Научная статья на тему 'NAVOIY-FONIYNING TURKIY VA FORSIY G‘AZALLARIDA BADIIY MAHORAT MASALASI'

NAVOIY-FONIYNING TURKIY VA FORSIY G‘AZALLARIDA BADIIY MAHORAT MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1162
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtibos / Qur‟on / hadis / “Arba‟in” / turkiy g„azallar / forsiy g„azallar / zullisonayn / fano / faqrlik / payg„ambar / Muhammad / Iso / Yusuf / Xizr / Namrud / komil inson / ishq. / цытаты / Коран / хадисы / “Арбаин” / тюркские газели / персидские газели / двуязычный / небеса / бедность / пророк / Мухаммад / Исус / Юсуф / Хизр / Намруд / идеальный человек / любовь.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nazora Bekova

Maqolada Alisher Navoiyning turkiy va forsiy g„azallarida iqtibos san‟atining mohirona qo„llanilganligi xususida fikr yuritilgan. Ulug„ shoirning aksariyat baytlari ilohiy-islomiy g„oyalar zaminida vujudga kelgan. Agar har bir g„azalning botiniy ma‟nolari ilohiy kitob bilan birgalikda qiyoslab, jiddiy tadqiq etilsa, hazrat Navoiy ijodiyoti mahsuli bo„lgan qator she‟rlar ilohiy kitobning ma‟rifiy-badiiy sharhi ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Alisher Navoiy she‟rlarida ochiq talmeh bilan birga mazkur badiiy san‟atning yashirin ko„rinishiga ham tez-tez murojaat qilingan. Talmeh, iqtibos, tafsir kabi ilohiy-irfoniy ifoda shakli Alisher Navoiy hamd g„azallari uchun faol hodisadir. Abdurahmon Jomiy hamd g„azallari uchun yetakchi hisoblangan tazmin san‟ati ulug„ Navoiy ijodida juda kam uchraydi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматривается вопрос мастерского использования цитат в газелях на тюрском и персидском языках Алишером Навои. В идеях великого мастера формированные на религиозных и сверх естественных силах отразились в его творчестве. Алишеру Навои удается по способам талмех (талмехспособ приведения примеров в Восточной литературе) раскрыть скрытые выражения искусства слова. Своеобразие газелей Алишера Навои умение выражать по способам цитат, изложений и средствам суфийских воззрений.

Текст научной работы на тему «NAVOIY-FONIYNING TURKIY VA FORSIY G‘AZALLARIDA BADIIY MAHORAT MASALASI»

NAVOIY-FONIYNING TURKIY VA FORSIY G'AZALLARIDA BADIIY

MAHORAT MASALASI

Nazora Bekova

BuxDU O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (Dsc)

bekova. nazora@mail .ru

Maqolada Alisher Navoiyning turkiy va forsiy g'azallarida iqtibos san'atining mohirona qo'llanilganligi xususida fikr yuritilgan. Ulug' shoirning aksariyat baytlari ilohiy-islomiy g'oyalar zaminida vujudga kelgan. Agar har bir g'azalning botiniy ma'nolari ilohiy kitob bilan birgalikda qiyoslab, jiddiy tadqiq etilsa, hazrat Navoiy ijodiyoti mahsuli bo'lgan qator she'rlar ilohiy kitobning ma'rifiy-badiiy sharhi ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Alisher Navoiy she'rlarida ochiq talmeh bilan birga mazkur badiiy san'atning yashirin ko'rinishiga ham tez-tez murojaat qilingan. Talmeh, iqtibos, tafsir kabi ilohiy-irfoniy ifoda shakli Alisher Navoiy hamd g'azallari uchun faol hodisadir. Abdurahmon Jomiy hamd g'azallari uchun yetakchi hisoblangan tazmin san'ati ulug' Navoiy ijodida juda kam uchraydi.

Kalit so'zlar: iqtibos, Qur'on, hadis, "Arba'in", turkiy g'azallar, forsiy g'azallar, zullisonayn, fano, faqrlik, payg'ambar, Muhammad, Iso, Yusuf, Xizr, Namrud, komil inson, ishq.

В данной статье рассматривается вопрос мастерского использования цитат в газелях на тюрском и персидском языках Алишером Навои. В идеях великого мастера формированные на религиозных и сверх естественных силах отразились в его творчестве. Алишеру Навои удается по способам талмех (талмех- способ приведения примеров в Восточной литературе) раскрыть скрытые выражения искусства слова. Своеобразие газелей Алишера Навои умение выражать по способам цитат, изложений и средствам суфийских воззрений.

