Odatda, muxammas, xususan, uning taxmis shakli janriy tabiatiga ko'ra g'azaldagi fikrni kengaytirish, yangicha qarashlar bilan boyitishga xizmat qiladi. Bu jarayonda har ikkalasi ham mushtarak xususiyatga - oniy va xotiraviy lirik kechinmaga asoslanadi [7; 87].

Ogahiyning Navoiy g'azallariga bitilgan muxammaslari ichida ijtimoiy-falsafiy mavzuda yozilgan, ta'bir joiz bo'lsa, shohmuxammas sifatida e'tirof etishga arzigulik "Bila" radifli taxmis bor. Bu muxammasda ifodalangan mazmun-mohiyat insoniylik nizomnomasi, desak xato bo'lmaydi. Chinakam odamiylik asosi ushbu muxammasda jamlangan. Ana shu taxmisning eng go'zal bandlaridan biri quyidagicha: Ahli dunyokim erurlar odamiylikdin yiroq, Peshasi ozor-u minnat, odati kin-u nifoq, Xushing o'isa bu so 'zimga sidq ila tutg 'il quloq, Bo 'lmoq itlar mun 'imi tan to 'ma aylab yaxshiroq, Tanni qilguncha semiz nokaslar in 'omi bila [2;56].

Ogahiy dunyo ahlini odamiylikdan uzoqda bo'lgan kimsalarga qiyoslaydi. Ularning qiladigan ishlari ozor, minnat, odatlari kin, nifoq solish ekanligini ta'kidlaydi. Zamona ahliga murojat qilar ekan, aql-zakovating bo'lsa, bu so'zlarga chin dildan quloq sol, deya uqtiradi. Ogahiy fikrlariga esa Navoiyning: Bo 'lmoq itlar mun 'imi tan to 'ma aylab

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-122-28

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

yaxshiroq,

Tanni qilguncha semiz nokaslar in 'omi bila

8-fevral

bayti nihoyatda mos tushgan.

Xullas, "Bila" radifli muxammas o'zbek adabiyotidagi ijtimoiy-falsafiy mavzudagi eng badiiy mukammal g'azallardan biridir.

Navoiy g'azallariga bitilgan badiiy yetuk muxammaslar orasida Komil Xorazmiyning taxmislari ham alohida ajralib turadi. Komil Xorazmiy (1825-1899) Alisher Navoiyni she'riyatda o'ziga ustoz deb bildi. Navoiyning ko'plab g'azallariga naziralar bog'ladi, tatabbu'lar bitdi. Bu xususda adabiyotshunoslikda qisman fikrlar bildirilgan. Jumladan, M.Yunusov, G'.Karimov, A.Hayitmetov va boshqalar o'z tadqiqotlarida to'xtalganlar. Yana bir adabiyotshunos M.Salayeva o'zining "Navoiy va Xorazm shoirlari" asarida: "Navoiy lirikasining Komil she'riyatiga ta'sirini, avvalo, Komil Xorazmiyning o'z g'azaliyotida ifoda etilgan estetik qarashlari bilan Navoiy qarashlari hamohangligida ko'rish mumkin" [7;63] degan edi. Darhaqiqat, Komil she'riyatida A.Navoiy ijodi ta'siri yaqqol seziladi. Buni Komil tomonidan bitilgan "Ne tong, Komil Navoiy yanglig' o'lsa so'z aro sarmast" misrasi ham isbotlaydi.

Alisher Navoiyning "Navodir un-nihoya" devonida "Bo'lmangiz" radifli go'zal g'azal bor. Bu g'azal falsafiy-didaktik ruhda yozilgan bo'lib, shunday boshlanadi:

Hazrat Alisher Navoiyning ushbu g'azaliga Komil Xorazmiy muxammas bog'lar ekan, ulug' ustozning purma'no fikrlariga monand misralar bita olgan va o'zining iste'dodini namoyon etgan. Komil ijodidagi misralarga hamohang tarzda shunday yozadi:

Biz Komil Xorazmiyning hayot yo'liga nazar tashlab ham uning nihoyatda elparvar, yurtparvar davlat arbobi bo'lganligini bilamiz. Uning bu yuksak insoniy fazilati ijodiga ham ko'chgan. Shoir muxammasda ham xalq dardi bilan yonib yashaydi. U zinhor elning kelishmovchiligidan shod bo'lmaslikni uqtiradi. Elning mehnati g'amli, rohati kam bo'lmasligini, o'zi kabi nadomat yukidan qaddi egilmasligini istaydi. Komil Alisher Navoiyning olam eliga yor-u hamdam, nafaqat yor-u hamdam, hatto oshno ham bo'lmanglar, degan ibratomuz fikrini g'oyaviy jihatdan rivojlantira olgan. Shu o'rinda, "Olam eli" birikmasi xususida to'xtalmoq joiz. Savol tug'iladi, Navoiy nima uchun

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-122-28

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Do 'stlar, olam eliga yor-u hamdam bo 'Imangiz,

Yor ila hamdam demangkim, oshno ham bo 'lmangiz [1;187].

