Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY MUG‘ANNIYNOMALARI MURAKKAB STRUKTURALI JANR SIFATIDA'

ALISHER NAVOIY MUG‘ANNIYNOMALARI MURAKKAB STRUKTURALI JANR SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

144
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Navoiy / mug„anniynomalar / poetika / murakkab strukturali janr / Навои / поэтика / жанр со сложной структурой.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilrabo Jalolovna Kazakbayeva

Ushbu maqolada Alisher Navoiy mug„anniynomalari murakkab strukturali janr sifatida tahlilga tortilgan. Mug„anniynomalar murakkab strukturali janr ekanligi ilmiy-nazariy fikrlar asososida dalillangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY MUG‘ANNIYNOMALARI MURAKKAB STRUKTURALI JANR SIFATIDA»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-158-162

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

ALISHER NAVOIY MUG'ANNIYNOMALARI MURAKKAB STRUKTURALI JANR SIFATIDA

Dilrabo Jalolovna Kazakbayeva

O'zbekiston Milliy universiteti doktoranti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

dilrabokazakbayeva0707@gmail. com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Alisher Navoiy mug'anniynomalari murakkab strukturali janr sifatida tahlilga tortilgan. Mug'anniynomalar murakkab strukturali janr ekanligi ilmiy-nazariy fikrlar asososida dalillangan.

Kalit so'zlar: Navoiy, mug'anniynomalar, poetika, murakkab strukturali janr.

АННОТАЦИЯ

В данной статье стихи Алишера Навои анализируются как жанр со сложной структурой. На основе научных и теоретических представлений доказано, что стихотворение представляет собой жанр со сложной структурой.

Ключевые слова: Навои, поэтика, жанр со сложной структурой.

ABSTRACT

In this article, the poems of Alisher Navoi are analyzed as a genre with a complex structure. It has been proven on the basis of scientific and theoretical ideas that poems are a genre with a complex stru

Keywords: Navoi, poetics, genre with complex structure.

Adabiy janrlar va ularning adabiy jarayondagi o'rni adabiyotshunoslik uchun doimo asosiy tatqiqot ob'ekti bo'lib kelgan. Shunga qaramay, mumtoz adabiy janrlar masalasi doimo murakkabligicha qolgan.

Mumtoz adabiyotda adabiy tur tushunchasi o'ziga xos ifoda shakllariga ega. U ko'proq adabiy tur nuqtai nazaridan emas, balki janrlarga munosabat hamda ifoda shakllari nuqtai nazaridan rivoj topgan.

Alisher Navoiy ham adabiy turlar masalasiga ifoda shakllari nuqtai nazaridan qaragan va buni adabiy nav'lar deb atagani holda she'riy janrlarni sinf istilohi bilan bergan. She'riy shakllarning janr xususiyatlari Navoiy talqinlarida ularning aruziy xususiyatlari bilan bog'lab tushuntirilgan.

8-fevral

158

Har bir poetik janrning o'z qat'iy strukturasi mavjud bo'lib, muayyan asarning badiiyatini o'rganish bilan birga uning janr xususiyatlarini tadqiq etish dunyo ada-biyotshunosligida qabul qilingan. Mumtoz janrlar tarkibiy jihatdan turlicha bo'lishiga qaramay, ularning tabiati, asosan, o'sha janrda yaratilgan asarlarning vazn, qofiya va band xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Mumtoz she'riy janrlarga xos bu kabi jihatlarni o'rganish ham bevosita adabiyotshunoslik ilmining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Murakkab strukturali janrlar masalasi dastlab Shayx Ahmad Taroziyning "Fununu-l-balog'a" asarida ko'rilgan. Alloma mumtoz she'rning asosiy 10 nav'ini keltirish barobarida struktural jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan she'r shakllarini bir nav' sifatida berishidir. Masalan, ruboiy va tuyuq, tarji'band va tarkibband, barcha musammat shaklllarini bir nav'ga birlashtirib taqdim etgan. Bular orasida ruboiy va tuyuqqa nisbatan struktural jihatdan murakkab deb qaralmasa-da, tarji'band va tarkibband, ayniqsa, musammat shaklllarini bir nav' orqali yuzaga kelganini o'rinli asoslab ko'rsatgan.

