Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY VA BOBURNING MUSIQAGA OID QARASHLARI'

ALISHER NAVOIY VA BOBURNING MUSIQAGA OID QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1460
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq ilmi / musiqa san’ati / “Majolis un-nafois” / majlis / musiqa nazariyasi / sharq notasi / “Isfahon” kuyi / soz / ud / tanbur / “Boburnoma” / cholg`u asbobi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Munisa Uzakova

Sharq mutafakkirlari ilmiy-adabiy merosida musiqaga oid qarashlar alohida tizimni tashkil etadi. Maqolada shu nuqtayi nazardan Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”, “Saddi Iskandariy”, Boburning “Boburnoma” asarlaridagi musiqa va musiqa namoyandalari haqidagi fikrlar tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY VA BOBURNING MUSIQAGA OID QARASHLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ALISHER NAVOIY VA BOBURNING MUSIQAGA OID QARASHLARI

Munisa Uzakova

BuxDUning Pedagogika instituti 1-bosqich magistranti

Sharq mutafakkirlari ilmiy-adabiy merosida musiqaga oid qarashlar alohida tizimni tashkil etadi. Maqolada shu nuqtayi nazardan Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois", "Saddi Iskandariy", Boburning "Boburnoma" asarlaridagi musiqa va musiqa namoyandalari haqidagi fikrlar tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Sharq ilmi, musiqa san'ati, "Majolis un-nafois", majlis, musiqa nazariyasi, sharq notasi, "Isfahon" kuyi, soz, ud, tanbur, "Boburnoma", cholg'u asbobi.

Sharq ilmida musiqa san'atiga munosabat nihoyatda yuqori bo'lgan. Ko'plab Sharq ijodkorlari musiqaga nafis san'at sifatida yondashganlar. Mutafakkir Alisher Navoiy hamda shoh-shoir Zahiriddin Bobur serqirra ijodi va boy adabiy-ilmiy merosi bilan dunyo tamaddunida katta o'rinni egallaydi. Jumladan, Alisher Navoiyning bebaho "Xamsa" asari, "Xazoyin ul-maoniy" devoni, "Lison ut-tayr" falsafiy dostoni va boshqa asarlari qatorida ilmiy xarakterdagi "Majolis un-nafois" tazkirasi alohida o'rin tutadi. Bu asar adabiyotshunoslik fanining ulkan manbalaridan biri. Ayni zamonda ulug' Navoiyning Movorunnahr va Xuroson zaminida faoliyat ko'rsatgan ijod ahli haqidagi bebaho kitobidir. Alloma ijod ahli namoyandalari haqida so'zlar ekan, ular orasida musiqiy iste'dodi bo'lgan ko'plab iqtidor egalariga xolis baho beradi. Aytish mumkinki, ushbu kitobda Navoiyning musiqaga munosabati, ulkan muhabbati aks etib turadi.

Asar 8 majlisdan iborat. Uning birinchi majlisida ikki nafar musiqa namoyandasi haqida fikr yuritilgan. Birinchisi: "Xoja Abdulvafoyi Xorazmiy [quddisa sirruhu] kibori avliyodindur. Advor va musiqiy ilmida dag'i mahorati bor erdikim, risolasidan ma'lum bo'lur» [1,7]. Navoiyning e'tiroficha, Xoja Abdulvafoyi Xorazmiy musiqa nazariyasi, sharq notasi, musiqa ilmidan yaxshi xabardor bo'lgan, hatto risola ham bitgan. Ikkinchisi: "Mavlono Sohib Balxiy - bovujudi she'r fanida mahoratlik kishi erdi, advor va musiqiy ilmida komil erdi. O'z g'azallarini o'z amallariga boglabdurkim, aning fazoyilig'a dalolat qilg'ay" [1,15]. Mavlono Sohib Balxiy mahoratli shoir bo'lishi bilan birga musiqa ilmini chuqur egallagan, hatto o'z g'azallarini kuyga solgan.

