Научная статья на тему 'NAVOIY IJODIDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR TALQINI'

NAVOIY IJODIDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

234
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
doston / g„azal / ta‟sir / uslub / tahlil / talqin / konstitusiya / tazkira. / эпос / газель / эффект / стиль / анализ / интерпретация / конституция / тазкира

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulchehra Xo‘Janova

Mutafakkir shoir Alisher Navoiy ijodiyoti ilohiy manbalar bilan birga salaflar ijodidan ham bahramand bo„lgan. Ular orasida adib Ahmadning “Hibat ul-haqoyiq” dostoni alohida o„rin tutadi. Maqolada shoirning Adib Ahmad haqidagi qarashlaridan bahs yuritildi. Shuningdek, Navoiyning Adib asarlaridan ta‟sirlanganligi haqidagi qarashlarga oydinlik kiritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Творчество поэта-мыслителя Алишера Навои пользовалось божественными истоками так же, как и творчество его предшественников. Среди них особое место занимает эпос «Хибат уль-хакайк» Адиба Ахмеда. В статье рассмотрены взгляды поэта на Адиба Ахмеда. Также были выяснены мнения о том, что на Навои оказали влияние произведения Адиба.

Текст научной работы на тему «NAVOIY IJODIDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR TALQINI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-331-333

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

NAVOIY IJODIDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR TALQINI

Gulchehra Xo'janova

filologiya fanlari nomzodi, TDYUU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik

lisey

ANNOTATSIYA

Mutafakkir shoir Alisher Navoiy ijodiyoti ilohiy manbalar bilan birga salaflar ijodidan ham bahramand bo'lgan. Ular orasida adib Ahmadning "Hibat ul-haqoyiq" dostoni alohida o'rin tutadi. Maqolada shoirning Adib Ahmad haqidagi qarashlaridan bahs yuritildi. Shuningdek, Navoiyning Adib asarlaridan ta'sirlanganligi haqidagi qarashlarga oydinlik kiritildi.

Kalit so'zlar: doston, g'azal, ta'sir, uslub, tahlil, talqin, konstitusiya, tazkira.

АННОТАЦИЯ

Творчество поэта-мыслителя Алишера Навои пользовалось божественными истоками так же, как и творчество его предшественников. Среди них особое место занимает эпос «Хибат уль-хакайк» Адиба Ахмеда. В статье рассмотрены взгляды поэта на Адиба Ахмеда. Также были выяснены мнения о том, что на Навои оказали влияние произведения Адиба.

Ключевые слова: эпос, газель, эффект, стиль, анализ, интерпретация, конституция, тазкира.

ABSTRACT

The thinker poet Alisher Navoi's creativity enjoyed divine sources as well as the creativity of his predecessors. Among them, the epic "Hibat ul-haqayq" by Adib Ahmed has a special place. The article discussed the views of the poet about Adib Ahmed. Also, the views that Navoi was influenced by Adib's works were clarified.

Keywords: epic, ghazal, effect, style, analysis, interpretation, constitution, tazkira.

Mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosi ulkan xazina, unda mujassam bo'lgan insoniylik fazilatlari har bir davr uchun muhim ahamiyatga ega. Navoiy ijodiyoti mohiyatiga yetish, uning shaxsiyatiga yaqinlashishda shoirgacha yashab, ijod qilgan qalam ahlining lirik merosini o'rganish va tahlil qilish ham yaqindan yordam beradi. Yusuf Amiriy, Atoyi,

8-fevral

https://tai.uz/

Xalqaro konferensiya

331

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Lutfiy, Gadoiy kabi shoirlarning g'azallari Navoiyning ko'plab lirik asarlari uchun turtki bergan. Xorazmiyning "Muhabbatnoma"si, Haydar Xorazmiyning "Maxzan ul-asror"iyu Sayid Ahmadning "Taashshuqnoma"si, Lutfiyning "Gul va Navro'z"iyu Yusuf Amiriyning "Dahnoma"si Alisher Navoiy liro-epik dostonlari yaratilishida o'ziga xos maktab vazifasini o'tagan. Ahmad Yugnakiynnig "Hibat ul-haqoyiq" dostoni buyuk shoirning komil inson xususidagi hikmatlariga ilhom bergan. Ma'lumki, Ahmad Yugnakiy islom dini qonun-qoidalarini chuqur bilish, ularga amal qilish bilan birga tasavvuf ta'limotidan ham yaxshi xabardor bo'lgan. "Hibat ul-haqoyiq"da Adib Ahmadning tasavvuf va javonmardlik g'oyalaridan ilhomlanib yozgan satrlariga tez-tez duch kelamiz.Masalan: Axi er bilikni yeta bildi ko'r, Anin sotti molin sano oldi ko 'r.

