Научная статья на тему '“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA ZUHD MAQOMI TALQINI'

“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA ZUHD MAQOMI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

259
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
зуҳд / зоҳид / ишқ / маърифат / тақво / тариқат / риѐзат. / аскетизм / аскетизм / любовь / просвещение / благочестие / тарикат / риязат

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Aziza Omanboyeva

“Hayrat ul-abror”da tariqa abror riyozatiga urg„u berilsa-da, unda zohid obrazi va zuhd talqinlariga ham keng o„rin ajratilgan. Zero, barcha tariqatlarning boshi zuhdu taqvodir. Mazkur maqolada Navoiy asarlari, xususan, “Hayrat ul-abror”da zuhd maqomi va zohid obrazi talqin hamda tasvirlaridan bahs yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В «Хайрат уль-Аброр» акцент делается на кропотливом труде тариката абрара, но также много места для интерпретаций аскетического образа и аскетизма. Ведь начало всех сект – благочестие. В данной статье рассматриваются трактовка и образы статуса аскетизма и образ аскетизма в произведениях Наваи, особенно в «Хайрат ульАброр».

Текст научной работы на тему «“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA ZUHD MAQOMI TALQINI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-249-254

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

"HAYRAT UL-ABROR" DOSTONIDA ZUHD MAQOMI TALQINI

Aziza Omanboyeva

Urganch davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

"Hayrat ul-abror"da tariqa abror riyozatiga urg'u berilsa-da, unda zohid obrazi va zuhd talqinlariga ham keng o'rin ajratilgan. Zero, barcha tariqatlarning boshi zuhdu taqvodir. Mazkur maqolada Navoiy asarlari, xususan, "Hayrat ul-abror"da zuhd maqomi va zohid obrazi talqin hamda tasvirlaridan bahs yuritiladi.

Калит сузлар: зухд, зох,ид, ишк, маърифат, та^во, тарщат, риёзат.

АННОТАЦИЯ

В «Хайрат уль-Аброр» акцент делается на кропотливом труде тариката абрара, но также много места для интерпретаций аскетического образа и аскетизма. Ведь начало всех сект - благочестие. В данной статье рассматриваются трактовка и образы статуса аскетизма и образ аскетизма в произведениях Наваи, особенно в «Хайрат уль-Аброр».

Ключевые слова: аскетизм, аскетизм, любовь, просвещение, благочестие, тарикат, риязат.

Alisher Navoiy ijodida zuhd maqomi va zohid obrazi ayricha ifodaga ega. Mutasavvif shoir ijodiyotining turli janrlarida tasavvufiy maqomlarlardan bahs yuritarkan, zuhd maqomiga bulgan atroflicha munosabatni ham ko'rish mumkin. U zuhd va zohid xususidagi fikr-qarashlarini janr talablari va ruhidan kelib chiqqan holda belgilaydi. Shu bois shoirning barcha asarlaridagi mulohazalari jamlansagina zuhd maqomi mohiyati va zohid shaxsiyati haqidagi bilim hamda tasavvur mukammal bo'ladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, Zohid shaxsidan so'z ocharkan, hech bir o'rinda Navoiy "xoh oz bo'lsin, xoh ko'p bo'lsin - dunyo moliga, ko'ngilga manzur narsalari-yu maqomlaridan o'lik kabi yiroqlashgan" chin ma'nodagi zohidlarni qoralagan emas.

Tasavvuf maqomlarining har biri ulkan riyozat olami, qay biriga jism bilan erishilsa, yana biriga hol orqali ko'tariladi. Bu yo'lda chin sidq ila Yor visolidan umidvorlik o'tida yonayotgan oshiqning esa foniy dunyoga qiziqishi bo'lmaydi. Solikning ko'nglida hoyu havaslarga joy yo'q. Asl zohidlar mana shu haqiqatni o'zlarining chin maslagiga aylantirgan komil insonlar edi. Tasavvuf ta'limotida ilk bosqich zohidlik davri hisoblanadi. Bu davrning asosiy xususiyati Alloh va jahannamdan qo'rquv edi, deyish mumkin. Ilk zohid

