"XAZOYIN-UL MAONIY"DA MUG'ANNIYGA MUROJAAT
Nozimaxon Mirzayeva
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat adabiyot muzeyi tadqiqotchisi
(O'zbekiston)
Ushbu maqolada buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning "Xazoyin-ul-maoniy" devonidan misralar keltirilgan. Quyidagi baytlar orqali shoir musiqa, xususan, mug'anniylar va ularning kuy-qo'shiqlari haqida ma'lumotlar beriladi.
Kalit so'zlar: musiqa, qo'buz, kuy, ohang, talmeh, tashbeh, mug'anniy, devon
This article contains verses from "Khazayin-ul-Maoni" by the great thinker poet Alisher Navoi. The following stanzas provide information about poetic music, in particular, singers and their songs.
Keywords: music, melody, tune, melody, talmeh, tashbeh, mughanni, devan
В данной статье собраны стихи из «Хазайн-уль-Маони» великого поэта-мыслителя Алишера Навои. Следующие строфы содержат информацию о поэтической музыке, в частности, о певцах и их песнях.
Ключевые слова: музыка, мелодия, напев, мелодия, талме, ташбе, муганни, деван.
Buyuk shoir Mir Alisher Navoiy o'zining bir qator asarlari, baytlarida o'z davrining mashhur mug'anniy - sozanda va xonandalariga murojaat qilib, kuy-qo'shiqlaridan bahramand bo'lib, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatganligini namoyish etadi. Alisher Navoiy o'z asarlarida shoir, sozandalar, hofizlar va raqqosalar ishtirokidagi ziyofatlar tasviriga katta e'tibor beradi. Alisher Navoiy asarlari g'oyat musiqiy, shoir xalq qo'shiqlarini yaxshi bilgan va sevgan edi. Shoirning ko'plab asarlarida, jumladan, "Majolis un-nafois", "Mahbub ul-qulub", "Saddi Iskandariy", "Sa'bai sayyor" va boshka asarlarida ishlatgan jami 26 mingdan ziyod so'zlar orasida yuzlab maxsus musiqiy-kasbiy atama, tushuncha, ibora va xususiy birikmalar, musiqaga oid ko'plab ma'lumotlarni ko'rishimiz
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-232-237
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
mumkin.
8-fevral
Alisher Navoiyning ijodiy merosi o'zining sermazmun va serqirraligi bilan asrlar davomida o'z ahamiyatini yo'qotmay kelmoqda. Navoiyning har bir asari alohida bebaho xazinadir. Asarlardagi so'zlarning dur kabi terilganligi purma'no va insoniy xislatlarni tarannum etishi har bir kitobxonni o'ziga ohangrabodek tortadi. Alisher Navoiy o'z asarlarida ta'lim-tarbiya, sevgi-muhabbat, insoniy fazilatlar singari mavzularga murojaat qilish bilan birga o'z davrining san'at va madaniyatiga ham e'tibor qaratgan. Chunki shoir hayotida she'riyat bilan birga musiqa san'ati ham muhim ahamiyat kasb etgan. O'zining quvonchli va qayg'uli damlarida ham kuy-qo'shiqdan zavq hamda taskin olgan. Shu sabali ham yoshligida o'ziga "Navoiy", ya'ni "navo"- kuy deb taxallus tanlaganligi bejiz emasdir, albatta.
Alisher Navoiy 1491-1492-yillardan boshlab turkiy tilda yozilgan hamma she'rlaridan yangi, yig'ma devon tuzishga kirishdi va bu ish 1498-1499-yilda nihoyasiga yetdi. Devonning umumiy nomi «Xazoyin ul-maoniy» («Ma'nolar xazinasi») bo'lib, 4 qismdan iborat bo'lganligi uchun «Chor devon» deb ham atalgan. Devon shoirning butun hayoti davomida yozilgan she'rlarini qamrab olgan, ularda Alisher Navoiyning barcha davrlaridagi kayfiyati, dunyoqara-shi, orzu-umidlari ifodalab berilgan. Navoiyning bu to'plamida sevgi-muhabbat, odamiylik va insoniylik singari fazilatlarini ifodalashi bilan birga musiqa san'atiga, jumladan, kuy va ohangning jozibali sehri insonga estetik zavq berishi to'g'risidagi fikrlarini ham uchratishimiz mumkin. Shoir bu asarida o'z ko'ngil chigalini yozish uchun mug'anniy, ya'ni sozanda chalagan kuydan bahramand bo'lishini ko'p bor ta'kidlagan.
