Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING “DEVONI FONIY” VA “XAZOYIN UL-MAONIY” KULLIYOTI POETIKASIDAGI MUSHTARAK VA FARQLI JIHATLAR'

ALISHER NAVOIYNING “DEVONI FONIY” VA “XAZOYIN UL-MAONIY” KULLIYOTI POETIKASIDAGI MUSHTARAK VA FARQLI JIHATLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

5400
165
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zullisonayn / kulliyot / devon / taxallus / tazkira / mustazod / musammat / debocha. / zullisonayn / kulliyot / devon / nickname / tazkira / mustazod / musammat / debocha.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zarina Shuhrat Qizi Sadriddinova, M. S. Tadjibayev

Alisher Navoiy arab, fors va turkiy poeziyaning boy tajribalarini o‗zlashtirib olish bilan cheklanib qolmadi, balki mavjud an‘analarning eng ilg‗or jihatlarini yanada yuqori bosqichga ko‗tardi, va eng muhimi, Sharq she‘riyatiga xos badiiyat xazinasini poetik durdonalarning goʻzal namunalari bilan boyitdi va zullisonayn ijodkor sifatida yana bir bor tanildi. Uning zullisonnaynlikda bitgan yorqin namunasi ―Devoni Foniy‖ va ―Xazoyin ul-maoniy‖ kulliyotidagi devonlari poetikasi faqat mavzu doirasining kengligi, g‗oyaviy dunyosining boyligi bilangina emas, ayni zamonda, chuqur fikrlar silsilasining original ifodasini ta‘min etgan yuksak badiiy fazilatlari bilan ham diqqatga sazovordir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Alisher Navoi not only mastered the rich experience of Arabic, Persian and Turkish poetry, but also raised the most advanced aspects of existing traditions to a higher level, and, most importantly, the artistic treasures of Eastern poetry, the beauty of poetic masterpieces. enriched with patterns and once again recognized as a brilliant artist. His brilliant works, such as Devoni Foniy and Khazayn ul-Maoniy, are notable not only for their breadth of subject matter and richness of ideological world, but also for their high artistic qualities, which provide the original expression of a series of deep thoughts. .

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING “DEVONI FONIY” VA “XAZOYIN UL-MAONIY” KULLIYOTI POETIKASIDAGI MUSHTARAK VA FARQLI JIHATLAR»

ALISHER NAVOIYNING "DEVONI FONIY" VA "XAZOYIN UL-MAONIY" KULLIYOTI POETIKASIDAGI MUSHTARAK VA FARQLI JIHATLAR

Alisher Navoiy arab, fors va turkiy poeziyaning boy tajribalarini o'zlashtirib olish bilan cheklanib qolmadi, balki mavjud an'analarning eng ilg'or jihatlarini yanada yuqori bosqichga ko'tardi, va eng muhimi, Sharq she'riyatiga xos badiiyat xazinasini poetik durdonalarning go'zal namunalari bilan boyitdi va zullisonayn ijodkor sifatida yana bir bor tanildi. Uning zullisonnaynlikda bitgan yorqin namunasi "Devoni Foniy" va "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotidagi devonlari poetikasi faqat mavzu doirasining kengligi, g'oyaviy dunyosining boyligi bilangina emas, ayni zamonda, chuqur fikrlar silsilasining original ifodasini ta'min etgan yuksak badiiy fazilatlari bilan ham diqqatga sazovordir.

Kalit so'zlar: zullisonayn, kulliyot, devon, taxallus, tazkira, mustazod, musammat, debocha.

Alisher Navoi not only mastered the rich experience of Arabic, Persian and Turkish poetry, but also raised the most advanced aspects of existing traditions to a higher level, and, most importantly, the artistic treasures of Eastern poetry, the beauty of poetic masterpieces. enriched with patterns and once again recognized as a brilliant artist. His brilliant works, such as Devoni Foniy and Khazayn ul-Maoniy, are notable not only for their breadth of subject matter and richness of ideological world, but also for their high artistic qualities, which provide the original expression of a series of deep thoughts. .

Keywords: zullisonayn, kulliyot, devon, nickname, tazkira, mustazod, musammat, debocha.