Ключевые слова: цытаты, Коран, хадисы, "Арбаин", тюркские газели, персидские газели, двуязычный, небеса, бедность, пророк, Мухаммад, Исус, Юсуф, Хизр, Намруд, идеальный человек, любовь.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-114-121

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

8-fevral

The article describes the skillful use of quotation art in Turkish and Persian poems by Alisher Navoi. Most of the byts of the great poet were born on the basis of theological and Islamic ideas. If the ghostly meanings of each poem are compared together with the divine book, it will be assured that a number of poems are the product of Navoiy's creative work are spiritual and literary interpretations of the divine book. The poetry of Alisher Navoi is often referred to the hidden form of this art, along with an explicit interpretation. Divene-eloquent expression such as the Talmud, the quotation, the tafsir, is an active event for the ghosts of praise of Alisher Navoi. Abdurahmon Jomiy, the leader of the poems of praise, is very rare in the works of the great Navoi.

Keywords: quotation, the Koran, Hadis, "Arbain", Turkic gazals, Persian gazals, bilingual, poverty, prophet, Muhammad, lesus, ideal person, love.

"Ilm o'zlashtirmoq", ustod Sadriddin Ayniy ta'biricha, «otash porasi olmoq» ma'nolaridagi bu so'z (iqtibos) Qur'on oyatlari va payg'ambar hadislarini she'r ichida keltirish yoki ularning mazmunini she'rda ifodalash san'atidir. Musulmon mintaqa adabiyotida bu san'atga keng murojaat qilish orqali aytilmoqchi bo'lingan fikrga quvvat berish hodisasi o'ziga xos qadimiy an'anadir. Uning nurli izlarini hadislarga bag'ishlab yozilgan "Arba'in"larda ham uchratishimiz mumkin. Masalan, Alisher Navoiy "Arba'in"i hadisidagi mana bu qit'ada ham o'sha hodisa yorqin ko'zga tashlanadi:

Onalarning oyog'i ostidadur Ravzai jannatu jinon bog'i. Ravza bog'in visoli istar esang Bo'l onaning oyog'i tufrog'i.

Ko'rinadiki, mazkur qit'a satrlari mag'ziga Muhammad Rasullulloh(s.a.v.)ning "Al-jannatu tahta aqdami umma hatinum", ya'ni "Jannat kaliti onalar oyog'i ostidadir" hadisi sharifining mazmuni singdirilgandir. Bunday mayl-Qur'on oyatlari va hadis g'oyalariga murojaat Alisher Navoiyning turkiy va forsiy g'azallarida ham kuzatiladi. Ulug' shoirning ba'zi g'azallarida zohiran Qur'on oyatlariga ishora ko'zga tashlanmaydi. Biroq o'shanday misralar teranroq nazardan o'tkazilsa, ular zamiriga Qur'oniy g'oyalar singdirilganligi ayonlashib qoladi. Jumladan, quyidagi baytda o'shanday mayl kuzatiladi:

Naqdi jon chiqqanda imon gavharin ko 'nglumga sol,

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-114-121

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

ABSTRACT

Aylagil jondin judo, lek etma imondin judo [3, 5].

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-114-121 o'rganish masalalari

Mazkur bayt mag'zida Yusuf surasi 101-oyati karimasining mazmuni yashirindir. Mazkur oyatda xabar beriladi: «(Yo Rabbi) Meni musulmon holimda jonimni olgin va meni ham solih bandalarning qatoriga qo'shgin».

Sen etting sham 'u gulda jilvakim, parvonavu bulbul Biri kuydi, biriga bo'ldi yuz dardu balo paydo [2, 8]. Mazkur baytning "Nur" surasi 41-oyati bilan mantiqan aloqadorligiga ahamiyat berilsa, yuqoridagi fikrlarga yanada yaqqolroq ishonch hosil qilinadi.Qur'oniy oyat quyidagicha aks-sado beradi: «(Ey Muhammad) Ollohga osmonlar va yerdagi bor jonzot ham, (samoda) saf tortgan qushlar ham tasbih aytib-poklanishini ko'rmadingizmi?» .