Navoiy asarlari o'sha davr musiqa hayotini yorituvchi qimmatli manbadir. Shoir ijodidagi eng muhim mavzulardan biri tasvir va musiqada musiqa asboblaridan foydalanish. Musiqa madaniyatida musiqiy asboblar tarixiy rivojlanish jarayonini belgilovchi asosiy manba hisoblanadi. Ba'zan Navoiy so'zlarni tasvirlaganda, ular kabi ko'rinadi, kuylar quloqqa chalinadi. Navoiy asarlarida keltirilgan bir necha cholg'u asboblari o'sha davrda amaliyotda qo'llanilgan.
Jumladan, Alisher Navoiyning to'rt yirik devonlari majmuasida chang, soz, qo'buz, daf, nay, ud, rubob, tanbur, rud, chag'ona kabi musiqiy asboblar-ning tarkibiy qismlarini ifodalovchi mizrob, go'shatob, zer, bam, tor singari iboralar qo'llanilgan.
Ey mug'anniy, yor bazmida navo soz aylasang, Jon fidong o 'lsun g 'amim sharhidin og 'oz aylasang.
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-232-237
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
Uddek kuymakligim sharh et lisoni hol ila, Nag'mada udung lisonin sehrpardoz aylasang.[7.262]
8-fevral
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-232-237
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
Ushbu misralarda shoir sozandaga murojaat qilib, yor bazmida kuy-qo'shiqni mahorat bilan chalginki, shu qo'shiqqa jonim fido bo'lsin g'am-qayg'u qolmasin. Ko'nglimdagi dardimni ud (cholg'u asbobi)ning tili, sehri va jozibasi orqali izhor et. Ya'ni shu ohang ko'nglimga rohat berib, yor bazmida chiroyli o'tishini aytmoqda.
Bu satrlar orqali buyuk ijodkor yor visoli bazmida mug'anniyning mahorati juda ahamiyatli ekanligini izhor etmoqda. Oshiq yori visoliga shu qadar tashnaki, u visol haqida o'ylaganda, buni hech kimga ayta olmagan dard-u g'amini aynan kuy shaklida bayon etilishini xohlamoqda.
Laylo Jo'rayeva ham Navoiy asarida qo'buz cholg'u asbobi haqida ma'lumot berganini ko'rishimiz mumkin.
Ey qalandarvash mug'anniy, gar Navoiy ko 'nglini Istasang har lahza behol aylamak, tuzgil qo'buz. [6.160] "Ey devonatabiat mug'anniy, agar Navoiy ko'ngliga yo'l topmoqchi bo'lsang, har lahza uni holsiz qilish uchun qo'buz chal. Chordevonda keltirilgan g'azallarda ko'plab musiqiy qalamga olingan. Shulardan biri qo'buzdir. Qo'buzga Alisher Navoiy asarlarida, jumladan "Mahbubu-l-qulub" da "qo'buz quloq tutub ayshg'a tarhib ohangni tuzg'ay deb ta'rif beriladi. Ya'ni rubobning ovoziga (sababi cholg'ular haqidagi qo'buzdan oldin rubobga berilgan ta'rif o'rin olgan) quloq tutib, aysh-ishratga, ma'joziy ma'noda toat-ibodatga undovchi ohangni tuzadi." [9.33]
Navoiy "Xazoyin ul-maoniy" asarida biz ko'proq ilohiy qarashlarni, ilohiy muhabbatni ko'rishimiz mumkin. Ma'lumki, qadimda qalandar darveshlar ilohiy xislatga ega bo'lgan, Alloh yo'lida tarki dunyo qilgan kishilar bo'lgan. Quyidagi baytda ham shoir ey ahli zuhd (darveshlar), biz dayr aro, ya'ni dunyoda o'zligimizdan kechib, ilohiyatga singidik, siz machitdagi diniy ma'ruza-yu, bahslarda taqaddum (ilgari, peshqadam) bo'lib, insonlarni ezgulikka yetaklang, deb murojaat qilyapti. Shoirni bunday ko'ngilni taskin etuvchi suhbatlar ta'siridagi mast uyqusidan sozandaning bir dilkash kuy uyg'otishini aytmoqda.