8-fevral

249

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

so'fiylar har bir ibodatlarini chuqur mushohada va mujohada bilan amalga oshirishgan-ki, har safar sajdaga bosh qo'yishar ekan, Ulug' Murshidning qarshisiga yuz tutishib, Uning o'z so'zlari ila O'ziga munojot qilishgan, oyoqlari ostida yonib turgan jahannam olovini his etishgan. Bunday ulug' zohidlardan Boyazid Bistomiy, Hasan Basriy, Abdulloh Ansoriy, Uvays Qaraniy, Robiya al-Adaviya, Ibrohim Adham kabi din va tasavvuf ulamolariga Hazrat Navoiy ulug' bir e'tiqod bilan qaragani ma'lumdir. Asarlarida ham ularning amallari bir ibrat, so'zlari buyuk bir hikmat ekanligini ta'kidlaydi. Ammo davrlar almashinuvi bilan zohidlarga muqallidlar (taklidchilar) ko'payib qoldiki, Navoiy ana o'shanday qavm haqida qattiq e'tiroz, chuqur hayrat, siniq ko'ngil bilan "Hayrat ul-abror" dostonining to'rtinchi munojotida shunday yozadi:

Zuhd ila qavmeki vara' qildilar, Qilg'oni uchun muzd ta'ma qildilar

Taassufki, shoir aytganidek, ushbu qavm ibodatlari, parhezkorliklari uchun muzd -ish haqi so'rashni unutishmagan. Nafslarini har tomondan tiyishgani uchun, "haqlar"ini umid bilan ta'ma qilishar edilar. Bora-bora ularning bu dunyodan qo'l siltashi, oxirat dunyosidagi jannat ne'matlaridan ta'magina emas, bu dunyoda ham hurmat-ehtirom qozonish uchun edi.

Har kishi bir qati' tamattu qilur, Muzdini yuz oncha tavaqqu qilur.

Navoiy ushbu baytlarni davom ettirib, soxta zohidlar lablarini bu kecha sharobga tekkizishmagani uchun tongla turib, "bodayi kavsar"ni talab qilishadi, deydi. Bu dunyoda "jamil", "yor" istamayotgan har bir kasning "Hurlarning jamolidan ta'masi bor", bugun umrini vayronalar qat'ida o'tkazayotganlarning esa "Qasri murassa" talabi borligini aytadi. Navoiy bu yanglig' insonlarning amallari haqida :

Mumkin erurmi ekin oyo bu ish? Aylagaysen sen har ish, illo bu ish!-deya, bunday zuhd egasi bo'lib qolishdan qaytaradi.

Chin ma'nodagi zuhd-u vara' egasi bo'lganga esa behisht ajri bo'lsa ne ajabligini

aytib:

Ahli vara' ajri bo'lub gar bihisht, Kuysa tomug' o'tig'a isyonsirisht, -deydi. Navoiyning zuhd haqidagi tavsiflari "Mahbub ul-qulub"da o'zga rangda tasvirlanadi. Umr xulosalari sanalgan mazkur asarda zuhd ta'rifi quyidagicha: "Zuhd dunyo orzularidin kechmakdur va nafs alarning mavti zahrin ichmakdur. Va molu joh xayoli rishtasin ko'nguldin uzmakdur va nangu nomus butlarin ushaturg'a o'zin tuzmakdur va qabul

8-fevral

250

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-249-254 o'rganish masalalari

umidig'a riyozat tariqin tutmoqdur. Va nafsining barcha muddaolarin unutmoqdur"[2,48]. Ko'ramizki, Navoiy nafaqat bu dunyoda, balki oxirat diyorida ham hech qanday ta'ma va havoyi havaslarni o'ylamasdan Alloh visoliga tashnalik chin zohidlikdir, degan xulosani ilgari suradiyu va yuqoridagi fikrlarini davom ettiradi: " ...va boshni riyoyi sajdag'a indurmamakdir, balki andoq toatni xayolg'a kelturmamakdur"[2,48]. Albatta, bu asarda Navoiy zuhd maqomi va zohid shaxsiyatini badiiy-nazariy asoslaydi. Boshqa asarlaridagi turli hol va kechinma, har xil shakl va ifodada sochilib yotgan qarashlari "Mahbub ul-qulub" tizimga solinadi. Shoir bu xususda " Hayrat ul-abror"da ham maxsus bir bob (XXVIII) ham keltiradi va undagi talqin va tasvir o'ziga xos:

Ey bo'lubon san 'at ila xirqapo 'sht, Shom-u sahar zikr ila solib xurush. Xirqa uza baxyaki har yon chekib, Zuhd-u riyo vuslalaridin tikib.

