Научная статья на тему 'NAVOIY QIT‟ALARIDA “FALON” OBRAZI TALQINI'

NAVOIY QIT‟ALARIDA “FALON” OBRAZI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1214
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qit‟a / she‟r / “faloniy” / “falon” / davr / obraz / timsol / китъа / стихотворения / «фалон» / «фалоний» / период / образ / символ.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maqsud Asadov

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy qit‟alarining mavzu ko„lami, ma‟no qamrovi, ayniqsa, o„ziga xos obrazlar tizimi xususida atroflicha bahs yuritilgan. Ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi qit‟alar tarkibida alohida o„rin tutgan “falon” turkumiga xos she‟rlar, “falon” obrazining ma‟naviy-axloqiy qiyofasi, qolaversa, she‟riy matn mazmuni va badiiy obraz tabiatining o„zaro bog„liqligi yorqin misollar bilan dalillangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAVOIY QIT‟ALARIDA “FALON” OBRAZI TALQINI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-11-18

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

NAVOIY QIT'ALARIDA "FALON" OBRAZI TALQINI

Maqsud Asadov

filologiya fanlari doktori, professor, O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi bo'limi mudiri [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy qit'alarining mavzu ko'lami, ma'no qamrovi, ayniqsa, o'ziga xos obrazlar tizimi xususida atroflicha bahs yuritilgan. Ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi qit'alar tarkibida alohida o'rin tutgan "falon" turkumiga xos she'rlar, "falon" obrazining ma'naviy-axloqiy qiyofasi, qolaversa, she'riy matn mazmuni va badiiy obraz tabiatining o'zaro bog'liqligi yorqin misollar bilan dalillangan.

Kalit so'zlar: qit'a, she'r, "faloniy", "falon", davr, obraz, timsol.

АННОТАЦИЯ

В данной статье идет речь подробно о предметном объеме, значении, особенностях системы уникальных образов поэтических произведений великого мыслителя поэта Алишера Навои. Произведения, относящиеся к серии «фалон», занимает особое место в жанре китъа, которая имеет общественно-политический характер, и связи с этим в данной статье духовно-этический имидж образа «фалон» и взаимообусловленность содержания поэтических текст и характер художественного образа доказываются яркими примерами.

Ключевые слова: китъа, стихотворения, «фалон», «фалоний», период, образ, символ.

ABSTRACT

This article examines in detail the subject volume, meaning, features of the system of unique images of the poetic works of the great thinker poet Alisher Navai. The works which are related to the "phalon" has importance in "kit'a" genre. We knew that it is known with its socio-political character in classic literature, and in this article the spiritual and ethical image of the "phalon" image and the interdependence of the content of the poetic text and the character of image are proved by vivid examples.

Keywords: continent, poems, "phalon", "phalony", period, image, symbol.

8-fevral

11

Ma'lumki, badiiy obraz adabiyotning hayot haqiqatlarini jonli tarzda aks ettiruvchi o'ziga xos kategoriyasidir. Obraz tabiatini, eng avvalo, badiiy matnning mazmun-mohiyati belgilaydi. Muayyan matn tarkibi, uning mavzu ko'lami, ma'no qamrovi, estetik ta'sir quvvati obraz imkoniyatlariga ham u yoki bu darajada bog'liq bo'ladi. Mumtoz adabiyotda, ayniqsa, lirik obrazlar bir qator ijtimoiy, axloqiy, ma'rifiy, ishqiy mazmunlarni yuzaga chiqarishiga ko'ra bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Mazkur maqolada biz buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy qit'alarida qo'llangan "falon" obrazi xususida to'xtalamiz.

