Научная статья на тему 'FURQAT MUXAMMASLARINING BADIIYATI'

FURQAT MUXAMMASLARINING BADIIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
734
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muxammas / taxmis / musammat / hasbi hol / ijtimoiy ruh / an‘ana va izdoshlik / g'azal / lirika / hijron / ishq / Mukhammas / guess / musammat / case in point / social spirit / tradition and followership / ghazal / lyric / hijran / love.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jo‘Rayev, Habibullo, Nuriddinova, Madinabonu

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat qalamiga mansub muxammaslar, ularning badiiyati, shuningdek, mustaqil va taxmis tariqasida yaratilgan muxammaslarning xususiyatlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ARTISTRY OF FURQAT MUKHAMMAS

This article talks about the mukhammas written by Furkat the leading representative of Uzbek literature, their art, as well as the characteristics of the mukhammas created independently and tentatively

Текст научной работы на тему «FURQAT MUXAMMASLARINING BADIIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FURQAT MUXAMMASLARINING BADIIYATI

Habibullo Jo'rayev

Farg'ona davlat universiteti professori, f.f.d. Nuriddinova Madinabonu

FarDU 2-bosqich magistranti

Ushbu maqolada o'zbek adabiyotining zabardast vakili Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat qalamiga mansub muxammaslar, ularning badiiyati, shuningdek, mustaqil va taxmis tariqasida yaratilgan muxammaslarning xususiyatlari haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: muxammas, taxmis, musammat, hasbi hol, ijtimoiy ruh, an'ana va izdoshlik, g'azal, lirika, hijron, ishq.

This article talks about the mukhammas written by Furkat the leading representative of Uzbek literature, their art, as well as the characteristics of the mukhammas created independently and tentatively

Keywords: Mukhammas, guess, musammat, case in point, social spirit, tradition andfollowership, ghazal, lyric, hijran, love.

O'zbek adabiyotiga yangicha yo'nalishlar kiritgan shoir Furqat adabiy merosining asosiy qismini lirika tashkil etadi. U o'zbek adabiyotida gumanistik lirikaning rivojiga hissa qo'shgan shoirdir. Furqat o'zining eng yaxshi lirik asarlarida Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Mashrab, Ogahiy singari ustozlarning tajribalariga suyangan holda o'zbek lirikasining ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. U she'rlarida insonning g'oyat murakkab, to'liq tasvirlash mushkul bo'lgan ruhiy holatlarini ifodalay olish iqtidorini ko'rsatdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Furqat ijodini o'rganar ekanmiz, undagi janrlar xilma xilligi va rang-barangligini kuzatishimiz mumkin. Furqat, avvalambor, lirik shoirdir. Uning ijodida g'azal, muxammas, musaddas, manzuma, masnaviy kabi janrlar yetakchi o'rin egallaydi. Shuningdek, uning asarlari orasida muxammaslar alohida o'rin tutadi. Avvalambor, muxammas atamasiga to'xtalib o'tsak: mumtoz adabiyo timizda besh misradan iborat she'r shakliga muxammas deyiladi. Muxammaslar ikki xil bo'ladi: mustaqil muxammaslar va taxmis muxammaslar. Mustaqil muxammas har bandi besh

