Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY VA MUSIQA'

ALISHER NAVOIY VA MUSIQA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1770
400
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Музыка. Маком. Инструмент. Искусство. Хамса. Мелодия. Композитор. Най. Литература / Music. Makom. Instrument.Art. Xamsa. Melody / Composer. Nay. Literature.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdumajidova Nozima Farhod Qizi

Эта статья о том, как Алишер Навои относится к музыке и что он пишет о музыке.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article is about how Alisher Navoi relates to music and what he writes about music

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY VA MUSIQA»

ALISHER NAVOIY VA MUSIQA

Abdumajidova Nozima Farhod qizi

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Cholg'u ijrochiligi" mutaxassisligi 2-kurs magistrani

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Alisher Navoiyning Musiqa bilan qanchalik aloqadorligi ,musiqa haqida yozgan asarlari haqida.

Kalit so'zlar: Musiqa. Maqom. Cholg'u. San'at. Xamsa. Kuy. Bastakor. G'azal. Nay. Adabiyot.

АННОТАЦИИ

Эта статья о том, как Алишер Навои относится к музыке и что он пишет о музыке.

Ключевые слова: Музыка. Маком. Инструмент. Искусство. Хамса. Мелодия. Композитор. Най. Литература

ABSTRACT

This article is about how Alisher Navoi relates to music and what he writes about music

Keywords: Music. Makom. Instrument.Art. Xamsa. Melody, Composer. Nay. Literature.

Musiqa qalb kechinmalarini bildirishning go'zal ifodasidir. U orqali insonlar yuraklaridagi his tuyg'ularni aks ettiradi. Musiqa bilan qalblari pok insonlargina so'zlasha oladi. So'z mulkining sultoni Alisher Navoiy musiqa ilmini ham juda chuqur egallagan. Uning boy merosi bo'lgan asarlaridan buni yaqqol bilishimiz mumkin. Navoiy Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sino ilmiy-musiqiy qarashlarini rivojlantirib, musiqa ilmini o'rganishni asosan ikki qismga bo'ladi: ilmi ta'lif (kompozitsiya ilmi - musiqiy tovushlar-nag'malar tuzilishini o'rganuvchi fan) va ilmi iyqo (musiqiy ritm) hamda ikki yo'nalishda olib boradi: ilmi advor (o'n ikki maqomga oid ilm) va fanni musiqiy (musiqa san'ati).

Navoiyning o'zi ham musiqa amaliyotida ijod etgani ba'zi manbalarda yoziladi. Masalan, Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma"da qayd etadiki: "(Alisherbek) yana musiqiyda yaxshi nimalar bog'labdur. Yaxshi naqshlari va

peshravlari bordir"1. Ham vokal musiqa (naqsh) va ham cholg'u musiqa (peshrav) bo'yicha kuylar yaratgan deb ta'kidlanayotgan Navoiyning musiqa asarlaridan ba'zilari bizning davrga yetib kelgan, degan taxmin bor. Jumladan, Abdurauf Fitrat o'zining "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" kitobida "Qari Navo" yoki "Qari Navoiy" kuyi haqida yozadi: "Bu kuyning juda eski bir kuy ekani har tomonda so'ylanib turur. Eshitganimizga ko'ra, Farg'onada ham "Qari Navoiy" ismli eski bir kuy bor. Toshkent musiqachilari bu kuyni "Qari Navo" derlar. Biroq, bu ism yanglishdir. Alar shul "Qari Navoiy" ismini buzib olg'anlar. Buxoroning eski musiqashunoslarining orasida bu kuy Navoiy asari bo'lg'oni so'ylanadir. Mana shu ma'lumotlardan so'ng "Qari Navoiy" kuyining Alisher Navoiy asari bo'lg'ani ehtimoli kuchlanib qoladir"2. Xulosa shuki, Toshkentda "Qari Navo" deb ataladigan kuyni Navoiy yaratgan bo'lishligi joiz. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, Navoiy milliy cholg'ularni yaxshi bilgan. Jumladan, Xondamir yozadi: "Hazratning o'zlari qonunu udda zo'r ta'lim olganlar. Binobarin, sozanda ahlining ko'pchiligi hamisha oliyhazratning mulozamatida bo'ladilar"

Navoiy o'zbek musiqa madaniyati rivojiga, og'zaki an'anadagi o'zbek ustozona musiqasi taraqqiyotiga beqiyos ulush qo'shgan ulkan san'atkor ekanligi haqida o'zbek musiqasining bilimdonlari Abdurauf Fitrat va Is'hoq Rajabovlarning

"5

zalvarli tadqiqotlarida dalillar bor . Navoiyning o'zi bu haqda "Sab'ai sayyor"da shunday yozadi:

San 'atim anda soz chalmoq ishi, Bilmayin men kabi ishini kishi. Ilmi advoru fanni musiqiy, Mendin ul ilm ahli tahqiqi. Xonandalar va bastakorlar tomonidan ashulalar to'plami sifatida foydalanib kelinadigan bayozlarning asosiy qismini Navoiy g'azallari tashkil etadi. Masalan, O'z.R.F.A. Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kitob xazinalarida saqlanayotgan 43 bayozni tashkil etuvchi g'azallarning aksariyati Navoiyga mansubdir, chunki, Navoiy she'riyatining qiymati, qo'llagan she'riy usullar, vaznlar asrlar davomida buyuk musiqachilarning necha avlodi tomonidan yaratilgan maqom va maqom yo'lidagi o'zga musiqiy shakllar qiymatiga, ularda qo'llanilgan usullar, ritmga mutanosibdir. Shuning uchun ham necha asrlardan beri, bizning kungacha Navoiy so'zlari bilan ijro etilib kelinayotgan ashulalar maqom, suvorish yoki Toshkent - Farg'ona maqom yo'llaridagi: "Bayot - II", "Ushshoq", "Qo'shchinor", "Qo'shchinor - II", "Chorgoh - III" va boshqalar o'zbek mumtoz musiqasining husnu tarovatini ko'rsatuvchi asarlardir. Navoiy so'zlariga kuy bastalash an'anasining

1 Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnonma" 162 b.

2 A.Fitrat "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" 1993

3 Rajabov I. "Maqomlar"

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

asoschilari uning zamondoshlari - Hoji Yusuf Burhon va Hoji Abdulloh Marvarid

bo'lsala^ yaqin o'tmishda Hoji Abdulaziz, Mulla To'ychi Hofiz, Yunus Rajabiy,

To'xtasin Jalilov, Faxгiddin Sodiqov, Komiljon Jabborov, Fattohxon Mamadaliyev,

Orifxon Hotamov bu an'ananing davomchilaгi edilaT, hoziгda esa, Abduhoshim

Ismoilov, Mahmudjon Tojiboyev singaгi bastakoгlaг Navoiy so'zlariga kuy bastalash

sharafiga mushaггaf bo'lmoqdalar

Zayniddin Vosifiy qayd etadiki: "Oliyhazrat amiг Alisheг musiqa ilmida ham shu qadar mahorat hosil qilgan edilarki, agar muallimi soniy Abu Nasr Forobiy hayot bo'lganlarida unga shogiïdlik sn'g'asini qulog'iga taqib ola^i" Abduгauf Fitгat yozadi: "Navoiyning o'zi ham musiqiyda Ыг гisola yozg'on deb so^lanmakdif'. Afsuski, Navoiyning musiqiy risolasi hali topilgani yo'q. Ammo, Navoiyning adabiy-badiiy va adabiy-ilmiy merasini o'гganaг ekanmiz, ko'z oldimizda ulug' shoiг, buyuk mutafakkir va ulkan musiqashunos siymosi gavdalanadi. Chunki, uning mazkur asarlarida musiqa nazariyasi va amaliyotiga oid turli masalalar keng, atroflicha yoгitilgan, o'n ikki maqom tizimi davгlari, musiqiy cholg'ulai tasnifi va ta'rifi o'z aksini topgan.

Navoiy hazratlari o'zinig boy ijodiy merosida cholg'ularning ilohiy va falsafiy jihatlaridan kelib chiqib tashbihlar ya'ni o'xshatishlar asosida badiiy talqin etadi hamda musiqaning o'ziga hos parda tizimlaridan bohabar holda ifodalaydi yoki cholg'uning ohang xususiyatlariga alohida ta'rif beradi. Navoiy ijodining ayni cholg'ushunoslik masalasi to'g'risida Ыг qatoг fikriami biz A. Fitratning "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" asaгida, I.Rajabovning "Maqomlaf' monografiyasida o'qishimiz mumkin. Navoiy o'z asarlarida musiqiy cholg'ularning shaklu shamoyili, ko'rinishlaridan toki ijro mezoni, ohang tarannumi xususiyatigacha falsafiy qarashlari bilan ifodalaydi. Uning musiqiy iboralar bilan uyg'unlashgan har bir satrlari chuqur ma'noli, musiqiy atamalarning asar g'oyasi bilan qorishib ketgani bilan alohida ajralib turadi. U o'z g'azallarida cholg'uga murojaat etsa, cholg'u tabiati har tomonlama o'z aksini topadi . Jumladan , quyidagi baytda Navoiy nay cholg'usini keltiradi:

Otashin may birla, ey soqiy, qizitqil bazmni, Mutribo, ul o 'tni tez etmakka ol og 'zingga nay.

("G'aroyib us-sig'af',581)

Shunday qilib, Alisher Navoiy bizning adabiyotimizni boyitibgina qolmay, musiqa ilmida ham eng zarur manbaalarni qoldirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Alisher Navoiy "Xamsa" 1986

2. Zahiriddin Muhammad Bobrn" "Bobumoma" 1989

3. A.Fitrat "O'zbek klassik musiqasi va unig tarixi" 1993

4. I.Rajabov "Maqomlar" 2006

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.