Zarina Shuhrat qizi Sadriddinova

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

M. S. Tadjibayev

Ilmiy rahbar, Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May, 2022

KIRISH

Navoiyning boy adabiy merosi nazm va nasrda yaratildi. Ulug' shoir va matafakkir o'sha davrdagi zullisonaynlik (ikki tilda ijod etish) an'anasini qo'llab -quvvatlagan holda o'z asarlarining asosiy qismini turkiy-o'zbek tilida yaratdi. Ustozi Abdurahmon Jomiy bu masalaga alohida to'xtalib, o'zining "Bahoriston" asarida shunday deydi: "Agarchi, Alisher Navoiyning keng qobiliyati har ikki - turkiy va forsiy nav'ida iqtidorlidir, ammo uning mayli ko'proq turkiyda bo'lib, bu tilda yozganlari turkiyda ko'pdir. Uning g'azaliyoti turkiy tilda o'n mingga yaqin. Undan oldin bu tilda hech kim bunchalik she'r aytmagan". Darhaqiqat, ulug' shoirning eng go'zal she'riy namunalari hali ham turkiy tilning gultoji bo'lib turibdi..

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zullisonaynlik Sharq she'riyati tarixida qadimiy an'analardan. XI asrda yaratilgan Saolibiyning "Yatimat ud-dahr" tazkirasida 119 ta zullisonayn shoir haqida ma'lumot berilgan. Ammo bu adiblarning iqtidori asosan bir tilda (ko'pincha o'z ona tilida) namoyon bo'lgan. Alisher Navoiyning ikki tilda barakali ijod qilgani, ham turkiy, ham forsiy adabiyotda mumtoz shoir, so'z san'atining ustozi maqomiga erishgani, "Foniy" taxallusi bilan yaratgan forsiy she'rlari nafaqat badiiy adabiyot vakillari, balki forsiyzabon xalqlar orasida ham katta shuhrat qozongani buyuk mutafakkir adabiy merosining jahonshumul ahamiyatini ko'rsatuvchi dalillardan biridir

Alisher Navoiyning Foniy taxallusi bilan forsiy tilda yozgan she'riy asarlari majmuasi. Navoiy bu devonini umrining so'nggi yillarida, taxminan 1492—98 y.lar orasida tuzgan. Ulug' shoir "Muhokamat ul-lug'atayn" asarida o'zining forsiy tildagi she'rlaridan Xoja Hofiz Sheroziy devoniga o'xshatib ("Xoja Hofiz tavrida") devon tuzganini ma'lum qilarkan, shunday deydi: "Yana forsiy g'azaliyot Xoja Hofiz tavridakim, jame' suxanadolar va nazmpiyrolar nazarida mustahsan va matbu'dir, tartib beribmenkim, olti mingdan ab'yoti adadi ("baytlar miqdori") ko'prakdurki, ko'prak ul hazratu (Xoja Hofiz) she'riga tatabbu' voqe' bo'lubdur". Navoiy "Majolis un-nafois"da dastlab yod olgan g'azali Sayid Qosim Anvorning "Rindem-u oshiqem-u jahonso'z-u jomachok..." satri bilan boshlanadigan g'azali ekanligini qayd qilsa, "Lison ut-tayr"da bolalik payti Shayx Sa'diyning "Guliston" va "Bo'ston" asarlari bo'yicha ta'lim olganini, ayniqsa, Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostoni uni o'ziga oshufta qilganini alohida muhabbat bilan xotirlaydi. Fors adabiyotiga bo'lgan muhabbat uning bir umrlik hamrohiga aylandi.

May, 2022

232

"Muhokamat ul-lug'atayn"da yozilishicha, Navoiyning dastlabki mashqlari fors tilida bo'lgan: "Bu xoksorga sabovat avoilidakim, og'iz huqqasidin biror gavhar zohir bo'la boshlar, ul gavharlar hanuz nazm silkiga kirmaydur erdikim, zamir daryosidin nazm silkiga tortilg'on gavharlar tab' g'avvosi sa'y bila og'iz sohiliga kelaboshlamoq ko'rguzub erdi. Chun mazkur bo'lg'on qoida bilakim, ado topti -mayl forsiy sari bo'ldi". Bu mayl va ishtiyoq Navoiyning umri oxirigacha davom etdi, natijada 554 g'azal, 1 musaddas, 1 tarkibband - marsiya, 64 qit'a, 72 ruboiy, 16 ta'rix, 266 muammo, 9 lug'z va 10 qasidadan iborat bo'lgan "Devoni Foniy" devoni bizgacha yetib keldi.