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

misradan iborat she'r sifatida yozilgan, shaklan unga juda o'xshash bo'lgan taxmis aslida bir shoir tomonidan boshqa bir shoir baytlariga uch misradan orttirilib, har bandi beshlik shakliga keltirilgan she'rdir. Shuning uchun taxmis, asosan, ikki shoir qalamiga mansub bo'ladi. Ba'zan shoir o'z g'azaliga ham o'zi taxmis bog'lashi mumkin. Adabiyotshunos Yoqubjon Is'hoqovning ta'kidlashicha, ''...taxmis usuli har bir shoir uchun mahorat sinovi, ilhomlantiruvchi kuch yoki biron muhim fikrni ro'yobga chiqarish vositasi bo'lishi mumkin''. Furqat ijodida biz muxammasning har ikki turini ham uchratish uchratishimiz mumkin. Furqatning "Istar ko'ngil'', " Bu nechuk savdo'', "O'ynabtular'', "Adashganman'', " O'zingsan'' , "Biri'' , "Kurub'' , "Do'st", "Vasl orzusi'', "Sadqasi", "Kavlama'', "Kokuling'', "Etti falak'' kabi muxammaslari mavjud. Bulardan "Birodarlar, mening boshimg'a tushgan bu nechuk savdo'', "Do'stlar, aysh-u tarab, fasli bahor Istar ko'ngul'', "Ey ko'ngul, hushyor bo'l, bu kecha yor o'ynabtular'', "Kishi holimni bilmas mehribonimdin adashganman'', "Manam sho'rida bulbul bo'stonidin adashganman '' kabi misralar bilan boshlanuvchi muxammaslar mustaqil muxammaslardir. Ularda shoir rang -barang g'oya va mavzularni yoritadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Furqat ijodini o'rganish davomida u yaratgan lirik qahramonning eng muhim xususiyati- hayotni sevishi ekanini kuzatishimiz mumkin. U hayotga doim yaxshi tomondan qarashga, uning go'zalliklaridan bahra olishga intiladi. Yor-mashuqa, va uning husn-u latofati, noz-u karashmalari haqidagi qo'shiq shu hayot go'zalliklarining timsoli sifatida namoyon bo'ladi. Furqat lirikasiga xos bo'lgan bu chuqur lirizm uning quyidagi misralarida ham to'la namoyon bo'ladi: Do'stlar, aysh-u tarab, fasli bahor istar ko'ngul, Har kuni sahroda sayr-u lolazor istar ko'ngul, Aylamak har sori ohular shikor istar ko'ngul, Kabk raftorin ko'rarg'a ro'zsor istar ko'ngul, Dog'i xursand etgusi har neki bor istar ko'ngul.

Afsuski, bu hayot faqat shodlik va go'zallikdan iborat emas. Dunyo yaralibdiki, bir-biriga qarama-qarshi ikki kuch: yaxshilik va yomonlik, yorug'lik va zulmat hamisha yonma- yon yuradi. Olamga katta umid va ishonch bilan boqqan shoir ham qayta va qayta nohaqlik qurboniga aylanadi. Ko'p mashaqqatlar chekadi. Shoirning bu paytdagi ruhiy holati esa, tabiiyki, misralarida namoyon bo'lmay qolmaydi:

Birodarlar, mening boshimg'a tushgan bu nechuk savdo? Qarorim yo'q quyun yang'lig, na menda manzulu ma'vo,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Biyoboni taxayyurda qolib men voloi tanho, Na yor-u hamdamim bordur, na qo'lda hosili dunyo, Zamona purxatar, dushman adadsiz, do'st beparvo.

Furqat muxammaslarida bunday ijtimoiy hayot tasvirlari bilan bir qatorda, mumtoz adabiyotimizda yetakchi o'rin tutgan ishq mavzusi ham kuylanadi. Lirik qahramon mashuqasiga cheksiz muhabbat izhor etgan holda, unga yetishishga intiladi. Furqat lirikasiga xos bo'lgan musiqiylik va satrlardagi joziba ushbu muxammaslarda o'zining bor jozibasi bilan namoyon bo'ladi.

Ey ko'ngul, hushyor bo'l bu kecha yor o'ynabtular, Qoshi yo,kiprik sinon, ko'zi xumor o'ynabtular, Zulf chin-chin maxjabin bezo nigor o'ynabtular, Ahli majlisdin olib sabru qaror o'ynabtular, O'zgacha raftor ila mastonavor o'ynabtular.

Shoir tarjimai holini o'rganar ekanmiz, u umrining ko'p qismini Vatandan olisda, yurt sog'inchi va diydor ilinji ila o'tkazganiga guvoh bo'lamiz. Taqdir taqozosi va davr o'yinlari bois shoir yurtidan olislarda yashashga majbur bo'ladi. Bu holdan chuqur qayg'uga tushgan shoir o'zini gulzoridan ayrilgan bulbul, oshyonidan judo bo'lgan ,,murg'i vahshiy '' deya tasvirlaydi:

Kishi holimni bilmas mehribonimdin adashganman, Vatan ovoradurmen bo'stonidin adashganman, Vatansiz benavodurmen, makonidin adashganman, G'aribi kuyi g'urbat xonumonidin adashganman, Va yo bir murg'i vahshiy oshyonidin adashganman.