Kitobning ikkinchi majlisida uch nafar ijodkorning musiqa bilan shug'ullanganligi e'tirof etiladi: "Xoja Yusuf Burhon - Hazrati shayx ul-islomiy Ahmadi Jomiy [quddisa sirruhu]ning yaqinroq avlodidindur. Faqir va fano tariyqida suluk qilur erdi. Va jamei ahli turuqning sohib tariyqi erdi va musiqiy ilmin ham yaxshi

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

bilur erdi va faqir musiqiy fanida aning shogirdimen. Ko'proq o'z she'rig'a musiqiy boglar erdi. «Isfahon» amalini, bu baytig'a boglabturkim:

Shoirning ta'kidlashicha, Xoja Yusuf Burhon shoir bo'lishi barobarida musiqani yaxshi egallagan. Qolaversa, o'z she'rlarini kuyga solgan. "Isfahon" kuyi shoir baytiga boglangan. Navoiyga ham u bu borada ustozlik qilgan. Keyingi musiqa namoyandasi: "Mavlono Riyoziy -samarqandligMur. Ilmi musiqiy va advor va nujum va istixroji ramal va gayri zolika hech nimarsadin benasib emas erdi" [1,54]. Mavlon Riyoziy ham bir qator fanlar qatori musiqadan ham xabardor bo'lgan. Ma'lumki, Navoiyning tog'alari ziyoli, ijodkor insonlar bo'lishgan. Ulardan biri Muhammad Ali bo'lib, Garibiy taxallusi bilan ijod qilgan. Navoiyning yozishicha: "Ul ham faqirg'a tag'oyi bo'lur erdi. Ko'proq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xub erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi"[1,62]. E'tibor berilsa, Muhammad Ali Garibiy musiqani yaxshi egallagan, bir necha sozlarni chala olgan.

Navoiy asarning uchinchi majlisda Mavlono Solimiy haqida shunday yozadi: "Iroq mulkining odamzodalaridindur. Yana sozlardin ud va tanbur ham o'rgandi va musiqiyda ham tasniflar bogladi [1,76]. Demak, Mavlono Solimiy ud va tanbur singari cholg'u asboblarini mahorat bilan chalgan ham o'zi yangi kuylar kashf etgan.

Kitobning to'rtinchi majlisida bir qator ijodkorlar haqida kuzatishlar mavjud bo'lib, shulardan to'rt nafari musiqa bilan ham shug'ullanishgan. Jumladan: "Pahlavon Muhammad Go'shtigirkim, ...musiqiy va advor ilmida davrining benaziridur [1,108]. E'tibor berilsa, Navoiy Pahlavon Muhammad Go'shtigirning musiqa nazariyasi, advor, ya'ni sharq musiqasining eski nota usulini yaxshi bilgan. Hofiz Muhammad Sultonshoh esa xushxon hofiz bo'lgan [1,118]. Xoja Kamoliddin Husayn, Xoja Abdulloh Sadr kabi shoirlar ham musiqa ilmini yaxshi egallab, bu sohada shuhrat qozonishgan [1,132].

"Majolis un-nafois"ning beshinchi majlisida Mir Habibulloh degan ijodkorning ud chalishga ustaligi ta'kidlangan [1,140].

Ko'rinadiki, mutafakkir Alisher Navoiy o'z davrining juda ko'p fan sohalaridan xabardor etuk bilimdoni sifatida ijod ahliga o'z munosabatini bildirgan. Yuqorida tilga olganimiz o'ndan ziyod shoirlarning musiqa ilmi, nazariyasi, Sharq musiqasi notalaridan yaxshi bilganlari, musiqa asboblarini mahorat bilan chalganliklari, o'z she'rlariga kuy bastalaganlari bilan bogliq qimmatli ma'lumotlar XV asrda musiqa fanining rivojlanganligini ko'rsatadi. Qolaversa, o'sha davr ijodkorlariga xos muhim fazilat shunda ediki, ular ijodi musiqa bilan yanada mukammallik kasb etgan.

Navoiyning "Majolis un-nafois" asaridan tashqari badiiy asarlari sahifalarida ham musiqaga, musiqa asboblariga oid ilmiy qarashlar o'z ifodasini topgan. Buyuk

Rasid mavsumi shodiyu ayshu tarab,

Agar gado ba murodi dile rasad chi ajab»[1,46].

