Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY TEOLOGIYASI'

ALISHER NAVOIY TEOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

152
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
teologiya / ilohiyot / teizm / panteizm / Navoiy / “Xazoyin ulmaoniy” / “Lison ut-tayr” / “Devoni Foniy” / dunyoqarash.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы —

Maqolada navoiyshunoslik va, umuman, o„zbek adabiyotshunosligi uchun muhim bo„lgan teologiya, ilohiyot masalasi muammoga kirish tarzida o„rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY TEOLOGIYASI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

ALISHER NAVOIY TEOLOGIYASI Suvon Meli

O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori institute yetakchi ilmiy xodimi, filologiya

fanlari doktori

ANNOTATSIYA

Maqolada navoiyshunoslik va, umuman, o'zbek adabiyotshunosligi uchun muhim bo'lgan teologiya, ilohiyot masalasi muammoga kirish tarzida o'rganiladi.

Kalit so'zlar: teologiya, ilohiyot, teizm, panteizm, Navoiy, "Xazoyin ul-maoniy", "Lison ut-tayr", "Devoni Foniy", dunyoqarash.

Va lam yakullahu kufuvan ahad -Va hech kim U zotga teng emasdir.

(Qur'oni karim, "Ixlos" surasi, 4-oyat)

Barcha lug'at va qomuslar bir ovozdan teologiyani Xudoning mohiyati, din va diniy aqidalar to'g'risidagi ta'limotlar majmui, ilohiyot deya ta'riflashadi. Teologiya "Xudo shaxsan o'zini vaxiy orqali kishilarga ma'lum qiladi, degan konsepsiyaga asoslanadi. Muqaddas kitoblar va muqaddaslashtirilgan yozuvlar teologiyaning asosiy manbalari hisoblanadi... Teologiya islomda ilohiyot, kalom atamalari bilan ham ataladi" [1.378] Shunga yaqin akademik Oybek "Navoiyning dunyoqarashi masalasiga doir" maqolasida "xudoshunoslik" atamasini ham ishlatadi. [2.209] Zero, teologiya atamasining lug'aviy ma'nosi aynan shundaydir.

Buyuk mutafakkir bo'lgan Alisher Navoiy birinchi navbatda ulug' shoir, ya'ni so'z san'atkoridir. Shunday ekan, bu buyuk ijodga nisbatan teologiya atamasini qo'llash mumkinmi? Agar qo'llash mumkin bo'lsa, bu yetarli ilmiy samara beradimi? Chunki, bilamizki, hazrat Navoiy maxsus ma'noda, aytaylik, imom Motrudiy, Abu Homid G'azzoliy yoxud Sufi Olloyor kabi teolog, ilohiyotshunos emas. Lekin shunga qaramay va shunga bog'liq ravishda, nazarimizda, Navoiy teologiyasi haqida ham fikr yurita, HAM TADQIQOT O'TKAZA OLAMIZ. Binobarin, genial shoir o'zining muazzam ijodida Alloh taolo haqida, Yaratganning zuhuriyoti haqida ham timsoliy, ya'ni badiiy, ham ilmiy tafakkur tarzida so'z yuritgani shoyon haqiqatdir.

Shunday ekan, bizningcha, buyuk shoir botiniy olamiga chuqur kirish va buni milliy zehniyatimiz hamda jahon afkor ommasi ongiga samarali singdirishning eng to'g'ri va qulay yo'li - ul ulug' zot badiiy olamida zuhur etadigan ilohiyot, teologiyani chuqur va batafsil

8-fevral

277

o'rganishdir, shubhasiz. Binobarin, Hazrat Navoiyning butun ijodida Xudo bilan har tomonlama betinim muloqot hamda Ul Zotga bot-bot murojaat yaqqol ko'zga tashlanadi. Ushbu buyuk muloqotning butun majmuini tadqiq qilish asnosida biz ulkan global manzara va ulug' haqiqatlarga guvoh bo'lamiz.