Biz fano tufrog 'i bo'Iduk dayr aro, ey ahli zuhd, Xonaqah sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz. Ey mug'anniylar, Navoiy mast edi — kech uyg'onur, Ani uyg'otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz. [6.118] Biz Alisher Navoiy "Xazoyin ul maoniy" asaridagi ko'plab baytlarda shoir o'z davrining mug'anniy, ya'ni sozandalariga murojaat qilganini ko'ramiz. U sozandaga chalgan sozi, kuyi orqali g'amgin ko'ngillarni xushnud etishini, bazm ahlini bir oz bo'lsa ham o'z dardu alamlarini unuttirib, quvontirgin deydi.
8-fevral
234
Quyidagi misralarda esa ey, mug'anniy, sen bazmda toki nag'mai mug'ona, ya'ni mayxonada ijro etiladigan kuy-ashulani kuylamas ekansan, mug' dayri (mayxona) da ichilgan may xushta'm bo'lmaydi. Ey, Navoiy (faqr) dunyodan kechish, tarki dunyo qilish yo'lidan adashmay bormoqchi bo'lsang, bu yo'lingda sobit bo'lib, har tomonga ergashaverma.
Bu yerda shoir mug'anniylarni nafaqat bazmi jamshidlarda quvnoq, diltortar kuy-qo'shiqlarni ijro etish bilan birga diniy qo'shiqlar (munojot, hamd, na't va zikr singari) ni ham kuylashini bildirmoqda.
Ma'lumki, she'riy san'atlar - badiiylikning muhim va ta'sirchan vositalari, usullari hisoblanadi. Ular so'zining ma'no sig'imini oshirishga,qirralarini yaltiratishga, ifodani jo'shqinlashtirishga xizmat qiladilar. Ma'lum bo'ldiki, shoir lirik ifodaning ta'sirchanligini ta'minlashda bir qator she'riy san'atlaridan alohida holda yoki bir nechtasidan foydalanib, ehtiroslilikka erishadi. Talmeh san'atidan shoir biror tarixiy voqea - hodisa, hayrotomuz afsona yoki rivoyatga ishora qilib, uning zamiridagi yashirin ma'nolarni yangi qirralarini ochib berishda foydalanadi. Alisher Navoiy ham o'z asarlarida talmeh san'atidan mohirona foydalangan.
Ushbu misrada shoir "Iroq" va "Hijoz" deb nomlangan musiqa kuylarini hamda Xuroson shahri nomini keltirish orqali talmeh san'atiga murojaat qilgan. Ya'ni ey mug'anniy, sen mumtoz kuylar bo'lmish "Iroq" va "Hijoz" kuylarini chalib, Navoiyga Xurosonning g'amgin xotiralarini unutishga yordam bergin deb murojaat etadi.
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-232-237
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
Soqiy, qadahe tutqilu, ey turfa mug'anniy, Bazm ahlini qil bir necha mizrob ila multaz. [6.97]
Mug ' dayri, ey mug 'anniy, xushtur valek ichmon, To nag 'mai mug 'ona bazm ichra cholmag 'aysen. Gar desang, ey Navoiy, faqr ichra yo 'lni ozmay, Ko 'zni tikib yo 'lungg'a har sori solmag 'aysen [8.351]
Ey mug'anniy, tut «Iroq» ohangiyu ko 'rguz «Hijoz» Kim, Navoiy xotiri bo 'Imish Xurosondin malul.
Tig ' ila g 'amgin ko 'ngul o 'tig 'a taskin bermadi,
Ohkim, tufroqqa elturmen ul su hasratin. Demagil uzr, ey mug'anniykim, unum topmish xarosh, Qir o 'shul suhon ila ko 'nglumdin anda suratin [7.255]
G'amgin, dardli ko'ngilni tig' bilan tinchlantirib (taskin
berib) bo'lmadi, endi bu dardni o'zim bilan tuproqqa olib ketaman, ey mug'anniy, sen uzr so'ramagin, sening ovozingni
8-fevral
xirillashi yakun topadi, tugaydi, g'amning shaklini ko'nglimdan egov (suhon) bilan qirib tashla.
