Научная статья на тему 'SHARQDA BASTAKORLIK IJODI'

SHARQDA BASTAKORLIK IJODI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
350
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
bastakorlik / musiqiy risola / musiqiy asarlar / maqomlar / bastakorlik asarlari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dadayev Axmatjon Shakarimovich

Musiqashunoslik ilmi Sharqda qadimdan rivojlanib kelgan. Qomusiy olimlarning deyarli barchasi musiqa ilmidan habardor bo‘lib, ushbu san’atning rivojlanishi uchun o‘z xissalarini qo‘shganlar. Bastakorlik san’ati ham musiqa ilmini rivojlantirgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, Sharqda juda ko‘plab iste’dodli bastakorlar ijod qilishgan. Ushbu maqolada sharqda yashab ijod etgan, nomlari musiqiy risolalarda keltirilgan bir qancha bastakorlar haqida ma’lumotlar beriladi. Shu bilan birga, XV – XVI va XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrning boshlanish davri, o‘tgan asrning 20-yillarida yashagan bastakorlar haqida ham aytib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQDA BASTAKORLIK IJODI»

SHARQDA BASTAKORLIK IJODI

Dadayev Axmatjon Shakarimovich [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Musiqashunoslik ilmi Sharqda qadimdan rivojlanib kelgan. Qomusiy olimlarning deyarli barchasi musiqa ilmidan habardor bo'lib, ushbu san'atning rivojlanishi uchun o'z xissalarini qo'shganlar. Bastakorlik san'ati ham musiqa ilmini rivojlantirgan yo'nalishlardan biri bo'lib, Sharqda juda ko'plab iste'dodli bastakorlar ijod qilishgan. Ushbu maqolada sharqda yashab ijod etgan, nomlari musiqiy risolalarda keltirilgan bir qancha bastakorlar haqida ma'lumotlar beriladi. Shu bilan birga, XV - XVI va XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrning boshlanish davri, o'tgan asrning 20-yillarida yashagan bastakorlar haqida ham aytib o'tiladi.

Kalit so'zlar: bastakorlik, musiqiy risola, musiqiy asarlar, maqomlar, bastakorlik asarlari

CREATIVITY OF COMPOSERS IN THE EAST

Dadayev Axmatjon Shakarimovich [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The science of Musicology has evolved in the East from ancient times. Almost all encyclopedias of encyclopedias are aware of the science of music and have added their own hisses for the development of this art. The art of composers was also one of the directions that developed the science of music, and in the East a lot of talented composers were created. This article will tell about many composers who lived in the East, whose names are presented in musical brochures. At the same time, it is also mentioned about the period of the beginning of the XX century from the XV -XVI and the second half of the XIX century, about the composers who lived in the 20-ies of the last century.

Keywords: composer, musical treatise, musical works, statuses, composer's works.

Sharq amaliy musiqa madaniyatida bastakorlik qadimdan rivojlangan va shakllangan yo'nalishlardan biri sanaladi. Yetuk bastkorlar aynan Sharqda tug'ilgan va ijod qilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Yaqin va O'rta Sharqning deyarli barcha

I icclT^^^^H 475 http://oac.dsmi-qf.uz

mamlakatlarida tanilgan bastakorlar sifatida 6-7 asrlarda yashagan Borbad Marviy, Abdurahmon ibn Surayj, 7-8 asrlarda yashagan Abduhafz Sug'diylaming nomlarini tilga olish mumkin. Bundan tashqari ko'pgina qomusiy olimlarimiz ham bastakorlik faoliyati bilan shug'ullanganlari hech kimga sir emas. Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy kabi allomalarning bir nechta musiqalar yaratganliklari haqida bir qancha ma'lumotlar bor. Zero, musiqa ilmidan bohabar bo'lmay, uni amaliyotda qo'llamay turib, musiqa haqida mukammal risolalar yozish amri mahol.