Biz yashab turgan jumlai jahon o'tkinchi, foniydir, faqat "U yuksak va buyuk zot - "Huval aziyyul azim" (Oyatul kursiy) Al-Baqiy, [3.16] ya'ni Boqiy qoluvchi zotdir. Bu ilohiy haqiqatni qalban anglab, unga iymon keltirgan ulug' inson Alisher Navoiy hech qursa, qiyomatgacha nomi o'lmas, tillardan tushmasdir.

Agar Hazrat Navoiy insoniyatga meros qilib qoldirgan muazzam ijodni bir butun holda xayolimiz ko'zgusida namoyon etsak, bu ijodning harakatga keltiruvchi kuchi, ta'bir joiz bo'lsa, quvvat berib, yurgizib turgan motori hamda yalpi ruhoniy ma'no-mazmuni Xudo, Alloh taolodir. Allohning ilohiy energetikasisiz ushbu asarlar qa'riga kirib ham, yuksak miqyoslariga ko'tarilib ham bo'lmaydi.

"Hazoyin ul-maoniy"ni tashkil qilgan to'rt devonning har biri hamd, ya'ni Tangri maqtovi va madhi badiiy darj etilgan g'azal yoki g'azallar bilan ochiladi. Muazzam "Xamsa"ga kirgan har bir doston, Hazratning oltinchi masnaviysi hisoblanmish "Lison ut-tayr" Alloh madhi bilan boshlanadi, ulardan ayrimlari -"Hayrat ul-abror" va "Lison ut-tayr"da qator munojotlar, ya'ni najot umidi, iltijo va tavbalar orqali Tangriga murojaatlar mavjud. Zero, "munojot" so'zining lug'aviy ma'nosi "iltijo, maxfiy suhbat" bo'lib, u faqat va faqat Biru Bor, ya'ni Allohga qaratilgan bo'ladi.

G'azallar matnida mavjud Yaratganga bog'liq misra va baytlar Navoiy teologiyasining yana bir serhosil jabhasidir. Ulug' adib, akademik Oybek so'zlari bilan aytganda, "Navoiyning tasviriy vositalari ingichka, chuqur va tamom original bo'lib, fikrlar narsalar orasidagi hadsiz bog'lanishlarga (ta'kid bizniki - S.M.) ishorat qiladi" [4.96] Ushbu hadsiz bog'lanishlar markazida, shak-shubhasiz Tangri taolo, Alloh turadi hamda ularga ilohiy nur, ruhoniy kuch baxsh etadi. Zero, Allohning go'zal ismlaridan biri borliqni nurlantiruvchi, ya'ni An-Nurdir.

Buyuk tarkigo'y shoir fors tilida bitgan "Devoni Foniy" devoni NAvoiyning, ya'ni ruhoniyatga to'la insonning oliy yaratuvchi zot, Alloh bilan muloqoti borasida alohida o'ringa ega. Devonning ilk devoni ham an'ana, ham Shoirning ichki qalb da'vatiga ko'ra Yaratganga hamd ham murojaat tarzidadir. G'azalning maqta'si shunday:

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-277-282

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Foniysifatam ruh kunad so'i Tu parvoz, Ey, az shakaristoni Tu quti magasi mo.

8-fevrall ©

Tarjimasi: "Men foniy sifatman, ruh esa Sen tomon parvoz qiladi, (ruhimiz) chivinining ozig'i Sening shakaristoningdandir". [5.8-9]

Men kitob matnida kichik harfda berilgan Tu (Sen)ni bosh harf bilan yozdimki, bu olmosh ushbu o'rinda Allohni anglatmoqda hamda Uning inson uchun chinakam borliq ekanini urg'ulamoqda.

"Devoni Foniy"ga kirgan olti qasida majmui "Sittai zaruriyat"ning ilk asari, "qasidai avval", qasidalar "Debocha"sida yozilishicha, "hazrati Bori taolo hamdiga taalluqli bo'lgani uchun "Ruh ul-quds" (Muqaddas ruh) deb nomlanadi". [6.196] U Allohning tavhidi va yaratuvchilik hamda "Musavviri ashyo", ashyolarga surat beruvchi qudrat qalami vasfidadir. Qasidaning har bir bayti, u 132 baytdan iborat, Alloh taoloning muayyan sifati, aql yetgan darajada sir-asrorini ham falsafiy, ham poetik tarzda ochadiki, bu Hazrat Navoiy teologiyasini o'rganishda ushbu qasidaning mumtoz ahamiyatini tayin etadi.