"Devoni Foniy"dagi she'rlar mavzu doirasi, g'oyaviy-badiiy qimmati, nafisligi va til boyligi jihatidan "Xazoyinul-maoniy" qatoridan o'rin olishga sazovor. Ikki tildagi she'rlar go'yo bir-biriga egizak, bir-biriga uyg'un, bir-biridan go'zal she'rlardir. Bu, ayniqsa, Foniy-Navoiyning muxtaralarida - ixtiro' g'azallarida yorqin ko'zga tashlanadi. Bundan kelib chiqib "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotidagi devonlardagi singari "Devoni Foniyda" ham" markaziy o'rinni ga'zal janri egallaydi deyishimiz mumkin. "Devoni Foniy" tarkibida javobiya va yo tatabbu' tarzida aytilgan g'azallar bilan bir qatorda bevosita Alisher Navoiyning o'z kashfiyoti bo'lgan she'rlar ham talaygina uchraydi

O'z davrida xalq orasida "Chor devon" deb nom olgan "Xazoyin ul-maoniy" ("Ma'nolar xazinasi") — Alisher Navoiyning asari. 1491—96 yillarda tartib berilgan. "Xazoyin ul-maoniy" — "G'aroyib ussig'ar" ("Yoshlik g'aroyibotlari"), "Navodir ush-shabob" ("Yigitlik nodirlik (she'r)lari"), "Badoye' ul-vasat" ("O'rta yosh badialari") va "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") nomli devonlardan tarkib topgan mukammal yig'ma devon. Xalq orasida "Chor devon" deb ham yuritiladi. "Xazoyin ul-maoniy" ning tuzilish tarixini Alisher Navoiyning o'zi "Xamsat ulmutahayyirin", "Munshaot", "Muhokamat ul-lug'atayn", ayniqsa, "Xazoyin ul-maoniy"ga maxsus yozgan "Debocha"sida bayon etgan. Ushbu asarlarda yozilishicha, Abdurahmon Jomiy o'z she'rlarini to'plab (1491 — 92), 3 devon tuzgan va Navoiyga taqdim etgan. Navoiy bu devonlarning aralashib ketmasligi uchun ularga maxsus nomlar qo'yishini maslahat bergan. Navoiy maslahati Jomiyga ma'qul tushgan va u devonlarini "Fotihat ushshabob" ("Yoshlikning boshlanishi"), "Vositat uliqd" ("Bog'lanish vositalari"), "Xotimat ulhayot" ("Hayot xotimasi") kabi nomlar bilan atab, umumiy "Debocha" yozgan hamda bu fikrning Navoiydan chiqqanligini alohida ta'kidlagan. Shundan so'ng , Navoiy ham ustozi taklifi bilan barcha lirik she'rlarini to'plab "Xazoyin ul-

maoniy" ni tuzishga kirishgan. "Xazoyin ul-maoniy"ning yuzaga

May, 2022

kelishi Jomiy va Navoiy do'stligining , o'zbek va tojik adabiyotlari o'rtasidagi aloqalarning yorqin dalilidir.

"Xazoyin ul-maoniy" 45 ming miyeraga yaqin, З1З0 dan ortiq lirik she'rlardan tuzilgan. Unga shoirning 7—8 yoshidan boshlab umrining oxiriga qadar yozgan o'zbekcha she'rlari kiritilgan. "Xazoyin ul-maoniy" tarkibida qariyb 2600 g'azal, 210 qit'a, 1ЗЗ ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 10 muxammas, 10 chiston, 1З tuyuq, 4 mustazod, 5 musaddas, 4 tarji'band, musamman, tarkibband, qasida, masnaviy, soqiynoma mavjud. Har bir janrdagi she'rlar qofiyasi yoki radifidagi tugallanuvchi harfga qarab ma'lum tartib asosida joylashtirilgan. "Xazoyin ul-maoniy" o'z davridagi ma'naviy hayotning o'ziga xos qomusi bo'lib, shoir o'z she'rlarida hayotni, insonni, uning olijanob tuygu va intilishlarini ulug'lagan. "Xazoyin ul-maoniy" ni yaratish uchun shoir o'zining butun umrini sarflagan va bu bilan g'oyat faxrlanganini asarning "Debocha"sida quyidagicha yozadi: Sarf etdim anga umr bahorin dog'i, Bo'stoni hayotu lolazorin dog'i

"Devoni Foniy" o'z tuzilishiga ko'ra "Xazoyin ul-maoniy" tarkibidagi devonlardan bir necha xususiyatlari bilan farq qiladi:

- "Xazoyin ul-maoniy" lirik asarlar kulliyoti tarkibidagi devonlar umrning to'rt fasliga muvofiq nomlangan bo'lib, she'rlarda muayyan tarzdagi xronologiya ko'zga tashlanadi. "Devoni Foniy"dan esa, she'rlarning xronologiyasi haqida ma'lumot topish dushvor;

- "Xazoyin ul-maoniy" mufassal debocha bilan boshlanib, unda shoir o'z ijodiy laboratoriyasi, devonning tuzilishi va tarkibi haq ida ma'lumot beradi. "Devoni Foniy"ning bizgacha yetib kelgan nusxalarida esa debocha yo'q;

