Научная статья на тему 'NAVOIY IJODIDA AYOL SIYMOSI'

NAVOIY IJODIDA AYOL SIYMOSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

716
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shirin / Mehinbonu / adolat homiysi / avliyo ayollar / ayolga munosabat / “Nasoyim ul muhabbat” / “Xamsa” dostoni. / Ширин / Мехинбану / покровительница справедливости / святые женщины / отношение к женщине / «Насаимул Мухаббат» / эпос «Хамса»

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D. A. Yusupova

Maqolada buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodidagi ayol fazilatlarining ajoyib namunalari, mutafakkir tomonidan ularga berilgan yuksak ta‟riflar, shuningdek, Navoiyning ayol qadr-qimmatiga munosabati tasvirlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье описываются прекрасные образцы женских качеств в творчестве великого мыслителя Алишера Навои, высокие определения, данные им мыслителем, а также отношение Навои к достоинству женщины.

Текст научной работы на тему «NAVOIY IJODIDA AYOL SIYMOSI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-191-196

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

NAVOIY IJODIDA AYOL SIYMOSI

D. A. Yusupova

TDSHU "Sharq mamlakatlar adabiyoti va qiyosiy adabiyotshumslik" kafedrasi

o'qituvchisi din_ara61 @mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolada buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodidagi ayol fazilatlarining ajoyib namunalari, mutafakkir tomonidan ularga berilgan yuksak ta'riflar, shuningdek, Navoiyning ayol qadr-qimmatiga munosabati tasvirlangan

Kalit so'zlar: Shirin, Mehinbonu, adolat homiysi, avliyo ayollar, ayolga munosabat, "Nasoyim ul muhabbat", "Xamsa" dostoni.

АННОТАЦИЯ

В статье описываются прекрасные образцы женских качеств в творчестве великого мыслителя Алишера Навои, высокие определения, данные им мыслителем, а также отношение Навои к достоинству женщины.

Ключевые слова: Ширин, Мехинбану, покровительница справедливости, святые женщины, отношение к женщине, «Насаимул Мухаббат», эпос «Хамса».

ABSTRACT

The article describes excellent examples of feminine qualities in the work of the great thinker Alisher Navoi, the high definitions given to him by the Thinker, as well as Navoi's attitude to feminine dignity

Keywords: Shirin, Mehinbonu, patroness of justice, Holy women, attitude towards a woman, epic "Nasoyimul mukhabbat", "Hamsa".

Ayol ko'hna Sharqda hayo va ibo timsoli hisoblanadi. Ayol mavzusi poetik ifodasining yorqin namunasini buyuk mutafakkir so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy ijodida ko'rishimiz mumkin.

Alisher Navoiy o'zining g'azallarida go'zal ayol siymosining takrorlanmas namunasini yaratgan. Mutafakkir g'azallarida ayol timsoli yuksak hurmat cho'qqisiga ko'tarilgan. Uning g'azallarida ayolning jamiyatdagi o'rni, qalb tug'yonlari nazm ipiga marjondek tiziladi,

8-fevral

191

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

^O:10.24412/2181-1385-2023-1-^

nasriy va nazmiy asarlarida yaratilgan ajoyib obrazlari orqali insonparvarlik g'oyalari ilgari suriladi.

Navoiy asarlarida ayol obrazining quyidagi xislatlarini ko'rishimiz mumkin: mislsiz husn va go'zallik (jismoniy tomondan); chuqur aql-farosat (aqliy tomondan); ilm va ma'rifat (madaniy tomondan); davlat va mamlakat ishlarida faol ishtirok (ijtimoiy tomondan); jang va kurashda bahodirlik (jangovarlik tomonidan).

Navoiy o'z davrining mashaqqatli hayot tarzi va zulmi ostida ezilib yashagan ayollarning qaddini ko'tarish maqsadida asarlarida ular haqidagi ilg'or fikr va orzularni yuksak badiiy shakl va bo'yoqlarda, o'ziga xos badiiy vositalar ifodasida ko'rsatib beradi. Ayollarga nisbatan hurmatsizlik qilish, ularga past nazar bilan qarash kabi yomon illatlarni tanqid ostiga oladi. Ayol atalmish nozik hilqatning betimsol obrazlarini yaratib, o'zining hayotiy va romantik orzularini bayon qiladi.

Qoshbirla, ko'zing yaxshi yonog 'ing yaxshi, Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi, Yeng birla menging yaxshi saqoqing yaxshi, Birbir ne deyin boshdin to oyoqing yaxshi.