Adabiyotshunoslikda Alisher Navoiyning "falon" turkumidagi qit'alari haqida ayrim fikr-mulohazalar bildirilgan. Xususan, adabiyotshunoslar R.Orzibekov [6], I.Haqqulov [8], M.Xudoyorova [7]larning maqola va tadqiqotlarida ulug' shoir qit'alaridagi "falon" obrazi borasida turli munosabat bilan to'xtalib o'tilgan. Shunisi ham borki, "falon" obrazi keltirilgan qit'alarni atroflicha o'rganish Alisher Navoiy yashagan tarixiy davr, zamon va ijtimoiy muhit haqida tasavvur berishi bilan birga, ulug' shoirning shaxsiyati, ma'naviy-axloqiy qiyofasini yorqin aks ettirishga ham keng imkon yaratadi. O'z davrida, aniqrog'i, XV asrning ikkinchi yarmida jamiyat taraqqiyotiga bir qadar qarshilik qilayotgan, ijtimoiy-madaniy hayotning tanazzuliga sabab bo'layotgan, xoh davrining yuqori tabaqa vakillari bo'lsin, xoh oddiy xalq kishilari bo'lsin buyuk shoirning ayovsiz tanqididan sira ham chetda qolmagan. Bu mulohazani "falon" turkumiga oid qit'alar yaqqol tasdiqlaydi. Professor I.Haqqulning yozishicha, "...oddiy odamlar orasidan chiqqan "falon" bilan, siyosatda yoki amaldor toifasiga mansub "falon" boshqa-boshqa kimsa: birining yuzsizligi, fitnakorligi va o'jarligi ikkinchisiga aynan o'xshamaydi" [8, 68]. Shubhasiz, xuddi shunday. Biroq Navoiy qit'alarida tanqidga uchragan "falon"lar faqatgina amaldor toifasidagi kishilargina emas, balki turli soha, tabaqa vakillariki, ular tabiatidagi nuqsonlar - kim bo'lmasin - ayovsiz ravishda fosh etiladi. "Shafqatsiz va andishasiz bir zamonda, - deb yozadi R.Orzibekov, - yuqori tabaqa vakillari hamda nufuzli kishilarning hammasini ham oshkora fosh qilish, ularga xos yaramas xususiyatlarni dangal aytish qiyin edi. Shuning uchun Navoiy ayrim zamondosh amaldorlarni, munofiq shaxslarni, ulardagi g'ayriinsoniy va g'ayri axloqiy nuqsonlarni qoralashning shu usulini topdi, undan muvaffaqiyat bilan foydalandi" [6, 24]. Darhaqiqat, falon obrazi keltirilgan qit'alar o'zbek mumtoz adabiyoti, aniqrog'i, Alisher Navoiy ijodining o'ziga xos kashfiyotlaridan biri edi. Ulug' shoir "faloniy" turkumida yengil kinoya va o'tkir kesatiq mazmunlarini o'zaro uyg'unlashtirib, turli tabaqa vakilllari tabiatiga xos qusurlarni

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-11-18

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

keskin ochib tashlaydi. Ya'ni "qit'alarida o'z davrining

8-fevral

hukmdorlarini dalerona tanqid qilgan Navoiy (masalan, "Jahon ganjiga shoh erur ajdaho...", - deb boshlanuvchi yoki "Devoni Foniy"dagi "Ey falon, so'xti xaloyiqro...", - deb boshlanuvchi qit'a) zamonasining qandaydir bir boyi-yu imomi, fisq-fasodchisi-yu kotibining nomini keltirishdan hech qachon qo'rqmagan. Aksincha, ular shunchalik ko'p bo'lishganki, ularning barcha salbiy xususiyatlarini "falon" timsolida tipiklashtirgan, umumlashtirgan. Bu turkumdagi qit'alarning ba'zi "falon"lari achchiq tanqid qilinsa, ba'zilari yengil kulgi ostiga olinadi" [7, 59]. Yuqoridagi fikrlarning isboti uchun "G'alat bir kotib bobida qalam surmagu qorasining g'alatin yuziga kelturmak" sarlavhali mana bu qit'aga e'tibor qaratamiz: Falon kotib ar xatni mundoq yozar, Bu mansabdin ani qo 'parmoq kerak. Yuzin nomasidek qaro aylabon, Qalamdek boshin dag 'i yormoq kerak. Qarodin qarog 'a beribon uloq, Qalamravdin ani chiqarmoq kerak. [1, 721]

"Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati"da g'alat so'zi yanglish, xato, sahv, noto'g'ri, yolg'on deb izohlangan [5, 100]. Sarlavhadan anglashiladiki, qit'a "g'alat", ya'ni xato qiluvchi yoki xatni noto'g'ri ko'chiruvchi "bir kotib" haqida nadomat bilan yozilgan. Sarlavhaning ikkinchi qismi ("qorasining g'alatin yuziga kelturmak") badiiy sayqal va ifodaning yorqin namunasidir. Aniqrog'i, undan ikki mazmun anglashiladi: qalamning qorasini yuziga surtmoq va aybini oshkor qilib, yuziqora yoki yuzini shuvut qilmoq - uyaltirmoq. Aslida, sarlavhadanoq ulug' shoir kotiblik ilmini yaxshi o'zlashtira olmagan, o'z ishiga o'ta mas'uliyatsizlik bilan qaraydigan xat sohiblariga so'z vositasida haqqoniy ko'zgu tutadi. Qit'adagi "falon kotib"ning axloqiy qiyofasini yanada ravshanroq tasavvur qilish uchun "Mahbub ul-qulub"da berilgan "Kotiblar zikrida" faslidagi mulohazalarga e'tibor qilish kifoya - masala to'la oydinlashadi.

Jumladan, "Mahbub ul-qulub"da xatni chiroyli husnixat bilan yozuvchi kotib haqida mana nima deyilgan: "Xushnavis kotib so'zga oroyish berar va so'zlaguvchiga osoyish yetkarur" Ammo xati chiroyli bo'lsa-yu, diqqati sust bo'lsa -xatni turli xatolar bilan yozsa-chi? Ayonki, arab alifbosidagi harflarda nuqtalar ham muhim ahamiyatga ega: kotibning birgina diqqatsizligi so'zning asl ma'nosiga, xatning mazmuniga zarar yetkazishi, deylik, habib - do'st so'zi habis - yaramas, muhabbat kalimasi esa mehnat tarzida yanglish o'qilishi ham mumkin. Bunday xatolarga yo'l qo'yadigan kotibga nisbatan

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-11-18

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

ulug' shoir juda keskin munosabat bildiradi - uni la'natlaydi:

8-fevral

"Xushnavis hamkim, sahvi (xatosi) ko'p bo'lg'ay - ilgi falaj illatig'a (kasalligiga) jo'b (mubtalo) bo'lg'ay. Ulki, bejo nuqta bila "habib"ni "habis" qilg'ay va "muhabbat"ni "mehnat" - aningdek habisi mehnatzadag'a yuz la'nat". Yomon, badxat, savodsiz kotib xususida bo'lsa Alisher Navoiyning qarashlari yuqoridagi qit'a mazmunini yana ham to'ldiradi: "Yamon kotib manzili qalamdonidek choh aro bo'lsun, qalamidek boshi yaro va yuzi qaro bo'lsun" [4, 466]. Bunday kotibning jazosi qanday bo'ladi, deysiz? Navoiy qit'ada shu kabi noshud va no'noq kotiblarga ham qat'iy hukm e'lon qiladi. Shoirga ko'ra, uni kotiblik mavqeidan tushirish, ya'ni haydab solish, qolaversa, xalq oldida o'zi yozgan xatolarga to'la xatdek yuzini qora qilish va "qalam"ning uchini yo'ngan kabi "boshini yor"ish kerak. Faqat shumi? Yo'q, albatta! Bu "qora" ishi - qilmishi uchun "qora" - qattiq jazo berib, ya'ni "qarodin qaroga beribon uloq", uni "qalamrav"dan - mamalakatdan butkul badarg'a qilish lozim. Kotibning xatosi o'quvchini haqiqatdan chalg'itishi, xat mohiyatini yanglish tushunishga sabab bo'lishi, kayfiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu bois qit'aning lirik qahramoni bunday kotiblarga shafqat qilmaydi - o'tkir tanqid tig'ini yalang'ochlaydi. Diqqat qilsak, qit'ada bir nechta badiiy san'atlar o'zaro qorishiq tarzda qo'llanganiga guvoh bo'lamiz. Jumladan, "kotib", "xat", "noma", "qalam" kalimalarining o'zaro mutanosibligi asosida tanosub san'ati hosil bo'lsa, "qaro" - "qarodin" - "qarog'a" asosdosh so'zlari orqali ishtiqoq badiiy san'ati yuzaga kelgan. "Nomasidek", "qalamdek" o'xshatishlari tashbehni, "qalamdek boshini yormoq" ifodasi tashxis poetik san'atini, yozuv quroli va mamalakat ma'nolaridagi "qalam" shakldosh so'zlari esa tajnis san'atini hosil qilgan. Yuksak badiiy ifoda va ma'noning teranligi qit'aning estetik ta'sirchanligini oshirib, ulug' shoirning maqsad-muddaosini yuzaga chiqarishga xizmat qilgan.