Shoir bu misralarida mug'anniyga taskin berib, sen ovozingni xirillashidan xijolat bo'lib uzr so'ramagin, bu bir kun to'xtaydi, lekin mening g'amgin ko'nglimning o'tiga tig„, xanjar bilan ham taskin berib bo'lmadi, endi uning shakl, ko'rinishini ko'nglidan egov bilan qirib tashlash kerak deb bayon qilib, uni hijolatparastlikdan qutqarmoqda.
Shoir ushbu misralarni shunday talqin qiladi, yor agar shom, ya'ni kechqurin yoki saboh (erta tong, sahar) paytida bo'lsa ham yuzi va zulf (sochi) ini ko'rsatsa, uning vasli, visoli xushturur, ya'ni yoqimlidir, visol, yorga yetishish davri aysh (yaxshi turmush), baxtli onlardir, mug'anniy jomi may sabuh, ya'ni ertalabki may, ichimlik solingan qadahni tutsa, bundan-da juda go'zal tong yo'q, shuning uchun Zuhro yulduzi saboh (tongotar payt) yulduzi (axtar) bo'lib ko'rinadi.
Navoiy bu g'azalda yorning go'zal jamolini ko'rishlik qaysi paytda bo'lsa ham oshiq qalbiga xush yoqsa, mug'anniy erta tongda may qadahini (bu yerda mug'anniyning erta tongda chalgan dilga yoquvchi kuy, ohangi nazarda tutilgan) tutsa, subhidamda tong yulduzi Zuhro ko'ringan go'zal tongdek tarovatli va yoqimli bo'ladi, deb ta'riflagan.
Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy she'riyatda inson ko'ngil kechinmalari, his-tuyg'ularini ifodalashda musiqiy ijodga keng e'tibor qaratadi. Bu haqida Navoiyning o'z zamondoshlar ham e'tirof etishgan. Jumladan, Zahiriddin Muhammad Boburning aytishicha: "musiqa ilmidan Navoiy juda ko'p narsalar yaratgan, shu jumladan, naqshlar va peshravlar bunga misoldir". O'zbek musiqashunos olimi Is'hoq Rajabov ham "Maqomlar" nomli monografiyasida Navoiyning bastakorlik mahorati haqida juda chiroyli ta'rif keltirgan: "Navoiyning ijodida musiqaning ba'zi nazariy va amaliy masalalari ham o'z ifodasini topgan. Navoiyning o'zi bastakor sifatida ijro uslublarini egallab, cholg'ularda mahorat bilan chalardi.U ashulalarga moslab orombaxsh dilrabo g'azallar yaratgan." [13.30] Alisher Navoiy asarlaridagi fikr-mulohazalar, musiqaga oid qimmatli ma'lumotlar hozirgi musiqa madaniyatida ham asosiy manba sifatida foydalanib kelinmoqda.
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-232-237
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
Yor vasli xushturur, gar zulf, agar yuz ko 'rguzar,
Vasl davri ayshdur, gar shom bo 'lsun, gar saboh. Tong yo 'q ul mahvash mug'anniy tutsa jomi may sabuh, Ne uchunkim Zuhradur toli ', bo 'lur axtar saboh. [7.56]
8-fevral
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
REFERENCES
1. Alisher Navoiy "Xazoyin ul-maoniy"dagi na't g'azallari. Toshkent. "Noshirlik yog'dusi" nashriyoti. 2010 y.
2. Alisher Navoiy G'azallar sharhi. Toshkent "Kamalak" 1991.
3. Alisher Navoiy Mukammal asarlar to'plami. Xazoyin ul-maoniy. 4-tom. Toshkent. Fan. 1989.
4. Alisher Navoiy Mukammal asarlar to'plami. Xazoyin ul-maoniy. 5-tom. Toshkent. Fan. 1990.
5. Alisher Navoiy Mukammal asarlar to'plami. Xazoyin ul-maoniy. 6-tom. Toshkent. Fan. 1990.
6. Navoiy asarlari lug'ati. Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at. 1973.
7. O.Jo'raboyev. Mumtoz adabiyotda mug'anniynoma Toshkent, "Tamaddun", 2016 y.
8. O.Jo'raboyev. Navoiy va tarix. Toshkent. Tamaddun. 2016.
9. L.Jo'rayeva. Alisher Navoiy mug'anniynomalari. Toshkent. Mumtoz so'z. 2011.
10. I.Rajabov. Maqomlar. Toshkent. 2006.