Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY IJODIDA LUG‘Z'

ALISHER NAVOIY IJODIDA LUG‘Z Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1550
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
folklorizm / oddiy folklorizm / murakkab folklorizm / stilizasion folklorizm / chiston / lug„z. / фолклоризм / простой фолклоризм / сложный фолклоризм / аналитический фолклоризм / стилизованный фолклоризм / чистон.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Laylo Sharipova

Adabiyot folklordan foydalanib, o„z badiiyatini, mazmun-mohiyatini mustahkamlaydi va folklorizmni yuzaga keltiradi. She‟riyatda oddiy va murakkab folklorizm ko„p uchraydi. Mumtoz she‟riyatimizda folklordan betakror tarzda foydalanilgan. Maqolada Navoiy folklorizmi haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Исползуя фолклор, литература усиливает его художественност, содержание и создает фолклоризм. В поэзии распространен простой и сложный фолклоризм. Фолклор уникалным образом исползуется в нашей классической поэзии. В стате рассматривается фолклоризм Навои.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY IJODIDA LUG‘Z»

ALISHER NAVOIY IJODIDA LUG'Z

Laylo Sharipova

Buxoro davlat universiteti professori v.b., filologiya fanlari doktori (O'zbekiston)

[email protected]

АШОТА81УА

Adabiyot foШordan foydalanib, o'z badiiyatini, mazmun-mohiyatini mustahkamlaydi va folklorizmni yuzaga keltiradi. She'riyatda oddiy va murakkab folklorizm ко'р uchraydi. Mumtoz she'riyatimizda МЫоМап betakror tarzda foydalanilgan. Maqolada Navoiy folklorizmi haqida Акт yuritilgan.

Ка1к so'zlar: folklorizm, oddiy folklorizm, murakkab folklorizm, stilizasion folklorizm, chiston, lug'z.

АННОТАЦИЯ

Исползуя фолклор, литература усиливает его художественност, содержание и создает фолклоризм. В поэзии распространен простой и сложный фолклоризм. Фолклор уникалным образом исползуется в нашей классической поэзии. В стате рассматривается фолклоризм Навои.

Ключевые слова: фолклоризм, простой фолклоризм, сложный фолклоризм, аналитический фолклоризм, стилизованный фолклоризм, чистон.

ABSTRACT

Using folklore, Literature strengthens its artistry, content and creates folklorism. Simple and complex folklore can be found in poetry. Folklore is used in a unique way in our classical poetry. The article discusses the folklorism of Navoi.

Keywords: folklorism, simple folklorism, complex folklorism, analytical folklorism, stylized folklorism, chiston.

Chiston o'zbek adabiyotiga arab, fors-tojik adabiyotidan o'zlashgani ham ma'lum. Bu janr haqida adabiyotshunos olima I.Adizovaning "Uvaysiy ijodida chiston janri" nomli maqolasi mavjud. Olima chiston jamming o'zbekcha ilk namunasi Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" asarida uchrashi va asarda adabiyotshunos olim janrning xususiyatlari haqida ham to'xtalganini qayd etadi. I.Adizova ushbu janr haqidagi Qays Roziy, Rashiddiddin Vatvot, Atoulloh Husayniy, Ahmad Taroziy, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi olimlar fikr yuritganlarini ta'kidlaydi. Olima hazrat Navoiy va Uvaysiy chistonlarini qiyoslash orqali bu janrga xos qator jihatlarni