XX asr boshlarida butun mumtoz she'riyat sintez qilinar ekan, bu holatni biz Fitratning ilmiy asarlarida ko'ramiz. Fitrat "Adabiyot qoidalari", "Fors shoiri Umar Xayyom" va "Aruz haqida"gi asarlarida garchi mutatavval janrini alohida ko'rsatmagan bo'lsa ham, ayrim adabiy janrlar, xususan, masnaviy va musammat turlarining murakkab strukturasiga ishora qilgan. "Adabiyot qoidalari"da manbalarda murakkab strukturali janrlar sifatida qaralgan mumtoz she'r shakllaridan qasida, masnaviy, musammat, tarji'band, tarkibbandni umuman izohlash bilan cheklangan [1. B.39-43]. "Fors shoiri Umar Xayyom" risolasida esa masnaviy, qasida xususida kengroq to'xtalib, ularning janr xususiyatlarini ko'rsatar ekan, keng epik ko'lamdagi mazmunni ifodalash uchun masnaviy shakli qulay bo'lganini yozadi: "... nazmning bu shakli shoirg'a ozodlik beradi (qofiya jihati nazarda tutilgan). Turli hikoyalar, dostonlar, va'z-nasihatlarga oid uzun asarlar yozish uchun nazmning masnaviy shakli boshqa shakllarga qarag'anda qulayroqdir" [2. B.136].

Mumtoz adabiyotdagi mavjud murakkab strukturali janr deb qaralayotgan she'riy shakllarni turli jihatlarni hisobga olgan holda tasnif qilish mumkin. Tabiiyki, biz bu erda prof. R.Orzibekov qo'llagan misralar miqdorini asos qilib olmaymiz. Chunki bu jihat ancha tor va o'z nomi bilan faqat miqdoriy munosabatni aks ettiradi. Tasnif asosiga mumtoz adabiy janrlar tasnifida amal qilinadigan bandga ko'ra munosabat, vazn, qofiya va maoniy munosabatlaridan kelib chiqib ish ko'radigan bo'lsak, tabiiyki, ancha aniqlikka va tabiiylikka

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-158-162

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

erishishimiz mumkin.

8-fevral

1. Band asosiga ko'ra murakkab strukturali janrlar: tarji'band, tarkibband, musammatni farqlaymiz. Chunki hozirgi istilohda ham bandga ko'ra tasnif qilish tajribasi mavjud. Mumtoz janrlar poetikasiga yondoshilganda, mumtoz adabiyotda baytli she'riy shakllar va bandli she'riy shakllar mavjudligini kuzatish mumkin. G'azal, ruboiy, qit'a, tuyuq, fard baytli she'riy shakllar bo'lsa, tarji'band, tarkibband, soqiynomalar murakkab tuzilishga ega bo'lgan bandli she'riy shakllar hisoblanadi.

2. Mazmun ko 'lamiga ko 'ra murakkab strukturali janrlar: masnaviy, noma, soqiynoma, mug 'anniynoma.

Bu tasnif bo'yicha murakkab strukturali janrlar mazmunning ko'lamdorligi, tarixiy yoki keng epik ko'lamdagi voqealar bayoni mo'ljallangani tufayli ularning aksariyati masnaviy deb yuritiladi. Shayx Ahmad Taroziy ham bu holni quyidagicha keltiradi: "Va masnaviyda ham maqsud qissaning bayonidur, so'zga qofiyani kelturmak kerak bu dushvordur".

3.Qofiya asosiga ko 'ra murakkab strukturali janrlar: qasida.

Ushbu tasnifda qofiyaga urg'u berilishining boisi shundaki, masnaviyda muallifning qofiya yaratish imkoniyatlari ancha kengdir. Chunki baytdagi har ikki misra o'zaro qofiya etiladi, ba'zan takrorlarga ham yo'l qo'yiladi. Qasidada esa g'azal kabi matla'dagi misralar o'zaro qofiyalanadi va barcha baytlarning ikkinchi misralarida mana shu qofiya tizimi saqlanadi. Bu muallifdan ancha mahorat talab etadi. Chunki mazmunan qasida ham biror voqeani bayon qiladi yoki biror shaxsning vasfini aytadi.