Qadimda bastakorlar va ularning yaratgan asarlari haqida risolalarda, qulyozmalar va ilmiy asarlarda keltirib o'tilgan. Shulardan biri, 50 yil davomida Abulfaraj Isfaxoniy (897-967 yillar) tomonidan yozilgan "Qo'shiqlar kitobi" ( ^jl^Vl) Xurosonlik mashhur musiqachi va bastakor Is'hoq Mavsiliy bastalagan va ijro etgan 100 qo'shiqqa sharx bitish maqsadida yozila boshlangan. Ushbu ko'p jildli noyob asarda V asrdan X asr boshlarigacha yaratilgan va ijro etilgan arab tilidagi qo'shiqlarning matnlari keltiriladi, ularni yaratgan shoir va bastakor hamda ilk bor ijro etgan qo'shiqchilar haqida ma'lumotlar beriladi. Uning qamrovi keng, hajmi salobatli va ahamiyati katta bo'lgani uchun "Katta qo'shiqlar kitobi" ( j^I ) deb ham

ataganlar.1

Bundan tashqari Abu Nasr Farobiy o'zining musiqa ilmiga oid kitoblari ichida eng ahamiyatlisi, o'z davrining buyuk musiqiy asari "Katta musiqa kitobi" (M^ jj^ilnjmjJl )da Sharqda sermahsul ijod qilgan bastakorlar haqida ham to'xtalib o'tadi. Shulardan biri Ma'bad bo'lib uning to'liq ismi Abu Abbad bin Vahab Mavla bini Qutn Ma'bad al - Madiniy (673 - 743)2. U nafaqat bastakor balki xonanda va cholg'uchi sifatida ham tilga olingan. Abbosiy xalifalaridan Xarrun ar-Rashid (766-809) davrida noyob deb topilib, jam etilgan arablarning 100 nodir ashulasidan 3 ta eng oliylari Ma'bad ijodiga mansub deyiladi.

Farobiy tilga olgan yana bir bastakor Ibn Surayj (Abu Yahyo Ubaydulla ibn Surayj al-Makkiy (634-743)) bo'lib u o'z vaqtida saroyda xizmat qilgan. U bir qancha musiqiy asarlar bastalash bilan birgalikda ud cholg'usining betakror sozandasi bo'lgan. Shu bilan birga, shoir va xushovoz xonanda sifatida ham elga taniqli bo'lgan. Forobiyning yozishicha: "Kuy bastalash vaqtlari Ibn Surayj o'z ovoziga mos tovushga ega bo'lgan qo'ng'iroqchalar qadab qo'yilgan to'nini kiyib olar va bastalamoqchi bo'lgan kuyni (ashulani) xirgoyi qilib, tanasini, yelkalarini lozim vaznda o'ynatar edi. Uning xirgoyisi nag'malarining uzunligi harakatlari uzunligiga mos tushsa bastalanmoqchi bo'lgan kuy (ashula) tugallanar va u ashula qilib aytar edi"3

"Ramal" iyqosida ashulalar, cholg'uchilar va raqqoslar dastalari uchun kuylar bastalagan Muxoriqni ham iste'dodli bastakor, ham iqtidorli ashulachilar safida sanab

1 Z.Oripov "Sharq musiqiy manbashunosligi (X-XI asrlar)" o'quv qo'llanma, Toshkent, 2008 y., - 17-bet

2 Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. T.: A.Qodiriy nashriyoti, 1993. - 176-bet

3 Z.Oripov "Sharq musiqiy manbashunosligi (X-XI asrlar)" o'quv qo'llanma, Toshkent, 2008 y., - 28-29-betlar

I fctlT^^^^H 476 http://oac.dsmi-qf.uz

o'tadi. Isfahonda tug'ilgan Muxoriq Arab ashula ijrochiligiga "tavil" vaznini kiritdi hamda go'zal ovoz va chuqur nafasga ega xofiz bo'lgan.

Abu Abdulloh Xorazmiy o'zining "Mufatihu-l-ulum" asarining musiqaga oid qismida bastakorlar, ijodkorlar haqida ma'lumotlar keltirmaydi, ammo bastakorlik ijodi uchun zarur bo'lgan barcha bilimlarni keltirib o'tadi. Xorazmiy "musiqur" [jjL^jJl ] va "musiqar" [jlVj^l ] atamasiga izoh berar ekan ] musiqur-

bastakor, ya'ni kuy chaluvchi va kuy tuzuvchi ekanini tushuntirib o'tadi. Uni ] musiqar deb ham ataganlar.4

Aslida bastakorlar xalq orasidan chiqqan bilimli, zukko insonlar bo'lib, musiqa ilmi bilan chuqur shug'ullanganlar. Ularning deyarli hammasi faqatgina kuylar, naqsh va savtlar bastalabgina qolmay bir qancha cholg'ularning mohir ijrochisi, xushovoz xonanda, shoir yoki musiqashunos sifatida ham faoliyat olib borganlar. Aslida ham bastakorlik sohasining professional egasi bo'lish uchun musiqa ilmini chuqur egallash, cholg'ularning tabiati, sadolanish xususiyatlarini, xonandalik imkoniyatlarini bilish va imkon qadar bularni amaliy jihatdan o'zi ham bajara olishi maqsadga muvofiqdir. Sharqda dong'i ketgan bastakorlarning faoliyatiga nazar solganda buning bevosita guvohiga aylanamiz.