8-fevral

387

oydinlashtiradi. "Lug'z istiloh sifatida arablarda shakllangan. Ammo turkiy adabiyotdagi chiston xalq og'zaki ijodidagi topishmoq janri bilan ham chambarchas bog'liq" [2.12] Chiston topishmoq janrining yozma she'riyat tomonidan o'zlashtirilishi bo'lib, janr stilizasiyasining o'ziga xos namunasidir. Shu ma'noda chiston xalq topishmoqlariga xos janriy sifatlarni o'zida mujassam etadi: topishmoqda ham, lug'zda ham yashirilgan narsa, o'rin-joy, shaxs, faoliyat-jarayon otlarining asosiy sifatlari tushunarli, topishga asoslangan tarzda beriladi. Chistonning xalq topishmoqlaridan farqli jihati shuki, u faqat she'riy shaklda yaratiladi. Xalq topishmoqlari nafaqat she'riy, balki nasriy shaklda ham uchraydi. Chiston va xalq topishmog'i vazn nuqtai nazaridan ham farqlanadi. Chistonlar aruzning rang-barang bahrlarida yozilgan. Ularning hajmi chegaralanmagan. Bu jihatdan topishmoq bilan chiston uyqashdir.

Ne lo'lidurki, chun hangoma tuzsa, Qadam boshtin qilib tortar navo zer. Boshin keskandin ortib anga tahrik, Tilin yorg'andin o'lub anga tahrir. Qaro sug'a boshin yuz g'o'ta bersa, To'lar og'zi-yu, bo'lmas lek damgir. [3.703] O'zbek she'riyatidagi ilk lug'zlar hazrat Navoiy qalamiga mansub. Yuqoridagi satrlarda mubolag'a, tashxis san'ati qo'llanganini har qanday kitobxon darrov anglaydi. Bunday badiiy san'atlar xalq topishmoqlarida ham keng iste'foda qilinadi. Shoir "Boshini kessalar harakati ortadi, qora suvga boshini tiqsalar, og'zi suvga to'ladi-yu, dam olish istagi unda bo'lmaydi", - deb ta'rif bera boshlaydi, shoir yashirin narsaning qator xususiyatlarini sanar ekan, she'rxon qalam haqida fikr yuritilganini anglaydi. Masalaning yana bir tomoni: lug'zda ta'riflangan qalam bilan bugunning qalami orasida farq bor. Demakki, topishmoq, chiston yoki adabiy topishmoqlarda yashirilgan narsa, shaxs, o'rin-joy kabilardan ba'zilari vaqt o'tishi bilan shu tushunchalarning eskirishi yoki undagi o'zgarishlar sabab ma'lum davr o'quvchisiga tushunarsiz bo'lib qolishi mumkin ekan. Hazratning lug'zlari badiiy jihatdan go'zal, undagi fikr, tashbeh, metafora, istiora kabilar ulug' shoir mahoratini namoyish qilib turadi. Ammo narsa belgilarining barchasini ham yosh she'rxon darrov idrok etolmasligi mumkin. Bu narsadagi belgilarning bugun uchun eskirgani bilan bog'liq.

Alisher Navoiy chistonlari o'zbek she'riyatida chistonchilikni rivojlantirdi. Hazrat arab, fors-tojik she'riyatidan o'rgangan bo'lishi tabiiy. Ammo folklorga alohida e'tibor bilan