Oddiy odamlar orasida ham yana shunday "falon"lar borki, bundaylar qayda bo'lmasin, nima yuz bermasin - bariga hoziru nozir, ammo hech qachon hech bir ishdan ko'ngli to'lmaydi, hech kimdan sira-sira rozi bo'lmaydi - doim fitnayu g'avg'o qo'zg'ab, hamma bilan talashib-tortishib yuraveradi. Quyidagi qit'ada ana shunday "falon"lar haqida so'z boradi: Falong 'a ajab hol erurkim xaloyiq Ne qilsa alar birladur mojarosi. Sola olmas el oshig 'a bir nuxud, gar Tuzulmas aning birla ul el arosi. Qazon yo 'qki, ul anda kafliz emastur,

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-11-18

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Ki bo 'lsun yuziga qazonlar qarosi.

8-fevral

Ma'lum bo'lmoqdaki, "falon"ning yaramas odati shunday: odamlar nima ish qilsalar ham unga yoqmaydi, qanday mavzuda suhbat kechmasin, "falon", albatta, bilsa-bilmasa, tushunsa-tushunmasa, boshqalar bilan bahslashaveradi. "El"ning "oshiga bir nuxud" - no'xot solishga ham yaramaydi, ya'ni muruvvatu himmatdan butkul yiroq. Biroq yaxshilik nimaligini bilmaydigan bu kimsaning "el" bilan yaqinligi, hamfikrligi ham yo'q. Odatda, qit'ada ilgari surilgan g'oya va qarashlar biror hayotiy voqeani misol keltirish orqali (tamsil san'ati - M.A) dalillanadi. Mazkur qit'ada xalq orasida ko'p qo'llanadigan "qozonga kapkir bo'lma" iborasi irsoli masal san'atini hosil qilgan bo'lsa, "yuzi qora bo'lsin" qarg'ishining "bo'lsin yuziga qazonlar qorasi" tarzida ifodalanishi fikrning ta'sir quvvatini orttirgan. She'rdagi muayyan so'zlarning o'zaro mutanosibligi vositasida "falon"ning axloqiy qiyofasini yanada yorqinroq tasavvur qilish mumkin: "mojaro", "el oshi", "nuxud", "qazon", "kafliz", "qazonlar qarosi" Ko'rinadiki, mutafakkir shoir qit'ada odamlarning ishiga bo'lar-bo'lmasga aralashaveradigan, oraga suqilaveradigan kimsalarni "falon" obrazi orqali umumlashtirgan.

Darhaqiqat, kundalik turmushda uchrab turadigan maqol, matal yoki hikmatli so'zlarni obrazli tasvir imkoniyatlaridan kelib chiqib, she'r mazmuniga singdirish aynan Navoiyning "falon" turkumidagi qit'alariga xosdir. "Ashhabning tuvog'i berkligin temurga o'xshatqondek o'zin ham berk ekan jihatdin temurbo'z debtur" sarlavhali qit'a tahlili ham shunday fikr bildirishimizga to'la imkon beradi. Masalan: Falonning sarxun otiki gar erur berk, Qilur ta 'vil aqli nuktaomuz. Ki go 'yo niyati mahkamlig 'idin Aning otini debturlar Temurbo'z. [2, 702]