Bastakorlik, ayniqsa Amir Temur va temuriylar davrida yanada rivojlanib borgan va ijodkorlar yuksak e'tirof etilgan. Buning natijasida musiqa ilmi yanada mukammallashib bordi va bastakorlik san'ati maqom ijrochililigiga ham o'z ta'sirini ko'rsata boshladi. XIII asrda dastavval o'n ikki maqom shakllangan bo'lsa, keyinchalik XVI -XVIII asrlarda uning asosida Buxoro Shashmaqomi, Xorazm olti yarim maqomlari va Farg'ona Toshkent maqom turkumlari rivojlandi. Maqom turkumlari tarkibidagi "Saqili Islimxon", "Saqili Ashkullo", "Saqili Niyozjonxo'ja", "Murabbai Komil", "Samandariy", "Karimqulbegi" kabi ko'plab asarlar aynan bastakorlar ijodiga mansub ekanligini anglash qiyin emas. Bastakorlik san'ati, ayniqsa, XV - XVI asrlarda ommaviylashgan, xattoki qator shoir, olimlar ayni paytda bastakor ham bo'lgan. Abdurahmon Jomiy «Imoma» naqshi (yoki «Naqshi Mullo»)ni, A.Navoiy bir qancha naqsh va peshravlar, Bobur «Chorgoh savti» yo'llaridagi asarini ijod etgan. Bu davrga kelib Bastakorlikning asosiy janr va shakllari, uslub va usullarining rivoji o'z qiyomiga yetdi. Manbalarda, ayniqsa Darvishali Changiyning (XV - XVI asrlar) musiqaga doir risolalarida amal, qavl, savt, chorzarb hamda jir, kor, tarona ko'rinishlaridagi o'nlab asarlarning ta'rifi keltirilgan, bularning har birida ijod qilgan ko'plab bastakorlarning nomlari aytib o'tilgan.5

Darvesh Ali Changiy o'zining musiqiy risolasida xalq orasidagi iste'dodli ijodkorlar haqida ma'lumotlar keltirgan. Ushbu risolada nomi tilga olingan Mavlono Zaynulobiddin Rumiyning bastakorlik ijodi haqida bir oz to'xtalib o'tamiz.

4 Bahodirov R.M. Abu Abdulloh al-Xorazmiy va ilmlar tasnifi tarixidan.-T.: O'zbekiston, 1995.

5 https://qomus.info/encyclopedia/cat-b/bastakorlik-uz/

Xirotda yashab ijod etgan Mavlono Zaynulobiddin Rumiy o'z davrining mashxur xonandasi bo'lgan. Ud va chang cholg'ularining mohir sozandasi bo'lganligi tufayli saroyda xizmat qilgan. U birqancha musiqiy asarlar va peshravlarni bastalagan. Bastalagan peshravlari orasida ayniqsa, uchtasi mukammalligi va go'zalligi tufayli butun dunyo musiqa olami vakillari orasida mashxur bo'lgan. Shulardan biri "Efsan" deb nomlangan bo'lib, Xusayniy maqomining ladlari asosida yaratilgan. Ikkinchisi, Iroq maqomi ladlari asosida yaratilgan "Saqil" bo'lsa, uchinchisi, Xusayniy maqomi ladlari asosida, qadimiy "davri saqil" usulida ijro etiladigan "Peshravi far" asarlaridir.6

Aslida, Darvish Ali Changiyning musiqiy risolasida nomlari tilga olingan ijodkorlarning juda ko'p qismi musiqiy asarlar bastalaganlar. Ularning yaratgan asarlari el orasida mashxurlikka erishgan. Ushbu risolada nomi tilgan olingan bastakorlardan yana biri Maxzumzoda Xorazmiy bo'lib, u mashxur shayx sayid Xusayn Xorazmiyning o'g'li bo'lgan. Maxzumzoda Xorazmiy juda ko'plab savt va naqshlarni bastalagan. O'zi yaratgan musiqalarga otasi yozgan she'rlarni qo'yib ijro qilgan. Maxzumzoda Xorazmiy bastalagan naqshlar Buxoroda bemisl mashxurlikka erishgan va musiqachilar tomonidan doimiy ravishda sevib ijro etilgan.7 Maxzumzoda Xorazmiyning bir qancha shogirdlari ham savt, naqsh va peshravlar bastalab, el orasida tanilganlar.