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

mutafakkir "G'aroyib us-sig'ar" devonida, "Saddi Iskandariy" dostonida bir qator musiqiy atamalar: ayolg'u, surud, bastakor, pardasoz, navosoz, nag'masoz, nagmapardoz, ohangsoz, mug'anniy, mutrib, ohangnavoz, nag'maog'oz, nag'makash, ahli soz, ahli nag'ma singari terminlarni qo'llaganki, bu ham ulug' shoirning musiqa nazariyasi va amaliyotidan xabardor bo'lganligini tasdiqlab turadi.

- deb yozadi shoir. Bunda mug'anniy, chang, navo atamalari qo'llangan. "Hay-hay o'lan,jon o'lan" esa xalq qo'shig'ining dastlabki misrasi. Ya'ni shoir mug'anniy -ijrochining changda xalq qo'shig'ini kuylab berganligini e'tirof etadi.

Sharq mutafakkirlari ijodida musiqa san'ati va uning bemisl qudrati haqidagi qarashlar nafaqat maxsus asarlarda, balki badiiy asarlar qatlarida ham ifoda etilgan. Ularda Sharq musiqa san'ati namoyandalari faoliyati, ularning cholg'u sozlariga munosabati, ijro etish mahorati kabi masalalar chuqur va atroflicha ochib berilgan. Jumladan, ulug' shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" qomusiy asari bu jihatdan ancha material bera oladi.

Bobur tarixiy shaxslar haqida to'xtalar ekan, o'rni bilan o'sha davrdagi musiqa ahli nomlarini ham faxr bilan tilga oladi. Jumladan: "Ahli fazl va ahli hunarg'a Alisherbekcha, murabbiy va muqavviy ma'lum emaskim, hargiz paydo bo'lmish bo'lg'ay. Ustoz Qulmuhammad va Shayxiy Noiy va Husayn Udiykim, sozda saromad edilar, bekning tarbiyat va takviyati bila muncha taraqqiy va shuhrat qildilar"[2, 179]. Bunda shoir Alisher Navoiyning murabbiyligi haqida gapirar ekan, Ustoz Qulmuhammad, Shayxiy Noiy, Husayn Udiy hirotlik musiqashunoslarni tilga oladi. Ularni tilga olish orqali, avvalo, musiqaga muhabbatini namoyish etadi, qolaversa, Navoiyning san'at ahlini qadrlaganligini ta'kidlaydi. Hirotlik bu san'atkorlarni Alisher Navoiy tarbiya etganligi, shuning uchun ular soz chalishda shuhrat qozonganliklarini ham alohida ta'kidlaydi.

Bobur Alisher Navoiyning shoirlik iste'dodi va yaratgan asarlari haqida fikr yuritar ekan, yozadi: "Alisherbek naziri yo'q kishi edi....Yana musiqada yaxshi nimalar bog'labdi..." [2, 179] Bu ulug' mutafakkirning musiqani yaxshi tushunganini ko'rsatib turadi.

Asar tazkira xarakterida bo'lganligi uchun, Bobur o'z davrida ijodkorlari haqida ma'lumot berar ekan, ularning musiqaga muhabbatini ham alohida fazilat sifatida e'tirof etadi. Jumladan, Binoiy xususida yozadi: "Yana Binoiy edi, hiriyliktur.Burunlar musiqiydin bexabar ekandur, bu jihattin Alisherbek ta'n qilur ekandur. Musiqiyda tavr ishlar bog'laptur, ul jumladin bir naqshi bor, «Nuhrang»ga mavsum. Bu to'qquz rangning tuganishi va naqshning yallosi «Rost»tadur"[2, 189]. Demak, Binoiy shoir bo'lishi

Mug'anniy urub changga zabonda jang, Navo chekkay "Hay-hay o'lan, jon o'lan",

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

barobarida musiqaga ham qiziqqan. "Nuhrang" ga ohanglar bog'lagan, shundan "Rost" maqomidagi xizmatlari tilga olingan.