„Adashganman" radifli ushbu muxammas hasbi hol ruhida bo'lib, unda shoir o'zini azoblayotgan dard-u iztiroblarini ifoda etgani yo'q, u shunchaki Vatanidan emas, tandagi jonidan ayrilgan. Falak bir aylandi-yu, u boshidagi soyabonidan ayrildi. Boshiga g'urbat oftobi tushdi. Bu olamga nur, hayot berguvchi odatdagi oftob emas, aksincha, hayotni so'ndiruvchi, borliqni yo'q etuvchi «olamtob» (olamni kuydiruvchi)dir. Shoir oftobga butunlay yangi ma'no beradi, g'urbat mazmunini anglashga xizmat ettiradi.

Shoirning „Adashganman" radifli yana bir muxammasi bor bo'lib, unda ham yuqoridagi kabi g'oyalar ifodasini topgan. Biroq professor Nurboy Jabborov o'zining "Furqat fonomeni" nomli maqolasida ushbu muxammas haqida quyidagi fikrlarni aytib o'tadi: "Furqatning shu paytga qadar faqat Vatandan ayriliq iztiroblari ifodasi sifatida talqin etib kelingan "Adashganman" radifli muxammasining mavzu ko'lami

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

aslida ancha keng.Asarda shoirning dunyoqarashi, xususan, Shayx Abdulqodir Jiyloniyga bo'lgan ixlosi izhori yuksak san'atkorlik bilan aks etgan, ushbu taxallusni tanlashi sababi ifodalangan misralar ham mavjud. Muxammasda banddan bandga o'tgan sari tasvir quyuqlasha boradi. Lirik qahramonning "adashish" sabablari tobora "oydinlashadi":

Boshimda hush yo'q, hayronlig'imning boisi shuldur,

Ketib aql-u xirad, nodonlig'imning boisi shuldur,

Yetim qo'zi kabi nolonlig'imning boisi shuldur,

Xarob-u besar-u somonlig'imning boisi shuldur -

Ki, bir sohibkaromat ostonidin adashganman.

Shoir ta'kidlagan sohibkaromat kim? Ma'lumki, sohibkaromat - avliyolarga beriladigan nisbat, Demak, bu orqali piri komil nazarda tutilgan. Keyingi band mazmunidan shoir "tariqat mulkini shohi, haqiqat sirrin ogohi" deganda Abdulqodir Jiyloniyni nazarda tutgani ayon bo'ladi.

Ma'lumki, tasavvuf ta'limoti bo'yicha, inson toki bu foniy dunyoda ekan, Haq taolo visolidan ayriliqda, firoqda yashaydi. Ahli Haqlarning hayotdagi bosh maqsadi - Alloh taoloning jamolini ko'rish. Uning diydoriga vosil bo'lish. Tabiiyki, qodiriya tariqatining vakili sifatida Furqat ham xuddi shu maqsad-muddao bilan yashagan. Demak, Furqat taxallusi xuddi shunday e'tiqod, dunyoqarashdan kelib chiqib tanlangan va Haq taolo vaslidan ayriliq ma'nosini ifodalaydi".

Bundan ko'rinib turibdiki, shoir ijodi mavzu ko'lami anchayin keng hamda chuqurdir.

Furqat adabiyotimizga yangi zamon jarchisigina emas, balki mumtoz an'analarni davom ettirgan shoir bo'lib kirib keldi. U o'ziga ustoz deb bilgan shoirlarning g'azallariga taxmis tariqasida ham muxammaslar yaratdi Shoirning "Vasl orzusi " , "Do'st " , "Ko'rub" muxammaslari Navoiy g'azallariga, "Sadqasi" muxammasi Fuzuliy g'azaliga va " Kovlama" radifli muxammasi Mashrab g'azaliga taxmis tariqasida yaratilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Furqatning barcha ijod namunalari kabi muxammaslari ham chuqur mazmun va mohiyatga ega bo'lgan, adabiyotimizning ulkan xazina asarlari hisoblanadi. Ularda ishqiy mavzular bilan bir qatorda ona yurt muhabbati, dunyo go'zallikllari, chin insoniy fazilatlar, hayot shodliklaridan quvonish va turmush tashvishlaridan shikoyat qilish,umuman, olam va odam, kishilarning ma'naviy dunyosi yuksak mahorat bilan tasvirlaydi.

REFERENCES

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

2. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

3. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).

4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

5. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

6. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

7. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

8. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

9. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

10. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных

556-559.

наук, (2), 85-89.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

11. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

12. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(2), 33-39.

13. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

14. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.

15. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

16. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

17. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

18. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

19. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

20. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

21. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

22. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

23. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

24. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

25. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

26. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

27. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

28. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3),

29. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.

30. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234.

111-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.