Mavlono Rizoi Samarqandiy Samarqandning buyuk olimlaridan biri bo'lgan. Musiqa ilmining bilimdoni sifatida xalqning muhabbatiga sazovor bo'lgan. U Iroq maqomi ohanglari asosida, muxammas usulida ijro etiladigan amal bastaladi. O'sha davrda bu asar "Tan tani Mulla Rizo" nomi bilan mashhurlikka erishdi.

Darvish Alining ma'lumotiga qaraganda Xoja Abdulqodir Marog'iy isfaxonlik bo'lib, o'sha davr Sharqining buyuk musiqa olimi, bastakor va nazariyotchisi edi. U Samarqandga kelgach, saroy teatri va musiqasiga rahbarlik qildi. Samarqandda o'z maktabini yaratdi, ko'plab shogirdlar tayyorladi va musiqiy taraqqiyotga katta hissa qo'shdi. Uning qalamiga mansub «Zubdatul advor», «Maqosidul ilhon» nomli kitoblar yozilganligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lib, Darvish Ali yana uning "Miatayin" nomli musiqa to'plami yaratgani haqida ma'lumot beradi. Bundan tashqari Darvish Ali Changiy musiqiy risolasida bir qancha musiqiy asarlar bastalagan Xo'ja Boboi Inoq, Mavlono Oxiy, Yusuf Mavdudi Dutoriy, Xoja Yusuf Andijoniy, Paxlavon Abu Sayid Rumiy, Ali Shunqor, Alijon G'ijjakiy, Muhammad Dildo'z kabi ko'plab ijodkorlarni sanab o'tgan.

Bu davrda Samarqand, Buxoro, Hirot, Toshkent, Xo'jand, Qo'qon, Xiva kabi shaharlarda xonandalik, aksariyatida sozandalik bilan birga o'ziga xos bastakorlik maktablari yuzaga kelgan. Mazkur ijodiy maktablarning yetuk namoyandalari o'z

6 A.A.Semenov "Sredneaziatskiy traktat po muzike Darvisha Ali (XVII veka)"

7 O'sha manba, 64-65-betlar

Toshkent, 1946 y. 44-45-betlar.

asarlarida mahalliy folklor (ayniqsa, marosim va link mavzudagi qo'shiqlar), maqom, katta ashula ijrochiligi va ijodkorligiga xos xususiyatlarni singdirishga intilganlar8.

Bastakorlik ijodi rivojining keyingi bosqichlaridan XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrning boshlanish davri diqqatga sazovor. Bu davrning ko'zga ko'ringan ijodkor shaxslaridan biri bo'lgan Muhammad Rahimxon II Feruz o'z zamonasida ajabtovur musiqashunos va bastakor edi. U shoir va san'atkor Komil Xorazmiyning tashviqi bilan eng qadimiy "Shashmaqom" kuylarini to'liq o'rgandi va "Navo", "Dugoh", "Segoh" maqomlariga bog'lab kuylar ham yaratdi. Muhammad Rahimxon II Feruz yaratgan kuylar, Feruz I, II, III ijrolari xalq ichida mashhur bo'lib tez orada Xorazm san'atkorlari orasida tarqalib ketdi.9 Xorazmlik mashhur bastakorlar Niyozjon Xo'ja, Komil Xorazmiy, Muhammadrasul Mirzo, Matyoqub Harrat va boshqalar maqomlarga yangi cholg'u qismlar bastalab, ularni shaklan va mazmunan boyitdilar. Bu asarlar kuy tuzilishi, lad asoslari saqlangan holda Xorazmga xos musiqiy uslublarda ijro etilib kelingan.

Hoji Abdulaziz Abdurasulov 1852—1936 yillarda Samarqandda yashab, ijod qilgan taniqli bastakor, o'zbek maqom san'ati rivojiga beqiyos hissa qo'shgan betakror ovoz sohibi bo'lgan. U bastalagan «Guluzorim», «Gullar bog'i», «Beboqcha» «Bozurgoniy», «Samarqand ushshog'i» kabi yuzlab qo'shiqlar o'zbek mumtoz musiqa merosining eng noyob asarlari qatoridan joy olgan. Shashmaqomni o'rganish va keng targ'ib etishda Hoji Abdulaziz Abdurasulovning xizmatlari katta bo'lgan. Samarqand maqom yo'llari, soz chalish va ashula aytish bo'yicha ko'plab yoshlarga ustozlik qilgan, ularga o'z san'atini o'rgatgan. Jumladan, O'zbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy ham uning Samarqanddagi xonadonida yashab, hofizdan saboq olgan.