Qolgan besh qasida ham qo'yilgan falsafiy-irfoniy g'oya va fikrlarga bog'liq ravishda talay nuqtalarda Allohga bog'lanadi, Unga ruhan va ma'nan to'qinadi.

Alisher Navoiy teologiyasi masalasini o'rganishda Hazratning maxsus, mustaqil "Munojot" asari alohida diqqat va tadqiqga loyiq. Asar "ulug' Shoirning o'z umri yakuni arafasida Allohga iltijosi, murojaatidan iboratki, unda eng samimiy tuyg'ulari, qalbidagi eng chuqur hislari, dunyoqarashi va e'tiqodining eng tub prinsiplari mujassam". [7.3] Ushbu gapda ulug' haqiqat yuz ko'rsatmoqda, ya'ni Hazrat Navoiy Allohga murojaat qilar, U haqda fikr yuritar ekan, albatta va muqarrar o'z ichki olamiga sayohat qiladi, shu orqali butun inson va insoniyatga bog'liq abadiy muammolarga daxl qiladi. Shuning uchun ham bejiz emaski, "Munojot"dan og'riq qalb nidosi eshitiladi". [7.33] Bu og'riq qalb o'z alam va iztiroblarini faqat bir zot, Yaratgan Allohga to'kib soladi, ya'ni bunda Alloh inson uchun yagona oliy tayanch hisoblanadi. Shuning uchun sovet davridagi ayrim kitoblarda Alloh va insonning qarama-qarshi qo'yilishi g'irt bema'nilikdan boshqa narsa emasdir.

Muqarrar bir savol ko'ndalang bo'ladi: nega shu paytgacha Alisher Navoiy teologiyasi masalasi o'rganilmadi, emas, hatto o'rtaga qo'yilmadi? XX asr boshlarida ayrim jadid ziyolilarimiz Hazrat Navoiyning asl dunyoqarashiga mos holda uning ilohiy mohiyatini ochishga intilganlar. Lekin bu davomiylik kasb etmadi, moddiyunchi jamiyat tomonidan keskin rad etildi. Savolga qaytsak. Uning bir necha sabablari bor:

Birinchidan. Mutlaq hukmron sovet mafkurasi moddiyunchi, ateistik, xudosiz jamiyat barpo qildiki, bunday

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-277-282

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

sharoitda Navoiy ijodini Xudo bilan chambarchas bog'lash, uning ilohiyotiga ilmiy e'htibor qqaratish mutlaqo imkonsiz edi.

Ikkinchidan.Shuning natijasi o'laroq Navoiy dunyoqarashi panteizmdan iborat, degan soxta g'oya o'ylab topilib, salkam ilmiy haqiqatga aylantirildi. Shu yerda bir gapni aytmoq joiz. Agar buyuk shoir dunyoqarashiga nisbatan panteizm g'oyasi amalga kiritilmaganda Hazrat Navoiy ijodini sovet davrida yetarli darajada targ'ib va tashviq qilib bo'lmasdi, albatta. Xuddi buni sufiylarimiz Ahmad Yassaviy va Sufi Olloyorlar ijodi kabi. Ular ijodini qoralashdan nariga o'tilmagani yaqin tarixdan ma'lum-ku. Panteizm esa sovetona ateizm va moddiyunchilikka ancha yaqin, bunga quyida guvoh bo'lamiz.

Lekin bu oqlovdan mustabid mafkura zamonida majburan kiritilgan xatoni tuzatmasa ham bo'laveradi, degan fikr va xulosa kelib chiqmasligi lozim. Hozirgi kunda ushbu ilmiy xato rad etilib, tuzatilmoqda ham. Biz bu o'rinda takrordan qochish maqsadida o'zimizning avval nashr etilgan "Muazzam ijodiyot timsoli" (maqolaning asl nomi "Qiblaga yuz burgan Navoiy" edi) maqolamizda aytilgan fikrlarni keltiramiz:

"Agar dunyoqarash voqelikka nisbatan ilmiy, mafkuraviy, ma'naviy va ilohiy qarashlar tizimi hamda panteizm "Xudo tabiat bilan bir narsa, ular bir butunni tashkil qiladi, deb qaraydigan diniy-falsafiy ta'limot" (O'zbek tilining izohli lug'ati, 3-jild, 215-bet) bo'lar ekan - nahotki Navoiy panteist bo'lsa? Nahotki buyuk shoirimiz Yaratgan bilan yaratilgan narsani bir deb hisoblasa. Akademik Vohid Zohidov yozadi: "Xudo tabiatdir, deb Navoiy xudoni (albatta, kichik harf bilan - S.M.) qayerlardandir olib kelib, yetti qabat osmonlarning narigi tomonidan uni yerga tushiradi, inson va tabiatni ilohiylashtiradi va shu bilan ularning obro'sini xudo darajasiga ko'taradi, xudoni tabiatga singdirib yuboradi. Navoiyning o'z tili bilan aytganda, xudoning o'z husni o'zini (xudoni) halok etadi... Shu tabiat ham yagona chin hayot manbaidir, ham yagona chin hayot maskanidir. O'lgandan keyin ikkinchi tiriklik, hayot yo'qdir" (V.Zohidov. Ulug' shoir ijodining qalbi. Toshket: O'zbekiston, 1970. 303-bet). Bu yerda shirk yuz ko'rsatmoqda, ya'ni tabiat Allohga sherik qilinmoqda. Shirk esa dinimizda kechirilmaydigan gunohi kabiradir". [8.55]

Yuqorida aytilganidek, sovet davrida chop etilgan kitoblar, xususan, hozirgi ko'chirmada ham Xudo so'zi muttasil kichik harf bilan yoziladiki, go'yo bu bilan xudoters sovet tuzumi Yaratganga o'z bepisandligini bildiradi. Allohga bepisandlik esa, hazrati Rumiy bir joyda aytganlaridek, sharmandalikdir.

Hazrat Navoiy "Munojot" asarida Allohga qarata

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-277-282

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Subhonolloh, ne kibriyovu azamatdurkim, Sendin o'zgaga vujud

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-277-282 o'rganish masalalari

itloqi buhton va to'hmatdur"[9.293] deb yozar ekan, buni soddaroq bayon qilsak, Allohdan o'zgaga vujud, ya'ni jism va shakl bor deyish bo'hton va tuhmatning naq o'zi, deganidir. Bunda g'oyat ulkan ma'no hamda ilohiy haqiqat bor. Bu yerda yetakchi so'z - vujuddir. Gap shundaki, biz ko'pincha vujud deganda moddiy ashyolar, ko'zga ko'rinadigan narsalar, inson va tabiatni tushunamiz. Lekin ilohiyot ilmi bo'yicha, Navoiy shu ilm doirasida fikr yuritmoqda, haqiqiy vujud faqat Allohga xos. Imom G'azzoliy buni "vojibul-vujud" deb atab, shunday yozadi: "Balki hamma mavjudotning avvali Haq subhanahu va taoloning Vojibul vujud zotidir" [10.17] Mavjud borliqni esa ilohiyotshunos olim "mumkinul-vujud" termini bilan ataydi.

Bu haqda akademik V.Zohidov "Ulug' shoir ijodining qalbi" kitobida (328-329 betlar) batafsil so'zlaydi, ammo ularga mutlaqo salbiy baho beradi.

Bu bejiz emas. Moddiyunchi dunyoqarashga ega bo'lgan olim yoki jamiyat bunday ilohiy haqiqatlarni yo tushunmaydi yoki tan olmaydi. Panteizm asos-e'tibori bilan botil va kaltabin ta'limotdir. Bu haqda Gegelning shunday qaydi bor: "Panteizm - nomaqbul ibora, chunki u "pan" so'zini butkul umumiylik emas, bor narsalarning majmui tarzda talqin qilishga moyil. Spinoza ta'limoti panteizm emas, substansiallik falsafasi edi" [11.522]