Yuqoridagi tasnifga ko'ra, mug'anniynomalarni murakkab strukturali janrlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Mug'anniynomalar o'zbek adabiyotida deyarli o'rganilmagan poetik janr hisoblanadi. Avvalo, mug'anniynomalar keltirilgan manbalarni ko'zdan kechirsak, bu haqda navoiyshunos olima S.G'anieva dastlab maxsus maqola qilganini qayd etish lozim [3.B.62-66]. So'ngra O'zbekiston davlat konservatoriyasi tadqiqoychisi L.Jo'raeva san'atshunoslik nuqtai nazaridan yondashgani ma'lum [4], boshqa tadqiqotlar uchramaydi. L.Jo'raeva adabiyotshunoslik ijodiyotning rang-barang janrlar turkumi bilan insoniyat ma'naviyatini boyitib kelgan ulkan meros manbai va yirik janrlar bo'lmish doston, romanlardan tortib toki ruboiy, chiston va qit'a kabi kichik janrlargacha har bir adabiy janrning o'z mazmuniga asoslangan mezonlari yuzaga kelganligini ta'kidlaydi. Fikr davomida muallif Navoiy lirik merosidagi mug'anniyga murojaat tarzida aytilgan g'azallarni ham mug'anniynoma sifatida keltiradi. Bizningcha, bu g'azalning mavzu ko'rinishi xolos. Holbuki,

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-158-162

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

mug'anniynomalar, asosan, yirik epik asarlar tarkibida keladi.

8-fevral

Prof. Suyuma G'anieva o'zining "Sharq mumtoz adabiyotida mug'anniynomalar" maqolasidan ma'lum bo'ladiki, mug'anniynoma boshqa nomalardan farqli o„laroq muallifning o'zi haqidagi ma'lumot, ya'ni kechirgan ichki tuyg'u va iztiroblarining o'ziga xos bayonidir. She'riyatda muloqot uslubiga molik yo'l, ya'ni mug'anniydan o'z holiga hamdardlik, ruhiy yordam so'rash usulidir.

"Mug'anniy" arabcha so'z bo'lib, uning ma'nosi kuylamoq, kuylovchi demakdir (asosi "g'anna", "tag'anna"). Mug'anniy - mutrib, sozanda; ashulachi, xonanda; yana bir manba'da mug'anniy (forscha ashulachi, sozanda) nag'ma chaluvchi sozanda, nag'ma bilan qo'shiq aytuvchi xonanda kabi ma'nolarni anglatishi bayon etiladi. Mug'anniy, bir so'z bilan aytganda, musiqachidir. Ma'lumki, musiqa inson qalbining eng nozik, ichki torlarini ham tebrata oladigan kuchga ega. Ruhiy kayfiyat yoki holatni so'z bilan ifodalashga ojiz bo'lib qolganda, musiqa "tilga kiradi" [5.B.662].

Demak, mug'anniy insonning bevosita ruhiy holati bilan bog'liq bo'lgan hissiyotlarini, tuyg'ulari va kayfiyatini ifodalovchi kuyu qo'shiqlar ijro etuvchi xonanda yoki sozanda. Mug'anniynomalar esa ana shu holatlarni tasvirlash uchun qulay bo'lgan shakldir. Navoiy mug'anniynomalarini "Saddi Iskandariy"da masnaviy shaklida ko'rish mumkin.

Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida mug'anniynomalar keng ko'lamda o'z ifodasini topganligini ko'rish mumkin. Dostonda 30ga yaqin mug'anniynomalar keltiriladi. Mug'anniynomalar dostonda ikki maqsadni yoritishda ishlatilganlagi kuzatish mumkin. Birinchisi dostonda fasl-qismlarni anglash, ikkinchisi bevosita muallif, ya'ni shoirning armonlari, dardlari, his-tuyg'ulari haqida ham bilishga ko'maklashadi:

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-158-162

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Mug'anniy, hazin nag'ma bunyodqil, Yigitlikning ayyomini yod qil

Ki, ul nag'madin toza hushe topay, Sog'inibyigitlikni jo 'she topay!