Akademik Yunus Rajabiyni mohir bastakor sifatida ham taniymiz. Uning asarlari o'zbek bastakorlik ijodining davom etishida juda katta rol o'ynadi.U bir qancha qadimiy o'zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlab tiklagan «Subhidam», «Yolg'iz» «Sayqal», «Fig'on», «Oraz», «Begi Sultan» kabi asarlar shular jumlasidandir. Bilamizki bu kabi asarlarni qayta tiklash uchun ijodkorga yuksak bilim, mahorat va bastakorlik tajribasi juda muhim. Yunus Rajabiy o'zbek musiqali dramasining shakllanishiga muhim hissa qo'shgan. Dastlab «Farhod va Shirin» (Xurshid, 1922-25, Sh. Shoumarov bilan hamkorlikda), «Layli va Majnun» (Xurshid, 1926), «Rustam» (U. Ismoilov, 1933), «Avaz» (A. Hidoyatov, 1935), «Xolisxon» (Hamza, 1940) kabi spektakllarga xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan. Keyinchalik B. Nadejdin bilan hamkorliqsa «Qasos» (A. Umariy, Uyg'un, 1941), N. Mironov bilan «Qo'chqor Turdiyev» (S. Abdulla, Chustiy, 1942), G. Mushel bilan «Muqanna» (H. Olimjon, 1943), O. Halimov bilan «Nodira» (S. Kosimov, Ya. Mamatxonov, 1942-43), B. Zeydman bilan «O'g'il uylantirish» (H. Fylom, 1964), Sayfi Jalil bilan «Navoiy

8 Gafurbekov T., Tvorcheskiye resursi natsionalnoy monodii i ix prelomleniye v uzbekskoy sovetskoy muzike, T., 1987

9 Xorazm maqomlari I tom. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va sn'at nashriyoti, Toshkent, 1980 y

I D^Ü^^Sl 479 http://oac.dsmi-qf.uz

Astrobodda» (I. Maxsumov, 1968) singari musiqali dramalarni yaratgan. Shuningdek, «Fabrika yallasi», «Bizning davron», «Mirzacho'lda tuy», «O'zbekiston», «Yangrasin Gulyor», «Dugonalarga», «Kadah», «Koshki», «Gul sochar», «Judo», «Ra'nolanmasun», «Chapandoz», «Kuygay» kabi qo'shiq va ashulalar, «O'yin Bayoti», «O'yin Dugohi», «Paxta» singari kuylarni yaratgan.10

Tarixda Sharqda yashab o'tgan har bir bastakorning o'ziga xos asar yaratish uslubi bo'lgan albatta. Bastakorlikning tartibi va ilmiy asoslari haqida ma'lumotlarni ham qomusiy olimlarimiz yozib qoldirgan risolalarda o'qishimiz mumkin. Bugungi kunda bastakorlik ijodiga qo'l urayotgan va bu yo'lda izlanayotgan yoshlarimiz, tadqiqotchilarimiz albatta bu qo'lyozmalarga va risolalarga ham bee'tibor bo'lmasliklari lozim. Bugungi kunga qadar yashab ijod etgan va bugungi kunda ham faoliyatini olib borayotgan bastakorlar haqida izlanishlar olib borish, o'zbek musiqa san'atining yanada rivojlanishiga o'z hissasini qo'shadi, albatta.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Z.Oripov "Sharq musiqiy manbashunosligi (X-XI asrlar)" o'quv qo'llanma, Toshkent, 2008 y.

2. Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. T.: A.Qodiriy nashriyoti, 1993.

3. Bahodirov R.M. Abu Abdulloh al-Xorazmiy va ilmlar tasnifi tarixidan.-T.: O'zbekiston, 1995.

4. A.A.Semenov "Sredneaziatskiy traktat po muzike Darvisha Ali (XVII veka)", Toshkent, 1946 y.

5. Gafurbekov T., Tvorcheskiye resursi natsionalnoy monodii i ix prelomleniye v uzbekskoy sovetskoy muzike, T., 1987

6. Xorazm maqomlari I tom. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va sn'at nashriyoti, Toshkent, 1980 y

7. https://qomus.info/encyclopedia/cat-b/bastakorlik-uz/

1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Yunus_Rajabiy

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.