Alisher Navoiy ikki tildagi g'azallarining ko'pchiligida faqrlik ulug'lanadi, baqoni istagan kishi avvalo fano bo'lishi zarurligi uqtiriladi: Biror etti sangakim o'zlugi dashtini tay qildi, Baqo istar kishi avval kerak qilsa fano paydo [3, 199].

Mazkur baytda "Kimki o'zining foniyligini bilsa, Rabbining boqiyligini biladi" va "Farqlik mening madori iftixorimdir va qiyomat kunida men uning-la faxr eturman" hadislarining mazmuni o'zlashtirilganligini payqash qiyin emas. Nafs xor etmish Navoiyni, aziz et faqr birla, Ey jalolu rahmatingdan gar zalilu gar muazzaz.

Forsiy devondan keltirilgan quyidagi misralarda ham mazkur g'oyaga hamohang badiiy talqinga guvoh bo'lamiz:

Chu sarkashest tariqi riyo,sari Foniy, Shavad ba dayri fano xoki oston, yo Rab [5, 120]. Mazmuni:Ey Rabbim, riyo yo'li-o'jarlik yo'lidir, shuning uchun Foniyning boshi fano dayrining ostonasida tuproq bo'lsin.

Pinhonu nihondan ogoh eng adolatli zot faqat Ollohdir. Namrud boshchiligidagi mushriklar Ibrohim alayhissalomning qo'l-oyog'ini bog'lab, olovga otadilar. Jabroil alayhissalom undan "biror tilaging bormi?" - deb so'raganida "Parvardigorim o'zi ahvolimdan ogoh", deb faqat Ollohdan madad so'rab, sabr qilgan ekanlar va Olloh " Biz aytdik: «Ey olov, sen Ibrohim uchun salqin va omonlik bo'l!" (Anbiyo, 69-oyat) - zikr qilingan farmonni yuborgan, olovning yorug'i rolib, issig'i yo'qolgan.Turkiy va forsiy devondan olingan quyidagi baytlar orqali shoir har bir kishining pinhonu nihon sirlaridan faqat Ollohgina xabardorligini uqtirmoqchi bo'lib, Ibrohim alayhissalom hayoti bilan bog'liq yuqoridagi voqealarga ishora qilgan:

Sabur ismi bilan qilsang tajalliy,

8-fevral

116

Qilib Namrudg'a yuz ming mudoro [1, 12].

"Devoni Foniy"da bu Qur'oniy qissaga quyidagicha ishora qilinadi:

To biso'zam hamagi hastin xud ro' vo kun,

Z-on gulistoni Xalil otashi gulnor biyor [5, 46].

Mazmuni:Ey jonon,yuzingni och-u Xalil gulistoni(olovi)dan

Otashin gul keltir,borlig'imni yondiray.

Qorun mol-mulkka hirs qo'yib havolanadi va oxir-oqibatda behad sarvatlari bilan yo'q bo'ladi. Bu haqda «Qasas» surasining 84-oyatida o'qiymiz: " Kim yaxshilik bilan kelsa, bas, uning uchun (qilgan yaxshiligidan) yaxshiroq (mukofot bo'lur). Kim yomonlik bilan kelsa, bas, yomonliklar qilgan kimsalar faqat o'zlari qilgan yomonliklari bilangina jazolanadilar». Quyidagi baytda shu oyati karimaga ishora qilish orqali talmeh san'ati hosil bo'lgan:

Muncha hashmat topmog 'ingdin so 'ngra birovni qulung, Joh ila muknatda Qorunga tavongar bo'ldi tut [3, 18].

Shuningdek, Xizr, Nuh, Iso, Sulaymon, Qorun nomi bilan bog'liq Qur'oniy qissalarga murojaat orqali Mir Alisher g'azallarida talmeh san'ati qo'llangan. Bunday mayldan kuzatilgan bosh maqsad Olloh taoloning mislsiz kuch-qudratini ko'rsatishdan iboratdir. Bu badiiy timsollar ostida «Haq-Inson» munosabatlari juda yuksak san'at bilan yashirinib keladi.

Zahri firog'ingdin qayu oshiqki bo 'ldi talxkom,

No'shi visoling etmasa, Iso anga topmas davo [3, 69].

Shunga o'xshash ifoda uslubini "Devoni Foniy" misralaridan keltiramiz:

Chun Masiho ruhbaxshon boshad on jo az nafas,

To ba izzat dar bisotash neh nafasro, dor pos [6, 82].