- "Badoye' ul-bidoya"ning debochasida keltirilishicha, turkiy tildagi devonlarda an'anadagi arabcha 28 harfga qo'shimcha ravishda fors va o'zbek tillariga xos bo'lgan "chim", "je", "gof" va "lom-alif" harflari bilan tugaydigan g'azallar ham o'rin olgan. "Devoni Foniy"da esa, bu holat kuzatilmaydi;

- "Xazoyin ul-maoniy"dagi devonlarda har bir harf turkumidagi g'azallarning boshlanishida hamd, na't, mav'iza yo irfon mavzusidagi she'rlar joy olgan. "Devoni Foniy"da esa, bu tartibga rioya qilinmagan (faqat "alif", "te", "jim", "kof" harfidagi turkum g'azallar bundan mustasno);

- "Devoni Foniy"dagi g'azallar o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra "Na't", "Tatabbu"', "Tavr", "Javobiya", "Muxtara"' (yo "Ixtiro"') kabi

turlarga tasniflangan hamda har bir g'azalga alohida sarlavha

May, 2022

qo'yilgan. "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotida esa, har bir harf turkumi uchun alohida nasriy sarlavha yozilgan;

- "Devoni Foniy" turkiy devonlarga qaraganda janrlar xilma-xilligi kamroq. "Xazoyin ul-maoniy" tarkibiga 16 janrdagi she'rlar kirgan bo'lsa, "Devoni Foniy"da shoir 9 ta janrda qalam tebratadi. Bulardan ta'rix janri "Xazoyin ul-maoniy" tarkibida uchramaydi.

- Forsiy devoni ruboiylaridada inson vujudinin g asosiy to'rt unsuri - jon , ruh , dil va badan Yorning la'li labi, ifor taratuvchi nasimi, ishvalari va qadamlariga fido bo'lishi aytilgan bo'lsa, turkiy devon ruboiylarida kitobat san'ati imkoniyatlaridan foydalanib , "jon" so'zidagi harflar va yorning chehrasidagi o'xshashliklar ( "jim" - zulfga , "alif " - qomatga , "nun" - qoshga , nuqta lar - xolg a )ni keltirib , juda chiroyli tarzda ifodalab bergan. Bundan Navoiyning ikkala tilda ham bir -birini takrorlamaydigan poetik usul va vositalardan mahorat bilan foydalanib , original asar yaratish qudrati haqida tasavvur hosil qilish mumkin .

Alisher Navoiy bobomiz "Devoni Foniy" va "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotida insoniylikning eng oliy mezoni bu - porsolik (taqvodorlik), pokdomonlik va haqiqatsevarlikdir, deya e'tirof etgan. Shu ma'noda, bugungi kunda ham insonga beriladigan ta'rif o'zgarmagan. Aslida XV asrda Sohibqiron Amir Temur bobomiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirib, tamal toshi qo'yilgan yurtimizdagi ikkinchi Uyg'onish - Renessans davrining asosida ham KOMIL INSON g'oyasi turgani haqiqat. Bugun shiddatli zamon oldimizga yanada murakkab vazifalarni qo'ymoqda. Ammo, ishonchim komilki, ushbu muammolarni hal etish va oldimizdagi ezgu maqsadlarimizga yetish, dunyo miqyosida raqobatbardosh bo'lish uchun ham, eng avvalo, bizlarning ilm-ma'rifatli, ma'naviyatli, odob-axloqli va, albatta, zamonaviy, ilg'or fan sirlarini mukammal egallashi ustuvor ahamiyat kasb etadi.

So'zim nihoyasida men Prezidentimiz tomonidan taraqqiyotning butunlay yangi bosqichiga qadam qo'yilib, yangi Uyg'onish davri - Uchinchi Renessans poydevori yaratilayotgan bugungi kunda Alisher Navoiy potikasining muhtasham ijodiy obidasini chuqur o'rganish va ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotganini aytmoqchiman. Ul zotning asrlar davomida o'z jozibasi va ma'naviy qiymatini yo'qotmay kelayotgan adabiy merosini

XULOSA

asrab-avaylash, tadqiq etish barchamizning vazifamizdir. Zero,

May, 2022

hazrat Navoiy aytganlaridek: "Olamdan g'amsiz o'tay desang, ilm-u hunar o'rgan". Bu yo'lda barchamizga ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: O'zbekiston, 2017.

2. Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Mukammal asarlar to'plami. 20 jildlik. - T.: Fan, 2000-2003. 18-20 jildlar.

3. Alisher Navoiy. Xazoyinul maoniy. TAT. 10 jildlik. - T.: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2011. 1-4-j.

4. Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy. Manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. - T.: Akademnashr, 2011.

5. Is'hoqov Yo. Navoiy poetikasi. - T.: Fan, 1983

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.