8-fevral

388

qaragan shoir xalq topishmoqlaridan ham o'rgangan bo'lishi tabiiy. Chiston janrining o'zi folklordagi topishmoq janrining stilizasiyasidir. Yozma she'riyat folklordan topishmoq janrini o'zlashtirish jarayonida shaklni qisman saqladi, vaznni butkul o'zgartirdi. Ya'ni xalq topishmoqlari ham nasriy, ham nazmiy shaklga ega va she'riy shakli barmoq she'riy tizimi vaznlarida yaratilgan. Lug'z yoki chiston, bizningcha, janr bo'lib, u o'z navbatida badiiy san'at hamdir. Bu mulamma' janri bor joyda talme' badiiy san'ati bor bo'lgani kabidir. Chiston faqat she'riy shaklda hamda aruz she'riy tizimi vaznlarida bitiladi. Xalq topishmoqlari va chistonning o'xshash jihati shundaki, unda ma'lum tushuncha yashiriladi hamda topilishi lozim bo'ladi. Belgilarni yashirishdagi ifoda usullarida ham, badiiy san'atlarni qo'llashda ham o'xshashlik bisyor. Qizig'i shundaki, o'zbek she'riyatida lug'z yaratish keng yoyilmadi. Bir necha asrdan so'ng Uvaysiy chistonlar yaratdi. Lug'z yoki chiston yaratishning keng tus olmaganiga sabab ehtiyojning yo'qligida, bizningcha. Xalq topishmoqchiligi o'ta rang-barang bo'lgani bois lug'z yoki chiston yaratishga ehtiyoj tug'ilmagan bo'lsa, ehtimol. Hazrat o'zbek she'riyatida ham go'zal lug'zlar yaratish imkoni borligini isbotlagan bo'lsalar, Uvaysiy ustozga ergashdi, xolos. Lug'z keng yoyilmasa-da, topishmoq janri xususiyatlaridan foydalanib yuzaga kelgan mumtoz janrlardan tarix va muammo lug'zdan ko'ra ko'proq yaratildi. Sababi, tarixning yozma adabiyotda zarur vazifasi borligi uchun aksariyat asarlar tarkibida keltiriladi. Muammo esa shoir mahoratini ko'rsatib beradigan janr sifatida taraqqiy topdi. Xalq topishmog'i keng tarqalgani, uning yozma namunasiga ehtiyoj ko'p bo'lmagani sabab bo'lsa kerak, chiston sanarli darajada kam yaratilgan.

Alisher Navoiy yoki Uvaysiy chistonlari aruz vaznida bitilgani va savol-javob qismi yo'qligi bilan xalq topishmoqlaridan farqlanadi. Folklorshunos olima Z.Husainova fikriga diqqat qiling: "Bu janr ikki kishi yoki jamoa o'rtasida berilgan jumboqli savolga javob qaytarish tarzida ijro etiladi. An'anaviy topishmoqlarning savol qismi tabiat, tabiat hodisalari, umuman, har xil ob'ektlarga badiiy tus berilgan holda obrazlashtirish, taqqoslash, o'xshatish orqali jumboqlanadi. Javob qismi esa obrazlar orqali jumboqlangan ob'ekt - narsa yoki tabiat hodisalarining otini aytib berish, ma'nosini topish, yashiringan narsani ochish, bilishdan iborat". [4.3-4] Ehtimol, adabiyotshunoslikni chuqur anglagan Navoiy hazratlari shu sabab topishmoq demay lug'z degandirlar.

Bobokalonimiz lug'zlari o'ntaligi hammaga ma'lum: "Qalam", "Tanga", "Igna", "Miqroz", "O'q", "Anor", "Bel", "Yumurtqa", "Poki", "Parvona" [3.703-704] "Yumurtqa", "Parvona" ikki, "O'q" uch,

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-387-391

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Igna", "Miqroz", "Bel" to'rt, "Tanga", "Anor","Poki" besh,

8-fevral

"Qalam" - hajman eng yirigi - olti baytdan iborat. Ular aruzning turli vaznlarida bitilgan. Sakkizta chiston oddiy g'azal shaklida - a-a-b-a-v-a tarzida; "Yumurtqa" va "Parvona" chistonlari o'zaro - a-a-a-a shaklida qofiyalangan. Bu borada ham Uvaysiy ustoz an'anasini davom ettirgan. Alisher Navoiyda "Anor" lug'zi, Uvaysiyda "Anor" chistoni, Anvar Obidjonda "Anor" adabiy topishmog'i bor. O'zbek she'rxoni Alisher Navoiyning "Anor" lug'zini, Uvaysiyning "Anor" chistonini asrlar davomida sevib o'qib, yod olib keladi. Anvar Obidjon "Anor" adabiy topishmog'ida ulardagi biror bir jihatni takrorlamagan: Har donacham bir askar Bir qal'ada ming lashkar. Yotar ular panada -Oq pardali xonada. Xonalar tinch, atrof jim. Qal'achani buzsa kim, Boshlanadi to'polon...