"Ashhab" - oq rangli, bo'z tulpor. Zamon odamlari "falon"ning minib yurgan ashhab oti juda pishiq, mahkam, baquvvat bo'lgani uchun uning tuyoqlarini temirga o'xshatishadi. Otning egasi bo'lsa "ta'vil" - so'zni o'z ma'nosidan boshqa bir ma'noga burish, vaziyatdan oson chiqib ketish, aniqrog'i, o'ziga suv yuqtirmaslikka juda usta bo'lgan - ustomon odam. Uning qanday insonligi, maqsadi nimayu qanday o'y-xayolda ekanini bilib bo'lmaydi, ya'ni "falon" sira sir boy bermaydi - "niyati mahkam". Qit'aning so'nggi - to'rtinchi misrasida tajnis san'ati vositasida fikr favqullodda go'zal ifodalangan: "Aning otini debturlar Temurbo'z". Ya'ni "Falon"ning otini Temurbo'z - pishitilgan temir, po'lat deydilar. Misraning yana bir ma'nosi: kishilar "Falon"ning o'ziga "Temurbo'z" deb nom -laqab berganlar. Bu o'rinda temurbo'z so'zining qattiq ma'nosida

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-11-18

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

qo'llanishini ham nazardan soqit qilmaslik lozim. Ma'lumki, xalq

8-fevral

orasida "Mol egasiga o'xshamasa harom qotadi" naqli keng qo'llanadi. Qit'aga mana shu mazmun mahorat bilan singdirib yuborilganki, "falon"ning tabiatidagi qusurlar hazilomiz tarzda fosh etilgan.

"Faloniy" turkumidagi qit'alarning hammasida ham falon obrazini yaratishda umumlashtirish, tipiklashtirish tamoyiliga tayanilgan deb bo'lmaydi. Ayrim qit'alarning sarlavhasida "birov" obrazi keltiriladiki, bu ham "falon"ning real, hayotiy bir shaxs ekaniga yaqqol dalildir. Jumladan:

"Birov bobidakim, bu saroyin sotib, fisq asbobi tuzdi va bu fisq asbobi bila ul saroyin buzdi"

Faloni mardak ar sotti saroyin, Demakim, ul saroyin yaxshi tuzdi. Qilib ikki saroyig'a ajab ish, Bu birni sottiyu ul birni buzdi. [3, 739]

Qit'a fisqu fujurga yon bergan bir kimsa - "faloni mardak" haqida nafrat va taassuf bilan yozilgan. Ulug' shoir parallelizm vositasida maqsad-muddaosini yuzaga chiqarish uchun o'ziga xos yo'l tanlaydi: ikki - biri sotilgan, boshqasi yangi barpo etilgan - saroy timsol-tushunchalari orqali "falon"ga munosabatini jonli ifoda etadi. Ikki saroydan ham fosiqqa manfaat yo'q, ya'ni "Bu birni sottiyu ul birni buzdi". Qit'a mazmunini teranroq anglash uchun "Mahbub ul-qulub"dagi mana bu "tanbeh"ni keltirish o'rinli bo'ladi, nazarimizda: "Fisq shumlig'idin o'zingni yaxshilardin huratma va yomonlar arosida qotma. Ul shum agarchi aqlg'a majruhdur, ammo nafsg'a mahbubdur, agarchi Haq yo'lida mag'mumdur, ammo shayton yo'lida marg'ubdur" [4, 512].

Atrofida fisqu fujur, g'iybatu ig'vo, kizbu adovat qo'zg'ab, ming turfa hiylayu nayranglarga usta bo'lgan shaytonsifat "falon"lardan Navoiy aziyat chekmagan deysizmi? Zulm tig'ini qo'lida tutgan, ilon kabi jafo "neshi" - zahrini sanchib olishga har lahza shay turgan ayrim kimsalarning nohaqliklaridan shoir ham chetda qolmagan. Bu haqda "Mahbub ul-qulub"da mana bunday yozilgan: "Davr bevafolari javridin dod va dahr behayolari zulmidin fig'onu faryod! To olam binosidur bu o'tg'a hech kishi mencha o'rtanmaydur, to bevafolig' ibtidosidur bu yoling'a hech kim mendek churkanmaydur. Zamon ahli bevafolig'idin ko'ksumda tuganlar va davron xayli behayolig'idin bag'rimda tikanlar, har qaysig'a raqam uray desam, Ayyub sabri anga vafo etmas va qalam suray desam, Nuh umrida tamomg'a yetmas. Haq alarg'a rahm va insof sari tavassul bergay yo bu mahrum jafokashg'a sabr va tahammul bergay" [4, 456]. Boshqa bir qit'ada esa Navoiy ana