Navoiy yaratgan ayol siymosini uning "Xamsa" asarida mukammal ifodasini topgan. Navoiy yaratgan ayol obrazlaridan yana biri "Shirin" obrazidir. Mutafakkir uni quyidagicha ta'riflaydi:

Qadi rux ofati chobuklik ichra, Beli jon rishtasi nozukluk ichra... Labidin jon tomib bisyor-bisyor, So 'zidnn shahd oqib xarvor-xarvor. Labldnn tomibu ohib latofat, Yuzidin ohibu tomib malohat.

(Uning qaddi chaqqonlikda ruhday, beli noziklikda jon tomiriday bo'lib, labidan juda ko'p jonlar oqar, so'zidan talay bollar tomar edi. Labidan chiroy, yuzndan go 'zallik oqib, tomib yotar edi.)

Shirin obrazi oqil va dono, ijodkor, vafodor, vatanparvar kabi fazilatlarga ega bo'lgan mukammal ayol obrazidir. Alisher Navoiy tasviridagi Shirin har jihatdan go'zal inson. Uning ma'naviy dunyosi va uni o'rab turgan muhit ham har jihatdan Farhodga mos, go'zal va yuksak darajada. Shoir bu ikki badiiy timsol misolida ham o'z davri uchun, ham o'zidan keyingi barcha davrlar uchun ibrat bo'la oladigan ma'naviy go'zal va samimiy, komil insonlar konsepsiyasini yaratadi. [1.101]

8-fevral

192

Navoiy ijodiy merosi - bebaho xazina. Navoiy o'zining ideal ayol obrazlarini yaratar ekan, mubolag'a va fantaziya elementlaridan ko„p foydalanadi. U kelajakning mukammal, har yoqlama kelishgan, ruhiy-aqliy-jismoniy jihatdan kamolga yetgan ayollarini kuylaydi. Lekin shu bilan birga bularni tamomila xayolning mahsulidir, deyish ham to'g'ri emas. XV asrda Navoiy yashagan muhitda ham Layli, Shirinlarning ma'lum xislatlarini, voqealarini o'zlarida gavdalantirgan go'zal ayollar yashagan. Ishq fojiasinipg qurboni bo'lib ketgan fidokor va vafoli o'zbek qizlari bo'lgan. Navoiyga ilhom bergan real prototiplar (tiplarning jonli kamunalari) shubhasiz bu g'amgin dostonlarni jonli ta'surot bilan sug'organ va Navoiyning hissiyotini bevosnta o'zlariga bog'lagan edilar.[2.68]

Navoiy yaratgan ayollar nafaqat tashqi husn bilan, balki, o„z aql va farosatlari bilan ham ajralib turadilar. Ularning jamiyat bilan munosabatlari, atrofdagilar bilan muomala madaniyatlari, savolu javoblari, muhokama va mulohazalari buning yaqqol dalilidir.

Shunday ayollardan biri Mehinbonu hisoblanadi. Mehinbonu adolat homiysi, buyuk iste'dod egasi sifatida ta'riflanadi. Navoiy ijodidagi ayol obrazlari ichida alohida o'rin tutgan, oqila va adolatli bir malikaning namunasidir. Mehinbonu to'g'risida Navoiyning o„zi shunday deydi:

"Mehinbonu kamol izhor aylab, Daqoyiqdin savol izqor aylab...[3.300] (Mehinbonu o'zining aql-kamolini ko'rsatib, nozik gaplardan savol qila boshladi.) Yana:

(Fanparvar bo „lgai Mehinbonu bilim ahliga yo „lboshchi shoh edi.) Mehinbonu o„z davlatini aql va tadbir bilan boshqarib, mamlakatning obodonchiligi uchun qayg'uradigan, kanallar, ariqlar, qasrlar yasash uchun keng ko'lamda ish olib boradigan jonkuyar obraz. Mehinbonuga shunday ta'rif beriladi:

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-191-196

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Meqinbonuki donishparvar erdi, Bilik ahliga shohi sarvar erdi.