Uyog'i sizga ayon. [1.17] Shoir anor donalarini askarlarga qiyos qilar ekan, ular tinch xonalarda hech kimga ziyon yetkazmay yashirinib yotishlarini, ammo kimdir ularni bezovta qilsa, qal'alariga ziyon etkazsa, qarab turmasliklarini ifoda qiladi. Anor kesilganda anor donachalariga pichoq teksa, hamma yoq qip-qizil bo'lishi aniq. Shoir shu tabiiy holatdan ijtimoiy holat yaratadi. Askarlarning tinchi buzilsa, qonli to'qnashuv sodir bo'lishiga ishora qiladi. Ustozlar an'anasiga ergashib, anorning xususiyatlari haqida mahorat bilan yaratilgan bu jumboq she'r o'zbek adabiy topishmoqchiligidan munosib o'rin egallay oladi. Anvar Obidjon adabiy topishmoqchiligimiz an'analarini munosib davom ettirar ekan, bu borada novatorlikka erisha oldi. Javobi anor bo'lgan uch asarni chog'ishtirsak:

lisher Navoiy chistoni 5 bayt 10 misrali she'r, aruzning hazaji musammani solim vaznida yozilgan, anor axgar to'la mijmarga, davron qonga "evurgan" dur to'la sadafga o'xshatilgan. Barmoqlar kuchi uning jismini bo'shatib, tanini majruh qilib, qonini oqizadi, ammo bu qondan inson me'dasi foyda topgani shoirga taskin beradi.

Uvaysiy chistoni 4 misrali she'r, aruzning ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan, anor eshigi, tuynugi yo'q gumbaz ichidagi

yuzlariga parda tortgan yurak-bag'ri qon qizlarga qiyoslangan.

Anvar Obidjonning adabiy topishmog'i 8

misrali she'r, barmoqning 7 hijoli vaznida yozilgan, anor qal'adagi

askarlarga o'xshatilgan.

Ko'rinadiki, Alisher Navoiy anorning belgilari bilan birga, insonga foydali jihatini ham ta'kidlagan. Uch asar ham mahorat bilan yaratilganki, ular chiston va adabiy topishmoqning go'zal

8-fevral

390

namunasidir. Bunday tahlillarni ko'plab keltirish mumkin. Xulosa shuki, Alisher Navoiy ijodida folklorizmning ikki ko'rinishi sanalgan oddiy va murakkab folklorizm birday uchraydi. Hazrat folklorni bevosita ham, bavosita ham o'rgandi va o'z asarlarida mahorat bilan qo'lladi. Maqol, matal, ibora, olqish va qarg'ishlarni qo'llash orqali oddiy folklorizmni, afsona va rivoyatlarni dostonlar syujetiga singdirib yuborish orqali sintezlashgan folklorizmni, asarlari tarkibida afsona, rivoyatlarni aynan keltirish orqali analitik folklorizmni, folklorga xos janr, motiv, ritm, obrazni qo'llash orqali stilizasion folklorizmni yuzaga keltirib, o'z asarlari badiiyatini yuksaltirishda, syujetini, kompozisiyasini mukammallashtirishda, ilgari surgan fikrlarini dalillashda xalq og'zaki poetik ijodidan samarali foydalandi. Xalq dahosidan foydalanib, uni yangi, go'zal shaklda boyitib o'ziga qaytardi.

REFERENCES

1. Анвар Обиджон. Жуда ;изи; во;еа. Шеърлар ва эртаклар. - Тошкент: Юлдузча, 1987. - Б.17

2. Адизова И. Увайсий ижодида чистон жанри // Узбек тили ва адабиёти, 2008. - №3. - Б. 12.

3. Алишер Навоий. ТАТ. Ун жилдлик. 3-жилд. Хазоин ул-маоний. Бадоеъ ул-васат. - Тошкент: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2012. -703.

4. Уйлаб топ. Тузувчи ва сузбоши , изохлар муаллифи З.Хусаинова. - Тошкент: Фан, 1993. - Б. 3-4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.