Shunday insonlar borki, ularning shom-u sahar qilayotgan zikrlari ham behuda dod-u voydir. Xirqalarining har bir tikilgan yamoqlari ham riyoyi zuhdni ya'ni ikkiyuzlamachilikka yo'g'rilgan zohidlikni eslatadi, deydi. Ular o'zlari boshchilik qilayotgan xayllarini ham zulmat vodiysidan to'g'ri tomug' o'tiga boshlab boradilar. O'zlari panoh topgan yerlarini xonaqoh atab, uning ichlariga bo'yralar solishadi, uning ranglari makrdan, riyo hidlaridan to'ladir.

Xonaqoh ichkari solib bo 'riyo, Rang anga zarq o 'lubon, bo'-riyo.

Ular yana o'zlarini shayx deb ham e'lon qilib olishadi, toatlari ham, xuddi, shaytonga itoat qilgan bilan bir xildir. Bu kimsalarning barcha ishi jirkanch, ular tubanlikda sarhadsizdirlar. Navoiy esa ularga qarata "Bemazaliqda borisi birdek",- deydi. Bu kabi nafs bandalarining amallaridan yoqa tutib aytadiki:

Subhanalloh, bu ne nafsi laim, Nafsni qo 'yg 'il, ne azobi alim.

Alisher Navoiy riyo va tama'ga qarshi hamisha kurashgan. Ularga qarshi shoirning hamisha ma'rifat qilichi bo'lgan. Riyokor shayxlar, ikkiyuzlamachi munofiqlar haqida ming nadomat va afsuslar ila aytgan so'zlari bugungi o'quvchining qalbini ham larzaga solib, uyg'oqlikka chorlaydi:

Bu el erur borcha yomondin yomon, Kimki yo 'q ondin yomon, ondin yomon.

Hazrat Navoiy "Ondin yomonroq"lar topilmaydigan kimsalarni zohidlar timsolida gavdalantiradi. Ushbu guruhning tomug' oloviga yonishga mahkum azoblanishlarini aytarkan,

8-fevral

251

ammo olov ham bu kabi kimsalarni kuydirishdan azoblanishini ta'kidlab, "Kuygali ham loyiq emasdur biri" deya, fikrlarini boshqa tomonga yo'naltiradi. Endi ushbu kimsalarning mutlaqo aksi bo'lgan, din-u diyonatda, fikr-u balog'atda yuksak martabaga ega bo'lgan ahli ma'ni, ahli donishlar to'g'risida so'z yuritadi:

G 'ussa jahon ichra chekib jon uchun, Jonnifido qilg'ali jonon uchun.

Navoiy zohidlarga zid o'laroq bu toifani ta'rif-tavsif qilar ekan, dunyoning barcha yaxshiyu yomonidan ham kechib, na masjid va na mayxonaga boqarlar, balki dayr va Ka'ba sori ham nazar solmaslar, ular bu dunyoni bir "xoshok"cha ham ko'rmaslar, boshdin oyoq bir-birlari uchun ko'zguga aylanib, bu ko'zguda faqatgina Haq jamolini ko'rishni istarlar:

deya chin zohid-u so'fiylarni ta'riflaydi, agar ular Haq diydoridan ayrilar ekanlar, ko'zlaridan oquvchi qatra yoshlar xuddi, Xizr uchun obi hayotdek bo'ladi. Ular qiladigan toat esa:

Toat etib har biri to joni bor, Jon chekibon onchaki imkoni bor.

Va ular har bir ibodatlarida chin oshiqlik ila Yaratgan zotning vasli va muhabbatini tilasharki, ularda zarracha ham riyo yo'qdir. Shu qadar sof muhabbat bilan Yorga oshiqlarki, Yaratganning yaratiqlariga bo'lgan muhabbat, ya'ni Jannatning noz-u ne'matlaridan bahramand bo'lish uchun va yoki aksincha jahannam azoblaridan chora istabgina amal qilishmaydi.

Neki qilib qasd aning amri - o 'q, Uchmoq umidi-yu tomug' biymiyo 'q.

Hazrat Navoiy ushbu bobdan keyin o'ziga murshid-u komil hisoblagan shayx Abdulla Ansoriy haqidagi hikoyatni keltiradi. Ansoriy aytmishki,

Do 'zax o 'ti biymi ham ermas g 'araz, Ne buki, jannat anga bo 'lg 'ay evaz.