Ana shunday xato ta'limot Hazrat Navoiy ijodiga, dunyoqarashiga tirkalgan ediki, uni, avval aytilganidek, bartaraf etish zamoni keldi. Shu yerda nokamtarlik bo'lsa-da, o'zimizdan iqtibos keltiramiz: "Munojot" asarining chop etilishi va uni sinchiklab o'rganish Alisher Navoiy dunyoqarashi haqida sovet davrida aytilgan fikrlarga qat'iy o'zgarish kiritishi aniq. Bu buyuk dunyoqarash panteizm emas, tom xudojo'ylik, ya'ni teizm ekani aniqlashadi". [12.174-175]

Biz bu yerda panteizmga maxsus to'xtalishimizga sabab shuki, Navoiy dunyoqarashiga nisbatan qo'llangan bu g'oyani mutlaqo rad etmay turib, buyuk shoir teologiyasi masalasiga qadam qo'yib bo'lmaydi. Zotan, Xudo va tabiatni bir narsa deyish bilan ilohiyotga mutlaqo kirib bo'lmasligi oddiy aksiomadir.

Jahon falsafasi va ilohiyoti tarixida Proklning "Platon teologiyasi" ham muallifi aniq bo'lmagan "Aristotel teologiyasi" kabi asarlar mavjud. Keyingi asar keyinchalik aniqlanishicha yangi platonchilik asoschisi Plotinning "Ennyeadlar" asarining qator o'rinlari boshqacha bayon qilingan bo'lib, [13.10] uni "Plotin teologiyasi" deb atash to'g'riroq bo'lardi. O'rta asr gruzin faylasufi Ioane Petrisi fikricha, Aristotelning "Metafizika" asari "Uning teologiyasidir". [13.219] Yana yuqorida tilga olingan Proklning "Teologiyaning ilk asoslari" asari ham mavjud. Shu kabi va ulardan tashqari Sharq va G'arbda paydo bo'lgan ko'plab asarlar Navoiy teologiyasi, masalasini

8-fevral

281

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-277-282

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

tadqiq etishga ko'mak berishi mumkin. Bunda birinchinavbatda Qur'oni karim va payg'ambarimiz hadislariga suyanishimiz zarur. Yurtimizdan chiqqan buyuk faylasuflar Forobiy va Ibn Sino asarlarini ham teologiya nuqtai nazaridan ko'zdan kechirish lozim bo'ladi. Eng asosiysi, Navoiy teologiyasini o'rganishga kirishmoq muazzam ijodning har bir hujayrasini Biri Bor nuqtai nazaridan, Uni markazga qo'ygan holda tahlil va tadqiq qilish demakdir.

REFERENCES

1. Узбекистон Миллий энциклопедияси. 8-том. - Т.: Узбекистан миллий энциклопедияси Давлат нашриёти, 2004. 378-бет.

2. Каранг. Ойбек Мусо Тошмухаммад угли. МАТ. Т.13. Т.: Фан, 1978. 209-бет.

3. Куръони каримдан айрим суралар. Асмаул хусна ва салавотлар. Т.: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2018. 16-бет.

4. Ойбек М.Т. МАТ. Т. 13. 96-бет.

5. Алишер Навоий. МАТ. 18-том. Т.: Фан, 2002. 8-9-бетлар.

6. Алишер Навоий. МАТ. 20-том. Т.: Фан, 2003. 196-бет.

7. Абдулла Аъзам. Муножотнома. Алишер Навоийнинг "Муножот" асарига шархлар. Т.: Маънавият, 2001. 3-бет.

8. Адабиёт - халкнинг юраги. Очерк ва маколалар. Т.: Адабиёт, 2021. 55-бет.

9. Алишер Навоий. МАТ. 16-том. Т.: Фан, 2000. 293-бет.

10. Газзолий Абу Х,омид. Кимиёи саодат. Т.: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2018. 17-бет.

11. Гегель Г.В.Ф. Философия религии. В 2-х т. Т. 1. М.: Мысль, 1976. С. 522.

12. Сувон Мели. Сузу суз, "Адабиёт фалсафаси"га чизгилар. Т.: Шарк, 2020. 174-175-бетлар.

13. Каранг: Петрици И. Рассмотрение платoновской философии и Прокла Диадоха. М.: Мысль, 1984. С. 10.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.