...Ki bu kishvardakim rashki jinondir,

Bukun ismatpanohi hukmrondur ...Agarchi soya solmas boshig„a toj, Va lekin tojvarlardin olur boj,

Belin garchi kamar topmay kamohi,

Vale zarrin kamarlardur sipohi. Bu yanglig „durki fahm ettnng sifotin,

8-fevrall ©

(Jannatlarning rashkini keltiradigan darajada go „zal bo „Igan shu mamlakatda bir ismatli — nomusli ayol hukmdordir. Garchi u katta xoqonlarday boshiga toj qo'ymasa ham, ko„p toj egalari unga boj berib turadilar. Garchi u erkaklarday beliga kamar bog'lamasa hamki, uning sipohlari o'rtasida juda kop oltin kamarli xizmatkorlari bor. Mana sen eshitib fahmlaganing shu sifatlarga ega bo „lgan kishini odamlar Mehinbonu deb yuradilar. Shu mamlakatda o'ttiz-qirqta katta qo'rg'on bo'lib, ularning gunbazlari osmonning qal'asidan ham balandga ko„tarilganlar. Qorunning xazinasiday xazinalarga to „lgan hamma yerlar osongina uning qo „liga tushganlar.)

"Sab'ai Sayyor" asaridagi chang chaluvchi Dilorom timsoli, vafodor ayol qiyofasi o'ziga xos, usta san'atkorligi go'zal ko'rinishlar orqali ifodalab beradi.

Dilorom obrazi Bahrom Go'rning Navoiyning salaflari ijodida Ozoda va Fitna nomlari bilan talqin etilgan sozanda kanizagiga borib taqalsa-da, Diloromning sozanda, dono, oshiqligini nazarda tutsak va muallifning dostondagi ishoralariga e'tibor beradigan bo'lsak, donolik, go'zallik va musiqa homiysi - sa'di asg'ar nomini olgan Zuhra (Venera-Afrodita-Ishtar) timsoli mujassamlashganligini ko'rishimiz mumkin. Bu obraz shumer xalqining homiysi, muhabbat va go'zallik ilohasi Inanna qiyofasida dunyo yuzini ko'rgan bo'lib, Bobilga Ishtar shaklida o'zlashdi. U Misr tamadduni orqali yunonlarda Afrodita, Rimda Venera nomi bilan shakllandi. Yunon-ellin madaniyati ta'siridagi xalqlarga Anaxita, islom Sharqida Zuhra sayyorasi, oshiqlar homiysi, Tong va Tole' yulduzi timsolida yashab qoldi.

"Saddi Iskandariy" dostonidagi Chin go'zali Lubatiy Chiniy obrazi ham jasur, kuchli, mard, janglarda o'z matonati bilan dushmanlarga qarshi mardonavor kurashib, faqat g'alaba qozongan mukammal qahramon ayol timsolidir. Alisher Navoiy yuqoridagi kabi ayollar obrazini yaratish bilan oldiga muhim ijtimoiy muammolarni qo'yadi. Shoirning besh asr avval orzu qilgan o'y va istaklari bugun ozod va obod mamlakatimizda o'zi jobatini topmoqda. Bugun yurtimizda ayollar qadrtopgan. Ular jamiyat hayotining barcha jabhalarida faol ishtirok etib, o'zlarining go'zal ma'naviyati, bilim va ma'rifati bilan millatimiz sha'nini, yurt ravnaqini ko'tarishga katta hissa qo'shmoqdalar.

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-191-196

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Mehinbonu debon davr ahli otin. Bu kishvar ichra o „ttuz-hirh ho „rgon, Bari ko„khisnidin burjin oshurg„on... Aning hukmidadur bemehnatu — ranj To „la har yerda Qorun ganjidek ganj.

8-fevral

Qadim-qadimdan ayol tabiatning noyob xilqati, go'zallik, sevgi-muhabbat, matonat va sadoqat ramzi sanab kelingan. Buni bizgacha yetib kelgan qadimiy rivoyatlar, ertak va afsonalar, buyuk allomalarimiz asarlarida ayol siymosiga, uning suvratiyu siyratiga chizilgan tavsiflar misolida ham ko'rish mumkin.

Ayniqsa, buyuk bobokalonimiz, g'azal mulkining sultoni bo'lmish Mir Alisher Navoiy asarlarida Sharq ayollarining barcha go'zal fazilatlari o'zi fodasini topgan. Ayol haqida fikr yuritar ekan, Navoiy "Mahbubul-qulub" asarida shunday yozadi: "Yaxshi xotin - oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan.