Zinhor el ixtiloti birla xurram bo'lmangiz,

Mehnati har dam fuzun-u rohati kam bo'lmangiz,

Men kabi bori nadomatdin qadi xam bo'lmangiz... [4;24]

olam eli bilan yor-u hamdam bo'lmaslikka da'vat qiladi? Nahotki,

8-fevral

bu dunyo ahli do'st, hamdam, oshno bo'lishga arzimasa? Shuni alohida ta'kidlash o'rinliki, olam eli deganda, bu olamga muhabbat qo'yganlar nazarda tutilmoqda. Taniqli adabiyotshunos N.Jabborov yozadi: "Tasavvufda tarki dunyo yo 'q. Tasavvuf ta 'limotida ham, uning zaminida vujudga kelgan tasavvuf adabiyotida ham dunyoni emas, dunyoga bo'lgan muhabbatni tark etishga da'vat qilinadi. Bu esa jamiyat hayotini haqsizlik va jinoyatdan, qabohat va jaholatdan asrashda alohida ahamiyatga ega" [3;72]. Darhaqiqat, N. Jabborov fikrlarini "Olam ahli" ifodasiga tatbiq qilish o'rinlidir.

Muxammasning ikkinchi bandi quyidagicha:

Olam ahlidin vafo osorini qilmang gumon,

Naqd umrim sarf etib, qildim alarni imtihon,

Uzlat istab ahli olamdin qoching boricha jon,

Oshnolig ' aylabon o 'z joningizg 'a har zamon,

Boisi yuz ming balo-u mehnat-u g 'am bo 'Imangiz [4;24].

Komil birinchi banddagi fikrlarini davom ettirarkan, olam ahlidan vafo kutmaslikni, umrini sarflab, ularni imtihon qilganligini yozadi. Albatta, olam ahlidan uzlatga qochishni uqtiradi. Keyin yana Navoiy fikrlariga navbat keladi. U ham ahli olamga oshnolik qilib, o'z joniga yuz ming balo, mehnat, g'am bo'lmaslik haqida yozadi.. Shu o'rinda bir jihatga e'tibor qaratmoq joiz. Shoir nima uchun uzlatga qochishga chorladi? ...G'azzoliy fikricha, uzlat mutafakkir insonlar uchun zaruriy ehtiyojdir. Inson bot-bot yolg'iz bo'lishni, o'z-o'zi bilan yakka qolib, fikr daryosiga cho'mishni, dunyo tashvishlaridan vaqtincha forig' bo'lgani holda, tafakkuriy idrokka berilishni xohlaydi [5;98]. Darhaqiqat, Komil Xorazmiy nazdida inson uzlatga qochsa, o'zlikni anglaydi.

Xullas, Navoiy g'azaliga bog'langan bu muxammas falsafiy-didaktik she'riyatning go'zal namunasidir. Bunda shoirlarning olam, ahli olam, xususan, bevafo mahbublar, fitnachi parivashlar xususidagi qarashlari o'z aksini topgan. Dunyoga mehr qo'ygan, o'zligini unutgan ahli olamni ikkala ijodkor xarobot ahliga qarama-qarshi qo'yadi.

Ma'lumki, Navoiy an'anaviy ishq mavzusida sermahsul qalam tebratgan, g'ayb sirlari, samoviy insoniy hislar olamida takomil topgan g'azaliyotiga Otaniyoz Niyoziy (1844-1928) bir necha muxammaslar bitgan. Baytlari adabiyot ixlosmandlariga yod bo'lib ketgan: "Ko'nglum o'rtansun agar, g'ayringga parvo aylasa", deb boshlanuvchi Navoiy g'azaliga Niyoziy muxammas bog'lagan. Navoiy ishqi haqiqiyni qalamga olar ekan, o'zi mansub bo'lgan naqshbandiya tariqati ahkomlarini ham g'azalga

8-fevral

126

singdiradi. Naqshbandiya tariqatining shiori: "Dil ba yoru dast bakor", ya'ni "Qo'ling ishda, ko'ngling Ollohda bo'lsin" demak.