Navoiy, base kech ayilding, darig ', Yigitlikni barbod qilding, darig '!

Mumtoz adabiyotda mavjud mug'anniynomalarning har biri o'z o'rni, ma'nolar tizimi va talqin mezonlariga ega va ularda asosan musiqa ilmi bilan bog'liq masalalar ifodalanadi. Bu

8-fevrall ©

shakllarda, ayniqsa mug'anniynomalarda musiqaning ruhiyatga ta'siri masalasi alohida ahamiyatga ega. Shoir o'zining ruhiy (asosan tushkun) kayfiyatini bayon etishi va musiqadan najot umid qilib, mug'anniyga murojaat etishi mug'anniynomalarning asosiy mezonini tashkil qiladi.

Mug'anniynoma dastlab Sharq mumtoz adabiyotida Nizomiy Ganjaviy ijodiy merosida uchrasa-da, uning g'oyat go'zal namunalarini Alisher Navoiyning dostonlaridan ham o'qish mumkin. Mug'anniynomalarda musiqiy iboralar, xususan, musiqiy janrlar, bastakorlik amallari, maqomot va cholg'ular nomi, ulardan taralgan kuy-ohanglar jilosi mahorat bilan ta'riflanadi. Bu shoirning musiqa ilmini teran anglaganligini bildiradi.

Demak, masnaviy shaklida yoziladigan asarlarning mazmunga ko'ra turlicha bo'lishini nazarda tutar ekanmiz, ular ko'pincha, noma janrining ham imkoniyatlari shunda yuzaga chiqishini hamda mazmunga ko'ra mug'anniynoma (ayrim manbalarda musannifnoma) tarzida berilishini unutmaslik kerak. Shayx Ahmad Taroziy [6.B.19] masnaviy she'r nav'i haqida keltirsa-da, uning asosida yaratilgan noma, soqiynoma, mug'anniynoma kabi janrlarga to'xtalishni lozim ko'rmaydi. Bu olimning bu kabi she'riy shakllarni bilmaganidan emas, balki "Fununu-l-balog'a"da o'n asos she'r nav'larini ko'rsatgan, uning davomida esa, "Va bu o'n nav' she'rkim zikr qilduq, har qaysida agar Tengri azza va jallag'a hamd aytsalar, oni tavhid derlar. Va agar Muhammad Mustafo (s.a.v.)ni vasf qilsalar, na't derlar. Agar Tengri hazratinda tazarru' qilsa-lar, munojot o'qurlar. Va xulafoyi roshidinni ta'rif qilsa-lar, manoqib va manqabat derlar. Agar salotin yo umaro yo vuzaroni ugsalar madh va midhat va tamaddih o'qurlar. Va agar o'lgan kishini zikr qilsalar, marsiya derlar. Agar kimarsani nafrin qilsalar, hajv va mazammat derlar. Va agar hazil qilsalar, mutoyiba derlar" kabi fikr bildiradi. Ko'rinadiki, alloma nazarida noma, soqiynoma va mug'anniynomalar ham yuqoridagi kabi munojot yoki manoqib, hajv yoki marsiya kabi o'n nav'dan hosil bo'lgan shakllardir.

REFERENCES

1. Fitrat A. Adabiyot qoidalari. Tanlangan asarlar. 4-jild. - T.: Ma'naviyat, 2006.

2. Fitrat A. Fors shoiri Umar Xayyom. Tanlangan asarlar. 4-jild. - T.: Ma'naviyat, 2006.

3. G'aniyeva S. Sharq mumtoz adabiyotida mug'anniynomalar // Sharq taronalari. - T.:

4. Jo'raeva L. Alisher Navoiy mug'anniynomalari. - T., 2011.

5. O'zbek tilining izohli lug'ati. Besh jildlik. II jild. - T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2006.

6. Taroziy Shayx Ahmad. Fununu-l-balog'a. - T.: MUMTOZ SO'Z,

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-158-162

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

2007.

2017.

8-fevral

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.