Mazmuni: Iso singari u erda nafasidan jon baxsh etuvchilar bor,

Uning bisotiga izzat bilan oyoq bosu nafasingni saqla.

Iso alayhissalom davrida tabobat ilmi shunday darajada taraqqiy qilgan ekanki, bironta ham dard davosiz hisoblanmagan emish. Iso mo'jizaviy nafasi bilan o'liklarga jon baxsh bu jarayonga quvvat bergan ekan. «Oli Imron» surasining 49-oyatida shunday xabar beriladi. «Men (o'zimning Haq payg'ambar ekanligim haqida) sizlarga Parvardigoringizdan oyat-dalil keltirdim: Men sizlarga loydan qush timsolini yasab unga tuflasam, u Ollohning izni-irodasi bilan haqiqiy qush bo'ladi. Va yana ko'r, pes kasallarini tuzata olaman va Ollohning izni bilan o'likni tiriltiraman hamda sizlarga eydigan va uylaringizda saqlaydigan narsalaringizni aytib berishga qodirman. Agar mo'min bo'lsangizlar, albatta, bu

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-114-121

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

ishlarda sizlar uchun aniq oyat-dalillar bordir». Ya'ni agar Olloh

8-fevral

bu karomatni unga ato etmaganida, hayratli mo'jizalar sirini ochishni xohlamaganida, Iso(a.s.)ning qo'lidan bir kishiga ham shifo berish kelmasdi. Mavjudotdagi barcha ajoyibotlar Ollohning amridadir. Alisher Navoiy "Lison ut-tayr" dostonining "Faqru fano vodiysi vasfi" bobida bu masala xususida yanada keng badiiy mushohada yuritadi.

Xizrning "obi hayvon"dan bahramand bo'lib, abadiy tiriklikka erishgani, Nuh(a.s.)ning xatarlardan xalos qolishi, Iso(a.s.)ning tiriltiruvchi nafasi - bularning barcha-barchasi Ollohning inoyati, mo'jizaviy san'atidan dalolat. Ulug„ shoirning ta'kidicha, agar Olloh istamasa, Uning amriga muvofiq kelmagan ish hechdir, Namrud, Qorun, Fir'avn singari o'zini qudratli sanagan xudparastlar Uning qahridan omon qololmaydi, albatta. Quyidagi baytda shu haqidagi oyatlarga ishora ketadi: Nega olam o 'rtadi, husnung o'tidin lam 'ai, Tushmagan bo'lsa jamoli Yusuf Kan 'on aro [3, 56].

Qur'on tarkibidagi katta suralardan biri - o„n ikkinchi, ya'ni Yusuf(a.s.) qissasidir. Ma'lumki, ilohiy kitoblarda (Tavrot, Zabur, Qur'on)da Yusuf alayhissalom go'zallik timsoli sifatida ulug'lanadi. Bu baytda Ollohning go'zalligi Yusuf(a.s.)da aks etganiga ishora qilinmoqda. "Devoni Foniy"da ham xuddi o'sha mazmunning quyidagicha ifodasini uchratamiz:

Orazi Yusuf namuda lam 'ai ro'yat,

Z-i shuda mash 'ufu zari ishq Zulayxo [5, 10].

Ravshan bo'layotirki, ulug„ shoirning har ikkala tildagi g'azallarida g'oyaviy -mazmun, badiiyat nuqtai nazaridan uyg'unlik ustuvordir. Zulayxoning Kan'on shahzodasiga ishqi tushishi Yusuf surasining 30-oyati karimasida o„z ifodasini topgan. "Tafsiri Jalolayn"da qayd etilishicha, Yusuf alayhissalomga dunyodagi husnning yarmi berilgan".

Qator hamd g'azallarda va "Ruh ul-quds"qasidasining nasib qismida Olloh taoloning ilohiy qudrati tufayli tun-kun, eru osmon, oyu quyoshning bir muntazamlikda harakat qilishi masalasi yoritilgan.Butun borliqda-tabiatdagi eng mayda jonzotdan tortib, bahaybat mavjudotning shaklu shamoyiligacha- barcha-barchasida Ollohning qudrati zohir. Tun-kun, quyosh-oy, sayyora va yulduzlar Ollohning amriga itoat etib harakat qiladilar. Zero, yaratmoq va amr etmoq Uning O'zigagina xosdir:

Chi qudratest, ki dar borgi charxi baland, Nagashta be sababi o' zi zarra to bayzo [7, 6].