"Nasoyim ul-muhabbat" tazkirasida ham Navoiy Adib Ahmad fazilatu xislatlarini hurmat ila tilga oladi: "Va aning tili turk alfozi bila mavoizu nasoyihqa go'yo ermish. Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusida hikmatu nuktalari shoye'dur. Nazm tariqi bila aytur ermish, aning favoididindur. Ulug'lar ne bersayemasman dema, Ilik so 'n, og'iz ur, yemasang yema!"

"Munshaot" asarida ham asriy muammolardan bo'lgan ota-onaga hurmat, farzand tarbiyasi haqida bahs yuritilgan. Avvalo, shoir asos manbalar Qur'on va hadisga tayanib shunday yozadi: "Payg'ambar sallallohi alayhi vassalam buyurubturkim, «rizour-robbi fir-rizail validi va saxatur-robbi fi saxatil-validi» ya'ni Tengri taolo rizosi ota rizosig'a vobastadur va Tengri taolo g'azabi ham ota g'azabig'a vobastadur. Bas kishi ota rizosin hosil qilsa, Tengri taolo rizosini ham hosil qilmish bo'lg'ay va ota g'azabig'a uchrasa, Tengri taolo g'azabig'a uchramish bo'lg'ay. Mundoq bo'lg'ondin so'ngra kishi nechuk ota rizosidin ayru dam urg'ay yo qadam qo'yg'ay" Navoiy Adib Ahmadning hikmatli so'zlaridan ilhomlanadi: Atodin xato kelsa, ko 'rma xato, Savob bil xato, toki qilsa xato. Atoning xatosini bilgil savob, Seni yuz balodin qutqargay Xudo[1, 253].

Temuriy shahzodalar o'rtasidagi nizolar avj olgan pallada, Husayn Boyqaro farzandlarining otasiga bo'lgan behurmatliklari haddan oshgan bir davrda hazrat Navoiy bu to'rtlikni aynan topib keltirgan edi. Ma'lumki, buyuk

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-331-333

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

mutafakkir juda ko'p asarlarida ota-bola munosabatlariga alohida o'rin ajratgan. "Xamsa" dostonlaridagi ibratomuz hikoyalar,

https://tai.uz/

Xalqaro konferensiya

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-331-333

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Farhod va Iskandaming padariga bo'lgan hurmat-ehtiromi tasvirlari diqqatga sazovor. Albatta, mutafakkir shoir Husayn Boyqaro va farzandlarining o'zaro totuvligini ko'rishni juda xohlagan. Navoiyning noqobil farzandlarga nisbatan qanday munosabatda ekanligini "Majolis un-nafois"da ham uchratish mumkin. Shoir Abdullatif haqida shunday yozadi: ".. .savdoyi mizoj vasvasiy ta'b va devonasor kishi erdi. Mundin o'zg'a dag'i g'arib badfe'lliqlari bor erdikim, zikridin behijobliq lozim kelur. O'tar dunyo maslahati uchun donishmand va podshoh otasin o'lturdi. Har oyinakim, saltanat Shiruyag'a vafo qilg'oncha anga qildi"[2,414]. Hazrat Navoiyning Adib Ahmad to'rtligini keltirishida ham ma'lum bir mazmun-mohiyat bor.

Demak, Alisher Navoiy o'zigacha yashab o'tgan ajdodlarimizning eng sara madaniy merosini chuqur o'rganib, ulardan katta saboq olgan. Shu bilan birga, o'z ijodida zamondoshlari va kelajak avlodni komillikka, ya'ni yuksak ma'naviyat sohibi bo'lishga da'vat etgan.

Navoiy so'z sehrgari va donishmand olim bo'lish bilan birga el-ulus obodonchiligi, tinchligi uchun yonib yashagan yirik davlat arbobi ham edi. Uning rahnamoligida Hirot va Astrobod shaharlari chiroy ochib, jafokash xalq adolat shabadalaridan bahramand bo'ldi. Jumladan, "Mahbub ul-qulub" asarida shunday yozadi: "Qozi qonun yo'lidan bir dam toymasligi, to'g'ri yo'ldan chiqmasligi lozim. Modomiki, hukm elning moli va joniga taalluqli ekan, qozining shiori to'g'rilik va adolat bo'lmog'i lozim.. .[1, 56]".

Alisher Navoiy yaratgan bebaho asarlar tuganmas xazinadir. Yer yuzida hayot deb atalgan mo'jizaviy qudrat borki, hazratga bo'lgan buyuk ehtirom aslo so'nmaydi. Zero, Navoiyni anglagan, o'z qadriyatlarini hurmat qilgan xalqning kelajagi buyuk, baxti esa porloq bo'ladi.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 14-tom. - T.: Fan, 2002.

2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 17-tom. - T.: Fan, 2002.

3. Ma'naviyat: asosiy tushunchalar va tamoyillar lug'ati. - T.: Ma'naviyat, 2009.

4. Navoiy asarlari lug'ati. - T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1972.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.