Ansoriy tilidan deydiki, umid bilan Haqqa sig'inayotgan kishi, nafsining najotini tilash bilan band bo'ladi, kim umid bilan farsudaliq chekar ekan, bundan qasdi ravzada osudaliqdir. Haqdan har ikkalasini (savob-u gunohni, halol-u haromni, jannat-u do'zaxni) ham olisda bil! Muzd uchun ikkalasini ham muzdur bil! Chunki har ikkalasi ham Haq taoloning amri bilan yaratilgan maxluqdir. Bandalikni amr etgan Alloh uchun men har doim qoimman va bu toatni tun-u kun sidq

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-249-254

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Har sorikim, nozir o 'lub Haq ko 'rub, Qilg 'uchini foili mutlaq ko 'rub, -

bilan ado etish oliy sharaf bo'ladi. Navoiy esa yuqorida

8-fevral

taqlidparast, deya atagan zohidlarga qarata ushbu bayt bilan hikoyatni yakunlaydi:

Uchmog'-u zohid, tomug'-u bul havas Bo 'Isa havas yor Navoiyg 'a bas. haqida har doim yuksak ehtirom bilan qalam tebratgan. Xususan, "Nasoyim ul-muhabbaf'ning eng oxirida bir qancha valiy ayollarning nomlarini zikr qilib o'tadi, qit'alarining birida esa:

deya ulug'lagan bo'lsa, o'zining yana bir qit'asida:

Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq, Pok xotunlar oyog 'ining izi. deydi. Bundan esa shunday xulosa qilishimiz mumkin, Allohga bo'lgan ishq, zuhdu toatda na jins, na irq, na millat, na martaba hech biri ahamiyatga ega emasdir. Qolaversa, hazrat Navoiy chin zohidlikni aslo qoralamagan, balki asl hurmat bilan qaragan, bu fikrga yorqin dalilni biz Navoiyning "Nasoyim ul muhabbat " asari orqali bilib olamiz. Jumladan : Abu Turob Naxshabiy, Ahmad Abulxavoziy, Abdulqosim Roziy, Abdulmuzaffar Tirmiziy, Shayx Abdubakr, Mavlono Nizomuddin Xomush, Qozi Shafiuddin Buhayro, Amir Sharafiddin Ashraf, Mavlono Roziyuddin. Nabiy, Mavlono Kalon Ziyoratgohiy, Sayyid Nematulloh, Shayh Bidvoziy, Shayx Ziyoratgohiy, Xoja Abdulaziz Zomiy, Mavlono Saduddin, Sadriddin Ravvosiy, Tojuddin Ahmad Shijaniy, Shayx Yaxyo, Mavlono Humoyuddin Kalobodiy, ayollardan. Hafsa binti Sirin Joriyayi Majhula va yana bir qator avliyoyi zotlarni zuhd-u taqvoda mustahkam ekanligini hurmat bilan tilga oladi. Nomlarini ayricha ehtirom ila o'quvchining xotirasiga muhrlaydi. Navoiy asarlari, jumladan, "Hayrat ul-abror" dostonidagi zuhd maqomi, zuhd ahli haqidagi fikr-qarashlarida ham bu yaqqol ko'zga tashlanadi. Uning taqlidparast zohidlarni qoralashi, ularni ishq va irfon ahliga qarshi quyib, haq yo'lchiligi haqiqatlaridan bahs yuritishida ham chin zohidlarga bo'lgan ehtirom sezilib turadi. Alisher Navoiy ma'naviy karvonda ildamlashda zohidona tarkning muhimligini ta'kidlab zohidlikni ulug'lasa, bu yo'lda tama' va riyoning g'ov ekanligini uqtirish uchun ham kozib zohidlarni misol qiladi. Shoir asarlarida zuhd va zohidlik mana shu ikki tushuncha mohiyati va talqiniga egaligigi bilan ham xarakterlidir.

REFERENCES

1. A. Navoiy. Xamsa. Hayrat ul-abror. Mukammal asarlar to'plami.10 jildlik, 6-jild. Toshkent. "G'. G'ulom nomidagi

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-249-254

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Yaxshi xotunlar safoyi zuhdidin, Olam ichra garyorug'liq bo 'Isa fosh. Yo 'q ajab, chunkim arab alfozida, Istiloh ichra muannasdir quyosh, -

nashriyot-matbaa ijodiy uyi",-2012.

8-fevral

2. A. Navoiy. Mahbub ul-qulub. Munshaot. Vaqfiya.. Mukammal asarlar to'plami.20 jildlik,14-tom. Toshkent. "Fan",1998

3. U. Turar. Tasavvuf tarixi "Istiqlol"- 1999

4. N. Komilov. Tasavvuf. Toshkent. "Movarounnahr"-"O'zbekiston"-2009

5. H.Boltaboyev. Islom tasavvufi manbalari. Toshkent. "O'qituvchi"- 2005.

DOI: 1D.24412/2181-1385-2D23-1-249-254

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.