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-114-121

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

Mazmuni: Ajab qudratdirki, yuksak charx qasrida quyoshdan eng kichik zarragacha o'sha mo"jiza tufayli paydo bo'lgandir.

Xuddi shu mohiyatning o'zi hamd g'azalda quyidagicha aks etgan: Yuzung ko 'zgusidin olamda yuz nuru safo paydo, Quyosh andin aningdekkim quyoshdin zarra nopaydo [2, 7]. Islomiy ta'limot, uning muqaddas ilohiy kitobida mazkur haqiqat qayta-qayta ta'kidlanadi. Ana o'sha ilohiy nur hamd g'azallar va "Ruh ul-quds" qasidasi baytlariga ham chuqur singdirilgan. Shu jihatdan "Yunus" surasining 3 va 5-oyati karimalari ahamiyatlidir: "Albatta, Parvardigoringiz osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, so'ngra O'z arshini egallagan Ollohdir. U (Olloh) quyoshni ziyo sochuvchi, oyni yorug'lik qilgan va sizlar yillarning sanog'ini hamda (vaqtlarning) hisobini bilishlaringiz uchun uni (ya'ni oyni bir qancha) manzil-burjlarga bo'lib qo'ygan zotdir. Hech shak-shubhasiz, Olloh bu (borliqni) Haq (qonun va maqsad) bilan yaratdi. U zot biladigan qavm uchun O'z oyatlarini mufassal bayon qilur" [8, 133].

Alisher Navoiy "Ruh ul -quds" qasidasining 2-va 118-baytida "Yosin" surasining 82-oyati ("Biron narsani (yaratishni) iroda qilgan vaqtida Uning ishi faqatgina "Bo'l" demoqlikdir. Bas, u (narsa) bo'lur-vujudga kelur")ga ishora qiladi: «Innama amruhu iza aroda shay'an an yaqula lahu kun fa yakun». Chi xomaest, ki dar korgohi «kun fayakun», Nagashta be raqami o' zi qatra to dar'yo... Ba payh kamtar az on metavoniyash, ki kunt, Chunon nabud, ki nabuvad asar az o' paydo [7, 6].

Mazkur mohiyatni iqtibos san'ati asosida "Badoye' ul-vasat"ning 2-g'azalida o'qiymiz:

Irodang birla taqdiring o'lg'ay ikki kavn ichra, Agar bo'lsa fano zohir va gar bo'lsa baqo paydo[3, 23]. Qasidaning 10-23-baytlarida odam jismi (to'rt unsur, to'rt xilt) va olam tuzilishi (to'rt fasl) orasidagi yaqinlik, insonning yaratilishi, ichki va tashqi a'zolari vazifasi, mo''jizaviy mukammalligi xususida fikr yuritiladi. Chu soz kardy tarkibi jismi insony, Zi xok ta 'biya soxty ba zebu baho [7, 7].

Yuqoridagi (10-23) baytlarning tayanch manbai sifatida «Naba» (6-oyat), «Infítor» (7-8-oyat), «Inson» (28-oyat), «Balad» (8-9-oyat), «Tiyn» (4-oyat), «Vas-saffot» (11-oyat), «Baqara» (29-oyat), «Hijr» (26-oyat) kabi suralarni ko'rsatish mumkin. Ulug' shoir insonni mumtoz etgan

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-114-121

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

ilohiy imkoniyatlarga alohida urg'u beradi:

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-114-121

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Bas, on gahe ba ulumash chu rahnamun gashty,

Naxust kardy ta 'limi allamal-asmo [7, 9].

Uning (insonning) ilm o'rganishi uchun rahnamolik qilgan chog'ingdayoq, dastlab azaliy ismlarga amal qilish ta'limini (O'zing) berding.

"Allamal-asmo" "ismlarni o'rgatdi" demakdir. Bu birikma «Baqara» surasining 31-oyatidan: " Va u zot odamga barcha narsalarning ismlarini o'rgatdi. So'ngra ularni farishtalarga ro'baro' qilib dedi: "Agar xalifalikka bizhaqdormiz, degan so'zlaringiz rost bo'lsa, mana bu narsalarning ismlarini menga bildiring!" [8,

15].