O„zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-11-18

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

shunday zulmkor kimsalarni "falon" obrazi orqali umulashtiradi:

8-fevral

Manga etsa ming zulm neshi falondin, Ilojida holimg 'a hayron qolurmen. Jafo qilg'oli qo 'ysa vayronima yuz, Agar qavlay olmon, qocha xud olurmen.

Lirik qahramon "Falon"ning jafokorligiga, andishasizligiga biror chora topa olmay o'z holiga hayron-u lol. "Falon"ga bas kelish, ya'ni nodonu johil bilan tenglashish mushkul bir ish, ya'ni foydasizdir. Zamonaviy shoirlarimizdan biri o'zining bir she'rida go'yo Navoiydan ilhomlangandek bu haqda mana qanday yozgan edi:

Nodon, johil bilan olishmoq abas, Zero unda bo 'lmas sira andisha. Shishani toshga ur yo shishaga tosh, Alqissa: baribir sinadi shisha!

XV asrda ham bunday zolim "falon"lar shunchalik ko'p bo'lganki, ular bilan samarasiz olishib, fursatini behuda sarflaguncha, Navoiyning lirik qahramoni bundaylardan uzoq yurishga, "falon"larga yaqin yo'lamaslikka astoydil intiladi: "Agar qavlay olmon, qocha xud olurmen".

Umuman, Alisher Navoiyning "falon" obrazi keltirilgan qit'alarida ulug' shoir yashagan davr, zamon va ijtimoiy muhitning turli ma'naviy, madaniy, axloqiy masalalariga e'tibor qaratilib, ayrim toifa kishilarning jamiyat hayotiga dog' bo'lib tushadigan g'ayriinsoniy nuqsonu qusurlari o'tkir tanqid ostiga olinadi. "Falon" turkumidagi qit'alar orqali buyuk mutafakkir shoirning go'zal ma'naviy dunyosini teranroq kashf etishga, o'lmas asarlarida ilgari surilgan saxiylik, rostgo'ylik, mardlik, ochiqko'ngillik kabi oliyjanob insoniy fazilatlar mohiyatini kengroq ang lashga ham yo'l topiladi. "Falon"larga nisbatan shuurimizda nafrat hissi paydo bo'ladi, lirik qahramonning qalbiga, ruhiy olamiga oshnolik tuyg'usi o'quvchini Navoiy shaxsiyatiga yanada yaqinlashtiradi.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami. 10 jildlik. I jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2011. - 778 b.

2. Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami. 10 jildlik. III jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2011. - 792 b.

3. Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami. 10 jildlik. IV jild. -Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2011. - 786 b.

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-11-18

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

4. Alisher Navoiy. To'la asaгlaг to'plami. 10 jildlik. IX jild. - Toshkent: G'afuг G'ulom nomidagi NMIU, 2011. - 766 b.

5. Alisher Navoiy asañari tilining izohli lug'ati. IV jildlik. IV jild. - Toshkent: Fan, 1985. - 636 b.

6. Orzibekov.R. Lirikada kichik janrlar. - Toshkent: Adabiyot va san'at, 1976. - 162 b.

7. Xudoyorova M. Alisher Navoiy she'riyatida qit'a janri: Filol.fan.b.f.dok.diss.. -Toshkent, 2022. - 156 b.

8. Haqqul I. Kasbi kamol o'zni tanishdir - Toshkent: Yoshlar matbuoti, 2021. - 174 b.

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-11-18

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.