Naqshbandiya tariqati uzlatga chekinib, jahr qilishni, ya'ni ovoz chiqarib zikr qilishning tarafdori emas. Shu sabab Navoiy ushbu misralarni yozgan:

Maqsad aniqki, oshiq oshkora zikr qilishni istamaydi. Shuni e'tirof etish joizki, Niyoziy yuqoridagi misralarga yangicha ruh beruvchi satrlar bitgan: Xotirimga boshqa yodi kelsa, xok o 'lsun dilim, Ham uzulsin g'ayriga gah xam qilur bo 'lsam belim, Ham qurib qolsun badanning maddasi bo 'lgan gilim... [6;118] Niyoziy inson yaralishining tuproqdan - gildan ekanligini ham qalamga oladi. Navoiyning hammaslagi sifatida Niyoziy badiiy talqinda ham o'ziga xoslik yaratdi: "Orzu bo'ldi azaldin ko'ngluma ishqing fani", "Bu ajab husn guli aslo xazondin so'lmag'ay", deyish bilan shogirdlik kalomini aytdi.

Turfadur Majnunliqim holimni bilmasdur habib, Bir nafas bo 'lmas rifoqatdin mango hargiz nasib, Volalig' dashti aro endi bo 'lubdurman g'arib, Kelturung raf'i jununimg'a parixon, ey tabib, Kim ul ansabdur pari har kimni shaydo aylasa [6;119] Muxammas shunday yakun topadi: Zoli dunyo fikrida sarg'arma, so 'lma nechakim, Ey Niyoziy, aldanib uzrinib kulma nechakim, Inqiyod aylab, aningyuziga kulma nechakim, Dahr sho 'xiga Navoiy sayd bo 'lma nechakim, Kun uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa [6;119].

Navoiyning talqinicha dahr sho'xi - olamning aldamchi o'yinlari, ehtiros-u hislariga sayd bo'lmoqlik fojia. Niyoziy esa "Zoli dunyo fikrida sarg'arma, so'lma, nechakim", deydi. Bu fikr Navoiy talqinining yana bir qismi sifatida namoyon bo'ladi. Ko'rinadiki, ustoz fikriy olami shogirdlarga ilhombaxsh tuyg'u sifatida zohirlanadi.

Shoir Niyoziy buyuk shoirlar g'azallariga muxammaslar bog'lar ekan, ular fikriy olami, dunyoqarashi, anglaganlarini mantiqan davom ettirishga erishadi. Ular ijodidan g'azal tanlaganida ustozlari maqsad-muddaolarini anglab etadi, fikrlarini chuqurlashtirish, takomillashtirishga intiladi.

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-122-28

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

G'ayr zikrin oshkor qilsa, lol o'lsun tilim, Qaysi bir til hamki, zikring oshkoro aylasa.

8-fevral

Xullas, Alisher Navoiy ijodi keyingi davr shoirlari uchun ilhom manbayi bo'ldi. Ular Navoiy dahosidan namuna oldilar va davrining iste'dodli ijodkorlariga aylandilar.

O'zbek adabiyotidagi muxammasnavislik an'anasi Navoiy ijodi ta'sirida yana ham taraqqiy etdi. Bu tadrijiy takomilda xorazmlik shoirlarning ham munosib o'rni bor. Ayniqsa, Nishotiy, Pahlavonquli Ravnaq, Roqim, Munis, Ogahiy, Kiromiy, Komil, Bayoniy, Otaniyoz Niyoziy, Tabibiy va boshqalar Navoiy g'azallariga badiiy yetuk muxammaslar bog'ladilar. Ulug' shoir ilgari surgan umumbashariy g'oyalar xorazmlik ijodkorlar tomonidan targ'ib etildi, badiiy ifodada, tasvirda yangilanishga qo'l urildi. Bir so'z bilan aytganda, ular muxammasnavislikda ham o'z mahoratlarini namoyon etdilar.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. (1987). Mukammal asarlar to'plami. Yigirma tomlik. Ikkinchi tom. Navodir un-nihoya. Fan.

2. Alisher Navoiy. (2021). Avvalgilarga o'xshamas. Alisher Navoiy g'azallariga muxammaslar. Yosh kuch.

3. Jabborov N. (2021). Maoniy ahlining sohibqironi. Adabiyot

4. Komil Xorazmiy. (1961). Tanlangan asarlar. (Rahmat Majidiy nashrga tayyorlagan). Badiiy adabiyot.

5. Komilov N. (1996). Tasavvuf yoki komil inson axloqi. Birinchi kitob. Yozuvchi.

6. Otaniyoz Niyoziy. Qo'lyozma. Shoirning avlodlari qo'lidagi devon.

7. Salayeva M. (1993). Navoiy va Xorazm shoirlari. Murabbiy

8. Sarimsoqov. B. (2004). Badiiylik asoslari va mezonlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.