Olloh insonni boshqa mavjudotlardan alohida ajratib, ilmu irfon xazinasi sifatida o'n sakkiz ming olamni uning uchun yaratgan:

Bo'lub sifatingga mazhar jami' maxluqot,

Alar mufassalu insonni aylading mujmal" [2, 266].

"Ruh ul-quds"da esa olami sug'ro quyidagicha ta'riflanadi:

Dar on ajuba namudory az hama kardy,

Amonatatro ham dodiyash ba rasmi xifo [7, 10].

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Mazkur baytlar esa Baqara surasi 151-oyatining (Men banda qalbiga muhabbat bo'lib kirgan yashirin xazinaman") va "Lav laka", «Kuntu kanzan» kabi qudsiy hadislarning badiiy-ma'rifiy talqinidir.

Misollardan ayonlashayotirki, iqtibos san'ati Alisher Navoiy hamd g'azallari uchun faol hodisadir. Uulug' shoirning aksariyat baytlari ilohiy-islomiy g'oyalar zaminida vujudga kelgan. Agar hazrat Navoiy juda ko'p g'azallarining botiniy ma'nolari ilohiy kitob bilan birgalikda qiyoslab, jiddiy tadqiq etilsa, hazrat Navoiy ijodiyoti mahsuli bo'lgan qator she'rlar ilohiy kitobning ma'rifiy-badiiy sharhi ekanligiga ishonch hosil qilinadi.

REFERENCES

1. Навоий Алишер. МАТ. 20 томлик. 3-том. Гаройиб ус-сигар. -Т.: Фан, 1988. Б.613.

2. Навоий Алишер. МАТ. 20 томлик. 4-том. Наводир уш-шабоб.-Т.: Фан, 1989. Б.557.

3. Навоий Алишер. МАТ. 20 томлик. 5-том. Бадоеъ ул-васат. -Т.: Фан, 1990. Б.541.

4. Навоий Алишер. МАТ. 20 томлик. 6-том. Фавойид ул-кибар. -Т.: Фан, 1990. 199-бет. -Б.564.

8-fevral

120

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-114-121

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

5. Навоий Алишер. МАТ. 20 томлик. 18-том.Девони Фоний.- Т.: Фан, 2002. -Б.549.

6. Навоий Алишер . МАТ. 20 томлик. 19-том. Девони Фоний.- Т.: Фан, 2003. -Б.598.

7. Навоий Алишер. Рух ул-кудс. Сузбоши, насрий баён, изох ва лугат билан нашрга тайёрловчилар Р.Вохидов, Н.Бекова. -Т.: Узбекистон, 2002. -Б.60.

8. Куръони карим (таржима ва изохлар муаллифи Алоуддин Мансур). -Т.: Чулпон, 1992.

9. Газзолий Зайниддин Мухаммад. Кимиёи саодат. -Т.: Камалак, 1995. -Б.63.

10. Бекова Назора. Алишер Навоий шеъриятида хамд поэтикаси. Монография. -Тошкент : «Фан», 2006. -148 бет.

2. Бекова Назора. Навоиёна хассослик. Монография . -Тошкент : «Фан» 2007, -92 бет.

11. Bekova N. Potential of language and artistic art //SychosocialP international journal of Psychsocial rehabilitation/ ISSN: 1475-7192.Yanuar. 2020. -(Scopus). -Pag .416-421.

12. Bekova N. Ali Sir Nevai'nin Divan-I fani adli eseri uzerine yapilan calismalar // Turk edebiyati dergisi, 2011, №4. - Sah. 48-49.

13. Bekova N., Khudoyorova N. Autonomous ghazals of Alisher Navoi // International scientific and practical online conference on human resources: problems, solution, perspectives/ JournalNX - A Multidisciplinary Peer Reviewed journal. USSN:2581-4230/ Journal Impact Factor 7.232.www.journalnx.com. -Pag .163-165.

14. Bekova N., Khudoyorova N. Muxtara - an example of discovery and invention (on the example of Foni's poems) // European journal of Molecular Clinical Medicine / ISSN 2515-8260. Volume 08, Issue 01, 2021, -(Scopus). - P. 1463-1468.

15. Bekova N., Khudoyorova N. ORIENTAL POETRY AND NAVOI-FONI POETRY. International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECS) ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 03 2022.9923.DOI: 10.9756/INT-JECSE/V14I3.1146. P.9923-9927.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.