Qul Muhammad Udiy o'z davrida musiqada shuhrat qozongan. Bu haqda "Boburnoma"da o'qiymiz: "Yana Qulmuhammad Udiy edi, g'ijjakni ham xo'b cholur edi. Gijjakka bu uch qil taqti. Ahdi nag'madin va ahdi sozdin hech kim muncha ko'p va xo'b peshrav bog'lag'on emastur. Peshravdin o'zga ishlarda muncha emastur»[2 192]. Ya'ni Udiy g'ijjakni yaxshi chalgan va shu bilan shuhrat qozongan. U shu cholg'u asbobida uch xil kuy bastalalagan.

Shayx Noiy ham o'z davrida, asosan, musiqa bilan shug'ullangan: "Yana Shayxiy Noiy edi, udni va g'ijjakni ham xo'b cholur ekandur. O'n ikki-O'n uch yoshidin beri nayni xo'b cholur ekandur. Bir navbat Badi'uzzamon mirzoning suhbatida bir ishni naydin xo'b chiqarur, Qulmuhammad g'ijjakta ul ishni chiqara olmas. Derkim, gijjak noqis sozdur. Shayxiy filhol Qulmuhammadning iligidin g'ijjakni olib, ul ishni g'ijjakta xo'b va poqiza cholur» [2, 192 ]. Shayx Noiy, Boburning yozishicha, nay chalishga usta bo'lgan, hatto Qulmuhammad g'ijjakda chiqara olmagan kuylarni u nayda chiroyli ijro eta olgan.

Bobur yashagan davrda yashagan yana bir musiqachi Shohquli G'ijjakiydir. E'tibor berilsa, u davrda keyinroq ham musiqachilar taxalluslariga o'zlari chaladaigan cholg'u asbobi nomini ham qo'shganlar. Bundan ularning qaysi sozda mahoratli ekanliklari ifoda etilgan: «Yana Shohkuli G'ijjakiy edi, Iroqiydur. Xurosong'a kelib soz mashq qilib, taraqqiy kildi. Xeyli naqsh va peshrav va ishlar bog'labtur» [2, 192].

«Boburnoma»da yana o'qiymiz: «Yana Husayn Udiy edi. Udni mazaliq-mazaliq nimalar aytur edi. Udning torlarini yakka qilib bu cholibtur» [2, 192]. Keyingi musiqachining taxallusi ud cholg'u asbobi bilan bog'langan. Ma'lumki, ud ham qadimiy cholg'u sozlaridan bo'lib, undan, asosan, mahzun ohanglar taralgan. Boburning o'zi ham musiqani his etgani holda Husayn Udiyning ud chalish uslubini tushuntirib beradi.

Bobur yana bir musiqachi haqida yozadi: «Yana musanniflardin Gulom Shodiy edi, Shodiy xonandaning o'g'li edi, agarchi soz cholur edi, vale bu sozandalar chargasida cholmas edi. Yaxshi savtlari va naqshlari bor. Ul zamonda oncha naqsh va savt boglar kishi yuk edi» [2, 192]. Gulom Shodiyning san'atkor oilasidan chiqqanligi, uning sozni sozandalar birga chalmasligi, o'z musiqa-kuylari borligi Bobur tomonidan ta'kidlangan.

Boburning o'zi ham musiqaga juda qiziqqan. Bu haqda «Boburnoma»da o'qiymiz: «Necha mahal edi, mundoq nimalarg'a mashg'ulluq qilmaydur edim. Manga ham dagMag'a bo'ldikim, bir nima bog'lagaymen. Bu taqrib bila «Chorgoh» savtini bog'ladim. Nechukkim, mahallida mazkur bo'lg'usidir» [2, 266]. Ulug' shoirning e'tiroficha, u bir muddat musiqa bilan shug'ullanmagan. Keyin esa u kuylar yaratishga

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

harakat qilganligi, buning natijasi sifatida «Chorgoh» maqomiga savtlar bog'laganligi ma'lum bo'ladi.

Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, ulug' mutafakkir Alisher Navoiy san'atga katta ehtirom bilan qaragan, Sharq musiqasi tarixini yaratishga hissa qo'shgan. Shu bilan birga uning musiqaga oid qarashlari so'z va ohang san'atining inson ruhiyati bilan bog'liq o'zaro uyg'un hodisalar ekanligini yana bir karra tasdiqlab turadi. Bugungi kunda bu fikrlar umrboqiylik kasb etib, zamonaviy musiqa ilmining taraqqiyotiga xizmat qilib kelmoqda. Bobur o'zining mashhur «Boburnoma» asarida adabiyot ahllari qatorida san'at namoyandalari ijodiga ham alohida e'tibor qaratganligi ayonlashadi. Qolaversa, mutafakkir shoir qarashlari uning musiqaning chuqur idrok etganligini va o'zi ham bu nafis san'at bilan shug'ullanganligi ko'rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар туплами. Йигирма томлик. 13- том. Мажолис ун-нафоис. -Тошкент: Фан, 1997. - 300 б.

2. Zahiriddin M.B. Boburnoma. - Toshkent: Fanlar Akademiyasi, 1960. - 504 b.

3. Шарк мумтоз поэтикаси Хдмидулла Болтабоев талкинида. -Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2008. - 426 б.

4. Kuvvatova D. Classification of uzbek modern poems //Iranian Journal of Social Sciences and Humanities Research. UCT. J. Soc. Scien. Human. Resear.(UJSSHR).-Takestan, Iran. - 2016. - Т. 4. - №. 1. - С. 81-84.

5. Nigmatullayevich K. I., Ravshanovna K. K., Khabibovna Q. D. THE IMAGE OF BABUR IN THE INTERPRETATION OF HAROLD LAMB //Journal of Contemporary Issues in Business & Government. - 2021. - Т. 27. - №. 4.

6. Urayeva D., Nazarova G. COMPARATIVE ANALYSIS OF MYTHOLOGICAL NAMES AND MYTHOLOGISMS IN THE ENGLISH AND UZBEK LITERATURE //Philology Matters. - 2021. - Т. 2021. - №. 1. - С. 3-21.

7. Ураева Д. С., Назарова Г. П. ИНГЛИЗ ВА УЗБЕК АДАБИЁТИДА ^УШЛАР ОБРАЗИ //МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА. - 2020. - Т. 3. - №. 4.

8. Шербекова Г. Я. АФСОНА ВА РИВОЯТЛАРДА "ДАЁТ ДАРАХТИ" ОБРАЗИ ИФОДАЛАНИШИГА ОИД АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР //Scientific progress. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 244-250.

9. Рустамова, Г. Б. HISTORICAL-MYTHOLOGICAL BASES OF IMAGES ASSOCIATED WITH TREES IN FOLKLORE.

10. Uraeva D., Kabulova Z. INFLUENCE OF UZBEK LITERATURE ON ARTISTIC DEVELOPMENT OF KARAKALPAK MODERN POETRY

821

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

//КУЛЬТУРОЛОГИЯ, ИСКУССТВОВЕДЕНИЕ И ФИЛОЛОГИЯ: СОВРЕМЕННЫЕ ВЗГЛЯДЫ И НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. - 2019. - С. 9498.

11. Ураева Д. С. и др. ВЫРАЖЕНИЕ ВЕРЫ В ОГОНЬ И ЗОЛУ В ВОЛШЕБНОЕ ИСЦЕЛЕНИЕ НА НАРОДНЫХ ПЕСНЯХ //European Scientific Conference. - 2020. - С. 360-363.

12. Barotova M., Quvvatova D. Transference of national peculiarities in the novel" The Din" by E. A'zam //International Journal of Engineering and Advanced Technology. - 2019. - Т. 8. - №. 5 Special Issue 3. - С. 383-387.

13. Sohibova Z., Quvvatova D. Symbolic description of the year seasons in Uzbek poetry. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, Volume-8 Issue-9S3, July 2019, 363-367. ISSN: 2278-3075 Website. -2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.