Husnli bo'lsa - ko'ngil yozig'i, xushmuomala bo'lsa - jon ozig'idir. Oqila bo'lsa, ro'zg'orda tartib-intizom bo'ladi, asbob-anjomlar pokiza va saranjom turadi. Kishi bu kabi jufti halol bilan baxtga erishsa, g'am va kulfatda sirdoshga, oshkor va pinhoniy dard alamda ham dardkashga ega bo'ladi. Turmushda boshingga har qanday jafo tushsa, hamdarding u, teskari aylanuvchi falakdan boshingga gar balo kelsa, ko'makdoshing u. Ko'nglingga g'am yuzlansa, u hamg'amnok, badaningga xastalik va zaiflik yetishsa, uning ham joni halak".

O'tmishning chirkin aqidasi bo'yicha, "aqli kalta", "ojiza", "zaifa", "erning quli" deb tan olingan ayol - ona Navoiyning nazmiy va nasriy asarlarida buyuk zot darajasida ko'rsatiladi:

Alisher Navoiyning adabiy ijodi bitmas tuganmas xazinadir. Uning "Nasoyim ul muhabbat" asari boshqa asarlari kabi muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy mazkur asarda avliyo ayollarga alohida urg'u beradi. Ayol shoiralar haqidagi "Tazkirat un-niso" asari adabiyotimiz tarixidan bizga ma'lum. Ammo avliyo ayollar haqidagi tazkiralar juda ozchilikni tashkil qiladi. Shu jihatdan Navoiyning 770 ta shayhga bag'ishlangan "Nasoyim ul muhabbat " tazkirasi alohida ajralib turadi.

Alisher Navoiy qurdobalik Fotima binti Musonnaga alohida ehtirom bilan yozgan. Fotima binti Musonna Qur'onning «Fotiha» surasini tasxir qilgan (bo'ysundirgan), duolari mustajob, karomat sohibi bo'lgan. Ibn Arabiy uning xizmatini qilgan va bu haqda «Futuhoti Makkiya» kitobida qayd etib, uni «butun yer yuzi aholisi uchun Alloh tomonidan jo'natilgan rahm-shafqat» deb ta'riflagan. Fotima Ibn Arabiyning ma'naviy «onasi» bo'lgan.

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-191-196

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Onalarning oyog'i ostidadir, Ravzai jannatu jinon bog „i. Ravza bog „i visolin istar ersang, Bo„l onaning oyog„i tufrog„i.

Adabiyotshunos O.Jo'raboyevning ta'kidlashicha, Alisher

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-191-196

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida keltirgan voqea Ibn Arabiyning «Futuhot» asaridagi «Oshiqlarning turli hollari haqida anglatilgan voqealar» faslida batafsil keltirilgan va Fotimaning haqiqiy ishq ichidagi holati bayon etilgan. A.Shimmelning e'tirof etishicha, Ibn Arabiy so'fiy ayollarga hurmat-e'tiborda bo'lgan.

Ko'pchilik ayol avliyolarga ta'rif berganda Navoiy ularni qaysi shahardan ekanligi, kimlar bilan suhbat qurganligi hamda ular hayotidan bir yoki ikki hikoya, ayrimlarida esa she'riy bayt ham keltirib o'tadi. Masalan Navoiyning Rayhonai Volihaga bergan quyidagi ta'rifiga diqqat qaratamiz: "Basraning mu'ta'abbidotidin ermish. Solih Murriy rahimahullohu taolo ayyomida bu abyotni yoqasi ollig'a bitib erkandur. "Sen munisim, himmatim va sururimsan, qalbim sendan boshqani sevishni istamaydi. Ey azizim, himmatim va murodim, shavqim ado bo „Imas, qachon diydoringga musharraf bo „laman? Maqsadim jannat ne'matlari emas, faqat seni ko „rmoqni orzu qilaman." Bu yerda Rayhonayi Voliha Allohga bo'lgan muhabbatini yuqoridagi bayt orqali bildirayotganini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Shunday qilib Navoiyning "Nasoyim ul muhabbat" asari bizga nafaqat shayxu mashoyihlar, balki avliyo ayollar haqidagi bir-biridan qiziqarli ma'lumotlarni olish imkonini beradi.

REFERENCES

1. Dilorom Salohiy. Navoiy nazmiyoti. Samarqand-2013.

2. Maqsud Shayxzoda. Asarlar. Olti tomlik. G'azal mulkining sultoni. 4-tom. -T.:1972.

3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 17-jild. T.:2001

4. Hamidjon Homidiy. Tasavvuf allomalari / Mas'ul muharrir N. Komilov. - T.: Sharq, 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.